Mualliflar

  • Ostonova Nigora Yuldashovna
  • Jo'rayeva Bahora Nurmatovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95660

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Kasb-hunar Ta’lim to’g’risidagi qonun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”.

Annotasiya

Annotatsiya:  Yoshlarni  kasbga  yo’naltirishning  nazariy  shart-sharoitlari, 
fanning maqsadi vazifalari va asosiy tamoyillari. Kasbga yo’naltirishni mohiyati va 
mazmuni haqidagi fikrlar yoritilgan  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

176

ISSN:3030-3613

KASB-HUNARGA YO’NALTIRISHNING PSIXOLOGIK AHAMIYATI

Ostonova Nigora Yuldashovna

Navoiy shahar 6-umumiy oʻrta taʼlim maktabi psixologi

Jo'rayeva Bahora Nurmatovna

Navoiy shahar 6-umumiy oʻrta taʼlim maktabi psixologi

Annotatsiya:

Yoshlarni kasbga yo’naltirishning nazariy shart-sharoitlari,

fanning maqsadi vazifalari va asosiy tamoyillari. Kasbga yo’naltirishni mohiyati va
mazmuni haqidagi fikrlar yoritilgan

Kalit so’zlar:

Kasb-hunar, Ta’lim to’g’risidagi qonun, “Kadrlar tayyorlash

milliy dasturi”.

KIRISH

Bugungi kunda kasb-hunarga yo’naltirish sohasida mavjud bo’lgan ilmiy

xulosalar va tavsiyalar hamda umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilarini kasb-
hunarga yo’naltirish, xususan, kasblar olami bilan tanishtirish usullarini yangilash
zarurati yuzaga kelmoqda. O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish tizimi kasbiy
targ’ibot va tashviqotni o’z ichiga olgan kasbiy ma’rifat (kasbiy axborot); u yoki bu
soha, kasbga bo’lgan shaxs qiziqish va qobiliyatlarining birlamchi kasbiy tashxisi,
kasb tanlashda mutaxassislar tomonidan individual, guruhiy yordam ko’rsatishga
qaratilgan kasbiy maslahatlar, ko’proq muvofaqqiyatga erishishi mumkin bo’lgan
kasbni tanlab olishga qaratilgan kasbiy tanlov, ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida
amalga oshiriluvchi ijtimoiy-kasbiy moslashuv, tanlangan kasbni o’rganish jarayonida
burch, mas’uliyat, kasbiy or-nomus hislarini o’quvchilarda shakllantirishga qaratilgan.
Undan ko’zlangan maqsad o’quvchilarga kasblar olami, kasblarning belgi va
xususiyatlari, kasb klasifikatsiyasi, kasblar professiogrammasi, hududning qaysi
kasblarga ehtiyoji borligi to’g’risidagi axborotlarni berishdan iborat bo’lib, ular
asosida o’quvchi o’zini qiziqtirgan, jamiyat uchun zarur bo’lgan kasbni tanlaydi.

Ushbu ma’lumotlar orasida kasb klasiffikatsiyasi alohida ahamiyatga ega bo’lib,

uning qanchalik aniq va mukammal o’zlashtirib olinishi o’quvchining ko’plab kasblar
orasidan o’z imkoniyatlariga mosini to’g’ri tanlashini belgilaydi. Kasb
klassifikatsiyasi haqida so’z yuritishdan avval o’quvchilarning kasb va mutaxassislik
tushunchalari hamda ular o’rtasidagi o’xshashlik va farqlarni aniq ajratib olishlariga
erishish lozim. Keyinchalik kasb klassifikatsiyasi asosida turli interfaol mashqlarni
bajarishda bu tushunchalarning ma’no va mazmunini ajrata olish o’quvchilarga
yordam beradi. Buning uchun ushbu tushunchalarning ta’riflarini keltirish kerak.

Kasb-bu jamiyat uchun zarur bo’lgan, ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida

chegaralangan, insondan jismoniy, aqliy, ma’naviy kuch talab etuvchi va sarflangan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

177

ISSN:3030-3613

kuch evaziga insonga mavjud bo’lish hamda rivojlanish imkonini beruvchi faoliyat
sohasidir,
masalan, o’qituvchi, shifokor, injener, dizayner va hokazo. Mutaxassislik
esa bitta kasb ichida tor doiradagi faoliyat turidir. Masalan, tarix o’qituvchisi,
matematika o’qituvchisi, stomatolog, kardiolog, pediatr, quruvchi-muhandis,
loyihalovchi-muhandis,
injenerkonstruktor, badiiy libos dizayneri va hokazo. Bundan
tashqari, mansab, lavozim hamda ilmiy unvon tushunchalariga ham to’xtalib o’tish
foydadan holi bo’lmaydi. Lavozim – bu egallangan kasb va mutaxassislik doirasidagi
mehnat jarayonini tashkil etish va unga rahbarlik, boshchilik qilish bilan bog’liq
bo’lgan faoliyat turidir. Masalan, maktab direktori, o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha
rahbar o’rinbosari, bo’lim boshlig’i, bosh injener, zavod direktori, bosh shifokor va
hokazo. Ilmiy unvon – bu egallangan kasb va mutaxassislik sohasi bo’yicha kiritilgan
yangilik va kashfiyotlar uchun beriladigan ilmiy darajadir. Masalan, fan nomzodi,
dotsent, fan doktori, professor va h.k.

Barcha kasb-hunarga yo’naltirilgan ishlarni o’rganishda shunday xulosalarni

chiqarish mumkin. Ya’ni, kasbiy ma’rifat (kasbiy axborot) o’quvchiga kasblar olamida
“kompas” vazifasini bajaradi: aksariyat hollarda o’quvchilar ommaviy va nufuzli
bo’lgan kasblarni tanlashga intiladilar; ayrim hollarda o’quvchilarning kasblar
haqidagi bilim va tajribalari yuzaki bo’lib, uning yaqqol ko’zga tashlanuvchi, tashqi
belgilari hamda xususiyatlariga tayanib qolishadi; kasbiy muvaffaqiyat zamirida
mashaqqatli mehnat yotishi haqidagi ularning bilimlari ko’p hollarda tor va sayoz
bo’ladi; o’quvchilarni kasbhunarga samarali yo’naltirish uchun ular albatta kasblar
olami haqida muayyan bir tasavvurlarga ega bo’lishlari, ya’ni shu bugungi kungacha
yer yuzida mavjud bo’lgan kasb-hunar va mutaxassisliklar, lavozim o’rtasidagi farqlar,
ularning paydo bo’lish hamda yo’qolib ketish sabablarini bilishlari lozim.
SHuningdek, to’g’ri kasb tanlashga ta’sir ko’rsatuvchi omillar, ishlovchi shaxsning
jismoniy, aqliy, ruhiy, axloqiy xususiyatlariga bo’lgan kasb talablari, mehnat
xususiyatlari va ularning insonga ta’siri, zamonaviy ishlab chiqarish sohalari va turlari,
kasb-hunar ta’limi hamda ta’lim muassasalari haqidagi ma’lumotlardan xabardor
bo’lishi, har bir o’quvchi o’zining shaxsiy, individualpsixologik-fiziologik xususiyat
va sifatlarini yaxshi bilishi hamda ularni hisobga olgan holda o’zi uchun ko’proq mos
keluvchi mehnat faoliyati sohalarini tanlay olish malakasiga ega bo’lishi kerak.

Kasb klassifikatsiyasi mavzusini o’quvchilarga tushuntirishdan avval bu

atamaning mazmunini biroz kengroq tushuntirib berish lozim. Klassifikatsiya – bu
narsa va hodisalarning anglangan tartibi bo’lib, ularni biror-bir muhim belgisi bo’yicha
turlarga ajratishdir. O’quvchilar turli klassifikatsiyalar bilan botanika, zoologiya, ona
tili va boshqa fanlarni o’rganishda tanishib chiqishgan hamda uning qulayligini
anglashgan. Masalan, hayvonot dunyosi klassifikatsiyasi fan dunyosini o’rganishga
yordam berib, o’quvchi biror notanish jonivorga to’qnash kelganda tashqi belgilariga
qarab uning xarakteristikasini, ma’lum bir tur va oilaga kiritishi yoki aksincha,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

178

ISSN:3030-3613

jonivorni ko’rmay turib, biroq uni ma’lum bir tur va oilaga kirishini bilgan holda
asosiy belgilari bo’yicha xususiyatlarini tuzishi mumkin bo’ladi.

Kasb klassifikatsiyasi turlari bilan o’quvchilarini tanishtirishdan oldin kasb

klassifikatsiyasi uchun asos qilib tanlangan belgiga bo’lgan talablar o’quvchilarga
aytib o’tilishi lozim, chunki klassifikatsiya uchun kasblarning hohlagan belgilarini
olish mumkin emas. Kasb klassifikatsiyasi uchun asos qilib tanlangan belgi quyidagi
talablarga javob berishi kerak;

Tanlangan kasb belgisi o’zgarmas, muntazam bo’lishi.
Tanlangan kasb belgisi barchaga tushunarliligi.
Tanlangan kasb belgisi aniq, yorqin bo’lishi.
Tanlangan kasb belgisi bitta belgi bo’yicha faqat bitta guruhga tegishli

bo’lishi.Ushbu talablarning biriga javob bera olmasa, bu kasb belgisini klassifikatsiya
qilish uchun asos qila olmaymiz. O’quvchilar e’tiboriga kasblarning beshta belgisi
(mehnat nomi; mehnat xarakteri; mehnat mahsuloti; mehnat qilish uchun talab
etiladigan bilim,
ko’nikma, malaka darajasi, kasblarning mamlakat xo’jaligining biror
sohasiga tegishli bo’lishi) havola etiladi. Kasb tanlash muammosi maktabning o'zida
ko'rib chiqilishi kerak. Bu erda, boshqa hech qaerda bo'lmaganidek, o'quvchilarning
qobiliyatlari namoyon bo'ladi, ularning bilimlari baholanadi va tengdoshlar va
o'qituvchilar bilan muloqotda moslik darajasi kuzatiladi.Sinf o'qituvchisi ushbu
mavzuga bir nechta dars soatlarini bag'ishlashi kerak. Bola uchun kasb tanlash juda
qiyin, chunki uning qadamlari ota-onalar va o'qituvchilar tomonidan nazorat qilinadi.
Biroq, bu erda siz o'zingiz qaror qabul qilishingiz kerak, chunki uning kelajakdagi
hayoti bunga bog'liq.

Dastlabki saboqni ham u maktabdan oladi. Ammo kelajagimiz egalari bo'lgan

yoshlarga ta'lim berish ularni o'qitish bilan bog'liq ayrim muammolar bugungi kunda
kishini o'ylantirib qo'yayotgani tabiiy. Chunki zamonaviy shiddatkor jamiyat esa yetuk
bilimdon mutaxasis kadrlarga muhtoj bo'lib boraveradi. Kasbiy shakllanish
jarayonining dastlabki va ayni damda o'ta muhim bosqichi bo'lajak kasbni tanlash,
ya'ni aniq bir kasbiy qarorga kelishigacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Ravshanki,
yoshlarning kasb tanlashga tayyorgarlik darajasi, faqatgina yosh xususiyatlariga
bog'lik emas, u ma'lum yoshga kelib o'z o'zidan shakllanib qolmaydi. Yoshlarning
kasb tanlashga pedagogik-psixologik bilim, ko'nikma, malakalar, shuningdek,
jamiyatning ta'siri orqali tayyorlash va tarbiyalash lozim. Mazkur jarayonda shaxsdan
kasbga doir bilimlarga ega bo'lish talab qilinadi. Shuning uchun xam o'quvchilarni
kasblar olamiga doir bilimlar bilan qurollantirish hamda amaliy ko'nikma va
malakalarni hosil qilish lozim. Buning uchun kasblarga doir qo'llanmalar, tarqatma
materiallar bilan ta'minlash lozim. Shundagina kasb tanlash jarayonida yuzaga
keladigan turli qiyinchilik, ziddiyat, to'siqlarni oldini olgan holda o'quvchiyoshlarni
ongli ravishda kasbga yo'llash imkoniga ega bo'lamiz.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

179

ISSN:3030-3613

Kelajakdagi kasbni aniqlash ko'p vaqtni talab qiladi. Buning uchun maktablarda kasbga
yo'naltirish bo'yicha maxsus mashg'ulotlar o'tkaziladi, o'quvchilarning qobiliyatlari va
imtiyozlarini o'rganishga qaratilgan anketalarni to'ldirish taklif etiladi. O’quvchilar
"Mening kelajakdagi kasbim" mavzusida insho yozishadi. Bularning barchasi har bir
o'quvchiga ushbu qiyin tanlovda yordam berish, uni to'g'ri harakatlarga yo'naltirish
uchun amalga oshiriladi."Mening kelajakdagi kasbim" - bu insho yoki u yoki bu
bolaning faoliyatiga bo'lgan qarashlar tasvirlanishi kerak bo'lgan insho. Bu bola bilan
uning barcha fazilatlari, aqliy qobiliyatlari va qiziqishlarini chinakamiga qadrlash
orqali kim bo'lishi mumkinligi haqida suhbatni boshlashning birinchi qadamidir.
Ushbu topshiriqdan oldin o'qituvchi "Mening kelajakdagi kasbim" mavzusida insho
yozish bo'yicha aniq ko'rsatmalar berishi kerak. Mavzuning ahamiyatini yetkazish va
nima uchun uni yozish uchun berilganligini tushuntirish kerak."Mening kelajakdagi
kasbim" - bu insho bo'lib, unga shunchaki baho qo'yish kifoya qilmaydi.

XULOSA

O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish jarayonida, birinchi navbatda, ularning
qobiliyati va mehnati jamiyat manfaatlariga mos tarzda e’tiborga olinishi lozim.
Jarayonda turli sohalar, ularni egallash uchun qo‘yiladigan talablar, tanlagan yo‘nalishi
bo‘yicha mutaxassis tayyorlaydigan muassasalar to‘g‘risida ma’lumot berish katta
ahamiyatga ega. Bu o‘g‘il-qizlarni kasb tanlashga ongli munosabatda bo‘lishga
tayyorlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

:

1.

Psixokorreksion

trening

mashg’ulotlar

o’quvchilar

bilan

psixologik

korreksionrivojlantiruvchi treninglar/ А.Abdullayev Toshkent 2017

2.

“kasbiy yetuklik asoslari”. Toshkent islom universiteti nashriyot-matbaa
birlashmasi. Toshkent-2005

3.

Internet materiallari


Bibliografik manbalar

Psixokorreksion trening mashg’ulotlar o’quvchilar bilan psixologik

korreksionrivojlantiruvchi treninglar/ А.Abdullayev Toshkent 2017

“kasbiy yetuklik asoslari”. Toshkent islom universiteti nashriyot-matbaa

birlashmasi. Toshkent-2005

Internet materiallari