T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_3-to’plam_Aprel-2025
180
ISSN:3030-3613
VOYAGA YETMAGANLAR ORASIDA SUITSIDNI OLDINI OLISHDA
SAMARALI ISHLARNI TASHKIL ETISHNING MUHIM VAZIFALARI
Xursanova Sevara To'lqin qizi
Surxondaryo viloyati sho'rchi tumani 41- umum ta'lim maktabi amaliyotchi
psixologi
Annotatsiya
:
Maqolada xozirgi kunda dolzarb bo’layotgan yoshlar o’rtasidagi
suitsid, ya’ni inson o’z joniga qasd qilish muammosi ko’tarilgan. Mualliflar maqolada
ko’tarilgan muammoni turli metodlar yordamida yechimini keltirib o’tgan.
Kalit so‘zlar:
suitsid, globallashuv, deviant, parasuitsidal, tarbiya, jamoat
uyushmalari, ma’naviyat, shaxs, xulqi og’ishgan, jamiyat, alkogolizm, norkomaniya,
ijtimoiy muhit.
KIRISH
Bugungi murakkab globallashuv davrida ma’naviyat sohasida vujudga
kelayotgan dolzarb muammolarni hal etish, xalqimiz ma’naviyatini asrash,
yuksaltirish, ayniqsa, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g’oya hamda
mafkuralar ta’siridan saqlash, shuningdek, uni himoya qilish masalalari alohida
e’tiborga molikdir. Yoshlarimizning ma’naviy olamida bo’shliq vujudga kelmasligi
uchun ularning qalbi hamda ongida sog’lom turmush tarzi, milliy va umummilliy
qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg’usini bolalik davridanoq shakllantirish muhim
vazifa.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Shaxsni ma’naviy-axloqiy shakllantirish bolaning tug’ilishi bilan boshlanadi va
u oiladagi ma’naviy muhit, ota-onalarning namunasi, umummadaniy saviyasi,
ta’limtarbiya jarayoni, atrof-muhit hamda jamiyat hayotini qanday tashkil etishdan
iborat. Shu bois bu ota-onalar, maktabgacha tarbiya muassasalari, maktablar, o’rta-
maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, barcha jamoat uyushmalari, davlat
tashkilotlari, butun jamiyatning ulkan va sermashaqqat ishidir. Vatanimizning
rivojlanishi va islohotlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan xalqning huquqiy ongi,
ma’naviy tafakkuri hamda siyosiy madaniyati darajasiga bog’liqdir. Bunda har bir
shaxsning siyosiy faolligi, uning jamiyat hayotidagi o’zgarishlarga nisbatan chinakam
fuqaroviy munosa-batlari, demokratik islohotlarga intiluvchanligi, ko’zlangan
maqsadlarga tezroq erishishning muhim omilidir. U insonning yoshligidan boshlab
ongiga singib, mustahkamlanib borishi kerak. Shaxsning ma’naviy shakllanishiga
ta’sir etuvchi muhim omillar orasida oila, maktab, mahalla, jamiyat va undagi ijtimoiy,
madaniy-ma’rifiy, iqtisodiy sohalarning umumiy holati ayniqsa muhimdir. Maxsus
adabiyotlarda deviant axloq (deviatio – lotincha “og’ishmoq”) atamasi bilan
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_3-to’plam_Aprel-2025
181
ISSN:3030-3613
nomlanadigan tushuncha mavjud. Ushbu tushuncha shaxsning og’ishgan xulqiga
nisbatan qo’llaniladi. Shaxsning og’ishgan xulqi – bu umumiy qabul qilingan yoki
rasman o’rnatilgan ijtimoy me’yorlarga mos tushmaydigan axloq shakli. Deviant axloq
turli ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Ushbu muammo psixologiya, kriminologiya,
meditsina, sotsiologiya fanlari doirasida o’rganiladi. Deviant axloqning eng ommaviy
tus olgan ko’rinishlari quyidagilardir: - jinoyat sodir etish; - alkogolizm; -
narkomaniya; - suitsid. Boshqacha aytganda, bunday xulq mavjud qonunlar, qoidalar,
an’analarga mos tushmaydi. Deviant xulq shaxsning ma’naviy qashshoqligi ojizligi
ta’sirida kelib chiqadi hamda ijtimoiy muhit va shaxs o’rtasidagi murakkab
vaziyatlarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Ma’naviy barkamol bo’lgan shaxs
ijtimoiy muhit voqeahodisalariga nisbatan ijobiy munosabatini namoyon qiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Voyaga yetmagan o’smirlarning shaxs sifatida shakllanish jarayoni muammoli
vaziyatlarda ularning maqbul qarorlar qa-bul qilishlariga to’sqinlik qiladi. Shuning
uchun ular tez-tez jinoyatchilik mazmuniga ega bo’lgan harakatlarning ta’siriga tushib
qoladi. O’smirda asta-sekin ijtimoiy muhit talab va me’yorlariga nisbatan
deformatsiyalashuvning kelib chiqishi yuz beradi. Oqibatda salbiy xulq-atvor
o’smirning butun faoliyatini, ongini qamrab oladi. Natijada bunday vaziyatlarda
o’smir o’zining yosh davri xususiyati va hayotiy tajribasizligi tufayli g’ayriqonuniy
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_3-to’plam_Aprel-2025
182
ISSN:3030-3613
harakatlarga qo’l urishi mumkin. Bu ayanchli tendensiya nimadan boshlanayapti? Bir
paytlar sirli va tushunarsiz hisoblangan suitsid muammosi omma tomo-nidan deyarli
qabul qilinmagan va mutaxassislar tomonidan tadqiq etilmagan. Endilikda esa ushbu
muammo jiddiy tus oldi, u haqida ko’p gapirilayapti va yozilayapti. O’tgan yillar
ichida tadqiqotchilar aql-ni shoshiradigan bu muammo haqida ko’p narsani bilib oli-
shdi. Jahon Suitsidning oldini olish bo’yicha bir qator psixologik, terapevtik dasturlar
ishlab chiqilgan, ammo bunday dasturlar real voqelikda umumiy xavf omillari va
o’smirlar orasida o’z joniga qasd qilish darajasini qanday qilib kamaytirishi
mumkinligi noaniqligicha qolmoqda. Suitsidning oldini olish bo‘yicha uslubiy
tavsiyalar Bolalarda suitsidal xulq-atvor alomatlarini ko’rganda qanday choralar
ko’rishi mumkin? Suitsidga moyil yoshlar odatda to’g’ridan-to’g’ri yordam
izlashmaydi: shunga qaramay, ularning otaonalari, muassasa ma’muriyati yoki
tengdoshlari ogohlantiruvchi alomatlarni aniqlashi va o’smirni saqlab qolish uchun
qandaydir choralarni ko’rishi mumkin.
XULOSA
Insonga quloq tutish orqali uning hayotini saqlab qolish mumkin! Agar siz o’z
joniga qasd qilmoqchi bo’lgan birorta odamni bilsangiz yoki “unda suitsidga moyillik
bor” degan gumonda bo’lsangiz, u holda, hayotini saqlab qolishda unga yordam
berishingiz mumkin, buning uchun shunchaki uning aytganlariga quloq tuting! O’zini
o’ldirishga chog’langan odamlar ko’pincha “mening hech kimga keragim yo’q”,
“mening boshqa ilojim yo’q” va “men haqimda hech kim qayg’urmaydi” deb
o’ylaydilar. Odamlarni tinglash orqali ular bilan sodir bo’layotgan hodisalarga va sodir
bo’lishi mumkin bo’lgan narsalarga befarq emasligimizni namoyon etamiz. Ota-onalar
muassasa ma’muriyati yoki ijtimoiy markazlarga iloji boricha tezroq yordam so’rab,
murojaat qilishlari kerak. Shuningdek, ta’lim muassasasi ma’muriyati va psixologi
bunday o’quvchilarni doimiy ravishda kuzatib borishi hamda parasuitsidal holatdan
to’la chiqib ketguncha ular bilan birga bo’lishi lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Maxkamov U.I, Ismoilova D.M Tarbiya - yuksak ma’naviyat beshigi ACADEMIC
RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 4 | 2020
2.
Umarov
B.M.
O’zbekistonda
voyaga
yetmaganlar
jinoyatchiligining
ijtimoiypsixologik muammolari. Monografiya. – Toshkent, “Fan” nashriyoti –
2008, 314 bet.
3.
G’oziev E.G’. Umumiy psixologiya.–Toshkent: “O’zbekiston faylasuflari milliy
jamiyati”, 2010. – 544b
4.
N. Tayloqov, M. Xoliqova, Sh. Tayloqova Voyaga yetmaganlar o’rtasida suitsid
holatlarning oldini olish – Toshkent : «Kamalak» nashriyoti Ta’lim muassasalari
pedagog va psixologlari uchun metodik qo’llanma, 2017.
5.
Maxkamov U.I, Ismoilova D.M Tarbiya – yuksak ma’naviyat beshigi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_3-to’plam_Aprel-2025
183
ISSN:3030-3613
6.
Maxkamov U.I, Ismoilova D.M Tarbiya- shaxs kamolotida eng katta kuch. Ta’lim
tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlar 5-son ISSN 2181-7286 2020 yil dekabr.