Mualliflar

  • Ro'ziboyeva O'g'ilxon Abduraimovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95661

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: temperament xarakter oila shaxsiy fazilatlar tarbiya

Annotasiya

ANNOTATSIYA 
Ushbu maqola o‘quvchilarning xarakterini shakillantirishda oila, maktabgacha 
ta‘lim  muasassalari,  kasb-hunar  maktablarining  roli  va  ahamiyati  haqida. 
Temperament turlari haqida qisqacha ma‘lumot berilgan.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

171

ISSN:3030-3613

O’QUVCHILARDA TEMPERAMENT VA XARAKTERNI SHAKLLANISH

OMILLARI

Ro'ziboyeva O'g'ilxon Abduraimovna

Farg'ona viloyati Farg'ona tumani 10-maktab amaliyotchi psixologi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola o‘quvchilarning xarakterini shakillantirishda oila, maktabgacha

ta‘lim muasassalari, kasb-hunar maktablarining roli va ahamiyati haqida.
Temperament turlari haqida qisqacha ma‘lumot berilgan.

Kalit so’zlar:

temperament, xarakter, oila, shaxsiy fazilatlar, tarbiya

KIRISH

Xarakterning o’sishida tarbiya va o’z-o’zini tarbiyalash asosiy rol o’ynaydi.

O’sib kelayotgan yosh avlodning xarakteri avvalo oilada va maktabda tarbiyalanadi.
Bolalarning xarakterini tarbiyalashda katta mas’uliyatli vazifa ota-onalar,
o’qituvchilar, maktabgacha ta‘lim muasassalar tarbiyachilari, kasb-xunar maktablari
xodimlari zimmasiga tushadi. Xarakterni tarbiyalash shundan iboratki, tarbiyachi
maktab o’quvchisiga namuna bo’lishi mumkin bo’lgan kishilarni bolaga, o’quvchiga
ataylab ibrat qilib ko’rsatadi; shu kishining qilayotgan ishlari, xatti-harakatlariga
tarbiyalanuvchi e’tiborini jalb etadi va bu ish xatti-harakatlarning qaysi biri yaxshi,
ijobiy, qaysi biri salbiy, yomon ekanligini aytadi. Pedagog bolalarda xarakterni
tarbiyalayotganida ularda tarbiyalanadigan temperamentni bilishi, har bir
temperamentning ijobiy va salbiy tomonlarini bilishi zarur. Agar temperament va uning
tug’ma hususiyatlari o’z xolicha qolaversa, odamda yomon xarakter xislatlari tarkib
topishi mumkin. Masalan, xolerik temperament odamni cho’rtkesar, qo’pol, o’zini tuta
olmaydigan qilishi mumkin. Sangvinik temperament sabotsizlikka, diqqatni bir joyga
qo’ya bilmaslikka sababchi bo’lmog’i mumkin bo’lganidek, flegmatik temperament
sustkashlikka, loqaydlikka olib borishi mumkin.

[1].

Melanxolik temperamentli kishida o’z kechinmalariga ortiqcha berilishlik,

pismiqlik paydo bilishi mumkin. Xarakterni tarbiyalash, jumladan, temperamentning
ijobiy tomonlarini o’stirishdan, uning salbiy tomonlarini va bu salbiy tomonlarni
xarakterning ijobiy xislatlari bilan «almashtirishdan» iboratdir. Masalan, xolerik
temperamentli bolalarni tarbiyalashda ularni o’ylab ish qilish, o’zini tuta bilish,
atrofdagi odamlar bilan yaxshi muomalada bo’lishga odatlantirish va ularda shu
sifatlarni o’stirishga alohida e’tibor berish lozim. Sangvinik temperamentli bolalarni
sabotli bo’lishga, diqqatini bir joyga qo’ya bilishga, ishga qunt qo’ya olishga,
boshlagan ishni oxiriga yetkazishga odatlantirmoq kerak. Melanxolik temperamentli
bolalarni odamga ko’proq aralashishga, jamoachilikka, ildam harakat qilishga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

172

ISSN:3030-3613

odatlantirmoq, ularda shu sifatlarni tarbiyalamoq kerak. Flegmatik temperamentli
bolalarni tashabbuskorlikka, faollikka, kishilarga el bo’lishga, quvnoqlikka
odatlantirmoq lozim.

Xarakterning salbiy tomonlarini yo’qotmoq uchun, ijobiy tomonlarini tarbiyalab

yetkazmoq uchun tarbiyalanuvchini o’z temperamentini o’zi idora qila bilishga
o’rgatish lozim, uni shunday tarbiyalash kerakki, u temperamentini o’zi idora qilish
zaruriyatini o’zi anglasin va haqiqatan uni idora qila olsin, temperamentiga
bo’ysunmaydigan bo’lsin. Xarakter tarbiyasini faqat temperamentning salbiy
tomonlarini ayrim ijobiy sifatlari bilan almashtirishdan iborat deb tushunish
yaramaydi. Xarakterni tarbiyalashda pedagog, avvalo muayyan idealni yoki
davrimizning olijanob kishilari obrazini asos qilib olmog’i lozim.

Bu ma’naviy boylikni, ahloqiy soflikni va jismoniy kamolotni o’zida garmonik

holda mujassamlashtirgan yangi odamlardir. Bunday yangi odam xarakterining xislati
ijtimoiy va shaxsiy hayotda halollik va rostgo’ylik, ahloqiy poklik, oddiylik va
kamtarlikdir. Bizga yuksak ma’naviy fazilatiga ega bo’lgan, halol vijdonli kishilar,
tetik va xushchaqchaq kishilar, qiyinchiliklardan qo’rqmaydigan, mustaqil jamiyat
qurish yo’lida har qanday qiyinchiliklarga bardosh bera oladigan, ularni bartaraf
qilishga tayyor turgan kishilar kerak. Bola xarakterining tarkib topishida jamoaning
tarbiyaviy roli nihoyat kattadir. Inson yakka, bir-biridan ajralgan tanho hayot
kechirmaydi, muayyan bir jamoada, chunonchi, muayyan oilada, maktabda, sexda,
kolxozda hayot kechiradi. Jamoa shaxs bilan jamiyat o’rtasidagi bog’lovchi zvenodir.
Odamning faoliyati o’yin, o’qish va mehnati xuddi mana shu jamoada voqye bo’ladi.
Jamoa shaxsning eng yaqin konkret muhiti bo’libgina qolmay, balki shaxsni
tarbiyalaydi ham. Bolada maktabgacha tarbiya yoshida tarkib topa boshlagan xislatlar
maktab jamoasida o’sadi va yanada yaxshiroq mustahkamlanadi. To’g’ri uyushtirilgan
maktab jamoasi sharoitida o’quvchilarda uyushqoqlik, intizom, saranjom-sarishtalik,
o’z-o’zini tuta bilish, o’zini idora qilish, o’ziga nisbatan talabchan bo’lish kabi xarakter
xislatlari tarbiyalanib yetishadi. Xarakter maktab ta’lim-tarbiyaviy ishlari va
o’qituvchining har tomonlama ta’sirida, o’qituvchi boshchilik qilgan o’quvchilar
jamoasi, kamolot yoshlar tashkilotlari ta’sirida, ijtimoiy foydali mehnatda tarkib
topadi. Ota-onalar, o’qituvchi va tarbiyachilar boshqa tarbiyaviy ishlar bilan bir qatorda
bolalarga o’z kamchiliklarini bilib olish va bu kamchiliklarni yo’qotish uchun harakat
qilish hamda o’zlarida ijobiy iroda va ahloqiy sifatlarni paydo qilish ustida mashq qilish
zarurligini o’qtirishlari lozim. Kishi shaxsiga xos bo’lgan yaxshi fazilatlarni o’zida
paydo qilishga intilish yuqori sinf bolalarida yana ham kuchliroq bo’ladi. Bunday
intilish o’z-o’zini anglashning yana ham o’sib borishi, ulardagi dunyoqarashning tarkib
topishi va bu yoshdagi bola shaxsida g’oyaviy yo’nalishning shakllanishi munosabati
bilan ayniqsa yaqqol ko’rinadi. Yuksak irodaviy va ahloqiy sifatlari bilan hammaga
manzur bo’lgan kishilar namunasi o’z-o’zida xarakter tarbiyalashning (umuman o’z-


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

173

ISSN:3030-3613

o’zini tarbiyalashning) juda muhim vositasidir. Odamlar o’z intilishlari va hatti-
harakatlarida o’sha hammaga manzur bo’lgan kishilarga taqlid qilishlari kerak.

[2] «

Zoya

Kosmodemyanskaya obrazi, - deb yozadi bir o’quvchi qiz, - hamma vaqt menga to’g’ri
yo’l ko’rsatib turadi. Men hamma vaqt o’z hatti-harakatlarim yoki o’rtoqlarimning
hattiharakatlariga baho berayotganimda, zoya bizning o’rnimizda bo’lganida nima
qilgan bo’lar edi, deb o’ylayman. Agar u bizning yo’limizni tutsa, demak, biz yaxshi
qilganmiz, bordi-yu boshqacha yo’l tutsa, binobarin, biz xato qilgan bo’lamiz. Shu
tamoyilga amal qilib ish tutish o’z xarakterimni tarbiyalashga yoram bermokda».
Otaonalar, o’qituvchilar, tarbiyachilar, bolalarga taqlid uchun misol bo’la oladilar,
albatta. Shuning uchun ota-onalar ham, o’qituvchilar ham, tarbiyachilar ham o’z
hattiharakatlarida o’zbek kishisining ijobiy sifatlarini namoyish qilishlari lozim.
Bunday sifatlarni namoyish qilish uchun esa kishining o’zi ularni egallagan bo’lishi
kerak. So’zlar vositasida har bir narsa o’rgatilsa, namuna yordamida taqlidchanlikka
qiziqish uyg’otiladi, deydilar. Xarakterni tarbiyalash va o’z-o’zini tarbiyalashda faqat
qanday xislatlarni o’stirish kerakligini anglab yetishning o’zigagina kifoya qilmaydi,
ijobiy xarakter namunalarini bilishning o’zigina kifoya qilmaydi, ayrim xarakter
hislarining qimmatli ekanligini tushunishgina ham kifoya qilmaydi, balki yana shu
xislatlarga muvofiq ish qilish, bu xislatlarga ega bo’lish uchun ko’p mashq qilish ham
kerak bo’ladi. Kishi xarakteri kishining faoliyatlarida, uning boshqalar bilan qiladigan
munosabatlarida namoyon bo’ladi va ayni shu faoliyat va munosabatlarda tarkib
topadi. Insonning yaxshi xarakter fazilatlari.

Vatanimiz gullab-yashnashida faol ishtirok etish jarayonida tarkib topadi.

Hozirgi kunda laganbardorlik, hushomadgo’ylik, takobburlik, egaizm, tamoyilsizlik
kabi salbiy illatlar o’rnini o’zaro muruvvat, hamkorlik, kishilarning hurmat qilish,
ularga qo’llaridan kelguncha yordamlashish, mehr-sahovat, adolat, savobli ishlar
qilish, xalol va haromni, vijdonni his qilish yaxshilik kabi ijobiy sifatlar shakllanib
bormokda. Bizda yangicha xarakter xislatlari tarkib topmoqda. Bu kishilarning
mehnatiga yangicha munosabat, jamiyat manfaatlariga sodiqlik, mehr-muruvvatli
bo’lish, yordamga muhtoj kishilarga iltifotli bo’lish kabi yuksak fazilatlar
shakllanmoqda. Kishilarimizning xarakter xislatlari ularni dunyoqarashi va e’tiqodlari
bilan belgilanadi va ularning qiziqish, qobiliyatlari bilan mahkam bog’langandir.
Dunyoqarash va e’tiqodlar Vatanimizga fidokorona muhabbat, jasorat, mehnatsevarlik,
mardlik, sabot va rostgo’ylik singari xarakter xislatlarini shakllantiradi va
nohakliklarga nisbatan sezgirlik singari xarakter xislatlarining vujudga kelishi, ko’proq
kishining hissiyotlarida zohir bo’ladi. Kishi xarakterida markaziy o’rinni ishg’ol
etadigan sifatlar mazkur odamning iroda sifatlari va ma’naviy qiyofasida
ifodalanadigan sifatlardir. Kishining xarakteri uning o’ziga xos xislatlarining
majmuidir. Ana shu xislatlar orasida shu kishini jamiyat a’zosi sifatida xarakterlab
beruvchi xususiyatlar eng muhim ahamiyatga egadir. Shunday odamlar ham bo’ladiki,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

174

ISSN:3030-3613

ularning hatti-harakatida hissiyot ko’proq o’rin oladi; bunday odamlar o’z hatti-
xarakatlarida ko’pincha tasodifan tug’iladigan his-tuyg’ulari ta’siri ostida ish
ko’radilar. Bunday odamlarning hissiyoti kuchli bo’lib, tasodifiy kayfiyat va tuyg’u-
hissiyotga tez beriluvchan bo’ladilar, shu sababli ularning xarakteri hissiy xarakter deb
ta’riflanadi. Ba’zi odamlarda esa irodaviy faollik undagi tuyg’u-hissiyotlar bilan
birlikda «monand ravishda» namoyon bo’ladi, Masalan, mehnatsevarlik mana shunday
xarakter xislatiga ega bo’lishdir. Mehnat faoliyati kishidan chidam va irodaviy zo’r
berishni talab qiladi, buni esa unda mehnatga bo’lgan muhabbat hissi yengillashtiradi,
mehnatni serunum qiladi

Iroda bilan tuyg’u-hissiyotlarning mana shunday nisbati bequsur, uyg’un

xarakter alomatidir. Odamlarning o’zaro, kundalik munosabatlarida ham, ish sharoitida
ham kishi xarakteri to’g’risida gapirilganda, odatda, uning xarakter kuchi va
mustahkamligi qay daraja namoyon bo’lishiga qarab hukm chiqariladi.

Kishi xarakteridagi bunday xislat avvalo uning o’z mehnat faoliyatlari va

hattiharakatlarida ko’zlaydigan maqsadning aniqlik darajasidan iborat bo’ladi.
Kishidagi irodaviy faollik intilishdan boshlanishi, intilishlar esa qanchalik anglab
olinganligiga qarab bir-biridan farq qilishi sababli, odamlar xarakteri ham, ularda
qanday intilish ustun bo’lishiga qarab, bir-birlaridan farq qiladilar.Ba’zi odamlarning
qiladigan harakatlarida hali yaxshi anglab olinmagan intilish, ya’ni moyillik ustunlikni
egallaydi. Bunday kishilarning intilishi, ko’pincha, noaniq, bemazmun bo’ladi. Bunday
kishilar hamma vaqt nimanidir qidiradilar, nimanidir qumsaydilar, doimo ularga
nimadir yetishmaydi, nimadir istaydilar, ammo uning nima ekanligini o’zlari ham
bilmaydilar. Bunday odamlarni hyech narsa qanoatlantirmaydi. Ularda hamma vaqt
zerikish, homushlik, «nolish», «tajribasizlik»ni ko’ramiz. Bunday odamlarda,
ko’pincha, ko’ngli notinchlik, bezovtalik va hovliqish bo’ladi. Bunday odamlarning
hatti-harakatlarida

rejasizlik,

tanglik

ko’p

bo’ladi.Ba’zi odamlar nimaga

intilayotganliklarini anglaydilar, lekin uni amalga oshirish uchun faoliyat
ko’rsatmaydilar. Ular hamisha nimanidir qumsaydilar, noliydilar, o’zlarini va atrofdagi
kishilarni tanqid qiladilar. Bunday odamlar orzu-xayollar (ko’pincha, «yaxshi»
niyatlar) ga beriladilar, goho-goho g’ayratlari jo’sh uradi, ammo aslida ular faoliyatsiz,
sustkash bo’ladilar. Bunday xislatlar, asosan, tarixiy o’tmish kishilari xarakteri
alomatlari bo’lib, zamonamiz kishilari xarakteridan uzoqlashib bormoqda. Kishi
xarakterining muhim ijobiy xislati maqsadga intilishdir, kishida muayyan hohish
tariqasidagi batamom anglab olingan intilishning ustun turishidir. Bunday kishilar
istaklari nima ekanligini, maqsadlari nimadaligini va unga erishish uchun nimalar
qilmoqligi va qanday qilmoq lozimligini hamisha biladilar. Bunday kishilar aniq
maqsadga ega bo’lib, shu maqsadga muvofiq harakat qiladilar. Iroda bilan bog’liq
bo’lgan xarakter xislati ayni vaqtda aql-farosat bilan bog’liq iroda xislati hamdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI:


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

175

ISSN:3030-3613

1.

Nishanova Z.T. Psixoiogik maslahat: o'q u v qo‘llanma. O‘zbekiston Respublikasi
Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi. - Toshkent: «O‘zbekiston faylasuflari milliy
jamiyati» nashriyoti, 2010 y. – N 4 toplam 2 To’rt temperament
:sanguine,flegmatik,xolerik va melanxolik shaxs turlari. 2017. N 1 toplam.231b.

2.

Temprament 2017y. N 1 toplam 11b.

3.

Абрамова, Г.С. Практическая психология: учебное пособие / - Москва :
Прометей, 2018. - 538 с.

4.

S.K.Mangal: “General Psychology” 2013y. 19b.


Bibliografik manbalar

Nishanova Z.T. Psixoiogik maslahat: o'q u v qo‘llanma. O‘zbekiston Respublikasi

Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi. - Toshkent: «O‘zbekiston faylasuflari milliy

jamiyati» nashriyoti, 2010 y. – N 4 toplam 2 To’rt temperament

:sanguine,flegmatik,xolerik va melanxolik shaxs turlari. 2017. N 1 toplam.231b.

Temprament 2017y. N 1 toplam 11b.

Абрамова, Г.С. Практическая психология: учебное пособие / - Москва :

Прометей, 2018. - 538 с.

S.K.Mangal: “General Psychology” 2013y. 19b.