Mualliflar

  • Alimardonova Moʻtabar Xolmoʻminovna
  • Joʻrayev Sarvar Najmiddin oʻgʻli

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95657

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: oʻsimliklar ozuqaviy qiymat vitaminlar mineral moddalar oqsillar uglevodlar yogʻlar biologik faollik sogʻlom ovqatlanish.

Annotasiya

 
Annotasiya: Ushbu maqolada oʻsimliklarning ozuqaviy qiymati, ularning inson 
salomatligi  uchun  ahamiyati,  tarkibidagi  asosiy  ozuqa  moddalari  oqsillar,  yogʻlar, 
uglevodlar, vitaminlar, minerallar va ularning biologik faolligi tahlil qilinadi. Oʻsimlik 
mahsulotlarining  turli  xil  turlari  don,  sabzavot,  meva,  yongʻoq    boʻyicha  ozuqa 
qiymatining farqlari koʻrib chiqiladi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

192

ISSN:3030-3613

OʻSIMLIKLARNING OZUQAVIY QIYMATI HAQIDA.

Shahrisabz davlat Pedagogika instituti

Tabiiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi

Alimardonova Moʻtabar Xolmoʻminovna

Shahrisabz davlat Pedagogika instituti

"Boshlangʻich taʼlim"yoʻnalishi

3-bosqich talabasi

Joʻrayev Sarvar Najmiddin oʻgʻli

Gmail:jorayevsarvar798@gmail.com

Telefon: +998 99 7718540

Annotasiya:

Ushbu maqolada oʻsimliklarning ozuqaviy qiymati, ularning inson

salomatligi uchun ahamiyati, tarkibidagi asosiy ozuqa moddalari oqsillar, yogʻlar,
uglevodlar, vitaminlar, minerallar va ularning biologik faolligi tahlil qilinadi. Oʻsimlik
mahsulotlarining turli xil turlari don, sabzavot, meva, yongʻoq boʻyicha ozuqa
qiymatining farqlari koʻrib chiqiladi.

Kalit soʻzlar:

oʻsimliklar, ozuqaviy qiymat, vitaminlar, mineral moddalar,

oqsillar, uglevodlar, yogʻlar, biologik faollik, sogʻlom ovqatlanish.

Annotation:

In this article, the nutritional value of plants, the importance of

their importance, the main nutrients of nutrients are analyzed proteins, fats,
carbohydrates, vitamins, minerals and their biological activity. Various types of plant
products will consider differences of the nutrient value of grain, vegetables, fruits.

Keywords:

plants, nutritional value, vitamins, minerals, proteins,

carbohydrates, fats, biological activity, healthy eating.

Аннотация:

В этой статье питательная ценность растений, важность их

важности, основными питательными веществами являются анализируемые
белки, жиры, углеводы, витамины, минералы и их биологическая активность.
Различные виды растительных продуктов будут рассматривать различия в
питательной ценности зерна, овощей, фруктов.

Ключевые слова:

растения, питательная ценность, витамины, минералы,

белки, углеводы, жиры, биологическая активность, здоровое питание.

Kirish qismi

Oʻsimliklar inson ovqatlanishining asosiy manbai boʻlib, ular tarkibidagi ozuqa

moddalari (vitaminlar, minerallar, oqsillar, uglevodlar) orqali organizmga energiya va
zarur moddalarni taʼminlaydi. Hozirgi zamonda tabiiy va organik mahsulotlarga
boʻlgan talab ortib bormoqda, shu sababli oʻsimliklarning ozuqaviy qiymatini
oʻrganish ahamiyat kasb etmoqda. Oʻsimliklarning asosiy ozuqa moddalari ularning


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

193

ISSN:3030-3613

oʻsishi, rivojlanishi va hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan unsurlardir. Ular
makroelementlar va mikroelementlar ga boʻlinadi.

1. Makroelementlar (asosiy ozuqa moddalari, koʻp miqdorda talab qilinadi):
- Azot (N) Oʻsimliklarning yashil massasi (barglari) va oqsillar sintezi uchun

zarur. Fosfor (P) Ildizlarning rivojlanishi, gullash va urugʻlanish uchun muhim.
Kaliy (K) : Suv rejimini tartibga soladi, kasalliklarga chidamlilikni oshiradi. Kalsiy
(Ca) : Hujayra devorlarini mustahkamlash, ildizlarning oʻsishi. Magniy (Mg): Xlorofil
tarkibiga kiradi (fotosintez uchun). Oltingugurt (S): Oqsillar va vitaminlar sintezida
ishtirok etadi.

2. Mikroelementlar kam miqdorda, lekin muhim hisoblanadi.Temir (Fe):

Xlorofil sintezi va nafas olishda muhim roʼl oʻynaydi. Bor (B): Gul va mevalarning
rivojlanishi, pollyatsiyada yordam beradi. Mangan (Mn) Fotosintez va ferment
faolligi uchun yordam bersa. Mis (Cu) Nafas olish va oqsillar almashinuvida hizmat
qiladi. Sink (Zn): Oʻsish gormonlari va urugʻlanish uchun yordam beradi.

Har bir elementning yetishmasligi oʻsimlikning zaiflashishda olib keladi.

Masalan, barglarning sargʻayishi, oʻsishning sekinlashishi koʻrinishida namoyon
boʻladi. Agar oʻsimliklaringizda muammo koʻrsangiz, tuproqni analiz qilish va mos
ozuqa moddalarini qoʻllash yaxshi natija beradi.

Oʻsimlik mahsulotlarining turli xil turlari don, sabzavot, meva, yongʻoqlarning

oqsillar, yogʻlar, uglevodlar, vitaminlar va minerallar)ga qarab farqlanadi.

1. Donli ekinlarga bugʻdoy, arpa, sholi, makkajoʻxori, grechka asosan

uglevodlar (qarbohidratlar) va oʻsimlik oqsillariga boy.Bugʻdoy: 100 g – 340 kcal; 13
g oqsil, 2 g yogʻ, 72 g uglevod, 3 g tola. Guruch (oq): 100 g – 130 kcal; 2.7 g oqsil,
0.3 g yogʻ, 28 g uglevod. Grechka: 100 g – 343 kcal; 13 g oqsil, 3.4 g yogʻ, 72 g
uglevod, 10 g toʼla boʻladi.

2. Sabzavotlar tarkibida Kartoshkani oladigan boʻlsak (100 g): 77 kcal; 2 g oqsil,

17 g uglevod, 2.2 g tola, C vitamini, kaliy.

Sabzi: 41 kcal; 0.9 g oqsil, 10 g uglevod boʻlishini koʻrishimiz mumkun.
3. Mevalar haqida
Mevalarda tabiiy shakar va vitaminlar koʻp. Olma (100 g): 52 kcal; 0.3 g oqsil,

14 g uglevod, 2.4 g tola, C vitamini. Banan: 89 kcal; 1.1 g oqsil, 23 g uglevod, 2.6 g
tola, kaliy, B6 vitamini. Apelsin: 47 kcal; 0.9 g oqsil, 12 g uglevod, C vitamini (kunlik
normaning 88%).

4. Yongʻoqlar va urugʻlar
Yongʻoqlar yogʻ va oqsilga boy, ammo kaloriyasi yuqori.

Yongʻoq (Grek yongʻogʻi): 100 g – 654 kcal; 15 g oqsil, 65 g yogʻ, 14 g uglevod,

Omega-3.

Bodom: 579 kcal; 21 g oqsil, 50 g yogʻ, 22 g uglevod, E vitamini, magniy.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

194

ISSN:3030-3613

2. Oʻsimliklarning ham inson organizmida katta yordam beradi. Yurak-qon

tomir kasalliklarining oldini olishda yordam beradi. Vitamin tanqisligini bartaraf
etishda masalan, C vitamini – limon, apelsin uchraydi. Ozgʻinlik va semirishning
oldini olishda samaradorlik foydalanadilar. Havoni tozalashga yordam beradi
Oʻsimliklar karbonat angidridni yutib, kislorod ajratadi, bu esa nafas olish uchun toza
havo beradi. Iqlimni ham tartibga solishga, va oʻsimliklar namlikni saqlab, haroratni
moslashtirishga yordam beradi.

Xulosa.

Oʻsimliklar inson ovqatlanishida muhim oʻrin tutib, ularning ozuqaviy jihatdan

boyligi sogʻlom hayot tarzini shakllantirishga yordam beradi. Turli oʻsimlik
mahsulotlarini muvozanatlangan isteʼmol qilish orqali organizmga zarur moddalarni
toʻliq taʼminlash mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.

Xolmatov X.X., Karimov H.K. "Oʻsimliklarning fiziologiyasi va biokimyosi". –
Toshkent: Oʻqituvchi, 2018.

2.

Yusupova Z.R. "Sogʻlom ovqatlanish asoslari". – Toshkent: Yangi asr avlodi,
2020.

3.

Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi. (2021). Oʻzbekistonda yetishtiriladigan
ekinlarning ozuqa qiymati.

4.

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi nashrlari. "Fitoterapiya va tabiiy ovqatlanish"
qoʻllanmalari.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar.

Xolmatov X.X., Karimov H.K. "Oʻsimliklarning fiziologiyasi va biokimyosi". –

Toshkent: Oʻqituvchi, 2018.

Yusupova Z.R. "Sogʻlom ovqatlanish asoslari". – Toshkent: Yangi asr avlodi,

Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi. (2021). Oʻzbekistonda yetishtiriladigan

ekinlarning ozuqa qiymati.

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi nashrlari. "Fitoterapiya va tabiiy ovqatlanish"

qoʻllanmalari.