T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
183
ISSN:3030-3613
BOSHLANG‘İCH TA’LİMDA TABİİY FANLARGA QİZİQİSH UYG‘OTİSH,
FOYDALİ QAZİLMALARNİ O‘RGATİSH USULLARİ VA METODLARİ.
Ilmiy rahbar:
Alimardonova M
Shahrisabz davlat instituti Pedagogika fakulteti, Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi
talabasi
Raxmonova Kumush
Annotasiya
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda tabiiy fanlarga qiziqish uyg‘otishning
samarali metod va usullari yoritilgan. Bolalarda ilmiy izlanish va kuzatuv
ko‘nikmalarini shakllantirish muhimligi ta’kidlanadi. Zamonaviy yondashuvlar,
jumladan, tajriba asosida o‘qitish, faoliyatga yo‘naltirilgan metodlar va STEM
konsepsiyasining ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, tabiiy fanlarni o‘qitishda
interfaol metodlar va innovatsion texnologiyalarning roli ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot
natijalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun tabiiy fanlarni yanada qiziqarli va
tushunarli qilish yo‘llarini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar
: tabiiy fanlar, boshlang‘ich ta’lim, qiziqish uyg‘otish, metodlar,
usullar, STEM, innovatsion yondashuvlar.
Kirish
Boshlang‘ich
ta’lim insonning kelajakdagi bilim va ko‘nikmalarini
shakllantirishning asosiy tayanch nuqtasi hisoblanadi. Aynan shu davrda tabiiy fanlarni
o‘qitish bolalarda ilmiy izlanish, kashfiyot va tadqiqotga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish,
tabiat hodisalarini anglash hamda ularga ongli munosabat bildirish uchun juda muhim
ahamiyat kasb etadi. Hozirgi zamonaviy tabiiy fan o‘quv darsliklari avvalgi
darsliklardan farqli o‘laroq, o‘z ichiga bir nechta fanlarni jamlagan bo‘lib, bolalarga
atrof-muhit va tabiat hodisalarini chuqurroq tushunishga yordam beradi. Bundan
tashqari, o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga ham xizmat qiladi.
Tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida foydali qazilmalar mavzusiga e’tibor qaratish
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kuzatuvchanlik, ijodiy fikrlash hamda tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Muhokama
Boshlang’ich ta’limda tabiiy fanlarga qiziqish uyg’otishning nazariy asoslari.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari atrof-muhitni kuzatish, tajriba qilish va hodisalarni
bevosita o‘rganish orqali bilim olishga moyildirlar. Shu sababli, tabiiy fanlarga
qiziqishni uyg‘otish uchun:
Amaliy faoliyatga asoslangan yondashuv – bolalar tajriba va kuzatish orqali
bilib olgan narsalarini yaxshiroq eslab qoladilar.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
184
ISSN:3030-3613
Qiziquvchanlik va kashfiyot ruhi – tabiiy fanlar bolalarda yangi narsalarni
o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshiradi.
O‘quvchilarning yosh xususiyatlari – Piaget nazariyasiga ko‘ra, boshlang‘ich
sinf o‘quvchilari konkret operatsion bosqichda bo‘lib, ular real narsalar va
hodisalar ustida amaliy tajribalar orqali fikrlashadi.
Tabiatni o‘rganish orqali bolalarda tadqiqotchilik qobiliyatini shakllantirish.
Bolalar uchun o‘zlari mustaqil kuzatish va xulosa chiqarish muhim. Masalan
daslikdagi oddiy tajribalar bolalarda ilmiy qiziqishni oshiradi misol tariqadida
“”Suvning bug‘lanishi va kondensatsiyasi tajribasini ko’rsatishimiz mumkin. Avvalo
tajriba maqsasdi o’quvhchilarga tushuntirilib so’ngra kerakli jihozlar tayyorlanadi.
Maqsad: Suvning bug‘lanishi va bug‘ning yana suyuqlikka aylanish jarayonini
tushuntirish.
Kerakli vositalar:
Shisha idish (masalan, banka)
Issiq suv
Muz bo‘laklari
Qopqoq yoki plastinka
Tajriba o‘tkazish
Idishga issiq suv quyiladi.
Ustiga sovuq plastinka yoki muz bo‘laklari qo‘yiladi.
Bir necha daqiqadan so‘ng plastinkada suv tomchilari hosil bo‘ladi.
Xulosa: Suv bug‘lanadi, keyin esa sovuq yuzaga tegib, yana suyuqlikka aylanadi
(kondensatsiya).
Tajriba so’ngida bolalardan bunday xolatga avval ham guvoh bo’lingani haqida
ma’lumotlar aytiladi (sovuq kunlarda issiq xonalarni. mashinalar deraza oynalarini
bug’lanishi haqida). O’qtuvchi hayotiy misollarga izoh bergan holda darsni mavzun
yakunlasa bolalar ongida bu bilimlar uzoq vaqtgacha balki umrining oxirigacha
saqlanib har shunday holat kuzatilgan mana shu sinfda qilingan tajriba va berilgan
bilimlar qayta hayoliga kelaveradi.
Zamonaviy ta’lim tizimida tabiiy fanlarga qiziqishni oshirishda innovatsion
yondashuvlardan biri – STEM ta’limi hisoblanadi. Bu yondashuv orqali o‘quvchilar
ilmiy bilimlarni amaliy faoliyat orqali o‘zlashtiradi, tajribalar o‘tkazadi va loyihalar
yaratish orqali tabiiy fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Ayniqsa, boshlang‘ich
sinflarda qiziqarli tajribalar va muammoli vaziyatlarga asoslangan o‘qitish usullari
STEM tamoyillariga mos keladi.
STEM yondashuvi tabiiy fanlarni o‘qitishda qanday yordam beradi?
Tabiiy fanlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan bog‘lash imkonini beradi.
Masalan, bolalar o‘zlari oddiy issiqlik o‘lchagich qurishlari yoki o‘simliklarning
o‘sishiga suv va yorug‘likning ta’sirini kuzatishlari mumkin.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
185
ISSN:3030-3613
Yashil energiya, iqlim o‘zgarishi kabi real muammolarni o‘rganish orqali ular
ekologik ongni shakllantiradi.
Foydali qazilmalarni boshlang’ch sinflarda o’rgatish metodlari.
Vizual va amaliy metodlar
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ko‘proq ko‘rish va amaliy harakat qilish orqali
bilimlarni o‘zlashtirishadi. Shuning uchun quyidagi metodlar samarali bo‘ladi:
Rasm va video materiallardan foydalanish – Foydali qazilmalar qazib olinadigan
joylar, ularning ishlatilish usullari aks etgan rasmlar va videolar o‘quvchilarning
tushunchasini kengaytiradi.
Makromodel va namunalar ko‘rsatish – O‘quvchilarga turli minerallar va
toshlarni ko‘rsatish, ularni qo‘l bilan ushlab ko‘rish imkoniyati yaratish.
Diorama va maket yaratish – Foydali qazilmalar qazib olinadigan hududlarning
maketlarini yasash orqali o‘quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb qilish.
Multemidiya asrida multemidiya vositalaridan samarali foydalanish orqali
bolalarga bilimlarni o’qtuvchi ham qiynalmay tushuntirishga va bolalar ongida
tasavvur hosil qilish, hamda uzoq muddat saqlab qolishga samarali yechim bo’ladi.
Tajriba va eksperimentlar asosida o‘qitish.
Boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni tushuntirishda oddiy tajribalar katta
ahamiyatga ega.
Tuproq tarkibini o‘rganish – O‘quvchilar tuproq namunalarini olib, ularning
tarkibini oddiy usullar bilan solishtirishadi. Masalan, tuproqni suv bilan
aralashtirib, cho‘kma hosil bo‘lishini kuzatish.
Tuz va ohaktosh eritish tajribasi – Tuz va ohaktosh qanday erishini kuzatish
orqali, ular suvda eruvchan yoki eruvchan emasligini tushuntirish.
Qum va loyning xususiyatlarini solishtirish – Foydali qazilmalarning turli
xususiyatlarini aniqlash uchun o‘quvchilar qum va loyni qo‘llari bilan his
qilishadi, ularning namlikni ushlash darajasi farq qilishi haqida muhokama
qilishadi.
Bu tajribalarni o’quvchilar hayoti davomida kundalik hayotida ham kuzatib
kelgan bo’lishadi. Bularga o’qituvchi tomonidan izoh berilishi o’quvchilarning
dunyoni anglash va hodisalarni tahlil qilishda turtki bo’la oladi
O‘yinli metodlar.
Albatta boshlang’ich sinf o’quvchilari hali yosh bo’lishgani uchun ularga turli xil
didaktik o’yinlar yordamida dars tashkil qilish va o’yinlarni dars mavzusiga ustalik
bilan bog’langan holda tashkil etish o’quvchilar qiziqishi va faolligini oshirishga
yordam beradi. Masalan quyidagi o’yinlar:
“Foydali qazilmalarni top” o‘yini – bu o'yinda o‘qituvchi turli minerallarning
rasmlarini 20 ta kartochkalarga tayyorlab kelgan xolda, sinfda besh o’quvchidan
tuzilgan ikkita jamoa ajratiladi va kartochkalar o’quvchilarga berib, ularning
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
186
ISSN:3030-3613
nomlarini topish vazifasini qo‘yadi. Bu o’yin orqali o’quvchilar xotirasi va
tezkorligi rivojlanadi hamda, usha mineriallar nomi xotiralarida yanada yaxsi
joylanadi.
Krossvord va viktorinalar – O‘quvchilar foydali qazilmalar bo‘yicha qiziqarli
savollarga javob berishadi. Bunda o’qituvchi tomonidan A3 formatda taxlab
kelingan krasavord doskaga ilinadi va o’qituvchi savvolarini bergan holda sinf
jamoasi bilan javoblar topiladi.
Interfaol yondashuvlar
Muhokama va munozaralar – "Foydali qazilmalar qanday ishlatiladi?" yoki
"Foydali qazilmalarni tejash kerakmi?" kabi savollar orqali o‘quvchilarni tanqidiy
fikrlashga o‘rgatish. Bunda aqliy hujum metodidan foydalangan holda savol o’rtaga
tashlanadi. Bunda o’quvchilarning kreativliklarini oshirish uchun javoblar ham
boshqacha shakilda olinadi ya’ni sinf jamoasini ikkiga bo’lgan xolda sinf yarimi
berilgan savol bo’yicha ijobiy tomonlarni qolgan o’quvchilar esa salbiy tomonlarni
ochib beradilar.
Xulosa
Boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni, jumladan, foydali qazilmalarni o‘rgatish
o‘quvchilarning kuzatuvchanligi, ilmiy tafakkuri va ekologik ongini shakllantirishda
muhim ahamiyatga ega. Foydali qazilmalarni o‘rgatishda vizual va amaliy
metodlardan, eksperiment va tajribalardan, interfaol o‘yinlardan foydalanish dars
jarayonini yanada samarali qiladi. Ayniqsa, STEM yondashuvi orqali o‘quvchilar
mustaqil izlanish va kashfiyot qilishga undaladi. Zamonaviy ta’lim metodlari asosida
foydali qazilmalar mavzusini o‘qitish o‘quvchilarning atrof-muhitga ongli
munosabatda bo‘lishini ta’minlab, ularning tabiiy resurslardan samarali foydalanish
madaniyatini rivojlantiradi. Kelgusida ushbu mavzuni chuqurroq o‘rganish va yangi
innovatsion metodlarni joriy etish orqali o‘quv jarayoni yanada takomillashtirilishi
mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. (2021). Boshlang‘ich sinf tabiiy
fanlar darsliklari. Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PQ-4947-sonli
qarori. 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi.
3.
To‘rayev N.N., Omonov D.S. (2020). Boshlang‘ich ta’limda tabiiy fanlarni o‘qitish
metodikasi. Toshkent: Fan va texnologiya.
4.
Xasanov B. (2019). Tabiiy fanlarni o‘qitishda innovatsion yondashuvlar. Toshkent:
Ilm-fan.
5.
Abdullayev S. (2021). Boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida
interfaol metodlardan foydalanish. Pedagogika va psixologiya jurnali, 3(4), 45-52.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
187
ISSN:3030-3613
6.
Xodjayev O. (2020). O‘quvchilar ilmiy tafakkurini rivojlantirishda eksperimental
metodlarning ahamiyati. O‘zMU ilmiy axborotnomasi, 2(1), 32-38.
7.
World Bank. (2022). STEM Education in Primary Schools: Best Practices and
Approaches. Washington, D.C.
8.
UNESCO. (2021). Environmental Education and Natural Resources. Parij:
UNESCO nashriyoti.