Mualliflar

  • Mirzayeva Ziyoda Madjiddinovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95677

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: ta’lim o‘quvchi so‘z nutq muammo olim texnika ijtimoiy tarmoq.

Annotasiya

Annotasiya. Ushbu maqolada o‘quvchilarning nutqida ishlatilgan faol  so‘zlarni 
mazmunan  o‘rganishga  harakat  qilindi  va    bu  so‘zlarning  ko‘pchiligi  chetdan 
o‘zlashilgan  so‘zlar ekanligi misollarimizda yaqqol ko‘rinib turibdi. Maqola  so‘ngida 
esa ushbu muammolar yuzasidan yechimlar ko‘rsatilib o‘tildi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

98

ISSN:3030-3613

O‘QUVCHILAR NUTQIDAGI MUAMMOLARGA YECHIM IZLASH

Mirzayeva Ziyoda Madjiddinovna

Toshkent shahar Chilonzor tumani

131-IDUM ona tili va adabiyot

fani o‘qituvchisi

zimirzaeva@gmail.com


Annotasiya.

Ushbu maqolada o‘quvchilarning nutqida ishlatilgan faol so‘zlarni

mazmunan o‘rganishga harakat qilindi va bu so‘zlarning ko‘pchiligi chetdan
o‘zlashilgan so‘zlar ekanligi misollarimizda yaqqol ko‘rinib turibdi. Maqola so‘ngida
esa ushbu muammolar yuzasidan yechimlar ko‘rsatilib o‘tildi.

Kalit so‘zlar:

ta’lim, o‘quvchi, so‘z, nutq, muammo, olim, texnika, ijtimoiy

tarmoq.

Аннотatsiя.

В данной статье была сделана попытка изучить по

содержанию активные слова, используемые в речи учащихся, и на наших
примерах видно, что многие из этих слов являются заимствованными со
стороны. В конце статьи были указаны решения этих проблем.

Ключевые слова:

образование, ученик, слово, речь, проблема, ученый,

техника, социальная сеть

Annotation.

In this article, an attempt was made to study the active words used

in the speech of readers in content, and it is evident in our examples that many of these
words are foreign words. The article was followed by solutions to these problems.

Keywords:

education, reader, word, speech, problem, scientist, technique,

social network.

Bugungi kunda yoshlar ta'lim-tarbiyasi masalasi dolzarbligicha qolmoqda. Shu

nuqtayi nazardan kelib chiqib, bugungi globallashuv sharoitida raqobat tobora
kuchayib borayotgan bir sharoitda fan sohalarini rivojlantirib, ta'lim-tarbiyani yanada
yuksak pog'onalarga ko‘tarish uchun yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab
chiqish maqsadida yurtimizda ko‘pgina ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa
Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan Harakatlar strategiyasining maqsad-mazmuni
bilan uyg'un bo‘lib, unda belgilangan vazifalarning bevosita davomiy ko‘rinishi
sifatida ta'lim-tarbiyaning rivojida yangi bosqichni boshlab berishi, shubhasizdir.

O‘quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish, so‘z boyligini oshirish, eng

asosiysi, mazmunli va yaxshi gapirishga o‘rgatish hisoblanadi. Fransuz olimi Fozev
Reman qayd qilganidek:

“Yaxshi gapirish bu – ovoz chiqarib turib o‘ylash demakdir”.

Demak, biz ustozlar zimmasidagi vazifa yosh avlodning nutqiy madaniyatini
shakllantirish, ularni yaxshi gapirish, to‘g‘ri o‘ylash, fikrlashga o‘rgatishdan iborat.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

99

ISSN:3030-3613

Taʼlim-tarbiya – bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi
islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yoʻq. Qanchalik murakkab boʻlmasin, maktab
taʼlimida poydevorni bugundan mustahkam qoʻyishimiz kerak. Chunki biz koʻp vaqt
yoʻqotganmiz. Agar kimda-kim maktab bu faqat Xalq taʼlimi vazirligining ishi, deb
oʻylasa, mutlaqo yanglishadi [1].

1

Maktab taʼlimi sohasidagi islohotlar vazirlik va idoralar, tarmoq rahbarlari,

barcha darajadagi hokimlar, ilmiy tashkilotlar, ziyolilar, keng jamoatchilikning
vazifasi boʻlishi shart va zarur. Shundagina kutilgan natijaga erishish mumkin, — dedi
davlatimiz rahbari yigʻilish avvalida. Nutq-inson hayotidagi eng muhim
omildir.Nutq orqali inson o‘z fikrini ifoda etadi,ma`lumot beradi,axborot tarqatadi.

Nutq qo‘llanilish holatiga ko‘ra 2 xil natija ko‘rsatadi: biri ijobiy, ikkinchisi

salbiy. Xalqimiz:

“Tiling boshingga yetar”, “Yaxshi so‘z jon ozig‘i-yomon so‘z bosh

qozig‘i”, “Yaxshi gapga ilon inidan chiqar,yomon so‘zga musulmon dinidan chiqar”,

-

deb bejizga aytmaydi. Ammo biz mana shu naqllar, pand-nasixatlarga amal qilib
yashayotgan bir davrda, zamonaning zayli o‘zgarib bormoqda. Ma`lumki texnika
rivojlanib borayotgan bir vaqtda ,undan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir,
ammo, ijtimoiy tarmoqlar orqali kirib kelayotgan yangicha uslublar, yangicha so‘zlar
o‘quvchilar nutqida katta muammolarni keltirib chiqarayotgani ajablanarli emas. Har
bir pedagogning, bu muammolarga yechim izlashi tabiiy holdir [2].
Bugunga qadar, bir qancha olimlar, nutq va nutq uslublari haqida ilmiy ishlar
yaratishgan.

Nutqdagi buzilishlar nutq faoliyatining mustaqil potologiyasi ekanligi

haqida fikrlarini aytib o‘tishganlar.

1.1877-yilda A. Kussmaul nutq muammolarini tahlil qildi va deffektologiya

bilan bog‘ladi.

2.XIX asr oxiri va XX asr boshlarida adabiyotlarda o‘qish buzilishlari umumiy

aqli zaiflikning simptomi deb va bu buzilishlar faqat aqli zaifbolalarda kuzatiladi degan
fikrlari tarqaldi (F. Baxman va B. Engler).

3.Oʻtgan asrning 20-yillaridan soʻng oʻzbek tilining Nutq madaniyati xalq tiliga

yaqinlashtirilgan milliy adabiy til meʼyorlariga asoslanadi. Bu meʼyorlarni
shakllantirish ishiga olimlar (Otajon Hoshim, T. N. Qoriniyoziy, S. Ibrohimov, Olim
Usmon va boshqalar), adib-u shoirlar (Qodiriy, Choʻlpon, Avloniy, Fitrat, Oybek,
Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor va boshqalar) munosib hissa qo‘shdilar [3].
Barcha davrning olimlari umumiy nutq haqidagi shaxsiy fikrlarni ilgari surgan
bo‘lsada,bugungi kundagi o‘smirlar nutqidagi nuqsionlar yaqqol ko‘zga tashlanmoqda,
sababi, ijtimoiy tarmoqlar orqali yangicha so‘zlarning kirib kelishidir

O‘quvchilar

nutqini o‘stirishdagi eng asosiy omillardan biri bu, diologik muhitni yaratish,erkin
fikrlashga o‘rgatish, suhbatdoshining fikrini tinglay olish ko‘nikmasini hosil qilish

1

“Taʼlim-tarbiya – bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi”, — Shavkat Mirziyoyev


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

100

ISSN:3030-3613

,mustaqil tuzgan nutqini imlo xatolarsiz yozishga o‘rgatishdir. Kitobxonlikni targ‘ib
qilish,kutubxonalarga borish va har bir o‘qilgan adabiyotni muhokama
qilish,o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan muhabbatini oshirish eng maqbul yo‘ldir.

Darhaqiqat men barcha fikrlar umumiylashsa, amalga tadbiq etilsa, albatta,

kutilgan natijaga erishish mumkin deb ayta olaman va jamoat joylarida, transport
vositlarida nutqni buzib gapirayotgan insonlarni ko‘rib, albatta, jiddiy kurashish o‘sib
kelayotgan yosh avlodning nutqidagi muammolarga oz bo‘lsada yechim topishni o‘z
burchim deb hisoblayaman
O‘quvchilar nutqidagi amaldagi so‘zlar tahlili ko‘rib chiqadigan bo ‘lsak,

1

Ashka

Electron sigaret turi

Rus tili

2

Cvadrober

Hayvonlarga taqlid qilib
yashash

Ingliz tili

3

Team

Guruh

Ingliz tili

4

Nefers

Madaniyatsiz,yoqimsiz
videolar

Ingliz tili

5

Magik stayl

O‘ziga

yarashmagan

kiyinish uslubi

Ingliz tili

6

Tresh

Sifatsiz videolar

7

Ok

Yaxshi

Ingliz tili

8

Hype

E`tiborni jalb qilish

Ingliz tili

9

Krinch

Bachkana uslub

Ingliz tili

10

Reaksiya

Fikr bildirish

Lotin

11

Prank

Hazil qilish,ustidan kulish Ingliz tili

12

Piar

Yolg‘ondan uyushtirilgan
voqealar

Ingliz tili

13

Coment

Fikr

Ingliz tli

14

Story

Hikoya,parcha

Ingliz tili

15

Tuning

Yangicha jihozlash

Ingliz tili

16

GRWM

Men bilan tayyorlan

Ingliz tili

17

Dreaft

Avtomobilni katta tezlikda
boshqarish

Ingliz tili

18

Adrenaline

Zavq

Ingliz tili

19

Trend

Urf,moda

Ingliz tili

20

Chat

Suhbat

Ingliz tili

21

Akkaund

Shaxsiy, kimgadir tegishli Ingliz tili

22

Lichka

Shaxsiy,sahifa

Rus tili


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

101

ISSN:3030-3613

O‘rganilgan ishlardan shunday xulosa kelib chiqadiki,amalda keltirilgan bu so‘zlar
o‘quvchilarni nutqida muammolarni keltirib chiqarayabdi, bu muammolarni bartaraf
etish esa bizning yetakchi vazifamizdir. Bilamizki, maktab va maktabgacha ta`lim
muassalarida har haftaning juma kunida ma`naviyat soati bo‘lib o‘tmoqda. Tashkil
etilgan ma`naviyat soatida o‘quvchilar bilan

“Men o‘zbekman, o‘zbek tili onam kabi

azizdir”

shiori ostida chellenjlar tashkil qilinsa va har ma`naviyat soatida 10-30

tagacha sof o‘zbek tilidagi so‘zlarni yod olish musobaqalari tashkil etilsa [4],
o‘quvchilar nutqidagi moammolarga oz bo‘lsada yechim topilar edi. Har hafta
o‘tkaziladigan bu chellenjlar vaqt o‘tgan sayin asta – sekin ko‘nikmaga aylanib boradi
va o‘z samarasini beradi degan xulosaga kelindi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Avezov S.S, Choriyev T.R. Til va nutq o'stirish metodikasi (5141700-
Maktabgacha ta'lim va sport tarbiyaviy ish ixtisosligining 2- 3-kurs talabalari
uchun o'quv-usuliy qo'llanma).

2.

N.Mahmudov. O’qituvchi nutqi madaniyati. T.: Alisher Navoiy nomidagi
O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009.

3.

R.Qo`ng`urov va b. Nutq madaniyati va uslubiyot asoslari. T., ―O`qituvchi‖,
1992.

4.

A.G`ulomov, B.Qobilova. Nutq o`stirish mashg`ulotlari. T., ―O`qituvchi‖, 1995.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Avezov S.S, Choriyev T.R. Til va nutq o'stirish metodikasi (5141700-

Maktabgacha ta'lim va sport tarbiyaviy ish ixtisosligining 2- 3-kurs talabalari

uchun o'quv-usuliy qo'llanma).

N.Mahmudov. O’qituvchi nutqi madaniyati. T.: Alisher Navoiy nomidagi

O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009.

R.Qo`ng`urov va b. Nutq madaniyati va uslubiyot asoslari. T., ―O`qituvchi‖,

A.G`ulomov, B.Qobilova. Nutq o`stirish mashg`ulotlari. T., ―O`qituvchi‖, 1995.