T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
284
ISSN:3030-3613
UMUMTA’LIM FANLARINI O‘QITISHGA MO’LJALLANGAN
ELEKTRON TA’LIM RESURSLARIGA QO’YILADIGAN ZAMONAVIY
TALABLAR
Beysenov Kenjabay Sarsanbayevich
O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti Kasbiy
tayyorgarlikfakulteti Maxsus fanlar sikli o‘qituvchisi. Podpolkovnik
bisenovkenjaboy@gmail.com
Аннотация:
Mazkur maqolada umumta’lim fanlarini o’qitishga mo’ljallangan
elektron ta’lim resurslariga qo’yiladigan zamonaviy talablarning muhim jihatlari
ko’rsatib o’tilib, amaliyot tajribalariga tayangan holda ilmiy asoslangan taklif va
tavsiyalar berilgan.
Kalit so’zlar:
ta’lim, texnik-texnologik talablar, didaktik talablar, metodik
talablar, psixologik talablar, ergonomik talablar, estetik talablar, mul’timedia
texnologiyalari.
Аннотация:
В данной статье показаны важные аспекты современных
требований к электронным образовательным ресурсам, предназначенным для
преподавания общеобразовательных предметов, и приведены научно
обоснованные предложения и рекомендации, основанные на практическом
опыте.
Ключевые слова:
образование, технические и технологические
требования, дидактические требования, методологические требования,
психологические требования, эргономические требования, эстетические
требования, мультимедийные технологии.
Annotation:
This article shows important aspects of modern requirements for e-
learning resources intended for teaching general education subjects and provides
scientifically based proposals and recommendations based on practice experiences.
Keywords:
education, technical and technological requirements, didactic
requirements, methodological requirements, psychological requirements, ergonomic
requirements, aesthetic requirements, multimedia technologies.
Hozirgi vaqtda umumta’lim fanlarini o’qitishda elektron ta’lim resurslari muhim
rol’ o’ynaydi. Ularni yaratish va amalga oshirishda zamonaviy talablarga e’tibor
qaratish kerak, chunki elektron ta’lim resurslari o’quvchilarning fanga bo’lgan
qiziqishini oshirish va ta’lim jarayonini samarali tashkil qilishda muhim omil
hisoblanadi.
Texnik-texnologik, didaktik, psixologik, ergonomik, va estetik talablar bilan
birga, elektron ta’lim resurslarining mukammal bo’lishi o’quvchilarga ilm olishda
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
285
ISSN:3030-3613
yuqori samaradorlikni ta’minlaydi. Mul’timedia elementlarining integratsiyasi,
ko’rgazmalilik va interaktivlik, o’quvchilarning faolligini oshirishga yordam beradi.
Jumladan, animatsiya va giperhavolalar, mul’timedia elementlarining
moslashuvchanligi va ta’lim resurslarini to’g’ri taqdim etish o’quv jarayonida yangi
bilimlarni o’zida egallashishga katta yordam beradi. Elektron ta’lim resurslarini
yaratishda ularning funksional yo’naltirishini va ta’lim oluvchilarga qulay bo’lishini
ta’minlashga e’tibor qaratish lozim.
SHuningdek, o’quv moduli tamoyili bo’yicha kurikulumni tashkil etish, modullar
orqali o’quv materialini ifoda qilish va uning samaradorligini oshirish jarayonida
innovatsion usullardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Modulning tuzilishi va
uning animatsion, grafik vositalar bilan boyitilishi o’quv materialining tushunarliligini
ta’minlaydi.
Umumta’lim fanlarini o’qitish metodikasini takomillashtirishda yaratiladigan
elektron ta’lim resurslari muhim ahamiyatga ega bo’lib, ularni yaratishda o’ziga xos
zamonaviy talablarga e’tibor qaratish kerak. Bugungi kunda elektron ta’lim resurslarini
yaratishda quyidagi: psixologik-pedagogik, texnik-texnologik, estetik, funksional va
ergonomik talablar bilan birga didaktik, metodik va boshqa talablar mavjud.
Texnik-texnologik talablar: telekommunikatsion muhitlarda, operatsion tizimlar
va platformalarda; zamonaviy mul’timedia va telekommunikatsion texnologiyalardan
maksimal darajada foydalanish; ishonchlilik va mustahkam ishlash; geterogenlilik;
defektlarga mustahkamlilik; noo’rin harakatlardan himoyalanganlik; resurslarning
samarali qo’llanilishi; sinovchanliligi; installyatsiya va deinstallyatsiyaning soddaligi,
ishonchliligi va to’laligi kabilarga mo’ljallangan bo’lishi lozim.
Didaktik talablar o’qitishning maxsus qonuniyatlari va o’qitishning didaktik
tamoyillariga mos keladi. Elektron ta’lim resurslariga qo’yiladigan didaktik talablar
quyidagilar hisoblanadi: o’qitishning ilmiylik (so’nggi ilmiy yutuqlarni e’tiborga olgan
holda elektron ta’lim resurslari orqali taqdim etiladigan o’quv materiali mazmunining
yetarlicha chuqurligi, to’g’riligi va ilmiy jihatdan ishonchliligi); o’qitishning
tushunarliligi (ta’lim oluvchilarning yoshi va individual xususiyatlariga ko’ra o’quv
materialining nazariy murakkablik darajasi va o’rganish chuqurligini aniqlanishi);
o’qitishning muammoliligini ta’minlash (o’quv-bilish faoliyatining mohiyati va
xarakteriga
bog’liq,
muammoli
vaziyatning
mavjudligi);
o’qitishning
ko’rgazmaliligini ta’minlash (o’rganilayotgan ob’yektlar, ularning maketlari yoki
modellarini hissiy idrok qilishni va ularni ta’lim oluvchilar tomonidan shaxsan
kuzatilishini e’tiborga olish zaruriyati); o’qitishning ongliligini, ta’lim oluvchi
faoliyatining mustaqilligi va faolligini ta’minlash; o’qitishning tizimliligi va ketma-
ketliligi (o’rganilayotgan fan sohasiga oid bilimlarning ma’lum tizimini ketma-ket
o’zlashtirilishini ta’minlanishi); o’qitishning ta’limiy, rivojlantiruvchi va tarbiyaviy
funksiyalarining
mavjudligi;
moslashuvchanlik;
interaktivlik
(o’qitishning
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
286
ISSN:3030-3613
interaktivligi o’quv jarayonida ta’lim oluvchilar elektron ta’lim resurslari bilan o’zaro
ta’sirlanishlari lozimligi, elektron ta’lim resurslari komponentlari va qism tizimlari
dialog va teskari aloqani ta’minlanishi, o’quvchining harakatlariga reaksiyasi, bunda
teskari aloqa nazorat qiladi); intellektual imkoniyatni rivojlantirishi (o’quvchining
fikrlash usullarini (algoritmik, ko’rgazmali-obrazli, nazariy), axborotni qayta ishlash
ko’nikmalarini shakllantirish)
1
.
Didaktik talablar: moslashuvchanlik, interfaollik, komp’yuter vizuallashtirish
imkoniyatlari, ta’lim oluvchining intellektual qobiliyatini rivojlantirishi, fikrlash,
murakkab vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul qila olish mahoratini oshirishi,
axborotga ishlov berish bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirishi, o’quv materialini
namoyish qilishning tizimlilik va funksional bog’liqligini, ta’lim berishning to’liqligi
va uzluksizligini ta’minlashi hamda muammoli va izlanish topshiriqlarining
intellektual o’rgatuvchi tizimiga ega bo’lishi
2
.
Metodik talablar elektron ta’lim resurslariga qo’yiladagan didaktik talablar bilan
uzviy bog’liq. O’quv materiallari aniq va mos fan sohasining o’ziga xosligi va
xususiyatlarini hisobga olishni, shuningdek, axborotni qayta ishlashning zamonaviy
usullari va ta’limiy faoliyatni amalga oshirish imkoniyatlarini nazarda tutadi. Bunda
elektron ta’lim resurslari o’quv materialini taqdim etishni; o’quv fanining ilmiy
tushunchalar tizimini; algoritmik faoliyatni amalga oshirish uchun yetarli bo’lgan
ta’lim oluvchilarga turli nazorat qilinuvchi mashqli amallar imkonini ta’minlashi
kerak.
Metodik talablar: o’quv materialini taqdim etishning tushunchali, obrazli va
harakatli komponentlarining o’zaro bog’liqligiga tayangan holda yaratilishi, o’quv
materialini yuqori tartibli tuzilma ko’rinishida ta’minlashi, fanlararo mantiqiy o’zaro
bog’liqlik hisobga olinishi, ta’lim oluvchiga o’quv materialini bosqichma-bosqich
o’zlashtirish uchun turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish imkoniyati yaratilishi,
barcha amalga oshiriladigan hisoblashlar vizuallashtirishning ochiq tizimiga ega
bo’lishi, o’zgaruvchan ob’yektlar yoki jarayonlarning bog’liqligi namoyish qilinishi
3
.
Psixologik talablar yaratiladigan barcha elektron ta’lim resurslariga tegishli:
o’quv materialini taqdim etish kognitiv jarayonning nafaqat verbal-mantiqiy, balki
sensorli va namoyish etilish darajalariga mos kelgan; elektron ta’lim resurslari idrok,
diqqat, fikrlash, tasavvur, xotira kabi psixologik xususiyatlarni hisobga olgan; o’quv
materialini bayon etish ta’lim oluvchilarning aniq yosh kontingenti va tayyorgarlik
xususiyatlariga mo’ljallangan; ta’lim oluvchi bilimlari tizimi va tilni bilishini hisobga
olinishi; o’quv materiali ta’lim oluvchilarning aniq kontingentiga tushunarli; elektron
1
https://jdpu.uz/wp-content/uploads/2023/12/Tangirov-Xurram-Ergashevich-1.pdf.
2
https://api.scienceweb.uz/storage/publication_files/2158/6293/63e0f504cde82___49+электрон+таълим+муҳ
итида+интерактив+таълим.pdf
3
https://api.scienceweb.uz/storage/publication_files/2158/6293/63e0f504cde82___49+электрон+таълим+муҳ
итида+интерактив+таълим.pdf
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
287
ISSN:3030-3613
ta’lim resurslari obrazli va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi
kerak.
Psixologik talablar: o’quv materialini namoyish qilish nafaqat verbal, balki
kognitiv jarayonning sensorlik va namoyish qilish holatlariga ham mos kelishi, qabul
qilish, diqqat, fikrlash, tasavvur qilish, xotirada saqlash kabi psixologik jarayonlar
xususiyatlarini hisobga olishi, o’quv materiali mazmunida ta’lim oluvchilarning yoshi,
tayanch bilimlari inobatga olinishi, obrazli va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga
yo’naltirilgan bo’lishi, o’qitishning ko’rgazmaliligini ta’minlashi, talabalar tomonidan
o’rganilayotgan ob’yektlar, ularning maketlari yoki modellarini sezgili, anglangan
holda qabul qilishi va shaxsan kuzatishi, hayotiy tajribasini hisobga olish zaruriyatini
ko’zda tutishi
4
.
Ergonomik talablar ta’lim oluvchining yosh xususiyatini e’tiborga olgan holda,
o’qishga motivatsiya darajasi oshishini ta’minlaydi, bular quyidagilar hisoblanadi:
ta’lim oluvchiga gumanistik munosabatni ta’minlash, komponentlarda do’stlik
interfeysini tashkil etish, zaruriy ko’rsatmalardan foydalanish, psixikaga salbiy
ta’sirlardan qochish, mashg’ulotlarda qulay muhitni yaratish, komp’yuter texnikasi
bilan ishlashning gigiyenik talablari va sanitariya me’yorlariga mos kelishi.
Estetik talablar. Estetik talablar ergonomik talablar bilan uzviy bog’liq bo’lib,
elektron ta’lim resurslarining funksional vazifalari estetik jihozlanishiga, o’qitish
vositalarining grafikli va tasvirli elementlarining ifodalanganligi va tartibliligiga,
ranglar uyg’unligiga mos talablarni o’rnatadi.
Estetik talablar — o’quv qo’llanma o’rta darajada rangli bo’lishi kerak. Ta’lim
matni o’quvchiga ma’lum bir hissiy ta’sir ko’rsatishi, o’qitishga qiziqish ko’rsatishi
darkor. Aynan shuning uchun, ayniqsa, o’quvning dastlabki bosqichlarida darslik tili
turli standartlarga asoslangan metodlarni qo’llashi kerak, bu esa qat’iy
standartlashtirilgan ilmiy tilda qabul qilinmaydi. YA’ni bu o’quv qo’llanmalar
yaratishga ijodiy yondashishni taqozo etadi. Bu jihatdan ham infografikadan
foydalanish qo’l keladi. Bilamizki, yaxshi infografika san’at namunasidek bir gap.
Infografikada ham ijodiy yondashuv birinchi o’rinda turadi. Unda majoziy elementlar,
tasviriy san’at unsurlaridan keng foydalaniladi. Bu o’quvchilar didini shakllantirishda
ham muhim rol’ o’ynaydi
5
.
Bugungi kunda interaktiv eletron axborot-ta’lim muhitini tashkil etishda elektron
ta’lim rusurslarining o’rni juda katta ahamiyat kasb etadi
6
. Ayniqsa, umumiy o’rta
ta’lim maktablarida umumta’lim fanlarini o’qitish jarayonida elektron ta’lim
rusurslaridan foydalanish o’quvchilarda fanga bo’lgan qiziqishni oshiradi.
4
https://api.scienceweb.uz/storage/publication_files/2158/6293/63e0f504cde82___49+электрон+таълим+муҳ
итида+интерактив+таълим.pdf
5
https://journal.fledu.uz/wp-content/uploads/sites/3/2022/02/okuv-adabiyotlarining-turlari-va-ularda-matnni-
infografika-korinishida-berish-imkoniyatlari.pdf.
6
http://www.el-nspi.uz/wp-content/uploads/2021/05/Elektron-talim-IV-Son.pdf.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
288
ISSN:3030-3613
SHuningdek, ta’lim jarayonida ko’rgazmalilikni ta’minlashda elektron ta’lim
rusurslari va uning imkoniyatlaridan foydalanish o’ziga xos xususiyatga egadir.
Maktablarda informatika va axborot texnologiyalari, algebra fanlarini o’qitishda
ko’rgazmali elementlar muhim rol’ o’ynaydi, ayniqsa, algebra darslarida noma’lum
belgilashlar kiritishda hamda noma’lum ifodalar orqali berilgan funksiyalarni
ko’rgazmali shaklda, o’quvchilar tushunarli bo’lishi uchun materiallarni animatsion
taqdim etishda elektron ta’lim resurslari muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday elektron
ta’lim resurslarini yaratishda hamda umumta’lim fanlarini o’qitish metodikasini
takomillashtirishda ulardan foydalanishda, albatta, yuqorida keltirib o’tilgan elektron
ta’lim resurslarini yaratishga qo’yiladigan zamonaviy talablarga e’tibor qaratish lozim.
Hozirgi vaqtda asosiy elementi o’quv moduli deb ataluvchi element bo’lgan
elektron ta’lim resurslari mazmunini tashkil etishning modulli tamoyili keng
qo’llanilmoqda. O’quv modulini bir tomondan o’qitishni tashkil etish shakli, boshqa
tomondan esa matnning asosiy tuzilmasi birligi sifatida qarash mumkin.
O’quv modulining asosiy belgilariga quyidagilarni kiritish mumkin: kursning
mantiqiy butun lavhasidan iborat (bo’lim, mavzu, paragraf va boshqalar) o’quv kursi
mazmunining elementi; mazmun elementiga mos bilish jarayonini boshqarishning,
bilish faoliyatini nazorat qilish va rag’batlantirishning didaktik vositalari; ta’lim
oluvchilarning modul bilan ishlash uchun belgilangan vaqti (35-45 daqiqa).
SHunday qilib, har bir kurs modulli tamoyilga mos ravishda katta mavzular
bo’yicha modullarga ajratiladi. O’z navbatida, bu modullar o’quv matnining boshqa
tuzilma birliklari, ya’ni asosiy mavzular (paragraf), bular esa mavzular punktlari (qism
paragraf) dan tashkil topadi.
Ta’lim oluvchilar yangi materialga duch kelganda elektron ta’lim resurslarida
joylashgan g’oyalarni o’zida mavjudlari bilan taqqoslaydi. Bunday taqqoslashning
muvaffaqiyati o’qish samaradorligini ta’minlaydi va o’quv mul’timedia-axborot
qanchalik psixologik asoslanganligi, mantiqiyligi va muvofiqlashtirilgan holda taqdim
etilganligi bilan aniqlanadi.
Resursning mul’timediali yetkazilishiga alohida e’tibor berish kerak, u ta’lim
oluvchini nimaga olib borishini o’ylab ko’rish lozim: mul’timedia-ob’yektlar (grafika,
video, tovush va boshqalar) matnni organik to’ldirishi kerak. Vizual va verbal
elementlarning o’zaro munosabatlari dinamikasi va ularning soni o’quv materialining
funksional yo’naltirilganligi bilan aniqlanadi; ko’rishga oid xabarlarni nutqli shaklga
o’tkazish juda murakkab yoki umuman mumkin bo’lmagan (shu bilan birga natijalarni
umumlashtirish talab etilmagan) hollarda obrazli fikrlash so’zli mantiqiy fikrlashdan
ustun bo’ladi; birinchi navbatda bu murakkab ob’yektlar, ya’ni katta hajmli shakllar,
rangli kompozitsiyalar va boshqalar bilan ishlashga tegishli; topshiriqlarni bajarish
bo’yicha ko’rsatmalarni tushunarli, aniq, lo’nda, puxta o’ylab chiqish zarur; agar
axborotni qabul qilish kanallarining barchasi bir vaqtda harakatga keltirilgan bo’lsa
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
289
ISSN:3030-3613
o’qitishning samaradorligi oshadi. SHuning uchun imkon qadar, matn va grafikli
tasvirlar uchun ovoz jo’rligini qo’llash tavsiya etiladi. Tadqiqotlarga ko’ra, axborotni
eshitish orqali o’zlashtirish samaradorligi – 16 %, ko’rib o’zlashtirish – 25 % ni tashkil
etadi. O’qitish jarayonida ularning bir vaqtda ishga tushirilishi natijasida o’zlashtirish
samaradorligi 65 % gacha oshadi. Eshitishga oid qayta kodlash bilan qisqa vaqtli
ko’rishga oid xotira hajmini oshirishga erishish mumkin.
Ta’lim tizimi uchun elektron ta’lim resurslarini yaratish va undan foydalanishda
qidirish, animatsiya va giperhavolalar tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Elektron
ta’lim resurslarida mul’timedia-axborotlarni tuzilmalashtirish, navigatsiya va
giperhavolalarni tashkil etish jarayonlari bilimlarni taqdim etish va o’qitishning
mul’timedia vositalarini yaratishning avtomatlashtirilgan vositalarini qo’llash orqali
samarali tashkil etilishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, umumta’lim fanlarini o’qitish metodikasini
takomillashtirishda elektron ta’lim resurslarining ahamiyati katta. Ular, zamonaviy
talablarga mos bo’lish bilan birga, o’quv jarayonini samarali tashkil etishda muhim
vosita sifatida chiqadi. Elektron ta’lim resurslari yaratishda psixologiya, pedagogika,
texnik-texnologik, estetik, funksional va ergonomik talablarni hisobga olish zarur. Bu
talablar o’quv materiallarini mazmunli, aniq, tushunarli, interaktiv va ergonomik
ravishda taqdim etishni ta’minlaydi.
Mul’timedia texnologiyalarini joriy qilish va giperhavolalar orqali navigatsiyani
tashkil etish, o’quv materialini kuzatish, animatsiya va ko’rgazmali elementlardan
foydalanish ta’lim oluvchilarning e’tiborini tortishiga va o’rganish samaradorligini
oshirishga yordam beradi. SHunga qaramay, elektron ta’lim resurslari haqiqiy
maqsadga erishish uchun, ularning mazmun va texnologiyasi ilmiy, didaktik va
psixologik asoslarga mos bo’lishi shart. Bu resurslar o’quvchilarning faolligini
oshirishga va ta’limning mazmunli va interaktivligini ta’minlashga yo’naltirilgan
bo’lishi kerak. SHu sababli, elektron ta’lim resurslarini yaratish va ulardan
foydalanishda yuqorida sanab o’tilgan zamonaviy talablar hamda metodik
konsepsiyalarni hisobga olish, ta’lim jarayonining sifati va samaradorligini oshirishga
katta imkoniyat yaratadi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
290
ISSN:3030-3613
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
https://api.scienceweb.uz/storage/publication_files/2158/6293/63e0f504cde82___
49+elektron+ta’lim+muhitida+interaktiv+ta’lim.pdf
2.
https://journal.fledu.uz/wp-content/uploads/sites/3/2022/02/okuv-
adabiyotlarining-turlari-va-ularda-matnni-infografika-korinishida-berish-
imkoniyatlari.pdf.
3.
http://www.el-nspi.uz/wp-content/uploads/2021/05/Elektron-talim-IV-Son.pdf.
4.
https://jdpu.uz/wp-content/uploads/2023/12/Tangirov-Xurram-Ergashevich-1.pdf.