Mualliflar

  • Raxmatova Maral Shuxrat qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95720

Kalit so‘zlar:

Tayanch tushunchalar: Sun’iy intellekt algebraik formulalar matritsa ehtimollar nazariyasi sonlar nazariyasi matematik mantiq statistik analiz diskret matematika algoritmlar ma’lumotlarni tahlil qilish sun’iy intellektning hayotimizdagi o’rni dasturlash raqamlar.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada sun’iy intellekt sohasining nazariy asosi bo’lib 
xizmat  qiladigan  matematik  tushunchalar  keng  tahlil  qilinadi.  Jumladan,  algebra, 
ehtimollar  nazariyasi  kabi  bo’limlarning  su’niy  intellektdagi  roli  yoritiladi. 
Shuningdek matematikadagi ayrim tushunchalarning hayotiy tatbiqiga doir xulosalar 
chiqariladi. Maqola sun’iy  intellekt rivojida matematikaning fundamental o’rni haqida 
tasavvur hosil qilishga xizmat qiladi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

224

ISSN:3030-3613

SUN’IY INTELLEK ASOSI-MATEMATIKA.

Raxmatova Maral Shuxrat qizi

Termiz Davlat universiteti

Matematika yo’nalish 1-kurs talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada sun’iy intellekt sohasining nazariy asosi bo’lib

xizmat qiladigan matematik tushunchalar keng tahlil qilinadi. Jumladan, algebra,
ehtimollar nazariyasi kabi bo’limlarning su’niy intellektdagi roli yoritiladi.
Shuningdek matematikadagi ayrim tushunchalarning hayotiy tatbiqiga doir xulosalar
chiqariladi. Maqola sun’iy intellekt rivojida matematikaning fundamental o’rni haqida
tasavvur hosil qilishga xizmat qiladi.

Tayanch tushunchalar:

Sun’iy intellekt, algebraik formulalar, matritsa,

ehtimollar nazariyasi, sonlar nazariyasi, matematik mantiq, statistik analiz, diskret
matematika,

algoritmlar,

ma’lumotlarni tahlil qilish, sun’iy intellektning

hayotimizdagi o’rni, dasturlash, raqamlar.

Kirish:

XXI asr axborot-texnologiyalari davri ekanligi bois hayotimizni

internetsiz yoki ishimizni yengil qilib beruvchi vositalarsiz tasavvur qilish qiyint
albatta.Sun’iy intellekt aynan shular toifasiga kiradi.

Sun’iy

intellekt-

(

SI

; ingilizcha:

artificial

intelligence,

AI

) – inson

intellektiga taqlid qilishga qodir boʻlgan mashinalar yaratishga qaratilgan fan va
texnologiya sohasi.Bugungi kunda keng qoʻllanilib kelinayotgan sunʼiy intellekt
texnologiyalariga aqlli veb-qidiruv tizimlari (masalan, YouTube Search), tavsiya
tizimlari (YouTube, Amazon), tabiiy

tilni

tushunish (Google

Assistant),

va

boshqalarni misol qilish mumkin.Alan Turing (ingliz matematigi) sun’iy intellekt
sohasida olib borilgan ilk tadqiqot muallifi bo’lgan (1-rasm).


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

225

ISSN:3030-3613

1-rasm
Sun’iy intellektga 1956-yil mustaqil fan sohasi sifatida asos solingan.Shu yilning
yozida Dartmouth kollejida o’tgan anjumanda John McCarthy ,,sun’iy intellekt”
atamasini birinchi marta ishlatgan va tarixga ,,sun’iy intellekt” atamasi muallifi sifatida
kirgan.

Statistika

ko’plab sun’iy intellektlarning markazi hisoblanadi(

Statistika

-turli

hodisalar va jarayonlarni miqdoriy hisoblash, maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil
qilish yo’li bilan ijtimoiy hayotning umumiy qonuniyatlarini o’rganadigan ijtimoiy
fanlar tarmog’i).Sun’iy intellekt sohasi matematikaning bir nechta yo’nalishlari bilan
chambarchas bog’liq.

Chiziqli albebra

sun’iy intellektning asosiy ustunini tashkil

qiladi desak yanglishmaymiz.Chunki su’niy intellekt neyron tarmoqlari orqali
ishlaydi.Neyron tarmoqlar esa

matritsa

va

vektorlar

yordamida ma’lumotlarni tahlil

qilib uzatadi (2-3-rasm).

2-rasm 3-rasm

Bunda sun’iy intellekt ma’lumotlarni qabul qiladi,o’zidagi ma’lumotlar bilan

solishtirib tahlil qiladi va ma’lumotlar yig’indisini natija ko’rinishida chiqaradi.Yana
bir matematikaning asosiy yo’nalishlaridan biri bu

ehtimollar nazariyasi

.Xo’sh

ehtimollar nazariyasi sun’iy intellektga qanday bo’g’liq?.Sun’iy intellekt ba’zida biz
so’ragan mavzuda yetarlicha anniq ma’lumot topib bera olmaydi.Shu sababli ham
sun’iy intellektda qarorlar aksariyat hollarda noaniq yoki ehtimollar holatlarga
asoslangan bo’ladi.

Sonlar nazariyasi

matematikaning asosiy bo’limlaridan biri

bo’lib,butun sonlar va ularning xossalarini o’rganadi.Tub sonlar sonlar nazariyasining
poydevorini tashkil qiladi.Ularning xossalari algoritmik tizimlar, xususan,
kriptografiyada muhim rol o’ynaydi. Dasturlashning yo’nalishi bo’lgan shifrlash
tizimlari tub sonlarga asoslangan va ulardagi katta sonlar bilan ishlash samaradorlikni
oshirgan.Bu esa zamonaviy xavfsizlik tizimlarining ishonchliligini taminlaydi.Bu bilan
zamon talabi bo’lgan xavfsizlik tizimlari ham sonlar ustiga qurilganining guvohi
bo’lishimiz mumkin.Ehtimollar nazariyasining asosiy teoremalaridan biri bo’lgan
Bayes teoremasi ham sun’iy intellekt sohasida qo’llaniladi.Bayes teoremasi orqali


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

226

ISSN:3030-3613

shartli ehtimollikni hisoblash mumkin bo’ladi.Bayes teoremasi bir hodisa ro’y
berganda boshqa hodisaning ro’y berish ehtimoli haqidagi teorema hisoblanadi.

Multinomial Naive Bayes

algoritmlar ko’pincha hujjatlarni tasniflash uchun

ishlatiladi, chunki u hujjat ichidagi so'zlarning chastotasini talqin qilishda samarali
hisoblanadi.

Bernouilli Naive Bayes

Multinomial Naive Bayesga o'xshash ishlaydi,

ammo algoritm tomonidan taqdim etilgan bashoratlar mantiqiydir.Matnni tasniflash
sohasida Bernoulli Naive Bayes algoritmi matn hujjatida so'z topilgan yoki
topilmaganiga qarab parametrlarni ha yoki yo'q deb belgilaydi.Turli tasvirlarni
aniqlash,ob’ektlarni yanada aniqlashtirish,har hil o’lchovdagi koordinatalar va
shakllarni tahlil qilish,shuningdek,3D model yaratishda sun’iy intellekt algoritmlari
bevosita geometriyaga murojaat qiladi(4-5-rasm).

4-rasm 5-rasm
Sun’iy intellektning asosiy g’oyasidan biri bu qaror qabul qilish,tasniflash va mantiqiy
mulohaza yuritishdan iborat.Bunda sun’iy intellekt bevosita matematik mantiqqa
murojaat qiladi.If-else shartli bloklar va Boolean mantiqni misol sifatida keltirishimiz
mumkin.Sun’iy intellektda ishlatiladigan ko’plab algoritmlar va ma’lumotlar
strukturalari aynan biz bilgan

diskret matematika

ga asoslangan.Bu bilan

algoritmlarning samaradorligini baholash yanada osonlashadi.Yuqoridagi fikrlardan
sun’iy intellekt yaratilishida matematika asosiy vazifani o’taydi degan xulosani
bemalol ayta olamiz.Shuni takidlash joizki,sun’iy intellek sohasida olib borilayotgan
turli xil tadqiqotlar ham matematika va sun’iy intellekt bevosita bog’liq ekanligiga dalil
bo’la oladi.Dasturlashlar ham asosan matematik mulohaza va algoritmlar bilan amalga
oshiriladi.Zamon rivojlangani sari texnika ham shiddat bilan rivojlanmoqda.Shu bilan
birga hayotimizda sun’iy intellekt ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.Turli sohalarda
sun’iy intellekt o’z samarasini berib kelmoqda.Jumladan tibbiyot sohasidagi sun’iy
intellektning chuqur o’qitsh algoritmlari rentgen suratlarini tahlil qilib,diagnostika
aniqligini va tezligini oshirishi mumkin.Xavfsizlik tizimidagi shaxsni tasdiqlovchi
biometrik aniqlashtirish ham turli ko’ngilsiz voqealarning oldini olishga xizmat qilib
kelmoqda.Ta’lim sohasidagi ko’plab samarali metodikalarni amalga oshirishda ham
sun’iy intellekt o’z hissani qo’shib kelmoqda.

Sun’iy intellekt-bu inson taffakuriga yaqin bo’lgan tizimlarni yaratishga

qaratilgan murakkab texnologiyalar jamlanmasi bo’lib,uning zamirida chuqur va
fundamental matematik asoslar yotadi.Shunday ekan sun’iy intellektni chuqur
o’rganish va rivojlantirish uchun yetarlicha matematik bilimlar zarur hisoblanadi.


Bibliografik manbalar