Mualliflar

  • Tursinova Kibriyobonu Olimjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95713

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: Oilasi shaxsiyati va kelib chiqishi bolalik va yoshlik yillari siyosiy-harbiy hayoti 3 yirik istilolari.

Annotasiya

Annotasiya: Ushbu ishda Sohibqiron Amir Temurning muhtasham hayoti va 
siyosiy yurishlari keng koʻlamda yoritib berilgan . Bu orqali uning harbiy siyosati , 
boshqarish tizimi va shu kabi bir qator islohotlari bilan tanishib chiqishimiz mumkin. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

255

ISSN:3030-3613

AMIR TEMURNING KOʻHNA TARIXI

Qo‘qon universiteti Andijon filiali Ijtimoiy-gumanitar va pedagogika fakulteti

Filologiya fani yo‘nalishi talabasi

Tursinova Kibriyobonu Olimjon qizi

Email pochta:

kibriyobonu2227@gmail.com


Annotasiya:

Ushbu ishda Sohibqiron Amir Temurning muhtasham hayoti va

siyosiy yurishlari keng koʻlamda yoritib berilgan . Bu orqali uning harbiy siyosati ,
boshqarish tizimi va shu kabi bir qator islohotlari bilan tanishib chiqishimiz mumkin.

Kalit soʻzlar:

Oilasi , shaxsiyati va kelib chiqishi,bolalik va yoshlik yillari,

siyosiy-harbiy hayoti, 3 yirik istilolari.


Amir Temur (Eski turkcha: ریما رومیت – Amir Temur) (1336-yil 9-aprel, 1405-yil

18-fevral) – oʻrta asrlarning buyuk turkiy askari va qoʻmondoni, Temuriylar imperiyasi
asoschisi, Oltin Oʻrda, Mamluk sultonligi, Dehli sultonligi, Usmonlilar davlati, Kavkaz
va Erondagi davlatlarni yengishi ortidan musulmon olamining toʻla yetakchisi, yeri 4,4
mln km² ga yetishgan 14-yuzyilliknig eng kuchli davlat quruvchisi, 35 yillik
boshqaruvi va yurishlari chogʻida biror urushni yutqazmagan qoʻshinboshi, oʻtmishda
koʻrilgan uchta buyuk harbiy-taktik urush va yurish qoʻmondonlaridan biri, Temuriylar
uygʻonish davri asoschisi, ilm-fan, meʼmorchilik, Sanʼat va Adabiyot homiysi
sifatlarida tanishimiz mumkin.

Temurbek shabon oyining yigirma beshida, hijriy yetti yuz oʻttiz oltinchi yilda

(8.04.1336), oʻn ikki hayvonli Turk yilligiga koʻra Sichqon yilida Kesh shahri
yaqinidagi Xo’ja ilg’or qishlogʻida tulilgan. Ayricha amerikalik tarixchi Beatrice
Forbes Manz xonim Temurbekning tugʻilgan yilini oʻn toʻrtinchi yuz yillikning
yigirmanchi yillariga toʻgʻri kelishini kabi oʻz ikkilanishli qarashlarini oldinga surib
keladi va bu shubhalanishiga sabab qilib Temurbekning 1336-yilda tugʻilganligi
toʻgʻrisidagi yozuvlar uning davridan keyin yozilganini va uning davriga tegishli bir
nechta manbalardagi voqealarda Temurbekning yoshi uning 1320-yillar oxirida
tugʻilganini koʻrsatishini aytadi.Biroq birorta tarix kitoblarida Temurbekning tugʻilgan
yili 1336-yil emas, balki boshqa yil ekanligi toʻgʻrisida belgi umuman uchramaydi.

Otasi Amir Taragʻay (oʻrta chogʻ turkchasida Taragʻay – qoraquyruq qushi)

barlos qabilasining beklaridan biri va qabilaning asosiy 5 ta urugʻidan birining
yetakchisi edi .Taragʻaybek Chigʻatoy ulusining taniqli beklaridan biri boʻlib, Kesh
viloyatida amirlik qilgan.Onasi Takina xotun va yoki Takina mohibegim toʻgʻrisida
ma’lumotlar kam. Zafarnoma (Yazdli Sharafiddin)da yolgʻiz otigina soʻzlanadi. 1403-
yilda Temurbek Jenoa, Fransiya, Angliya qirollariga elchi qilib yuborgan, Sultoniya
bosh rohibi (archiepiscopus) Johannes de Galonifontibus Takina Xotunning oddiy
oiladan ekanini yozadi. Temurli saroyida yozilgan, biroq yozuvchisi aniq bilinmagan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

256

ISSN:3030-3613

Muyizz al-Ansab (Izzatli nasablar) asarida Takina Xotun barlos qabilasi bilan
chegaradosh boʻlgan Chigʻatoy ulusining Yasaur qabilasidan ekanligi
yoziladi.Temurbekning opasi Qutlugʻ Turkon ogʻo va singlisi Shirinbeka ogʻo edi.
Ular Temurbekdan oldin oʻlishgan va Samarqanddagi Shohi Zinda majmuasidagi
maqbaralarda koʻmilishgan.

Temurbekning yoshligi Keshda kechadi. Otasi Taragʻaybek oʻz chogʻining

odatlariga koʻra Temurbekka ot minish, ov qilish, yoydan oʻq otishni oʻrgatuvchilarni
tayin qiladi. Shu yuzdan Temurbek 18-20 yoshlarida tulporlarni yaxshi ajrata oladigan
epchil otliq va qoʻrqmas bahodir boʻlib ulgʻayadi. Temurbekni yoshligida madrasaga
ham beradilar. Biroq Temurbekning oʻqimishsiz boʻlganligi toʻgʻrisida kunbotar ellari
oʻrtasida yanglish qarash ular chindek oʻrnashib qolgan. Temurbek oʻzi toʻgʻrisida
kitobida 21 yoshga toʻlganida otasining hosili yaxshi boʻlganini, qoramol va yilqilar
koʻp bolalaganini, oʻzi ularni 10 tadan qilib ishchilariga boʻlib berganini yozadi.
Temurbekning yoshlik yillari toʻgʻrisida bilgilar juda oz.

1358-yil Qazagʻanbekning oʻlimidan soʻng Movarounnahrda boshlangan bosh-

boshdoqlik chogʻida Temurbek amakisi Xoji Barlos bilan Kesh yerlarini boshqarardi.
1360-yil yanvarda Jeta (Moʻgʻuliston) xoni Tugʻluq Temur Movarounnahrga yurish
qiladi. Tugʻluq Temur bilan kelishgan Temurbekka Keshdan Sirdaryogacha boʻlgan
yerlar topshiriladi. Tugʻluq Temur orqasiga qaytib ketadi. Xizr Yasuriy va Temurbek
birga qoʻshin yigʻadilari. Xoji Barlos esa Yasuriy bilan yovlashadi va unga qarshi
yurish qiladi. Tomonlar Oyqor yaqinida toʻqnashishadi. Temurbek tomon dushmanni
yengadi. Biroq keyinroq Temurbek Yasuriy bilan yovlashadi. Kesh yaqinidagi
Surushdagi urushda Temurbek dushmanni yengadi. Temurbek Termiz tomonga qarab
yuradi. Ali Jarjariy bilan yovlashadi. Angor yaqinida toʻqnashishadi. Temurbek
dushmanni yengadi. 1361-yil martda Tugʻluq Temur yana Movarounnahrga yurish
qiladi. Temurbek yana Tugʻluq Temur oldiga boradi va Temurbekka Kesh viloyati va
10 ming kishi topshiriladi. Movarounnahrga xon qilib Ilyosxoʻja, Tugʻluq Temurning
oʻgʻli, tayinlanadi. Tugʻluq Temur oʻz yurtiga qaytadi. Temurbek Husaynbek bilan
uchrashadi. Alibek Joni Qurboniy bu ikki bekni tutib qamatadi. Moxonda qamoqda bir
necha kun qolgan beklar Muhammadbek, Alibekning akasi, tomonidan ozod qilinadi.
Temurbek Seyiston tomon yuradi. Temurbek va Husaynbek Seyiston hokimi soʻrovi
va bergan soʻzlariga koʻra uning yovlariga qarshi urushishadi. Temurbek tomon
dushmanni yengadi. Seyiston hokimi soʻzini ustidan chiqmaydi. Temurbek
Seyistondan qaytishida Sagziylar Mekrondan kelib Temurbek va yoʻldoshlariga
tashlanishadi. Sagziylar qoʻshini chekinadi. Temurbekning oʻng qoʻli va oʻng oyogʻi
yaralanadi. Temurbek Garmsirga keladi va tuzaladi. Keyin Balxga qarab boradi va
Abdulloh arigʻi oldida, Abu Said, Mangli Buʼga, Haydarlarga qarshi urushadi.
Temurbek dushmanni yengadi. Temurbek Dashti Koʻlankaga keladi. Toshkoʻprik
yaqinida Temurbek Yumkon oʻgʻli Temur, Sariq, Shingum va Tugʻluq Xoʻjaga qarshi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

257

ISSN:3030-3613

urushadi. Temurbek dushmanni yengadi. 1364-yil Temurbek va Husaynbek Kesh
yaqinidagi Qubba-i metinda Ilyosxoʻja bilan toʻqnashishadi. Temurbek tomon
dushmanni yengadi. Temurbek Qobulshoh Oʻgʻlonni Movarounnahrga xon qilib
koʻtaradi. Ilyosxoʻja yana Movarounnahrga yurish qiladi. 1365-yil 22-mayda Chinoz
yaqinida Chirchiq daryosi boʻyida Loy jangi boʻlib oʻtadi. Temurbek boʻlinmasi qarshi
tomon boʻlinmasini yengadi. Biroq Husaynbek dushmanga qarshi turolmaydi. Bu
yuzdan Temurbek Keshga qaytishga majbur boʻladi. 1366-yil Husaynbek va Temurbek
yovlashadi. Qatlashdagi urushda Temurbek tomon dushmanni yengadi. Temurbek
Qarshiga qarab yuradi. Qarshi qamalida Musabekni 12000 otligʻini 243 kishi bilan
yengadi. 1367-yil Moxon yaqinidagi Bermasda Bekishohga qarshi yuradi. Temurbek
dushmanni yengadi. Temurbek Husaynbek bilan yarashib Qobul tomon yuradi.
Temurbek tomon Qobul sharini egallayadi. 1368-yil Temurbek Badaxshonni yagʻmo
etib qaytadi. Temurbek Husaynbek ila yana yovlashadi. 1370-yil Arxangdagi urushda
Temurbek Husaynbekni uzil-kesil yengadi. Sayyid Baraka Temurbekka tabl va yalov
taqdim etadi. Temurbek Balx tomon yuradi va Balxni qoʻlga olib Suyurgʻotmish
Oʻgʻlonni xon qilib koʻtaradi. 1370-yil Temuriylar davlati quriladi.

Amir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq va Shom (Suriya) ustiga 3 marta lashkar

tortdi. Bu yurishlar tarixda „3 yillik“, „5 yillik“ va „7 yillik“ urushlar nomi bilan
mashhur. 3 yirik (1386 – 1388) harbiy istilolar oqibatida Janubiy Ozarbayjon, Iroqning
shimoliy qismi, Gurjiston va Van koʻli atrofidagi yerlar egallandi.

3 yillik istilo

Amir Temur shu bilan birga shimoliy-gʻarbdan, yaʼni Oltin Oʻrda tomonidan

boʻlayotgan tazyiqqa barham berish maqsadida Toʻxtamishga qarshi 3 marta qoʻshin
tortishga majbur boʻldi. U 1389-yilda Dizaq (Jizzax)ning Achchiq mavzeida, 1391-
yilning 18-iyunida (hozirgi Samara bilan Chistopol shaharlari orasida joylashgan
Qunduzcha (Kondurcha) daryosi vodiysida (qarang Qunduzcha jangi) va nihoyat,
1395-yilda (28 fevral) Shimoliy Kavkazda Terek daryosi boʻiida Toʻxtamish
qoʻshiniga qaqshatqich zarba beradi (qarang Terek daryosi boʻyidagi jang). Amir
Temur harbiy yurishlari natijasida Quyi Idil (Volga) viloyatlari, Saroy Berka,
Saroychik va Hojitarxon (Astraxon) kabi shaharlar gʻorat qilindi. Amir Temur
Toʻxtamishni quvib Ryazan viloyatigacha bordi va Yelets shahrini ishgʻol qildi.
Sharafuddin Ali Yazdiy Amir Temurning Moskva istilosini shunday taʼriflaydi:
„Sohibqiron Maskavga sorikim, Rusning shaharlaridan erdi, tavajjuq qildi. Anda
yetkonda nusratshiʼor cheriki ul viloyatni (shahar va atrofini) chobtilar va andagʻi
hokimlarni tobeʼ qildi. Va cherikning eliklariga sonsiz mol tushti…“Bu urushda Azaq
(Azov), Kuban va Cherkas yerlari ham kuchli aziyat chekegandi. Qizigʻi shundaki,
Amir Temur Idilning Turotur kechuvi boʻyida Oʻrusxonning oʻgʻli Quyrichoq
oʻgʻlonni chaqirtirib, unga qoʻlga kiritilgan sobiq Joʻchi ulusini inʼom etdi. Rossiya
tarixchilari B. D. Grekov va A. Yu. Yakubovskiyparnmnt yozishlaricha, Amir


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

258

ISSN:3030-3613

Temurning Toʻxtamish ustidan qozongan gʻalabasi, faqat Markaziy Osiyo uchun emas,
balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek tarqoq Rus knyazliklarining birlashishi
uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan.

5 yillik istilo

Shundan soʻng Amir Temur butun eʼtiborini Eron, Iroq, Suriya, Kichik Osiyo va

Hindiston yerlarini uzil-kesil zabt etishga qaratdi. U besh yillik (1392 – 1396) urush
davomida Gʻarbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkazni egalladi, natijada muzaffariylar va
jaloiriylar sulolasining hukmronligi barham topdi.Amir Temurning Hindiston istilosi
(1398-yil may – 1399-yil mart) qariyb 11 oy davom etdi. Amir Temur Hindistondan
katta oʻlja, shu jumladan 120 jangovar fil bilan qaytdi. Oʻljalarning bir qismi qoʻshinga
taqsimlab berildi, qolgani Samarqand va Kesh shaharlarida olib borilayotgan
qurilishlarga sarflandi.

7 yillik istilo

Amir Temurning 1399 – 1404-yillarda olib borgan harbiy yurishlari natijasida

Shomning Halab (Aleppo), Xums, Baalbek (Baʼalbak), Dimishq (Damashq) kabi yirik
shaharlari va Iroqi Arabning Ubuliston oʻlkasi (qad. Kappadokiya) bilan Bagʻdod,
shuningdek Turkiyaning katta qismi zabt etiladi. Anqara jangida Amir Temur
jahonning buyuk sarkardalaridan biri Boyazid Yildirim ustidan gʻalaba qozondi. Turk
sultoni asirga olindi. U bilan birga xotini serb malikasi Olivera, oʻgʻillari Muso va Iso
Chalabiylar ham asirga tushdilar. Soʻng, Amir Temur Anadolu yarim orolini egallab,
Oʻrta dengizning sharqiy sohilida joylashgan Izmir shahrini zabt etdi va salibchilarning
Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohiga barham berdi. Soʻngra, Egey dengizida joylashgan
Xios va Lesbos orollaridagi Genuya mulklarining hukmdorlari unga taslim boʻldilar,
Misr ham oʻz itoatkorligini izhor etdi. Amir Temur Anqara, Nikeya, Bursa va Izmir
shaharlarini egallab, Vizantiya va butun nasoro olamining Boyazidga yigʻib bergan
bojlaridan iborat katta boylikni qoʻlga kiritdi. Birgina Bursa shahridan olingan oltin va
javohirlarning oʻzi kattagina karvonga yuk boʻlgan. Bandi qilingan Boyazid
oʻrdugohga olib kelingach, Amir Temur unga hurmat va ehtirom koʻrsatdi. Uning
vafotidan soʻng (1403-yil 9-mart) esa vorislariga himmat koʻzi bilan boqib, ularga
beqiyos muruvvatlar qildi. Chunonchi Boyazidning toʻngʻich oʻgʻli Sulaymon
Chalabiyni turklarning Yevropadagi viloyatlariga hokim etib tayinladi. Edirne
(Adrianopol) shahri uning poytaxti qilib belgilandi. Anadoluning shimoliy-gʻarbiy
qismi suyurgʻol sifatida Iso Chalabiyga inʼom qilinib, Bursa shahri uning poytaxtiga
aylantirildi. Usmoniy turklar davlatining markaziy qismini boshqarishni Muso
Chalabiyga topshirdi.


Amir Temur Usmoniy turklar davlatini butunlay bosib olish niyatida boʻlmagan,

chunki u Yevropa davlatlarining Yaqin Sharq mamlakatlariga nisbatan tajovuzkorona
niyatda ekanligini yaxshi tushunar edi. Shuning uchun ham Amir Temur Usmonli


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

259

ISSN:3030-3613

turklar davlatini saqlab qoldi va Boyazidning vorislariga muruvvat qoʻlini choʻzdi.
Shunday boʻlsada, Boyazid ustidan qozonilgan bu gʻalaba bilan Amir Temurni
Fransiya qiroli Karl VI (1380 – 1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399 – 1407)
tabriklab, unga maxsus maktub yubordilar. Chunki Amir Temur endigina
uygʻonayotgan Yevropaga islom dinini yoymoqchi boʻlgan Usmoniy turklar davlatiga
zarba berib, Yevropadagi nasroniylarning xaloskoriga aylangan edi.

Amir Temurning hokimiyat boshqaruvi chogʻida juda koʻp haybiy yurishlar va

katta janglarni boshidan kechirgan.

Temurbek Amir unvonini oladi va Samarqandni boshshahar etib belgilaydi.

1370-yil kuzida yirik Qurultoy oʻtkazadi. 1371-yil Amir Temur Jeta tomon 2 bora
yurish qiladi. Hevak oʻlkasi va Kot shahri aslan Chigʻatoy ulusining yerlari boʻlsada,
biroq u yerlar soliqlarini Xorazmdagi Soʻfiylar yigʻar edi. 1372-yil bahorda bu yerlarni
qaytarishni koʻzlab Temurbek Xorazm tomon ilk yurishini qiladi. Temurbek Qot
qal’asini qamal qiladi va qal’ani egallaydi. Temurbek Qovun arigʻiining oldida Husayn
Soʻfiy bilan urushib dushmanni yengadi. Husayn Soʻfiy yengilishdan soʻng Xorazmga
qarab chekinadi va oʻsha yerda oʻladi. Temurbek Yusuf Soʻfiy bilan yarashadi va
ortiga qaytadi. Qaytish ortidan Yusuf Soʻfiy Kotni talaydi. Temurbek 2-bora Xorazm
tomon yuradi. Temurbek qudachilik qilish uchun bu gal Xorazmni urmaydi. 1375-yil
yanvarda Temurbek Jeta tomon 3-bora yurish qiladi. Ili daryosi boʻyida urushda
Temurbek dushmanni yengadi. 1376-yil Temurbek Xorazm tomon 3-yurishini qiladi.
Biroq bu yurish chogʻida Sari Bugʻa va Odilshoh yovlik yoʻliga oʻtgani uchun ortiga
qaytadi. Keyi 4-bora Jetaga yurish qiladi. Temurbek qoʻshini Jeta xoni Qamariddinni
toʻla yengadi. Shu yili toʻngʻich oʻgʻli Jahongir Temuroʻgʻli oʻladi. Temurbek 5-bora
Jeta tomon yuradi va Toʻqtamish oʻgʻlon bilan uchrashadi. Toʻqtamishga Sigʻnoq va
Sabron oʻlkalarini beradi. 1376-yilning oʻzida Temurbek Oʻrisxon tomon qoʻshin
tortadi. Jayron Qamishda yogʻiy qoʻshinini yengadi. 1377-yilda Samarqandga qaytadi.
Temurbek qaytishi ortidan Toʻqtamish hokimiyati yiqiladi. Temurbek Toʻqtamishni
yana qoʻllaydi va qurol-yaroq bilan taʼminlaydi. 1379-yil Temurbek Xorazm tomon 4-
bora yurish qiladi. Xorazm qal’a qamalida Yusuf Soʻfiy Temurbek bilan birga-bir
urushishni soʻraydi. Temurbek soʻrovni sharaf bilib yolgʻiz oʻzi qal’a ostiga boradi.
Biroq Yusuf Soʻfiy tashqariga chiqmaydi. Temurbek qal’ani egallaydi. 1381-yilda
Temurbek Eron oʻlkasi tomon qoʻshin tortadi. Temurbek ketma-ket Fushanj qal’asini
va Hirotni oʻz davlati yerlariga qoʻshib oladi. Keyin Samarqandga qaytadi. 1382-yil
boshlarida Xuroson tomon yurish qiladi. Kalot qal’asi va Tushriz qal’asini egallaydi.
Ortidan Mozandaron Tomon yoʻl oladi. Biroq Alibekning Kalotga yurishi yuzidan
Temurbek orqaga qaytadi. Keyin Samarqandga qaytadi. 1383-yil yozida
Temurbekning xotini Dilshod ogʻo va egachisi Qutlugʻ Turkon ogʻo oʻladi. Jeta tomon
qoʻshin joʻnatgan Amir Temur oʻzi Mozandaron tomon yuradi. 1383-yil kuzida
Sabzavor qal’asi yiqitildi. Temurbek Seyiston tomon yoʻl oladi. Rizo qal’a qamalida


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

260

ISSN:3030-3613

Shoh Qutbiddinni yengadi va Seyistonni oladi. Keyin Boʻst tomon yuradi. Qal’ayi
Toqni va Boʻst qal’asini egallaydi. Hirmand daryosi boʻylab yurib Hazorbaro
qal’asi(dinsizlar qal’asi) va Dahna qal’asini egallaydi. Qaytishda Afgʻoniylar bilan
urushda dushmanni yengadi. Seyiston va Zobuliston qoʻshilishi ortidan Temurbek
Samarqandga qaytib keladi. 1384-yil bahorida qayta Mozandaron tomon yoʻl oladi.
1385-yil yozida Sultoniya shahrini oladi. Soʻngra Omul va Sori oʻlkalarini qoʻl ostiga
kiritadi va Samarqandga qaytadi. Temurbekning Eron oʻlkalaridan qaytishi ortidan
Toʻqtamishxon Eronga bostirib kiradi va shahar va qishloqlarni talaydi. 1386-yil
oʻtmishda 3-yillik yurish oti bilan ingan yurishini boshlaydi. Luristonda qaroqchilar
urilishidan keyin Ozarbayjon yerlari tomon yoʻl oladi. Sulton Ahmad Tabrizni tashlab
qochishi yuzidan Temurbek Tabrizni oladi. Gurjistonga qarab yurishda Garni,
Sarmoluka va Qars qal’alarini oladi. Gurjiston boshshahri Tiflis (Tbilisi)ni
oʻzgadinlilarga qarshi kurashib fath qiladi. Temurbek Gʻoziylik urushidan keyin
Qorabogʻga boradi. 1387-yil Toʻqtamish Kaspiy (Xorazm dengizi)ning kunbotari
oldidan oʻtgan yoʻl orqali Ozarbayjonga qarab qarab qoʻshin joʻnatadi. Temurbek
qoʻshini ol qoʻshin gʻajirchilari Toʻqtamish qoʻshinini uradi. Amir Temur karvontalar
Turkman qaroqchilarini yoʻqotish uchun Oydin, Avniq va Arzirum qal’arini yiqitadi.
Keyin Van va Vaston oʻlkalari tomon yoʻl oladi. Van qal’a qamali 20 kun choʻziladi
va qal’a egallanadi.Kurdiston va Urmiya Turkiga oʻz noiblari belgilaydi. 1387-yil
kuzida Fors oʻlkasiga qarab yuradi. Xamadon oʻlkasidan oʻtib Isfahon qal’asini
egallaydi. Biroq Isfahonliklarning yanglish urushi sabab Isfahon shahri eli qirgʻin
qilinadi. Shu yil oxirida Sheroz shahri olinadi. Biroq Temurbek Toʻqtamishxonning
ontlashmani buzib Movorounnahrga qilgan yurishi ketidan Samarqandga qaytadi.
1388-yil koʻklam chogʻida Amir Temur Xorazmga 5-gal yurish qiladi. Xorazm
qal’asini buzib ichiga arpa ektiradi va shahar elini Samarqandga koʻchirtiradi. Soʻngra
Toʻqtamishxon tomon qoʻshin tortib boradi. 1389-yil Temurbekning izidan
kelayotganini bilib qolgan Toʻqtamishxon ortiga chekinib ketadi. Kengash bilan
soʻzlashgan Temurbek Jeta tomon 5 chi yurishini qiladi. 1389-yil yozida Jeta
qoʻshinlarini yengib Samarqandga qaytib keladi. 1391-yil Dashti Qipchoq tomon
yurish qiladi. Amir Temur 18/06/1391 Qunduzcha urushida Toʻqtamishxon bilan
toʻqnashadi. Qoʻshinini yetti boʻlak qilib tizgan Temurbek yogʻiyni yengadi. 1392-yil
koʻklam boshida Samarqandga qaytadi. 1392-yil yozida oʻtmishda 5-yillik yurish oti
bilan ingan yurishini boshlaydi. Omul va Gitisiston qal’asi olinadi. Temurbek 1393-yil
boshida Iroq tomon qarab yuradi. Olinmas deb atalgan Safed qal’asi olinadi. Potila yeri
yaqinidagi urushda Temurbek Fors oʻlkasing shohi Shoh Mansurni yengadi va Shoh
Mansurning boshi kesiladi. Temurbek Eron oʻlkasi noibligini Muzaffar oilasidan olib
oʻz beklariga boʻlib beradi. 1393-yil kuzida Bogʻdodga yetib keladi. Sulton Ahmad
Jaloyir urushsiz qal’ani tashlab qochadi va Temurbek Bogʻdodni egallaydi. 1393-yil
qish boshida olinmas deb atalgan Tikrit qal’asi olinadi. Ortidan Diyorbakr tomon


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

261

ISSN:3030-3613

joʻnab u yerda oʻz yoʻrigʻini oʻrnatadi. 1394-yil Ruha(Urfa) tomon borib u yerda oʻz
yoʻrigʻini oʻrnatadi. 1394-yil yanvarda Temurbekning ikkinchi oʻgʻli Umarshayx
oʻladi. Mardin qal’asi olinadi. Ortidan 3-4 ming yildan buyon olinmagan Homid qal’asi
olinadi. 14.07.1394 da Avniq qal’asi yiqitiladi. Amir Temur Gurjiston oʻzgadinlilari
ustiga yana bir bor yurish qilib talaydi. Ortidan Toʻqtamishxon ustiga yurish qiladi.
15.04.1395 da Tarak daryosi yoqasida Temurbek Toʻqtamish bilan toʻqnashadi.
Temurbek Toʻqtamishxonni tamoman yengadi. Temurbek Joʻjixon ulusini urish uchun
Oʻrus tomon yuradi. Ulus boshshahri Saroy Botu qal’a shahri qulatiladi. Ortidan
Qorasuv(Voronej) otli Oʻrus viloyati yagʻmolanadi. Keyin Maskav(Moskva) shahri
tomon yuradi va u yerni talaydi. Temurbek Ozoq(Azov) qal’asini oladi. 1396-yil
Temurbek Elburzkoʻhga qaytadi. Olinmas deb atalgan Kula va Tovus qal’alarini oladi.
Temurbek Kavkaz va shimoldagi oʻlkalarda oʻz hokimiyatini oʻrnatgandan keyin
18.07.1396 Hamadondan Samarqand tomon yoʻlga tushadi. 1398-yil Amir Temur
Chinga yurish qilishni istagan boʻlsada kengash soʻziga koʻra Hindiston tomon yuradi.
Musulmonlar soʻrovi sabab 1398-yil yoz boshlarida Katur gabr(kofir)larini yoʻq etadi.
1398-yil sentabrda Puriyon Afgʻonlarini yengadi. 25.10.1398 da Shohnavoz qal’asi
olinadi. Ketidan Batnir, Sarasati, Fathobod va Amurani kentlari yerlari davlat yerlariga
qoʻshib olinadi. Temurbek 1 oy ichida 20 dan ortiq qal’a qamallari va urushlarda
yutadi. 16-17.12.1398 Dehli sultoni Mahmud Sulton bilan toʻqnashadi. Temurbek Filli
Mahmud Sulton qoʻshinlarini sochib yanchib tashlaydi. 18.12.1398 da Dehlida
Temurlilar davlati bayrogʻi ilinadi. Temurbek 10.01.1399 Gang daryosi boʻyida
gabrlarga qarshi urushadi va dushmanni yengadi. 12.01.1399 da bir kunda 3 bora
urushadi va yovlarining barisini yengadi. 14.10.1399 da Hindiston yurishidan qayta
boshlaydi. Suvalak togʻida dinsizlarga qarshi va Jammu oʻlkasida oʻzgadinlilarga
qarshi gʻazo qiladi. Amir Temur 28.04.1399 da Samarqandga kirib keladi. Shu yil
kuzida oʻtmishda 7-yillik yurish oti bilan ingan yurishini boshlaydi. 1400-yilda
Gurjiston tomon yurish qiladi. Zarit va Svanet qal’alarini egallaydi. Bu yerda oʻz
hokimiyatini oʻrnatib ortga qaytadi. Shom oʻlkasi tomon yoʻl olgan Temurbek Bihishti
va Ayntob qal’alarini oladi. 28.10.1400 da Temurbek Halab qal’asini oladi. Xama,
Xams va Baʼalbak kentlari egallanadi.

05.01.1401 da Damashq urushida Temurbek Mamluq davlati sultoni Farajni

uzil-kesil . Keyin Shomdan Iroq tomon yuradi. 09.07.1401 da Temurbek Bogʻdodni
qayta egallaydi va buzdiradi. Keyin Tabriz tomon yuradi. Undan chiqib Qorabogʻ
tomon yuradi. Bu orada Usmonli bilan orasi sovigan Temurbek Rum(Anadoʻli,
bugungi Turkiya) tomon yuradi. Shu qishda Tartum qal’asi ortidan Qamoh va Horun
qal’alarini oladi. Qaysariya va Anquriya(Anqara) qal’a qamallari chogʻida Boyazid
Yildirim qoʻshini bilan Anqara yaqiniga kelganini bilgan Temurbek Boyazitga qarshi
qoʻshinini tizadi. 20.07.1402 Anqara urushida Temurbek Boyazid Yildirimni uzil-kesil
yengadi. Yengish yorliqlari dunyoning 4 tomoniga yuboriladi. Birin-ketin Rumdagi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

262

ISSN:3030-3613

shaharlar egallanadi. 02.12.1402 da Amir Temur Izmir tomon yuradi. 14 kundan qisqa
chogʻda 7 yil Usmonli davlati ola bilmagan Izmir qal’asi olinadi. Ortidan Egridir va
Nasibin qal’alari olinadi. Temurbek Rum viloyatidan chiqib Gurjiston tomon yuradi.
Umuman olib boʻlmas deb atalgan Kartin qal’asini oladi. Qishni Qorabogʻda oʻtqazgan
Temurbek 26.03.1404 da Samarqand tomon yuradi. 19.05.1404 da yana biror bora
umuman olinmagan qal’a Feruzkoʻh qal’asi 2 kunda oladi. 1404-yil iyulda Amir Temur
Samarqandga kelib tushadi. 1405-yil Xitoyni olishni istagan Temurbek Xitoy tomon
yurishini boshlaydi. 14.01.1405 da Oʻtrorga kelib tushadi. Biroq yurish yakuniga
yetmaydi. 1405-yil 18-fevralida ayozning ayozli kunlarida Temurbek Oʻtrorda
hayotdan koʻz yumadi. 23.02.1405 da Sohibqiron Amir Temur Samarqandda Goʻri
Amirda koʻmiladi.

Amir Temur (Sohibqiron) tarixda katta shaxs sifatida tanilgan va uning

yurishlari va janglari O’rta Osiyo va uning atrofidagi hududlarda kuchli ta’sir
qoldirgan. 1387-yildan 1405-yilgacha bo’lgan davrda, Temur o’zining strategik
rejalari, jangovar qobiliyatlari va qo’shinlarini boshqarishdagi mahorati bilan keng
hududlarni zabt etdi. Uning harbiy yurishlari O’rta Osiyo, Fors, Kavkaz, Hindiston, va
Turkiyadagi ko’plab shaharlar va mamlakatlar ustidan hukmronlik o’rnatishiga olib
keldi.Temurning janglari juda ko’p madaniy, iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlarga sabab
bo’ldi. Misol uchun, Samarqand uning hukmronligi davrida ilm-fan, san’at va
arxitektura markaziga aylandi. Shuningdek, Temur o’zining harbiy yurishlari bilan
ko’plab xalqlarga tasir o’tkazdi, shu jumladan, Usmonli Turkiyasi, Mog’uliston va
boshqa ko’plab davlatlarga.Biroq, Temurning kuchli imperiyasi qisqa muddatda
shakllanib, uning o’limidan so’ng tezda parchalanib ketdi. Temurning yurishlari va
hukmronligi tarixiy jihatdan juda katta ahamiyatga ega bo’lsa-da, uning izlari ayniqsa
harbiy strategiya va boshqaruv sohalarida qoldi.Shu bilan birga, Temur tarixdagi
murakkab va ko’plab qarama-qarshiliklarga ega shaxs sifatida qoldi: bir tomondan u
kuchli hukmdor va strateg, boshqalaridan esa, uning qo’l ostidagi hududlardagi qonli
janglar va qatliomlar tarixda tanilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Marozzi, J. (2004). Andoza.

2.

Meri, J. W. (2005). Medieval Islamic Civilization. Routledge. ISBN: 978-0415966900.

3.

Britannica. (2022, sentyabr 28). Timur | Biography, Conquests, Empire, & Facts.

https://www.britannica.com

.

4.

Xafi Xon Nizom-ul-Mulkiy. (1985). Muntaxab-al Lubab (Vol. I, p. 49). Lahore nashriyoti.



Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Marozzi, J. (2004). Andoza.

Meri, J. W. (2005). Medieval Islamic Civilization. Routledge. ISBN: 978-0415966900.

Britannica. (2022, sentyabr 28). Timur | Biography, Conquests, Empire, & Facts.

Xafi Xon Nizom-ul-Mulkiy. (1985). Muntaxab-al Lubab (Vol. I, p. 49). Lahore nashriyoti.