Mualliflar

  • Halimova Malika Hidoyat qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.93099

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Jahon transporti transport turlari transport klassifikatsiyasi temir yo'l transporti avtomobil transporti dengiz transporti havo transporti quvur transporti elektron transport transport infratuzilmasi logistika innovatsiya barqaror rivojlanish.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqola jahon transport tizimining tarkibiy qismi bo'lgan 
turli transport turlari va ularning klassifikatsiyasini tahlil qiladi. Transport turlari jahon 
iqtisodiyotining rivojlanishi, xalqaro savdo aloqalari va turizmni ta'minlashda muhim 
rol o'ynaydi. Maqolada transport turlarini tasniflash mezonlari, ularning afzalliklari va 
kamchiliklari, rivojlanish tendensiyalari va global iqtisodiyotga ta'siri ko'rib chiqiladi. 
Maqolada transport turlarini tasniflashning asosiy mezonlari, jumladan transport 
vositalari,  infratuzilma,  tashish  masofasi,  yuk  turi  va  iqtisodiy  samaradorlik  kabi 
omillar tahlil etiladi. Transportning asosiy turlari (temir yo'l, avtomobil, dengiz, havo, 
quvur  va  elektron  transport)ning  xususiyatlari,  rivojlanish  darajasi  va  geografik 
taqsimlanishi  o'rganiladi.  Shuningdek,  transport  sohasidagi  innovatsiyalar, 
raqamlashtirish  va  barqaror  rivojlanish  tamoyillarining  transport  turlariga  ta'siri 
baholanadi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

200

ISSN:3030-3613

JAHON TRANSPORT TURLARI VA KLASSIFIKATSIYASI

Buxoro Davlat Pedagogika instituti

Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Geografiya

va Iqtisodiy bilim asoslari yo’nalishi talabasi

Halimova Malika Hidoyat qizi


Annotatsiya:

Ushbu maqola jahon transport tizimining tarkibiy qismi bo'lgan

turli transport turlari va ularning klassifikatsiyasini tahlil qiladi. Transport turlari jahon
iqtisodiyotining rivojlanishi, xalqaro savdo aloqalari va turizmni ta'minlashda muhim
rol o'ynaydi. Maqolada transport turlarini tasniflash mezonlari, ularning afzalliklari va
kamchiliklari, rivojlanish tendensiyalari va global iqtisodiyotga ta'siri ko'rib chiqiladi.

Maqolada transport turlarini tasniflashning asosiy mezonlari, jumladan transport

vositalari, infratuzilma, tashish masofasi, yuk turi va iqtisodiy samaradorlik kabi
omillar tahlil etiladi. Transportning asosiy turlari (temir yo'l, avtomobil, dengiz, havo,
quvur va elektron transport)ning xususiyatlari, rivojlanish darajasi va geografik
taqsimlanishi

o'rganiladi.

Shuningdek,

transport

sohasidagi

innovatsiyalar,

raqamlashtirish va barqaror rivojlanish tamoyillarining transport turlariga ta'siri
baholanadi

.

Kalit so’zlar:

Jahon transporti, transport turlari, transport klassifikatsiyasi,

temir yo'l transporti, avtomobil transporti, dengiz transporti, havo transporti, quvur
transporti, elektron transport, transport infratuzilmasi, logistika, innovatsiya, barqaror
rivojlanish.

KIRISH:

Fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishda xom-ashyo va yoqilg‘i sarfining

kamayishi, temir yo‘llarning elektrlashuvi, turli xil Quvur transporti, yuqori quvvatli
elektr uzatish tarmoqlari, dengiz transportini konteynerlashtirish va hokazolar
transportning ishlab chiqarishni joylashtirishdagi rolini kamaytirmoqda. Ammo
shunga qaramasdan, transportning mahsulot qiymati shakllanishida, tannarxida hissasi
katta. Transport tarmog‘i rivojlanishi va joylanishi qator geografik, ijtimoiyiqtisodiy
omillarga bog‘liq. Jumladan, tabiiy geografik omillardan tabiiy sharoit, shamol,
yog‘in-sochin, bulut, tuman, rel’yef shakllari, tuproq va uning fizik xususiyatlari,
gidrogeologik sharoit transportning barcha turiga va transport yo‘llariga kuchli tasir
ko‘rsatadi. Masalan, yer sharining ayrim mamlakatlarida (Boliviya, Peru) 4700 - 4800
m dengiz sathidan balandlikda joylashgan tog‘ mintaqalarida temir yo‘llar odatda
daryo, bo‘ylab, ba’zi joylarda tunellar orqali o‘tadi, murakkab sharoitda tor izli yo‘llar
quriladi. Shuningdek, temir va avtomobil yo‘llar qurilishida ko‘priklar qurish ham
katta ahamiyatga ega. Tog‘ daryolarida ko‘priklar uncha uzun emas, tekislikda esa ular


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

201

ISSN:3030-3613

uzundir. Umuman, temir yo‘llarni qurish katta vaqt va mablag‘ni talab qiladi, ammo
ular shunga muvofiq uzoq muddat xizmat qiladi.

Asosiy qism:

Jahon xo‘jaligida transport o‘ta muhim rol o‘ynaydi. Jahon

transport tizimi o‘z ichiga turli yo‘llarni, transport korxonalarini, transport vositalarini
qamrab oladi. Transport tarkibiga quruqlikdagi transport (avtomobil, temir yo‘l, ot-
arava), suv (dengiz, daryo, ko‘l), havo, Quvur, elektr transporti kiradi. So‘nggi yillarda
transport turlari ko‘payib va rivojlanib bormoqda, ularning joylanishi ham
o‘zgarmoqda, An’anaviy temir va avtomobil, suv (daryo, dengiz va okean), havo
transporti bilan bir qatorda Quvur transporti ham rivojlanib bormoqda. U ko‘pincha
neft-gaz sanoati mavjud bo‘lgan hududlardan turli istemol rayonlariga mahsulot
yetkazib beradi. Taraqqiy etgan mamlakatlarda esa Quvurlarda hatto qattiq jinslar-
temir rudasi, ko‘mir kabilar ham yuboriladi («pulpoprovod»). Barcha transport turlari
ikkita asosiy vazifani bajaradi, ya’ni: yuk va Yo‘lovchilar tashish. Yuk tashishda
transport tizimida tashiladigan mahsulot yoki xom-ashyoning transporttabelligi,
masofasi va tarkibi, qiymati hisobga olinadi. Eng arzon, odatda dengiz (okean)
transporti hisoblanadi. Undan keyingi 23 o‘rinda yirik daryolardagi transport turadi,
Temir yo‘l transporti ham bu borada ancha arzon hisoblanadi. Transportning ham
hududiy majmualari mavjud. Bunga transport tugunlari misol bo‘la oladi. Yirik
transport markazi va tugunlarida o‘ziga xos ob’yektlar (tamirlash zavodlari,
omborxonalar, bevosita transport bilan bog‘liq qurilish materiallari va boshqa sanoat
korxonalari) joylashadi. Transport yo‘llarining umumiy uzunligi (dengiz trassasisiz)-
35 million km. Yo‘lovchi tashishda avtomobil transporti, jahon yukini tashishda dengiz
transporti hal qiluvchi rol o‘ynaydi, MDH respublikalari, Rossiya, Ukraina,
Qozog‘iston, Belorussiyada Yo‘lovchilarning asosiy qismi temir yo‘l transportida,
AQSh va G‘arbiy Yevropaning qator davlatlarida esa avtomobilda, Xitoyda ichki suv
transportida tashiladi. Temir yo‘llarning dunyodagi umumiy uzunligi 1 million km.ga
teng bo‘lib, ko‘pgina davlatlarda uning uzunligi qisqarib borayotganligi kuzatiladi.
Natijada, temir yo‘lda umumiy yuk tashish kamaymoqda.

Xulosa

: Jahon transport tizimi global iqtisodiyotning ajralmas qismi bo'lib,

xalqaro savdo aloqalari, turizm va jahon iqtisodiy o'sishini ta'minlashda muhim rol
o'ynaydi. Transport turlari va ularning klassifikatsiyasi transport tizimining tuzilishi,
funksiyalari va rivojlanish tendensiyalarini tushunish uchun zarurdir.

Transport turlarini tasniflash mezonlari transport vositalari, infratuzilma, tashish

masofasi, yuk turi va iqtisodiy samaradorlikni o'z ichiga oladi. Asosiy transport turlari
(temir yo'l, avtomobil, dengiz, havo, quvur va elektron transport) o'ziga xos
xususiyatlarga ega bo'lib, turli vazifalarni bajaradi. Transport infratuzilmasini
rivojlantirish, transport xizmatlarining sifatini oshirish va transport sohasida xalqaro
hamkorlikni kuchaytirish jahon transport tizimining samaradorligini oshirishga
yordam beradi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

202

ISSN:3030-3613

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Transport

geografiyasi

-

geografiya.uz

http://geografiya.uz/uzb-iqt-

ijtgeografiyasi/941-transport-geografiyasi.html

2.

Xidiraliyev K.E., Karshibayeva L.K. TRANSPORT, SANOAT VA QISHLOQ
XO‟JALIGI GEOGRAFIYASI Guliston – 2020 (49-53) betlar.

3.

Isayev Akbarjon Abdulxamidovich TRANSPORT GEOGRAFIYASI (Uslubiy
qo‘llanma) Toshkent «MUMTOZ SO‘Z» 2019

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Transport geografiyasi - geografiya.uz http://geografiya.uz/uzb-iqt-

ijtgeografiyasi/941-transport-geografiyasi.html

Xidiraliyev K.E., Karshibayeva L.K. TRANSPORT, SANOAT VA QISHLOQ

XO‟JALIGI GEOGRAFIYASI Guliston – 2020 (49-53) betlar.

Isayev Akbarjon Abdulxamidovich TRANSPORT GEOGRAFIYASI (Uslubiy

qo‘llanma) Toshkent «MUMTOZ SO‘Z» 2019

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари