Mualliflar

  • O'zganboyev Rasuljon Raimdjonivich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95655

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: gandbol zamonaviy pedagogik texnologiyalar sport mashg’ulotlari usul uslub o’yin taktika texnika.

Annotasiya

Annotatsiya:  Maqolada  muallif  tomonidan  gandbol  sport  mashg’ulotlarini 
tashkil etish va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish haqida 
ma’lumotlar keltirilgan.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

199

ISSN:3030-3613

GANDBOL SPORT MASHG’ULOTLARINI TASHKIL ETISH VA

ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI

FOYDALANISH

O'zganboyev Rasuljon Raimdjonivich

Farg'ona viloyati Marg'ilon shahar 15 - umumiy o’rta ta’lim maktabi

jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi.


Annotatsiya:

Maqolada muallif tomonidan gandbol sport mashg’ulotlarini

tashkil etish va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish haqida
ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

gandbol, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, sport

mashg’ulotlari usul, uslub, o’yin, taktika, texnika.

Аннотация:

В статье даны сведения об организации спортивной

тренировки по гандболу и эффективном использовании современных
педагогических технологий.

Ключевые слова

: гандбол, современные педагогические технологии,

методика спортивной тренировки, стиль, игра, тактика, техника.

Abstract:

The article presents information about the organization of handball

sports training and the effective use of modern pedagogical technologies by the author.

Keywords:

handball, modern pedagogical technologies, sports training method,

style, game, tactics, technique.


KIRISH

O‘zbekistonda qo’l to’pi (gandbol) sporti ham boshqa ko’pgina sport turlari kabi

jadallik bilan o’sib rivojlanib bormoqda. Qo’l topi sportining hozirgi vaqtdagi
rivojlanishida yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish
katta ahamyat kasb etadi. Hozirgi davrda har bir maydon o’yinchisi bilan, murabbiylar
alohida individual shug’ullanib kelmoqda. Maydondagi hujumchi o‘yinchi texnikasi
darvozabon va himoyadagi o‘yinchilar texnikasidan farq qiladi. O‘yinda hujumchi turli
xil vazifalarni bajaradi: rejissyor, boshqaruvchi, o‘yinchi himoyachilarni yorib
o‘tuvchi, o‘yin boshlovchi va boshqa vazifalarni bajaradi. O‘yinni tezkor hujum ostida
olib borishda, to‘pni to'g’ri va aniq qabul qilib olish ko‘nikma malakalarining
shakllanganligiga bog’liq. Bu esa, eng avvalo to‘p uchun yakkama-yakka kurash olib
borganda va maydon markazida o‘ynovchi o‘yinchilar uchun juda muhim.

MUHOKAMA

To‘p uzatishda yuqoridan tashlab borish, to'satdan tezda shiddatli uzatish (yon

tomonga bosh orqasidan yoki yelka orqa tomonidan), bir qo‘lda to‘pni kuch bilan
tashlashlardan foydalaniladi. Darvozaga to‘p kiritish holatini amalga oshirishda turli


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

200

ISSN:3030-3613

holatlardan, yuqoridan tashlash holatini vujudga keltirishda yelka, bel, tizza va tizza
pastigacha chegaralanadi. To‘p uzatish tomoniga egilib yo egilmasdan, yuqoriga
sakrab to‘p uzatish va sakrab gavda yuqori qismini to‘p uzatishga qarama-qarshi
tomonga ozroq yonga engashtirib to‘p uzatish; yon tomonga yiqilayotganda sakrab
yoki sakramasdan to‘p uzatish (yon tomonga yiqilayotganda boshni orqa tomonidan
to‘pni yuqoridan uzatish, qarama-qarshi uzatish) va shu bilan birga orqa tomonga
uzatish kabi turli xil holatlaridan foydalanadi. Hujumchi o‘yinchi raqib jamoa to‘siqni
irg’ib yiqitish yo‘li bilan yengib o‘tishi, yiqilib irg’ish bilan bir vaqtda va sakrab irg’ish
yo‘li bilan raqib darvozasi zonasiga kirishlarni bajarish va yengib o‘tishi kerak. O‘ziga
erkin harakatlanishi uchun u aldamchi harakatlar qo‘llaydi. Gandbolchilarda turli-
tuman, ko‘p kombinatsiyali harakatlardan foydalanish kuzatiladi.Jismoniy
ma’lumotlarga va o‘yin malakalariga bog’liq holda himoyachi quyidagi vazifalarni hal
etadi: darvoza markazi 1- zonasida markaziy himoyachi, yarim himoyachi va yon
himoyachi yoki old tomon himoyachi vazifasini bajaradi. Himoyachilar raqib jamoa
darvozaga zarba berishlaridan avalroq raqib to‘pini olib qo‘yishga urinishi yoki zarba
berishlariga yo‘l qo‘ymasliklari kerak. Bunday holatlarda himoyachilar doimo
darvozalar orasida turishlari va raqib jamoa hujumchilarini darvozalariga kirishga
urinishlariga yo'l qo‘ymasliklari uchun darvoza zonasida qulay holatda turishlari kerak.
Ular raqib to‘pini egallab olishga yoki to‘p uzatishga halaqit berishga urinadilar. Agar
hujumchi to‘pni tebrantirib olib yurib ketayotgan bo’lsa, himoyachi to‘pni olib qo‘yishi
mumkin. To‘p uzatishni amalga oshirish vaqtida raqib qo‘liga tegish, 7 metrli jarima
to‘pini ijro etilishiga sabab bo‘ladi. Agar hujumchi to‘p uzatishni amalga oshirgan
bo’lsa, bunday hollarda (to‘pni to‘sish mumkin) to‘p uzatgan tomonga bir yoki ikki
qo’l bilan qaytarish orqali to‘pni to‘sish mumkin. Darvozabon va himoyachilarning
yaxshi xatti-harakatlari samarali himoya holatini tashkil etadi. Asosiy vaziyatlarda
darvoza yaqinida himoyachilar darvozaga tomon kirish burchaklarini yopadilar,
hujumchilar to‘p uzatishlarining oldini oladilar va bar bir xavfli hujumni bartaraf
etishga to‘sqinlik qiladilar. Darvozabon esa o‘z diqqatini bir joyga jamlab darvoza
tomonlariga e’tiborini qaratishga yordam beradi. Chekka himoyachi raqibni darvozaga
kirish zonasiga kirishini oldini olishga harakat qiladi. Darvozabon bo‘layotgan barcha
hodisalar markazida turadi. Darvozabonni darvozada turishining asosiy holati - tizzaga
ozroq egilib, oldinga chiqish, qo‘llar yuqorida oyoq yelka kengligida. Yuqoridan
kelgan to‘pni tepaga ko'tarilgan qo‘li yoki qo‘l panjasi bilan qaytaradi, pastdan kelgan
to‘plami oyoq yoki oyoq kafti bilan bartaraf qiladi. O‘rta balandlikdagi to'pni
qaytarishga ishonch hosil qilish uchun qo‘l va oyoqni ishlatadi. Malakali
darvozabonlar to‘pni korpuslari bilan qaytaradilar. Agar to‘p uzoq masofadan
uzatilgan hollarda to‘p uchun darvozadan yugurib chiqish kerak. To‘p uzatishlarni
qolgan vaziyatlarida darvozabon darvoza ustuni yonida to‘pni qaytaradi. Samarali
bartaraf etilgan hujumdan so'ng yoki darvozaga samarasiz yo‘naltirilgan to'pdan keyin


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

201

ISSN:3030-3613

darvozabon zudlik bilan to‘pni chiziq o‘yinchilariga qarshi hujum qilishlari uchun
to‘pni uzatishga tayyorlanishi kerak. 2.2. Taktika To‘p jamoadaligida hujum qilishga
bog’liq holda hujumga o'tish va hujumiga qarshi hujum qilish holati farqlanadi. Raqib
jamoa hujumiga qarshi hujum qilishda hujumchilar maydon markaziga 2 oqimda
to‘lqinsimon harakatlanadilar va 1 yoki 2- oqimda harakat qilayotgan o‘yinchilardan
biri raqib jamoa hujumga qarshi himoya holatini tuzishga ulgurgunga qadar darvozaga
zarba beradilar. Agar himoyachilar hujumga qarshi himoyalanishga ulgursalar, hujum
olib borish amalga oshiriladi. Hujumchilar eng avvalo, ma’lum bir holatlari bilan
ajralib turadi. Turli tizimlarni hujum paytida himoyani amalga oshirishda foydalanish
uchun hujumchi o‘yinchilarning sonini hisobga olib taqsimlash xuddi raqib jamoa
himoyachilar zonasiga uzoq masofaga to‘p uzatishlarini va bir tomondan markaziy
o‘yinchilar to‘p otish zonasidagi qisqa masofaga to‘p uzatishlar tizimini (odatda ular 2
guruhlarga: qanot markaziy va markaziy o‘yinchi) tuziladi. 3:3 va 2:4 tizimi samarali
hisoblanadi. Nufuzli musobaqalarda ishtirok etishda har qanday jamoa ushbu tizimlami
bir xilda samarali egallagan bo'lishlari kerak. Ayrim o‘yinchilarning maydonda
harakatlanishini ixtisoslashganligi va har tomonlama ixtisoslashganligi jamoa u yoki
bu hujum taktikasini qo‘llashlari mumkin. Agar o‘yinchilarning aksariyat qismi o‘z
holatlarini ushlab tursalar bu holda pozitsiyali (holat) taktika haqida so‘z boradi.
Asosan raqibga o‘yinchilar holatining kutilmaganda almashib harakatlanishi salbiy
ta’sir qiladi (holatlar almashinuvi taktikasi). Raqib jamoa hujumini bartaraf etishi,
himoyachilar uchun alohida egallagan holatlarida, odatda ushbu zonadagi o‘yinchi yon
tarafidagi bo‘shliqning o‘ng va chap tomonida uncha katta bo‘lmagan zonada
harakatlanadilar. Odatda tanlangan o‘yin sxemasi va rejalashtirilgan taktikasi asosida
yoki sportchilarni o‘z tajribalaridan aniqlangan bu zonada o‘yinchi orqaga va oldinga
harakatlanadi. Shunday qilib, darvozaga o`zining aniq zarbalari bilan tanilgan, xavfli
va tajribali o‘yinchini, doimo yaqin masofada va har vaqt uni berkitish yetarli, shu
fursatda darvozaga to‘p urish xavfini tug’diradigan o‘yinchilar, maydonning katta
qismida harakatlanishi va ularni faqatgina uzoqdan berkitishlari mumkin. Himoya
tizimidan kelib chiqqan holda, himoya taktikasi mudofalanish yoki hujumkor
harakatlardan iborat bo‘lishi mumkin. To‘p bilan muomiladagi raqibni gavda bilan
to‘xtatib qolishga doimo intilishda himoyachilardan hujumchi o‘yinchilar
yuklamasidan qolishmaydigan katta jismoniy yuklamalar talab qilinadi. Hujum tizimi
holatini o‘yin davomida qisqa yoki davomiy vaqtgacha o‘zgartirishi mumkin (taktika
tizimini almashtirish). O‘yin sur’ati va ritmini va ulami almashtirish katta ahamiyatga
ega: aldamchi harakatlar bilan o‘yin sur’atini oxista olib borish, dribling va individual
yorib o‘tishlar, driblingsiz va aldamchi harakatlarsiz o‘yin sur’atini keskin harakatlar
bilan olib borish.Himoyalanish harakatlarini tashkillashtirishda hozirda zonali
himoyalanish qo‘llaniladi. Bunday ajralib turadigan xususiyatli himoyalanishlarni
ko‘rsatishda, hujumchilarni himoyada turgan jamoa darvozasi yaqinida o‘zlarini hujum


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

202

ISSN:3030-3613

holatlarini o‘zgartirishlari, doim bir himoyachi harakatlanish zonasidan, keyingi
himoyachi harakatlanish zonasiga o‘tib harakatlanadilar. Bunday hollarda
himoyachilar, hujumchilar harakatini o‘zining zonasidan tashqarida nazorat qilishlari
va 16 hujumchilar boshqa zonaga o‘tishda jamoalaridagi sherigiga vasiylikka
“topshiradi”. To‘p uzatish zonasiga qisqa va uzoq masofalarga uzatilganda
himoyachilarni joylashtirishda asosan 6:0, 5:1, 4:2 va 3:3 himoyalanish tizimi
farqlanadi . Shaxsiy himoyada har bir o‘yinchi hujumchilardan birini vasiylikka oladi,
o‘nga doimo himoya qilayotgan darvozasi tomonga birorta o‘yinchining
yaqinlashishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shaxsiy va zonali himoyalanishni umumlashtirib,
ulami bir butun qilib birlashtirish bugungi kunda tez-tez kuzatilmoqda. Birga olib
borilgan sxemada 5:1 ya’ni 5 ta himoyachi zonali himoyalanish qoidasi bo‘yicha
o‘ynadi, keyingi bitta himoyachi o‘zining aniq zarbalari ajralib turadigan raqibni
o‘zining vasiyligiga olishni amalga oshiradi.

O‘yinlarni yuqori saviyada o‘tkazish va yuqori natijalarga erishish uchun

mashg’ulotlar ko’rinishini (aspekt) ko‘pgina qirralarni rivojlantirish talab qilinadi.
Umumiy va maxsus jismoniy, funktsional va koordinatsional ko'nikmalar, o‘ziga xos
(individual) o‘yin texnika va taktikasining rivojlanganligi, guruh usullar va barcha
jamoa tarkibida o‘yin taktikasi. Buning uchun mashg’ulotlarni o‘ziga xos guruhli va
jamoali kurinishda tashkillashtirish kerak. O‘yinchining alohida o‘ziga xos taktik va
maxsus, universal texnik tayyorgarligining asosiy ko’rinishi quyidagicha bo‘ladi:
to‘pni qabul qilish, uzatish, dribling va aldamchi harakatlar, darvozaga to‘p yo‘llash;
to‘p uchun birma-bir kurashda himoyalanish, to‘sqinlik qilish; darvozabonni
tayyorlash. Bunday mashg’ulotlar vositasi, o‘yinchilar harakati yo‘nalishi va to‘p
yo‘nalishni, shu bilan birga harakatlari oldindan ma’lum bo‘lgan o‘yinchilarni to‘g’ri
joylashtirish natijasida o‘yin vaziyatlarini ko‘plab takrorlash mumkin. Bu mashqlarni
sportchilar dastlabki yoki so‘nggi qo‘shimcha jismoniy yuklama bilan yoki usiz
bajarmaydilar.Bunday hollarda mashg’ulot vositasi bo‘lib, o‘yin mashg’ulotlari
vaqtida raqib jamoaning zaif himoyalanishi va bunday o‘yin ko’rinishi sportchidan
o‘yin vaziyatidan qat’iy nazar, mustaqil qaror qabul qilishni talab qiladi. Bunda
hujumchilar maydonni butun kengligidan yoki bir qismidan foydalanib maydonni
yarmida (misol: 2:2,3:3,4:4) o‘ynaydilar. Taktik tayyorgarlik davrida butun jamoa
tarkibidagi barcha o‘yinchilar harakati kelishilgan holda ishlab chiqiladi, himoya va
hujumda o‘yin tizimlari ishlab chiqiladi. Shu bilan birga sur’at, o‘yin ritmi, o‘yin
usullaridan foydalanish kabi harakatlar ishlab chiqiladi. Buning uchun o‘yin tarzidagi
mashg’ulotlar va maydonning yarmida o‘ynashlardan foydalanish mumkin. Qo‘l
to‘pichilarning funktsional tayyorgarligi doimiy qisqa masofalarga yugurish
mashqlaridan va sport va jadallik bilan yugurish yo‘nalishi harakatlarini, to‘xtashlar
bilan sur’atini o‘zgartirish, o‘yinda eng kerakli bo‘lgan chidamlilikni, uzunlikka va
balandlikka sakrashni, mashg’ulotlarda og’ir to‘plarni otish va uzoqdan to‘p uzatish,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

203

ISSN:3030-3613

o‘yinda eng kerakli bo‘lgan chidamlilikni oshirishda jismoniy sifatlarini rivojlanishiga
yordam beradi. Funktsional tayyorgarlik shu bilan birga gimnastik va yengil atletikaga
oid mashqlar yordamida ham amalga oshiriladi. O’zbekiston gandbolida hal etilmagan
muammolar hali anchagina. Bugungi kunda avvalo qo’l to’pi jamoalaridagi o’quv
mashg’ulotlari jarayoni va tarbiyaviy ishlar sifatini keskin yaxshilash kerak bo’ladi.
Sport ilmiy vakillari - pedagogika fanlari doktori E.Seytxalilov, pedagogika fanlari
nomzodlar o’z tajribalari asosida gandbolga doir qanday yangilik va ilg’or usullarni va
taklif yoki tavsiya etadigan bo’lsalar, hammasi bilan qurollanish lozim. Shularga amal
qilgandagina eng yaxshi jamoalarimiz jahon gandbolida yetakchi mavqega ega
bo’lishlari mumkin. Individual harakatlar. Individual (shaxsiy) harakat joy tanlash
uchun to’p bilan va to’psiz hujumchiga qarshi kurashda mo’ljallangan. Joy tanlash –
himoyada muvaffaqiyatli harakat qilishning muhim holatidir. Hujumning
rivojlanishini diqqat bilan kuzatib, to’p egallagan hujumchiga yaqin bo’lish niyatida
himoyachi muntazam joy almashtiradi va ayni vaqtda vasiylik qilgan o’yinchisini
nazorat qilishda davom etadi. Buning uchun himoyachi maqsadga muvofiq usulda
harakat qilishni tanlagani ma‘qul. To’pni olib qo’yish-qarshi hujum muvaffaqiyatining
asosidir. Shuning uchun himoyachi hamisha to’pni egallashga harakat qilishi kerak.
Buning uchun u darvozani himoya qiluvchi o’yinchilar orasida va shu bilan to’p uzatish
imkoniyati bo’lgan chiziq yaqinida joylashishi kerak. Ba‘zi hollarda oldinga chiqishi
va to’p uzatish yo’nalishini to’la berkita olgani maqsadga muvofiqdir. To’p egallashga
chiqmoqchi bo’lgan o’yinchining yo’nalishini gavda bilan to’sib, unga halaqit qilish
mumkin. To’p egallagan o’yinchini mo’ljalga olish imkoniyatidan va to’p uzatishga
qulay usuldan foydalanishdan mahrum etish, to’pni otishi yoki erga urib olib yura
olmasligi uchun unga hujum qilish zarurdir. To’p bilan bo’lgan o’yinchini yon chiziq
tomon yoki uning kuchsiz qo’li tarafiga siqib chiqarish maqsadga muvofiq bo’ladi.
To’p bilan to’xtatgan 90 o’yinchiga darhol uning kuchli qo’li tomonidagi yelkasiga
qo’l qo’yib, hujum qilish zarurdir. O’yinchilarni darvozaga yaqinlashtirmasdan,
uzoqroq masofaga chiqib kutib olish ijobiy natija beradi (to’qqiz metrlik chiziq oldida).
To’p otuvchi o’yinchiga qarshi himoyachi to’siq qo’yishni ishlatishi shart. Shu bilan
birga, qo’shimcha to’siq qo’yishni tashkil etish uchun, unga yaqin turgan sherigi
yordamga kelishi kerak. Himoyachi darvoza bilan to’p otayotgan o’yinchining zarba
beruvchi qo’li orasiga joylashib, u to’p otayotgan tomondagi darvozaning burchagini
to’sadi. Bu darvozaning yaqin va uzoq burchaklari bo’lishi mumkin. To’p, to’siq
qo’yuvchining qo’li va darvoza markazi xayolan chiziqlar bilan biriktirilib, o’tmas
burchak hosil qilinadi. Burchakning yo’nalishi, darvozaning qaysi tarafini ximoya
qilish kerakligini ko’rsatadi. Ayniqsa, chalg’itishlardan foydalanadigan o’yinchiga
qarshi ehtiyotkorlik bilan harakat qilish kerak. Muayyan sharoitda hujumchiga qaysi
harakat qulay bo’lishini oldindan belgilab olishi va aldamchi harakatga ahamiyat
bermasdan, diqqat-e‘tiborni asosiy xavf keladigan joyga qaratish kerak. Faqat


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

204

ISSN:3030-3613

hujumchining to’p otmoqchi bo’lgan qo’li tarafga siljish maqsadga muvofiqdir. Agar
himoyachi aldamchi harakat qilib hujumchini shoshilinch chora ko’rishga majbur etsa,
u holda hujumning yakuni himoyachilar foydasiga hal bo’ladi.

XULOSA

Qo’l to’pi o’yinining asosini yugurish, sakrash, to’pni uzatish, uloqtirish kabi

shug’ullanuvchilarning har jihatdan uyg’un rivojlanishiga yordam beradigan tabiiy
harakatlar tashkil etadi. Yuklamalar organizmdagi barcha funksional tizimlarning
rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Mashg’ulotlar ta’sirida shuningdek
musobaqalarda shug’ullanuvchilarning guruh faoliyati takomillashadi. Tezlik
reaksiyasi, chamalash, ijobiy fikr yurutish, tezlik va tashabbuskorlik kabi sifatlari
rivojlanadi. Qo’l to’pi o’yini umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun yaxshi vosita bo’lib
xizmat qila oladi. Yo’nalishni o’zgartirib xilma-xil yugurish, sakrashning turli xillari,
maksimal tezlikda harakat qilish yo’llari bilan jismoniy sifatlarni , ayni paytda irodaviy
hislatlarni, taktik tafakkurni kamol topishi tufayli qo’l to’pi har qanday ixtisosdagi
o’quvchi uchun zarur bo’lgan sport o’yinlari qatoridan joy olgan.

ADABIYOTLAR

1.

O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi “Oliy
malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish
tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-4456-son Farmoni.

2.

Akramov J.A, Gandbol: JTI uchun darslik, T. 2.

3.

Pavlov Sh.K, Abduraxmanov F.A, Raxmanova M.M. ―Gandbol- o’quv qo’llanma,
2010y, 32-45b.

4.

Pavlov Sh.K, Azizova R.I, Gandbol – BO’SMlar uchun dastur. 2009 y.

5.

Pavlov SH.K, Abduraxmanov F.A, Akramov J.A, Gandbol: JTI uchun darslik, 2005
y, 80-91b. Qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati.

Bibliografik manbalar

ADABIYOTLAR

O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi “Oliy

malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish

tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-4456-son Farmoni.

Akramov J.A, Gandbol: JTI uchun darslik, T. 2.

Pavlov Sh.K, Abduraxmanov F.A, Raxmanova M.M. ―Gandbol- o’quv qo’llanma,

y, 32-45b.

Pavlov Sh.K, Azizova R.I, Gandbol – BO’SMlar uchun dastur. 2009 y.

Pavlov SH.K, Abduraxmanov F.A, Akramov J.A, Gandbol: JTI uchun darslik, 2005

y, 80-91b. Qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati.