Mualliflar

  • Qurbanboyeva Gulayho Shuhrat qizi
  • Ruzimova Shohista Qadam qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95631

Kalit so‘zlar:

Kalit sõzlar: oila ota-ona farzand maktab mahalla hamkorligi.

Annotasiya

Annotasiya.Ushbu  maqolada  o‘quvchilarni  kasb-hunarga  yõnaltirishda  ota-ona 
maktab va mahalla hamkorligi haqida ma’lumot berilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

195

ISSN:3030-3613

BOLANI KASB-HUNARLI QILIB TARBIYALASHDA OTA-ONA VA

OILANING O‘RNI.

Qurbanboyeva Gulayho Shuhrat qizi

Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani

29-maktab psixologi

Ruzimova Shohista Qadam qizi

Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani

26-maktab psixologi

Annotasiya.

Ushbu maqolada o‘quvchilarni kasb-hunarga yõnaltirishda ota-ona

maktab va mahalla hamkorligi haqida ma’lumot berilgan.

Kalit sõzlar

: oila,ota-ona, farzand, maktab mahalla hamkorligi.


Inson bolasi dunyoga kelar ekan, u mustaqil harakatlanish, yurish, o‘qish,

yozishdan boshlab tabiat va jamiyatning barcha murakkab qonunlari bilan yuzma-yuz
kelganda nimalar qilish kerakligi o‘rgatiladi yoki bunga maxsus o‘qitiladi.

Ma‘lumki hayotimizning yarmida ko‘pini qamrab oladigan, chinakam to‘laqonli

insoniy baxtlni in’om etadigan yoki aksincha, har tomonlama ta’minlaganligimizga
qaramasdan, bizning baxtimizni yarimta qiladigan ham oilaviy hayotdir.

Insoniyat jamiyati taraqqiy etib brogan sari odamlarning o‘zlari ham ,ularning bir-

birlari bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlari ham, ayniqsa,shaxslararo munosabatlar
orasida eng samimiy, eng yaqin bo‘lgan oilaviy munosabatlar ham takomillashib,
o‘ziga xos tarzda murakkablashib boradi.

Hozirgi zamon fan-texnika taraqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlari, vositalari

taraqqiyoti, qishloq xo‘jaligi, sanoat ishlab chiqarishi, umuman xalq xo‘jaligining
barcha jabhalarida yangi texnologiya, texnik jarayonlarning jadal joriy etilishi bevosita
shu jarayonlarning yaratuvchisi, ishtirokchisi bo‘lgan inson omiliga, inson shaxsiga
ham o‘ziga xos, yangicha talablar qo‘ymoqda. Ishlab chiqarish munosabatlari, jamiyat
taraqqiyoti, bir tomondan, odamlarning o‘zlarida ro‘y berayotgan ijtimoiy-psixologik,
fiziologik va boshqa o‘zgarishlar kishilarning o‘zaro muloqot munosabatlari doirasini
ma’lum darajada chegaralanib qolishiga, ularda ajdodlarimizda kuzatilgan
tabiiylikning qisman buzilishiga va oqibatda inson ruhiyatida mumkin qadar
hissiy,emotsional zo‘riqishlarning yuzaga kelishiga asos bo’lmoqda. Bularning ta’siri
oilaviy hayot va undagi psixologik iqlimda ham o‘z ifodasini topadi.

Jamiyat uchun nihoyatda ahamiyatli hisoblangan ota-ona va bola, er va xotin, oila

a‘zolarining o‘zaro munosabatlari oila muhitida shakllanib boradi.

Har bir oila ijtimoiy tizim struktura sifatida jamiyat oldida ma’lum bir vazifani

bajaradi. Oilaning ijtimoiy vazifalari haqida bapirganda, bir tomondan jamiyatning


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

196

ISSN:3030-3613

oilaga ta’siri, ikkinchi tomondan esa umumiy ijtimoiy tizimda oilaning o‘rni oilaning
hal qiladigan ijtimoiy vazifalarini hisobga olish lozim.

Biz uchun hozirgi kunda eng dolzarb va ahamiyatga molik masalalardan biri

farzandlarimizni mustaqil fikrli zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallaydigan
mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega chinakam vatanparvar insonlar qilib tarbiyalash
vazifasidir.

Ba’zi biro ta-onalar bolalarning istedodi qobiliyati hamda ularning orzularini

to’g’ri hisobga olib ularni munosib o’qishga va ishga undaydilar. Qush o‘z uyasidagi
bolaarini parvozga tayyorlaydi, inson esa oila uchog‘ida katta hayot ummmonida
javlon urishga o‘zi hohlagan kasbini to’g’ri tanlashga o’rgatmog’i lozim.

Biz yoshlarni tarbiyalashda o‘zimiz yashab turgan muhit bilan hozirgi sharoitni

farqini ko‘zda tutib ish yuritishimiz lozim. Oilaning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
vazifasi tarbiyadir. Bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik tarbiyasiga oilada asos
solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoning faqat poydevorini qo‘yish bilan
cheklanmasdan, balki uning so‘nggi g‘ishtini qo‘yguncha javobgardir.

Ota-ona – san’atkor, bola – san’at asari, tarbiya jarayoni esa san’atning o‘zidir.

Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng milliy qadriyatlarimizning tiklanishi va xalqimiz
azaldan saqlab kelayotgan milliy urf-odatlarimiz, an’alalarimiz bu borada kata
ahamiyatga ega. Lekin ba’zan oilaning tarbiyaviy vazifasining susayishi va targ’ibot-
tashviqot ishlarining kamligi natijasida oila a’zolari xulqida yomon odatlarning paydo
bo‘lishi tashvishlanarli hollardan biridir. Jamiyatning barkamol fuqarosini
shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining maskur vazifasi darajasiga kiradi.

Chunki shaxsning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga oshadi. Oiladagi tarbiya

orqali shaxsga ma’lum bir siyosiy-g‘oyaviy dunyoqarash, axloqiy me’yorlar va xulq
namunalari, jismoniy sifatlar singdiriladi. Bolalarni yoshligidan kasbga yo‘naltirishni
yanada takomillashtirish mamlakatimizni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning
muhim sharti hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib o‘quvchi yoshlarni kasbga yo‘naltirish
muammosining

muhim

ahamiyati

shundaki,kelajakda

mutaxassislar

sonini

ko’paytirish lozim.

Inson uchun jamiyatda xilma-xil kasblar bor. Manashu rang-barang kasblar

orasidan o‘z qobiliyati va qiziqishiga muvofiq kasbni tanlash o‘smir hayot yo‘lini-
mehnat faoliyatini to‘g‘ri boshlashi uchun juda muhimdir. Mustaqil fikrga ega bo’lgan
insongina hayotda o‘z yo‘lini to‘g‘ri tanlay oladi. Bugungi yoshlarimiz uchun ham
aynan shu xislat juda muhimdir. Endilikda har bir o‘quvchi hayotini kasb-hunarsiz
tasavvur etib bo‘lmaydi. Chunki har qanday mehnat faoliyatida mustaqil hayotning
dastlabki bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘smirgina kasb-hunar egallashda
yuqori natijalarga erishadilar. Masalan,o‘smir hayotining dastlabki yillarida oddiy
ishchi yoki qishloq xo‘jaligining biror sohasida xodim bo‘lib ishlagan bo‘lsa, shu
ishning nozik tomonlarini bilsa, u kelajakda o‘zining mustaqil fikri bilan o‘zi hohlagan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

197

ISSN:3030-3613

kasbni zo‘r mutaxasisi bo‘ladi.Kasb tanlashga yo‘naltirish mashg‘ulotlarini
o‘tkazishda biz maktab o‘quvchilarida,birinchi navbatda shu kasbga bo‘lgan
munosabati va qiziqishini e’toborga olishimiz kerak. Har bir fanning o‘qitilishi
samaradorligining oshishiga, fan asoslari bilan mehnat ta’limi o‘rtasidagi ichki
mantiqiy aloqadorlikda bog‘liq. Umumta’lim maktablarida o’tiladigan har bir dars
o‘quvchilarga nafaqat tabiat va jamiyat qonunlari haqida bilimlar berilishi,balki shu
bilan bir qatorda, ularni turli kasb -hunar bilan tanishtirilishi o‘quvchilarning turli
kasblarga bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otishi, rivojlantirishi lozim. O’quvchi o‘zini-o‘zi
faqat tanlagan kasbi mehnatini va uning kelajakdagi ahamiyatini to‘g‘ri bilishi lozim.

Har bir inson o’ziga muvofiq kasb tanlashni, tanlagan kasbida mustaqil ishlashni,

kasbni ijodiy o‘zlashtirishni, o‘z xarakterini, iroda kuchini shakllantirishni, o‘z
professional kasbiy qobiliyatini takomillashtirishni istasa, hech qachon kech
bo‘lmaydi, lekin bu ishni maktablardagi o‘quvchilik yillaridan boshlasa juda katta
samaradorligi bo‘ladi.

2024-yilni 5-fevral kuni O‘zbekiston Rspublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev

raisligida ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda
maktabgacha va maktab ta’limi tizimini tahlil qilib, kelgusi rejalarni belgilab berdilar.

Shuningdek ,maktablarda o‘rgatish mumkin bo‘lgan 50 ta kasb-hunar ro‘yxati

tuzilib, har biri bo‘yicha o‘quv va amaliyot dasturlari ishlab chiqiladi. Buning uchun
maktablarda ustaxonalar tashkil etiladi va ,,Kasbiy ta’lim ustasi’’ lavozimi joriy etiladi.
Tadbirkorlar, usta va mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘quvchilarning qiziqishlaridan
kelib chiqib kasbiy ta’limga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar o‘tkaziladi, kasb to‘garaklari
tashkil etiladi. Maktabdagi bo‘sh joylar tadbirkorlarga o’quvchilarni kasb-hunarga
o‘qitish uchun tekin foydalanishga beriladi.O‘quv kurslarini tamomlab ,imtihondan
o‘tgan o‘quvchilarga malaka sertifikati beriladi.

Maqsadimiz- maktab bitiruvchisi hech bo’lmaganida bitta kasbni egallab kata

hayotga qadam qo‘ysin-dedilar yurtboshimiz.

Ijtimoiy tarmoqlarni tahlil qilib, ularning zararli ta’siridan himoyalash va ijobiy

tomonidan foydalanish bo‘yicha ota-onalar va o‘quvchilarga soda tilde qo‘llanmalar
yaratish muhimligi qayd etildi.Maktabga moslashish va kitobni sevishga o‘rgatish,
yaxshi xulqli bo‘lish, atrofdagilar bilan muloqot qilishni o‘rganish va bilim olishga
kuchli ishtiyoqni shakllantirish, kasb tanlash, jamiyatga moslashish, kata hayotga
qadam qo‘yishda farzandlarga qanday yo‘l-yo‘riq berish zarur,degan savollar
yuzasidan ota-onalar uchun xalqchil tilda materiallar tayyorlash lozimligi haqida aytib
o‘tdilar.

Ajdodlarimizning farzand tarbiyasiga milliy qadriyat sifatida qaraganida katta

ma’no bor.Ayniqsa dunyoda globallashuv jarayonlari kechayotgan bizning davrimiz
bola tarbiyasiga yanada e’tiborli bo‘lishni,qarovsiz va nazoratsiz qoldirmaslikni talab
qilmoqda, ,,Bir bolaga yetti mahalla ham ota,ham ona’’ degan maqolimiz bejiz


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

198

ISSN:3030-3613

aytilmagan.Yosh avlod ta’lim –tarbiyasi nafaqat maktab, balki ota-ona va mahalla
vakillarining muhim vazifasidir.

Oila –jamiyatning tayanchi. Farzandlarimiz ongida el-u yurtga, Vatanga muhabbat

tuyg’ulari oilada shallanadi.Mamlakatning ertangi kuni tinch va obod bo’lishi eng
oldin manashu kichik jamiyatda o‘sib unayotgan bolalarimizga bog’liq.Qaysi
oilada,tarbiya yaxshi yo‘lga qo‘yilar ekan,o‘sha oila, o‘sha gullab –yashnaydi va
bardavom bo‘ladi.

Oila ,odob- axloq va ta’lim –tarbiyaga e’tibor qon-qonimizga singib ketgan

burchimizdandir.Oiladagi muhit ota-ona o‘z mas’uliyatlatini his qilishi bilan barqaror
bo‘ladi.Bolalarning odobli bo‘lib ulg‘ayishi uchun ota-ona eng katta javobgar shaxs
hisoblanadi.

Farzandlarimizga shunday tarbiya beraylikki, ular o‘z ota –bobolariga ,o‘z tarixi

Vatani, ona tiliga , millati, diniga an’analariga va davlat ramzlariga sodiq bo‘lib kamol
topishsin,Anashundagina bunday yoshlar o‘z Vatanini yuksaklarga olib chiqadi,
Bunday yoshlar ota-onasini dunyoga tanitadi.

Foydalanilgan adabiyotlar :

1.Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yilning 5-fevral kunidagi yig‘ilishdagi maʼruzasi .
2.Ğ.B.Shoumarov tahriri ostida Oila psixologiyasi ,,Sharq" nashriyoti" Toshkent-
2013-yil.
3.N.Boymurodov Kasb psixologiyasi ,,Yangi asr avlodi". Toshkent 2005-yil


Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar :

Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yilning 5-fevral kunidagi yig‘ilishdagi maʼruzasi .

Ğ.B.Shoumarov tahriri ostida Oila psixologiyasi ,,Sharq" nashriyoti" Toshkent-

-yil.

N.Boymurodov Kasb psixologiyasi ,,Yangi asr avlodi". Toshkent 2005-yil