T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
246
ISSN:3030-3613
YOSH TADBIRKORLAR VA STARTAPLAR UCHUN INNOVATSION
IMKONIYATLAR
Olimova Barchinoy Jahongir qizi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU talabasi
Yusufbekova Fotima Holbek qizi
yusufbekovafotima3@gmail.com
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU talabasi
Shayzoqova Munisa Meliqo‘zi qizi
munisa_shayzoqova8112@mail.ru
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU talabasi
Nizomiddinova Feruza G‘iyosiddin qizi
nizomiddinovaferuza36@gmail.com
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU talabasi
Annotatsiya
Ushbu maqolada yosh tadbirkorlar va startaplar uchun yaratilayotgan
innovatsion imkoniyatlar yoritilgan. Mavzuning dolzarbligi texnologik taraqqiyot,
davlat siyosati, xorijiy tajriba va ilmiy yondashuvlar orqali asoslab berilgan. Maqolada
yoshlarning startap ekotizimidagi faolligi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish
yo‘llari, shuningdek, raqamli iqtisodiyotda startaplarning o‘rni haqida fikr yuritiladi.
Bundan tashqari, O‘zbekistondagi qonunchilik asoslari, amaliy dasturlar, statistik
ko‘rsatkichlar va xorijiy tajribalar misolida innovatsion imkoniyatlarning real holati
tahlil qilingan. Yakuniy qismda esa yosh tadbirkorlar faoliyatini yanada rivojlantirish
bo‘yicha tavsiya va takliflar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
Yosh tadbirkor, startap, innovatsion imkoniyatlar, raqamli
iqtisodiyot, inkubatsiya, akseleratsiya, grant, davlat dasturlari, ekotizim, ta’lim va
biznes integratsiyasi.
Kirish
So‘nggi yillarda dunyo bo‘yicha yoshlar orasida tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqish
sezilarli darajada ortib bormoqda. Global Entrepreneurship Monitor (GEM)
ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil holatiga dunyo bo‘yicha 18-34 yosh oralig‘idagi
aholining 23 foizi o‘z biznesini boshlash yoki uni rivojlantirish ustida ishlayotgani
aniqlangan. Bu esa yoshlar orasida startaplar va innovatsion g‘oyalarga qiziqish
kuchayganini ko‘rsatadi. Raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, blokcheyn, “Internet
of Things” kabi ilg‘or yo‘nalishlarning ommalashuvi tufayli bugungi kunda startaplar
orqali tez, samarali va nisbatan arzon yechimlar yaratish mumkin bo‘lib qoldi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
247
ISSN:3030-3613
Dunyo bo‘yicha innovatsion ekotizimlar shakllanmoqda: AQShning Silikon
vodiysi, Hindistonning Bangalore shahri, Xitoyning Shenzhen hududi yosh
startapchilarga texnik, moliyaviy va intellektual ko‘mak ko‘rsatib kelmoqda. Bu esa
global raqobatda ilg‘or fikrli yoshlar uchun katta imkoniyatlar ochmoqda. Jumladan,
“The Lean Startup” (Eric Ries) va “Zero to One” (Peter Thiel) kabi asarlar zamonaviy
startap yondashuvlarining nazariy asoslarini shakllantirib, yosh tadbirkorlar uchun
muhim yo‘l xaritasi bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston misolida ham so‘nggi yillarda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish
borasida qator tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, “Yoshlar – kelajagimiz”
dasturi, IT-park rezidentlik tizimi, venchur fondlar faoliyati va “Startap Milliy tanlovi”
kabi tashabbuslar orqali yoshlar o‘z g‘oyalarini biznesga aylantirish imkoniyatiga ega
bo‘lmoqda. Davlat statistika qo‘mitasining 2024-yilgi ma’lumotlariga ko‘ra,
mamlakatda har yili 10 mingdan ortiq yoshlar o‘z biznesini ro‘yxatdan o‘tkazmoqda.
Ushbu maqolada yosh tadbirkorlar uchun mavjud innovatsion imkoniyatlar,
muvaffaqiyat omillari, xalqaro tajribalar hamda O‘zbekistonda mavjud infratuzilmalar
asosida qanday qo‘llab-quvvatlov mexanizmlari borligi tahlil qilinadi. Shuningdek,
kelajakda yosh startapchilarning muvaffaqiyati uchun zarur bo‘lgan strategik
yo‘nalishlar haqida fikr yuritiladi.
Adabiyotlar sharhi
O‘zbek olimlaridan quyidagilar o‘z ilmiy ishlanmalarida mavzuga oid nazariy
fikrlar bildirgan.
T. Xolmurodov – “Innovatsion iqtisodiyot asoslari”.
Ushbu ishda
innovatsiyalarni joriy qilishning mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga ta’siri, xususan,
yoshlar o‘rtasida startaplar rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash muhimligi ko‘rsatilgan.
Muallif yoshlarning innovatsion g‘oyalarini real biznesga aylantirish mexanizmlarini
tahlil qiladi.
Sh. Axmedov – “Yoshlar va innovatsion faoliyat”
. Ishda O‘zbekiston
sharoitida yoshlar orasida innovatsion fikrlashni shakllantirish, davlat tomonidan
yaratilayotgan imkoniyatlar (grantlar, inkubatorlar, akseleratorlar) tahlil qilinadi.
Tadbirkorlik va startaplar rivojiga oid amaliy tavsiyalar keltirilgan.
M. Jo‘rayev – “Startap loyihalar: shakllanish va rivojlanish bosqichlari”
.
Muallif startaplarning turlari, ularning rivojlanish bosqichlari, moliyaviy manbalar,
investorlar bilan munosabatlar va muvaffaqiyatli loyihalarning omillarini o‘rganadi.
N. Tursunov – “Innovatsion menejment”
. Ishda startaplar va innovatsion
loyihalarni boshqarish uslublari, bozorni tahlil qilish va mahsulotni tijoratlashtirish
usullari bayon etilgan.
Xorijiy olimlardan quyidagilar o‘z ilmiy ishlanmalarida mavzuga oid nazariy
fikrlar bildirgan.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
248
ISSN:3030-3613
Eric Ries –
The Lean Startup
. Bu ishda startaplar qanday qilib tez va samarali
tarzda ishga tushirilishi, bozorga moslashishi va foydalanuvchi ehtiyojlariga mos
mahsulotlar yaratish strategiyasi yoritilgan. “Build-Measure-Learn” modeli ayniqsa
muhim.
Steve Blank –
The Startup Owner’s Manual
. Blank o‘z ishida startaplar uchun
mijozlarni aniqlash, sinovdan o‘tkazish va bozorga chiqish strategiyalarini batafsil
tushuntiradi. U startaplarni “mijoz topishga xizmat qiladigan muassasa” sifatida
ta’riflaydi.
Peter Thiel –
Zero to One
. Muallif innovatsiyalarni “noldan birga” ya’ni, yangi
mahsulot yoki xizmat yaratish orqali mavjud bozorni tubdan o‘zgartirish deb
baholaydi. Yosh tadbirkorlar uchun ijodkorlik va farqlilik muhimligiga urg‘u beradi.
Clayton
Christensen
–
The Innovator’s Dilemma
.
Ishda
yirik
kompaniyalarning innovatsion imkoniyatlarni qanday qo‘ldan boy berishi va kichik
startaplarning qanday qilib bu imkoniyatlardan foydalangan holda muvaffaqiyatga
erishishi tahlil qilingan. Bu yosh startaplar uchun strategik tavsiyalar beradi.
Thomas Eisenmann –
Why Startups Fail
. Har bir startap muvaffaqiyatga erisha
olmaydi. Ushbu kitobda asosiy muvaffaqiyatsizlik sabablari (noto‘g‘ri bozor,
moliyaviy xatolar, jamoa muammolari) o‘rganiladi. Shu orqali yosh tadbirkorlar o‘z
loyihalarida xatolardan qochishlari mumkin.
Metodologiya
Ushbu maqolada yosh tadbirkorlik va startaplar faoliyatining innovatsion
imkoniyatlari tahlil etilgan. Maqola yozishda statistik ma’lumotlardan, hukumat
qarorlari va xorijiy tajribalardan, shuningdek, ilmiy manbalar – “The Lean Startup” va
“Zero to One” kabi asarlardagi nazariy yondashuvlardan foydalanilgan. Tahlil
davomida startaplar soni, ularning sektorlar bo‘yicha taqsimoti, davlat tomonidan
ajratilgan grantlar miqdori kabi ko‘rsatkichlar ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari, yosh
tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan amaliy dasturlar asosida mavjud imkoniyatlar
va muammolar tahlil qilingan.
Tahlil va natijalar
Yosh tadbirkorlar uchun innovatsion imkoniyatlar tobora kengayib borayotgani
bugungi zamonaviy iqtisodiyotda yaqqol sezilmoqda. Bu imkoniyatlar texnologik
taraqqiyot, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, global bozorga chiqish osonlashuvi
va ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar orqali yuzaga chiqmoqda. Ayniqsa, startaplar uchun
yaratilayotgan imkoniyatlar yoshlarning o‘z g‘oyalarini biznesga aylantirishlariga
qulay muhit yaratmoqda.
So‘nggi yillarda yoshlar orasida biznesga qiziqish ortib bormoqda. Dunyo
bo‘yicha har yili o‘rtacha 100 milliondan ortiq yangi startap ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Ularning katta qismi texnologik, ijtimoiy yoki ekologik muammolarga yechim
topishga qaratilgan.Yosh tadbirkorlar va startaplar bugungi raqamli iqtisodiyotda
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
249
ISSN:3030-3613
muhim rol o‘ynamoqda. Ular innovatsion g‘oyalar asosida yangi mahsulotlar va
xizmatlarni yaratish orqali bozor talablariga tezkor moslashadi.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, aynan startaplar iqtisodiy o‘sish, bandlik
va texnologik yangiliklar uchun asosiy harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Statista
ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda global startap bozori hajmi 4,5 trln AQSh dollariga
yetgan. Bu ko‘rsatkich 2020-yilga nisbatan qariyb ikki barobar o‘sgan
1-jadval: 2020–2023 yillar oralig‘ida global startap bozori hajmi (mlrd $)
Yoshlar o‘rtasida startap faoliyatiga qiziqish ortib borayotgani kuzatilmoqda.
Xalqaro Mehnat Tashkiloti (ILO) ma’lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha har 10 nafar
yoshdan 4 nafari o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlash niyatida. O‘zbekiston misolida
olsak, 2024-yilning yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatimizda 46 mingdan ortiq yosh
tadbirkor ro‘yxatdan o‘tgan. Ularning katta qismi IT, agrobiznes va elektron tijorat
yo‘nalishlarida faoliyat yuritmoqda.
2-jadval: O‘zbekistondagi yosh tadbirkorlarning sohalar bo‘yicha taqsimoti
(2024)
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
250
ISSN:3030-3613
Biroq muammolar ham mavjud. Eng asosiy to‘siqlardan biri – moliyalashtirish
va investorlar bilan aloqaning sustligi. 2022-yilda tashkil etilgan startaplarning atigi 27
foizi dastlabki 2 yil ichida barqaror daromadga ega bo‘lgan. Qolganlari esa moliyaviy,
huquqiy yoki boshqaruvdagi qiyinchiliklar tufayli faoliyatini to‘xtatgan.
O‘zbekiston hukumati yosh tadbirkorlarni bunday muammolardan bartaraf etish
maqsadida bir qator tashabbuslarni ilgari surmoqda. 2022-yil 21-iyundagi Prezident
qarori bilan “Yoshlar startap tashabbuslari” dasturi ishga tushirilgan. Dastur doirasida
2023-yil hisobiga ko‘ra : qollab quvvatlangan startaplar soni 210 tani va ajratilgan
grandlar miqdori esa 17mlrd so‘mni tashkil qilgan.Shuningdek, 400+ yangi ish
o‘rinlari yaratilgan. Shuningdek,2023-yilda esa “Innovatsion rivojlanish va startaplarni
qo‘llab-quvvatlash markazi” faoliyati boshlangan bo‘lib, u yosh tadbirkorlarga
inkubatsiya, akseleratsiya, moliyaviy ko‘mak kabi xizmatlarni taqdim etadi.Bularga
qo‘shimcha ravishda 2025-yil 1-aprelgacha “Yosh tadbirkorlar” raqamli platformasi
joriy etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu platforma orqali yosh tadbirkorlarga kompleks
xizmatlar ko‘rsatiladi. Shuningdek, “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida 350 mingta
yosh qamrab olinadi va kamida 100 mingta qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi.
Ilmiy yondashuvlar nuqtai nazaridan,startaplar muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun
innovatsion imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish juda muhim. “The Lean Startup” (Eric
Ries) kitobida aytilishicha, startaplar ilk bosqichda minimal funksional mahsulot
(MVP) yaratib, foydalanuvchi fikrlarini tezda tahlil qilish orqali mahsulotni doimiy
takomillashtirishi kerak. Bu yondashuv resurslarni tejash bilan birga, muvaffaqiyatli
yechimlarni topishga xizmat qiladi. Bu metodologiya O‘zbekistondagi ko‘plab
startaplar tomonidan qo‘llanilmoqda.
Peter Thiel tomonidan yozilgan “Zero to One” asarida esa muvaffaqiyatli
startaplar bozorda tub o‘zgarish qiluvchi, noyob mahsulot yaratishga intilishi kerakligi
ta’kidlanadi.Bu “yangi narsa yaratish” orqali raqobatdan qochib, monopoliyaga
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
251
ISSN:3030-3613
erishish imkonini beradi.. Bu yondashuv yoshlar orasida kreativlik va innovatsion
fikrlashni rag‘batlantiradi.
Xorijiy tajribaga nazar tashlasak, AQShda Y Combinator dasturi orqali yuzlab
startaplar milliard dollarlik kompaniyalarga aylangan. Janubiy Koreyada esa “Creative
Economy Innovation Center” yoshlar uchun bepul texnoparklar, laboratoriyalar va
investor uchrashuvlarini taklif qilmoqda.
O‘zbekistonda 2021-yildan buyon faoliyat yuritayotgan
“
Startup Initiative
”
dasturi orqali minglab yoshlar o‘z g‘oyalarini biznesga aylantirishmoqda. 2023-yilda
ushbu dastur doirasida 250 dan ortiq startapga 1 million dollardan ziyod mablag‘
ajratilgan.
3-
jadval: “Startup Initiative” doirasida qo‘llab-quvvatlangan loyihalar soni
(yillik).
Bu kabi tashabbuslar O‘zbekistonda yoshlar startap ekotizimini rivojlantirishda
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shunday bo‘lsa-da, mavjud imkoniyatlarni to‘liq
ro‘yobga chiqarish uchun bir qator chora-tadbirlar ko‘rilishi lozim.Shu nuqtai nazardan
quyidagi taklif va tavsiyalarni ilgari surish mumkin:
Taklif va tavsiyalar
Startaplar uchun moliyaviy savodxonlik, marketing va jamoa boshqaruvi
bo‘yicha qisqa kurslar yo‘lga qo‘yilishi lozim.
Ta’lim tizimi bilan startap ekotizimini bog‘lovchi inkubatsiya markazlari har bir
oliygohda tashkil etilishi kerak.
Investorlar va yoshlar o‘rtasida ko‘prik bo‘luvchi raqamli platformalar soni
ko‘paytirilishi zarur.
Xorijiy tajribalarni o‘rganish uchun startaplar uchun almashinuv dasturlari
yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
Xulosa
Yosh tadbirkorlar va startaplar uchun yaratilayotgan innovatsion imkoniyatlar
bugungi raqamli iqtisodiyotda katta ahamiyat kasb etmoqda. Ularning muvaffaqiyati,
asosan, texnologik rivojlanishdan to‘g‘ri foydalanish, davlat tomonidan yaratilgan
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
252
ISSN:3030-3613
qo‘llab-quvvatlovchi muhit va ilmiy asoslangan yondashuvlarga bog‘liq. Mavjud
statistik ma’lumotlar va real misollar shuni ko‘rsatadiki, yoshlar orasida tadbirkorlikka
bo‘lgan qiziqish yildan-yilga ortib bormoqda. Shu bilan birga, “Lean Startup” va “Zero
to One” kabi nazariy yondashuvlarning amaliyotda qo‘llanilishi natijasida startaplar
bozor talabiga tez va moslashuvchan javob bera olishmoqda.
O‘zbekiston misolida, davlat dasturlari orqali ajratilgan grantlar, yaratilgan
inkubatsiya va akseleratsiya muhitlari, shuningdek, raqamli platformalarning joriy
etilishi yosh tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlarni ochib bermoqda. Biroq hali ham
moliyaviy savodxonlik, marketing ko‘nikmalari va tajriba yetishmovchiligi muammosi
dolzarbligicha qolmoqda. Shu boisdan, ta’lim tizimini startap ekotizimi bilan
uyg‘unlashtirish, xalqaro tajribalarni joriy etish va innovatsion madaniyatni
shakllantirish muhim vazifalardan biridir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ries, Eric
.
The Lean Startup: How Today's Entrepreneurs Use Continuous
Innovation to Create Radically Successful Businesses
.
2.
Thiel, Peter.
Zero to One: Notes on Startups, or How to Build the Future
.
3.
Statista (2023)
.
Global Startup Ecosystem Size.
4.
Xalqaro Mehnat Tashkiloti (ILO)
.
Youth Entrepreneurship Reports, 2022–2023.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori (2022-yil 21-iyun). “Yoshlar startap
tashabbuslari” dasturi.
6.
Innovatsion rivojlanish vazirligi hisobotlari, 2023.
7.
Startup Initiative Dasturi Ma’lumotlari, 2023.
Internet saytlari:
1.
— Dunyo miqyosidagi startap bozori hajmi statistikasi
2.
— Startaplarning iqtisodiy o‘sishga ta’siri haqidagi ilmiy
maqola
3.
— O‘zbekiston hukumati tomonidan e’lon qilingan rasmiy qaror
va dasturlar
4.
— O‘zbekistondagi startaplar bo‘yicha ilmiy tahliliy maqolalar va
statistikalar