Mualliflar

  • G‘iyosov Muhammad Ali

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95839

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Imom Sakkokiy balog‘at miftāhu-l-‘ulūm uslubshunoslik arab adabiyoti nutq go‘zalligi adabiy tahlil.

Annotasiya

Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  balog‘at  ilmining  rivojida  Imom  Sakkokiy 
tutgan  o‘rni  tahlil  qilinadi.  Uning  “Miftāhu-l-‘ulūm”  asari  arab  adabiyoti, 
uslubshunosligi va balog‘at ilmining muhim manbalaridan biri sifatida e’tirof etiladi. 
Muallifning nazariy yondashuvi, uslubiy tasniflari va nutq go‘zalligiga oid qarashlari 
tahlil qilinib, ularning so‘nggi davr olimlari va adabiyotshunoslari tomonidan qanday 
baholanishi ko‘rib chiqiladi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_2-to’plam_Aprel-2025

66

ISSN:3030-3613

IMOM SAKKOKIYNING BALOG’AT ILMIGA QO‘SHGAN HISSASI

Oriental universiteti

1-kurs magistranti

G‘iyosov Muhammad Ali


Annotatsiya:

Mazkur maqolada balog‘at ilmining rivojida Imom Sakkokiy

tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Uning “Miftāhu-l-‘ulūm” asari arab adabiyoti,
uslubshunosligi va balog‘at ilmining muhim manbalaridan biri sifatida e’tirof etiladi.
Muallifning nazariy yondashuvi, uslubiy tasniflari va nutq go‘zalligiga oid qarashlari
tahlil qilinib, ularning so‘nggi davr olimlari va adabiyotshunoslari tomonidan qanday
baholanishi ko‘rib chiqiladi.

Kalit so‘zlar:

Imom Sakkokiy, balog‘at, miftāhu-l-‘ulūm, uslubshunoslik, arab

adabiyoti, nutq go‘zalligi, adabiy tahlil.

Abstract:

This article analyzes the contribution of Imam al-Sakkaki to the

science of rhetoric. His work

Miftāḥ al-‘Ulūm

is recognized as a significant source in

Arabic literature, stylistics, and rhetoric. The paper examines his theoretical approach,
stylistic classifications, and views on the aesthetics of speech, as well as how his ideas
are evaluated by later scholars and literary critics.

Keywords:

Imam al-Sakkaki, rhetoric,

Miftāḥ al-‘Ulūm

, stylistics, Arabic

literature, eloquence, literary analysis.

Аннотация:

В данной статье рассматривается вклад Имама Саккаки в

развитие науки риторики. Его труд

«Мифтах аль-улюм»

признается одним из

ключевых источников арабской литературы, стилистики и науки балагата.
Анализируются его теоретический подход, стилистическая классификация и
взгляды на красоту речи, а также то, как его идеи были восприняты
последующими учеными и литературоведами.

Ключевые слова:

Имам Саккаки, балагат, Мифтах аль-улюм, стилистика,

арабская литература, красноречие, литературный анализ.


Arab tili grammatikasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, kunimizgacha ahamiyatini

yo‘qotmagan asarlar ko‘p. Ular ichida Muhammad Abdulhay Laknaviy
ta’kidlaganidek, «avvalgilarda ham, keyingilarda ham bo‘lmagan asar» [153: 231]
ta’rifiga ega bo‘lgan fundamental manbalar ko‘p emas. «Miftahu-l-ulum» asari ana
shunday manbalardan biri bo‘lib, Sakkokiy asarlarining gultoji hisoblanadi.

Asarning bu darajada mashhur bo‘lishi unda Qur’oni karim oyatlarining keng va

aniq talqin qilinganligi, oyatlarning grammatik qurilishiga, ularning ifodalanishiga
katta o‘rin berilganligi bilan bog‘liq. Sakkokiy vaqf (to‘xtash), tafxim (tovushlarni
yo‘g‘on o‘qish), imola (unlilarning moyillashuvi) va bulardan boshqa Qur’onni to‘g‘ri
o‘qishda muhim bo‘lgan qoidalarni alohida mavzu ostida bayon qilgan. Shu bilan bir


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_2-to’plam_Aprel-2025

67

ISSN:3030-3613

qatorda qoida sababli sodir bo‘lgan oyatlardagi morfologik o‘zgarishlarni ham
tushuntirib bergan.

XIII asrda arab tilshunosligi bo‘yicha buyuk iz qoldirgan, Abdulqohir Jurjoniy,

Mahmud Zamaxshariylarning munosib izdoshi Sirojiddin Abu Ya’qub Yusuf ibn Bakr
ibn Muhammad ibn Ali Sakkokiy Xorazmiy Hanafiy hisoblanadi. Sakkokiy haqida
manbalarda ma’lumotlar ozdir. Ularda olim haqida qisqacha ma’lumotlar keltirilgan.
Sakkokiy va uning yozgan asarlari haqida Zaynuddin Qosim Qutlubg‘o [37: 317],
Jaloliddin Abdurahmon Suyutiy [106: 115], Abdulhay ibn Ahmad [120: 208],
Muhyiddin Abdulqodir [166: 622], Abdulhay al-Laknaviy [153: 232], Umar Rido
Kuhala [150: 149], Yoqut Hamaviy Rumiy [171: 518 (1034- raqam)], Shavqi Dayf
[121: 542-543], Ismatilla Abdulloh [7: 181] kabi olimlar ma’lumotlar keltirgan.

Jumladan, Abu Fido Zayniddin: «Sakkokiy hijriy 555/1160 yil Jumadul-avval

oyining uchinchi kuni, seshanba kuni kechqurun Xorazmning Sakkok qishlog‘ida
dunyoga kelgan. Sakkokiy 626/1228 yilda vafot etgan» [37: 317].

Sakkokiy Qashg‘ar, Badaxshon, Balx va boshqa diyorlarda tilshunoslikka oid

asarlari bilan mashhur bo‘lgan. Mustafo ibn Abdulloh (Hoja Halifa tahallusi bilan
mashhur): «Sakkokiy 30 yoshidan keyin ilm olishni boshlagan, ungacha temirchilik
bilan shug‘ullangan. Olim o‘z davrining barcha ilmlarini olishga harakat qilgan.
Xonning vaziri Sa’d Amid fitnasi bilan u umrining oxirgi uch yilini qamoqda o‘tkazib,
o‘sha yerda vafot etgan», deb yozadi [167: 1862].

Muhyiddin Vafo Hanafiy: «Sakkokiyning ustozlari: Sadid Xayyotiy, Mahmud ibn

Said, Harisiy va boshqalar. Sakkokiy buyuk imom, she’r, aruz, bayon, ma’nolar ilmlari
va arab tili grammatikasini o‘ta yaxshi biluvchi olimlardandir. Uning shogirdi Muxtor
ibn Mahmud Zohidiydir», degan ma’lumotlarni qayd etadi [166: 622].

Mashhur nemis sharqshunosi Karl Brokkelman arab tilshunosligida muhim o‘rin

tutgan, uning rivojiga katta hissa qo‘shgan olimlarni sanab, Mahmud Zamaxshariydan
keyingi o‘rinda Sakkokiyni keltirgan [25:171].

Sakkokiy Sharq musulmon olamida keng shuhrat topgan olim edi. Uning ilmiy

merosi quyidagilardan iborat:

1.

«Miftahu-l-ulum» ( م و ل لااااتف م – «Ilmlar kaliti»). Abbosiy halifalardan

Nosiriddin hukmronligi davrida yozilgan.

2.

«Sharhu-l-jumal» ( اااا اااا ااااول ل ااااااااااش – «Jumlalar sharhi»). Abdulqohir

Jurjoniyning «al-Jumal» asariga sharh sifatida yozilgan.

3.

«At-Tibyan» (نايبتول – «Bayon»).

4.

«Kitabun fi-t-Tilsim» ( ياااس طول يف باتك – «Tilsim haqida kitob»). Bu asar

fors tilida yozilgan.

5.

«Munozara ilmi haqida risola» (ة ظان ول ع يف ةواسر). K.Brokkelman ushbu

asar «Farzandga risola» (ة و ول ةواااااس ول) tarzida, shogirdi Muhammad Sochiqli-zodaga
atab yozilganligi haqidagi ma’lumotni qayd etgan [96: 267].


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_2-to’plam_Aprel-2025

68

ISSN:3030-3613

6.

«Mus’hafu-z-zahrati» ( ل تاول لااااصم – «Gullar kitobi»). Bu asar haqida

Umar Rido ma’lumot bergan [150: 149].

Sakkokiyning birinchi va mashhur asari bo‘lgan «Miftahu-l-ulum» hijriy

595/1205 yillardan keyin yozilgan. Olim asarning yozilish sababi haqida shunday
yozadi: «Zamonamning fozil ahllari, fazlni kamolotga yetkazgan zotlar mendan
muxtasar qilib, ularga [bir asar] yozib berishimni qat’iylik bilan so‘radilar. Bu kabi
gaplarni eshitgach, bundan ular to‘la xursandchilik bilan bahramand bo‘lishlari uchun,
har bir zakiy tushunadigan uslubda tasnifladim» [qarang: MU, 1b]. Muallifning
mazkur ma’lumotidan asar yuqori saviyada yozilganini bilib olish mumkin. Asarning
nomlanishi borasida: «Bu asarda juda yaxshi bilib olish kerak bo‘lgan ilmlarni jamlab,
«Miftahu-l-ulum»

مول لاتفم (Ilmlar kaliti) deb nomladim», deb yozgan edi Sakkokiy

[qarang: MU, 2b].

«Miftahu-l-ulum» o‘n ikki ilmni qamrab olganligi bilan musulmon olamining tom

ma’nodagi buyuk kashfiyotiga aylandi. Asar arab tili grammatikasining barcha
ilmlarini qamrab olganligi bilan shu sohadagi qolgan manbalardan afzal hisoblanadi.

Asarning bo‘limlari haqida muallif: «Bu kitobni uch qismga bo‘ldim: sarf ilmi,

nahv ilmi, bayon va ma’nolar ilmlari», deb yozgan edi [MU, 2b].

Sarf ilmi so‘z yasalishi bilan shug‘ullanuvchi ilm ekanligi to‘g‘risida «Sarf ilmida

so‘z va u bilan bog‘liq qoidalarda murojaat qilinadi» deb yozib, sarf bo‘limiga kirish
nimalarni qamrab olganligi borasida «Birinchi qism 3 ta faslni o‘z ichiga oladi. Bular:

1.

Sarf ilmi haqiqati bayoni va uni tadqiq qilishdagi ehtiyoj tushuvchi

qoidalarga izoh.

2.

Unga yetib borish usuli.

3.

Maqsad bilan bog‘liq bo‘lgan yetarli holat», deb yozgan edi Sakkokiy

[MU, 3a].

Sarf ilmiga muqaddima o‘laroq Sakkokiy tomonidan keltirilgan yuqoridagi kabi

yondashuv sohaga oid boshqa manbalarda kuzatilmaydi. Bu muallifning asar mantiqiy
izchillikka, chuqur xulosalarga asoslangan qarashga ega ekanligini ko‘rsatib keladi.
Sakkokiy bu mavzular doirasida so‘zni tashkil qiluvchi eng kichik birlik harf haqida
bahs yuritib, o‘zidan oldingi olimlarning bu boradagi qarashlariga tayangan holda, arab
tilidagi harflarni quyidagi turlarga taqsimlaydi:

«Bilingki, arab tilida 29 ta harf bo‘lib, jarangli (

ول

ةر ه ول فو ا ) va jarangsizga

(ةاااااااس ه ول فو اول) bo‘linadi» deb birinchi taqsimotda harflarning aniq sonini bayon
qilgan [MU, 3b]. Sibavayhi, Mahmud Zamaxshariy ham 29 ta harf ekanligini
ta’kidlaganlar [53: 431; 145: 339]. Dastavval, harflar sonining keltirilishidan «alif» va
«hamza» alohida mustaqil harf ekanligi bildirish ko‘zda tutilgan. Bu o‘z o‘rnida
harflarning soni 28 ta deb aytuvchilarga raddiya o‘laroq arab tilida harf 29 ta ekanligini
bildirish hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_2-to’plam_Aprel-2025

69

ISSN:3030-3613

1.

As-Sakkokiy, Yusuf ibn Abu Bakr.

Miftāḥ al-‘Ulūm

. Qohira: Dor al-Kutub al-

Ilmiyya.

2.

Abdulqohir Jurjoniy.

Daloyil al-I’joz

. Bayrut: Dor al-Ma’rifa, 2003.

3.

Abdulqohir Jurjoniy.

Asror al-Baloga

. Bayrut: Dor al-Kutub al-Ilmiyya, 2004.

4.

Abduqodirov, A.

Balog‘at va uslubshunoslik asoslari

. Toshkent: O‘zbekiston

Milliy Ensiklopediyasi NMIU, 2018.

5.

Karimov, H. "Imom Sakkokiy va balog‘at ilmining taraqqiyoti."

Sharqshunoslik

ilmi jurnali

, 2020, №4(2), 56–64.

6.

Hasanov, S. "Balog‘at ilmi va uning zamonaviy talqini."

O‘zbek tili va adabiyoti

,

2017, №2(85), 20–29.

7.

Abdulwahid, S. M. "Imam al-Sakkaki’s Contribution to Arabic Rhetoric: A
Historical Overview."

International Journal of Arabic Linguistics

, 2016, Vol. 3(1),

12–22.

8.

Al-Xatib, S.

Ilm al-Baloga: Bayan, Ma’ani, Badi‘

. Bayrut: Dor al-Fikr, 2001.


Bibliografik manbalar

As-Sakkokiy, Yusuf ibn Abu Bakr. Miftāḥ al-‘Ulūm. Qohira: Dor al-Kutub al-

Ilmiyya.

Abdulqohir Jurjoniy. Daloyil al-I’joz. Bayrut: Dor al-Ma’rifa, 2003.

Abdulqohir Jurjoniy. Asror al-Baloga. Bayrut: Dor al-Kutub al-Ilmiyya, 2004.

Abduqodirov, A. Balog‘at va uslubshunoslik asoslari. Toshkent: O‘zbekiston

Milliy Ensiklopediyasi NMIU, 2018.

Karimov, H. "Imom Sakkokiy va balog‘at ilmining taraqqiyoti." Sharqshunoslik

ilmi jurnali, 2020, №4(2), 56–64.

Hasanov, S. "Balog‘at ilmi va uning zamonaviy talqini." O‘zbek tili va adabiyoti,

, №2(85), 20–29.

Abdulwahid, S. M. "Imam al-Sakkaki’s Contribution to Arabic Rhetoric: A

Historical Overview." International Journal of Arabic Linguistics, 2016, Vol. 3(1),

–22.

Al-Xatib, S. Ilm al-Baloga: Bayan, Ma’ani, Badi‘. Bayrut: Dor al-Fikr, 2001.