Mualliflar

  • Jumageldiyev O’tkirbek

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95569

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: kriminalistik tekshiruv sovuq qurollar jinoyatchilik kriminalistik texnika ekspert xulosasi.

Annotasiya

 
Annotatsiya: Maqolada bugungi kunda sovuq qurollarning vujudga kelish tarixi, 
bugungi kundagi sovuq qurollarning jinoyatchilikdagi tutgan o’rni, sovuq qurollarning 
turlari, ularning xususiy va umumiy belgilari, bundan tashqari jinoyatchilikning oldini 
olishda  sovuq  qurollarni  kriminalistik  tekshirishning  ahamiyati,  shuningdek  sovuq 
qurollarni  ekspertiza  qilishdagi  xato  va  kamchiliklar  bayon  qilindi.  Olingan 
malumotlarga asoslanib bu muammolarga yechim va xulosalar berildi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

144

ISSN:3030-3613

NIQOBLANMAGAN SOVUQ QUROLLAR TADQIQOTINI O’TKAZISH

METODIKASI

O’zbekiston respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Akademiyasi 3-o’quv kursi 329-guruh

kursanti

Jumageldiyev O’tkirbek

https://akadmvd.uz/

tel: +71 265-22-56

+71 265-17-53

Annotatsiya

: Maqolada bugungi kunda sovuq qurollarning vujudga kelish tarixi,

bugungi kundagi sovuq qurollarning jinoyatchilikdagi tutgan o’rni, sovuq qurollarning
turlari, ularning xususiy va umumiy belgilari, bundan tashqari jinoyatchilikning oldini
olishda sovuq qurollarni kriminalistik tekshirishning ahamiyati, shuningdek sovuq
qurollarni ekspertiza qilishdagi xato va kamchiliklar bayon qilindi. Olingan
malumotlarga asoslanib bu muammolarga yechim va xulosalar berildi.

Kalit so’zlar:

kriminalistik tekshiruv, sovuq qurollar, jinoyatchilik, kriminalistik

texnika, ekspert xulosasi.

Аннотация:

В статье описана история появления холодного оружия в наши

дни, роль холодного оружия в преступности сегодня, виды холодного оружия,
его видовая и общая характеристика, а также значение судебно-медицинской
экспертизы холодного оружия в профилактике преступности, а также ошибки и
недостатки при экспертизе холодного оружия. На основе полученной
информации были даны решения и выводы по данным проблемам.

Ключевые слова:

уголовное расследование, холодное оружие,

преступление, криминальная техника, заключение эксперта.

Annotation:

The article describes the history of the emergence of cold weapons

today, the role of cold weapons in crime today, the types of cold weapons, their specific
and general characteristics, in addition, the importance of forensic examination of cold
weapons in the prevention of crime, as well as errors and shortcomings in the
examination of cold weapons. . Based on the received information, solutions and
conclusions were given to these problems.

Keywords:

criminal investigation, cold weapons, crime, criminal technique,

expert opinion

.


Kirish:

Mamlakatimizda jinoyatchilikni kamaytirishda, unga qarshi samarali

faoliyat oilib borishdagi ichki ishlar organlarining vazifalarini belgilash va samarali
natijaga ershish uchun ko’plab qonun va normativ huquqiy hujjatlar qabul qilingan.
Huddi shunday qonunlarning asosiy maqsadi ekspert-kriminalistika faoliyati tizimini
zamonaviy texnika va texnalogiyalar bilan jixozlash shu bilan birga jinoyatchilikning


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

145

ISSN:3030-3613

oldini olishdagi ahamiyatini oshirish kabi bir qator vazifa va maqsadlarni o’z ichiga
olgan. Yuqoridagi talablarning amalga oshirilishida eng muhim vazifa sodir etilgan
jinoyatlarni “Issiq izidan” tez ochish, samarali tergov qilish va aybdorlarni o’z vaqtida
jinoiy javobgarlikka tortishdan iboratdir.

Asosiy qism:

«Sovuq qurol» tushunchasi harbiy fanlar va qurolsozlik tarixida

vujudga kelgan va shakllangan. Sovuq qurollar deganda qanday buyumlar nazarda
tutiladi? Sovuq qurollarning kriminalistik ta’rifi qanday bo‘lishi lozim? – degan
savollar ko‘plab bahslarga sabab bo‘lib kelgan. Soha mutaxassislari sovuq qurollarning
o‘ziga xos belgilarini turlicha talqin etadilar. Kriminalistika va huquq oldida turgan
masalalardan biri tekshirilayotgan obyektning sovuq qurollarga tegishli yoki tegishli
emasligini aniqlashdan iborat.

«Sovuq qurol» atamasi tuzilishi, tashqi ko‘rinishi va ishlatish usullariga ko‘ra

turlicha bo‘lgan buyumlarni qamrab oladi. Sud-tergov amaliyotidan ma’lum
bo‘lishicha, biror narsaning sovuq qurollarga taalluqliligini aniqlashda surishtiruvchi,
tergovchi sud yoki ekspertlar faqat deduktiv usul – umumiydan xususiyga o‘tish
usulidan foydalanadilar, ya’ni avval narsaning sovuq qurollarga taalluqliligini aniqlab
olib, so‘ng bu narsaning turi va namunasi xususida so‘z yuritadilar.

Tekshirilayotgan obyektning sovuq qurol ekanligini nima belgilaydi? Tarixan

tirik nishonni tan jarohati yetkazib shikastlantiradigan qurollar ishlatilish usuliga ko‘ra
quyidagilarga bo‘lingan:

– qo‘l qurollari. Bunda odam-qurol-obyekt o‘zaro ta’sirda bo‘ladi;
– otuvchi qurollar. Muskul kuchi yordamida ishlatiladigan qurollardir (masalan,

bumerang, sopqon);

– mexanik qurollar. Kamon, arbalet yoki «pichoq» deb atalgan (bu quroldan tig‘

uchib chiqadi va uzoq masofaga otiladi) maxsus qurollardir;

– pnevmatik qurollar. o‘qotar qurollar;
Rossiyalik olim Y.N.Tixonov bir qancha mualliflar tomonidan berilgan ta’riflarni

va belgilarni o‘rganib chiqib, sovuq qurollar quyidagi belgilar yig‘indisiga ega bo‘lishi
kerak degan xulosaga keladi:

1.

Umumiy belgi:

– hujum qilishga yoki faol himoyalanishga mo‘ljallanganligi;

2.

Maxsus belgilar:

– xavfli tan jarohatlarini bevosita yetkazish uchun maxsus tayyorlanganligi; –

bevosita

ishlab

chiqarishda

yoki

xo‘jalik-turmushda

ishlatish

uchun

mo‘ljallanmaganligi;

– tuzilishi, shakli, o‘lchami va materiallari tan jarohati yetkazish imkonini berishi;
– jarohat yetkazish uchun inson muskullari kuchining ishlatilishi; – shikastlovchi

ta’siriga ko‘ra chopuvchi, kesuvchi, sanchuvchi, chopuvchi-sanchuvchi, chopuvchi-


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

146

ISSN:3030-3613

kesuvchi, kesuvchi-sanchuvchi, chopuvchikesuvchi-sanchuvchi, uruvchi-majaqlovchi
yoki murakkablashtirilganligi.

Alomatlarning ushbu yig‘indisi eng ma’qul to‘plam hisoblanadi. Yuqorida

aytilgan belgilarning barchasini yig‘ib va umumlashtirib sovuq qurollarga quyidagicha
ta’rif berish mumkin: Hayot uchun bevosita xavfli bo‘lgan tan jarohati yetkazish
maqsadida maxsus tayyorlangan, jarohat yetkazish uchun inson muskullari, siqilgan
prujina va tortilgan kamon tori kuchidan foydalaniladigan, bevosita ishlab chiqarishda,
xo‘jalik-turmushda va boshqa maxsus ishlarda ishlatish uchun mo‘ljallanmagan,
hujum qilish va faol himoyalanish uchun mo‘ljallangan chopuvchi, kesuvchi,
sanchuvchi,

chopuvchisanchuvchi,

chopuvchi-kesuvchi,

kesuvchi-sanchuvchi,

chopuvchi-kesuvchi-sanchuvchi,

uruvchi-majaqlovchi

murakkablashtirilgan

narsalarga sovuq qurollar deyiladi.

Sovuq qurollarni tasniflash tizimi borasida kriminalist-olimlar orasida turli bahs

va munozaralar mavjud. Bizning fikrimizcha, Y.N.Tixonovning sovuq qurollarni
tasniflash tizimi eng to‘liq tizim hisoblanadi. Bu tizimga ko‘ra, sovuq qurollar
quyidagicha tasniflanadi.

1.

Mo‘ljallangan maqsadiga ko‘ra:

a) jangovar-harbiy qurollar. Bunga aholida saqlanayotgan qurollar va ichki ishlar

idoralari (politsiya)ning qurollari kiradi;

b) ov qurollari;
v) kriminal qurollar.
2.

Tayyorlash usuliga ko‘ra:

a) zavodda tayyorlangan;
b) ustalar tomonidan tayyorlangan;
v) qo‘lbola usulda tayyorlangan.
3.

Tayyorlangan joyiga ko‘ra:

a) yurtimizda ishlab chiqarilgan qurollar;
b) chet ellarda ishlab chiqarilgan qurollar.
4.

Umumiy tuzilishiga ko‘ra:

a) standart, ya’ni biror millatning an’anaviy qurollari namunalari va harbiy

qo‘shinlarda qabul qilingan tarixiy nusxalariga mos keluvchi qurollar;

b) nostandart, ya’ni tarixiy nusxalarga mos kelmaydigan, odatda jinoyatchilar

orasida foydalaniladigan qurollar;

v) tipik bo‘lmagan qurollar. Bunday qurollar ikki turga bo‘linadi: sovuq qurolning

hamma xususiyatlariga ega bo‘lgan, lekin hech qaysi sovuq qurol turiga o‘xshash
bo‘lmagan qurollar hamda niqoblangan qurollar (masalan, hassa-qilich).

5.

Shikastlashiga ko‘ra:

Chopuvchi, kesuvchi, sanchuvchi, chopuvchi-

sanchuvchi,

chopuvchikesuvchi,

kesuvchi-sanchuvchi,

chopuvchi-kesuvchi-

sanchuvchi, uruvchimajaqlovchi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

147

ISSN:3030-3613

6.

Tuzilishi, ushlash joyi, boshqarish va harakatlantirish usullariga ko‘ra:

a) tig‘li (shikastlovchi qismi tig‘li bo‘lgan) qurollar;
b) tig‘siz (uruvchi-majaqlovchi) qurollar;
v) murakkablashtirilgan qurollar (kastet-pichoq, tig‘li va tig‘siz qurollarning

birikmalari);

g) otiluvchi sovuq qurollar:
Sovuq qurollar ekspertizalari o‘ziga xos xususiyatlariga ega. Masalan, birorta

narsani sovuq qurollarga tegishli deb aytish uchun, avvalo, bu narsaning sovuq
qurollarning biror turi, ko‘rinishi, namunasiga tegishliligi aniqlab olinadi, ya’ni
narsaning xususiyatlari to‘liq o‘rganiladi. So‘ngra sovuq qurolligi oldindan aniq
bo‘lgan boshqa anjomlar bilan yoki sovuq qurol deb hisoblanmagan, ammo sovuq
qurolning barcha belgi va xossalariga ega bo‘lgan narsalar bilan taqqoslab ko‘riladi.

Sovuq qurollar ekspertizasi o‘tkazilganda ekspert-kriminalistik tadqiqotlarning

barcha bosqichlari bosib o‘tiladi. Bunda alohida tadqiqotlar, taqqoslash tadqiqotlari,
olingan natijalarni baholash hamda yakuniy xulosa chiqarish nazarda tutiladi.

Dastlabki tadqiqotlar bosqichi.

Ekspert ekspertiza uchun materiallarni olgandan

so‘ng tergov organlarini qiziqtiruvchi savollarni aniqlab oladi. Ekspertiza tayinlash
haqidagi qarorda savollar turlicha qo‘yilishi mumkin, ammo ularning asl mazmuni
asosan quyidagicha bo‘ladi:

1) tadqiqotga taqdim etilgan buyum (obyekt) sovuq qurollar turkumiga

taalluqlimi;

2) bu buyum sovuq qurollarning qanday turiga mansub.
Ekspert birinchi galda daliliy ashyolarning haqiqiyligiga ishonch hosil qilishi

kerak. Berilgan obyektlarning haqiqiyligiga salgina shubha tug‘ilsa, ekspertiza
tayinlagan shaxsdan qo‘shimcha ma’lumotlar talab qilinishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 68-moddasiga binoan

ekspert o‘zi o‘tkazayotgan ekspertiza predmetiga tegishli jinoiy ish materiallari bilan
tanishish huquqiga ega. Bunday materiallarga daliliy ashyoni ko‘zdan kechirish
bayonnomasi, daliliy ashyo sifatida qo‘shib qo‘yish haqidagi qaror, ba’zi hollarda esa
voqea joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasi kiradi.

Alohida tadqiqotlar bosqichi.

Ko‘zdan kechirishdan maqsad aynan shu

buyumning boshqa shunday buyumlar bilan bir xilligini aniqlovchi alomatlarini
topishdan iborat. Ko‘zdan kechirishda buyumning o‘ziga o‘xshash buyumlardan
farqlovchi alomatlariga ham e’tibor beriladi. Bunday alomatlar jumlasiga: o‘lchamlar,
rang, yozuvlar ko‘rinishidagi alohida xususiyatlar, birorta qismning nuqsonlari kabilar
kiradi. Ekspert aniqlagan alohida xususiyatlar nafaqat xulosa matnida, balki ekspertiza
xulosasiga ilova qilinadigan suratli jadvallarda yoki fotosuratlar orqali qayd qilingan
bo‘lishi kerak.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

148

ISSN:3030-3613

Sovuq qurollar shakli, o‘lchamlari, tuzilishi, individual alomatlarini aniqlash

uchun ko‘zdan kechiriladi. Bunda qurolning uni aynan sovuq qurol sifatida ifodalovchi
guruhiy alomatlariga o‘xshash buyumlar orasidan ajratib olish imkonini beruvchi
individual alomatlariga e’tibor berish kerak. Tadqiqotlarda o‘rganilayotgan buyumni
kattalashtirib fotosuratga olish kerak. Ayniqsa, undagi alohida alomatlar rusum
(marka) belgilari, seriya va nomerlari, yorliqlar, tirnalishlar, turli yozuvlar va hokazolar
kattalashtirib suratga olinishi kerak. Fotosuratga olishning holatlari va sharoitlari
ekspert xulosasida qayd qilinadi, tayyorlangan fotosuratlar esa fotojadvalga
yelimlanadi, ularga izoh beriladi va ekspert imzosi hamda muhr bilan tasdiqlanadi.

Sovuq qurollar va ularning qismlarini o‘lchashda chizg‘ich, o‘lchov tasmasi

(ruletka), shtangensirkul va transportir kabi o‘lchov asboblaridan foydalaniladi. Barcha
katta o‘lchamdagi qismlar 1 mm gacha, tig‘ning, to‘sqichning va dastaning qalinligi
0,1 mm gacha aniqlikda o‘lchanadi.

Tig‘li qurolda quyidagilar o‘lchanadi:
– to‘g‘ri o‘q bo‘yicha umumiy uzunligi;
– tig‘ining umumiy uzunligi;
– tig‘ning asosi va o‘rtasidagi kengligi;
– tig‘ing qalinligi;
– muhra qiya qismining to‘g‘ri chiziq bo‘yicha uzunligi;
– tig‘ damining uzunligi (tig‘ tovonidan uning uchigacha o‘lchov tasmasi

yordamida o‘lchanadi);

– har bir o‘yiq (ariqcha)ning kengligi va uzunligi;
– tig‘ tovonining uzunligi;
– tig‘ damining qalinligi;
– dastaning uzunligi, uning o‘rta qismidagi qalinligi, shuningdek, uning eng

kichik va eng katta kengligi, qalinligi;

– dasta ostki halqasining, poynakning uzunligi va qalinligi;
– tayanch yoki to‘siqning uzunligi, kengligi va qalinligi.
Agar qurolning tig‘i ikki damli yoki ikki tomonlama o‘tkirlangan, ya’ni dudama

bo‘lsa, u holda oriyentirlash dasta, tayanch (chegaralagich)ning shakliga yoki rusum
belgilarining joylashishiga qarab amalga oshiriladi.

Odatda, rusum belgilari tig‘ning chap tomonida, tig‘ning uchidan dastaga tomon

tushiriladi, o‘ng tomonida bo‘lsa, aksincha, dastadan tig‘ uchiga tomon tushiriladi, tig‘
tovonidagi ko‘ndalang yozuvlar esa qurolning chap tomonida pastdan yuqoriga, o‘ng
tomonida esa yuqoridan pastga yo‘nalgan bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Forensic Handwriting Examination and Human Factors: Improving the Practice
Through a Systems Approach (

The Report of the Expert Working Group for Human

Factors in Handwriting Examination

2020 Fevral);


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

149

ISSN:3030-3613

2.

“Kriminalistika darslik”;

3.

“Sud ekspertizasi to’g’risida”gi qonun (1.06.2010 y. 250-sonli O’RQ);

4.

“Jinoyat-protsessual kodeksi”.

5.

“Sovuq qurollarning kriminalistik tadqiqoti”(T.B.Mamatqulov)

INTERNET SAYTLARI

1.

http://akadmvd.uz

(Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси)

2.

http://

www.academy.uz

(Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси)

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Forensic Handwriting Examination and Human Factors: Improving the Practice

Through a Systems Approach (The Report of the Expert Working Group for Human

Factors in Handwriting Examination 2020 Fevral);

“Kriminalistika darslik”;

“Sud ekspertizasi to’g’risida”gi qonun (1.06.2010 y. 250-sonli O’RQ);

“Jinoyat-protsessual kodeksi”.

“Sovuq qurollarning kriminalistik tadqiqoti”(T.B.Mamatqulov)

INTERNET SAYTLARI

http://akadmvd.uz (Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси)

http:// www.academy.uz (Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси)