T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_2-to’plam_Aprel-2025
256
ISSN:3030-3613
QONUNCHILIK JARAYONI VA UNING KONSTITUTSIYAVIY MAQOMI
HAMDA XORIJ TAJRIBASI.
Toshkent davlat transport unversiteti
Yurisprudensiya(xalqaro transport huquqi)
yo’nalishi talabasi
Ergasheva Xusnora
Annotatsiya:
ushbu maqolada qonunchilik jarayoni va uning konstitutsiyaviy
maqomi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik
tizimining asosiy tamoyillari va tartib-taomillari bayon qilinib, AQSh, Germaniya va
Buyuk Britaniya kabi rivojlangan mamlakatlar tajribasi bilan taqqoslangan.
Shuningdek, qonunchilik jarayonida zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati va
O‘zbekistonda olib borilayotgan huquqiy islohotlarning yangi tendensiyalari
yoritilgan. Mazkur tahlillar qonunchilik jarayonining samaradorligini oshirishga
qaratilgan tavsiyalarni ilgari surishga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
qonunchilik jarayoni, konstitutsiyaviy maqom, normativ-huquqiy
hujjatlar, parlament, qonun loyihasi, inson omili, elektron hujjatlar, huquqiy islohotlar,
xalqaro tajriba, qonun tashabbusi.
Kirish
Qonunchilik jarayoni inson omiliga bevosita bog‘liq bo‘lib, u fuqarolar, davlat
xizmatchilari va qonun chiqaruvchi organlarning faoliyatidan kelib chiqadi. Davlat
boshqaruvi tizimidagi samaradorlik qonunchilik jarayoni orqali belgilanadi. Ushbu
maqolada O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik jarayoni hamda xorijiy
mamlakatlarning tajribalari tahlil qilinadi.
Qonunchilik jarayoni- bu inson omili asosida shakllanuvchi, davlat tomonidan
tartibga solinadigan murakkab jarayon bo‘lib, unda qonun loyihalarining ishlab
chiqilishi, muhokama qilinishi va qabul qilinishi amalga oshiriladi. O‘zbekiston
Respublikasida bu jarayon Konstitutsiyaning 102–104-moddalarida
1
belgilangan
bo‘lib, qonun chiqarish vakolati Oliy Majlisga berilgan. Shuningdek, qonun tashabbusi
huquqi Prezident, deputatlar, Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasiga
tegishlidir.
Xorijiy mamlakatlar qonunchilik jarayoni ham alohida korinishga ega ya’ni
bulardan
AQShda qonunchilik jarayoni Kongress tomonidan amalga oshiriladi. Kongress
ikki palatadan- Senat va Vakillar palatasidan iborat bo‘lib, har bir palata o‘zining
1
https://lex.uz/docs/-6445145
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_2-to’plam_Aprel-2025
257
ISSN:3030-3613
qonunchilik tartibiga ega. Qonun loyihasi avval muhokama qilinib, so‘ngra tegishli
qo‘mitalarda ko‘rib chiqiladi. Kongressning ikkala palatasi tomonidan ma’qullangan
hujjat Prezidentga yuboriladi, u uni imzolash yoki veto qo‘yish huquqiga ega. Agar
Prezident veto qo‘ysa, Kongress ikki uch qism ovoz bilan uni bekor qilishi mumkin.
Ushbu jarayonda fuqarolar va manfaatdor guruhlarning faol ishtiroki inson omilining
muhimligini ko‘rsatadi.
2
Germaniyada qonunchilik jarayoni Bundestag (quyi palata) va Bundesrat
(yuqori palata) tomonidan amalga oshiriladi. Qonun loyihalari avval Bundestagga
taqdim etilib, u yerda turli bosqichlarda muhokama qilinadi. Bundesrat tomonidan
ma’qullangan hujjatlar Federal Prezident tomonidan imzolanadi va kuchga kiradi.
Germaniya qonunchiligida inson omili, ayniqsa, jamoatchilik muhokamalari va
manfaatdor tomonlarning ishtiroki orqali kuchaytiriladi.
3
Buyuk Britaniyada qonunchilik jarayoni Parlament tomonidan amalga
oshiriladi. U ikki palatadan- Lordlar palatasi va Jamoatlar palatasidan iborat. Qonun
loyihasi bir necha bosqichdan o‘tadi: birinchi o‘qish, ikkinchi o‘qish, qo‘mita bosqichi,
hisoboti va uchinchi o‘qish. Qonun loyihasi qabul qilinganidan so‘ng, u monarx
tomonidan ma’qullanadi va kuchga kiradi. Buyuk Britaniya qonunchilik tizimi inson
omiliga asoslangan bo‘lib, manfaatdor tomonlarning taklif va tavsiyalari muhim
ahamiyat kasb etadi.
4
Respublikamizda qonunchilik jarayonini tezlashtirish va samaradorligini
oshirishda zamonaviy texnologiyalar muhim rol o‘ynamoqda. Elektron hujjatlar,
onlayn muhokamalar va raqamli islohotlar qonunchilik jarayonining shaffofligini
oshiradi va keng jamoatchilik ishtirokini ta’minlashda samarali usullardan biri bo’lib
xizmat qilmoqda. Qonunchilik jarayonini zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda
qonun loyihalarining elektron formatda taqdim etilishi ularning tahlil qilinishini
tezlashtirish va hujjatlar aylanishini soddalashtirishda, online muhokamalarni amalga
oshirish orqali parlament yig‘ilishlarida fuqarolar va ekspertlarning masofaviy
ishtiroki qonunlar sifatini oshirishda samarali usul sifatida ko’rilmoqda. Bundan
tashaqari raqamli islohotlar, elektron qonunchilik bazalari va huquqiy axborot tizimlari
fuqarolarning qonun hujjatlaridan xabardor bo‘lishini ta’minlab kelmoqda.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda qonunchilik jarayoni sezilarli darajada
takomillashtirildi. Ushbu islohotlar qonunchilik tizimining shaffofligi va
samaradorligini oshirishga qaratilgan. Fuqarolarning huquqlarini kengaytirish va
biznes muhitini yaxshilashga yo‘naltirilgan islohotlar amalga oshirilmoqda. Huquqiy
monitoring tizimi hamda qonunlarning ijrosi va samaradorligini baholash uchun
maxsus mexanizmlar joriy etilmoqda. Jamoatchilik ishtirokining kengayishi orqali
2
https://www.amerikaovozi.com/a/us-lawmaking/4178606.html
3
http://www.bundesregierung.de/
4
http://www.gov.uk/
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_2-to’plam_Aprel-2025
258
ISSN:3030-3613
qonun loyihalarini ochiq muhokama qilish imkoniyatlari kengaytirilib, fuqarolar va
ekspertlarning fikrlari inobatga olingan holda qonun loyihalari ishlab chiqilmoqda.
my.regulation.gov.uz orqali muhokamaga qo’yilib fuqarolar o’rtasida takliflar
eshitirilmoqda va shu orqali ovoz berish yo’li bilan qabul qilinishi yoki rad etilishi
to’g’risida qarorlar qabul qilinmoqda.
Xulosa
Qonunchilik jarayoni inson omiliga bevosita bog‘liq bo‘lib, uning samaradorligi
fuqarolar ishtirokiga va huquqiy ongi darajasiga bog‘liq. O‘zbekiston qonunchilik
tizimi konstitutsiyaviy asosga ega bo‘lib, demokratik tamoyillarga asoslanadi. Shu
bilan birga, xorijiy tajribani o‘rganish va inson omiliga ko‘proq e’tibor qaratish orqali
qonunchilik jarayonini yanada takomillashtirish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (2023-yilgi tahriri).
2.
"O‘zbekiston Respublikasining Qonun chiqarish jarayoni"- Oliy Majlis nashriyoti,
2023.
3.
Normativ-huquqiy hujjatlar to‘plami- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi,
2024.
4.
"Huquqiy islohotlar va qonunchilik tizimi"- T. Jo‘rayev, 2023.
5.
Germaniya Konstitutsiyasi va qonun chiqarish tizimi bo‘yicha ilmiy maqolalar
to‘plami, 2023.
6.
AQSh Kongressining qonun qabul qilish jarayoni haqidagi rasmiy nashrlar, 2024.
7.
Buyuk Britaniya parlamenti qonunchilik jarayoni bo‘yicha rasmiy hujjatlar, 2024.