T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
270
ISSN:3030-3613
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA OTA – ONALAR
HAMKORLIGI ASOSIDA TA’LIMIY FAOLIYATNI
TAKOMILLASHTIRISH OMILLARI
Surxondaryo viloyati Uzun tumani 31-sonli DMTTdirektori
Boltayeva Shohsanam Abdusamad qizi
Annatatsiya:
Maqolada maktabgacha ta`lim bilan ota-ona hamkorligi, bog‘liq
jihatlari va albatta maqsad va vazifalari xususida so‘z yuritiladi.
Аннотация: В статье говорится о сотрудничестве родителей с дошкольным
образованием, связанных с ним аспектах и, конечно же, целях и задачах.
Abstract:
The article talks about the cooperation of parents with preschool
education, related aspects and, of course, goals and objectives.
Kalit so‘zlar:
Ota-ona, hamkorlik, maktabgacha ta`lim, tarbiyachi, samara,
tarbiyalanuvchi, maqsad.
Ключевые слова:
Родители, сотрудничество, дошкольное образование,
педагог, эффективность, ученик, цель.
Key words:
Parents, cooperation, preschool education, teacher, effectiveness,
student, goal.
Maktabgacha ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash, maktabgacha ta‘lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish, malakali
pedagog kadrlar bilan ta‘minlash, bolalarni maktab ta‘limiga tayyorlash darajasini
tubdan yaxshilash, ta‘lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta‘lim dasturlari va
texnologiyalarni tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va
jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida mamlakatimizda tub
islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ota-onalar va maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘rtasidagi faol hamkorlik
bolalarning barkamol rivojlanishini ta’minlaydi, ta’lim sifatini oshiradi va jamiyatda
sog‘lom avlod shakllanishiga xizmat qiladi. Shu sababli, ushbu hamkorlikni
takomillashtirish uchun tizimli yondashuv va innovatsion usullarni joriy etish muhim
ahamiyat kasb etadi.
Ota-onalarni ta’lim jarayoniga jalb qilish
: Ota-onalar va ta’lim
muassasalari o‘rtasidagi doimiy aloqani yo‘lga qo‘yish orqali bolalar rivojlanishini
birgalikda kuzatish va qo‘llab-quvvatlash mumkin.
Ma’rifiy seminarlar va treninglar tashkil etish
: Ota-onalarga
pedagogika va psixologiya bo‘yicha zarur bilimlar berish, shuningdek, ularning
tarbiyaviy jarayondagi roli va mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
271
ISSN:3030-3613
Hamkorlikda tashkil etilgan tadbirlar
: Bayramlar, ijodiy va sport
mashg‘ulotlari, ota-onalar ishtirokida kechadigan maxsus darslar bolalarning ijtimoiy
ko‘nikmalarini rivojlantiradi va o‘zaro ishonchni mustahkamlaydi.
Shaxsiy yondashuvni qo‘llash
: Har bir oila va bola ehtiyojlarini inobatga
olgan holda ta’limiy faoliyatni moslashtirish, natijada, individual rivojlanishni qo‘llab-
quvvatlash imkonini beradi.
Raqamli texnologiyalarni joriy etish
: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari
va ota-onalar o‘rtasida zamonaviy aloqa vositalari orqali axborot almashinuvini yo‘lga
qo‘yish, onlayn monitoring va maslahatlashuvlar tashkil qilish jarayonni
qulaylashtiradi.
Tarbiyaviy maqsadlarning uyg‘unligi
: Ta’lim tashkiloti va ota-onalar
tomonidan qo‘yilgan tarbiyaviy maqsad va vazifalarning bir-biriga mosligi bolalar
rivojlanishida katta natijalarga erishishni ta’minlaydi.
Ota-ona hamkorlikning asosiy maqsadi
Bolalarning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash
:
Ota-onalar
va
pedagoglar o‘rtasidagi yaqin hamkorlik bolalarning jismoniy, aqliy va ijtimoiy
rivojlanishini uyg‘unlashtirishga yordam beradi.
Ota-onalarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki
: Ota-onalarni faol tarzda
ta’lim jarayoniga jalb qilish, ularning farzandlari rivojlanishiga bo‘lgan mas’uliyatini
oshiradi va bolalar tarbiyasida yaxlit yondashuvni ta’minlaydi.
Birgalikdagi tadbirlar va loyihalar
: Bayramlar, treninglar, seminarlar
va ijodiy mashg‘ulotlar ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlikni
mustahkamlaydi va ta’lim jarayonini qiziqarli qiladi.
Shaxsiy yondashuvni rivojlantirish
: Har bir oilaning ehtiyoj va
imkoniyatlarini inobatga olgan holda, o‘quv dasturlarini moslashtirish ota-onalar bilan
samarali muloqotni kuchaytiradi.
Raqamli texnologiyalarni qo‘llash
: Onlayn platformalar orqali ota-
onalar bilan doimiy aloqa o‘rnatish va farzandlari rivojlanishiga oid ma’lumotlarni
monitoring qilishni osonlashtiradi.
Jamiyatda ro‘y berayotgan siyosiy, ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy o‘zgarishlar
ta’lim tizimiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Pedagogik nazariyani targ'ib qilish orqali ota-
onalar va o'qituvchilar bilan o'zaro hamkorlik hamkorlik orqali amalga oshiriladi.
MTT bilan ota – onalarning bir-biriga
bog‘liq jihatlar.
MTT bilan ota-onalar burchlari va
vazifalari, maqsadi bir-biriga o`xshaydi. MTTning
asosy maqsadi bolalarni o‘qitish, tarbiyalash, qarab
turish va parvarish qilish jarayonida paydo
bo‘ladigan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari
va javobgarligini sezishlari amalga oshiruvchi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
272
ISSN:3030-3613
ta’lim – tarbiya jarayonini olib borishdan iborat bo`lsa, ota-ona bolalarni ma’naviy
barkamol qilib shakllant-irishdagi asoslarni hosil qilishda MTTdan samarali
foydalanish va bola aqliy kamolotini ma’naviy kamolot bilan uyg’un holda
rivojlantirishga erishishdir. Bolalarning MTT dagi hayot kechirishini tashkil etishda
faol ishtirok etish. Bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘i uchun g‘amxo‘rlik qilish.
Maktabgacha ta’lim esa ustaviga muvofiq bo‘lgan zarur shart– sharoitlarni
ta’minlaydi. Bolalar hayotini muhofaza qilish va sog’lig’ini mustahkamlashga doimo
g‘amxo‘rlik qilishdir.Bola shaxsini shakllantirish, bilimga qiziqishini rivojlantirishdir.
MTTda bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta’minlanadi. Bolada
onglilik va ijodkorlikka qiziqish oshadi. Bunda MTT dagi va oiladagi ma’naviy
sog’lom muhit e’tiborga olinadi. Ixtisoslashtirilgan MTT da bunga boshqa talab
qo‘yiladi. Bunda bolalarga ma’naviy immunologik tarbiya berish asos qilib olinadi.
Oila va bola ma’na-viyatining sog’lom bo‘l-ishiga e’tibor berila-di. Bolalardagi
tozalik, ozodalik, tartib – intizomlilik kabi insoniy sifatlar shakllanishiga asos
yaratiladi. Bolalardagi ma’naviy – axloqiy tarbiya rivojlanishi e’ti-borga olinadi.
Bolalar ongida ezgulik insonlarni yaxshilikka yetaklashi haqidagi ma’lumotlar paydo
bo‘lishi e’tiborda bo‘ladi.Turli salbiy oqibat-lar haqida bolalar ongida tasavvur paydo
bo‘ladi.“Ibrat – namuna – hayot dorilfununi” turkumi-dagi ma’lumotlardan
foydalanish kerak.Bola tarbiyasidagi rag’batlantirish va jazolash me’yorlariga amal
qilish lozim bo‘ladi.Qiziqishga oid faol-iyatga moyillik kuchli bo‘ladi.
MTTning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
bolaning shaxsiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha
yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilagan davlat talablari asosida hamda MTT davlat
o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay
shart-sharoitlar yaratish;
maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil
etish va amalga oshirish;
bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va mahalliy jamoatchilik
o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni tashkil etish va amalga oshirish.
Yuqorida bayon qilingan dolzarb muammolar haqiqatdan ham, Davlat
talablarining bosh tamoyili bo‘lgan ― bolaning noyobligi, bolaning huquqlarini
himoya qilish va ta’minlashning muhimligi, bola ta’limi va rivojlanishida kattalarning
asosiy rolini anglagan holda, MTT, oila, tarbiyachi-pedagoglar hamda ota-onalarning
bevosita, doimiy va samarali hamkorligini talab etadi.
Xulosa qilib aytganda maktabgacha ta'limda ota-onalar
bilan hamkorlikni
yo‘lga qo‘yish haqida gap borar ekan avvalob ularni bir-biriga bog'laydigan usullarni
o‘ylab topish lozim. Masalan, ota-onalar yig'ilishlari. Bunda ota-ona bolasi haqida eng
ko‘p ma'lumotlarni shu jarayonda oladi. Ularga yig'ilishda o‘zi uchun bolasi haqida
mavzularni tanlashda quyidagi ro‘yxat taqdim etilishi samarali:
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
273
ISSN:3030-3613
bolaning o‘sishi va rivojlanishi;
qiyin xulq-atvorni qanday tuzatish mumkin;
bolaning ovqatlanishi; bolalar kasalliklari; o‘yin orqali o‘rgatish;
shaxsiy qadr-qimmat hissini rivojlantirish; nutqni rivojlantirish;
o‘yinchoqlarni tanlash va h.k. Yana bir muhim usullardan biri bu bolalar
bog'chalarida ota-ona burchaklarini tashkillashtirishdir.
Bu burchak har bir guruhda bo‘lishi shart. Ularning asosiy maqsadi bolalar va
bolalar bog'chasida nima qilayotgani haqida onalar va onalarga xabar berishdir. Ushbu
stendlarda turli xabarlar, tug‘ilgan kun, tabriklar berilsa ota-ota xabardor bo`lib turadi.
. Ikkinchidan, asosiy narsa, bolasi haqidagi qiziqarli va g‘ayrioddiy bir hikoya bilan
tanishishtirib borish kerak. Asosiy maqsad - ota-onalar uchun stendlardagi barcha
muhim ma'lumotlarni optimallashtirish va guruhning ichki xonasida yaxshi niyat va
qulaylik yaratish. Ota –onalar uchun tadbirlar Barcha bolalarni otalari uchun tashkil
etilgan tadbirga taklif qilish ham samara beradi. Otalarning MTTdagi pedagogik
jarayonlarga qay tarzda ishtirok etishlarini aniqlashtirish, ya'ni ular balkim, ustachilik
qilishni, ovqat tayyorlashni biladilar yoki san'atdan mashg‘ulot o‘tkazish uchun xonani
jihozlashga yordam berishlari mumkin. Mahoratli tarbiyachi bir-birlarini ma'naviy
jihatdan qo‘llab- quvvatlashlari uchun ikki nafar otani guruhga yoki yig‘ilishga
birgalikda kelishga taklif etadi, otalar bir-birlari bilan uchrashishlari va o‘z bolalari
to‘g‘risida fikr almashishlari uchun tadbir tashkil etadi. Maktabgacha ta’lim
tashkilotlari xodimlari tarbiyalanuvchilarning uylariga tashriflar o‘tkazgan holda ota-
onalar bilan va undan tashqari ularning boshqa oilaviy yaqin insonlari bilan yaqindan
tanishi, ularning oilaviy va do‘stona muhitlarini o‘rganishi, o‘z tajriba va sohalaridan
kelib chiqqan holda oiladagilarga tarbiyalanuvchilar uchun kerakli bo‘lgan muhim
omillar va oilaviy o‘zaro do‘stona muhitning bola psixologiyasi va uning ma’naviy
kamoloti va yuksak salohiyati uchun naqadar muhim ekanligini tushuntirish ishlarini
olib borish kabi bir qator hamkorlik tizimlari orqali bolajonlarni har tarafdan qo‘llab-
quvvatlash, ularni jismonan va ma’nan yetuk, o‘ziga ishonchli, o‘z maqsadiga ega
bo‘lgan komil insonlar qilib tarbiyalashda ota-onalarning va oiladagilarning ham o‘rni,
ular bilan o‘rnatilgan aloqa va hamkorliklarning naqadar muhim ahamiyatga ega
ekanligini tatbiq etish mumkin va bu zarur.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Arziqulova S.F. "Экономика и социум" №10(89) 2021.
2.
O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga
qo‘yiladigan Davlat talablari. Toshkent-2018 yil. 8-bet
3.
“Ilm yo‘li” variativ dasturi. Toshkent “Sano-standart” 2020 yil. 13, 15-bet.
4.
Maktabgacha pedagogika f. r. Qodirova, Sh. Q. Toshpo'latova, N.M. Kayumova,
M. N. A'zamova “Tafakkur" Nashriyoti Toshkent - 2019
5.
Maktabgacha pedagogika Berdiyeva M.M.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
274
ISSN:3030-3613
6.
Maktabgacha tarbiya pedagogikasi P.Yusupova Toshkent “O`qituvchi” 1993 yil.