Jild 59 № 3 (2025)
Maqolalar
GAZLI QUROLLAR EKSPERTIZASINING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada gazli qurollar ekspertizasining zamonaviy
imkoniyatlari va uning huquqiy, texnik va ilmiy jihatlari tahlil qilinadi. Gazli qurollar
ekspertizasi, ularning xavfli ta'sirini baholash, ishlatish usullarini aniqlash va huquqiy
aspektlarini o‘rganish bo‘yicha chuqur ilmiy izlanishlarni talab qiladi. Zamonaviy
texnologiyalar va metodologiyalar yordamida gazli qurollarning turli xususiyatlari, shu
jumladan ularning tarkibi, ta'sir mexanizmi va xavfsizlik standartlariga mosligini
tekshirish imkoniyatlari kengaygan. Ekspertiza sohasidagi yangiliklar va zamonaviy
yondashuvlar, gazli qurollar bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha aniq va ishonchli xulosalar
chiqarish imkonini beradi. Maqola, shuningdek, gazli qurollar bilan bog‘liq
jinoyatlarni tergov qilish va sudlarda ekspertiza xulosalaridan foydalanishning
ahamiyatini yoritadi.
“SHAXS XUSUSIYATLARINI OʻRGANISH” TESTI ASOSIDA DELIKVENT XULQ-ATVOR ANIQLANGAN OʻQUVCHILAR BILAN KORREKSION MASHGʻULOTLAR OLIB BORISH
Annotatsiya: Voyaga yetmaganlarni orasida noqonuniy xatti-harakatlarni sodir
etilishi bu juda achinarli holatlardan hisoblanadi. Delikvent ahloqni yuzaga kelishi
sabablari va unga ta’sir etuvchi omillar turlicha bo‘lishi mumkin. Maqolada delikvent
ahloqni kelib chiqish sabablari, uni bartaraf etish usullari o‘rganib chiqilgan.
Shuningdek mavzu yuzasidan fikrlar bildirilib, taklif va xulosalar berib o‘tilgan
ГЎШТ МАҲСУЛОТЛАРИГА ҚЎЙИЛАДИГАН ГИГИЕНИК ТАЛАБЛАР ВА УЛАРНИНГ САҚЛАНИШ ҚОИДАЛАРИ.
Аннотация
Гўшт маҳсулотлари инсон организми учун муҳим озуқа манбаи
ҳисобланади. Уларнинг хавфсизлиги ва сифати аҳолининг саломатлигига таъсир
кўрсатади. Мақолада гўшт маҳсулотларини ишлаб чиқариш, сақлаш, ташиш ва
сотиш жараёнида қўйиладиган асосий гигиеник талаблар баён этилган.
Шунингдек, ушбу талабларга амал қилишнинг аҳамияти, маҳсулотнинг
сақланиш муддати ва санитария-гигиена нормаларига мувофиқлик бўйича
тавсиялар берилган.
БАЛИҚ МАҲСУЛОТЛАРИНИНГ САҚЛАНИШИ ВА СОТИЛИШИГА ҚЎЙИЛАДИГАН ГИГИЕНИК ТАЛАБЛАР
Аннотация
Балиқ ва балиқ маҳсулотлари инсон рационида муҳим ўрин тутади. Улар
юқори сифатли оқсил, омега-3 ёғ кислоталари ва витаминларга бой. Бироқ, ушбу
маҳсулотларнинг истеъмол учун хавфсизлигини таъминлаш мақсадида гигиеник
талабларга риоя қилиш жуда муҳимдир. Мазкур мақолада балиқ маҳсулотларига
қўйиладиган асосий гигиеник талаблар, уларнинг аҳамияти ва амалиётда қўллаш
йўллари ҳақида сўз юритилади.
КОЛБАСА МАХСУЛОТЛАРИГА ҚЎЙИЛАДИГАН ГИГИЕНИК ТАЛАБЛАР ВА УЛАРНИНГ САҚЛАНИШ ТАЛАБЛАРИ.
Аннотация: Колбаса маҳсулотлари озуқа саноатининг муҳим қисми
бўлиб, уларнинг сифати ва хавфсизлиги инсон саломатлигига бевосита таъсир
қилади. Ушбу мақолада колбаса маҳсулотларига қўйиладиган гигиеник
талаблар, ишлаб чиқариш жараёнида санитария қоидаларига риоя қилиш
аҳамияти, маҳсулотларни сақлаш ва ташишдаги асосий қоидалар ҳамда
хавфсизликни таъминлаш учун амалга оширилиши лозим бўлган чора-тадбирлар
таҳлил қилинган.
BOSIMLI SUV TASHLOVCHILARDA OCHIQ OQIMLARNING O‘Z- O‘ZIDAN AERATSIYASINI MODELLASHTIRISH
Annotatsiya: Suyuqlik va gaz oqimlari orasidagi tashqi chegara sohalarining
mavjudligi ko‘rib chiqilgan bo‘lib, bu joylarda tez-tez gaz alohida qo‘shimchalar
shaklida suyuqlik ichiga tortilib, uning oqim xususiyatlarini sezilarli darajada
o‘zgartiradi. Gazning oqimga jalb qilinishi ijobiy natijalarga olib kelishi (oqimlarning
chegaralarga ta’siri intensivligini kamaytirish, tabiiy suv havzalarida suv sifatini
yaxshilash, texnologik apparatlarda reaktsiyalarning samarali o‘tishini ta’minlash) va
salbiy oqibatlarga olib kelishi (oqimlar hajmining oshishi, suv tashlash tizimlari
o‘tkazuvchanligining kamayishi, mexanik uskunalarning ish barqarorligining
pasayishi, yadroviy reaktorlarning faol zonalarida issiqlik almashinuvining
yomonlashuvi) kabi jihatlardan tahlil qilingan.
SUD KOMPYUTER TEXNIKAVIY EKSPERTIZASINING IMKONIYATLARI VA DASTURIY TA’MINOTLARI
Annotatsiya. Mazkur maqolada kompyuter texnikaviy ekspertizasining
ahamiyati , uning amaliyotda tatbiq etilgan imkoniyatlari , raqamli dalillarni olish
mumkin bo’lgan obyektlar tahlil qilingan. Shuningdek , sud kompyuter texnikaviy
ekspertizasini amalga oshirishda foydalaniladigan dasturiy ta’minotlar atroflicha
o’rganilgan.
QURG‘OQCHIL HUDUDLARDA YER OSTI SUVLARINI TEJOVCHI SUG‘ORISH TEXNOLOGIYALARINING ISHLAB CHIQILISHI
Anotatsiya: Mazkur maqolada qurg‘oqchil hududlarda yer osti suvlaridan
samarali foydalanish va ularni tejashga yo‘naltirilgan sug‘orish texnologiyalari tahlil
qilinadi. Yangi innovatsion yondashuvlar, jumladan tomchilatib sug‘orish, kapillyar
sug‘orish va yer osti quvurlaridan foydalanishning afzalliklari ko‘rib chiqiladi. Bundan
tashqari, suv resurslarini saqlashga oid zamonaviy ilmiy ishlanmalar va amaliy
tajribalar ham muhokama qilinadi. Ushbu maqola qurg‘oqchil hududlarda qishloq
xo‘jaligini rivojlantirish va suv ta’minotini barqarorlashtirish maqsadida ishlab
chiqilgan.
SEZGILAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA SEZGILARNING NERV- FIZIOLOGIK ASOSLARI
Annotatsiya:Ushbu ilmiy maqolada bizni o‘rab turgan tashqi olamdagi
narsa va hodisalarning juda ko‘p belgi va xususiyatlari mavjud.Masalan,narsalarning
rangi, ta’mi, hidi, qattiq yoki yumshoqligi, g‘adir-budur yoki tekisligi, harorat va
boshqalar. Ana shu narsa va hodisalarning turli xil belgi, xususiyatlarini biz ham
turlicha sezgi a’zolarimiz orqali ongimizda aks ettirishimiz haqida so’z borgan.
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA AGRESSIVLIKNING NAMOYON BOʻLISHI
ANNOTATSIYA
Maqolada bolalardagi agressivlilik muommosi va uning dolzarbligi, xorijiy va
mahalliy olimlar tomonidan agressiv xulq-atvorning o’rganilishi, ilm-fanga kiritgan
yangiliklari va tadqiqot natijalari bayon etilgan.
TURIZMGA GREEN KEY TIZIMINI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI
Annotatsiya: Green Key — bu ekologik barqaror turizmni rag‘batlantirish
maqsadida yaratilgan xalqaro sertifikatlash tizimidir. U mehmonxonalar, turistik
obyektlar va boshqa turizm infratuzilmasi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ekologik
mas'uliyatni oshirish, energiya va resurslarni tejash, shuningdek, atrof-muhitni
muhofaza qilishga qaratilgan. Ushbu maqolada Green Key tizimini turizm sohasiga
joriy etish istiqbollari va uning afzalliklari haqida ma'lumotlar berilgan.
MAVZU: TA’LIM TIZIMIDA KREATIV YONDASHUVNING AHAMIYATI
Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’lim jarayonida kreativ yondashuvni
qo‘llashning ahamiyati va samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida kreativ
metodlarning o‘quvchilarning faolligi, mustaqil fikrlashi va bilimlarni o‘zlashtirish
darajasiga ta’siri o‘rganildi. An’anaviy va kreativ yondashuvlar taqqoslanib, kreativ
metodlarning o‘quv jarayonidagi ustunliklari, shuningdek, ularni qo‘llashda
uchraydigan qiyinchiliklar ko‘rib chiqildi. Tadqiqot natijalari kreativ ta’lim
usullarining samaradorligini tasdiqlab, ushbu yondashuvni ommalashtirish va
rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Maqolada, shuningdek, kreativ
metodlarning ta’lim tizimidagi dolzarb roli va ularning kelajakdagi istiqbollari
muhokama qilinadi.
TA’MINOT ZANJIRLARINI BOSHQARISHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’minot
zanjirlarini boshqarish jarayonidagi roli va afzalliklari tahlil qilinadi. Sun’iy
intellektning prognozlash, avtomatlashtirish, xarajatlarni optimallashtirish va logistika
jarayonlarini yaxshilashdagi o‘rni yoritib beriladi. Shuningdek, ushbu texnologiyaning
biznes samaradorligini oshirish va tavakkalchiliklarni kamaytirishdagi ahamiyati
muhokama qilinadi.
BOLA TARBIYASINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Annotatsiya: Jamiyatda o’sib kelayotgan har bir yosh avlodning ertangi kuni
qanday kelishi, hamda uning ham jismoniy ham ma’naviy jihatdan yetuklik darajasiga
ko’tarilishi uning psixologiyasiga bog’liq. Shuning uchun ham hozirda bolalarni oilada
qanday muhitda tarbiya topayotganligi barchamiz uchun juda dolzarb mavzudir.
O‘QUVCHILAR NUTQIDAGI MUAMMOLARGA YECHIM IZLASH
Annotasiya. Ushbu maqolada o‘quvchilarning nutqida ishlatilgan faol so‘zlarni
mazmunan o‘rganishga harakat qilindi va bu so‘zlarning ko‘pchiligi chetdan
o‘zlashilgan so‘zlar ekanligi misollarimizda yaqqol ko‘rinib turibdi. Maqola so‘ngida
esa ushbu muammolar yuzasidan yechimlar ko‘rsatilib o‘tildi.
THE ROLE OF PHYSICAL EXPERIMENTS IN DEVELOPING STUDENTS' DEEP THINKING SKILLS
Abstract
This article comprehensively analyzes the role of physical experiments in physics
classes in forming students' deep (comprehensive, systematic, and critical) thinking
skills. It highlights the effectiveness of integrating theoretical and practical aspects of
physics, interactive and problem-based teaching technologies, the STEAM approach,
visual experiments, and project-based activities in developing students' analytical
thinking, observation skills, logical reasoning, and problem-solving abilities based on
scientific sources and pedagogical experiences.
NEMRUT TOG‘I –QADIMIY SIVILIZATSIYALARNING UCHRASHGAN MASKANI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Nemrut tog‘i va undagi diniy hamda madaniy
ahamiyatga ega bo‘lgan ulkan xudolar va hayvonlar haykallari haqida so‘z boradi.
Miloddan avvalgi davrlarga oid ushbu yodgorliklar qadimiy Kommagene qirolligiga
tegishli bo‘lib, sharq va g‘arb madaniyatini birlashtiruvchi tarixiy meros hisoblanadi.
Haykallar sharq va g‘arbiy terrasalarda joylashgan bo‘lib, ular diniy marosimlar uchun
mo‘ljallangan. Maqolada Levkodike, Ahura Mazda-Zeus, Mitra-Apollon, Artagnes-
Herakles kabi mifologik obrazlarning ramziy ma’nolari ham yoritilgan. Ushbu
yodgorliklar qadimiy yunon va fors madaniyatlarining uyg‘unligini aks ettiradi.
INSONNING O‘Z HUQUQLARINI ANGLASHIDA QONUNNING ROLI
Annotatsiya: Ushbu maqolada jamiyatning rivojlanishida muhim ahamiyat
kasb etgan inson huquqlari mavzusiga to‘xtalib o‘tilgan. Qolaversa, inson huquqlarini
mustahkamlash va tatbiq etishda alohida ahamiyat kasb etgan qonunlarga ham e’tibor
qaratilgan. Jamiyatimizning rivojlanishi bevosita va bilvosita insonning o‘z
huquqlarini anglab yetishi, shuningdek, qonunning bu boradagi asosiy kuch ekanligini
yoritib berishga qaratilgan.
BOBURIYLAR SULOLASI DAVRIDA SOLIQ TIZIMI
Annotatsiya: Ushbu maqolada tarix sahnasida o‘ziga xos boy merosi bilan
o‘chmas iz qoldirgan Boburiylar sulolasining muhim islohotlaridan biri—soliq tizimi
atroflicha tahlil qilingan. Mamlakatda mavjud bo‘lgan soliq turlari, ularning miqdori,
olinish tartibi, shuningdek, mamlakat podshohlarining bu soliqni joriy etishdan
ko‘zlagan maqsadlari yoritilgan. Maqolaning dolzarbligi shundaki, turli millat va
elatlarga mansub bo‘lgan hindlarni Boburiylar sulolasi vakillari 332 yil davomida
oqilona davlat boshqaruvi va, albatta, soliq tizimi orqali birlikda yashashga da’vat eta
olganligidir.
BOLALAR ORASIDA O’ZIGA YUQORI BAHO BERISHLARINI SHAKLLANTIRISHDA OTA-ONALARGA PSIXOLOGIK MASLAHATLAR
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada bolalarning o’ziga yuqori baho berishlarini rivojlantirishda
ota-onalarga tavsiyalar o’rin olgan. Shuningdek, o’z-o’zini hurmat qilish, o’z-o’zini
hurmat qilishni rivojlantirish, o’z-o’zini hurmat qilishni yaxshilash yo'llari, ularni
tashvishga soladigan omillar va o’z-o’zini hurmat qilish usullari haqida umumiy fikr
va takliflar berilgan. Наr tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kun
ta’lim tizimi oldidagi dolzarb vazifalardan biridir. Shu boisdan bolalarning psixologik
hamda fiziologik holatiga har vaqt e’tiborli bo’lish tarbiyachilar, pedagoglar,
psixologlar va ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega.
DIFFERNCES BETWEEN ULTRASONOGRAPHY AND OTHER RADIOLOGICAL INSTRUMENTS
Summary:
Annotation. Recent guidelines recommend the prioritized use of
ultrasonography as the main imaging method for women under the age of 45, with
mammography being considered when additional imaging is deemed necessary.
ЗНАЧЕНИЕ ТОМОСИНТЕЗА ПРИ ОПУХОЛЯХ МОЛОЧНОЙ ЖЕЛЕЗЫ
АННОТАЦИЯ
Среди онкологических заболеваниях рак молочной железы (РМЖ) у
женщин занимает лидирующие место во всем мире. Имеются успехи в его
лечении, но ранняя диагностика РМЖ ограничена возможностями
рентгеновской маммографии также с помощью УЗИ и поэтому часто требует
дополнительные методы исследования молочных желез.
AYOLLARDA KO’KRAK BEZI KASALLIKLARINI O’RGANISHDA ULTRATOVUSH TEKSHIRUVINING AHAMIYATI
Annotatsiya:40 yoshgacha bo’lgan ayollarda sut bezi saratonini tekshirish
ultratovush tekshiruvi orqali amalga oshirilishiga sabab ularning sut bezi to’qimalari
zich tuzilganidir. Agar qo’shimcha tekshiruv talab qilinsa mammografiyadan
foydalaniladi. Ultratovushning mammografiyadan ustunligi 30-40 yoshgacha bo’lgan
ayollarda aniqlash imkonining yuqoriligidir.
ABDULLA AVLONIYNING BADIIY ADABIYOTDAGI IJOD YO‘LI
Annotatsiya: Mazkur maqolada Turkiston o'lkasida jadidchilik harakati
namoyondalari tomonidan yangi usul maktablarining ochilishi, hamda,
yangicha tipdagi darsliklarining yaratilishiyangi davr didaktikasining paydo
bo'lishiga zamin yaratdi. Shunday matonat va sabot bilan xalqning johillik
balosidan chiqishi va savodli, ilmli bo'lishiga jonbozlik ko'rsatgan pedagog
Abdulla Avloniy bo'lib, u yaratgan darsliklarning jamoatchilikka taqdim etilishi
va didaktikasini o'rganish borasidagi tahlillar haqida so'z boradi.
O’QUVCHILARNI KASB TANLASHIGA KO’MAKLASHISH VA KASB- HUNARGA YO’NALTIRISH ISHLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH.
Anotatsiya: Maktab o’quvchilarini kasb-hunarga yo’naltirishda samarador
usullarni qo’llashda, natijaviylikka erishishda, to’g’ri kasb tanlashga ko’maklashishda
loyihaviy ishdan foydalanish..
THE ROLE OF ESP IN INTERNATIONAL BUSINESS AND NEGOTIATIONS THE CONTRIBUTION OF PRIVATE UNIVERSITIES
Annotation: In today's world, speaking English fluently is essential for
conducting business with people from various countries. English for Specific Purposes
(ESP) teaches businesspeople how to speak the appropriate English for their jobs.
Private universities play an essential role in teaching business people this style of
English. They provide specialized classes that educate the language abilities required
for business. These private institutions provide students with the tools they need to
converse effectively with people from various countries. This is beneficial for firms
looking to acquire and sell goods, as well as collaborate with enterprises in other
countries. When business professionals speak English fluently, it benefits the country's
economy, trade, and international relations. Private universities promote international
business by offering appropriate skills.
DAVLAT MAQSADLI JAMG‘ARMALARI VA ULARNING SAMARALI SHAKLLANISHI
Annotatsiya. Mazkur maqolada davlat maqsadli jamg‘armalarining mohiyati,
ularning iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Jumladan,
jamg‘armalarning shakllanish manbalari, ularni boshqarish mexanizmlari hamda
samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil qilingan. Muallif davlat byudjeti tizimida
jamg‘armalarning tutgan o‘rni, ularni shakllantirishda iqtisodiy va moliyaviy
omillarning ta’sirini o‘rganadi. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida
O‘zbekistonda mavjud davlat maqsadli jamg‘armalarini takomillashtirish bo‘yicha
tavsiyalar beriladi. Maqola iqtisodchilar, moliyachilar va davlat moliyasi sohasida
tadqiqot olib borayotgan olimlar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
LEXIKOLOGIE UND ENTLEHNUNGEN IN MODERNEN SPRACHEN
Abstract: Die Globalisierung hat zu einer aktiven Entlehnung von Wörtern und
Ausdrücken zwischen Sprachen geführt. Der Artikel untersucht die lexikalischen
Veränderungen, die als Ergebnis dieses Prozesses auftreten, sowie die kulturellen und
sozialen Faktoren, die zu Entlehnungen beitragen. Dabei werden Beispiele für
Entlehnungen aus dem Englischen in andere Sprachen und deren Anpassung an
phonetische und grammatische Systeme betrachtet. Auch die Folgen von Entlehnungen
für die sprachliche Identität und das kulturelle Erbe werden diskutiert.
TA’LIM MUASSASALARIDA MA’NAVIY-MA'RIFIY ISHLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR
Annotatsiya: Ushbu maqolada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va unda
inson qadri masalalari bо‘yicha fikr va mulohazalar yuritilgan. O‘zbekistonda amalga
oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasidagi yutuq, kamchilik, muammo va
ularning yechimlari, tashkil etilayotgan tadbirlarda insonlarni qadrlash, ularga
g‘amxо‘rlik qilish tadbirlarni tashkil etishda tarbiyaviy jarayonlar haqida ma’lumotlar
berilgan.
VOYAGA YETMAGAN YOSHLARGA NISBATAN ZO'RAVONLIK HOLATLARINI OLDINI OLISHNING DOLZARB MASALALARI
Аnnоtаtsiyа:Mаzkur mаqоlаdа vоyаgа yetmаgаnlаrgа nisbаtаn sоdir
etilаdigаn tаzyiq vа zо'rаvоnlikni оldini оlish bоrаsidа tаshkilоtlаr bilаn
hаmkоrlikni tаkоmillаshtirishning аhаmiyаti vа usullаri tаhlil qilinаdi. Mаqоlаdа,
huquqni muhоfаzа qilish, ijtimоiy xizmаtlаr, tа'lim muаssаsаlаri, sоg'liqni sаqlаsh
vа nоhukumаt tаshkilоtlаri о'rtаsidаgi hаmkоrlikning sаmаrаli mоdelini
yаrаtishning zаrurligi tа'kidlаnаdi. Mаqоlа bu sоhаdа аmаlgа оshirilishi lоzim
bо'lgаn tаkliflаr vа tаvsiyаlаrni ishlаb chiqаdi.
OʻQUVCHILARDAGI DEPRESSIV HOLATLAR VA ULARNING PSIXOKORREKSIYASI
ANNOTATSIYA
Maqolada oʻquvchilarda kechadigan depressiya va uning kelib chiqish
sabablari, depressiya belgilari yoritilgan. Bolalarni ruhiy tushkunlikdan olib chiqish
choralari haqida tavsiya va maslahatlar berilgan. Shu boisdan ushbu kichik tadqiqot
amaliy va umumiy psixologiya tizimida faoliyat ko’rsatayotgan mutaxassislar va
pedagogikapsixologiya fakultetida tahsil olayotgan talabalar, tarbiyachilar va ota-
onalar uchun muhim ahamiyatga ega.
KICHIK DAVLATLATLARNING GLOBAL TASHQI SIYOSAT OLIB BORISHIGA DOIR NAZARIYALAR TAHLILI (BAHRAYN, SINGAPUR,QUVAYT, QATAR)
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada kichik davlatlarning global tashqi siyosat olib borishiga doir
nazariyalar tahlil qilingan. Bahrayn, Singapur, Quvayt va Qatar davlatlari misolida har
bir davlatning tashqi siyosatga yondashuvi, ushbu siyosatning xalqaro munosabatlarda
tutgan o‘rni va strategiyalari ko‘rib chiqiladi. Maqolada realistik, liberal va
institutsional nazariyalar asosida tahlil olib borilib, ushbu davlatlarning global
maydonda qanday muvaffaqiyatlarga erishgani haqida misollar keltiriladi.
SHARQ ALLOMALARI PEDAGOGIK TA’LIMOTI ASOSIDA YOSH AVLOD KAMOLOTIDA SHAKLLANADIGAN SIFATLAR
Annotatsiya: Mazkur maqolada shaxs kamolatida allomalr o‘gitlari, ular tutgan
ilmiy-ijodiy ta'limotlar haqida so‘z yuritilgan. Sharq allomalarining tarbiyaning inson
qalbida muhim ahamiyat kasb etishi borasida yaratgan ilmiy asarlari tahlili bayon
etilgan.
BOLALARDAGI STRESS HOLATINI YENGISHDA PSIXOLOGIK XIZMATNING AHAMIYATI
Annotatsiya: Ushbu maqola bolalardagi stress holatining dolzarbligi, sabablari,
oqibatlari va uni yengishda psixologik xizmatning o‘rni masalalarini o‘rganishga
bag‘ishlangan. Maqolada o‘zbekistonlik olimlarning tadqiqotlari, statistik ma’lumotlar
hamda bolalar psixologiyasiga oid adabiyotlar tahlil qilingan. Shuningdek, bolalarga
psixologik yordam ko‘rsatishning samarali usullari va uslublari, xususan, o‘zbek
madaniyatiga moslashtirilgan yondashuvlar ko‘rib chiqilgan.
IMOM AL-BUXORIY ILMIY-IJODIY VA IBRATLI HAYOT YO’LI O’QUVCHILARDA IXLOS, IYMON XISLATLARINI TARKIB TOPTIRISHIDAGI ASOSIY JIHATI
Annatatsiya. Ushbu maqolada Imom Ismoil al-Buxoriyning hadis nilmiga
qo’shgan hissasi, dunyo tamaddunida tutgan o’rni va uni maktab o’quvchilari
tarbiyasidagi ahamiyati haqida so’z boradi.
DUNYODA TURIZM RIVOJLANISHINING EKOLOGIYAGA TA'SIRI
Annotatsiya: Turizm, bugungi kunda global iqtisodiyotning eng muhim
sohalaridan biri hisoblanadi. Har yili millionlab odamlar turli mamlakatlarga sayohat
qilib, yangi joylarni kashf etish, madaniyatlarni o'rganish va dam olish uchun vaqt
o'tkazadilar. Biroq, turizmning bu rivojlanishi ekologik muammolarni keltirib
chiqarishi mumkin. Ushbu maqolada turizm rivojlanishining ekologiyaga ta'siri, uning
ijobiy va salbiy jihatlari, shuningdek, barqaror turizmning ahamiyati haqida
ma'lumotlar berilgan.
VIDEOREGISTRATORLAR YORDAMIDA YO‘L TRANSPORT HODISALARINI TADQIQ QILISH
Annotatsiya: Bugungi kunda yo‘l transport hodisalarining sodir etilishini
aniqlash, ularni kamaytirish va sabablarini aniqlashda zamonaviy texnologiyalar,
xususan, videoregistratorlar muhim rol o‘ynamoqda. Yo‘l transport hodisalari (YTH)
bilan bog‘liq statistikalar har yili bir necha minglab insonlarning jarohatlanishi va
o‘limiga olib keladi. YTHni tahlil qilish va oldini olishning eng samarali yo‘llaridan
biri videoregistratorlardan foydalanishdir. Videoregistratorlar nafaqat harakat
jarayonlarini yozib olish, balki hodisalarning sabablari, shart-sharoitlar va
haydovchilarning xatti-harakatlarini aniqlashda ham foydalidir.Videoregstratordan
foydalangan holda yo‘llarda transport harakati xavfsizligini oshirishga doir ilmiy
ishlanmalar olib borilishi mumkin.
OʻQUVCHILARDA INTERNET VA ONLAYN O‘YINLARGA TOBELIKNI OLDINI OLISHNING DOLZARB MASALALARI
ANNOTATSIYA
Maqolada bugungi kunda virtual olam ta’sirini kuchayishi, shaxsdagi internet va
kompyuter o‘yinlariga tobelikning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari fikr yuritiladi.
OʻSMIR YOSHDAGI OʻQUVCHILARDA AGRESSIV XULQ-ATVOR SHAKLLANISHIGA SABAB BOʻLUVCHI OMILLAR
Annotatsiya: O`smirlik davri oziga xos murakkab davr bo`lib, aksar bu yosh
vakillarida agressiv xulq-atvor kuzatilishi tabiiy holatga aylangan.Maqola agressiya
kishilar o‘rtasidagi kelishmovchilik oqibatida kelib chiqadigan har qanday xulq-atvor
modellaridan biri bo`lib, shaxslararo munosabatda yaqqol namoyon bo‘ladi.
Agressiyaning maqsadi xususan jabrlanuvchiga azob yetkazish hamda agressiyani
boshqa maqsadlarga erishish vositasi sifatida qo‘llash hisoblanadi. Maqolada o‘smirlik
davridaagressiv xulq ko‘rinishlarining tasnifi, korreksion imkoniyatlari yoritilgan.
AKADEMIK LITSEYLARDA “AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANINI O‘QITISHNI INTEGRATSION YONDOSHUV ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH.
Annotatsiya: Ushbu maqola akademik litseylarda “Axborot texnologiyalari”
(AT) fanini o‘qitishda integratsion yondashuvning ilmiy-pedagogik asoslarini
o‘rganish va uni takomillashtirishga qaratilgan imkoniyatlarni tahlil qilishga
bag‘ishlangan. Tadqiqotda AT fanini fizika, matematika, iqtisodiyot va boshqa fanlar
bilan bog‘lash orqali o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning
kognitiv kompetensiyalari va ijodiy salohiyatini rivojlantirish masalalari ko‘rib
chiqiladi. Integratsiyaning modulli, loyihaviy, kontekstual va simulyatsion shakllari
tahlil qilinib, ularning AT o‘qitishdagi samarasi eksperimental ma’lumotlar asosida
baholanadi. Olingan natijalar integratsion yondashuvning zamonaviy ta’lim
talablariga mosligini va akademik litseylarda AT fanining o‘quv dasturini
optimallashtirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi. Maqolada ushbu
yondashuvni joriy etish bo‘yicha amaliy takliflar keltiriladi.
ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ МУЖЧИН, ПРОЯВЛЯЮЩИХ СКЛОННОСТЬ К ДОМАШНЕМУ НАСИЛИЮ.
Аннотация: В данной статье анализируются основные индивидуальные
психологические особенности мужчин - абьюзеров, включая особенности
характера, нарушение эмоционального контроля, сниженная способность к
сочувствию и влияние психопатологических факторов.
TA'LIMDA SUN'IY INTELLEKTNING O'RNI
Annotatsiya. Bugungi kunda ta'lim sohasida sun'iy intellekt intensiv tarzda o'z
o'rniga ega bo'lib bormoqda. Sun'iy intellekt ma'lumotlarni o'rganish, tahlil qilish,
o'zgartirish va tasavvur qilish qobiliyatiga ega bo'lgan axborot tizimlarini yaratishda
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu tizimlar, o'rganish jarayonida ma'lumotlarni tan olish,
aniq maqsadlar uchun ma'lumotlarni qidirish, ma'lumotlarni tahlil qilish, va natijalarni
ko'rsatish kabi vazifalarni bajarish imkonini beradi. Ayni shu jihatdan maqolada
ta'limda sun'iy intellektdan foydalanishning samaralari va uning o'rni xususida fikr
yuritiladi.
IJTIMOIY TARMOQ BRAUZERLARI
Annotatsiya. Brauzer internetga kirish uchun ishlatiladigan dastur bo'lib, web-
saytlarga kirish va ular ichida maqolalar o'qish, multimedia ko'rish, bir saytdan
boshqasiga bog'lanish, chop etish, elektron habarlarni yuborish va qabul qilish singari
amallarni bajarish imkonini yaratadi. Ayni shu jihatdan ushbu maqolada ijtimoiy
tarmoqdagi brauzerlar va ularning xususiyatlari haqida fikr yuritiladi.
MAVZU: TRANSPORT TRASSALOGIYASI EKSPERTIZASINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
ANNOTATSIYA: Mazkur ilmiy maqolada transport trasaologiyasi
ekspertizasining o‘ziga xos xususiyatlari batafsil tahlil etilgan. Transport tizimlarining
samarali rivojlanishi va ularning optimallashtirilishi jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy
taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo‘lib, bu jarayonda transport trasaologiyasi
ekspertizasi muhim rol o‘ynaydi. Maqolada ekspertizaning ilmiy-texnik asoslari,
transport tarmoqlarining boshqarilishi va optimallashtirilishi, iqtisodiy va ekologik
omillarni hisobga olish, xavfsizlikni ta’minlash, innovatsion texnologiyalarning
qo‘llanilishi, tizimlarning barqarorligini ta’minlash kabi asosiy jihatlar yoritilgan.
Shuningdek, transport tarmog‘ining integratsiyasiga oid masalalar va hukumat hamda
xususiy sektorlar uchun maslahat xizmatlari ko‘rsatilishining ahamiyati haqida fikrlar
bildirilgan. Ushbu maqola transport trasaologiyasi ekspertizasining nazariy va amaliy
jihatlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, transport tizimlarining samarali
boshqarilishini ta’minlashga qaratilgan muhim takliflar va yechimlarni ilgari suradi.
“HODISA JOYINI KO‘ZDAN KECHIRISHDA ZAMONAVIY TEXNIK VOSITALARIDAN FOYDALANISH”
Annotatsiya: Ushbu maqola hodisa joyini ko‘zdan kechirishda foydalanilib
kelinayotgan zamonaviy texnik vositalarni ahamiyati, imkoniyatlari, vazifalarini
o‘rganadi. Hodisa joyini ko‘zdan kechirishda bir nechta afzallik va bir qancha
imkoniyatlarni taqdim etayotgan texnikalarni hodisa joyini ko‘zdan kechirishdagi o‘rni
va ularning turlari haqida to‘liq bayon etiladi.
GANDBOL SPORT MASHG’ULOTLARINI TASHKIL ETISH VA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH
Annotatsiya: Maqolada muallif tomonidan gandbol sport mashg’ulotlarini
tashkil etish va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish haqida
ma’lumotlar keltirilgan.
MAVZU: JINOYATLARNI TERGOV QILISHDA OZIQ-OVQAT EKSPERTIZASINING ROLI
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada jinoyatlarni tergov qilishda oziq-ovqat
mahsulotlari ekspertizasining rolini o‘rganish hamda ushbu tizimni yanada
takomillashtirishni muhokama qilishga bag‘ishlangan. Jinoyatlarni tergov qilishda
oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi mavjud mexanizmini yanada optimallashtirish
bo‘yicha qisqacha ma’lumotlar berilgan.
FIZIK-KIMYOVIY EKSPERTIZASINING AHAMIYATI
Annotatsiya: Jinoyatlarni aniqlash va tergov qilish jarayonida huquq-tartibot
organlari va sud ekspertlarining roli katta ahamiyatga ega. Bu jarayonlarning
samaradorligi ko'pincha ilmiy tadqiqotlar va ekspertizalarga bog'liq bo'lib, ulardan biri
— fizik-kimyoviy ekspertizadir. Fizik-kimyoviy ekspertiza jinoyatlarni aniqlashda va
dalillarni tekshirishda muhim ilmiy asoslarni taqdim etadi. Maqsad — jinoyat joyidagi
yoki jinoyat bilan bog'liq materiallarni tahlil qilib, jinoyatning xususiyatlarini aniqlash
va huquqiy xulosalar chiqarishdir.
КУРИЛИШ ТЕХНИК ЭКСПЕРТИЗА: ТУРАР ВА НОТУРАР ЖОЙЛАРНИ БАҲОЛАШ МАСАЛАЛАРИ.
Аннотация: Ушбу мақола қурилиш техник экспертизасининг турар ва
нотурар жойларни баҳолашга оид масалаларни ўрганишга бағишланган.
Мақолада бино ва иншоотларнинг техник ҳолатини баҳолаш, уларнинг
эксплуатацияга мослиги, қайта қуриш ёки таъмирлаш зарурияти, шунингдек,
инженерлик коммуникацияларини текшириш каби муҳим жиҳатлар муҳокама
қилинган. Турар жойлар (аҳоли учун яратилаётган яшаш жойлари) ва нотурар
жойлар (ишлаб чиқариш ва хизмат кўрсатиш объектлари) ўртасидаги фарқлар ва
уларнинг техник текширишдаги ўрни тушунтирилган. Маълум бўлишича, бино
ва иншоотларнинг ҳолатини аниқлаш, уларнинг ишлаб чиқариш ва
эксплуатацияга мослигини текшириш, аҳоли хавфсизлигини таъминлашда
муҳим аҳамиятга эга. Мақола қурилиш соҳасидаги муаммоларни ечиш ва
ижтимоий-иқтисодий ривожланишга ҳисса қўшиш учун техник экспертизани
сифатли амалга ошириш муҳим эканлигини кўрсатади.
YO‘L TRANSPORT HODISASI EKSPERTIZASINING O‘ZIGA XOSLIGI
Annotatsiya: Yo‘l transport hodisasi ekspertizasi ayni paytda eng dolzarb
ekspertiza turi hisoblanib, huquqshunoslik sohasida avtohalokatda qoidabuzarlikni va
aybni aniqlashda, transport holati nosozligini va xavfsizlik meyorlariga amal
qilinganlik darajasini oydinlashtirishga qaratilgan ekspertiza turi.
FONOSKOPIK EKSPERTIZANING BUGUNGI KUNDAGI IMKONIYATLARI VA AHAMIYATI
ANNOTATSIYA: Maqolada fonoskopik ekspertizasninig bugungi kundagi
imkoniyatlari va hamiyati, bugungi kundagi o’rni vazifalari va tasnifi, uning
ekspertizadagi o`rni haqida so`z yuritilgan. Bundan tashqari ushbu maqolada
fonoskopik ekspertizasi obyektlari o’tkazilish tartibi yoritilgan.
DNK EKSPERTIZASI OTKAZISHDA BIOLOGIK IZLARINING AHAMIYATI
Annotatsiya
DNK ekspetizasi jinoyatlarni ochish va ularni tergov qilishda muhim rol o’ynaydi.
Bu sohada dnk ekspetizasi, ya'ni identifikatsiya va individualizatsiya uchun
ishlatiladigan biologik belgilar, juda muhim ahamiyatga ega. biologik izlarining dnk
ekspertizadagi roli, ayniqsa, aybdor shaxsni aniqlashda, jinoyatga aloqador shaxslarni
tasvirlashda va tasodifiy yoki maqsadli huquqbuzarliklarni o‘rganishda katta ahamiyat
kasb etadi. biologik izlari odatda eng aniq va o‘ziga xos biologik belgilardan biri bo‘lib,
bu ekspertiza turining jinoyatlarni tergov qilishda qo‘llanilishi juda samarali va aniq
natijalarga olib keladi. Dnk yekspertizasining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri
shundaki, har bir insonning bilogik belgilari boshqa shaxslarning bialogik belgilaridan
sezilarli darajada farq qiladi. Shuning uchun biologik izlar jinoyat joylarida qoldirilgan
izlar sifatida, har bir insonni ajratishga yordam beradigan juda aniq bir vosita sifatida
ishlatiladi. Dnk ekspertizasi o‘tkazish, asosan, jinoyatchilikni identifikatsiyalashda va
jinoyatchining ishtirokini tasdiqlashda samarali hisoblanadi. Jinoyat joyidan topilgan
boshqa biologik izlar (masalan, qon yoki soch izlari) ekspertizada ishlatiladi. Ular,
masalan, huquq-tartibot organlari tomonidan tergov olib borilayotgan jinoyatning
o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga yordam beradi. Biologik izlari bilan bog‘liq dnk
ekspertizalar, jinoyatni sodir etish vaqtida shaxsning holatini yoki maqsadlarini
aniqlashga yordam berishi mumkin.
BUXGALTERLIK EKSPERTIZASINING TADQIQOTIDA HAL ETILADIGAN MASALALARNING AHAMIYATI
Annotatsiya: Sud-buxgalteriya ekspertizasi iqtisodiy ekspertizaning eng keng
tarqalgan turlaridan biri bo‘lib, u korxona (tashkilot), xo‘jaliklarning buxgalteriya
hujjatlaridagi hisob-kitob jarayonlarini (operatsiyalarini) tahlil qilinishi, davlat, jamoa
mulki talon-taroj qilinganlik va boshqa xo‘jalik, mansab jinoyatlarini ochish kabi
holatlarga ehtiyoj tug‘ilganda o‘tkaziladi.
JAMIYATDA TARBIYANING OʻRNI VA AHAMIYATI
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola oilada va jamiyatda shaxslarning xatti-harakatlari, munosabatlari
va e’tiqodlarini shakllantirishda tarbiyaning rolini o‘rganadi. Maqolada bolani
tarbiyalashga yordam beradigan turli xil omillar, masalan, tarbiya uslublari, madaniy
qadriyatlar va ijtimoiy-iqtisodiy holat muhokama qilinadi. Shuningdek, u
sotsializatsiya jarayonining shaxsning shaxsiyati, axloqiy qadriyatlari va ijtimoiy
ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyatini ta’kidlaydi. Maqola sog‘lom va ijobiy
tarbiyaning jamiyatga ijobiy hissa qo‘sha oladigan barkamol shaxslarni yaratishda
ahamiyatini ta’kidlash bilan yakunlanadi.
ЁШ ФУТБОЛЧИЛАРНИ ТАЙЁРЛАШ ВА РИВОЖЛАНТИРИШДА ЗАМОНАВИЙ ЁНДАШУВЛАР
Аннотация: Мақолада ёш футболчиларни тайёрлаш ва ривожлантиришда
замонавий ёндашувлар таҳлил қилинган. Ёш спортчиларнинг жисмоний, техник,
тактик ва психологик ривожланиши, шунингдек, уларнинг соғлом турмуш
тарзига эътибор қаратиш муҳимлиги таъкидланган. Жаҳон тажрибаси асосида
Германия, Испания, Франция каби мамлакатлардаги футбол академиялари
тажрибаси ўрганилган. Ўзбекистонда ёш футболчиларни тайёрлашда давлат
дастурлари, мураббийлар малакаси ва замонавий инфратузилманинг аҳамияти
кўрсатиб ўтилган. Ушбу жараёнда ота-оналар ва мураббийларнинг ўрни, тўғри
овқатланиш, психологик тайёргарлик ва инновацион машғулот методларининг
аҳамияти таъкидланган.
РОЛЬ ФИЗИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ В ПРОФИЛАКТИКЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ ЗАБОЛЕВАНИЙ У СОТРУДНИКОВ ОРГАНОВ ВНУТРЕННИХ ДЕЛ
Аннотация: В статье рассматривается значение физической подготовки
для профилактики профессиональных заболеваний у сотрудников органов
внутренних дел. Анализируются основные факторы, способствующие развитию
заболеваний, а также влияние регулярной физической активности на здоровье и
работоспособность сотрудников. Предлагаются рекомендации по внедрению
систематической физической подготовки в профессиональную практику ОВД
для повышения качества жизни и эффективности работы.
ВЛИЯНИЕ БОЕВЫХ ИСКУССТВ НА ПРОФЕССИОНАЛЬНУЮ ПОДГОТОВКУ СОТРУДНИКОВ МИНИСТЕРСТВА ВНУТРЕННИХ ДЕЛ
Аннотация: В статье рассмотрено влияние боевых искусств на
профессиональную подготовку сотрудников Министерства внутренних дел
(МВД). Подчеркивается значимость боевых искусств в развитии физических,
психологических и этических качеств, необходимых для эффективного
выполнения профессиональных обязанностей. Анализируется их роль в
повышении физической выносливости, формировании стрессоустойчивости и
профессиональной этики, а также в профилактике профессионального
выгорания. Делается вывод о необходимости интеграции боевых искусств в
систему подготовки сотрудников МВД для повышения их профессионализма и
готовности к выполнению оперативных задач.
ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИ ХОДИМЛАРИДА ЖАСОРАТ ВА МАРДЛИК ФАЗИЛАТЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА ЖИСМОНИЙ ТАЙЁРГАРЛИКНИНГ АҲАМИЯТИ
Аннотация: Мазкур илмий мақолада ички ишлар органлари
ходимларининг жасорат ва мардлик фазилатларини шакллантиришда жисмоний
тайёргарликнинг аҳамияти таҳлил этилган. Ходимларнинг хизмат вазифаларини
сифатли бажаришида жисмоний тайёргарликнинг ўрни, унинг жасорат ва
мардлик фазилатларига таъсири, шунингдек, жисмоний тайёргарликни
такомиллаштириш бўйича илмий-амалий тавсиялар кўриб чиқилган. Тадқиқотда
ички ишлар органлари ходимларининг жисмоний тайёргарлиги даражасини
аниқлаш учун анкета сўрови, педагогик кузатув ва таҳлил усулларидан
фойдаланилган.
ЖАНГОВАР ТАЙЁРГАРЛИКНИНГ НАЗАРИЙ АСОСЛАРИ ВА АМАЛИЁТДАГИ АҲАМИЯТИ
Аннотация: Жанговар тайёргарлик курсантларнинг фаолияти ва
амалиётдаги устунликларни мустаҳкамлаш учун зарур шарт-шароитларни
яратади. Бу мақолада жанговар тайёргарликнинг назарий асослари, унинг
курсантларнинг шахсий ва гуруҳий қобилиятларига таъсири, шунингдек, ички
ишлар органларидаги муҳим роли таҳлил қилинади. Жанговар тайёргарлик ҳар
бир курсантнинг қувватини, қобилиятини ва ахлоқий-руҳий ҳолатини
мустаҳкамлашга қаратилган бўлиб, у курсантларнинг фақат шахсий тажрибаси
учун эмас, балки ташкилотнинг муваффақиятли фаолият кўрсатиши учун ҳам
муҳимдир. Мақолада жанговар тайёргарликнинг аҳамияти, унинг назарий
асослари ва амалиётдаги ўрни, шунингдек, курсантлар учун зарур бўлган
психологиявий ва физик омиллар муҳокама қилинади. Ушбу мақола ички ишлар
органларидаги курсантларнинг профессионал тайёргарлигини таъминлашдаги
асосий йўналишларни кўрсатишга қаратилган.
ЖАНГОВАР ТАЙЁРГАРЛИКНИНГ ПСИХОЛОГИЯСИ
Аннотация: Жанговар тайёргарликнинг психологияси курсантларнинг
психологик ва эмоционал ҳолатини шакллантиришга қаратилган. Бу мақолада
стрессга, хавфга ёки янги ҳолатларга тез мослашиш қобилиятини
шакллантириш, шунингдек, психологик тайёргарликнинг ички ишлар
органларидаги роли, айниқса, терговчилар ва жиноятчилар билан ишлашдаги
аҳамияти таҳлил қилинади. Мақолада психологик тайёргарликнинг мураккаб
йўналишлари ва уларнинг курсантлар учун қандай аҳамиятга эга эканлиги,
шунингдек, ички ишлар органларида самарали ишлаш учун зарур бўлган
психологиявий қобилиятлар, уларнинг фаолиятидаги ўзгаришлар кўриб
чиқилади.
ВЛИЯНИЕ УРОВНЯ ФИЗИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ НА РЕЗУЛЬТАТЫ ПРОБЫ РУФЬЕ У СОТРУДНИКОВ МВД В ВОЗРАСТЕ 30–40 ЛЕТ.
Аннотация: В статье исследуется взаимосвязь между уровнем физической
подготовки и результатами пробы Руфье у сотрудников Министерства
внутренних дел (МВД) в возрасте 30–40 лет. В исследовании приняли участие 50
сотрудников, разделенных на группы в зависимости от уровня физической
активности. Оценка функционального состояния сердечно-сосудистой системы
проводилась с использованием индекса Руфье. Полученные результаты
показали, что регулярная физическая подготовка способствует улучшению
показателей сердечно-сосудистой системы, повышая адаптационные и
восстановительные возможности организма. Автор делает акцент на
необходимости внедрения регулярных занятий физической культурой в систему
профессиональной подготовки сотрудников МВД с целью повышения их
физической работоспособности и профилактики сердечно-сосудистых
заболеваний.
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MANTIQIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISHDA MONTESSORI METODIKASIDAN FOYDALANISH.
Annotatsiya: Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
maktabgacha yoshdagi bolalarni mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda
Montessori metodikasining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Montessori
metodikasining asosiy tamoyillari, o‘quv jarayonida bolalarning mantiqiy fikrlashini
shakllantirishda qo‘llanilishi va uning samaradorligi to’g’risidagi ma’lumotlar va
amaliy faoliyatlar yoritiladi.
МАВЗУ: ФОТО ВА ВИДЕОЛАРНИ ҚАЙТА ТИКЛАШНИНГ ХОЗИРГИ ЗАМОНДАГИ ИМКОНИЯТЛАРИ ХАМДА УНИНГ АХАМИЯТИ.
АННОТАЦИЯ: Мақолада, замонавий ахборот технологиялари ва
интернетнинг ривожланиши билан бирга, фото ва видеоларни қайта тиклаш
экспертизасининг аҳамияти ва долзарблиги ўрганилади. Бугунги кунда, мазкур
экспертиза тури нафақат юридик соҳада, балки журналистика, таҳлил ва
хавфсизлик соҳаларида ҳам муҳим рол ўйнамоқда. Фото ва видеоматериалларни
қайта тиклаш, уларнинг чўзиш ва ўзгаришларга учраганлигини аниқлаш,
ҳужжатларнинг аниқлигини ва ҳаққонийлигини текшириш, жиноят ишлари ва
оммавий ахборот воситаларини текширишда муҳим аҳамият касб этади.
Мақолада бу жараённинг техник жиҳатлари, амалий аҳамияти ва келажакдаги
тенденциялар ҳамда бу соҳадаги муаммолар муҳокама қилинган.
YOSHLARNI KASBGA YO‘NALTIRISHNING MUHIM VAZIFALARI
Annotatsiya: Mazkur maqolada о‘quvchilarini kasbga yо‘naltirishda dastlabki
pedagogik jarayonlar tahlil etilgan bо‘lib, bu jarayonda о‘qituvchining pedagogik
mahorati, kasb tanlashga oid bilim va kо‘nikmalari, vazifalari, shuningdek kasb
tanlashda shaxs hislatlari, о‘quvchi psixologiyasi, o‘quvchilarni kasb tanlashga
tayyorligini ko‘rsatuvchi mezonlar mazmuni haqida ma’lumot berilgan.
O’QUVCHILARDA TEMPERAMENT VA XARAKTERNI SHAKLLANISH OMILLARI
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola o‘quvchilarning xarakterini shakillantirishda oila, maktabgacha
ta‘lim muasassalari, kasb-hunar maktablarining roli va ahamiyati haqida.
Temperament turlari haqida qisqacha ma‘lumot berilgan.
KASB-HUNARGA YO’NALTIRISHNING PSIXOLOGIK AHAMIYATI
Annotatsiya: Yoshlarni kasbga yo’naltirishning nazariy shart-sharoitlari,
fanning maqsadi vazifalari va asosiy tamoyillari. Kasbga yo’naltirishni mohiyati va
mazmuni haqidagi fikrlar yoritilgan
VOYAGA YETMAGANLAR ORASIDA SUITSIDNI OLDINI OLISHDA SAMARALI ISHLARNI TASHKIL ETISHNING MUHIM VAZIFALARI
Annotatsiya: Maqolada xozirgi kunda dolzarb bo’layotgan yoshlar o’rtasidagi
suitsid, ya’ni inson o’z joniga qasd qilish muammosi ko’tarilgan. Mualliflar maqolada
ko’tarilgan muammoni turli metodlar yordamida yechimini keltirib o’tgan.
TALABALAR ORASIDA UYQU BUZILISHINING KOGNITIV FAOLIYATGA TA’SIRI
Annatatsiya. Talabalar orasida uyqu buzilishining kognitiv faoliyatga tas’irini
o’rganish uchun statistik tahlil o'tkazildi. Uyqu shubhasiz inson tanasining to’g’ri va
meyorida ishlashi uchun eng muhim fiziologik faoliyatlardan biridir. Uyquning yetarli
bo’lmasligi yurak qon tomir kasalliklari, neyrokognitiv funksiya, psixologik
kasalliklar, metobolik anomaliyalar va akademik ko’rsatkichlarga salbiy ta’sir
ko’rsatadi.Kognitiv faoliyat bu- xotira, aqliy faaoliyat va boshqa kognitiv funksiyalar
hisoblanadi. Maqolada aynan uyqu yetishmovchiligining kognitiv faoliyatga ta’sirini
tibbiyot talabalari o’rtasida ko’rib chiqilgan.Natijalarga ko’ra uyqu buzilishi talabalar
kognitiv faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi aniqlangan.
OʻSIMLIKLARNING OZUQAVIY QIYMATI HAQIDA.
Annotasiya: Ushbu maqolada oʻsimliklarning ozuqaviy qiymati, ularning inson
salomatligi uchun ahamiyati, tarkibidagi asosiy ozuqa moddalari oqsillar, yogʻlar,
uglevodlar, vitaminlar, minerallar va ularning biologik faolligi tahlil qilinadi. Oʻsimlik
mahsulotlarining turli xil turlari don, sabzavot, meva, yongʻoq boʻyicha ozuqa
qiymatining farqlari koʻrib chiqiladi.
SANOAT KORXONALARIDA AXBOROT TIZIMLARINING O‘RNI
Annоtasiya: Axborot tizimlari uchun mo’ljallangan korxonaning tezkor
boshqaruvi korxona to’g’risidagi barcha mavjud ma’lumotlarni o’z ichiga olgan
ma’lumotlar bazasi asosida tuziladi. Ushbu turdagi axborot tizimi biznesni boshqarish
vositasi bo’lib odatda korxona axborot tizimi deb ataladi.