Mualliflar

  • Bo'riboyeva Nasibaxon Abbosovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95761

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: rahbarning vazifalari rahbar hamkorlik boshqarish mahorati kasbiy faoliyat munosabat.

Annotasiya

Annatatsiya:  ushbu  maqolada  rahbarlarning  ta’lim  tarbiya,  ish  va  kasbiy 
faoliyatida fikr almashish va ta’limiy faoliyatni boshqarish ahamiyati hamda asosiy 
vazifalari  haqida aytib o‘tilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

127

ISSN:3030-3613

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIMIY

JARYONLARNI TASHKIL QILISHDA RAHBARNING BOSHQARISH

MAHORATI

Bo'riboyeva Nasibaxon Abbosovna

Andijon shahar 49- DMTT direktori

Annatatsiya:

ushbu maqolada rahbarlarning ta’lim tarbiya, ish va kasbiy

faoliyatida fikr almashish va ta’limiy faoliyatni boshqarish ahamiyati hamda asosiy
vazifalari haqida aytib o‘tilgan.

Аннотatsiя:

В статье рассматриваются значение и основные задачи лидеров

в обмене идеями и управлении образовательной деятельностью в сфере
образования, труда и профессиональной деятельности.

Abstract:

This article discusses the importance and main tasks of leaders in the

exchange of ideas and management of educational activities in education, work and
professional activities.

Kalit so‘zlar:

rahbarning vazifalari, rahbar, hamkorlik, boshqarish mahorati,

kasbiy faoliyat, munosabat.

Ключевые

слова:

обязанности

лидера,

лидер,

сотрудничество,

управленческие навыки, профессиональная деятельность, отношение.

Key words:

responsibilities of a leader, leader, cooperation, management skills,

professional activity, attitude.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT) rahbari

— bu tashkilotning umumiy

faoliyatini boshqaradigan, ta’lim-tarbiya jarayonlarini muvofiqlashtiradigan, xodimlar
ishini tashkil qiladigan va resurslardan samarali foydalanilishini ta’minlaydigan mas’ul
shaxs hisoblanadi. O‘zbekistonda bu lavozim odatda

bog‘cha mudirasi yoki mudiri

deb yuritiladi.

MTT rahbarining asosiy vazifalari:

Tashkiliy-boshqaruv faoliyati

: muassasaning ish rejasi, shtat jadvali,

smeta va ichki tartib-qoidalarini ishlab chiqadi.

Pedagogik rahbarlik

: tarbiyachilar, psixologlar, defektologlar va

boshqa mutaxassislarning ishini muvofiqlashtiradi.

Ta’lim sifati nazorati

: o‘quv-tarbiya ishlarining metodik jihatdan to‘g‘ri

olib borilishini ta’minlaydi.

Moliyaviy-iqtisodiy boshqaruv

: budjet mablag‘lari, homiylik yordami

va boshqa resurslarni to‘g‘ri sarflashini nazorat qiladi.

Ota-onalar bilan hamkorlik

: ota-onalar yig‘inlarini tashkil qiladi,

tarbiyaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

128

ISSN:3030-3613

Huquqiy javobgarlik

: muassasada sodir bo‘ladigan barcha holatlar

uchun qonuniy javobgar bo‘ladi.

Rahbar maktabgacha ta'lim tashkilotlarning tashkilotchisi, rahbari, malakali

pedagog, uning faoliyati maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni komil inson qilib
tarbiyalash vazifalarini to‘la-qonli hal etishga qaratilgan. U bolalar muassasalaridagi
ta'lim-tarbiyaviy, pedagogik va gigiyenik talablar muvofiq ravishda amalga oshirilishi
uchun zarur shart-sharoitlami ta'minlaydi. O‘z jamoasida ishchanlik, maqsadga
qaratilgan inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi. Rahbar o‘z
ishida davlatimiz va Xalq ta'limi vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror, qonunlarga
amal qiladi va o’z ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi. Yuksak onglilik va
siyosiy yetuklik, prinsiplilik, o‘ziga va qo‘l ostidagilarga talabchanlik, rahbarga
qo‘yiladigan asosiy talablardir.

Rahbar bog‘chani kerakli texnikaviy va xo‘jalik materiallari bilan muntazam

ravishda ta'minlab turishi, binoni jihozlar bilan (qattiq va yumshoq inventarlar)
jihozlashi, binoni o‘z vaqtida ta'mirlashi va o‘quv-ko‘rgazmali qurollar bilan to’ldirib
borishi, turli yosh guruhi uchun dasturiy-mctodik hujjatlarda tavsiya etilgan (ularni
fiziologik, aqliy, axloqiy, mehnat, estetik tarbiyalash maqsadida) bolalar badiiy
adabiyoti va pedagogik adabiyotlar bilan ta'minlashi, bolalar maydonchasi va yer
uchastkasini to‘g‘ri, rejali jihozlashi, kadrlarni joylashtirishda ulami bolalar bilan
ishlash stajiga qarab, xodimlarning individual xususiyatlarini hisobga olishi, shifokor
bilan birgalikda tibbiy ishlarini nazorat qilishi va bolalarni tizimli tibbiy
ko’rikdano’tkazishi kerak.

Boshqarish mahorati

:

Rahbarning boshqaruv mahorati ta'lim muassasasining umumiy ish

faoliyatiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Samarali boshqaruv orqali rahbar o'qituvchilarni
rag'batlantirishi, tarbiyalanuvchilarni motivatsiya qilishi va har bir jarayonni tartibga
solishi mumkin.

Rahbarning boshqaruv uslubi jamoaning ish faoliyatini yaxshilashga

yordam beradi. Demokratik boshqaruv uslubi orqali rahbar o'qituvchilar va
tarbiyalanuvchilarni o'z fikrlarini bildirishga undaydi, bu esa jamoada ochiq va
samarali muloqotni rivojlantiradi.

Pedagog o‘zida ijodiylik hissini shakllantirish va boshqarish uchun quyidagi

autotreninglarni qo'llashi mumkin:

men tinch-xotirjamman;

men ishonch bilan dars o'ta olaman;

bolalar meni tinglashadi;

men darsga yaxshi tayyorlanganman;

dars juda qiziqarli bo'ladi;

bolalarning men bilan birga bo'lishlari juda qiziqarli;


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

129

ISSN:3030-3613

kayfiyatim yaxshi;

menga darsda ishlash yoqadi.

Ayrim rahbarlarga «xodimlaringiz sizga doimo bo'ysunadilarmi», deb savol

bersangiz, ular «yo'q, doim emas, xodimlarim bilan til topisha olmayman», deb javob
qaytaradilar. Nima uchun? Balki rahbar xodimlarini to'g'ri tushuna olmayotgandir.
Demak, ba’zi rahbarlar to'g'ri ko'rsatma bera olmaydilar. Kasbiy muloqotni to'g'ri
yo'lga qo'ya olish lozim. Bir-birini tushunish xodimlarning umumiy aqliy
rivojlanishiga, madaniyatiga bog'liq. Ayrim xodimlarga bitta gap kam, ikkita gap
ortiqcha bo'ladi, ularga 1,5 ta gapni topib ko'rsatma berish lozim. Har bir xodimning
intellekt (aqliy) darajasini hisobga olib ko'rsatma berilsa, ular vijdonan bajaradilar.
Rahbar xodimga mantiqiy fikr berishi kerak, jumladan, ertaga birorta materialni
tayyorlab olib kiring deyishi mumkin. rahbami eshitish emas, balki tinglash, chuqur
idrok qilish ko'nikmasi bo'lishi lozim. Xodimning diqqatini to'plab olishiga imkon
berishi kerak. Bir-birini tushunish uchun quyidagi 5 ta shartni aytib o'tish joiz:

birgalikdagi kasbiy tilga ega bo‘lish;

intellekt (aqliy) darajasini hisobga olish;

axborotning to‘liq bo'lishi;

mantiqan bayon etish;

diqqatni bir joyga to‘play olish.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari kadrlarning kasb mahoratini, umumiy

ta’lim mahoratini, umumiy ta’lim va madaniy darajasini muntazamo’stirib borishga
g‘amxo‘rlik qiladi; xodimlar malakasini hisobga olgan holda va maktabgacha ta’lim
tashkiloti manfaatlaridan kelib chiqib, ularni tartibli va o‘z vaqtidajoydan-joyga
ko‘chirib turilishini ta'minlaydi. Bu maqsadlar uchun ma'- muriyat ruhiy-pedagogik
o‘qitishning huquqiy va iqtisodiy uyg‘unlanishini ta'minlaydi;

xodimlar malakasini oshirishga bevosita maktabgacha ta’lim tashkilotida shart-

sharoit yaratadi, murabbiylik harakatini rivojlantiradi;

mamlakatda va chet ellarda pedagogik va boshqa fanlar erishgan yutuqlar haqida

axborot beradi. Ma'muriyat jamoat tashkilotlari bilan birgalikda maktabgacha ta’lim
tashkilotlari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun optimal shartsharoitlami
ta'minlaydi, ularga o‘z vaqtida zarur metodik yordam ko‘rsatadi. Maktabgacha ta’lim
tashkilotida kadrlar zaxirasi shakllantirilib, ular bilan ish olib boriladi. Ta’lim
tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida, umumiy yig‘ilish qarori bilan,
maktabgacha ta’lim tashkilotida yangi pedagogik texnologiyalarni amalda qo‘llash
ishlari amalga oshiriladi.

Xulosa shuki:

Ta'limiy jarayonlarni samarali tashkil etish uchun rahbarning fikr

almashish va boshqarish mahorati juda muhim ahamiyatga ega. Rahbar o'zining
kommunikatsion

ko'nikmalarini,

boshqaruv

uslublarini

va

innovatsion

yondoshuvlarini qo'llash orqali o'quv muassasasining faoliyatini boshqaradi. Fikr


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

130

ISSN:3030-3613

almashish, jamoaning har bir a'zosi bilan ochiq va samarali muloqot qilish, yangi
pedagogik metodlarni joriy etish va o'quvchilarni motivatsiya qilish orqali rahbar ta'lim
jarayonining sifatini oshiradi. Boshqarish mahorati esa muammolarni tez va samarali
hal qilish, jamoani rag'batlantirish va umumiy maqsadlarga erishishda yordam beradi.
Bu jarayonlar ta'lim muassasasining rivojlanishi va uning yuksak natijalarga erishishini
ta'minlaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va
tarbiya to‘g‘risida” Qonuni.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-
yillarga moʼljallangan yangi .Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʼgʼrisida”gi
PF-60-sonli Farmoni.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “Oʼzbekiston
Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi PQ-4312-sonli Qarori.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22- dekabrdagi
“Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
802-sonli Qarori


Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va

tarbiya to‘g‘risida” Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-

yillarga moʼljallangan yangi .Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʼgʼrisida”gi

PF-60-sonli Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “Oʼzbekiston

Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish

konsepsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi PQ-4312-sonli Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22- dekabrdagi

“Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi

-sonli Qarori