Mualliflar

  • Davronova Sabohat Isoqulovna
  • Jumayeva Dilorom Baxtiyor qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95653

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Tajovuskor Inqiroz Agressiya stress. Agressiv xulq Instinkt.

Annotasiya

Annotatsiya: O`smirlik davri oziga xos murakkab davr bo`lib, aksar bu yosh 
vakillarida agressiv xulq-atvor kuzatilishi tabiiy holatga aylangan.Maqola agressiya 
kishilar o‘rtasidagi kelishmovchilik oqibatida kelib chiqadigan har qanday xulq-atvor 
modellaridan  biri  bo`lib,  shaxslararo  munosabatda  yaqqol  namoyon  bo‘ladi. 
Agressiyaning  maqsadi  xususan  jabrlanuvchiga  azob  yetkazish  hamda  agressiyani 
boshqa maqsadlarga erishish vositasi sifatida qo‘llash hisoblanadi. Maqolada o‘smirlik 
davridaagressiv xulq ko‘rinishlarining tasnifi, korreksion imkoniyatlari yoritilgan.        


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

210

ISSN:3030-3613

OʻSMIR YOSHDAGI OʻQUVCHILARDA AGRESSIV XULQ-ATVOR

SHAKLLANISHIGA SABAB BOʻLUVCHI OMILLAR

Davronova Sabohat Isoqulovna

Buxoro viloyati Shofirkon tumani 53-maktab psixologi

Jumayeva Dilorom Baxtiyor qizi

Buxoro viloyati Shofirkon tumani 27-maktab psixologi

Annotatsiya:

O`smirlik davri oziga xos murakkab davr bo`lib, aksar bu yosh

vakillarida agressiv xulq-atvor kuzatilishi tabiiy holatga aylangan.Maqola agressiya
kishilar o‘rtasidagi kelishmovchilik oqibatida kelib chiqadigan har qanday xulq-atvor
modellaridan biri bo`lib, shaxslararo munosabatda yaqqol namoyon bo‘ladi.
Agressiyaning maqsadi xususan jabrlanuvchiga azob yetkazish hamda agressiyani
boshqa maqsadlarga erishish vositasi sifatida qo‘llash hisoblanadi. Maqolada o‘smirlik
davridaagressiv xulq ko‘rinishlarining tasnifi, korreksion imkoniyatlari yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Tajovuskor, Inqiroz, Agressiya, stress. Agressiv xulq, Instinkt.

KIRISH

Agressiya atamasi lotin tilidan olingan bo‘lib, «aggredi» –«tajovuz qilmoq»

ma’nosini anglatadi. Psixologiyada«agressiya» atamasiga nisbatan turli yondashuvlar
mavjud bo‘lib, X.Delgado, A.A.Bass, L.M.Semenyuk, G.Parens, A.Bandura,
R.Uolters, Yu.Mojginskiylar tomonidan agressiya salbiy baholanadi. Shu bilan bir
qatorda agressiyaga nisbatan ijobiy yondashuvlar ham mavjuddir. Jumladan, L.Bender
agressiyani insonning o‘z-o‘zini namoyon qilishga intilishidir, deb ta’kidlaydi.

Keyingi paytlarda yoshlar o‘rtasida tajovuzkorlik, agressiv xulq uchrab turibdi.

Sababi yoshlarimiz telefon, ijtimoiy tarmoqlar orqali turli mentalitetimizga, milliy
qadriyatlarimizga xos bo‘lmagan videoroliklar, materiallar, voqea hodisalarga guvoh
bo‘lmoqdalar. Kattalar ularning xattiharakatlarini nazorat qila olmayaptilar.O‘smirlik
davri olimlar tomonidan eng qiyin davr, inqiroz davri, o‘tish davri deb e’tirof etiladi.
Haqiqatdan bu davrga kiradigan bolalarga tarbiya-ta’lim berish ham qiyin bo‘lib
qoladi. Ular qaysar, o‘zini boshqalar tan olishlarini xoxlaydigan, romantik bo‘lib
qoladilar. Shuning uchun o‘smirlarni vaqtincha qo‘llab-quvvatlash juda muhimdir,
ammo vaqt o‘tishi bilan uning fikrlari bilan yolg‘iz qolishiga imkon berilishi kerak.

Agressiv xulq - shaxsning ma’naviy buzuqlikka asoslangan, boshqarishning

ichki dunyosiga ochiqdan-ochiq salbiy ta’sir o‘tkazib, tajovuz qilib, uni izdan
chiqarishga qaratilgan g‘ayriinsoniy xususiyat. Agressiv xulqning shakllanishi,
kuchayishi va namoyon bo‘lishi ko‘pincha ijtimoiy muhit bilan bog‘liq holda yuz
beradi. Shaxsning o‘ziga qaratilgan tajovuzkorlik “autoagressiya” (bunday holat
shaxsdagi patologik o‘zgarishlarning ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi) deb ataladi. O‘z


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

211

ISSN:3030-3613

joniga qasd qilish, o‘ziga tan jarohati yetkazish autoagressiyaning ko‘rinishlaridir.
Jaholatga botgan, johillik va zo‘ravonlikni maqsadga erishishning asosiy va ustuvor
vositasi deb biladigan shaxslarda Agressiv xulq kuchli bo‘ladi.

O‘smirlarda agressiv xulq-atvorning kelib chiqishi juda dolzarb masala

hisoblanadi. Inson agressiyasi ko‘rinishlarining turli-tuman va tubsizligidan kelib
chiqib, mazkur xulqatvorni o‘rganishda D.Bass tomonidan taklif etilgan konseptual
ramkalar bilan chegaralanish juda foydali ekanligi bilan ayon bo‘ldi. Uning fikricha,
agressiv harakatlarni uchta shkalaga asoslangan holda tasvirlash mumkin. jismoniy,
verbal, aktiv-passiv va to‘g‘ri-egri o‘smirlarda agressiyaning kelib chiqishi, oilalarda
o‘z otasi yoki onasining mehr-oqibatidan bebahra o‘sayotgan va adolatsizlikka uchrash
natijasida turli xil jinoyatlarga qo‘l urish kabi illatlarning namoyon bo‘lishi. Ba’zi
oilalarda esa ota-ona va farzand o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ijobiy psixologik
iqlimda emasligi achinarli holdir. Aksariyat ota-onalar o‘z farzandlarini tarbiyaga
chaqirishda g‘amxorlik, k, sabr-toqat, mehr kabi hislatlar bilan yondashish o‘rniga,
kuch bilan, ayniqsa jismoniy jazo usuli bilan tasir o‘tkazadilar. O‘z navbatida bu kabi
xattiharakatlar o‘smirlarda agressiv xulq-atvorning shakllanishiga zamin bo‘ladi.
Agressiyaning odatiy namoyishlari quyidagilar hisoblanadi. nizo chiqarish, bosim
o‘tkazish, majburlash, tilining yomonligi, negativ baholash, hamla qilish yoki jismoniy
kuchni qo‘llash bo‘lsa, yashirin shakllari aloqadan qochish, kimgadir zarar yetkazish
maqsadiga befarqlik, o‘ziga ziyon yetkazish va o‘z joniga qasd qilish kabilarda
namoyon bo‘ladi. Agressiya boshqa tirik jonzotga u buni istamagan vaziyatda haqorat
yoki ziyon yetkazishni maqsad qilib qo‘ygan fe’latvorning har qanday shakli degan
ta’rif qabul qilingan. U agressiyaga emotsiya, motiv yoki ko‘rsatma sifatida emas,
balki fe’l-atvor modeli sifatida qarashni taqozo etadi. Bu muhim fikr ko‘plab
chalkashliklarni tug‘diradi. «Agressiya» atamasi kop hollarda g‘azab kabi salbiy
histuyg‘ular, haqorat qilish va ziyon yetkazish kabi motivlar, hatto irqiy va etnik
xurufot bilan assotsiatsiyalanadi. Agressiv xulqning shakllanishi, kuchayishi va
namoyon xulqning shakllanishi, kuchayishi va namoyon bo‘lishi ko‘pincha ijtimoiy
muhit bilan bog‘liq holda yuz beradi. Shaxsning oziga qaratilgan tajavuzkorlik,
«autoagressiya» (bunday holat shaxsdagipatalogik o‘zgarishlarning ko‘rsatgichi bo‘lib
xizmat qiladi)deb ataladi. O‘z joniga qasd qilish, o‘ziga tan jarohati yetkazish
autoagressiyaning ko‘rinishidir. G‘arbdagi ayrim mafkuraviy mazrkazlar jahondagi
yosh rivojlanish yo‘liga kirgan mamlakatlarga information ussullarda tazyiq o‘tkazish
orqali o‘zining agressiv xulqini namoyon etmoqda.

Motivlashtirish nuqtai nazaridan, L.Bender agressiyani ixtiyoriy va

instrumental turlarga ajratadi.

Ixtiyoriy agressiya-insonning boshqa bir kishiga anglangan tarzda zarar

yetkazishi hisoblanadi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

212

ISSN:3030-3613

Instrumental agressiyada-inson o‘z oldiga boshqaga zarar yetkazishni maqsad

qilib qo‘ymaydi. Bu agressiya yuzaga kelgan vaziyatni hal etishda boshqa usulni
qo‘llashga imkon bo‘lmagan holda yuzaga keladi.

R.Beron va D.Richardsonlar agressiyani qurbonga nisbatan maqsadli ravishda

zarar yetkazishdir, deya ta’riflaganlar.

Reaktiv agressiya

-o‘z hayoti,erkinligi, g‘ururi, o‘zining yoki boshqaning

moddiy boyligini himoya qilish maqsadida amalga oshiriladi. Ehtiyojlar, istaklar
frustrasiyasi namoyon bo‘ladi: rashk va xudbinlik; qasos; Ishonchning yo‘qolishi
(hayotga, sevgiga, yaqin insonlariga).

Kompensatoragressiya

–zo‘ravonlik, destruktivlik hayotda o‘zi uchun muhim

bo‘lgan dolzarb ehtiyojlar qondirilmasligi holatlarini kompensatsiya qilish:

Sadizm

(boshqani o‘z hukmi, irodasiga bo‘ysundirish); nekrofiliya; surunkali zerikish va
depressiya.

Verbalagressiya

–salbiy hislarni baqirish, janjalqilish, so‘kish, haqoratlash,

tahdid va boshqa usullar orqali bildirish. Arzimagan qo‘zg‘ovchi ta’sirga ham
qo‘pollik, terslik, emotsional qo‘zg‘alish bilan javob berish.

Agressiyaning asosiy sabablari:- alkogol ichimliklarni suiiste'mol qilish,

shuningdek, asab tizimini buzadigan dorilar, bu kichik holatlarga tajovuzkor noto‘g‘ri
javob reaktsiyasini rivojlanishiga olib keladi;- shaxsiy muammolar, hal etilmagan
shaxsiy hayot (hayot sherigining yo‘qligi, yolg‘izlik hissi, sababchi intim muammolar,
keyinchalik tajovuzkor holatga aylanib, har bir muammo haqida gap ketganda paydo
bo‘ladi);- bolalikda olingan ruhiy zo‘riqish (ota-onalar o‘rtasidagi munosabatlarning
yomonligi tufayli bolalikda olingan nevrozlar).

A.Bandura va R.Uolter o‘smirlar va ularning oilaviy sharoitlari o‘rtasidagi

ijtimoyilashish aloqasini o‘rganib chiqib, bola xulq-atvorini belgilab beruvchi uchta
asosiy xususiyatni ajratganlar:

qaramlik (jinsiy-shaxsiyat) munosabatlarini o‘rnatishga uning

tayyorgarligi;

vijdonining rivojlanish darajasi;

agressiyaga nisbatan motivatsiyaning kuchi.

Mualliflar fikricha, oila samarali ijtimoyilashishi uchun minimal sharoitlarni

yaratishi zarur. Birinchi asosiy shart bog‘liqlik motivatsiyasini qo‘llab quvvatlash, bu
orqali bola qiziqish, e'tibor va atrofidagilarni ma'qullash xohlashini o‘rganadi. Ikkinchi
zarur shart - bu ketma-ket talablar va ta'qiqlar shaklida "ijtimoyilashishning bosimi"
(bu vaziyatning sharti, ota-onalarning o‘zi ijtimoiy me'yorlarni ajratadilar). Aksincha,
xulq-atvorning yomon shakllari oilada ota-ona muhabbatiga ehtiyojning frustratsiyasi,
doimiy jazolashni qo‘llash (yaxshi xulqatvorni rag‘batlantirish usullari ustidan uning
ustivorligi) natijasida o‘rnatiladi, ota-onalar tomonidan qo‘yilagan talablarning mos
emasligi, ota-ona tomonidan agressiyani ko‘rsatish.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

213

ISSN:3030-3613

Psixologiya agressiyaning rivojlanishiga ta'sir qiluvchi quyidagi omillarni

aniqlaydi:

Instinkt.

Agressiya odamning qiyin ekologik sharoitlarda omon qolish

qobiliyatiga ta'sir qiladi, bu o‘z hududi uchun kurashish, oziq-ovqat resurslari uchun
kurashish, naslni himoya qilish va genofondni ko‘paytirishga yordam beradi.
Agressiya energiyasi inson tanasida ishlab chiqariladi, asta-sekin yig‘ilib, oxir-oqibat
chiqib ketadi. Har bir insonning xatti-harakatlarida adovat borligi uchun ma'lum bir
chiziq bor. Agressivlik, shuningdek, ota-bobolarimiz bo‘lgan ovchilardan meros qilib
olinadigan belgi bo‘lishi mumkin. Tabiiyki, bunday tabiat vayronagarchilik,
zo‘ravonlik va urushlarni rag‘batlantirishi mumkin. Bunday holda, biz tajovuzning
muqarrar rivojlanishi va uni boshqarish bilan bog‘liq qiyinchiliklar haqida gapiramiz.

Kattalar misolining ta'siri.

Bola ulg‘ayganida va uning oldida otasi yoki onasining

o‘rnini ko‘rganda, u kiyinishda, suhbatni o‘tkazish usulida ularga taqlid qila boshlaydi.
Agressiv xatti-harakatlarga taqlid qilish ham sodir bo‘ladi. Agar bola muntazam
ravishda otaonasining janjal qilayotganini, bir-biriga baqirayotganini ko‘rsa, u bunday
xatti-harakatlar normal deb hisoblaydi.

Ota-onalar uchun noto‘g‘ri model

. Kattalar o‘z

chaqalog‘idan juda talabchan bo‘lishganda, ular uni ayblashadi yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri
bola boshqa bolalarga nisbatan tajovuzkor bo‘lganligini, qanday qilib o‘zgartirishni,
jazolashni bilishini aytadilar.

O‘zini bajara olmaslik tufayli paydo bo‘lgan natija.

Biror kishi istalgan narsaga erishish yo‘lida biron bir to‘siqqa duch kelsa, u
o‘zboshimchalik bilan atrof-muhitga va o‘ziga yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan
tajovuzni keltirib chiqaradi. Va bunday xatti-harakatlar kamdan-kam hollarda yuz
bersa yaxshi bo‘ladi.

Oiladagi vaziyat. Masalan, otasiz yoki onasiz voyaga etgan bolalar boshqa

odamlarga nisbatan tajovuzkor munosabatda bo‘lishlari mumkin. Yana bir variant - bu
katta oilalar, bu erda aka-uka va opa-singillar o‘rtasida ziddiyat yuzaga keladi.
Shuningdek, ota-onalar bolalarini qonunbuzarliklar uchun jazolash usullari katta
ahamiyatga ega.

XULOSA

Shunday qilib, agressiv xulq-atvor bola va o‘smir yoshi uchun odatiy hodisa

bo‘lib qolgan. Bundan tashqari, agressiv xulq-atvor shaxsning ijtimoyilashish
jarayonida bir qator asosiy funksiyalarni bajaradi. Me'yorga muvofiq, u qo‘rquvdan
qutqaradi, o‘z qiziqishlarini himoya qilishga ko‘maklashadi, tashqi xavfdan himoya
qiladi, adaptatsiyaga ko‘maklashadi. Bu borada agressiyanig ikkita turi haqida fikr
yuritish mumkin: yaxshi sifatli adaptiv va destruktiv - dezadaptiv. Umuman olganda,
bola va o‘smir shaxsining rivojlanishi uchun agressiv namoyishlarning o‘zi unchalik
xavfli emas, balki ularning natijalari va atrofdagilarning noto‘g‘ri reaksiyasi xavflidir.
Agar zo‘ravonlik - e'tibor, hukmronlik, tan olish, pul, boshqa huquqlarni bersa,
bolalarda va o‘smirlarda kuch ustivorligiga asoslangan xulqatvor shakllanishi
mumkin, bu esa katta insonlarning ham ijtimoiy faoliyat asosini tashkil etishi mumkin


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

214

ISSN:3030-3613

(masalan, kriminal guruhlarda). Atrofdagilarning agressiyani kuch bilan bosishga
intilishi kutilgan natijaga emas, balki qarama-qarshi natijaga olib kelishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

I.M.Xakimova. Deviant xulq-atvor psixologiyasi. (o‘quv qo‘llanma)T. O‘zbekiston
respublikasi IIV Akademiyasi.2013. -143 b

2.

Xulqi og‘ishgan bolalar psixologiyasi. Ma’ruzalar matni.Jizzax PI. 2013.-141 b

3.

Ataeva N. va boshqalar. Umumiy Pedagogika. Darslik//-T.: Fan va texnologiya
nashiriyoti, 2013 y.

4.

Bolalarga

o`smirlarga maslaxat

berishda

yosh psixologik

yondashuv/Ed.

5.

G.V.Burmenskoy E. I.Zaxarova O.A.Karabova va boshqalar., ,Akademiya, 2012.-
112s

6.

Ismoilovna, A. Z. (2022). Prerequisites for identifying gifted children and shaping
their abilities. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research
Journal, 12(6), 308311.

7.

Karakulovich, J. A., & Ismoilovna, A. Z. (2021). PSYCHOLOGICAL STUDY OF
EMOTIONS AND EMOTIONS IN WORLD PSYCHOLOGY. Galaxy
International Interdisciplinary Research Journal, 9(10), 419-421.

8.

Абдуллаева,З.И.(2021).ИЗУЧЕНИЕКОММУНИКАТИВНО-
ОРГАНИЗАЦИОННЫХ

i.

ОСОБЕННОСТЕЙ ОДАРЕННЫХ ДЕТЕЙ. Вестник науки и образования, (8-
2 (111)), 90-94. 8. G‘oziev E.G‘. Psixologiya. -T., O‘zMU «Universitet», 2013

9.

Bolalarga o‘smirlarga maslahat berishda yosh psixologik yondashuv/Ed. G. V.
Burmenskoy E. I. Zaxarova O. A Karabonova va boshqalar-M. , , Akademiya, ,
2012. -112s.

10.

Dolgova V. I. O‘smirlarning shaxslararo munosabatlarini psixologik-pedagogik
tuzatish;ilmiy va uslubiy tavsiyalar-Chelyabinsk;ATOCSO, 2010-112S

11.

Enikeev M. I Umumiy va ijtimoy psixologiya/M. I. Enikov -M; nashriyot uyi gr.
NORMAINFRA-M2010. -378s

12.

Koklyuxin V. V. Deviant xulq-atvor. Modellarni qidirish. Haqiqiy muammolar
antisosial xatti-harakatlarga qarshi kurash. INFRA-M2012. -250s

13.

Lichko A. E. O‘smirlardagi psixopatiya va xarakter urg‘ulari. /A. E. Lichko -
M;OOO Aprel PRESS ZAO nashriyoti EKSMO-Press 2009. -416b

14.

Zaxarov. L. I. Bolalar va o‘smirlarda nevroz psixoterapiyasi/ Sant Peterburg;Pyotr
2012. -239p

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

I.M.Xakimova. Deviant xulq-atvor psixologiyasi. (o‘quv qo‘llanma)T. O‘zbekiston

respublikasi IIV Akademiyasi.2013. -143 b

Xulqi og‘ishgan bolalar psixologiyasi. Ma’ruzalar matni.Jizzax PI. 2013.-141 b

Ataeva N. va boshqalar. Umumiy Pedagogika. Darslik//-T.: Fan va texnologiya

nashiriyoti, 2013 y.

Bolalarga o`smirlarga maslaxat berishda yosh psixologik

yondashuv/Ed.

G.V.Burmenskoy E. I.Zaxarova O.A.Karabova va boshqalar., ,Akademiya, 2012.-

s

Ismoilovna, A. Z. (2022). Prerequisites for identifying gifted children and shaping

their abilities. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research

Journal, 12(6), 308311.

Karakulovich, J. A., & Ismoilovna, A. Z. (2021). PSYCHOLOGICAL STUDY OF

EMOTIONS AND EMOTIONS IN WORLD PSYCHOLOGY. Galaxy

International Interdisciplinary Research Journal, 9(10), 419-421.

Абдуллаева,З.И.(2021).ИЗУЧЕНИЕКОММУНИКАТИВНО-

ОРГАНИЗАЦИОННЫХ

i. ОСОБЕННОСТЕЙ ОДАРЕННЫХ ДЕТЕЙ. Вестник науки и образования, (8-

(111)), 90-94. 8. G‘oziev E.G‘. Psixologiya. -T., O‘zMU «Universitet», 2013

Bolalarga o‘smirlarga maslahat berishda yosh psixologik yondashuv/Ed. G. V.

Burmenskoy E. I. Zaxarova O. A Karabonova va boshqalar-M. , , Akademiya, ,

-112s.

Dolgova V. I. O‘smirlarning shaxslararo munosabatlarini psixologik-pedagogik

tuzatish;ilmiy va uslubiy tavsiyalar-Chelyabinsk;ATOCSO, 2010-112S

Enikeev M. I Umumiy va ijtimoy psixologiya/M. I. Enikov -M; nashriyot uyi gr.

NORMAINFRA-M2010. -378s

Koklyuxin V. V. Deviant xulq-atvor. Modellarni qidirish. Haqiqiy muammolar

antisosial xatti-harakatlarga qarshi kurash. INFRA-M2012. -250s

Lichko A. E. O‘smirlardagi psixopatiya va xarakter urg‘ulari. /A. E. Lichko -

M;OOO Aprel PRESS ZAO nashriyoti EKSMO-Press 2009. -416b

Zaxarov. L. I. Bolalar va o‘smirlarda nevroz psixoterapiyasi/ Sant Peterburg;Pyotr

-239p