Mualliflar

  • Eshdavlatov Humoyun Nusratulla o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95700

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: davlat jamg‘armalari maqsadli fondlar byudjet siyosati iqtisodiy barqarorlik moliyaviy boshqaruv davlat moliyasi resurslarni taqsimlash samaradorlik fondlar shakllanishi strategik rejalashtirish.

Annotasiya

Annotatsiya. Mazkur maqolada davlat maqsadli jamg‘armalarining mohiyati, 
ularning  iqtisodiy  taraqqiyotdagi  o‘rni  va  ahamiyati  yoritilgan.  Jumladan, 
jamg‘armalarning  shakllanish  manbalari,  ularni  boshqarish  mexanizmlari  hamda 
samaradorligini  oshirish  yo‘llari  tahlil  qilingan.  Muallif  davlat  byudjeti  tizimida 
jamg‘armalarning  tutgan  o‘rni,  ularni  shakllantirishda  iqtisodiy  va  moliyaviy 
omillarning ta’sirini o‘rganadi. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida 
O‘zbekistonda  mavjud  davlat  maqsadli  jamg‘armalarini  takomillashtirish  bo‘yicha 
tavsiyalar  beriladi.  Maqola  iqtisodchilar,  moliyachilar  va  davlat  moliyasi  sohasida 
tadqiqot olib borayotgan olimlar uchun foydali bo‘lishi mumkin. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

268

ISSN:3030-3613

DAVLAT MAQSADLI JAMG‘ARMALARI VA ULARNING SAMARALI

SHAKLLANISHI

Eshdavlatov Humoyun Nusratulla o‘g‘li

O‘zbekiston Davlat Iqtisodiyot universtiteti,

Magistratura ve kechki ta’lim fakulteti,

Davlat moliyasi va xalqaro moliya yo‘nalishi,

2-kurs magistranti.


Annotatsiya.

Mazkur maqolada davlat maqsadli jamg‘armalarining mohiyati,

ularning iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Jumladan,
jamg‘armalarning shakllanish manbalari, ularni boshqarish mexanizmlari hamda
samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil qilingan. Muallif davlat byudjeti tizimida
jamg‘armalarning tutgan o‘rni, ularni shakllantirishda iqtisodiy va moliyaviy
omillarning ta’sirini o‘rganadi. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida
O‘zbekistonda mavjud davlat maqsadli jamg‘armalarini takomillashtirish bo‘yicha
tavsiyalar beriladi. Maqola iqtisodchilar, moliyachilar va davlat moliyasi sohasida
tadqiqot olib borayotgan olimlar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Kalit so‘zlar:

davlat jamg‘armalari, maqsadli fondlar, byudjet siyosati, iqtisodiy

barqarorlik, moliyaviy boshqaruv, davlat moliyasi, resurslarni taqsimlash,
samaradorlik, fondlar shakllanishi, strategik rejalashtirish.


Mamlakat iqtisodiyotini barqaror tarzda o‘sishi uning makroiqtisodiy

ko‘rsatkichlarining yanada mustahkamlanishida davlat maqsadli jamg‘armalarining
o‘rni alohida ahamiyat kasb etmoqda. Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari
markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi organlari ixtiyoridagi qat’iy maqsadli
xususiyatga ega bo‘lgan moliyaviy mablag‘lar yeg‘indisi hisoblanib, ular alohida
davlat moliya tizimining ajralmas bo‘gini sifatida gavdalanadi.

Davalat maqsadli jamg‘armalarni moliyaviy mablag‘larining shakllanishi,

taqsimlanishi va resurslardan maqsadli foydalanishi bevosita moliyaviy me’yoriy –
huquqiy hujjatlar bilan muvofiqlashtiriladi.

Hozirgi kunda, butun dunyo bo‘ylab alohida sohalarni rivojlantirishga bo‘lgan

e’tibor ortib bormoqda. Ushbu ishlarni amalga oshirish, uni moddiy jihatdan
ta’minlash va faoliyati natijasida yuzaga keladigan mablag‘larni alohida jamg‘armaga
jamlash uchun maxsus fondlar hamda jamg‘armalarni tashkil etishga bo‘lgan talab
oshmoqda. O‘z navbatida, Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari miqdorining
ortishi (ko‘payishi) ma’lum bir qiyinchilik va noqulayliklarni keltirib chiqargan.
Xususan, jamg‘arma qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo‘lgani bois, ayrim jamg‘arma


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

269

ISSN:3030-3613

qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo‘lgani bois, ayrim jamg‘armalarda moliyaviy
resurslar keragidan ortiq bo‘lsa, ayrimlarida yetishmovchiliklar paydo bo‘lgan.

O‘zbekistonda Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgan dastlabki kunlardan

boshlab, mamlakatda Davlat byudjetini mustahkamlash bilan birga, Davlatning
byudjetdan tashqari jamg‘armalarini ham tashkil etishga zarurat tug‘ilishi bu borada
qilinishi zarur bo‘lgan ishlar uchun yetarlicha asos bo‘la oladi.

Ta’kidlash joizki, iqtisodiyot qisman nobarqaror bo‘lgan bir sharoitda, tijorat va

tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, zarur bo‘lgan sharoitlarda ularning moliyaviy
operatsiyalarini rag‘batlantirish uchun davlat boshqaruv organlari o‘zgacha manbadan
shakllangan moliyaviy resurslar hisobidan yangi ko‘rinishdagi Davlat maqsadli
jamg‘armalari tashkil etishi maqsadga muvofiq sanaladi.

Davlat budjetidan xoli bo‘lgan Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari

muayyan bir muammoni bartaraf etish yoxud mavjud muammolar ko‘lamini
qisqartirishga qaratilgan bo‘lib, davlat tomonidan qat’iy e’tiborga molik bo‘ladi.

Aynan ushbu jamg‘armalar qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo‘lib, ularning

moliyaviy resurslarini tashkil etish, taqsimlash va foydalanishni davlat tomonidan
samarali nazorat qilish imkoniyatini beradi. Davlatning byudjetdan tashqari
jamg‘armalari muayyan bir sharoitlarda, ya’ni daromadlariga nisbatan xarajatlari kam
bo‘lgan hollarda, ortiqcha mablag‘lardan Davlat budjeti defitsitini niinflyatsion
manbasi sifatida qisqartiradi yoki moliyaviy bozordan foiz va dividend shaklida manba
olib, daromadlar hajmini yanada kengaytiradi

Mazkur kurs ishida, Davlat maqsadli jamg‘armalari faoliyatining rivojlanish

istiqbollari umumiy 4 ta reja asosida yoritilgan bo‘lib, dastlab Davlat maqsadli
jamg‘armalarini tashkil etishning ahamiyati, uning qonunchilik bazasi, daromadlari va
xarajatlarini nazorat qilish ularni shakllanishi va sarflanishi bo‘yicha ma’lumotlar tahlil
qilingan.

Statistik ma’lumotlar tahlil etilib, Davlat maqsadli jamg‘armalari faoliyatini

yanada samarali tashkil etish bo‘yicha qilinadigan amaliy ishlar, ularning faoliyatini
tahlil etilishi natijasida bir qator amaliy tusga ega bo‘lgan xulosa va takliflar bayon
etilgan.

Davlat maqsadli jamg‘armalari byudjet paydo bo‘lishidan ancha avval vujudga

kelgan. Datlabki ko‘rinishi mamlakatlarda fondlar deb yuritilgan. Ularning paydo
bo‘lishi davlat faoliyatining kengayishiga yangi xarajatlar va tegishli ravishda ularni
amalga oshirishga zarur bo‘lgan qo‘shimcha mablag‘lar bilan bog‘liq. Eng qadimgi
davlat maqsadli jamg‘arma (fond)lariga qadimgi Xitoy, Hindiston, Misr, Qadimgi
Gretsiya va Qadimgi Rimda paydo bo‘lgan hayriya fondlarini kiritish mumkin.
Keyinchalik bu fondlar ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy va boshqa
funktsiyalarni bajara boshlagan.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

270

ISSN:3030-3613

1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi davrida davlatlarda, iqtisodiy

rivojlanishga bo‘lgan harakat kengayib, davlat maqsadli pul mablag‘lariga ega
qo‘shimcha fondlarni tashkil etishga ehtiyoj paydo bo‘ldi. Bu davrda iqtisodiy
ko‘maklashuv va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ya’ni aholining alohida ijtimoiy
guruhlari manfaatlarini himoya qilish uchun davlat maqsadli fondlari paydo bo‘ldi.

Hozirgi kunga kelib, ushbu jamg‘armalar o‘z aktualligini ko‘rsatib kelmoqda:
Jamg‘arma va fondlar byudjet bilan birgalikda davlatning iqtisodiyotga

aralashuviga imkon beradi va tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni
ta’minlaydi;

davlat maqsadli fondlarining maqsadli xarakteri va maqsadi ularning

mablag‘laridan samarali foydalanishni davlat tomonidan nazorat qilishni
yengillashtiradi;

ma’lum bir hollarda (faol saldo mavjudligi) fondlarning mablag‘lari byudjet

defitsitini qoplash uchun jalb qilinishi mumkinligi bilan ahamiyatlidir. Davlat maqsadli
jamg‘armalarini tashkil etishning maqsadi jamiyat uchun muhim bo‘lgan xarajatlarni
byudjet mablag‘laridan tashqari mustaqil manbalar hisobidan ta’minlashdan iboratdir.

Davlat maqsadli fondlarining mablag‘lari bilan ishlab chiqarish jarayonida katta

ahamiyat kasb etib, tashkilot va muassasalarga kreditlar va subsidiyalar beradi,
ijtimoiy-siyosiy chora-tadbirlarini amalga oshirishda ko‘maklashadi, shuningdek,
aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatadi. Byudjetdan tashqari maqsadli fondlarning izchil
faoliyati natijasida aholi kuchli ijtimoiy himoya qilinishi bilan birga, iqtisodiyotning
boshqa tarmoqlari ham rivojlantiriladi.

Davlat byudjetidan tashqari jamg‘armalar tashkil etish uchun quyidagi omillar

ta’sir e’tadi:

Iqtisodiyot qisman nobarqaror bo‘lgan bir sharoitda tijorat va tadbirkorlikni

qo‘llab-quvvatlash, zarur bo‘lgan sharoitlarda ularning moliyaviy operatsiyalarini
rag‘batlantirish uchun davlat boshqaruv organlari ortiqcha moliyaviy resurslar
hisobidan yangi shakldagi qo‘shimcha Davlat fondlarini tashkil etish;

Davlatning byudjetidan xoli bo‘lgan Davlatning byudjetdan tashqari

jamg‘armalari muayyan bir muammoni bartaraf etish yoxud mavjud muammolari
ko‘lamini qisqartirishga qaratilgan bo‘lib, davlat tomonidan qat’iy e’tiborga molik
bo‘ladi. Aynan ushbu jamg‘armalar qat’iy maqsadli yo‘nalishga ega bo‘lib, ularning
moliyaviy resurslarini tashkil etish, taqsimlash va foydalanishni davlat tomonidan
samarali nazorat qilish imkoniyati tug‘iladi;

Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari muayyan bir sharoitlarda, ya’ni

daromadlariga nisbatan xarajatlari kam bo‘lgan hollarda, ortiqcha mablag‘lardan
Davlat byudjeti defitsitini kredit shaklda qisqartiradi yoki moliyaviy bozordan foiz va
dividend shaklida Byudjetdan tashqari maqsadli fondlar umudavlat moliyasining
muhim bo‘g‘ini bo‘lib, ularning faoliyati qat’iy belgilanganbo‘ladi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

271

ISSN:3030-3613

Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab, ijtimoiy

yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti sari islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib
kelinmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat maqsadli pul fondlarining o‘rni va roli
juda muhimdir. Chunki, Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini samarali
boshqarishda, aholi turmush darajasini oshirishda, ishlab chiqarishni rag‘batlantirishda
bevosita Davlat byudjeti bilan birga davlat maqsadli fondlaridan ham foydalaniladi.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalashuvi sharoitida davlat maqsadli fondlarining roli

ortib borar ekan, undan samarali foydalanish milliy iqtisodiyotni rivojlanishiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatish bilan birga mamlakat ichida iqtisodiy-ijtimoiy barqarorlikni yuzaga
kelishini ta’minlaydi.

Ijtimoiy talablar maxsus e’tiborni talab etadi. Shuning uchun ham

rivojlanishning eng muhim yo‘nalishlarini aniqlash va mablag‘larni maqsadli
ishlatilishi va yo‘naltirilishi ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu holatlar
maqsadli umumdavlat vazifalarini moliyalashtirishda tegishli byudjetdan tashqari
fondlarni tashkil etish uchun asos bo‘ldi.

1

Davlat maqsadli jamg‘armalari - bu ma’lum vazifalarni moliyalashtirish uchun

davlat tomonidan ajratiladigan mablag‘lar yig‘indisi bo‘lib, ular alohida fond sifatida
yuritiladi. O‘zbekistonda ijtimoiy soha, infratuzilma, ekologiya va boshqa
yo‘nalishlarda ko‘plab maqsadli jamg‘armalar mavjud. Ularning shakllanish manbalari
quyidagilardan iborat:

Davlat byudjetidan ajratmalar
Soliq tushumlarining bir qismi
Chet el investitsiyalari yoki donorlar mablag‘lari
Davlatga tegishli korxonalar daromadlari
Jamg‘armalarni samarali boshqarish uchun quyidagi omillar muhim ahamiyatga

ega:

Shaffoflik va ochiqlik prinsiplariga rioya qilish
Aniq va o‘lchab bo‘ladigan maqsadlar belgilanishi
Mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanish
Doimiy monitoring va audit tizimi joriy etilishi
Dunyo tajribasida, ayniqsa, AQSh, Germaniya va Janubiy Koreya kabi

mamlakatlarda davlat jamg‘armalari strategik rejalashtirishning ajralmas qismi sifatida
qaraladi. O‘zbekistonda ham bu yo‘nalishda ijobiy qadamlar tashlanmoqda, biroq
ayrim kamchiliklar, jumladan, ma’lumotlar yetishmasligi, muvofiqlashtirishdagi
uzilishlar, nazorat mexanizmlarining zaifligi mavjud.

2

1

Samandarova G. Davlat byudjetining milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati va oʼziga xosliklari. “Iqtisodiyot va innovatsion

texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2021.

2

Бюджетно-налоговая политика Узбекистана: основные результаты и приоритеты. БИ Нурмухамедова, НМ

Юлдашева - Science and Education, 2022


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

272

ISSN:3030-3613

Xulosa qilib aytgandaDavlat maqsadli jamg‘armalarining samarali shakllanishi

va boshqarilishi mamlakat iqtisodiy barqarorligiga xizmat qiladi. Jamg‘armalarning
ishlash tizimini takomillashtirish, moliyaviy nazoratni kuchaytirish va ochiqlikni
ta’minlash orqali ularning samaradorligini oshirish mumkin. Mazkur yo‘nalishda ilmiy
tadqiqotlar va xorijiy tajribalar asosida doimiy takomillashtirish zarur. iqtisodiy-
ijtimoiy rivojlanishning bugungi bosqichida byudjet daromadlari ishlab chiqarishning
rivojlanishi, xo‘jalik subyektlari va aholi daromadlarining oshib borishi, soliq
bazalarining kengayishi, mulk shakllarining ko‘payishi bilan ortib bormoqda. Lekin
bu davrda jamiyatning ko‘ptomonlama ehtiyojlari ham kamaygani yo‘q, aksincha,
davlat byudjeti hisobidan mablaq’ bilan ta’minlanishi obyektiv zaruriyat bo‘lgan,
mohiyat jihatidan yangi-yangi tadbirlar, loyihalar, yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Ularni
to‘liq hajmda moliyalashtirish yanada ko‘proq mablag‘larni jalb qilishni taqozo etadi.
Lekin daromadlarni muttasil oshirib borish (xususan, soliqlarni oshirish orqali)
imkoniyati amaldagi soliq qonunchiligi hamda soliq to‘lovchilarning iqtisodiy
imkoniyatlari bilan chegaralangan. Shu bilan birga, soliqlarni asossiz ravishda oshirish
iqtisodiy subyektlarning xo‘jalik faoliyatiga jiddiy putur yetkazadi, ularning ishlab
chiqarishni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirishga bo‘lgan qiziqishlarini
so‘ndiradi. Bunday sharoitda byudjet xarajatlarining byudjet daromadlari bilan
balanslangan bo‘lishiga har doim ham erishib bo‘lmaydi. Natijada davlatning oldida
boshqa muhim makroiqtisodiy masala - byudjet taqchilligini iqtisodiy xavfsiz darajada
ushlab turish masalasi ko‘ndalang bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

2020-2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimini
takomillashtirish Strategiyasi. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-
y., 09/20/506/1210-son.

2.

O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi. 2013-y., 26-dekabr.

3.

Samandarova G. Davlat byudjetining milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati va oʼziga xosliklari.
“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2021.

4.

Sherov А.U. Oʼzbekistonda byudjet siyosati: amaliy va strategik yoʼnalishlari // “Xalqaro
moliya va hisob” ilmiy elektron jurnali. № 1, fevral, 2019-yil.

5.

Бюджетно-налоговая политика Узбекистана: основные результаты и приоритеты.
БИ Нурмухамедова, НМ Юлдашева - Science and Education, 2022

6.

Fond bozori rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari va iqtisodiy o‘sish bilan bog‘liqligi
AAOGL Nurmuxamedov, BI Nurmuxamedova Science and Education 4 (3), 836-847

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

2020-2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimini

takomillashtirish Strategiyasi. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-

y., 09/20/506/1210-son.

O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi. 2013-y., 26-dekabr.

Samandarova G. Davlat byudjetining milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati va oʼziga xosliklari.

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2021.

Sherov А.U. Oʼzbekistonda byudjet siyosati: amaliy va strategik yoʼnalishlari // “Xalqaro

moliya va hisob” ilmiy elektron jurnali. № 1, fevral, 2019-yil.

Бюджетно-налоговая политика Узбекистана: основные результаты и приоритеты.

БИ Нурмухамедова, НМ Юлдашева - Science and Education, 2022

Fond bozori rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari va iqtisodiy o‘sish bilan bog‘liqligi

AAOGL Nurmuxamedov, BI Nurmuxamedova Science and Education 4 (3), 836-847