Mualliflar

  • Qahhorova Nargiza Abdumoʻminovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95589

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: o‘smirlar axborot vositalari globallashuv jarayoni muomala emotsional soha stress psixika xulq-atvor.

Annotasiya

ANNOTATSIYA:  Ushbu  maqolada  ommaviy  axborot  vositalari  orqali 
olinadigan ma’lumotlar o‘smirlarning emotsional-irodaviy jabxalari hamda qiziqishlar 
tizimiga ta’sir etib ularning xulq-atvori va psixikasida turli buzilishlarga sabab bo‘lishi 
to‘g’risidagi ma’lumotlar yoritilgan.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

46

ISSN:3030-3613

SHAXSLARDA STRESS NAMOYON BO‘LISHINING PSIXOLOGIK

YECHIMLARI

Qahhorova Nargiza Abdumoʻminovna

Shofirkon tumani 18-umumtaʼlim maktabi amaliyotchi psixologi

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada ommaviy axborot vositalari orqali

olinadigan ma’lumotlar o‘smirlarning emotsional-irodaviy jabxalari hamda qiziqishlar
tizimiga ta’sir etib ularning xulq-atvori va psixikasida turli buzilishlarga sabab bo‘lishi
to‘g’risidagi ma’lumotlar yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

o‘smirlar, axborot vositalari, globallashuv jarayoni, muomala,

emotsional soha, stress, psixika, xulq-atvor.

KIRISH

Butun dunyo miqyosida kuzatilayotgan tezkor o‘zgarishlar va taraqqiyot

psixologik amaliyot sohasiga yangi vazifalarini kirib kelishiga olib kelmoqda. Insonda
kuzatiladigan stresslarni tabiati va kelib chiqish sabablariga bo‘gliq xolatda yoritish
maqsadga muvofiq. Jamiyat taraqqiyotinig zamonaviy bosqichi axborot asri
hisoblanadi. Globallashuvning oqibati va bir vaqtning o‘zida uni ta’minlaydigan omil
sifatida axborot oqimini haddan ziyod kengayib ketganini e'tirof etishimiz mumkin.
Axborotlar sport, shou biznes va san’at olami yangiliklari bilan cheklanmay siyosiy,
ilmiy, badiy, rasmiy, norasmiy va x.k. sohalardagi ma'lumotlarni ham taqdim qilishi
bilan birga ularni oson qo‘lga kirtish imkoniyati ham paydo bo‘lgan.

Yoshi, kasbi, qiziqishlaridan qatiy nazar xar bir inson axborotlar olamiga kirib

boradi, ularni qabul qiladi, о’zlashtiradi, muomalada bo‘ladi. Manashu keng
qo‘lamdagi axborotlari istemolchilarini katta qatlami sifatida o‘smirlarni ko‘rsatish
mumkin. Sir emaski, zamonaviy o‘smir o‘z rivojlanish mohiyatiga ko‘ra murakkab
dunyoda yashamoqda.

O‘smir shaxsning dinamik rivojlanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy strukturalar

tizimi jumladan, oila, maktab, norasmiy uyushmalarda ham globallashuv ta'sirida
keskin o‘zgarishlar roy bermoqda. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali
olinadigan ma’lumotlar ham o‘smirlarning emotsional-irodaviy jabxalari hamda
qiziqishlar tizimiga ta’sir etib ularning xulq-atvori va psixikasida turli buzilishlarga
sabab bo‘lmoqda. Shunday bizilishlardan biri stress holati bo‘lib, tan olish kerakki, to
hozirga qadar mazkur tushunchaning mohiyati munozaralidir.

Emotsiya bu - inson tomonidan turli voqea-hodisa va faktlarga bildiradigan

subektiv munosabati. Emotsiyalar somatik sohada (mimika va jest) va fiziologik
sohada (yurak urishi va nafas olish) turli o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

47

ISSN:3030-3613

Emotsiyalar ma’lum qonuniyatlar asosida yuzaga keladi: emotsiyam kuchi va

sifati, uni ijobiy yoki salbiyligi bu emotsiyani keltirib chiqargan ehtiyojiarga bogliq.

Emotsiyalami xususiyatlariga ta’sir qiladigan muhim omil bu vaqtdir. Qisqa

vaqtda intensiv sodir bo‘ladigan emotsiyalar affekt xislardir, uzoq vaqtda kuchsiz
namoyon bo‘ladiganlan esa kayfiyat hisoblanadi. Ma’lumki, har bir paydo bo‘lgan
muammoli vaziyat stressni keltirib-chiqarishi mumkin. Stress insonda nerv tizimining
qattiq emotsional zo‘riqishi oqibatida yuzaga keladigan, kuchli va uzoq davom etuvchi
psixologik tanglik holatidir. Stressni insonga safarbar qilivchi ijobiy ta’siri eustress
deb nomlanadi, salbiy ta’siri esa distress deyiladi. Eustress insonga ruxiy kuch beradi,
faoliyatga undaydi. Distress odamga salbiy tasir qiladi. Uning oqibati aqliy, jismoniy,
emotsional va ruhiy zo‘riqishga organizmning holdan toyishiga va qon bosimining
oshishi, yurak faoliyatining buzilishi, oshqozon yallig’lanishiga olib kelishi mumkin.
Stresslar doimo subektiv bo‘ladi. О’smirlarda stressni paydo bo‘lishi va rivojlanishi
bolalik davridagi ijtimoiylashuvga bog liq.

Xususan, onaning qaysarligi, qattiqqo‘lligi, talablarni yuqori qo‘yishi, birovni

fikri bilan xisoblashmaslik, yoki, aksincha onaning passivligi, o‘ziga ishonmagasligi
bolani stressga tushishiga sabab bolishi mumkin. Otasining e’tibori kamligi,
agressivlik va befarqlik bunday xulq-atvor shakillari ota bilan bola о’rtasida
identifikatsiya imkomyatini qiyinlashtiradi. Oilaning konfliktliligi, salbiy muhitning
bo‘lishi ham ijtmoiylashuvga tasir ko‘rsatadi. Oiladagi kechgan ijtimoilashuv
natijasida o‘smir otish davrini boshidan oʼtkazayotganligi bois stresslarga beriluvchan
bo‘lib qoladi. Stresslarni bir necha turlarini ko‘rsatish mumkin, ammo ulardan so‘nggi
davrlarda kо'p uchraydigan turi bu informatsion stress hisoblanadi. Informatsion stress
emotsional stress turlaridan biri hisoblanadi.

Atrofimizda fan va texnika taraqqiyoti va uni insonga bo‘lgan ta'siri jamiyat va

tabiatning tasiridan kuchli va ustun bo‘lib bormoqda. Insoniyat tomonidan to‘plangan
va yaratilgan axborot hajmi kengaymoqda va har o‘n yillikda yanada kengayib borishi
kuzatilmoqda, ammo inson miyasi va uni tashkil etadigan hujayralarning soni
o‘zgarmagan, qolaversa ta’limning davomiyligi ortib bormoqda va shuning о’zi
informatsion stress ortishi xavfini tug'diradi. Miyaning o‘z imkoniyatlari axborotni
qabul qilishi keng, axborot hajmini ortishi xafli, ammo qisqa muddatda katta hajmdagi
axborotni qayta ishlash zaruriyati paydo bo‘lsa bu kuchli asab zo‘rqishini olib keladi
va infarmatsion stressni keltirib chiqaradi, ya’ni miyaga kirib turgan axborot hajmi va
tezligi, bioiogik va ijtimoiy imkoniyatlarga to‘g’ri kelmasligi ham infarmatsion stress
yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bu yerda axborot hajmi bir omil bo‘lsa, ikkinchidan
vaqt kamligi va unga shaxs motivatsiyasi ijtimoiy sabablar ham qo‘shilsa miyani o‘z
o‘zini himoyalash mexanizmi ishlamay qoladi, va inson o‘zini informatsion


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

48

ISSN:3030-3613

stresslardan muxofaza qilaolmay qoladi. O‘smirlar bunday holatda eng zaif tasirchan
guruh sifatida namoyon boladi.

O‘smirlarda informatsion stressnig salbiy o‘qibati sifatida: yolg’izlikka

moyillik, diqqatning tarqoqligi va parishonxotirlik, doimiy charchash, befarqlik va
holsizlik, uyqu rejimining buzilishi, ovqatlanishning izdan chiqishi, sababsiz
agressiyani namoyon etish, o‘z-o‘zini past baholashi, o‘z kuchiga nisbatan
ishonchsizlik kabi holatlarni ko‘rsatish mumkin. Bu esa o‘z navbatida pedagoglar,
murabbiylar, ota-onalar va yoshlar tarbiyasi bilan shugullanayotgan barcha insonlar
oldida farzandlarimizni informatsion va boshqa stresslsrdan ximoyalash kabi muxim
vazifalarni qoymoqda. Bu vazifani amalga oshirish yo‘llarini aniqlash uchun Maxatma
Gandining fikrini keltirish o‘rinlidir. M. Gandiga “Globallashuv jarayoniga qanday
qaraysiz?" degan savolni berishganda, u shunday ma’noda javob bergan ekan: “Men
tashqaridagi bo‘rondan qo‘rqib, derazamni yopib qo‘ya olmayman, chunki menga toza
havo kerak. Shu bilan birga, toza havo kerak ekan deb derazamni katta ochib ham
qo‘ya olmayman, chunki mening uyimni changto‘zon bosib ketishini xohlamayman”.

XULOSA

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, globallashuv ta'siri natijasida kelib

chiqayotgan salbiy holatlarni sun’iy to‘siqlar bilan chegaralab bolmaydigan
jarayondir. Shu sababdan har bir inson ozida shaxsiy psixologik xafsizlik
imkoniyatlarini oshirishi maqsadga muvofiq. O‘zida muxofaza imkoniyatlarini
shakllantiribgina qolmay o‘smir yoshidagi farzandiga ham to‘g’ri tarbiyaviy tasir

qo‘rsatishi lozim. Bu borada axolini psixologik savodxonligini oshirish dolzarb

vazifa sifatida namoyon bo‘ladi. Qolaversa psixologik amaliyot soxasida axborotlarni
qabul qilish va saralashga to‘g‘ri yondoshish masalalariga oid xizmat ko‘rsatishni ham
yo‘lga qo‘yish lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

M.V.Voxidov Umumiy psixologiya. Toshkent 1992 yil.

2.

Tigranyan R.A. Stress i yego znachenie dlya organizma. –M., 1998

3.

Xaydarov F., Jo‘raev N. Stress yoki ruhiy muvozanatni saqlash osonmi? –T., 1997

Abduazimov O. Ommaviy axborot vositalari – fuqarolik jamiyatini barpo etish
omili. –Toshkent: Akademiya, 2008 98 b.

4.

Kenjaboyev A.T. Axborotlashtirish milliy tizimini shakllantirish muammolari. –
Toshkent: Ibn-Sino, 2004. – 252 b.

5.

Yoqubova M. Axborot texnologiyalarining falsafiy asoslari. /Uslubiy qo‘llanma.
Toshkent: Star – Poligraf. 2008

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

M.V.Voxidov Umumiy psixologiya. Toshkent 1992 yil.

Tigranyan R.A. Stress i yego znachenie dlya organizma. –M., 1998

Xaydarov F., Jo‘raev N. Stress yoki ruhiy muvozanatni saqlash osonmi? –T., 1997

Abduazimov O. Ommaviy axborot vositalari – fuqarolik jamiyatini barpo etish

omili. –Toshkent: Akademiya, 2008 98 b.

Kenjaboyev A.T. Axborotlashtirish milliy tizimini shakllantirish muammolari. –

Toshkent: Ibn-Sino, 2004. – 252 b.

Yoqubova M. Axborot texnologiyalarining falsafiy asoslari. /Uslubiy qo‘llanma.

Toshkent: Star – Poligraf. 2008