Mualliflar

  • Boyxurozov Diyorbek Sherzod o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95600

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Shoir asar Maqsud Shayxzoda kitob she‘r Ozarbayjon

Annotasiya

         Annotatsiya:  Oʻzbek  adabiyotining  atoqli  namoyondalaridan  biri,  mashhur 
shoir, zabardast dramaturg, adabiyotshunos olim va tarjimon Maqsud Shayxzoda aql 
ma'nosidagina  emas,  siymo  ma'nosida  ham  hammamizdan  ajralib  turardi.  Muxtor 
og'aning beozor savoli unga erish tuyulmadi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

3

ISSN:3030-3613

MAQSUD SHAYXZODA – IKKI XALQ DILBANDI

Toshkent davlat transport universiteti

Boyxurozov Diyorbek Sherzod o‘g‘li

Annotatsiya:

Oʻzbek adabiyotining atoqli namoyondalaridan biri, mashhur

shoir, zabardast dramaturg, adabiyotshunos olim va tarjimon Maqsud Shayxzoda

aql

ma'nosidagina emas, siymo ma'nosida ham hammamizdan ajralib turardi. Muxtor
og'aning beozor savoli unga erish tuyulmadi.

Kalit so‘zlar:

Shoir, asar, Maqsud Shayxzoda, kitob, she‘r, Ozarbayjon

Shayxzoda aql ma'nosidagina emas, siymo ma'nosida ham hammamizdan

ajralib turardi. Muxtor og'aning beozor savoli unga erish tuyulmadi. Aksincha, hamma
erda, hamma vaqt, hamma muhit va sharoitda qalbini obod qilgan faxr tuyg'usini
jo'shtirib yubordi. U suyunib, hatto faxrlanib, ozarbayjonlik ekanini, Ozarbayjondan
kelganini aytdi. Shu so'zlarni aytib turganida Maqsudning yuziga xuddi osmondagi
quyosh ko'chib tushgandek bo'ldi.

Oʻzbek adabiyotining atoqli namoyondalaridan biri,

mashhur shoir, zabardast dramaturg, adabiyotshunos olim va tarjimon Maqsud
Shayxzoda 1908-yili Ozarbayjonning Oqtosh shahrida tavallud topdi.
Boshlangʻich va oʻrta maʼlumotni Oqtoshda olgach, Boku Oliy pedagogika
institutida sirtdan oʻqidi va 1925-yildan boshlab Darband shahrida muallimlik bilan
shugʻullandi.
Shayxzoda 1928-yilda Toshkentga kelib, turli gazeta va jurnallar tahririyatlarida,
1935–1938-yillarda esa Fanlar qoʻmitasi qoshidagi til va adabiyot institutida ilmiy
xodim, 1938-yildan to umrining soʻnggiga qadar Nizomiy nomli Toshkent Davlat
pedagogika institutining (hozirgi universitet) oʻzbek klassik adabiyoti kafedrasida
dotsent vazifasida xizmat qilib, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ishtirok etdi.
Shoirning adabiy faoliyati 1929-yildan boshlandi. Uning “Oʻn sheʼr” (1932),
“Undoshlarim” (1933), “Uchinchi kitob” (1934), “Jumhuriyat” (1934) toʻplamlarining
nashr etilishi adabiyotga oʻziga xos ovozli shoir kirib kelayotganidan darak berdi.
Shayxzoda Ikkinchi jahon urushi yillarida yozgan „Jaloliddin Manguberdi“
(1944) tragediyasida oʻz yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun mugul istilochilariga
karshi kurashgan soʻnggi Xorazm shohining jangovar jasoratini tarixan aniq va
haqqoniy tasvirlagan. Bu yillarda shoir butun ijodiy quvvatini, qalb haroratini dushman
ustidan qozonilajak gʻalabaga safarbar etdi. Urushning birinchi kunlaridanoq jang
qahramonlarini ulugʻlovchi, front orqasidagi kishilarning fidokorona mehnatini
ifodalovchi “Kurash nechun?” (1941), “Jang va qoʻshiq” (1942), “Koʻngil deydiki…”
kabi sheʼriy toʻplamlari, “Jaloliddin Manguberdi” (1944) tarixiy dramasi va boshqa
qator publitsistik asarlarini chop etdi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

4

ISSN:3030-3613

Maqsud Shayxzoda urushdan keyingi yillarda tinchlik uchun kurash haqida “Oʻn
besh yilning daftari”, “Olqishlarim”, “Zamon torlari”, “Shuʼla”, “Chorak asr devoni”
kabi sheʼriy toʻplamlarini yaratdi.
Otashin shoir mustabid tuzumning jabr-zulmidan chetda qolmadi. U birinchi bor
1928-yili qamoqqa olingan va sovetlarga qarshi tashviqotda ayblanib, 3 yilga
Oʻzbekistonga surgun qilingan edi. Ikkinchi marta esa Shayxzoda Oʻzbekiston
Yozuvchilar uyushmasidan oʻchirilib, 1952-yil 22-sentyabrda qamoqqa olinadi va 25
yilga ozodlikdan mahrum etiladi.
Shoir Stalin vafotidan keyin ozodlikka erishdi; ijodga qaytib, 1958-yili koʻhna va
navqiron Toshkent shahriga bagʻishlangan “Toshkentnoma” lirik dostonini yozdi.
1960-yilda “Mirzo Ulugʻbek” tragediyasini yozib, unda buyuk munajjim va
maʼrifatparvar davlat arbobi Mirzo Ulugʻbek obrazini yaratdi.
Shayxzoda Pushkinning “Mis chavandoz”, Lermontovning “Kavkaz asiri”,
Mayakovskiyning “Juda soz” dostonlari va koʻplab sheʼrlarini, Shekspirning
“Hamlet”, “Romeo va Julyetta” tragediyalari va sonetlarini, Nozim Hikmatning
sheʼrlarini, ozarbayjon shoirlari asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirdi.
Shayxzoda sheʼriy ijodida, asosan, zamonaviy mavzularda kalam tebratdi,
dramaturgiyasida esa, tarixiy utmishga teran nazar tashlab, undagi zamonaviy
muammolarni yoritishga yordam beruvchi siymolar va voqealarga yangi badiiy hayot
bagʻishladi. U umrining sunggi yillarida Beruniy toʻgʻrisida sunggi sahna asarini
yozdi.
Shayxzodaning oʻzbek adabiyoti tarixi, oʻzbek xalq ogʻzaki ijodiyoti, xususan,
Alisher Navoiy ijodini tadqiq etish borasidagi ilmiy ishlari ham tahsinga sazovordir.

Shayxzoda, badiiy ijodning barcha tur va janrlarida asarlar yozibgina krlmay,
adabiyotshunos va tanqidchi sifatida ham samarali ijod qilgan. 1941-yildayoq „Genial
shoir“ monografiyasini eʼlon qilgan Sh. umrining sunggi kunlariga qadar Navoiy
hayoti va ijodi bilan muttasil shugʻullanib keldi. U Navoiyning 500 yilligi munosabati
bilan yozgan „Navoiyning lirik qahramoni haqida“ (1948) maqolasidan keyin „Navoiy
lirikasining baʼzi bir poetik usullari haqida“ (1959), „Ustodning sanʼatxonasida“ (3
qismli maqola, 1965—66), „Gʻazal mulkining sultoni“ (1966), „Tazkirachilik
tarixidan“ (1968) singari yirik ilmiy tadqiqotlar yaratib, navoiyshunoslik fanini yangi
taraqqiyot bosqichiga olib chiqdi.

Shoir 1967-yil Toshkentda vafot etdi.

Maqsud Shayxzoda filologiya fanlari nomzodi, dotsent ham edi. Ammo eng
avvalo buyuk shoir edi. Adibning asarlari koʻplab qardosh va xorijiy xalqlar tillariga
tarjima qilingan.
2001-yili oʻzbek adabiyoti va madaniyati rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun
Shayxzoda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

ЎЗБЕКИСТОН

Ёпиқ сандиқда ҳам сақланар ҳаво,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

5

ISSN:3030-3613

Аммо у йўқотган ҳаво нафасин,
Уни ҳаво дейиш, ўзи нораво,
Бандилик бўғибди орзу-ҳавасин.
У – ўлган шаробдек бепарво, бежон,
На мастлик келтирар ва на ҳаяжон.
Ҳолбуки, бир чоғлар эркин парвозда
Елга шерик бўлиб ўйнаб югурган,
Қуюннинг бўлаги, улкан миқёсда –
Бепоён чўлларда қумлар совурган.
Ёки оқшом пайти шаббода билан
Чинорлар тагида қизларни ўпган,
Даралар ичида ёнганда гулхан,
Бир оз исингани оловга чопган.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

“Maqsud Shayxzoda” – Naim Karimov, 2018, T.

2.

Mamurova, F. I. (2021, May). ARTIST OF UZBEKISTAN MAKSUD
SHEIKHZADE. In

E-Conference Globe

(pp. 176-178).

3.

Mamurova, F. I., & ugli Abdubahabov, A. A. (2023). TWO FOLK
POETS.

“TRENDS OF MODERN SCIENCE AND PRACTICE”

,

1

(3), 23-30.

4.

Islomovna, M. F., & Abduvoxob o’g’li, A. A. (2023, January). Maqsud
Shayxzodaning Hayoti Va Ijodi. In

Interdisciplinary Conference of Young

Scholars in Social Sciences (USA)

(pp. 19-20).

5.

Mamurova,

F.

(2023).

MAQSUD

SHAYXZODANING

ADABIY

MEROSI.

Бюллетень студентов нового Узбекистана

,

1

(11), 9-11.



Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

“Maqsud Shayxzoda” – Naim Karimov, 2018, T.

Mamurova, F. I. (2021, May). ARTIST OF UZBEKISTAN MAKSUD

SHEIKHZADE. In E-Conference Globe (pp. 176-178).

Mamurova, F. I., & ugli Abdubahabov, A. A. (2023). TWO FOLK

POETS. “TRENDS OF MODERN SCIENCE AND PRACTICE”, 1(3), 23-30.

Islomovna, M. F., & Abduvoxob o’g’li, A. A. (2023, January). Maqsud

Shayxzodaning Hayoti Va Ijodi. In Interdisciplinary Conference of Young

Scholars in Social Sciences (USA) (pp. 19-20).

Mamurova, F. (2023). MAQSUD SHAYXZODANING ADABIY

MEROSI. Бюллетень студентов нового Узбекистана, 1(11), 9-11.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари