T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_4-to’plam_Aprel-2025
199
ISSN:3030-3613
INKLYUZIV SINFDA ALIHIDA TA’LIMGA EHTIYOJI BO‘LGAN
O‘QUVCHILARNI PSIXOLOGIK QO‘LLAB-QUVVATLASH USULLARI
Iroda Ischonova Matkarimovna
Xorazm viloyati Urganch tumani
35-sonli maktab Psixologi
Gulnoz Urinova Boltaboevna
Xorazm viloyati
Urganch tumani 49-sonli maktab Psixologi
Gulshoda Saddinova Abdullayevna
Xorazm viloyati
Urganch tumani 46-sonli maktab Psixologi
Annotasiya.
Maqolada psixologiya fanining fanlararo tarkibidagi o‘z o‘rni
haqida manbalar keltirilgan. psixologiya ushbu fan erishgan yutuqlardan ham
foydalanadi, ham ularning ko’lami kengayishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa,
psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan,bugungi taraqqiyot davrimizda
alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy
bo’lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va rivojlanishni ta’minlash ishiga xizmat
qiladilar.
Kalit so‘zlar:
psixologiya, sotsiologiya, pedagogika, fiziologiya, kibernetika,
iqtisodiyot.
Kirish
Mustaqillikka erishilgandan keyin nafaqat ijtimoiy-siyosiy hayotda,
balki ta’lim-tarbiya jarayonida ham jiddiy oʻzgarishlar amalga oshirila boshlandi.
Endilikda ta’lim amaliyotida tarbiyalanuvchilarga bilimlarni tayyor holda berishdan
voz kechilib, shakllanib kelayotgan yosh avlodning ma’naviyatini sogʻlomlashtirish,
ularni ijrochilikdan erkin ishtirokchi darajasiga koʻtarishning yangi-yangi yoʻllari
qidirilmoqda. Oʻqitishning asosiy ashyolari boʻlmish konsepsiya, ta’lim standartlari,
dastur, darslik, metodik hamda oʻquv qoʻllanmalarni yangilash va takomillashtirish
bilan birga ruxan sogʻlom, aqlan barkamol, oʻz fikri hamda qarashlariga ega boʻlgan
yoshlarni tarbiyalash ustuvorlik kasb etmoqda.
1
Yoshlar tarbiyasida bir xil fikrlaydigan yagona xulosaga keladigan avlodni
shakllantirishdan voz kechilib, oʻrniga ma’naviy sifatlarning yetakchiligi,
tuygʻularning injaligi, koʻngil istaklari ustuvorligiga milliy an’analarga tayangan holda
erishishga alohida diqqat qaratilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich
Mirziyoyev “Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech ogʻishmasdan, qat’iyat bilan
davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz
sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_4-to’plam_Aprel-2025
200
ISSN:3030-3613
boʻlib, dunyo miqyosida oʻz tengdoshlariga hech qaysi sohada boʻsh kelmaydigan
insonlar boʻlib kamol topishi, baxtli boʻlishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor
kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”
2
- deb ta’kidlab oʻtganlar.
Shu oʻrinda, ta’lim tizimidagi islohotlarning boshlangʻich nuqtasi boʻlib
maktabgacha ta’lim tashkilotlari xizmat qilsa, boshlangʻich ta’lim jarayoni esa
bolaning keyingi ta’lim shakllarini oʻzlashtirishi uchun pillapoya rolini oʻynaydi.
Yuqoridagi fikrlarni davom ettirib, boshlangʻich sinfda tahsil oluvchi bolalarning
fiziologik, ijtimoiy, psixologik, ma’naviy holatini, mazkur yosh davriga xos boʻlgan
xususiyatlarni inobatga olgan holda yondashish – bolaning shaxsiy kamolotga
erishishiga zamin yaratadi. Hozirgi kunda Respublikamizda alohida ta’limga ehtiyoji
bo‘lgan bolalar va o‘smirlar ta’limi, ularning nuqson turlari va uning darajalarini
inobatga olgan holda maxsus ta’limning yo‘nalishlari (aqli zaif, ruhiy rivojlanishi
sustlashgan, nutqida, ko‘rishida va eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar) bo‘yicha
korreksion ta’lim tashkil etilgan. Xalqaro miqiyosida ta’lim isloxotini
demokratsiyalashtirish va diskriminatsiyaga qarshi kurashish natijasida jamiyatning
dunyoqarashi o‘zgarib, har xil toifadagi kishilar orasida yangicha yondashuv, o‘zaro
hurmat, ijobiy munosabat shakllandi. Maxsus ta’lim sohasini rivojlanishini qayta
ko‘rib chiqish siyosati amalga oshirila boshladi. Ko‘pchilik mamlakatlar
“Segregatsiya” ta’limidan voz kechib imkoniyati cheklangan bolalarni integratsiya
jamiyatiga mansub bo‘lgan integratsion ta’limni tadbiq qilishni lozim topdi.
Keyinchalik inklyuziv ta’limga o‘tila boshlandi. Bu o‘rinda L.S.Vigotskiyning
fikricha: “Maxsus maktablarimizning afzallik jihatlari bilan bir qatorda ayrim
kamchiliklari bilan ham ajralib turadi, u o‘z tarbiyachisini tor doiradagi maktab
jamoasi bilan chegaralab: kar, ko‘r yoki aqli zaif bolaning asosiy e’tiborini o‘zida
mavjud bo‘lgan kamchiligiga qaratib barcha sharoitni shu nuqsoniga moslashtirib
qo‘yadi. Bularning barchasi bolaning haqiqiy hayotga kirib kelishiga to‘sqinlik qiladi.
Maxsus maktab bolani chegaralangan dunyodan chiqarish o‘rniga odatda shunday
ko‘nikmalarni rivojlantiradiki, oqibatda uning separatizmligi kuchayib u o‘z dunyosiga
yanada chuqurroq sho‘ng‘ib ketadi”. Sog‘lom bolani alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan
bola bilan uyg‘unlashtirilishi maxsus ta’limni keng doirada qayta ko‘rishning
boshlang‘ich nuqtasi bo‘lib xizmat qilishi kerak. O‘zbekistonda inklyuziv ta’limning
dolzarbligi shundaki alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarning yengil darajalilarini
ham maxsus maktablarda ta’lim olib kelayotganligidir. Vaholangki ular umumta’lim
maktablarida sog‘lom tengdoshlari bilan birgalikda ta’lim tarbiya olsalar
jamiyatga tezroq integratsiyalashib keta oladilar. Shuni ta’kidlash joizki, inklyuziv
ta’lim sharoitida bola sog‘lom tengdoshlari orasida bo‘lib oiladan ajralmagan holda
ta’lim-tarbiya olishga muyassar bo‘ladi. Shuningdek alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan
bolalarning umumta’lim tizimida ta’lim olishining afzalligi shundaki ta’limga
sarflanadigan sarf harajat maxsus ta’limga nisbatdan kamayadi. Hozirgi kunda jahon
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_4-to’plam_Aprel-2025
201
ISSN:3030-3613
miqyosida keng targ‘ibot qilinayotgan inklyuziv ta’lim strategiyasi, ya’ni
rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalarni o‘qitish, tarbiyalash masalasi
O‘zbekistonda ham dolzarb muammolar sirasiga kiradi.
Inklyuziv ta’lim asoslari
Inklyuziv ta’lim (ingliz tilidan olingan bo‘lib, inclusive, inclusion–
uyg‘unlashmoq, uyg‘unlashtirish, qamrab olmoq, qamrab olish ma’nolarini bildiradi)
nogiron va sog‘lom bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni (diskriminatsiyani) bartaraf etish,
maxsus ta’limga muxtoj bolalar, (ayrim sabablarga ko‘ra nogiron bo‘lgan) o‘smirlar
rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki iktisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar
ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo‘shishni
ifodalovchi ta’lim tizimidir. Inklyuziv ta’limning siyosati turli xil ehtiyojli bolalarni
ta’lim olishini qo‘llaydi, va yutuqqa erishishiga yordam beradi. Yaxshi hayot qurishiga
imkon yaratadi. Inklyuziv ta’lim bu davlat siyosati bo‘lib nogironligi yoki boshqa
sabablar tufayli maxsus yordamga muhtoj bolalar va yoshlar uchun moslashuvchan va
individuallashgan yordam tizimidir. Barcha bolalarni teng ko‘rishni ko‘zda tutadigan
ta’lim. Ya’ni millati, irqi, tanasining rangi, ijtimoiy kelib chiqishi, oilasining jamiyatda
tutgan o‘rni, manbai, moddiy va ma’naviy ahvoli, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida
kamchiligi bo‘lishidan qat’iy nazar barcha bolalarni teng ko‘rish, ulardagi har qanday
imkoniyatni qadrlash, rivojlantirishni ko‘zda tutadigan ta’limdir.
Inklyuziv ta’lim
umumta’lim jarayonini rivojlantiradi va barcha bolalarga mos
bo‘lgan ta’limni joriy qiladi. Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar ta’lim olishiga
oid qo‘shimcha moslamalarni tashkil qilib bolalarni ta’lim olishiga qulay sharoit
yaratadi.
Inklyuziv ta’lim
har xil ehtiyojli bolalarning ta’lim olishiga qaratilgan
metodologiyani rivojlantirishga harakat qiladi (bir parallel sinfda 2 ta sinf tashkil
qilinadi). Inklyuziv ta’lim turli extiyojlarni qondirishga qaratilgan ixcham turdagi dars
berishga yondashadigan ta’limni ishlab chiqishni amalga oshiradi. Agarda inklyuziv
ta’limni tadbiq etishda dars berish, o‘qitish bir muncha samarali va unumli bo‘lsa unda
nafaqat alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar balki barcha bolalar yutadi. Inklyuziv
ta’lim maktablari bolalarning bilim olish uchun shaxsiy huquqlarini himoyalaydi.
Inklyuziv ta’lim sog‘lom bolalar hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
O‘zlariga o‘xshamagan tengdoshlari va ularning hayoti, ehtiyojlarini his
qiladilar;
Tengdolariga g‘amxo‘rlik hissi uyg‘onadi, ularni qo‘llab-quvvatlash, yordam
berishga intilish–insonparvarlik hissi tarbiyalanadi;
Yordamga muhtoj insonlarga e’tiborsizlik qilmaydigan shaxsga aylanadilar;
O‘quvchilarda atrofdagi insonlarga, imkoniyati cheklanganlarga pozitiv
munosabat, o‘zaro hurmat tarbiyalanadi;
Sharqning mashxur allomalari
Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Abu Nasr
Farobiy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniylarning
tarbiyaning maqsadlari har bir
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_4-to’plam_Aprel-2025
202
ISSN:3030-3613
bola shaxsining rivojlanishiga ta’limning ta’siri to‘g‘risidagi qarashlari inklyuziv talim
rivojlanishining metodologik ba’zasi hisoblanadi. Juda uzoq vaqt davomida maxsus
yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim muassasalariga nisbatan maxsus segregatsion
ta’lim muassasalarida ta’lim tarbiya berish samarali deb hisoblanib kelindi.
1970-1980
yillarga
kelib jahon miqiyosida insonparvarlik va kamsitishlarga yo‘l qo‘ymaslik
g‘oyasining ilgari surilishi alohida ta’limga ehtiyojli bolalarga e’tiborning yanada
yaxshilanishiga olib keldi.
Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bola ham barcha bolalardek bola hisoblanadi
va u tan olinishi, hurmatga sazovor bo‘lishiga haqlidir. Bola, u qanday holatda va
qanday imkoniyatga ega bo‘lishidan qat’iy nazar har doim kattalar yordamiga
muhtojdir. Uni ajratish yoki alohida nom bilan atash insonparvarlik nuqtai nazariga
to‘g‘ri kelmaydi. Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarga nisbatan “anomal
bolalar”, “nogiron bolalar”, “ko‘r bolalar”, “kar bolalar”, “aqli zaif bolalar”, “harakat
tayanch a’zolari falajlangan bolalar” va x. k. tushunchalar ishlatilib kelindi. Ammo
ushbu tushunchalar alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarni huquqlarini poymol
qiladi. Ota-onalarga ham salbiy ta’sir etadi. Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar
normal rivojlanishdagi bolalar kabi topshiriq va vazifalarni tezlik bilan mukammal
amalga oshira olmasalarda, ammo imkoniyat darajasida bajara oladilar. Bolaning
huquqlarini himoya qilish, ularga ijobiy munosabatda bo‘lish tarbiyalashning muhim
usulidir. Shuning uchun ham tahqirlashlarga yo‘l qo‘ymaslik talab etiladi
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-2025-yillarda Xalq ta’limi tizimida inklyuziv
ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasi.(
2.
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy bazasi. Lex.uz
3.
“Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
-son qarori
.
4.
Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy
bahodir. 2-jild. – Toshkent: «O‘zbekiston», 2018. – 508-b.
5.
R.Sh.Shomahmudova. “Mahsus va inklyuziv ta’lim” Uslubiy qo‘llanma. “Chashma
print” nashriyoti- 2011-yil. 4 va 21-betlar.
6.
Выготский
Л.С.
Дефект и
сверхкомпенсация.
//
«Проблема дефектологии». М., 1996. –С. 42.
7.
Крыжановская Л.М.
Психологическая
коррекция в
условиях инклюзивного образования. Пособие для психологов и
педагогов. – М.:
8.
«Владос», 2013. 83-б.
9.
“Inklyuziv ta’limning dolzarb masalalari: muammo va ularning yechimlari” xalqaro
ilmoy amaliy konferensiya materiallar to‘plami.
Toshkent shahri -2011-yil 26-mart.
10.
Azevedo F.S. (2018). An inquiry into the structure of situational interests. Science
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_4-to’plam_Aprel-2025
203
ISSN:3030-3613
Education, 102(1), –PP. 108–119.
11.
10 Султонова Н.А. Теоретические основы подготовки детей в современных
условиях к социальной жизни в семье // scientific progress 2021// 1 (6), 631-635.
12.
Юлчибоева, Д. Э. (2021). Определение творческих способностей у детей
младшего школьного возраста. scientific progress, 7(6), 695698.
13.
Bergin C. & Bergin D. (2009). Attachment in the classroom. Educational
Psychology Review, 21, 141–142-p Retrieved from https://doi.org/10.1007/s10648-
009-9104-0.
14.
Bogart V. (2002). The effects of psychology on the academic achievement of
elementary school students. East Tennessee State University. –PP. 81–82.
15.
И.Б
Сиддиков.
Социально-философские
аспекты
формирования
интеллектуальной культуры молодёжи.
Internet saytlari:
https://bmcpsychology.biomedcentral.com/articles/10.1186/s40359-020-
https://www.routledge.com/Primary-School-Teaching-and-Educational-
Psychology/Galloway-Edwards/p/book/9780582497160