Mualliflar

  • Shokirova Mohichehra

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.93100

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Transport geografiyasi transport tizimi transport infratuzilmasi transport-iqtisodiy aloqalar hududiy tashkil etilish metodlar vazifalar hududiy rivojlanish.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqola transport geografiyasi fanining mohiyatini, uning 
o'rganish obyekti, predmeti, asosiy metodlari va dolzarb vazifalarini kompleks tarzda 
ochib beradi. Transport geografiyasi ijtimoiy-iqtisodiy geografiyaning muhim tarmog'i 
sifatida  transport  tizimlarining  hududiy  tashkil  etilishi,  joylashuvi,  rivojlanish 
qonuniyatlari va jamiyat hayotidagi rolini o'rganadi. 
Maqolada transport geografiyasining o'rganish obyekti - transport tizimlari va 
tarmoqlari, transport tugunlari, transport-iqtisodiy aloqalar, transport geografik o'rni va 
transport  infratuzilmasi  ekanligi  aniqlanadi.  Fanning  predmeti  esa  transport 
tizimlarining  hududiy  tashkil  etilish  qonuniyatlari,  ularning  shakllanish  omillari  va 
jamiyat iqtisodiyoti hamda hududiy rivojlanishga ta'siridir. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

197

ISSN:3030-3613

TRANSPORT GEOGRAFIYASI FANINING O’RGANISH OBYEKT,

PREDMETI, METODLARI VA VAZIFALARI.

Buxoro Davlat Pedagogika instituti

Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Geografiya

va Iqtisodiy bilim asoslari yo’nalishi talabasi

Shokirova Mohichehra


Annotatsiya

: Ushbu maqola transport geografiyasi fanining mohiyatini, uning

o'rganish obyekti, predmeti, asosiy metodlari va dolzarb vazifalarini kompleks tarzda
ochib beradi. Transport geografiyasi ijtimoiy-iqtisodiy geografiyaning muhim tarmog'i
sifatida transport tizimlarining hududiy tashkil etilishi, joylashuvi, rivojlanish
qonuniyatlari va jamiyat hayotidagi rolini o'rganadi.

Maqolada transport geografiyasining o'rganish obyekti - transport tizimlari va

tarmoqlari, transport tugunlari, transport-iqtisodiy aloqalar, transport geografik o'rni va
transport infratuzilmasi ekanligi aniqlanadi. Fanning predmeti esa transport
tizimlarining hududiy tashkil etilish qonuniyatlari, ularning shakllanish omillari va
jamiyat iqtisodiyoti hamda hududiy rivojlanishga ta'siridir.

Kalit so’zlar:

Transport geografiyasi, transport tizimi, transport infratuzilmasi,

transport-iqtisodiy aloqalar, hududiy tashkil etilish, metodlar, vazifalar, hududiy
rivojlanish.

KIRISH

Transport geografiyasi turli xil metodlardan, jumladan kartografik, statistik,

qiyosiy-geografik, tizimli tahlil, matematik modellashtirish va geografik axborot
tizimlari (GAT) kabi usullardan foydalanadi. Fanning asosiy vazifalari transport
infratuzilmasini optimallashtirish, transport-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish,
transport tizimlarining ekologik xavfsizligini ta'minlash va hududiy rivojlanishni
prognozlashdan iborat.Iqtisodiy geografik jihatdan esa transport asosan uch nuqtai
nazardan tadqiq qilinadi. Birinchidan, hududiy majmualarning ajralmas tarkibiy qismi,
bo‘g‘ini sifatida; ikkinchidan, transport-iqtisodiy infratuzilma, aniqrog‘i ishlab
chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirishdagi dastlabki shart-sharoiti, omili
ko‘rinishida, Uchinchidan, milliy iqtisodiyotning yirik tarmoqlaridan biri shaklida
o‘rganadi. Zero, transport geografik muhitga ta’sir etuvchi, uni o‘zgartiruvchi asosiy
omillardan biridir. Shuning uchun transportni geografik jihatdan o‘rganilayotganda
mintaqalarning tabiiy sharoitlarini tahlil etish lozim bo‘ladi. Shu bilan birga, o‘z
navbatida, tabiiy sharoitlar ham transport tarmoqlarining rivojlanishiga katta ta’sir
o‘tkazadi. Ayniqsa yo‘llarni qurishda joynining re’lef xususiyatlari, geomorfologik
holati va boshqalar hisobga olinadi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

198

ISSN:3030-3613

Asosiy qism:

Transport geografiyasiga oid dastlabki nazariy ishlar asosan

yigirmanchi asrning 20-30 yillarida nemis olimlari tomonidan amalga oshirilgan. Ular
transport geografiyasining predmeti va geografiya fanlari tizimidagi o‘rnini aniqlashga
harakat qilganlar. Biroq, nemis geograflari transportni moddiy ishlab chiqarish
tarmog‘i ekanligini hisobga olishmagan. Ular transport geografiyasini asosan «inson
geografiyasi» yoki «antropogeografiya» ning bo‘limi sifatida qarashgan. Masalan, A.
Gettner transport geografiyasi geografiyaning uzoq davrlardan beri eng yaqin va hatto
sevimli tarmog‘i ekanligini alohida ta’kidlab o‘tadi va uning hududiy (xronalogik)
jihatlariga katta e’tibor beradi 1960 yillarda transport tarmoqlari geografiyasini
o‘rganish ancha jonlandi. Jumladan, havo transporti geografiyasi bilan amerikalik
Kenneta Sili, dengiz transporti bilan esa shved Gunnar Aleksanderson, temir yo‘l
transporti geografiyasi bilan ingliz geografi Ander O‘Dellalar shug‘ullanishgan.
Ko‘rilayotgan sohaga oid dastlabki tadqiqotchilardan biri Bernshteyn-Kogon 1931
yilda transport geografiyasiga bag‘ishlangan kitobini nashrdan chiqardi. 1950 yillarda
xorij transport geografiyasida yangi nazariy yo‘nalishlar rivojlana boshlagan. Bu
davrdagi tadqiqotlarda yuk va yo‘lovchi tashishni gravitatsion modeli va bir qancha
dasturlar ishlab chiqilgan. Transportning milliy iqtisodiyotga ta’sirini, uning
mintaqaviy ixtisoslashuvining aholi manzilgohlari rivojlanishidagi ahamiyatini
o‘rgangan olimlardan Vilyam Bunge va Piter Xagget transport to‘ri, zichligi
masalalariga ko‘proq e’tibor berganlar. Ba’zi chet el manbalarida transport
geografiyasini madaniy landshaft elementi sifatida o‘rganilganligi ham qayd etiladi.
1960 yillarda transport tarmoqlari geografiyasini o‘rganish ancha jonlandi. Jumladan,
havo transporti geografiyasi bilan amerikalik Kenneta Sili, dengiz transporti bilan esa
shved Gunnar Aleksanderson, temir yo‘l transporti geografiyasi bilan ingliz geografi
Ander O‘Dellalar shug‘ullanishgan. Ko‘rilayotgan sohaga oid dastlabki
tadqiqotchilardan biri Bernshteyn-Kogon 1931 yilda transport geografiyasiga
bag‘ishlangan kitobini nashrdan chiqardi. Unda muallif mintaqalar transportining
rivojlanishida tabiiy va iqtisodiy geografik omillar muhim ahamiyat kasb etadi, deb
ta’kidlaydi.

Xulosa:

Transport geografiyasi nazariy va amaliy ahamiyatga ega. U transport

tizimlarini rejalashtirish, boshqarish va rivojlantirish, transport-iqtisodiy aloqalarni
takomillashtirish va hududiy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda muhim rol
o'ynaydi.Kelgusida transport geografiyasi fanining rivojlanishi quyidagi yo'nalishlarda
davom etishi lozim:

• Globallashuv sharoitida transport tizimlarining o'zgarishini o'rganish.
• Raqamli texnologiyalarning transport sohasiga ta'sirini tahlil qilish.
• Transport tizimlarining barqaror rivojlanishini ta'minlash.
• Hududiy rivojlanishni prognozlashda transport omilini hisobga olish.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

199

ISSN:3030-3613

Ushbu yo'nalishlarda olib borilgan tadqiqotlar transport geografiyasi fanining

nazariy asoslarini boyitadi va amaliy ahamiyatini oshiradi.

Foydalanilgan Adabiyotlar

1.

Transport

geografiyasi

-

geografiya.uz

http://geografiya.uz/uzb-iqt-

ijtgeografiyasi/941-transport-geografiyasi.html

2.

Xidiraliyev K.E., Karshibayeva L.K. TRANSPORT, SANOAT VA QISHLOQ
XO‟JALIGI GEOGRAFIYASI Guliston – 2020 (49-53) betlar.

3.

Isayev Akbarjon Abdulxamidovich TRANSPORT GEOGRAFIYASI (Uslubiy
qo‘llanma) Toshkent «MUMTOZ SO‘Z» 2019


Bibliografik manbalar

Foydalanilgan Adabiyotlar

Transport geografiyasi - geografiya.uz http://geografiya.uz/uzb-iqt-

ijtgeografiyasi/941-transport-geografiyasi.html

Xidiraliyev K.E., Karshibayeva L.K. TRANSPORT, SANOAT VA QISHLOQ

XO‟JALIGI GEOGRAFIYASI Guliston – 2020 (49-53) betlar.

Isayev Akbarjon Abdulxamidovich TRANSPORT GEOGRAFIYASI (Uslubiy

qo‘llanma) Toshkent «MUMTOZ SO‘Z» 2019

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари