T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_2-to’plam_Aprel-2025
11
ISSN:3030-3613
TRANSPORT GEOGRAFIYASI
Buxoro davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti
Geografiya kafedrasi 1-GiQ 22 guruh
talabasi
Siddikov Nurbek
Annotatsiya
: Ushbu maqolada iqtisodiyotimizni rivojlantirishda avtomobil
transportining geografiyasi va rivojlanishi xususiyati haqida ma’lumotlar berilgan.
Mavzuni o‘rganishda tahlil qilish, tarixiylik va kuzatuv metodlaridan foydalanganildi.
Shuningdek ushbu maqolada maqola muallifining mavzuga oid olib borgan ilmiy
ishlari haqida ham gap boradi.
Kalit so‘zlar:
transport tizimi, rivojlanish istiqbollari, logistika salohiyati,
transport infratuzilmasi, xalqaro yo‘llar, transport tuguni
Abstract
: This article provides information on the nature of the geography and
development of automobile transport in the development of our economy. In the study
of the topic, methods of analysis, historicism and observation were used. This article
also covers the scientific work of the author of the article on the topic.
Keywords
: transport system, development prospects, logistics potential,
transport infrastructure, international roads, transport node
Kirish
Avtomobil transporti - deb yuk va yo‘lovchilarni relssiz yo‘llarda tashishga
mo‘ljallangan transport turiga aytiladi. Xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida keng
foydalaniladi. Bajaradigan ishiga qarab umumiy foydalanilmaydigan (ayrim
korxonalar, tashkilotlar uchun xizmat qiladigan) Avtomobil transporti hamda qaysi
tashkilotga mansubligidan qat’i nazar yo‘lovchi va yuk tashuvchi umumiy
foydalanishdagi
Avtomobil
transportiga
bo‘linadi.
Shuningdek
shaxsiy
foydalanishdagi yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar ham mavjud (qarang
Avtomobil). Avtomobillarning har qanday yo‘llarda yura olishi, yo‘lni tez o‘zgartira
olishi, yuk ortish va tushi-rish joylariga bevosita bora olishi, yuk hamda yo‘lovchilarni
bir transport turidan ikkinchisiga o‘tkazmay tashishga imkon beradi. Natijada
yo‘lovchi va yuk tashish tezlashadi. Avtomobil transporti sanoat va qishloq xoʻjaligi,
markazlashgan tartibda xalqaro, shaharlararo va mahalliy yo‘llarda ta-shishda
qo‘llaniladi. Avtomobil transporti aviatsiya, dengiz va daryo transporti, shuningdek
temir yoʻl transporti bilan uzviy bog‘langan. Avtomobil transporti uncha uzoq
bo‘lmagan masofalar uchun foydalanishda eng qulay transport turi hisoblanadi.
Avtomobil transporti quyidagi o‘ziga xos xususyatlar bilan tavsiflanadi:
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_2-to’plam_Aprel-2025
12
ISSN:3030-3613
• avtomobil transporti mahsulotini jamg’arish imkoniyatining yo‘qligi
qo‘shimcha tashish qobilyatiga ega bo‘lishni hamda avtomobil-yo‘l tarmoqlarida
o‘tkazuvchanlik zaxiralarini shakllantirishni taqozo etadi;
•doimiy infratuzilmaviy inshootlarni nisbatan tez sur’atlarda barpo etish
zaruriyati hamda ularning o‘tkazuvchanlikqobiliyatidan uzoq muddat foydalanishni
taqozo etadi;
•avtomobil-yo‘l tarmoqlari uzoq muddatlarda barpo etiladi va yuqori kapital
sarfini talab etadi;
•asosiy vositalardan uzoq muddat foydalaniladi va ularni to‘ldirish manbalari
cheklangan bo‘ladi;
•avtomobil transporti rivojlantirish va transport ishi ko‘rsatkichlari tabiiy
omillarga bog’liq bo‘ladi.
Asosiy qism:
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida
transport tizimining yana bir muhim qismi bo‘lgan avtomobil transporti juda muhim
o‘rinlardan birini egallaydi.
Milliy iqtisodiyotning avtomobil transportidan foydalanmaydigan birorta sohasi
yo‘q. Qisqa masofalarga yuk va yo‘lovchilarni tashishda, zamonaviy transportning
boshqa xillari mavjud bo‘lmagan manzilgohlarda aholi va tashkilotlarga xizmat
ko‘rsatishda, ayniqsa transport uchun noqulay bo‘lgan tog‘li joylarda avtomobil
transportining ahamiyati beqiyosdir. Avtomobil yo‘llarining ahamiyatiga qarab aholi
joylashuvi shakllangan va bu jarayon hozirda ham davom etmoqda. Ushbu xalqaro,
davlat va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llarda aholi ancha zich joylashgan.
Lekin, avtomobil transporti boshqa transport tarmoqlariga qaraganda anchgagina ko‘p
yoqilg’i sarflaydi va atrof-muhitga anchagina zarar yetkazadi bunga chora sifatida esa
elektrodvigatel bilan ishlaydigan avtomobillardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Yurtimizda eng muhim bo’lgan avtomobil yo’llariga eng avvalo Toshkent, Sirdaryo,
Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryoni bog’laydigan “ Katta O’zbek
Traktining” ahamiyati juda yuqori. Uning uzunligi 700 km ni tashkil etadi va u 1940-
yilda qurib bitkazilgan. Oradan bir qancha yil o’tib 1959-yilda Toshkent-Angren-
Qo’qon uzunligi 248 km li avtomobil yo’li
Maʻlumki, davlatimiz rahbarining 2018-yil 6-martdagi qaroriga muvofiq
Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi qayta tashkil etilgan edi. Unga binoan 2018-
2021-yillarda avtomobil transporti infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi.
Dastur ijrosi doirasida 50 dan ziyod yoʻlovchi tashish yoʻnalishi ochildi, 9 avtostansiya
qurildi, 82 yangi avtobus sotib olindi. Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonga 5
xalqaro avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi.foydalanishga topshirildi. Ushbu avtomobil
yo’li Farg‘ona vodiysini mamlakatimizning markaziy qismi bilan bog‘lovchi ikkita yer
osti yo‘li qurlishini o‘z ichiga olgan Qamchiq dovoni orqali o‘tuvchi eng yuqori
xalqaro talablarga javob beradigan avtomobil yo‘li foydalanishga topshirildi.Transport
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_2-to’plam_Aprel-2025
13
ISSN:3030-3613
vositalari-avtobuslar, yuk va engil mashinalarga ega bo‘lgan jamoa hamda xususiy
xo‘jaliklar ko‘paymoqda, ularning yo‘lovchi va yuk tashishda salmog‘i asta-sekinlik
bilan o‘sib bormoqda. Yurtimiz viloyatlarining Qirg’iziston va Qozog’iston bilan olib
boriladigan savdo aloqalari asosan Toshkent viloyati orqali amalga oshiriladi.
Shaharda transport harakatini kamaytirish maqsadida shaxar tashqarisida halqa yo’li
barpo etilgan. Uning uzunligi 64 km bo’lib, O’zbekistonda shunday maqsadda qurilgan
yagona yo’l hisoblanadi.
Keyingi yillarda mustaqillikdan avvalgi davrdan qolgan eski avtomobil yo’llari
kengaytirilib borilmoqda. Farg’ona vodiysi-Toshkent-Samarqand-Buxoro-Nukus-
Denov zamonaviy andozalarga javob beruvchi 1800 km li magistral avtomobil yo’li
ilgarilari g’arb va sharqni birlashtirgan “Buyuk ipak yo’li”ning tiklashning ramzidir.
Andijon-O’sh- Ergashtom avtomobil yo’li Xitoy orqali Sharqiy suv havzalariga
chiqish imkonini beradi. Mamlakat avtotransportining moddiy-texnik bazasi
mustahkamlanmoqda. Avtotransport parki xorijiy mamlakatlar (Germaniya, Janubiy
Koreya)dan keltirilgan va vatanimizda ishlab chiqarilayotgan avtobuslar, yengil
mashinalar hisobiga tobora yangilanib bormoqda. Avtoxo‘jaliklar, yo‘l qurilishi
xo‘jaliklari zamonaviy texnikalar bilan taminlanmoqda. Bularning barchasi vatani,izni
rivojlanishi va istiqboliga hizmat qiladi.
O‘zbekiston avtomobil transportida qo‘shni uzoq xorijiy davlatlar bilan
bog‘lanish istiqboli ochilmoqda.
Mamlakatimiz O‘rta Osiyo davlatlarining barchasi bilan tashabbuskor bo‘lib
chiqmoqda yoki bevosita qatnashmoqda. Masalan, Har qanday hududning ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyoti va aholining hayot darajasini ko‘tarishda transportning o‘rni va
mohiyati beqiyosdir. Transport moddiy ishlab chiqarishning muhim tarmoqlaridan biri
hisoblanadi. Uning rivojlanish darajasi mamlakat iqtisodiy otiga, unda ishlab chiqarish
kuchlarining joylashish va rivojlanishiga bevosita ta'sir ko‘rsatadi.Mamlakatimiz
orqali yuk tashishni koʻpaytirish uchun xorijiy davlatlar va yirik kompaniyalar bilan
qoʻshimcha bitimlar imzolash, Trans-Afgʻon, Trans-Kavkaz, Trans-Xitoy kabi
avtomobil yoʻllaridan foydalanishni jadallashtirish, yuk tashuvchilar bilan
hamkorlikda korxonalar tashkil etish, sohaga oid xalqaro hujjatlarga qoʻshilish, tegishli
qonun loyihasi ishlab chiqish vazifalari qoʻyildi. Buning natijasida yurtimizda
transport geografiyasining ahamiyati va salmog’i anchaga ko’payadi. Shu o’rinda
avtomobil transportini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarda quyidagilar belgilanib
o’tilgan. Yoʻlovchi tashish xizmatlari koʻrsatish uchun tarif belgilash tartib-taomillari
ham talabga javob bermasligi qayd etildi. Shahar avtobus yoʻnalishlarida tariflar
viloyatlar oʻrtasida 1,7 barobar farq qiladi, yoʻnalishli taksi boʻyicha esa bu tafovut 6
barobardan ortadi. Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, “Oʻzavtotrans” agentligiva
Davlat raqobat qoʻmitasi yoʻlovchi tashish xizmatlari uchun tariflarni davlat
tomonidan belgilash tartibini takomillashtirishi zarur. Transport xizmati koʻrsatish
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_2-to’plam_Aprel-2025
14
ISSN:3030-3613
sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy etish lozim. Yoʻl haqi
uchun pul toʻlash hamon eskicha tizimda qolmoqda.
Xulosa va takliflar: Xulosa qilib shuni aytish mumkinki Respublikamizning
geografik o‘rnining qulayligi sababli transport yo‘llarining tugunida joylashgan.
Buning natijasida Markaziy Osiyo davlatlarining deyarli barchasi bir-biri bilan
avtomobil orqali aloqalarini amalga oshirishda O‘zbekiston xuxudidan o‘tishadi bu
degani yurtimizda avtomobil transportini rivojlantirish orqali iqtisodiyotimizni
yuksaltirishimiz mumkin bo‘ladi. Shuning uchun bir qancha ishlarni amalga
oshirganimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Respublikamizda avtomobil transporti
sohasida bozor munosabatlari va raqobat muhitini yanada rivojlantirish, xususiy
avtokorxonalar faoliyatini kengaytirish shuningdek, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar,
transport xizmatlari ko‘rsatishda mijozlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga
alohida e’tibor qaratish eng muhim hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Usmonqulov Tolmas. “O’zbekiston Respublikasi transport geografiyasi”. Guliston-
2015.
2.
“Узбекистон Миллий Енциклопедяси” Давлат илмий нашриёти. Тошкент.
2000.
3.
G‘iyosidinov, b. B. O. G. (2022). Shaharlarda yo ‘lovchilarni jamoat transporti
xizmatidan foydalanish afzalliklari. Oriental renaissance: Innovative, educational,
natural and social sciences