T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_2-to’plam_Aprel-2025
182
ISSN:3030-3613
DEVIANT XULQ-ATVORNING PSIXOLOGIYADA OʻRGANILISHI
Saidova Zebiniso Shavkatovna
Buxoro viloyati Buxoro shahar 37-umumta’lim maktabi amaliyotchi psixologi
ANNOTATSIYA:
Ijtimoiy normalar jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi
ekanligi, ijtimoiy normalar shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan ijtimoiy
muhit bilan uyg'unlashtiruvchi qoidalar majmui ekanligi, globallashuv davrida
ijtimoiy normalar tizimidagi jiddiy o'zgarishlar va tendensiyalarning mohiyati,
atvorlar og'ishiga ta'sir etuvchi zamonaviy omillar – ni o'rganish tamoyillarining roli.
– internet, virtual dunyo, axborot oqimining tahlili, uning sotsiologik jihatlarini
o'rganish va yoshlar muammolarini o'rganish shuni ko'rsatadiki, globallashuv
jarayonida ma'naviy hayotimizni izdan chiqarishga qaratilgan jiddiy xavflar va ularni
oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. Deviant xulq-atvor turlariga kiruvchi
ichkilikbozlik, giyohvandlik, o'z-o'zini o'ldirish bilan bog'liq ijtimoiy illatlarning har
biri yuzaga kelishi va ijtimoiy oqibatlariga ko'ra mohiyatan turli jihatlarga ega.
Birinchi farq uzoq davom etadigan ijtimoiy zararli odatlar deviant xulq-atvor turmush
tarzining ajralmas qismiga aylanadi. Doimiy oilaviy kelishmovchilik, oila va atrof-
muhitdan qoniqmaslik, uydagi tushunmovchilik va boshqalar. – bularning barchasi
bolaning ruhiyatini jarohatlaydi va u mavjud vaziyatni o'zgartirishga harakat qiladi.
Bu o'rinda kamchiliklar, jumladan, nizolar rivojlanishining oldini oluvchi va unga
qarshi kurashuvchi ijtimoiy nazorat tizimlari ijtimoiy institutlarda salbiy rol o'ynaydi.
Kalit so'zlar:
voyaga yetmaganlar, deviant xulq-atvor, diagnostika, ijtimoiy
funksiya, jinoyatchilik, ijtimoiy norma, o'smir, profilaktika.
KIRISH:
Voyaga yetmaganlarning deviant hulq-atvori-katta yoshdagilarning
og‘ma hulq-atvori qonuniyatlariga muvofiq emasligini qayd etish zarur. Jumladan,
kriminologiya umum tomonidan qabul qilingan hulq-atvor normalarining jinoyatchilar
tomonidan buzilishini ularda rasman ma‘qullanadigan yoki umumiy e‘tirof etilgan
hulq-atvor normalarining jinoyatchilar tomonidan buzilishini ularda rasman
ma‘qullanadigan yoki umumiy e‘tirof etilgan hulq-atvor normalariga zid bo‘lgan
maxsus qadriyatlar tizimi mavjudligi bilan izohlanadi. Va shu sababli jinoyatchilikni,
eng avvalo, professional jinoyatchilikni tahlil qilish asosial submadaniyat nazariyasiga
asoslanadi. Biroq, voyaga yetmaganlarga tatbiqan bunday yondashuv hamisha ham
to‘g‘ri emas. Masalan, ko‘pincha o‘smir sodir etilgan qilmishni inkor etmagan holda,
o‘z aybiga iqror bo‘lmaydi yoki o‘zi prinsip jihatidan inkor etmaydigan huquqiy
taqiqni buzadi. Ayni vaqtda, ayrim ekspertlar diqqat-e‘tiborni hozirgi vaqtda deviant
hulq-atvor guruhiga ko‘proq moddiy jihatdan o‘ziga to‘q oilalarning bolalari va
o‘smirlari tushib qolishiga qaratadilar.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_2-to’plam_Aprel-2025
183
ISSN:3030-3613
Umuman olganda, “bugungi kunda jamiyatning qaysidir qatlamlaridan biri, deviant
hulq-atvordan himoyalangan, deb bo‟lmaydi, hat bir o‟smir ta‟sirga va bog’liqlikka
duch keladi. Moddiy jihatdan yetarlilik, ota-onalarning yuqori ijtimoiy mavqyei
bolalarning ijtimoiy normalarga rioya qilishning kafili bo‟la olmaydi”.
ADABIYOTLAR TAHLILI
VA METODLAR
Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Voyaga
yetmaganlar deviant xulq-atvor profilaktikasi obyektiv ochib berildi. Ibn Sino
yashagan davr tarix nuqatayi-nazaridan tahlil etildi. Giddens E. Sotsiologiya. kitobi
mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq qilindi.
MUHOKAMA VA
NATIJALAR
Voyaga yetmaganlarning xulq-atvori profilaktikasi ishida ommaviy axborot
vositalari orqali tashviqiy-ma‘rifiy ishlarni olib borish muhimdir. Jamoatchilik fikri
so‘rovi ma‘lumotlari bo‘yicha televideniye o‘smirlar va yoshlar uchun axborot
olishning afzalrok manbai hisoblanadi. Shu munosabat bilan ijtimoiy reklamaning roli
o‘sadi. Ijtimoiy reklama o‘z takliflari bilan ―mehnatni rag‘batlantiradigan, ijobiy
maqsadlarga erishish uchun inson faoliyati motivatsiyasini kuchaytiradi. Reklama
ijtimoiy qadriyatlarni yoyadi va targ‘ib qiladi. U mamlakatlar va xalqlarning yashash
tarzini, andozalarini shakllantirishga ko‘maklashadi… Reklamaning ijtimoiy
funksiyasi turmush tarzi targ‘ib qilinishini ham nazarda tutadi.
Deviant hulq-atvorning eng yaxshi profilaktikasi - bu tarbiyaning vositalari,
shakllari va usullarini aniq belgilab olgan holda voyaga yetmaganlar ongiga maqsadga
qaratilgan tashkiliy ta‘sir ko‘rsatishdir. Huquqiy tarbiyani oldini olish imkoniyatlari
tiyishning boshqa vositalariga qaraganda ancha samaraliroqdir. Chunki huquqiy
profilaktika choralari odatda, birmuncha kechikadi va qilmish sodir etilgandan keyin
amal qila boshlaydi. Oldini olish bilan bog‘liq huquqiy choralar ―ishlashi‖ uchun u
bolaning ongiga qo‘yilishi, uning e‘tiqodi, tajribasining bir qismiga aylanishi kerak.
Buni aniq maqsadga qaratilgan tarbiyaviy ta‘sir ko‘rsatish yo‘li bilan erishish mumkin.
Bizga ma‘lumki jamiyatimizda sodir qilinayotgan ko‘plab jinoyatlar, jumladan voyaga
yetmaganlar tomonidan sodir qilinayotgan jinoyatlar va ularni keltirib chiqaruvchi
omillarni o‘rganishda voyaga yetmagan jinoyatchilarning ma‘naviy-ahloqiy
shakllanishiga ta‘sir etuvchi salbiy holatlarni tahlil qilish ham alohida ahamiyat kasb
etmoqda. Jumladan, oilada yoki ko‘cha-ko‘yda turli xil ahloqsiz xattiharakatlarning
guvohi bo‘lgan o‘smir, ahloqsizlik jinoyatlarini ham sodir qilishga qo‘l uradi. Bunday
jinoyatlar qatoriga voyaga yetmagan o‘smirlar tomonidan nomusga tegish hollarini
ko‘rishimiz mumkin. Xo‘sh, shu o‘rinda bir savol tug‘iladi, bunday jinoyatlarning
kelib chiqish sabablari, tub mohiyati nimada? Shu o‘rinda biz ushbu jinoyatlarning
sodir etilishidagi shartsharoitlarga, sabablarga to‘xtalib o‘tamiz. Voyaga yetmaganlar
tarbiyasi bilan juda ko‘pchilik shug‘ullanadi. Bular - ota-onalar, oilani katta yoshdagi
boshqa a‘zolari, maktabgacha bo‘lgan, maktab o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_2-to’plam_Aprel-2025
184
ISSN:3030-3613
muassasalaridagi o‘qituvchilar jamoat tashkilotlari va boshqalardir. Darhaqiqat, ana
shu voyaga yetmaganlar tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning ular
tarbiyasidagi ta‘siri kelajakda o‘z ta‘sirini o‘tkazadi. Oilalardagi ota yoki ona ichuvchi
yoki ma‘naviy ahloqsizlik bilan ajralib turadi. Bunda nazarimizda voyaga yetmaganlar
tomonidan sodir qilinayotgan jinoyatchilikka qarshi kurash hamda uning oldini olish
birinchi navbatda oila ahloqini qadriyatlarimizga moslashtirishdan boshlashga to‘g‘ri
keladi. Shu o‘rinda turli xil huquqshunos olimlarning bu boradagi turlicha qarashlari
mavjud bo‘lib, bularning barchasi voyaga yetmaganlar tomonidan ahloqsizlik
xattiharakatlarini sodir qilishga oilani roli muhimligi haqida so‘z yuritiladi. Jumladan,
V.Ya.Rubalskaya tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, 47 % voyaga
yetmaganlar huquqbuzarligi ota onaning salbiy ta‘siri yoki befarqligining, 14,8 %
oilada hamjihatlik yo‘qligining, 38,3% ota yoki onani yo‘qligining, 23,5 %
kattalarning loqaydligi tufayli jinoyat sodir etishning asosini tashkil etadi.
O‘smir yoshdagilarga xos xususiyat shundaki, tashqi jihatdan va o‘z da‘volariga
ko‘ra bu katta yosh, ichki xususiyatlari va imkoniyatlariga ko‘ra esa, ular hali bola.
O‘smirlarning erkalashga, o‘ziga e‘tibor berilishiga moyilligi, o‘yin qaroqligi mana
shu bilan bog‘liq. Shu bilan birga o‘smirlarda o‘zining katta yoshli bo‘layotganligini
his etish bilan birgalikda ong, o‘z qadrqimmatini his etish, jinsiy mansubligini anglash
uyg‘onadi va faol shakllanadi. O‘smirlik yoshi o‘zida har xil ruhiy jarohat
yetkazadigan omillar ta‘siriga tutish xavfi yuqori darajada bo‘lgan shart-sharoitlar
jamini ham ifodalaydi. O‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar ma‘lumotlar buyicha ota-
onalar o‘rtasidagi urush-janjallar, o‘smirning nuqtainazariga ko‘ra ularda o‘smirni va
atrofdagilarni kamsitadigan nuqsonlarning mavjudligi, o‘smirga nisbatan
haqoratlovchi munosabat bo‘lish, unga ishonmaslik yoki uni hurmat qilmaslik mana
shunday kuchli ta‘sir ko‘rsatadigan omillardandir.
Bularning barchasi bolalar va o‘smirlarning ijtimoiylashuvi jarayonini
qiyinlashtiradi va mana shu asosda ularning hulq-atvorida har xil chetga chiqishlarni
keltirib chiqaradi.
O‘smir huquqlari o‘zida butun insoniyatning qadr-qimmatini mujassam etadi.
Bu degani bolalik - inson shaxsining rivojlanishida noyob, muhim davr demakdir.
Inson huquqlari avvalo, bolalar huquqlaridan boshlanadi. Har qanday jamiyat va
barcha insoniyatning kelajagi o‘ta yuqori darajada yosh avlodning moddiy va jismoniy
rivojlanish darajasiga, uning inson huquqlarini shaxs va jamiyat hayotidagi roli va
ahamiyatini tushunishiga, shuningdek, o‘z taqdiri hamda o‘z harakatlari uchun
ma‘suliyatiga bog‘liq.
XULOSA
Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat poydevori qurilmoqda. Bunda
davlat qurishni huquqiy savodxon, huquq madaniyatini mustahkam egallagan yosh
avlod amalga oshiradi. Buyuk davlatni qurish uchun barkamol inson tarbiyalanmog‘i
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_2-to’plam_Aprel-2025
185
ISSN:3030-3613
zarur. Shu sababli yoshlarni huquqiy davlat tizimi va mohiyatini chuqurroq anglashi,
qonun asoslarini bilishi, qonun hurmat qilishi, ularga so‘zsiz bo‘ysunishi madaniyatiga
ega bo‘lishi ruhida tarbiyalash bugungi kunning asosiy vazifasidir.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Abdurasulova. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi va uning oldini olish
muammolari. ―Qonun himoyasida‖ T. №1. 2001y. 23 bet.
2.
Каримова Л.И. Социальная психология и реклама: Учебное пособие для
вузов. Т.: Издательскополиграфический творческий дом им. Г.Гуляма, 2004.
С. 20.
3.
Giddens E. Sotsiologiya. Toshkent – Sharq, 2002.
4.
B.A.Aliyev.,
G‘.Rafiqov.,
T.Sultonov.,
M.Mullajonova.,
B.Rahmonov.
Sotsiologiya. O‘quv qo‘llanma. - T.: 2005,120-127 b 5. http// www.sociologu.ru.