T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
239
ISSN:3030-3613
ONLAYN VA GIBRID TA’LIM MODELLARI, SUN’IY INTELLEKT
IMKONIYATLARI. FANLARNI O‘QITISHDA STEAM VA PBL(PROJECT-
BASED LEARNING) NI JORIY ETISH. QO’SHMA TA’LIM DASTURLARI
Yusufbekova Fotima Holbek qizi
yusufbekovafotima3@gmail.com
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU talabasi
Shayzoqova Munisa Meliqo‘zi qizi
munisa_shayzoqova8112@mail.ru
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU talabasi
Olimova Barchinoy Jahongir qizi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU talabasi
Nizomiddinova Feruza G‘iyosiddin qizi
nizomiddinovaferuza36@gmail.com
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada innovatsion ta’lim yondashuvlari va zamonaviy
texnologiyalarning ta’lim jarayoniga ta’siri keng yoritilgan. Xususan, onlayn va gibrid
ta’lim modellari yordamida o‘qitish jarayonini moslashuvchan va qulay tashkil etish
imkoniyatlari tahlil qilingan. Sun’iy intellekt (AI) asosida yaratilgan ta’lim
platformalari o‘quv jarayonini avtomatlashtirish, shaxsiylashtirilgan o‘quv
dasturlarini ishlab chiqish va talabalarning bilimlarini samarali nazorat qilishda
muhim vosita sifatida taqdim etilgan. Shuningdek, STEAM va Project-Based Learning
(PBL) yondashuvlarining fanlararo integratsiyani kuchaytirish, amaliy mashg‘ulotlar
va loyihalar orqali o‘quvchilarda ijodiy fikrlash va muammolarni hal qilish
ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni ko‘rsatib berilgan. Qo‘shma ta’lim dasturlari
va ikki diplomli ta’lim loyihalari xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, talabalar uchun
raqobatbardosh kadr sifatida shakllanish imkoniyatini ta’minlaydi. Shuningdek,
xalqaro almashinuv dasturlarining ahamiyati va ular orqali talabalar va
pedagoglarning xorijiy tajriba orttirish imkoniyatlari yoritilgan.
Kalit so’zlar:
Innovatsion ta’lim, Onlayn va gibrid ta’lim,
Sun’iy intellekt,
STEAM, PBL, Xalqaro almashinuv, Ikki diplomli ta’lim.
Kirish
Zamonaviy jamiyatda texnologik taraqqiyot ta’lim tizimining barcha
bosqichlariga ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, onlayn va gibrid ta’lim modellari global
pandemiya davrida keng qo‘llanila boshlandi va hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini
yo‘qotgani yo‘q. UNESCO ma’lumotlariga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasi davrida
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
240
ISSN:3030-3613
dunyo bo‘yicha 1,6 milliarddan ortiq talaba va o‘quvchi ta’lim jarayonidan chetda
qolgan, natijada 190 dan ortiq davlatda ta’lim muassasalari vaqtincha yopilgan. Ushbu
vaziyat oliy ta’lim muassasalarini masofaviy va gibrid ta’lim modellarini tezkor joriy
qilishga majbur qildi. Hozirgi vaqtda ham global ta’lim tizimining 65 foizdan ortiq oliy
ta’lim muassasasi gibrid yoki aralash ta’limni qo‘llab kelmoqda (World Economic
Forum, 2023).
Innovatsion texnologiyalar – sun’iy intellekt (AI), kengaytirilgan va virtual
reallik (AR/VR) – ta’lim jarayonlarini yanada samarali va shaxsiylashtirilgan qilish
imkonini bermoqda. Masalan, AI asosidagi adaptiv o‘quv tizimlari yordamida talabalar
bilimini individual darajada tahlil qilish va ularga mos ta’lim dasturlarini taqdim etish
imkoniyati yaratilmoqda. Statista’ning 2024-yilgi hisobotiga ko‘ra, sun’iy intellekt
texnologiyalari ta’lim sektorida 2027-yilgacha 20 milliard AQSh dollaridan ortiq
bo‘lgan bozor hajmiga erishishi kutilmoqda.
Shuningdek, STEAM va PBL (Project-Based Learning) kabi amaliy va
innovatsion yondashuvlar ta’lim sifatini oshirishda muhim o‘rin tutmoqda. Tadqiqotlar
shuni ko‘rsatmoqdaki, loyiha asosida ta’lim olgan talabalar an’anaviy metod bilan
o‘qiganlarga nisbatan 32 foizga yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan (Buck Institute for
Education, 2022).
Bundan tashqari, qo‘shma ta’lim dasturlari va ikki diplomli ta’lim loyihalari ham
global miqyosda keng tarqalmoqda. QS World University Rankings’ning
ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda ikki diplomli dasturlar soni 20 foizga ortgan va
talabalar tomonidan yuqori qiziqish bildirilyapti. Xalqaro almashinuv dasturlarida
ishtirok etayotgan talabalar soni ham ortib, 2022-yil davomida Erasmus+ dasturida 600
mingdan ortiq talaba qatnashgan.
Ushbu maqolaning asosiy maqsadi zamonaviy ta’lim tizimida innovatsion
yondashuvlar va texnologiyalarning ahamiyatini o‘rganish, onlayn va gibrid ta’lim
modellari, sun’iy intellekt imkoniyatlari, shuningdek, STEAM va Project-Based
Learning (PBL) metodlarining samaradorligini tahlil qilishdir. Shuningdek, qo‘shma
ta’lim dasturlari, ikki diplomli ta’lim va xalqaro almashinuv dasturlari orqali ta’lim
sifatini oshirish hamda talabalarni global mehnat bozoriga tayyorlash imkoniyatlarini
aniqlashdan iborat.
Ushbu maqolada innovatsion ta’lim yondashuvlari va texnologiyalari – onlayn
va gibrid ta’lim modellarining imkoniyatlari, sun’iy intellekt va raqamli yechimlarning
ta’lim jarayoniga ta’siri, shuningdek, STEAM va PBL metodlarining samaradorligi
tahlil qilinadi. Shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlari, ikki diplomli ta’lim va xalqaro
almashinuv loyihalarining rivojlanish istiqbollari va ularning ta’lim tizimiga
kiritayotgan o‘zgarishlari yoritiladi.
Maqolani yozishda ta’lim sohasida mavjud ilmiy adabiyotlar va zamonaviy
tadqiqotlar tahlili asos qilib olindi. Taqqoslash, tahlil va sintez usullari yordamida
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
241
ISSN:3030-3613
innovatsion ta’lim modellari o‘rganildi. Shuningdek, xorijiy va mahalliy ta’lim
muassasalarining tajribalari o‘rganilib, ularning amaliy natijalari tahlil qilindi. Empirik
usullar orqali mavjud ta’lim texnologiyalarining samaradorligi va ularni joriy etishning
afzalliklari hamda kamchiliklari aniqlab berildi.
Adabiyotlar sharhi
Xalqaro olimlarning ishlari
Anderson, T. (2008). “The Theory and Practice of Online Learning” asarida online
ta'limning asosiy tamoyillari va model tizimlari yoritilgan.
Graham, C. R. (2006). “Blended Learning Systems: Definition, Current Trends, and
Future Directions” maqolasida gibrid ta'lim tizimi va uning turli formatlari haqida
to‘liq ma’lumot berilgan.
Means, B., et al. (2010). AQSH Ta’lim Departamentining tadqiqoti “Evaluation of
Evidence-Based Practices in Online Learning”da online va gibrid ta’lim natijalarining
samaradorligi tahlil qilingan.
Bonk, C. J., & Graham, C. R. (2012). “The Handbook of Blended Learning” kitobida
turli mamlakatlar tajribasi asosida gibrid ta’lim modellarining samaradorligi
baholangan.
O‘zbekiston olimlarining ishlari
Abdullaeva D.N. (2021). “Masofaviy va an’anaviy ta'lim shakllarining
integratsiyasi orqali ta’lim sifatini oshirish” nomli maqolasida O‘zbekiston sharoitida
gibrid ta’lim modellarini joriy etish tajribalari va amaliy tavsiyalar berilgan. U,
ayniqsa, mahalliy ta'lim platformalari imkoniyatlarini kengaytirish zarurligini
ta'kidlaydi.
Qodirov I.K. (2020). “Oliy ta’limda raqamli texnologiyalar asosida masofaviy
ta’limni tashkil etish usullari” risolasida Zoom, Google Classroom, Moodle kabi
platformalar orqali samarali dars tashkil qilish metodlari o‘rganilgan. U, shuningdek,
raqamli kompetensiyani rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar bergan.
Tursunov B.X. va Yoqubova G.N. (2020). “Oliy ta’lim tizimida gibrid ta’lim
jarayonlarini tashkil etish va boshqarish” nomli ilmiy maqolada an’anaviy va onlayn
ta'lim elementlarini uyg‘unlashtirish tajribalari va ilmiy asoslari keltirilgan.
Usmanova S. (2022). “O‘quv jarayonida interaktiv onlayn platformalardan
foydalanish samaradorligi” nomli maqolasida ta’limda Google Meet, MS Teams va
Mahalliy LMS platformalarini tadbiq etish samaralari va muammolari o‘rganilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (2020)
tomonidan ishlab chiqilgan “Masofaviy ta’limni tashkil etish metodikasi” uslubiy
qo‘llanmasida masofaviy va gibrid ta’limning normativ-huquqiy asoslari, o‘quv
jarayonini rejalashtirish va monitoring qilish metodlari tavsiya qilingan.
Yusupov A.X. (2021). “Innovatsion pedagogik texnologiyalar va masofaviy
ta’lim” darsligida zamonaviy pedagogik yondashuvlar va axborot-kommunikatsiya
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
242
ISSN:3030-3613
texnologiyalaridan foydalanish orqali ta’lim sifatini oshirish yo’‘llari ko‘rsatib
berilgan.
Tahlil va natijalar
So‘nggi yillarda dunyo miqyosida onlayn va gibrid ta’lim modellari ta’lim
jarayonining muhim qismlaridan biriga aylandi. Onlayn ta’lim modeli masofadan turib
bilim olish imkoniyatini yaratib, geografik va vaqt chegaralarini bartaraf etadi.
Ayniqsa, pandemiya davrida bu model keng joriy qilinib, an’anaviy ta’lim muqobiliga
aylandi.
Gibrid ta’lim esa, an’anaviy va onlayn ta’lim usullarining uyg‘unlashuvi bo‘lib,
dars jarayonlarining bir qismini oflayn, qolgan qismini esa onlayn tarzda olib borish
imkonini beradi. Bu usul o‘quvchilarning mustaqil ishlashini kuchaytiradi va
o‘qituvchiga moslashuvchan yondashuvni ta’minlaydi. O‘zbekiston oliy ta’lim
muassasalarida onlayn va gibrid ta’limning joriy etilishi (2020–2024-yillar) 1-jadvalda
keltirilgan:
1-jadval.
Yil
Faoliyatga joriy etilgan
OTMlar (%)
Onlayn ta’lim
kurslari soni
Gibrid ta’lim o‘quv
dasturlari
2020
35%
210
85
2021
55%
350
120
2022
70%
480
180
2023
85%
620
250
2024
(prognoz)
95%
750
300
O‘zbekiston ta’lim tizimida ham gibrid model joriy etilmoqda. Xususan, oliy
ta’lim muassasalarida nazariy darslar onlayn, amaliy mashg‘ulotlar esa an’anaviy
tarzda olib borilmoqda. Bunda Moodle, Google Classroom, Zoom kabi
platformalardan keng foydalanilmoqda. Bu usullar o‘quvchilarning texnologik
savodxonligini oshirsa-da, ayrim texnik va metodik muammolar mavjud. Masalan,
internet tezligi va qurilmalar ta’minoti har doim ham yetarli emas.
Sun’iy intellekt (AI) ta’lim tizimida shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni
rivojlantirishda muhim o‘rin tutmoqda. AI yordamida o‘quvchilarning bilim darajasini
avtomatik aniqlash, shaxsiy ta’lim yo‘nalishlarini ishlab chiqish, imtihonlarni
avtomatik baholash va ta’lim jarayonini boshqarish imkoniyati mavjud.
2-jadval.Sun’iy intellekt asosidagi ta’lim platformalaridan foydalanish darajasi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
243
ISSN:3030-3613
AI asosidagi platformalar – masalan, Coursera, Duolingo va Khan Academy –
foydalanuvchi xatti-harakatlariga qarab shaxsiy o‘quv rejalarini tuzadi. O‘zbekiston
tajribasida esa AI elementlarini o‘z ichiga olgan elektron ta’lim platformalari
rivojlanmoqda, lekin bu hali ilk bosqichda. AI vositalarining keng joriy etilishi
o‘qituvchilar va o‘quvchilarni raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishga majbur
qilmoqda.
STEAM – fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika yo‘nalishlarini
integratsiyalashgan holda o‘rgatish tizimi. Bu yondashuv o‘quvchilarda ijodiy fikrlash
va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. PBL – loyihaga asoslangan
ta’lim metodi bo‘lib, o‘quvchilarni real hayotiy muammolarni hal etishga yo‘naltiradi.
O‘zbekiston ta’lim tizimida STEAM va PBL metodlari bolalar texnoparklari va
ixtisoslashtirilgan maktablarda joriy etilmoqda. Masalan, “IT Park Academy” va
“Digital Generation” loyihalari orqali yoshlar dasturlash, robototexnika va dizayn
sohalarida amaliy loyihalarni amalga oshirmoqda. Biroq, bu metodlarning keng joriy
qilinishi uchun o‘qituvchilarni tayyorlash va metodik ta’minotni kuchaytirish zarur.
Qo‘shma ta’lim dasturlari va ikki diplomli ta’lim yo‘nalishlari xalqaro ta’lim
integratsiyasini kuchaytiradi. Bunday dasturlar orqali talaba xorijiy va mahalliy
universitetlarda ta’lim olib, ikkita diplom olish imkoniga ega bo‘ladi.
Bugungi kunda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari Germaniya, Janubiy Koreya,
AQSh va Malayziya universitetlari bilan hamkorlikda qo‘shma dasturlarni amalga
oshirmoqda. Masalan, Toshkentdagi Turin Politexnika Universiteti va Inha
Universiteti bunga misol bo‘la oladi. Bu tizim o‘quvchilarga xalqaro standartlarda
ta’lim olish imkonini bersa-da, qabul va moliyaviy shartlari hali ham cheklovlarga ega.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
244
ISSN:3030-3613
3-jadval.O‘zbekistonda ikki diplomli dasturlar sonining o‘sishi (2019-2020)
Xalqaro almashinuv dasturlari talabalar va o‘qituvchilar uchun boshqa
davlatlarning ta’lim tizimlarini o‘rganish, malaka oshirish va tajriba almashish
imkonini yaratadi. Erasmus+, DAAD, Mevlana kabi dasturlar O‘zbekiston talabalari
orasida ham mashhur bo‘lib bormoqda.Bu dasturlar orqali o‘zbekistonlik talabalar
rivojlangan davlatlarning ta’lim tizimidan o‘rganish va xalqaro mehnat bozorida
raqobatbardosh kadr bo‘lish imkoniyatini oshirmoqda. Biroq, til bilish darajasining
pastligi va hujjat topshirish jarayonlarining murakkabligi muammolar bo‘lib
qolmoqda.
Xulosa va takliflar
Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya jarayonlari ta’lim tizimini
tubdan o‘zgartirib, innovatsion yondashuv va texnologiyalarni joriy etishni taqozo
etmoqda. Onlayn va gibrid ta’lim modellari, sun’iy intellektning ta’limdagi
qo‘llanilishi, STEAM va PBL kabi metodikalar hamda qo‘shma ta’lim dasturlari,
xalqaro almashinuv loyihalari – bularning barchasi zamonaviy ta’limning asosiy
tarkibiy qismlariga aylanib bormoqda.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda innovatsion
ta’lim modellarini joriy qilish va rivojlantirish borasida sezilarli natijalarga
erishilmoqda. Xususan, 2024-yilga kelib oliy ta’lim muassasalarining 65% onlayn,
75% esa gibrid ta’lim shaklida faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, ikki diplomli
dasturlar va xalqaro hamkorlik loyihalari orqali talabalar uchun yangi imkoniyatlar
ochilmoqda.
Innovatsion ta’lim yondashuvlari, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro
hamkorlikni yanada kengaytirish orqali O‘zbekistonning ta’lim tizimi raqobatbardosh
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
245
ISSN:3030-3613
va zamonaviy standartlarga javob beradigan darajaga ko‘tarilishi shubhasiz. Bu esa
kelajakda ilm-fan va iqtisodiyotning barcha sohalarida yetuk mutaxassislarni
tayyorlashga xizmat qiladi.
Texnologik infratuzilmani rivojlantirish
.Respublikaning barcha hududlarida
yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i va qurilmalar bilan ta’minlash dasturlarini
kengaytirish.
Pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish
.Online va gibrid ta'lim
metodlarini o‘qituvchilarga o‘rgatish uchun doimiy treninglar va malaka oshirish
kurslarini tashkil etish.
Mahalliy LMS platformalarini yaratish va takomillashtirish
.O‘zbekiston
sharoitiga moslashtirilgan ta’lim platformalarini ishlab chiqish va ularni tijorat asosida
emas, balki davlat tomonidan subsidiyalash.
Talabalar motivatsiyasini oshirish
.Virtual ta’lim jarayonida faol ishtirok etgan
talabalarni rag‘batlantirish tizimlarini yaratish (imtiyozlar, sertifikatlar, grantlar).
Monitoring va baholash tizimini takomillashtirish
.Sun’iy intellekt asosida
o‘quv natijalarini monitoring qilish va tahlil etish tizimlarini joriy etish.
O‘zbekiston olimlari va mutaxassislari tomonidan olib borilgan ilmiy-amaliy
ishlanmalar, mavjud huquqiy-me’yoriy hujjatlar asosida online va gibrid ta’limni
rivojlantirish bo‘yicha kompleks yondashuv zarur. Bu, ta’lim sifatini oshirish va
xalqaro standartlarga moslashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
OECD (2021). "The State of Global Education: 18 Months into the Pandemic".
2.
Anderson, T. (2008). "The Theory and Practice of Online Learning". Athabasca
University Press.
3.
Graham, C. R. (2013). "Emerging practice and research in blended learning". In Handbook
of Distance Education.
4.
UNESCO (2022). "AI and Education: Guidance for Policy-makers".
5.
Beers, S. Z. (2011). "21st Century Skills: Preparing Students for THEIR Future".
6.
Bell, S. (2010). "Project-Based Learning for the 21st Century: Skills for the Future". The
Clearing House: A Journal of Educational Strategies.
7.
Ministry of Higher Education, Science and Innovations of the Republic of Uzbekistan
(2023). "O‘zbekiston oliy ta’limida ikki diplomli va xalqaro qo‘shma dasturlarni
rivojlantirish bo‘yicha konsepsiya".
8.
World Bank (2021). "Remote Learning During COVID-19: Lessons from Today,
Principles for Tomorrow".
9.
Cobo, C. (2013). "Mechanisms to identify and study the visible and invisible learning".
International Review of Research in Open and Distributed Learning.