Mualliflar

  • Anvarova Mushtariy Abbosbek qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95751

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Ta’lim sifati psixologik yondashuv pedagogik texnologiya individual rivojlanish differensial ta’lim inklyuziv ta’lim raqamli ta’lim o‘qituvchi o‘quvchi psixologik-pedagogik hamkorlik.

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  ta’lim  sifatini  oshirishda  psixologik-pedagogik 
yondashuvlarning roli chuqur tahlil qilingan. Unda o‘quvchi shaxsini rivojlantirish, 
individual  yondashuvlar,  zamonaviy  ta’lim  texnologiyalarining  psixologik  asoslari, 
raqamli vositalar, differensial va inklyuziv ta’lim usullarining samaradorligi yoritilgan. 
Shuningdek,  o‘qituvchi,  ota-ona  va  psixologlar  o‘rtasidagi  hamkorlik  orqali  ta’lim 
jarayonining yaxlit va samarali tashkil etilishi asoslab berilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

177

ISSN:3030-3613

PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK YONDASHUVLAR ASOSIDA TA’LIM

SIFATINI OSHIRISH YO‘LLARI

Qo'qon universiteti Andijon filiali

Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 1- guruh talabasi

Anvarova Mushtariy Abbosbek qizi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ta’lim sifatini oshirishda psixologik-pedagogik

yondashuvlarning roli chuqur tahlil qilingan. Unda o‘quvchi shaxsini rivojlantirish,
individual yondashuvlar, zamonaviy ta’lim texnologiyalarining psixologik asoslari,
raqamli vositalar, differensial va inklyuziv ta’lim usullarining samaradorligi yoritilgan.
Shuningdek, o‘qituvchi, ota-ona va psixologlar o‘rtasidagi hamkorlik orqali ta’lim
jarayonining yaxlit va samarali tashkil etilishi asoslab berilgan.

Aннотация

: В данной статье всесторонне рассмотрена роль психолого-

педагогических подходов в повышении качества образования. Освещены
вопросы

развития

личности

ученика,

индивидуального

подхода,

психологических

основ

современных

образовательных

технологий,

использования цифровых средств, дифференцированного и инклюзивного
обучения. Также обоснована эффективность взаимодействия между учителем,
родителями и психологом.

Annotation:

This article explores the role of psychological and pedagogical

approaches in improving the quality of education. It highlights the importance of
individual student development, psychological foundations of modern teaching
technologies, digital tools, and the effectiveness of differentiated and inclusive learning
strategies. The article also emphasizes the need for cooperation between teachers,
parents, and psychologists in creating a holistic educational process.

Kalit so‘zlar:

Ta’lim sifati, psixologik yondashuv, pedagogik texnologiya,

individual rivojlanish, differensial ta’lim, inklyuziv ta’lim, raqamli ta’lim, o‘qituvchi,
o‘quvchi, psixologik-pedagogik hamkorlik.

Ключевые слова

: Качество образования, психологический подход,

педагогическая технология, индивидуальное развитие, дифференцированное
обучение, инклюзивное обучение, цифровое обучение, учитель, ученик,
психолого-педагогическое взаимодействие.

Keywords:

Quality of education, psychological approach, pedagogical

technology, individual development, differentiated education, inclusive education,
digital learning, teacher, student, psycho-pedagogical cooperation.


Bugungi globallashuv davrida har bir davlat o‘z taraqqiyotini ta’lim sifati bilan

bog‘lamoqda. Sifatli ta’lim esa, avvalo, o‘quvchilarning individual imkoniyatlari,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

178

ISSN:3030-3613

qobiliyatlari, ruhiy holati va ehtiyojlarini inobatga olgan holda olib borilgan o‘quv-
tarbiyaviy faoliyat bilan ta’minlanadi. Shu nuqtai nazardan qaralganda, ta’lim
jarayonida psixologik va pedagogik yondashuvlarning uyg‘unligi muhim o‘rin tutadi.
Zero, har bir o‘quvchi shaxs sifatida yondashuvni, qiziqish va ehtiyojlariga asoslangan
o‘qitish uslubini talab etadi. Ushbu maqolada ta’lim sifatini oshirishda psixologik va
pedagogik yondashuvlarning asosiy jihatlari, ularni amaliyotga tatbiq etish yo‘llari
tahlil qilinadi.

Ta’lim sifatini oshirish uchun zamonaviy pedagogik jarayon psixologik

qonuniyatlar asosida tashkil etilishi lozim. Bu borada ilg‘or psixolog va pedagog
olimlar tomonidan ilgari surilgan nazariyalar muhim amaliy ahamiyatga ega.

Lev Vygotskiyning “yaqin rivojlanish zonasi” nazariyasiga ko‘ra, o‘quvchining

mustaqil bajara oladigan va katta yoshli yoki tengdoshlari yordamida bajara oladigan
faoliyatlari o‘rtasidagi farqni inobatga olgan holda, pedagog o‘z o‘quvchisining
individual imkoniyatlariga mos yondashishi ta’lim samaradorligini oshiradi. Bu esa
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim konsepsiyasini asoslab beradi.

Jan Piaget tomonidan ishlab chiqilgan kognitiv rivojlanish bosqichlari asosida

esa, o‘quvchilarning yoshga doir tafakkur xususiyatlari hisobga olinadi. Har bir
bosqichga mos metodlar qo‘llanilishi o‘quv materialining chuqurroq o‘zlashtirilishiga
xizmat qiladi.

Jerome Bruner konstruktivistik yondashuvi asosida o‘quvchilar bilimni tayyor

holatda emas, balki mustaqil fikrlash, izlanish va tajriba orqali egallaydi. Bu yondashuv
o‘quvchini faol subyektga aylantiradi va mustahkam bilimlar shakllanishiga yordam
beradi.

Benjamin Bloom tomonidan ishlab chiqilgan taksonomiya esa o‘quvchilarning

bilimga bo‘lgan yondashuvini bosqichma-bosqich chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
Dastlabki bosqichda bilim olish, keyin tushunish, qo‘llash, tahlil qilish, sintez qilish va
baholash bosqichlari orqali o‘quvchi fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.

John Deweyning amaliyotga asoslangan yondashuvi, ta’lim jarayonini hayot bilan

bog‘lash, o‘quvchilarda faol ishtirok va qiziqishni uyg‘otish orqali o‘qish jarayonini
mazmunli va samarali qiladi. Dewey fikricha, “ta’lim – bu hayotning o‘zi”.

Albert Bandura ijtimoiy o‘rganish nazariyasi orqali o‘rganish faqat og‘zaki yoki

yozma ma’lumot orqali emas, balki boshqalarning xatti-harakatini kuzatish orqali ham
amalga oshishini ko‘rsatgan. Bu yondashuv ta’lim jarayonida namunali shaxslar, ijobiy
rol modellari va interaktiv metodlardan foydalanish zarurligini bildiradi.

David Ausubel esa o‘quv materialini mavjud bilimlar bilan bog‘lab tushuntirish

orqali yangi ma’lumotlarni osonroq va mazmunli o‘zlashtirish mumkinligini
ta’kidlaydi. Bu metod o‘quvchilarda uzviylik va mantiqiy fikrlashni shakllantiradi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

179

ISSN:3030-3613

Ushbu psixologik-pedagogik yondashuvlar asosida quyidagi amaliy chora-

tadbirlar orqali ta’lim sifatini oshirish mumkin. Individual yondashuvni yo‘lga
qo‘yish,

Vygotskiy va Piaget nazariyalaridan kelib chiqib, har bir o‘quvchining rivojlanish

darajasi, idrok qilish tezligi, qiziqishlari inobatga olinishi lozim. Bu uchun o‘qituvchi
diagnostika asosida differensial yondashuvni qo‘llashi zarur. O‘quvchini faol
subyektga aylantirish, Bruner va Deweyning yondashuvlaridan foydalangan holda,
o‘quvchilarga muammo asosida fikrlash, mustaqil izlanish, tajriba asosida bilim olish
imkoniyatlari yaratish kerak. Amaliy mashg‘ulotlar, loyihaviy ishlar va guruhli
muhokamalar samarali usullardandir. Bosqichma-bosqich fikrlashni shakllantirish,
Bloom taksonomiyasidan foydalanib, darslarda savol-javoblar, tahliliy topshiriqlar,
baholash faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish orqali o‘quvchilarning analitik va tanqidiy
fikrlashini rivojlantirish mumkin. Rol modellardan foydalanish, Bandura nazariyasiga
asoslanib, o‘quvchilarga ijobiy shaxsiy fazilatlarni namoyon etuvchi namunali
shaxslarni tanishtirish, videodarslar, hikoyalar orqali ijobiy xulq-atvorlarni
shakllantirish maqsadga muvofiq. Yangi bilimlarni mavjud bilimlar bilan bog‘lash,
Ausubel tavsiya qilganidek, har bir yangi mavzu o‘quvchining ilgari olgan bilimlariga
tayanib tushuntirilsa, bu o‘zlashtirish samaradorligini oshiradi. Shuningdek, asosiy
tushunchalarga tayanuvchi “konspekt xaritalar”, “grafik sxemalar”dan foydalanish
foydalidir. Motivatsiyani oshirish, har bir yondashuvda o‘quvchining ichki
motivatsiyasini oshirish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun rag‘batlantirish, o‘z-
o‘zini baholash, mustaqillik va mas’uliyat hissini kuchaytiruvchi metodlar qo‘llanishi
lozim. Axborot texnologiyalaridan foydalanish, zamonaviy texnologiyalar psixologik-
pedagogik yondashuvlarni yanada samarali qo‘llash imkonini beradi. Masalan,
interaktiv doskalar, onlayn dars platformalari, multimediali materiallar orqali
o‘quvchini faol ishtirokchi sifatida shakllantirish mumkin.

Psixologik yondashuvlar, avvalo, o‘quvchi shaxsining ichki dunyosi, hissiyoti,

motivatsiyasi va o‘qishga bo‘lgan munosabatini o‘rganishga qaratilgan. Shaxsga
yo‘naltirilgan yondashuvga keladigan bo'lsak bu yondashuvda o‘quvchining yoshi,
individualligi, intellektual va emotsional salohiyati e’tiborga olinadi. O‘quvchilar bir
xil tezlikda o‘zlashtira olmaydi, shuning uchun har biriga mos yondashuv qo‘llash
zarur. Bu metod shaxsiylashtirilgan ta’limni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ta’limda muvaffaqiyat kaliti o‘quvchining ichki motivasiyasidir. Masalan,

Maslou nazariyasiga ko‘ra, o‘quvchining asosiy ehtiyojlari qondirilsa, u yuqoriroq
maqsadlar sari intiladi. O‘qituvchi bu jarayonda rag‘batlantirish, maqtov va mustaqil
fikrlashga undovchi metodlardan foydalangan holda, o‘quvchini ichki motivatsiya
bilan ta’minlashi mumkin.

Emotsional intellekt bu shaxsning o‘z his-tuyg‘ularini anglash va boshqarish

qobiliyatidir. Ta’lim jarayonida ijobiy muhit yaratish, o‘quvchilar o‘rtasida mehr-


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

180

ISSN:3030-3613

oqibatni rivojlantirish, ijobiy kayfiyatda o‘qitish natijadorlikni oshiradi. Pedagogik
yondashuvlar esa o‘quv jarayonining mazmuni, metodikasi va tashkil etilishi bilan
bog‘liqdir. Konstruktiv yondashuv bu yondashuvga ko‘ra, o‘quvchi bilimni tayyor
holatda emas, balki o‘z tajribasi orqali egallashi kerak. O‘qituvchi o‘quvchini
yo‘naltiruvchi, muammolar yechimini topishga undovchi bo‘lib xizmat qiladi. Bu
o‘quvchini faol fikrlovchi shaxsga aylantiradi. Faol metodlar bu o‘quvchilarni darsga
faol jalb etuvchi uslublar bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: interaktiv darslar, jamoaviy
ishlar, rolli o‘yinlar, loyihalar, munozaralar. Bu usullar orqali bilim chuqurroq va
mustahkam o‘zlashtiriladi. Refleksiya o‘quvchining o‘z ta’lim jarayonini baholashi,
o‘rganilgan mavzuni tahlil qilishi. Bu yondashuv orqali o‘quvchi mustaqil fikrlash va
o‘zlashtirish darajasini oshiradi.

Psixologik va pedagogik yondashuvlarni integratsiyalash. Psixologik va

pedagogik yondashuvlar o‘zaro uyg‘unlashtirilganda ta’lim jarayonining sifati yanada
ortadi. Masalan, pedagogik texnologiyalarni o‘quvchi psixologiyasi bilan
muvofiqlashtirish. Shaxsga yo‘naltirilgan darslar orqali motivatsiyani oshirish.
Emotsional intellekt va konstruktiv yondashuvni uyg‘unlashtirish.Bu integratsiya
asosida o‘quvchi shunchaki bilim oluvchi emas, balki ongli ravishda rivojlanayotgan
shaxsga aylanadi. Har bir o‘quvchi shaxs bo‘lib shakllanayotgan mustaqil individdir.
Shuning uchun ta’lim jarayonida faqat bilim berish emas, balki uning ruhiy, ijtimoiy
va axloqiy rivojlanishini ham hisobga olish zarur. Vygotskiy ta’lim nazariyasida "yaqin
rivojlanish zonasi" tushunchasi mavjud bo‘lib, o‘qituvchi o‘quvchining hozirgi bilim
darajasidan biroz oldinda turgan vazifalarni berishi lozim. Bu yondashuv bilan
o‘quvchining intellektual salohiyati samarali rivojlanadi.

Biopsixososial yondashuv bu o'quvchining biologik, psixologik va ijtimoiy

jihatlarini birgalikda tahlil qilib, har tomonlama rivojlanishini qo‘llab-quvvatlovchi
ta’lim metodlarini ishlab chiqish. Masalan, diqqat yetishmovchiligi bo‘lgan bolalarga
differensial ta’lim metodlari, ijtimoiy fobiyasi bo‘lgan bolalarga esa psixologik
qo‘llab-quvvatlovchi metodlar kerak bo‘ladi.

Zamonaviy ta’limda psixologik-pedagogik texnologiyalarni o'rni. STEAM

yondashuvi (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) bu fanga
asoslangan o‘qitish bilan birga ijodiy va emotsional ko‘nikmalarni rivojlantiradi.
Montessori pedagogikasi shaxsga yo‘naltirilgan, o‘quvchini mustaqil fikrlovchi va
tanlov qiluvchi shaxs sifatida rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Reggio Emilia yondashuvi
o‘quvchilarni “kashfiyotchi” sifatida ko‘radi, ta’limda emotsional aloqalar va ijtimoiy
o‘rganish muhim o‘rin tutadi. Ta’lim sifatini oshirishda o‘qituvchining psixologik
salohiyati haqida fikr yuritamiz. O‘qituvchining kommunikativ ko‘nikmalari, stressni
boshqarish, empatiya qobiliyati, konfliktlarni hal qilish madaniyati bularning barchasi
ta’lim sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Psixologik barqaror o‘qituvchi bu


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

181

ISSN:3030-3613

o‘quvchining o‘rnak oladigan shaxsidir. Shu sababli, o‘qituvchilarga psixologik
treninglar, reflektiv amaliyotlar va emotsional salomatlik mashg‘ulotlari muhim.

Differensial va inkluziv yondashuvlar. Har bir o‘quvchi turli darajadagi

qobiliyat va ehtiyojlarga ega. Shu sababli, differensial yondashuv orqali kuchli
o‘quvchilarga murakkab topshiriqlar, qiyinchilikka uchrayotganlarga oddiylashtirilgan
yondashuvlar, nogironligi bo‘lgan o‘quvchilarga esa moslashtirilgan va inklyuziv
dasturlar taqdim etilishi kerak. Inkluziv ta’limda psixologik qo‘llab-quvvatlash,
maxsus pedagoglar, logoped va defektologlar ishtiroki zarur.

Raqamli

psixologik-pedagogik

texnologiyalar.

Psixologik

diagnostika

vositalari, Onlayn testlar, kuzatuv platformalari orqali o‘quvchilarning emotsional,
ijtimoiy

holatlari

o‘rganiladi. Elektron baholash tizimlari (e-assessment)

O‘quvchilarning bilim darajasini ob’ektiv va tez tahlil qilishga imkon beradi. Virtual
laboratoriyalar va simulyatorlar: O‘quvchini muhit bilan emotsional va kognitiv
bog‘laydi.

Ota-ona, pedagog va psixolog hamkorligi. Ota-onalarning farzandi psixologiyasi,

tarbiyaviy ehtiyojlari to‘g‘risida ma’lumotli bo‘lishi, o‘qituvchi va maktab psixologi
bilan muntazam muloqotda bo‘lishi kerak. Psixologik-pedagogik konsiliumlar tashkil
qilish orqali har bir bola ustida alohida yondashuv ishlab chiqish mumkin.

Xulosa va tavfsiyalarga o'tamiz.

Ta’lim sifatini oshirish zamonaviy davrning

eng dolzarb vazifalaridan biridir. Bu sifatga erishishda psixologik va pedagogik
yondashuvlarning o‘rni beqiyos. Shaxsga yo‘naltirilgan, emotsional muhitga
asoslangan, faol va interaktiv metodlar orqali olib borilgan darslar samaradorlikni
oshiradi. O‘qituvchi o‘z faoliyatida zamonaviy psixologik bilimlarni, didaktik
metodlarni uyg‘unlashtirib, har bir o‘quvchining salohiyatini ro‘yobga chiqarishda
asosiy yetakchiga aylanadi. Ta’limda sifat bu nafaqat bilim, balki tarbiya, ruhiy
salomatlik va ijtimoiy moslashuv natijasi hamdir.

Psixologik-pedagogik yondashuvlar zamonaviy ta’lim tizimining ajralmas

qismidir. Ta’lim sifatini oshirish uchun faqatgina dars berish emas, balki o‘quvchining
emotsional, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarini ham hisobga olish zarur. Bu yondashuvlar
orqali sog‘lom, baxtli va mustaqil fikrlovchi yosh avlodni tarbiyalash mumkin bo‘ladi.
Shu sababli, ta’limda individual yondashuvlar, integratsiyalashgan metodlar va
zamonaviy psixologik-pedagogik texnologiyalarning keng qo‘llanilishi dolzarb masala
bo‘lib qolmoqda.

Foydalananilgan adabiyotlar

1.

Lev Semyonovich Vygotskiy. Pedagogik psixologiya. Toshkent: 2021.

2.

Jan Piaget. Intelektual rivojlanish bosqichlari. Moskva: 2020.

3.

Mualliflar jamoasi. O‘zbek pedagogik psixologiyasi asoslari. Toshkent: 2022.

4.

Mualliflar jamoasi. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari: STEAM yondashuvi.
Toshkent: TDIU nashriyoti, 2023.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

182

ISSN:3030-3613

5.

UNESCO. Inclusive Education Guidelines. Paris: UNESCO Publishing, 2021.

6.

Ziyonet. www.ziyonet.uz – Ta’lim sohasidagi zamonaviy maqolalar va ma’lumotlar
portali.





Bibliografik manbalar

Foydalananilgan adabiyotlar

Lev Semyonovich Vygotskiy. Pedagogik psixologiya. Toshkent: 2021.

Jan Piaget. Intelektual rivojlanish bosqichlari. Moskva: 2020.

Mualliflar jamoasi. O‘zbek pedagogik psixologiyasi asoslari. Toshkent: 2022.

Mualliflar jamoasi. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari: STEAM yondashuvi.

Toshkent: TDIU nashriyoti, 2023.

UNESCO. Inclusive Education Guidelines. Paris: UNESCO Publishing, 2021.

Ziyonet. www.ziyonet.uz – Ta’lim sohasidagi zamonaviy maqolalar va ma’lumotlar

portali.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари