Mualliflar

  • Ismoilova Maftuna Umar qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95633

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: qoʻrquv fobiya stenik astenik affekt hissiyot irsiyat oʻziga baho nerv sistemasi moyillik oʻz-oʻzini tarbiyalash psixologik muammolar bola tarbiyasi individual yondoshuv muammo ruhiy rivojlanish.

Annotasiya

ANNOTASIYA:  Maqolada  qoʻrquv,  qoʻrquvning  olimlar  tomonidan  tahlil 
qilinishi,  qoʻrquvni  keltirib  chiqaruvchi  holatlar,  fobiya,  fobiya  turlari,  fobiyaning 
inson  nerv  tizimiga  ta’siri  masalalari  hamda  ota-onalar,  oʻqituvchilar,  psixologlar 
uchun muhim tavsiyalar keltirilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

186

ISSN:3030-3613

BOLALARDA QOʻRQUV MUAMMOSINING KELIB CHIQISHI VA

PSIXOLOGIK YECHIMLARI

Ismoilova Maftuna Umar qizi

Namangan viloyati Chust tuman 7-DIMI amaliyotchi psixologi

ANNOTASIYA:

Maqolada qoʻrquv, qoʻrquvning olimlar tomonidan tahlil

qilinishi, qoʻrquvni keltirib chiqaruvchi holatlar, fobiya, fobiya turlari, fobiyaning
inson nerv tizimiga ta’siri masalalari hamda ota-onalar, oʻqituvchilar, psixologlar
uchun muhim tavsiyalar keltirilgan.

Kalit soʻzlar:

qoʻrquv, fobiya, stenik, astenik, affekt, hissiyot, irsiyat, oʻziga

baho, nerv sistemasi, moyillik, oʻz-oʻzini tarbiyalash, psixologik muammolar, bola
tarbiyasi, individual yondoshuv, muammo, ruhiy rivojlanish.

KIRISH

Insonlar koʻpincha qoʻrquv holatini xavf-xatar vaqtida, ba’zan biror bir shaxs

oldida, muhim ish va muhim uchrashuvlardan oldin, nizoli vaziyatlarda, ishda
muvaffaqiyatsizlikka duch kelganda, jamoa oldida soʻzga chiqqanda, kutilmaganda
sodir boʻladigan choʻchituvchi vaziyatlarni boshdan kechiradilar. Koʻpincha
psixologik adabiyotlarda qoʻrquv muammosi taniqli olimlar tomonidan keng doirada
tahlil qilinib, bu borada ilmiy-nazariy ta’riflar ishlab chiqilgan. Keng tarqalgan
ta’riflarga koʻra: Qoʻrquv - sub’yekt oʻzining xotirjam hayot kechirishiga ziyon yetishi
mumkinligi xaqida, unga taxdid solayotgan yoki taxdid solishi mumkin boʻlgan xavf-
xatar xaqidagi xabarni olishi bilan paydo boʻladigan salbiy hissiy holatdir. Kishi
qoʻrquv hissiyotiga berilganda muvaffaqqiyatsizlikka uchrashi mumkinligini faqat
ehtimoliy tarzda biladi va ushbu (koʻpincha yetarlicha ishonarli boʻlmagan) taxminga
binoan harakat qiladi.

Qoʻrquv hissiyoti stenik tusda ham, astenik tusda ham boʻlishi yoki ruxda

astoydil tushkunlikka berilgan va xavotirlangan tarzda yoki affektiv holatga tushgan
tarzda kechishi mumkin.

Qoʻrquv - odamning oʻziga yoki yaqin kishilariga taalluqli boʻlgan xaqiqiy yoki

xayoliy xavf-xatarga nisbatan qaytaradigan emotsional reaksiyasidir. Qoʻrquv yuzning
oqarishi, badanning titrashi va boshqa bir qancha ixtiyorsiz tovushlar, harakatlar bilan
ifodalanadi. Qoʻrquv xavf-xatardan qochish yoki harakatsiz turib qolish holatida ham
namoyon boʻlishi mumkin.

Qoʻrquv holati shaxsda psixik jarayonlarning normal kechishiga katta ta’sir

koʻrsatadi. Bu jarayonda sezuvchanlikning oʻta oshib ketishi yoki pasayishi
vaziyatning mohiyatini tushunmaslik, idrok etishning yomonlashuvi kabi holatlarni
kuzatish mumkin. Qoʻrquv tafakkur jarayoniga ham ta’sir koʻrsatib, ba’zi insonlarda


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

187

ISSN:3030-3613

fikrlashning ravonlashuvi va vaziyatdan tezroq chiqib ketishga intilish bilan namoyon
boʻlsa, boshqalarda, aksincha, taffakur mahsuldorligining pasayishi, nutq va
harakatlarda mantiqsizlik aks etadi. Juda koʻp holatda irodaviy soha zaiflashib, inson
biror qaror qabul qilishga, vaziyatni nazorat qilishga oʻzida kuch topa olmay qoladi.
Qoʻrquv vaqtida koʻpincha nutq buzilib, tovushda titroq paydo boʻladi. Qoʻrquv va
xavotirlik diqqat jarayoniga ham katta ta’sir koʻrsatadi. Odatda, diqqat juda
tarqoqlashib, inson oʻz diqqat e’tiborini bir yerga toʻplay olmay qoladi va ba’zan,
aksincha diqqatining barqarorligi oshib, aynan bir ob’yektga tomon yoʻnaltirilganligini
ham koʻrish mumkin.

A.Kempinski qoʻrquvni keltirib chiqaruvchi holatlarni 4 guruhga ajratadi:
hayol uchun bevosita xavfli ta’sir koʻrsatuvchi omillar, ijtimoiy taxdidlar,

faollikni shaxsan tanlash imkoniyatining mavjud emasligi hamda ijtimoiy muhit bilan
oʻzaro munosabatlardagi buzilishlar. Kelib chiqish sabablariga koʻra qoʻrquvni
biologik, ijtimoiy, ruhiy va dezintegratsion turlarga boʻlish mumkin.

Qoʻrquv xavf-xatardan himoyalanishga va undan qochish yoʻllarini izlashga

undovchi normal emotsional holat xisoblanadi. Hech qachon qoʻrquvni his qilmaslik
mumkin emas, xolbuki qoʻrquv va xavotirlikning yoʻqligi ham psixik buzilish
belgisidir. Ammo ba’zi insonlarda ma’lum bir vaziyat va holatga nisbatan noadekvat
reaksiyalar bilan ifodalanuvchi yopishqoq qoʻrquvlar va fobiyalar ham uchrab turadi.
Fobiyaga duchor boʻlgan inson qoʻrquvning asossiz ekanligini tushunib yetadi, ammo
qoʻrquvdan xalos boʻla olmaydi. Yopishqoq qoʻrquvlarning paydo boʻlish ehtimoli xar
bir insonda mavjud. Shuning uchun ham fobiyalar yetarlicha keng tarqalgan.

Fobiya - biror vaziyat, hodisa predmetga nisbatan vujudga keladigan birmuncha

turgʻun va asossiz qoʻrquvdir. Fobiya bilan aziyat chekuvchilar qoʻrquvlariga sabab
boʻluvchi predmet yoki vaziyat xaqida xatto oʻylaganlarida ham ularni vahima qamrab
oladi. Fobiya insonlarning normal hayot kechirishlariga tuskinlik qilib, shaxsiy,
ijtimoiy va kasbiy faoliyatlariga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin.

Fobiya qoʻrquvdan kuchli va turgʻun holda namoyon boʻlishi, qoʻrquv

uygʻotuvchi ob’yektdan qochish istagining yuqoriligi bilan ajralib turadi.

Ma’lumotlarga qaraganda yer yuzi aholisining 10-11 % turli xil fobiyalardan

aziyat chekadi. Bu holat insonda kutilmaganda va anglanmagan sababga koʻra paydo
boʻlishi mumkin. Ayniqsa, bolalarda qoʻrquv va fobiyalar ularning jamiyatga, oʻrab
turgan olamga moslashish jarayonlarida koʻproq uchraydi. Koʻrsatilishicha, fobiyalar
fantaziyasi yaxshi rivojlangan, xavotirlanuvchan xarakterga ega boʻlgan, oʻziga
ishonmaydigan, oʻziga past baho beradigan, muloqatga kirishish malakalari yaxshi
shakllanmagan insonlarda koʻproq kuzatilar ekan. Bu jarayonga irsiyat hamda tarbiya
ham katta ta’sir koʻrsatadi. Fobiya erkaklarga qaraganda ayollarda koʻproq uchraydi.
Bu holat ayollarning hissiyotga beriluvchanliklari va koʻpincha agressiyaning
ob’yektiga aylanib qolishlari bilan bogʻliqdir.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

188

ISSN:3030-3613

Fobiyaning juda ham koʻp turlari mavjud: odamlar biror xayvondan,

xashoratdan, balandlikdan, yolgʻiz qolishdan, kasalikka chalinishdan, ochiq yoki berk
boʻshliqdan qoʻrqadilar. Xatto insonlarda fobofobiya, ya’ni biror fobiyaga duchor
boʻlishdan qoʻrqish kabi turi xam uchraydi. Odamlarning doimo qoʻrquv hissini
koʻzgʻatuvchi vaziyatdan qochishlari fobiyaning belgisidir.

Fobiyalar vaqtida inson qoʻrquv ob’yektiga nisbagan vegetativ nerv

sistemasidagi koʻzgʻalishlar natijasida 2 xil usulda javob reaksiyasini koʻrsatishi
mumkin:

1 - holatda, simpatik nerv sistemasi qoʻzgʻalib, yurak urishining tezlashuvi, qon

bosimining koʻtarilishi, terining qizarishi kabi belgilar kuzatilsa, 2 - holatda esa
parasimpatik nerv sistemasining qoʻzgʻalishi natijasida yurak urishining sekinlashuvi,
qon bosimining pasayishi, teri rangining oqarishi, sovuq ter chiqishi kabi holatlar
namoyon boʻladi.

Ma’lumotlarda koʻrsatilishicha, fobiya nasldan-naslga oʻtadi. Ota-onada biror

fobiya mavjud boʻlgan boʻlsa, farzandga ham shu holatga nisbatan moyillik nasliy yoʻl
bilan uzatiladi, ammo bu moyillik aynan shu fobiya turiga nisbatan boʻlmasligi
mumkin.

Fobiyalar inson hayoliy faoliyatining deyarli hamma jabxalarida uchrashi

mumkin:

1)

Insonning uyda boʻlish, xoʻjalik ishlari, shaxslararo munosabatlar va

xokazolar bilan bogʻliq fobiyalar: yongʻin chiqishidan, gaz bilan zaxarlanishdan, tok
zarbasidan (urishidan), suv bosib ketishidan, balandlikdan, ifloslikdan, yuvish
vositalaridan, dorilardan, maishiy asboblar portlab ketishidan, uyning qulab
tushishidan, yolgʻizlikdan yoki qorongʻulikdan qoʻrqish.

2)

Ish faoliyati bilan bogʻliq fobiyalar (hamkasblar va boshliqlar bilan

munosabatlardan, atrof - muhitdan va xokazolardan qoʻrqish): ishni boshlashdan, ishni
yoʻqotib qoʻyishdan, yangi mutaxassisligiga mos boʻlmaslikdan, ish joyida
shikastlanish yoki baxtsiz xodisadan, nafaqaga chiqishdan, hamkasblari bilan oʻzaro
bir-birini tushuna olmaslikdan, boshliqlardan, nazorat — tekshiruvchi tashkilotlardan,
muhim muzokaralardan, mas’uliyatni oʻz zimmasiga olishdan qoʻrqish.

3)

Insonning shaxsiy, jinsiy hayoti bilan bogʻliq fobiyalar: homiladorlikdan,

farzandsizlikdan, zoʻrlanishdan, jinsiy yuqumli kasalliklar yuqishidan, turli kasalliklar
bilan kasallanishdan, qarilikning qiyin kechishidan, soch toʻkilishidan, allergik
reaksiyalardan qoʻrqish va boshqalar.

4)

Yashirin fobiyalar: qarama - qarshi jins vakillaridan; biror illatga berilib

qolishdan; alkogol, narkotik mahsulotlariga, dori vositalariga va boshqa xil tobelik
yuzaga kelishidan; omadsizlikning takrorlanishidan, kimningdir joniga qasd qilishdan;
oʻldirilishdan; yolgʻiz joylardan, binolardan, oʻzini oʻldirishdan, boyligini


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

189

ISSN:3030-3613

yoʻqotishdan, aqldan ozishdan, oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashuvdan, turli
ranglardan, rux va arvohdardan qoʻrqish.

5)

Ota-onalarda kechadigan fobiyalar: oʻz bepushtligidan, homiladorlikdan

homilaga zarar yetishdan, tugʻruq ogʻriqlaridan, turmush oʻrtogʻi bolani
sevmasligidan, bolada qandaydir illat aniqlanishidan, unga ziyon yetkazishlaridan
qoʻrqish.

Yuqorida keltirib oʻtilgan fobiyalardan tashqari bolalar va oʻsmirlar, yigit va

qizlar, erkaklar va ayollar uchun xos boʻlgan juda koʻp fobiya turlari mavjud. Ta’kidlab
oʻtilganidek, bu holatlarning oddiy qoʻrquv yoki xavotirlik sifatida namoyon boʻlishi
tabiiy xol. Ammo shu kabi oʻy - fikrlarning inson miyasini band etishi, biror narsadan
qattiq qoʻrqish, xatto uchgan

narsaning nomini eshitish yoki suratini koʻrishning oʻzi

ham insonning daxshatga tushishiga sabab boʻlishi va eng asosiysi bu qoʻrquvlardan
odam oʻz iroda kuchi yordamida xalos boʻla olmasligi fobiyaning xarakterli
xususiyatlaridandir.

Fobiyalar ma’lum vaziyatlar, hodisalar va tasavvurlar bilan bogʻliq boʻlgan

doimiy xavotirlar va qoʻrquvlar asosida tez va sezilarsiz shakllanishi hamda ogʻir
psixopatologik asoratlar darajasigacha oʻsib keladigan qiynoqli ruhiy kechinmalarga
ham sabab boʻlishi mumkin.

Havotirlik, qoʻrquv va fobiyalar kechishning davomiyligi bilan ajralib turadi,

oʻsib rivojlanishga ortib borishga, oʻz shakllarini oʻzgartirib, boshqa qat’iy vaziyatlar,
predmetlar shakllariga aylaiishga moyil boʻladi. Ular doimiy tushkunlik, gʻamginlik,
xolsizlik yoki agressiya holatlarining vujudga kelishiga sabab boʻladi. Bir odamning
oʻzida bir necha fobiyalar kuzatilishi mumkin. Bunda inson oʻz kasalligining barcha
koʻrinishlarini tanqidiy idrok etishi toʻliq saqlanib, bu xol uning ruhiy azoblarini
yanada kuchaytiradi.

Fobiyalar inson xulqining ba’zi noodatiy holatiga ham sabab boʻlishi,

atrofdagilarning nomuvofiq reaksiyasiga olib kelishi mumkin. Masalan, fobik
qoʻrquvlar sodir boʻlishi timsoli mavjud boʻlgan baxtsizlikdan himoyalanish
maqsadida oʻtkaziladigan butun boshli marosimgacha boʻlgan harakatlar, koʻpincha
sogʻlom fikr nuqtai nazaridan boʻlgan xulq-atvor koʻrinishida namoyon boʻlishi
mumkin.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, fobiyainsonlar

emotsional sohasini patalogik holati boʻlib, asossiz ravishdagi kuchli qoʻrquv
koʻrinishida namoyon boʻladi.

Keltirib oʻtilgan xulosalarga asoslangan holda hamda turli salbiy oqibatlarning

oldini olish maqsadida va insonni tarbiyalash gʻoyasiga tayangan holda quyidagi
tavsiyalar keltirildi.

Ota-onalar uchun:


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

190

ISSN:3030-3613

-

Bola xulq-atvoridagi faqat salbiy jihatlarga e’tibor bermay, balki ijobiy

taraflarini ham koʻra olish;

-

bola qiyinchilikka duch kelganida unga ruhan koʻmak berish,

qoʻllabquvvatlash, yutuqqa erishganida esa hech boʻlmaganda ogʻzaki ragʻbatlantirish;

-

bolani hadeb tanqid qilavermaslik;

-

bolaga oʻz imkoniyatlarini erkin namoyish eta olishi uchun shart-sharoit

yaratib berishlari;

Ta’lim muassasalarida:
-oʻquvchilarning isge’dod va qobiliyaglarini rivojlantirish;
-

shaxsda oʻz kuchiga ishonch hissini tarbiyalash;

-oʻquvchilarga ta’lim berishda ularning individual va yosh xususiyatlarini

hisobga olish;

-

yaxshi oʻzlashtirmaydigan oʻquvchilarni tanqid qilmaslik, boshqa

oʻquvchilar koʻz oʻngida urishmaslik;

-

oʻzlashtirishda qiynaladigan oʻquvchilar bilan alohida ishlab, qoʻshimcha

mashgʻulotlar olib borish.

Ta’lim muassasalari psixologlari:
-Har bir yosh davrida bolalarning ruhiy va shaxs rivojlanishidagi sifat

oʻzgarishlarini oʻrganib borish, yosh davridagi inqirozlarni nazoratga olish;

-

bolalarning psixik taraqqiyoti, rivojlanishini muntazam kuzatib borish,

salbiy buzilishlarning oldini olish, nuqsonlarni tuzatish va bartaraf etish
choratadbirlarini koʻrish;

-

xavotirlanish darajasi yuqori, oʻz-oʻziga baho berishi noadekvat,

agressivligi kuchli boʻlgan oʻsmirlar bilan psixokorreksion ishlar olib borish;

-shaxslararo munosabatlarni faollashtirish, ziddiyat va nizoli holatlarning oldini

olish va bartaraf etish, jamoada sogʻlom psixologik muhit yaratish;

-ta’lim-tarbiyadagi psixologik muammolar boʻyicha maktab ma’muriyati,

pedagoglar va ota-onalarga maslahatlar berib borish;

-bola tarbiyasiga daxldor shaxslarning psixologik madaniyatini oʻstirish

ishlarini yoʻlga qoʻyish;

-oʻsmirlar uchun oʻqish, oʻz-oʻzini tarbiyalash, hayot yoʻlini tanlash va boshqa

muammolari boʻyicha individual, guruhiy maslahatlar oʻtkazish;

-oʻsmir yoshlarning ta’lim bilan doimiy band boʻlishlarini, shuningdek ularning

professional-kasbiy ta’limga koʻproq jalb qilinishini ta’minlashning amaliy chora-
tadbirlarini ishlab chiqish;

-xavotirlanish va qoʻrquv holatlarini bartaraf qilish maqsadida trening

mashgʻulotlarini tashkil qilish;

-shaxsda oʻz kuchi va imkoniyatiga ishonch hissini tarbiyalash;


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

191

ISSN:3030-3613

-shaxsda oʻz-oʻzini anglash orqali oʻziga nisbatan ishonchni tarkib toptirish; -

mustaqil fikr yuritish malakalarini tarkib toptirish:

-shaxsda salbiy emotsional holatlarni oldini olish;
-oʻsmirlarda oʻz shaxsiga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish lozim.
Xulosa qilib aytganda,Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, kelajagimiz yoshlar

qoʻlida ekan, oʻzining sogʻlom fikriga ega boʻlgan, oʻz fikrini erkin bayon eta oladigan,
oʻz kuchiga ishongan komil insonni voyaga yetkazish yurtimiz ravnaqi va kelajagi
uchun muhim ahamiyatga egadir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Davletshin M.G., Tuychieva S.M. Umumiy psixologiya, Toshkeng, Nizomiy
nomidagʻ-. TDPU nashriyoti, 2002 .

2.

Jalilova S. “Shaxs va shaxslararo munosabatlarni oʻrganishning proyektiv
metodikalari”, Toshkent, Nizomiy nomli TDPU, 2006, B.6-13.

3.

Kamilova N.G. Muammoli oʻsmir: tashxis, tadqiqot metodlari. Oʻquv qoʻllanma.
Toshkent, Nizomiy nomidagi TDPU, 2004.

4.

Nishonova Z.T. Psixik taraqqiyot diagnosgikasi. Toshkent. Nizomiy nomli

5.

GDPU, 2004 y

6.

Raxmanova D.R. Ruhiy holat omillari -// Tafakkur Toshkent -2001. -№4. -s 82- 6.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Davletshin M.G., Tuychieva S.M. Umumiy psixologiya, Toshkeng, Nizomiy

nomidagʻ-. TDPU nashriyoti, 2002 .

Jalilova S. “Shaxs va shaxslararo munosabatlarni oʻrganishning proyektiv

metodikalari”, Toshkent, Nizomiy nomli TDPU, 2006, B.6-13.

Kamilova N.G. Muammoli oʻsmir: tashxis, tadqiqot metodlari. Oʻquv qoʻllanma.

Toshkent, Nizomiy nomidagi TDPU, 2004.

Nishonova Z.T. Psixik taraqqiyot diagnosgikasi. Toshkent. Nizomiy nomli

GDPU, 2004 y

Raxmanova D.R. Ruhiy holat omillari -// Tafakkur Toshkent -2001. -№4. -s 82- 6.