Mualliflar

  • Shodmonova Dilnoza Axmatovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95732

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: imkoniyati cheklangan uyda yakka tartibdagi ta’lim ta’lim olish o‘qituvchi ijtimoiy moslashuv ijtimoiy-pedagogik yordam qo‘llabquvvatlash shaxsiy xususiyatlar

Annotasiya

    Annotasiya.  Ushbu  maqolada  imkoniyati  cheklangan  bolalarning  uyda  yakka 
tartibda ta’lim olishga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash hamda ularning ta’lim olishlari 
uchun  zarur  sharoit  yaratish,  ularning  ijtimoiy  rivojlanish  istiqbollarini,  o‘zini 
namoyon qilish, yuzaga kelishi  mumkin bo‘lgan ijtimoiy muammolarni aniqlash va 
ularni mustaqil ravishda yengishini ta'minlash, o‘zo‘zini anglash va ijtimoiylashuvni 
rag‘batlantiradigan tegishli vaziyatlarni yaratish, ijtimoiy moslashuvini shakllantirish 
uchun ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatish kabilar haqida so‘z yuritiladi.   


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

75

ISSN:3030-3613

UY TA’LIMIDA TAHSIL OLAYOTGAN BOLALARNING PSIXOLOGIK

MUAMMOLARI

Shodmonova Dilnoza Axmatovna

Samarqand viloyati Paxtachi tumani 10-maktab psixologi

Annotasiya

. Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarning uyda yakka

tartibda ta’lim olishga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash hamda ularning ta’lim olishlari
uchun zarur sharoit yaratish, ularning ijtimoiy rivojlanish istiqbollarini, o‘zini
namoyon qilish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy muammolarni aniqlash va
ularni mustaqil ravishda yengishini ta'minlash, o‘zo‘zini anglash va ijtimoiylashuvni
rag‘batlantiradigan tegishli vaziyatlarni yaratish, ijtimoiy moslashuvini shakllantirish
uchun ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatish kabilar haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

imkoniyati cheklangan, uyda yakka tartibdagi ta’lim, ta’lim olish,

o‘qituvchi, ijtimoiy moslashuv, ijtimoiy-pedagogik yordam, qo‘llabquvvatlash, shaxsiy
xususiyatlar


KIRISH

Jamiyatimizda nogironligi bo‘lgan bola tug‘ilsa, uni tug‘ilganidan boshlab

ijtimoiy hayotga moslashtirish, avvalo maktabgacha ta’lim bosqichiga, umumiy o‘rta
ta’lim, so‘ngra Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishiga erishish va amalga oshirish
uchun

mutaxassislar,

psixolog,

nevropatolog,

nogironlik

turiga

qarab

oligofrenopedagog, tiflopedagog yoki logoped biriktiriladi. Bu mutaxassislar bola
hayotining dastlabki kunlaridan boshlab bola bilan shug‘ullanishadi va uni ijtimoiy
muhitga har tomonlama moslashtirib boradilar. Respublikamiz xalq ta’limi tizimida
imkonniyati cheklangan bolalarga ta’lim berishning uyda yakka tartibdagi ta’lim
shakli mavjud. Uyda yakka tartibda taʼlim olish jismoniy yoki psixik rivojlanishida
nuqsoni boʻlgan, uzoq vaqt davolanishga muhtoj va tibbiy xulosasiga koʻra doimiy
yoki vaqtincha maktabga qatnay olmaydigan bolalar uchun tashkil etiladi. Sog‘liqning
buzilishi bolalarning shaxsiyatida o‘z izini qoldiradi: birinchi navbatda, sog‘lig‘ining
cheklanganligi kasbiy o‘zini o‘zi belgilashga va mehnat faoliyatini amalga oshirishga
ta’sir qiladi. Patologiyaning mavjudligini bilish o‘z qobiliyatlarini, intilishlar
darajasini, tashabbusning yetishmasligi va bunday bolalarning mustaqilligini yetarli
darajada baholamaslikka olib keladi. Hissiy sohaning rivojlanishida buzilish mavjud
bo‘lib, bu ijtimoiy moslashuv, ta’lim olish va kasbiy faoliyatga qiziqishning
yetishmasligida namoyon bo‘ladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktyabrdagi PQ-


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

76

ISSN:3030-3613

4860 son “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidaˮgi qarori qabul qilingan bo‘lib,
Bunda jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek, uzoq vaqt
davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarga uyda yakka tartibda ta’lim berish tartibini
belgilaydi. Uyda yakka tartibda ta’lim berish o‘quvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan
huquqlarini ta’minlash hamda ularning ta’lim olishlari uchun zarur sharoit yaratish
asosiy

maqsadi

ekanligi

ko‘rsatilgan.

O`zbekistonda

uy

ta`limi

L.Nurmuxamedovaning “Oilada nogiron farzandni tarbiyalashning pedagogik
xususiyatlariˮ mavzusidagi tadqiqotida hamda M.X.Jo‘raxo‘jayevning “Imkoniyati
cheklangan bolalarning uyda yakka tartibdagi ta`limi samaradorligini oshirish
mexanizmlariˮ mavzusidagi tadqiqotilarida tadqiq etilgan.

MUHOKAMA

Uyda yakka tartibdagi ta’limda pedagogik ishlar o‘quvchi hayotining ijtimoiy,

hissiy, kognitiv sohalariga hamda o‘z-o‘zini anglashiga qaratilishi zarur. Imkoniyati
cheklangan bolalar uchun uyda ta’limning integratsiyalashgan tizimini amalga
oshirishda butun ta’lim davrida bolaning rivojlanishi uchun psixologik, tibbiy va
pedagogik yordam doimiy kerak.

Bilish faoliyatini rivojlanmay qolishi, aqli zaiflikni asosiy belgisi hisoblanadi.

Bu buzilish birinchi o‘rinda voqelikni aks ettirishga sezgi va idrokka taalluqli. Nerv
sistemasi buzilgan bolalarda bu psixik funksiyalar, sekin va bir qator xususiyat hamda
kamchiliklar bilan shakllanadi. Bu xususiyatlar o‘qish jarayonida aniq namoyon
bo‘ladi: bilib olish suratini sekinligi, grafikasi o‘xshash harflarni, raqamlarni,
predmetlarni, talaffuzi o‘xshash tovush va so‘zlarni aralashtirib yuborish bularga
misol bo‘la oladi.

Uyda ta’lim olayotgan imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiy moslashuvi

- bu turli xil yashash muhitiga moslashishning ijtimoiy ijobiy tajribasini, ijtimoiy
ahamiyatga ega bo‘lgan yutuqlarga erishish jarayonida o‘zini namoyon qilish va o‘zini
o‘zi anglash tajribasini to‘plash qobiliyatini belgilaydigan integral shaxsiy ta'lim
hisoblanadi. Bunday moslashuvchanlik uyda ta’lim olayotgan imkoniyati cheklangan
bolaga o‘z kasbini tanlashda va keyinchalik kasbni egallashda muvaffaqiyatli o‘zini
o‘zi belgilashga, mustaqil hayotda o‘zini ijobiy va shaxsan namoyon etishga imkon
beradi. Imkoniyati cheklangan bolalarni uyda o‘qitish ularning ijtimoiylashuviga ta'sir
qiladi hamda oilalar va bolalar uchun ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalari
mutaxassislaridan ijtimoiy va pedagogik yordam talab qiladi. Bunday qo‘llab-
quvvatlash bolalar haqida bilish, ularning ijtimoiy rivojlanish istiqbollarini, o‘zini
namoyon qilish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy muammolarni bashorat qilish
va ularni mustaqil ravishda yengishini ta'minlash, o‘z-o‘zini anglash va
ijtimoiylashuvni rag‘batlantiradigan tegishli vaziyatlarni yaratishning maqsadga
muvofiq jarayonidir. Uyda ta’lim olayotgan bolalarning ijtimoiy moslashuvini


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

77

ISSN:3030-3613

shakllantirishni ijtimoiy-pedagogik qo‘llab-quvvatlash shaxsga yo‘naltirilgan
yondashuvga asoslanadi. Ushbu yondashuvning mohiyati bolalarning ijtimoiy o‘ziga
xosligini, ularning sotsializatsiya ehtiyojlarini, ta’lim va tarbiya muhitini, shuningdek,
jamiyatga integratsiyalashuv istiqbollarini to‘liq hisobga olishdan iborat.

Uyda ta'lim olayotgan bolalarning ijtimoiy moslashuvini shakllantirishni

ijtimoiy-pedagogik qo‘llab-quvvatlashning muvaffaqiyati uchun zarur bo‘lgan shart-
sharoitlar majmui quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

har bir

bolaning

shaxsiyatini shakllantirishni

qo‘llab-quvvatlash

strategiyasini belgilash jarayonida uning individual o‘ziga xosligini hisobga
olish, ijtimoiy moslashuv; imkoniyati cheklangan bola oilasining mutaxassislar
bilan munosabatda

ochiqligi;

turli hayotiy vaziyatlarda bolalarning ijtimoiy

moslashuvining

rag‘batlantiruvchi ko‘rinishlari; uyda ta'lim beruvchi o‘qituvchining imkoniyati
cheklangan bola, uning oila a’zolari va maktab pedagoglari bilan o‘zaro
munosabatlarida hamkorlik va

sheriklik;

uyda ta'lim beruvchi o‘qituvchining, mutaxassislarining ijtimoiy-

pedagogik yordamga tayyorligi;

Ota-onalar zarur imkoniyatlarni yaratib, tegishli soha mutaxassislari bilan

birgalikda hamkor bo‘lib ishlarni amalga oshirish, bolaning imkoniyatlariga loyiq turli
faoliyatlarga jalb etish, uning psixologik-fiziologik, jismoniy va aqliy rivojlanishiga
munosib hissa qo‘shish bilan korreksiyalash ishlarini samarali amalga oshirish uchun
eng muhim zaminni vujudga keltiradi. Bu o‘rinda, shifokor-pedagog-psixolog va ota-
ona hamkorligi ilmiy asosda, barcha psixologik-fiziologik jarayonlarni to‘g‘ri hisobga
olib tashkil etilsa, yuqori natijalarga erishish kafolatlanadi.

Dars mashg‘ulotlarning davom etishi bajariladigan faoliyatlarning murakkablik

darajasiga, o‘quvchining shu darsni o‘zlashtirish vaqtidagi sog‘lig‘i va psixik holati
hamda jismoniy imkoniyatlariga bog‘liq. Ushbu jarayon o‘rganilayotgan mavzuning
murakkablik darajasiga qarab 5-10 daqiqadan 20-25 daqiqagacha o‘tkazilishi
maqsadga muvofiqdir. Imkoniyati cheklangan uyda yakka tartibdagi ta’limga jalb
etilgan o‘quvchilarning aksariyatida tez toliqish, diqqatining tarqoqligi, turli xil salbiy
xatti-harakatlar paydo bo‘ladi. Bunday holatlarni oldini olish va bartaraf etish,
shuningdek, psixonevrologik rivojlanishda kamchiligi bo‘lgan o‘quvchilarning
foydali ish koiffitsyenti darajasini oshirish o‘z vaqtida dam olish daqiqasini o‘tkazish
va turli faoliyat turlarini almashtirish orqali amalga oshiriladi. Dam olish daqiqasi
butunlay o‘quvchining holatiga bog‘liqdir. Agar kerak bo‘lsa, dars davomida istalgan
vaqtda yoqilishi mumkin. Dars va mashg‘ulotlar davomida foydali ish koiffitsyentini


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

78

ISSN:3030-3613

maqbul darajasini saqlab qolish uchun o‘quvchilar miya katta yarimsharlarining
funksional holatini tezroq tiklashga qaratilgan turli tadbirlardan foydalanishlari;
ta’limga qiziqishni faollashtirish va oshirish maqsadida tuzatuvchi o‘yinlar va
mashqlar ko‘ngilochiq tomoshalardan foydalanishlari maqsadga muvofiq hisoblanadi.

F.I.Kevlyaning fikriga ko‘ra “…o‘quvchilarning indidual xususiyatlarini

o‘rganish uning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan pedagogik yo‘l yo‘riqlar, usul va
vositalarni to‘g‘ri tanlash imkoniyat yaratadi. O‘qituvchi xuddi psixolog kabi o‘quvchi
bilan o‘zaro munosabatlar strategiyasi va taktikasini to‘g‘ri aniqlashi uchun
o‘quvchilarning har tomonlama diognostikasidan ma’lumotlar to‘plashi kerakˮ

NATIJA

Uyda ta’lim olayotgan bolalarning ijtimoiy moslashuvini shakllantirishni

ijtimoiy-pedagogik qo‘llab-quvvatlash quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga
oladi:ijtimoiy individual ahamiyatga ega muammolarni aniqlash (bolalar
rivojlanishining o‘ziga xosligi, ijtimoiylashuvi, ularning ijobiy va salbiy xususiyatlari,
ijtimoiy moslashuvning shakllanishiga sezilarli ta’sir qiladi va ular bilan ijtimoiy-
pedagogik ishlashda e’tiborga olishni talab qiladi; bolalar hayotning turli sohalarida
o‘zini namoyon qilish jarayonida duch kelishi mumkin bo‘lgan haqiqiy qiyinchiliklar,
ularni yengish jarayonida ular ijtimoiy-pedagogik yordamga muhtoj bo‘ladi;
rag‘batlantirishga qaratilgan bolaning xatti-harakati va o‘zini namoyon qilish
istiqbollarini bashorat qilish usullari, shuningdek, rivojlanish holatlarida o‘zini o‘zi
anglashda eng munosib yordam bo‘lgan qo‘llab-quvvatlashni ko‘rsatish; bolaning
individual muhim ijtimoiy muammolarini mustaqil ravishda yengishini ta'minlash
(yordam, qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, o‘qitish, mashq qilish, maslahat berish
va boshqalar);

bolalarning ijtimoiy moslashuvini shakllantirish samaradorligini baholash
(ijtimoiy ahamiyatga ega shaxsiy fazilatlar, kasbiy yo‘nalishni shakllantirish
monitoringi).

O‘qituvchilarning faoliyatida og‘zaki nutqdan tashqari boshqa aloqa

vositalariga ega bo‘lishi ham alohida ahamiyatga egadir. Bunday aloqalarga jismoniy
va vizual aloqalar – o‘quvchining boshini silash, qo‘llarini ushlash, yelkalarini
quchoqlash kiradi. O‘qituvchilar bunday harakatlarni yurakdan chiqarib bajarsa
o‘quvchilar ularni juda aziz inson deb qabul qiladilar.

Muloqot va hamkorlik uyda yakka tartibdagi ta’lim jarayonida yo‘naltiruvchi

hamda rag‘batlantiruvchi omil sifatida qaraladi. Darslarni olib borishda ijobiy
munosabatni shakllantirish uchun o‘quvchining dunyosiga yo‘l topa bilish, quvonch-
u qayg‘usiga sherik bo‘lish, ishonchini oqlay bilish lozim. O.N.Maikina quyidagini
ta’kidlagan edi: “Siz har doim o‘zingizning xattiharakatlaringizni eslab qolishingiz
kerak, chunki o‘quvchi uchun o‘qituvchi nafaqat do‘st, maslahatchi, balki adolatning
tirik timsoliˮ


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

79

ISSN:3030-3613

O‘qituvchi o‘quvchining individual psixologik, shaxsiy xususiyatlarini,

vazifalarning tabiatini yaxshi bilishi orqaligina ushbu muhim masalada
muvaffaqiyatga erishishi mumkin. O‘qituvchi har doim o‘quvchining shaxsiy
xususiyatlarini tahlil qilganda unga yaxshi munosabatda bo‘lishi uchun asos topa
olishi kerak. O‘qituvchi o‘quvchiga o‘qitish faoliyatida haqiqiy muvoffaqiyatga
erishishiga yordam berishga qodir bo‘lishi lozim. Bunga erishish uchun o‘qituvchi
o‘quvchiga ijobiy, do‘stona hamda xayrixoh munosabatni yaratishga intilishi yaxshi
natija beradi.

XULOSA

Uydagi ta’lim bolalarning bilim olish huquqlarini ta’minlash va ularning ta’lim

olishi uchun kerakli shart-sharoitlarni yo‘lga qo‘yish maqsadini ko‘zda tutadi.
O‘quvchilar dunyoqarashi va tasavvurini shakllantirish, fanlar bo‘yicha bilim, hayotiy
ko‘nikma hamda malakalarni singdirish, axloqiy-ma’naviy jihatdan tarbiyalash,
mehnatga tayyorlash kabi va boshqa vazifalarni bajaradi.Aqliy, jismoniy va psixik
rivojlanishi muammoli bolalar ta’limning qay bir shakli, turiga jalb qilinmasin, ularga
mos yondashuvlarni tanlash o‘ziga xos murakkab, shuningdek, kompleks chora-
tadbirlarni taqazo qiluvchi jarayon hisoblanadi. Bunday chora-tadbirlarni samarali
yo‘lga qo‘yish uchun pedagog o‘zi ta’lim berayotgan o‘quvchining shaxsiy, tibbiy,
psixologik hamda pedagogik o‘ziga xosliklari borasida ma’lumotlarni bilishi zarur.
Ijtimoiy-pedagogik yordam ortiqcha himoya bilan almashtirilmasligi kerak, balki
bolaning o‘zini namoyon qilishini rag‘batlantirishga, yuzaga keladigan ijtimoiy
muammolarni bartaraf etishga va jamiyatga integratsiyalashuvi uchun zarur bo‘lgan
o‘zini o‘zi anglash tajribasini to‘plashga qaratilgan bo‘lishi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Попова, Людмила Григорьевна. Сойиально-педагогическое сопрования
формирования социальной адаптивности подростков, обучающихся на дому,
в условиях учреждения социального обслуживания семьи и детей: дис…
кандидат педагогических наук. Москва. 2009. 246 с.

2.

Кевля

Ф.И. Психолого-педагогический

консилиум

как

средство

прогнозирования личностного развития ребёнка // Вестник психо социалъной
и коррекционно-реабилитационной работы. 1996. - №3. – С. 5058.

3.

Куликова Т.А. Семейная педагогика и домашнеевоспитание. – М., 2001. – 102
с.

4.

Mirzaev, O. (2022). THE ROLE OF ETHICS AND AESTHETICS IN THE
FORMATION OF ENTREPRENEURIAL RELATIONS BETWEEN

5.

INDIVIDUALS. Science and innovation, 1(B6), 125-130.

6.

Nargiza, Q. (2022). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA
LOGOPED ISHINING OLIB BORILISHI. PEDAGOGS jurnali, 22(2), 52-54.

7.

Жўрахўжаев, М. Х. (2022). ИМКОНИЯТИ ЧЕКЛАНГАН БОЛАЛАР


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

80

ISSN:3030-3613

8.

УЙДА ЯККА ТАРТИБДАГИ ТАЪЛИМДА ЎҚУВ ЖАРАЁНИНИ

9.

ТАШКИЛ ЭТИШ. PEDAGOGS jurnali, 1(1), 295-298.

10.

Jo‘raxo‘jayev M.X., Imkoniyati cheklangan bolalarning uyda yakka tartibdagi
ta`limi samaradorligini oshirish mexanizmlari: Pedagogika fanlari bo`yicha falsafa
doktori (PhD) dissertatsiyasi. – Jizzax – 2023. – 36-bet.

11.

Jo‘raxo‘jayev M.X. Uyda yakka tartibdagi ta’lim o‘qituvchisining portreti /

12.

“Tilni o‘qitish va o‘rganishda XXI asr ko‘nikmalariˮ III xalqaro anjuman
materiallari. – Jizzax, 2022. – B. 319-325.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

Попова, Людмила Григорьевна. Сойиально-педагогическое сопрования

формирования социальной адаптивности подростков, обучающихся на дому,

в условиях учреждения социального обслуживания семьи и детей: дис…

кандидат педагогических наук. Москва. 2009. 246 с.

Кевля Ф.И. Психолого-педагогический консилиум как средство

прогнозирования личностного развития ребёнка // Вестник психо социалъной

и коррекционно-реабилитационной работы. 1996. - №3. – С. 5058.

Куликова Т.А. Семейная педагогика и домашнеевоспитание. – М., 2001. – 102

с.

Mirzaev, O. (2022). THE ROLE OF ETHICS AND AESTHETICS IN THE

FORMATION OF ENTREPRENEURIAL RELATIONS BETWEEN

INDIVIDUALS. Science and innovation, 1(B6), 125-130.

Nargiza, Q. (2022). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA

LOGOPED ISHINING OLIB BORILISHI. PEDAGOGS jurnali, 22(2), 52-54.

Жўрахўжаев, М. Х. (2022). ИМКОНИЯТИ ЧЕКЛАНГАН БОЛАЛАР 8. УЙДА ЯККА ТАРТИБДАГИ ТАЪЛИМДА ЎҚУВ ЖАРАЁНИНИ

ТАШКИЛ ЭТИШ. PEDAGOGS jurnali, 1(1), 295-298.

Jo‘raxo‘jayev M.X., Imkoniyati cheklangan bolalarning uyda yakka tartibdagi

ta`limi samaradorligini oshirish mexanizmlari: Pedagogika fanlari bo`yicha falsafa

doktori (PhD) dissertatsiyasi. – Jizzax – 2023. – 36-bet.

Jo‘raxo‘jayev M.X. Uyda yakka tartibdagi ta’lim o‘qituvchisining portreti /

“Tilni o‘qitish va o‘rganishda XXI asr ko‘nikmalariˮ III xalqaro anjuman

materiallari. – Jizzax, 2022. – B. 319-325.