Jild 60 № 2 (2025)

Jild 60 № 2 (2025)
Nashr qilingan: 27-05-2025

Maqolalar

3-8 30 7

BARQAROR RIVOJLANISHDA XALQARO TAJRIBA VA MILLIY AMALIYOT

Boboqulova Durdona Sanjar qizi, Karimova Iroda Kamol qizi, Abduraxmanova Nozima Akbar qizi

Annottatsiya:  Mazkur  maqolada  barqaror  rivojlanish  tushunchasi,  uning 
xalqaro va milliy darajadagi ahamiyati hamda amalga oshirish tajribalari tahlil qilinadi. 
Barqaror  rivojlanish  maqsadlariga  erishish  uchun  dunyodagi  ilg‘or  tajribalar  va 
O‘zbekiston  misolida  amalga  oshirilayotgan  islohotlar  o‘rganiladi.  Shuningdek, 
ekologik,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  jihatlar  bo‘yicha  mavjud  yutuqlar  va  muammolar 
yoritiladi.  Tadqiqot  natijalariga  asoslanib,  milliy  darajadagi  barqaror  rivojlanishni 
kuchaytirish bo‘yicha amaliy takliflar beriladi. 

104-106 21 13

O‘QUVCHILARDA IJODKORLIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA TASVIRIY SAN’ATNING O‘RNI

Fayzullayeva Dilnavoz Jahongir qizi

Annotasiya:  Ushbu  maqolada  tasviriy  san'atning  o‘quvchilarda  ijodkorlik 
ko‘nikmalarini  shakllantirishdagi  roli  va  ahamiyati  tahlil  qilinadi.  Maqola,  ta’lim 
jarayonida  tasviriy  san’at  orqali  o‘quvchilarning  badiiy  tafakkurini,  estetik  didini, 
ijodiy  yondashuvini  rivojlantirishga  yordam  beruvchi  metodik  yondashuvlar  va 
zamonaviy pedagogik tamoyillarni ko‘rsatadi.  

309-311 18 5

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ СОВРЕМЕННЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ СПЕЦИАЛИСТОВ ОБРАЗОВАНИЯ

Солиева Шоира Абдурашитовна

Аннотация:  Представлены  результаты  научных  исследований, 
проведенных на основе теоретической модели формирования образовательного 
процесса  и  методического  обеспечения  современных  педагогических 
технологий и создания педагогических условий профессионального образования 
специалистов. 

312-313 26 15

IJTIMOIY TARMOQLARDAGI AXBOROT XURUJLARI VA TAHDIDLARI: MUAMMOLAR, OQIBATLAR VA YECHIMLAR

Qobiljonova Mavludaxon Qobiljon qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlarda sodir bo‘layotgan axborot 
xurujlari va tahdidlarining mazmuni, turlari, maqsadlari va salbiy oqibatlari chuqur 
tahlil etilgan. Shuningdek, bu tahdidlarning yoshlar ongiga, ijtimoiy barqarorlikka va 
milliy xavfsizlik tizimiga ta’siri haqida ilmiy fikrlar ilgari suriladi. Maqola so‘ngida 
axborot  xurujlariga  qarshi  kurashishda  media  savodxonlik,  texnologik  vositalar  va 
huquqiy mexanizmlarning roli alohida ta’kidlanadi. 

314-316 31 18

SHAXSLARO MUNOSABATLARNI O’RGANISH UCHUN QO’LLANILADIGAN METODIKALAR

Usmanova Sevara Akmalovna, Turg'unov Abdumannop Inomjonovich, Tursunova Maftunabonu Baxtiyorjon qizi

 
TAQRIZ 
Mazkur  maqolada  shaxslararo  munosabatlar  tushunchasi,  uning  psixologik 
mohiyati  hamda  bu  munosabatlarni  o‘rganish  va  tahlil  qilishda  qo‘llaniladigan 
metodikalar tahlil qilingan. Muallif zamonaviy psixologiyada qo‘llaniladigan asosiy 
diagnostik vositalarni ko‘rib chiqib, ularning afzallik va cheklovlarini ochib bergan. 
Tadqiqot natijalari ilmiy-amaliy faoliyatda pedagoglar, psixologlar va tadqiqotchilar 
uchun foydali bo‘lishi mumkin. 

83-87 18 18

BOLA SHAXSI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK BOSQICHLARI

Masharipova Xolisxon Nurullayevna, Masharipova Yulduz Nurullayevna

Anotatsiya: Ushbu maqolada  bolalarning ijtimoiy rivojlanishi va bu jarayonda 
muhim ahamiyat kasb etuvchi omillar va vositalar haqida fikrlar bayon qilingan.   

88-90 22 13

O`ZBEKISTONDA TURIZMNING RIVOJLANISHI.

Komola Axrorova Shuxrat qizi, Yuldoshev Abdumalik Ilxomovich

Annotatsiya: Ushbu maqola O‘zbekistonda turizm sohasining so‘nggi yillarda 
rivojlanish tendensiyalarini tahlil qiladi. Maqolada turizmning iqtisodiy, ijtimoiy va 
madaniy  ahamiyati,  shuningdek,  uning  rivojlanishiga  ta’sir  etuvchi  omillar  ko‘rib 
chiqiladi.  Tadqiqotda  statistik  ma’lumotlar,  hukumat  tashabbuslari  va  xalqaro 
tajribalar tahlil qilinadi. Natijalar turizm sohasini yanada rivojlantirish uchun takliflar 
bilan yakunlanadi.  

91-97 40 12

THE ROLE OF FORMATIVE ASSESSMENT IN ENGLISH LANGUAGE CLASSROOMS

Haydarova Mehrangez Mamarasulovna, Barnoyeva Bakhor Fazliddinova

Abstract:  This  article  explores  the  role  of  formative  assessment  in  English 
language  classrooms,  emphasizing  its  impact  on  students’  language  proficiency, 
engagement,  and  autonomous  learning.  Unlike  summative  evaluation,  formative 
assessment serves as a continuous process that provides valuable feedback for both 
teachers and learners to guide instructional decisions and learning strategies. The paper 
examines  various  formative  assessment  techniques  such  as  peer  feedback,  self-
assessment,  and  teacher-led  feedback,  while  also  discussing  their  pedagogical 
effectiveness in the context of modern English language teaching. The role of digital 
tools  and  learner-centered  methodologies  in  enhancing  formative  practices  is  also 
addressed. 

98-100 18 7

FAVQULOTDA VAZIYATLARNI BARTARAF ETISHDA SOHAVIY XIZMATLARNING VAZIFALARI

Abdusharipov O'tkirbek Rustamovich

Annotatsiya:  Favqulotda  vaziyatlarni  bartaraf  etishda  sohaviy  xizmatlarning 
vazifalari haqida yozish, bu masalaning muhimligini va murakkabligini tushunishga 
yordam beradi. Har bir sohaviy xizmat o'zining maxsus vazifalari va mas'uliyatlari 
bilan birga, favqulotda vaziyatlar paytida birgalikda ishlashlari zarur. Ushbu maqolada 
biz  yong'in  xavfsizligi,  tibbiy  yordam,  qutqaruv  xizmatlari  va  boshqa  tegishli 
tashkilotlarning roli va ularning o'zaro aloqalarini haqida ma'lumotlar berilgan. 

101-103 28 9

ENERGETIKA KORXONALARIDA SOFIR BO'LGAN YONG'INLARNI OCHIRISH TARTIBI

Abdusharipov O'tkirbek Rustamovich

Annnotatsiya:  Energetika  korxonalarida  yong'inlarni  o'chirish  tartibi  muhim 
ahamiyatga  ega  bo'lib,  bu  jarayonning  samarali  amalga  oshirilishi  korxona 
xavfsizligini  ta'minlash,  xodimlarning  hayotini  saqlab  qolish  va  moliyaviy 
yo'qotishlarni kamaytirish uchun zarurdir. Energetika sohasidagi yong'inlar ko'pincha 
yuqori  harorat,  o'zgaruvchan  kimyoviy  moddalar  va  katta  energiya  zaxiralari  bilan 
bog'liq  bo'lib,  bu  ularni  o'chirishni  yanada  murakkablashtiradi.  Shuning  uchun, 
yong'inlarni o'chirish tartibi aniq va tizimli bo'lishi zarur. 

306-308 16 9

МЕСТО ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ И СПОРТА В СИСТЕМЕ ШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ. КАК ФИЗИЧЕСКОЕ УПРАЖНЕНИЕ.

Айсарова Нилуфар Неъматжановна

Аннотация:  Краткое  сообщение  о  значении  физической  культуры  и 
спорта  в  жизни  человека,  о  том,  какие  представления  о  спорте  сегодня 
прививаются  подрастающему  поколению,  а  также  о  работе,  проводимой  по 
привлечению населения к занятиям физической культурой и спортом. 

107-110 35 9

PAST OʻZLASHTIRUVCHI OʻQUVCHILAR BILAN KORREKSION MASHGʻULOTLAR OLIB BORISH MASALALARI

Xo‘jayarova Nafisa Normaxamadovna

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  oʻzlashtirishi  past  boʻlgan  o‘quvchilar  bilan 
ishlash usullari o‘quvchilarning faolligini oshirish ularning o`z tengdoshlari qatoriga 
yetib olishni ta'minlash haqida.  

111-114 24 17

KASB-HUNARNI INSON HAYOTIDAGI OʻRNI VA AHAMIYATI, OʻQUVCHILARNI KASBGA YOʻNALTIRISHNING MUHIM MASALALARI

Saitxaova Firuza Qudratullaevna Toshkent viloyati Qibray tumani 7-maktab psixologi

 
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada kasb bu insonning ijtimoiy  iqtisodiy faoliyat 
turi ekanligi , moliyaviy to’qlik yoki yetishmovchilik uning natijasida ekanligi, kasb 
ta’limi psixologiyasining asosiy muammosi va shaxsning kasbga yaroqliligini aniqlash 
,tayyorlash,mehnat faoliyatiga yo’naltirish masalalari haqida tushuncha beriladi.  

115-120 24 11

O'YIN TEXNALOGIYALARI VA ELEMENTLARINING IJODIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHDAGI PEDAGOGIK AHAMIYATI

Pirimqulova Charosxon Umid qizi

 
Annotatsiya: Mazkur maqolada ta’lim jarayoniga o‘yinlashtirish elementlarini 
joriy qilish orqali o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni faol 
dars jarayoniga jalb qilish, ta’lim samaradorligini oshirish kabi masalalar yoritilgan. 
O‘yin  elementlari  orqali  o‘quv  muhitini  interaktiv,  ijodiy  va  motivatsion  holatga 
keltirish usullari tahlil qilinadi. 

121-124 24 12

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARGA TA’LIMIY FAOLIYATNI O‘YINLAR ASOSIDA OLIB BORISH

Ibrohimova Maftuna Isomiddin qizi

Annatsiya:  ushbu  maqolada  maqolada  ta’limiy  o‘yinlar  orqali  chet  tillarini 
mukammal o‘qitish haqida aytib o‘tilgan. 

125-128 21 13

O’ZBEKISTONDA ICHKI VA TASHQI TURIZMNING AHAMIYATI.

Mohlaroyim Aminova Asrorjon qizi

Annotatsiya: Ushbu maqola O‘zbekistonda ichki va tashqi turizmning iqtisodiy, 
ijtimoiy  va  madaniy  ahamiyatini  o‘rganadi.  Maqolada  turizmning  mamlakat 
iqtisodiyotiga,  ish  o‘rinlari  yaratilishiga,  madaniy  merosni  asrashga  va  xalqaro 
hamkorlikka ta’siri tahlil qilinadi. Adabiyotlar tahlili, statistik ma’lumotlar va so‘rovlar 
asosida  turizm  sohasining  hozirgi  holati  va  rivojlanish  istiqbollari  ko‘rib  chiqiladi. 
Maqola turizmni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar bilan yakunlanadi. 

129-132 15 5

TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOQLARIDA KIBERTAHDIDLARNI ANIQLASHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR AHAMIYATI.

Raxmatullayev Doston Asad o‘g‘li, Nurillayev Bekzod Sherzod o'g'li

Annotatsiya: Hozirgi kunda tez rivojlanayotgan Telekommunikatsiya tarmoqlari 
bugungi  kunda  axborot  xavfsizligini  ta’minlashning  muhim  infratuzilmasi 
hisoblanadi. Ushbu  tarmoqlarga  qilingan  kiberhujumlar  nafaqat  iqtisodiy,  balki 
ijtimoiy va siyosiy barqarorlikka ham jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shu sababli, 
telekommunikatsiya  tarmoqlarida  kiber  tahdidlarni  aniqlash  va  oldini  olish  dolzarb 
vazifalardan biridir. 

133-138 26 19

MAKTAB O‘QUVCHILARINING UYGA VAZIFALARINI TAYYORLASHDA KO‘MAKLASHUVCHI “HAMROH” MOBIL ILOVASINI ISHLAB CHIQISH VA TADBIQ ETISH

Sayfullayev G’ayrat Serofiddin o‘g‘li, Tilovov shavqiddin sayfiddin o‘g‘li

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  maktab  o‘quvchilarining  uyga  vazifalarini 
tayyorlashda  ko‘mak  beruvchi  “Hamroh”  mobil  ilovasini  ishlab  chiqish  va  uni 
amaliyotga tadbiq etish masalalari yoritiladi. Ilovaning asosiy maqsadi o‘quvchilarga 
mustaqil ta’lim olishda yordam berish, bilim olish jarayonini samarali tashkil qilish 
hamda  ota-onalar  va  o‘qituvchilarning  nazoratini  kuchaytirishdan  iborat.  Maqolada 
loyiha doirasida amalga oshirilgan tadqiqotlar, qo‘llanilgan texnologiyalar va natijalar 
tahlil qilinadi. 

139-141 27 13

AXBOROT XAVFSIZLIGIDA RISK TURLAR VA ULARNING TAHLIL USULLARI.

Raxmatullayev Doston Asad o‘g‘li

 
Annotatsiya. Axborot xavfsizligi – bu maʼlumotlarning maxfiyligi, yaxlitligi 
va mavjudligini himoya qilish jarayoni. Har bir tashkilotda maʼlumotlar xavfsizligini 
baholash  uchun risk  tahlili  olib  boriladi.  Ushbu  maqolada  axborot  xavfsizligidagi 
asosiy risk turlari va ularni tahlil qilish usullari koʻrib chiqiladi. 

275-280 22 17

UMUMTAʼLIM MAKTABLARIDA IQTIDORLI VA QOBILIYATLI O’QUVCHILARNI ANIQLASHNING PSIXOLOGIK USULLARI

S-Xodjaeva Dilnoza Maxmudjanovna

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  ta’lim  jarayonida  iqtidorli  hamda  qobiliyatli 
o’quvchilarni aniqlashning pedagogik-psixologik usullarini nazariy va amaliy jihatlari 
hamda  intellektual  rivojlanishi  yuqori  bo’lgan  bolalarni  o’qitishning  asosiy 
yondashuvlari keltirib o’tilgan.  

239-244 21 15

АN'АNАVIY XITОY MUSIQА SАN'АTI

Kаrimоvа Аzizа Bаxtiyоrоvnа

Аnоtаtsiyа:  Mаzkur  mаqоlаdа  Xitоy  musiqа  qаdriyаtlаrini  аks  ettiruvchi 
аrxeоlоgik qаzilmа ishlаri vа qаdimiy yоzmа mаnbаlаr, Xitоy musiqа estetikаsi, Xitоy 
musiqаsi аn'аnаlаrining о‘zigа xоs bаrqаrоrligi, Xitоy musiqа аsbоblаri hаqidа zаrur 
mа'lumоtlаr berib о‘tilgаn.  

245-248 16 7

PRОFESSIОNАL XОR SАN’АTINING RIVОJLАNISHI

Оdiljоnоvа Gulshоdа Аkmаljоn qizi

Аnоtаtsiyа:  О‘zbek  bоlаlаr  xоrlаri  repertuаrlаridа  jо‘rsiz  uslubdа  yоzilgаn 
аsаrlаr hаmdа ulаrnig jаdаl sur`аtlаr bilаn rivоjlаnishidа о‘zbek kоmpоzitоrlаrining 
zgаn аsаrlаrini аhаmiyаti hаqidа, shu bilаn bir qаtоrdа о‘zbek xоr sаn'аtini riаоjlаnish 
bоsqiсhlаri hаqidа sо‘z yuritilgаn. Prоfessiоnаl xоr sаn'аtining rivоjlаnishidа bоlаlаr 
uсhun yоzilgаn musiqiy аsаrlаrning аhаmiyаtli jihаtlаri bаyоn etilgаn. 

249-253 18 7

XALQ CHOLG‘ULARI ORKESTRINING YOSH AVLODNI MILLIY MUSIQAGA QIZIQTIRISHDAGI ROLI

G‘apurova Oyniso Xamidulla qizi

Annotatsiya: Mazkur maqolad, shaxsning estetik madaniyati tarkibiy qismlarini 
yoshlar  madaniyatining  rivojlantirishida  ijodiy  faoliyat    bilan  bir  qatorda  xalq 
cholg‘ulari o‘quv orkestrining ijodiy jamoa sifatida o‘ziga xos tomonlari va ularning 
talabalarga  estetik  madaniyatini  shakllanishidagi  ahamiyati  haqida  ma'lumotlar 
keltirilgan. 

254-258 21 8

SHАRQ MUTАFАKKIRLАRINING MUSIQА TА'LIMIGА ОID QАRАSHLАRI

Zоkirоvа Mаlоhаtоy G‘аyrаtjоn qizi

Аnоtаtsiyа: Mаzkur mаqоlаdа, Shаrq musiqаsining yeng muhim xususiyаtlаri, 
zikr qо‘shiqlаri musiqiy аmаliyоtgа kаttа tа'siri, turli mаdаniyаtlаr vа tаrixiy vоqyeаlаr 
tа'siri  оstidа  о‘zgаrishlаrni  bоshdаn  keсhirgаnlik  xоlаtlаri  yоritib  о‘tilgаn.  Аl-
Fаrоbiyning  musiqаshunоslik  rivоjidаgi  аhаmiyаti  uning  аlоhidа  tаrixiy  mаvqyei 
hаmdа musiqiy vа nаzаriy merоsining kо‘lаmi bаyоn etilgаn. 

259-263 39 17

FURQAT LIRIKASIDA BAHOR TASVIRI

Jo‘rayeva Nargiza Tilovmurodovna

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  XIX  asr  oxiri  –  XX  asr  boshlaridagi  o‘zbek 
adabiyotining yorqin vakillaridan biri bo‘lgan Furqatning lirik she’riyati tahlil qilinadi. 
Ayniqsa,  shoir  ijodida  bahor  mavzusi  qanday  tasvirlangani,  uning  poetik  san’atda 
qanday  badiiy  vositalar  orqali  ifodalangani  chuqur  tahlil  etiladi.  Bahor  obrazining 
Furqat  lirikasidagi  ruhi,  estetik  yondashuvi  va  uning  ijtimoiy-ruhiy  ma’nodagi 
ahamiyati ochib beriladi. Maqolada Furqatning bahorga bag‘ishlangan she’rlari tahlil 
qilinib, undagi timsollar, metaforalar, badiiy tasvir vositalari orqali shoirning tabiatga, 
hayotga, kelajak umidlariga bo‘lgan munosabati yoritiladi. 

264-266 24 10

EXPRESSION OF UZBEK NATIONAL VALUES AND DISHES IN ENGLISH

Tulaganova Ziyoda Kamiljan qizi

 
Abstract: Uzbek national values and food are, of course, an integral part of the 
cultural heritage of Uzbekistan. These values have been formed for centuries and still 
play an important role in the life of our people today. The values of the Uzbek people 
are based mainly on family ties, friendship, hospitality and Customs. Family is always 
important for Uzbeks, and family ties are strong and strong. 

267-270 20 13

QISSASI RAВG’UZIY

Obidova Sarvinoz Baxromjon qizi

   Annotatsiya: Ushbu maqola "Qissasi Rabğuziy" asari haqida yozilgan bo'lib, 
uning ilmiy va badiiy ahamiyatini tahlil qilishga qaratilgan. Maqola asarning tarixiy 
kontekstini, uning  muhim  mavzularini,  uslubini  va  o'ziga  xos  xususiyatlarini  ochib 
beradi.  Rabğuziyning  "Qissasi  Rabğuziy"  asari  uning  badiiy  ijodining  yuksak 
namunasidir va islomiy adabiyotda o'ziga xos o'rin tutadi. Maqola asarning o'ziga xos 
xususiyatlari, uning tarixiy va madaniy ahamiyati, shuningdek, yozuvchining fikrini 
aks ettiruvchi elementlarni tahlil qiladi. 

271-274 19 10

PSIXOLOGIYADA EMOTSIONAL ZO‘RIQISHNING OLDINI OLISHNING MUHIM MASALALARI

Xusanova Delfuza Karamatillayevna

Annotatsiya. Mazkur maqolada pedagogik faoliyatda emotsional zo‘riqishining 
psixodiognostikasi va psixokoreksiyasi mavzusiga alohida to’xtalib o’tilgan. Maqola 
davomida mavzu doirasidagi asosli fikr va mulohazalar keltirilgan. Maqola so’nggida 
xulosa  hamda takliflar berib o’tilgan.  

142-148 27 7

DAVLAT INVESTITSION LOYIHALARINING XALQARO TAVSIFI VA TALABLARI

Azimov Javohir Jamol o’g’li

 
Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  davlat  investitsion  loyihalarining  xalqaro 
miqyosdagi  tavsifi,  ularni  amalga  oshirishdagi  xalqaro  talablari  va  standartlari 
yoritilgan.  Xususan,  investitsion  loyihalarning  rejalashtirilishi,  moliyaviy 
manbalarining shakllanishi, monitoring va baholash bosqichlari xalqaro tajriba asosida 
tahlil  etiladi.  Shuningdek,  maqolada  xalqaro  moliya  institutlari  bilan  hamkorlik, 
ekologik  va  ijtimoiy  xavfsizlik  talablarining  bajarilishi  haqida  ham  ma’lumotlar 
berilgan. 

281-285 23 11

PSIXOFIZIOLOGIK RIVOJLANISHI VA XULQIDA NUQSONI BO’LGAN BOLALARGA TA’LIM-TARBIYA BERISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Daniyarova Aziza Mirzayaxyayevna

Annotatsiya: Ushbu maqolada Psixofiziologik rivojlanishi va xulqida nuqsoni 
bo'lgan bolalarni o'qitish va korreksion pedagogika orqali ta'lim-tarbiya berishning 
zamonaviy usullari haqida so'z boradi. 

286-288 21 14

MAKTABLARDA GIPPERAKTIV O‘QUVCHILAR BILAN KORREKSION MASHGʻULOTLAR OLIB BORISH MASALALARI

Mamatqulov Parvoz Xolboyevich

Annotatsiya:  Bugungi  kunda  bolalarda  giperaktivlik  (diqqat  yetishmasligi 
buzilishi)    muhim    muammolardan    biridir.    Mazkur    maqolada    gipperaktiv  
oʻquvchilarni davolash va psixalogik tavsiyalar haqida fikrlar yoritilgan. 

289-290 22 10

O‘ZBEKISTONDA KICHIK KORXONALARDA BUXGALTERIYA HISOBI YURITILISHIDAGI AMALIY MUAMMOLAR VA ULARNING HUQUQIY HAMDA AMALIY YECHIMLARI

Rustamova Irodaxon

KIRISH 
O‘zbekiston  Respublikasida  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik 
iqtisodiyotning  ustuvor  yo‘nalishlaridan  biri  sifatida  shakllanmoqda.  Kichik 
korxonalar  ko‘plab  ish  o‘rinlarini  yaratishda,  raqobat  muhitini  rivojlantirishda  va 
byudjetga  tushumlarni  oshirishda  muhim  rol  o‘ynaydi.  Biroq,  bu  sohada  faoliyat 
yuritayotgan subyektlar ko‘pincha buxgalteriya hisobi yuritishda muammolarga duch 
kelishmoqda. Ushbu maqolada aynan kichik korxonalarda uchrayotgan buxgalteriya 
muammolari,  ularning  huquqiy  asoslari,  tahlili  va  real  hayotga  asoslangan  amaliy 
yechimlari keng yoritiladi. 

291-293 22 12

SOVET DAVRI TARIXSHUNOSLIGIDA AMIR TEMUR SHAXSIGA YONDASHUV

Nozimova Oyshaxon Abdulhamid qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada Sovet tarixshunosligida Amir Temur shaxsiga 
bo‘lgan  yondashuvning  mafkuraviy  va  siyosiy  jihatlari  tahlil  qilinadi.  Tadqiqot 
davomida  Sovet  davlati  tarixiy  shaxslar  haqidagi  qarashlarni  qanday  qilib  o‘z 
mafkurasi asosida shakllantirgani, Amir Temurning siyosiy va harbiy faoliyati qanday 
soxtalashtirilgani ochib beriladi. Maqolada, shuningdek, mustaqillikdan so‘ng Temur 
shaxsiga nisbatan tarixiy adolat tiklangani va yangi yondashuvlar shakllangani haqida 
ham fikr yuritadi. 
 

294-297 24 11

ISLOMGACHA BO‘LGAN DAVRDA ARABISTONYARIM OROLIDA DIN VA E’TIQODNING ROLI , MA’DANIYATI TARIXI, TARIXSHUNOSLIK MASALALARIDA

Bobaqulova Anora Umidjon qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada islomgacha bo‘lgan davr Arabistonining siyosiy, 
ijtimoiy  va  madaniy  holati,  bu  davrga  oid  tarixiy  manbalar  va  ularning 
tarixshunoslikdagi o‘rni yoritilgan. Bundan tashqari davrining mohiyati, qadimgi arab 
jamiyatining tuzilishi, diniy e’tiqodlari, tashqi aloqalari va yozma hamda arxeologik 
manbalardagi aks etishi tahlil qilinadi.  
 

298-300 19 8

YANGI AVLOD TARIX DARSLIKLARIDA TARIXSHUNOSLIK ASOSLARI

Qobilov Javohir Ma’rufjon o‘g‘li

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  O‘zbekiston  mustaqilligi  davrida  yaratilgan 
yangi avlod tarix darsliklarida tarixshunoslik asoslarining aks etishi, ularning mazmun-
mohiyati va metodologik yondashuvlari tahlil qilinadi. Mustaqillik yillarida tarix fani 
bo‘yicha ta’lim mazmunining tubdan yangilanishi, sobiq mafkuraviy yondashuvlardan 
voz kechilib, milliy ruhdagi, manbashunoslikka asoslangan darsliklar ishlab chiqilishi 
ushbu ilmiy ishning asosiy e’tibor markazida turadi.  

301-305 41 25

XALQARO SHARTNOMA HUQUQI

Ibrohimov Dostonbek Rustam o’g’li, Muhammadjonova Marjona Xabibullo qizi

 Ushbu  maqolada  Xalqaro  shartnoma  huquqi  qanday  vujudga  kelishi, 
shartnomalarni  tuzish  bosqichlari,uni  davlatlar  va  tashkilotlar  qanday  qabul 
qilishi,uning  tartib  va  qoidalari,xalqaro  shartnomalarga  qanday  qo’shilish  tarib  va 
bosqichlari,xalqaro  shartnoma  kuchga  kirishi  qanday  amalga  oshishi,amal  qilish 
muddati nimaga asoslanganligi,xalqaro sharatnomalarni haqiqiy yoki haqiqiy emasligi 
aniqlash shartlari davlatlar va tashkiloylar tomonidan qay tartibda amalga oshishini  
ko’rib chiqilgan.  

33-35 20 13

ЭФФЕКТИВНЫЕ СТРАТЕГИИ УПРАВЛЕНИЯ ФИНАНСАМИ КОМПАНИЙ В УСЛОВИЯХ МИРОВЫХ КРИЗИСОВ: АНАЛИЗ И РЕКОМЕНДАЦИИ

Озодов Феруз

Aннoтaция.  В  условиях  глобальной  нестабильности  и  циклических 
экономических  спадов  управление  корпоративными  финансами  становится 
важнейшим  инструментом  устойчивого  функционирования  и  стратегического 
развития  компаний.  В  данной  статье  рассматриваются  ключевые  подходы  к 
управлению  финансовыми  ресурсами  в  условиях  мировых  экономических 
кризисов,  проводится  комплексный  анализ  основных  вызовов,  с  которыми 
сталкиваются предприятия, а также предлагаются практические рекомендации 
по обеспечению финансовой устойчивости. Особое внимание уделено вопросам 
ликвидности, оптимизации затрат, антикризисного планирования, управлению 
рисками и цифровизации финансовых процессов. 

229-233 16 5

ОRKESTRDА DIRIJYОRINING MАHОRАTI VА О‘ZIGА XОSLIKLАRI

Bоxоdirоvа Mоhlаrоy Yаxyо qizi

   
Аnоtаtsiyа:  Mаzkur  mаqоlаdа  dirijyоrlik  kаbi  vа  uning  оldidаgi  vаzifаlаri, 
jаmiyаtdа kаsblаr qаtоridа uning о‘rni vа аhаmiyаti hаqidа sо‘z bоrаdi. Dirijyоrning 
kelаjаgi vа uning kаrerаsi bо‘lishi mumkinmi degаn sаvоllаrgа jаvоb оlish mumkin. 
Musiqiy tа'lim sоhаsidа qаndаy dirijyоrlаrni yetishtirib сhiqrish mumkinligi hаmdа 
ulаrning bilim dоirаsi qаndаy shаkllаngаn bо‘lishi kerаkligi hаqidа bаyоn etilgаn. 

234-238 24 9

JORJ BIZE ASARLARI BILAN ISHLASH

Maxmudova Malika, Botirova Xilola Tursunbayevna

Annotatsiya: Ushbu maqolada fransuz bastakori Jorj Bizening ijodiy merosi, 
xususan uning mashhur asarlari bilan ishlash jarayonlari o‘rganiladi. Maqolada Bize 
musiqasining o‘ziga xos uslubiy xususiyatlari, dramatik tuzilmasi va emosional ta’sir 
kuchi  tahlil  qilinadi.  Shuningdek,  uning  asarlari  ustida  ishlashda  foydalaniladigan 
pedagogik  yondashuvlar,  interpretatsiya  va  ijro  texnikasi  jihatlari  ko‘rib  chiqiladi. 
Tadqiqot natijalari Jorj Bize musiqasini o‘rganish va o‘rgatishda samarali metodlarni 
ishlab chiqishga xizmat qiladi. 

9-12 23 0

HAYOTIY TA’LIM: FUNKSIONAL SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI

Karimova Iroda Kamol qizi, Boboqulova Durdona Sanjar qizi, Abduraxmonova Nozima Akbar qizi

 
           Annotatsiya: Zamonaviy dunyoda inson faqat an’anaviy bilimlarga ega bo‘lish 
bilan  cheklanib  qolmay,  ularni  real  hayotda  qo‘llay  olish  ko‘nikmalariga  ham  ega 
bo‘lishi lozim. Funksional savodxonlik – bu o‘qish, yozish va hisob-kitob qilishdan 
tashqari, tanqidiy fikrlash, axborotni tahlil qilish, texnologiyalardan foydalana olish 
hamda kundalik hayotda muammolarni hal qilish qobiliyatidir. Hayotiy ta’lim jarayoni 
ushbu  savodxonlikni  rivojlantirish  orqali  insonlarning  ijtimoiy  faolligini  oshiradi, 
mehnat  bozorida  raqobatbardoshligini  ta’minlaydi  va  shaxsiy  rivojlanishiga  zamin 
yaratadi.  Bugungi  globallashgan  va  texnologik  taraqqiyotga  asoslangan  jamiyatda 
funksional  savodxonlik  hayotiy  muhim  omillardan  biriga  aylanib,  insonlarning 
muvaffaqiyatga erishishida hal qiluvchi rol o‘ynamoqda. 

13-17 31 16

DEMOGRAFIK O‘ZGARISHLARNING IQTISODIY VA EKOLOGIK MUVOZANATGA TA’SIRI

Abduraxmanova Nozima Akbar qizi, Karimova Iroda Kamol qizi, Boboqulova Durdona Sanjar qizi

 
Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  demografik  o‘zgarishlarning  iqtisodiy  va 
ekologik muvozanatga ko‘rsatadigan ta’siri keng ko‘lamda tahlil qilingan. Maqolada 
iqtisodiy  muvozanatga  ta’sir  etuvchi  asosiy  jihatlar,  jumladan,  mehnat  resurslari, 
iste’mol  va  infratuzilmaga  bosim,  shuningdek,  urbanizatsiyaning  salbiy  va  ijobiy 
oqibatlari  batafsil  yoritilgan.  Shuningdek,  ekologik  muvozanatga,  xususan,  tabiiy 
resurslarning  ortiqcha  ishlatilishi,  atrof-muhitning  ifloslanishi,  iqlim  o‘zgarishi  va 
biologik xilma-xillikning yo‘qolishi kabi jarayonlarning salbiy ta’siri tahlil qilingan. 
Maqolada barqaror rivojlanish tamoyillari asosida ushbu muammolarning oldini olish 
bo‘yicha yechimlar ham ko‘rsatilgan.  

18-21 24 14

ANALOGLI SIGNALLARNI UZATISH VA PROTSESSLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Uzaqbergenov Aytbay Jumabay ugli

Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  analoq  signallarni  uzatish  va  protsesslash 
samaradorligini  oshirish  yo‘llari  ko‘rib  chiqiladi. Maqola  analoq signal uzatishdagi 
asosiy  muammolarni,  jumladan,  signalning  kuchaytirilishi,  shovqinlardan  himoya 
qilinishi va modulyatsiya jarayonlarining ahamiyatini tahlil qiladi. Shuningdek, analoq 
signallarni  qayta  ishlashda  foydalaniladigan  innovatsion  texnologiyalar,  masalan, 
ADC va DAC qurilmalari, qayta ishlash algoritmlari, parallel protsesslash usullari va 
signalning  dinamik  diapazonini  kengaytirish  masalalari  yoritiladi.  Yangi 
texnologiyalar, xususan, kvant hisoblash, sun'iy intellekt va mashina o‘rganish kabi 
ilg‘or usullar yordamida signallarni uzatish va protsesslash samaradorligini oshirish 
imkoniyatlari ham ko‘rsatilgan. Maqola analoq signallarni samarali uzatish va qayta 
ishlash tizimlarini yaratishda zamonaviy yondashuvlarning muhimligini ta'kidlaydi. 

22-24 24 7

AVTOMATIK TIZIMLAR UCHUN ALGARITIMLAR VA OPTIMAL BOSHQARUV

Uzaqbergenov Aytbay Jumabay uli

Annotatsiya: Ushbu maqolada avtomatik tizimlar uchun algoritmlar va optimal 
boshqaruv  usullari  ko'rib  chiqiladi.  Avtomatik  tizimlar  ishlab  chiqarish,  transport, 
energiya  va  boshqa  sohalarda  keng  qo'llanilmoqda,  va  bu  tizimlarning  samarali 
ishlashini  ta'minlash  uchun  algoritmlar  va  boshqaruv  metodlari  muhim  ahamiyatga 
ega. Maqola optimal boshqaruv nazariyasi, algoritmlarning turli xil turlarini (masalan, 
PID nazorati, fuzzy logika, evolyutsion algoritmlar) va ularning avtomatik tizimlarda 
qo'llanilishiga bag'ishlanadi. Bunda, algoritmlarning samaradorligini oshirish uchun 
innovatsion yondoshuvlar va metodlar tahlil qilinadi. 

25-28 28 11

RAQAMLI SIGNALNI ANALOGLI DIGNALGA TEZROQ AYLANTIRISH USULLARI

Uzaqbergenov Aytbay Jumabay uli

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  raqamli  signalni  analogli  signalga  tezroq 
aylantirish usullari tahlil qilinadi. Raqamli-analogli konvertatsiya (D/A konvertatsiya) 
jarayoni zamonaviy texnologiyalar va tizimlar uchun muhim ahamiyatga ega, chunki 
bu  jarayonni  tezlashtirish,  signallarni  yuqori  sifatda  qayta  ishlashni  ta'minlaydi. 
Maqolada  oversampling,  delta-sigma  modulyatsiyasi,  paralel  D/A  konvertorlari, 
FPGA texnologiyalari va post-processing kabi usullar ko'rib chiqiladi. Har bir usulning 
afzalliklari  va  uning  raqamli  signalni  tez  va  sifatli  tarzda  analogli  signalga 
aylantirishdagi o'rni batafsil tushuntirilgan. Ushbu tadqiqot, zamonaviy elektronika va 
telekommunikatsiya  tizimlarida  raqamli  signalni  konvertatsiya  qilishning 
samaradorligini oshirish va tezligini yuqori darajaga ko'tarish uchun qo'llaniladigan 
metodlarni o'rganishga yordam beradi. Maqola, yangi texnologiyalardan foydalangan 
holda,  raqamli-analogli  konvertatsiya  jarayonining  optimal  ishlashini  ta'minlashga 
yo'naltirilgan. 

29-32 22 5

SIGNALNING UZATISH SAMARADARLIGINI OSHIRISH VA DISTORSIYANI KAMAYTIRISH

Uzaqbergenov Aytbay Jumabay uli

 
Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  signal  uzatish  samaradorligini  oshirish  va 
distorsiyani  kamaytirish  bo‘yicha  qo‘llaniladigan  asosiy  usullar  va  texnologiyalar 
muhokama  qilinadi.  Maqolada  signal  uzatishda  samaradorlikni  oshirish  uchun 
modulyatsiya,  amplifikatsiya,  kodlash  va  xatolikni  tuzatish  texnologiyalari  tahlil 
qilinadi. Shuningdek, distorsiyani kamaytirish uchun filtrlash, lineer amplifikatorlar, 
fazali modulyatsiya va dinamik diapazonni kengaytirish kabi metodlar ko‘rib chiqiladi. 
Yangi texnologiyalar, xususan, MIMO, OFDM va kvant signal protsesslash usullari 
orqali  signal  uzatishning  samaradorligi  va  sifatini  yaxshilash  imkoniyatlari  taqdim 
etiladi.  Maqola  yuqori  tezlikdagi va  distorsiyasiz  signal  uzatish  tizimlarini  yaratish 
uchun zamonaviy usullarni o‘z ichiga oladi. 

225-228 27 12

MADANIY MEROS OBEKTLARI ASOSIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH

Rajabova Nafasat Shoxratovna

 Annotatsiya:    "Madaniy  meros  obyektlari  asosida  turizmni  rivojlantirish" 
mavzusida  olib  borilgan  tadqiqotlarni  taqdim  etadi.  Tadqiqotning  asosiy  maqsadi 
madaniy meros obyektlari, jumladan tarixiy yodgorliklar, muzeylar, qadimiy shaharlar 
va ziyoratgohlar orqali turizmni rivojlantirishning imkoniyatlarini va muammolarini 
tahlil  qilishdir.  Maqolada  madaniy  merosning  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  madaniy 
ahamiyati, shuningdek, bu sohada duch kelinadigan asosiy muammolar va ularni hal 
qilish yo'llari ko'rib chiqiladi. 

36-47 29 13

VAQF QASHSHOQLIKNI QISQARTIRISHDAGI ASOSIY INSTRUMENTLARDAN BIRI SIFATIDA: INDONEZIYA TAJRIBASI

Maxmudova Aziza Fayzulla qizi

  Annotatsiya.  Ushbu  maqola  Indoneziyada  vaqf  institutining  qashshoqlikni 
kamaytirishdagi  rolini  tahlil  qiladi  va  uning  tajribasini  o‘rganadi.  Islomiy  moliya 
tizimining  muhim  tarkibiy  qismi  bo‘lgan  vaqf  tarixan  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish 
uchun asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan. Tadqiqotda vaqfning iqtisodiy rivojlanishga 
qo‘shgan hissasi tahlil qilinib, uning ta’lim, sog‘liqni saqlash va mikromoliyalashtirish 
orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan yondashuvlari ko‘rib chiqiladi. 
Biroq,  tadqiqot  shuni  ko‘rsatadiki,  vaqf  tizimining  samaradorligiga  ma’muriy 
muammolar, professional menejment yetishmovchiligi va jamoatchilik ishonchining 
pastligi  salbiy  ta’sir  ko‘rsatmoqda.  Tahlillar  shuni  ko‘rsatadiki,  agar  vaqf  instituti 
to‘g‘ri rivojlantirilsa, u qashshoqlikni kamaytirish va barqaror rivojlanish maqsadlariga 
erishishda muhim vositaga aylanishi mumkin. Shu bilan birga, u islomiy tamoyillar 
asosida o‘zining asl mohiyatini saqlab qolishi zarur. 

48-50 25 16

SUN’IY INTELLEKT, KIBERXAVFSIZLIK VA AXBOROT TEXNOLOGIYALAR: NAZARIYA, AMALIYOT VA XXI ASR CHAQIRIQLARI

Husanova Gulnozaxon Orifjon qizi

Annotatsiya: Mazkur maqolada XXI asrda axborot texnologiyalarining jadal 
rivojlanishi,  sun`iy  intellekt  (SI)  va  kiberxavfsizlik  sohalaridagi  asosiy  nazariy 
yondashuvlar  hamda  ularning  amaliy  qo`llanilishi  tahlil  qilinadi.  Shuningdek,  XXI 
asrda yuzaga kelayotgan texnologik tahdidlarga nisbatan ilg`or yondashuvlar, xalqaro 
tajriba va O`zbekistonda bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinadi.  

51-56 15 14

IQLIM O’ZGARISHINING EKOLOGIYA VA ATMOSFERA HAVOSIGA TA’SIRI.

Yarmatova.D.S., Normamatova K.Sh., U.V. Norqulov

Annotatsiya:  Global  iqlim  nimaligini  chuqurroq  anglash  uchun  dastlab 
atmosfera haqida tushunchaga ega bo’lish talab etiladi. Atmosfera inson hayoti uchun 
zarur  bo’lgan  tabiiy  muhit,geografik  qobiq,biosferaning  muhim  tarkibiy  qismidir. 
Atmosfera  havosi  hayot  uchun  nihoyatda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.Atmosfera 
borligi yerda hayot mavjudligining muhim shartlaridan biridir. 

57-60 34 17

G’ARB UYG’ONISH DAVRI VA FALSAFIY TAFAKKURNING RIVOJLANISHI VA XUSUSIYATLARI

O’sarova Gulshanoy Baxtiyorjon qizi

        Annotatsiya: Ushbu maqola G’arb Uyg’onish (Renessans) davrining madaniy 
va intellektual yuksalishiga oid hozirgi zamon taraqqiyotidagi intellectual tafakkurni 
qanday ta’sir qilganligi haqida batafsil tahlil qiladi. Renessans davrida Grek va Rim 
klassik matnlarni qayta kashf etilgan va bu davrda insonparvarlik , tabiatshunoslik va 
yangi ilmiy metodologiyalari rivoj topgan. Yevropa adabiyoti ,san’ati, fan va falsafasi 
uchun  o’tish  davri  hisoblanadigan  Renessans  davri,  falsafiy  tafakkurning    yangi 
ustuvor  yo’nalishlari shakllanishiga ham olib kelgan. 

61-65 16 11

OILAVIY MUNOSABATLARNING BOLALARNING RUHIY RIVOJLANISHIGA O'ZARO ALOQADORLIGI

Palekeyev Timur Muxammatovich

ANNOTATSIYA 
Darhaqiqat,  kelajagimiz  poydevori  bo’lgan  yoshlarning  ta’lim-tarbiyasi, 
avvalo,  oilada  shakllanadi.  Shaxsga  xos  bo’lgan  xarakter  xislatlari,  shuningdek, 
millatimizga xos bo’lgan etnik xususiyatlarimizdan, kattalarni e’zozlash, kichiklarni 
izzat qilish, Vatanni sevish va burch kabi hislatlarning barchasi oilada  shakillanadi.  
Aynan  bolalar    o’rtasida  sodir    etilayotgan  deviant  xulq-atvor  ko’rinishlari 
jumladan, jinoyatchilik, giyohvandlik, agressivlik, suitsid kabi turli jamiyatimiz uchun 
yot bo’lgan  illatlar oilada shaxslararo munosabatlarning to’g’ri  tashkil etilmaganligi 
oqibatida kelib chiqmoqda. Yosh oilalarimizda  bolalar, o’smirlar, katta kishilar va 
boshqa shaxslarga nisbatan kommunikativ shaxslar aro muloqat qoniqarli emasligi  
xozirga vaqtda ommaviy  axborot  vositalari  bilan aloqa  o’rnatish orqali amalga 
oshirilishi,  shuningdek,  «biz»  tushunchasi  va  unga  munosabat  yetarlicha 
rivojlanmaganligi bilan ajralib turadi.  

66-69 24 8

IMOM SAKKOKIYNING BALOG’AT ILMIGA QO‘SHGAN HISSASI

G‘iyosov Muhammad Ali

Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  balog‘at  ilmining  rivojida  Imom  Sakkokiy 
tutgan  o‘rni  tahlil  qilinadi.  Uning  “Miftāhu-l-‘ulūm”  asari  arab  adabiyoti, 
uslubshunosligi va balog‘at ilmining muhim manbalaridan biri sifatida e’tirof etiladi. 
Muallifning nazariy yondashuvi, uslubiy tasniflari va nutq go‘zalligiga oid qarashlari 
tahlil qilinib, ularning so‘nggi davr olimlari va adabiyotshunoslari tomonidan qanday 
baholanishi ko‘rib chiqiladi. 

70-78 20 12

OSHQOZONNING MORFOLOGIK PARAMETRLARI VA UNGA UGLEROD OKSIDINING TA'SIRI

Xodjiyev Farxod Botirovich

Annotatsiya.  Dunyo  aholisining  deyarli  yarmi  oshqozon-ichak  trakti 
kasalliklaridan aziyat chekmoqda. Statistik ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, oshqozon-
ichak kasalliklari tarkibida gastrit kasalligining ucrash darajasi 80% dan ortiq. Bugungi 
kunda bu jiddiy kasallik nafaqat kattalar, balki maktab yoshidagi bolalar va talabalarda 
ham ko’p kuzatiladi. Gastritning eng keng tarqalgan sababi noto'g'ri ovqatlanishdir: 
shoshilinch va pala-partish ovqatlanish, chaynalmagan yoki quruq ovqat; juda issiq 
yoki juda sovuq ovqat; achchiq ovqatlarni iste'mol qilish (asosan achchiq va juda sho'r 
ovqatlar).  Ko'pincha  kasalliklar  neyro-psixik  zo’riqish  holatida  bo'lgan,  sog'lom 
ovqatlanishni  e'tiborsiz  qoldiradigan,  spirtli  ichimliklarni  suiiste'mol  qiladigan  va 
chekadigan odamlarda rivojlanadi. 

187-190 19 7

КУРАШДА ТАКТИК ВА ЖИСМОНИЙ ТАЙЁРГАРЛИКНИНГ ЎРНИ ВА ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ЙЎНАЛИШЛАРИ

Тўраев Фаррух Хаким ўғли

Аннотация:  Ушбу  мақолада  миллий  кураш  спорт  турида  тактик  ва 
жисмоний  тайёргарликнинг  аҳамияти,  уларни  такомиллаштириш  усуллари 
ҳамда  турли  ёшдаги  спортчилар  учун  техник-тактик  машғулотларни  ташкил 
этиш  масалалари  ёритилган.  Жисмоний  ва  психологик  тайёргарликнинг 
моҳияти,  курашдаги  ўрни,  спортчиларда  рақобатбардошлик  ва  психологик 
барқарорликни  шакллантиришдаги  таъсири  илмий  ва  услубий  асосда  таҳлил 
қилинган. Мақолада ёшга оид физиологик хусусиятлар инобатга олинган ҳолда 
машғулот жараёнларини самарали ташкил этиш бўйича тавсиялар берилган.  

149-152 28 14

SHOH EDIP HAYOTI VA IJODI VA ADABIY MEROSI

Asilbekova Sevinch Sanjarbek qizi

Annotatsiya:  Maqolada  XX  asr  turkiy  adabiyotining  taniqli  vakili  Shoh 
Edipning hayoti, ijodi va asarlarining badiiy jihatlari tahlil qilinadi. Unda yozuvchining  
“Sokak qizi”, “Cholqutinga qaytish”, “O’lik odamlar”, kabi romanlari hamda ularning 
jamiyatdagi  ahamiyati  yoritiladi.  Shoh  Edipning  adabiy  merosi,  uning  turk 
madaniyatiga qo’shgan hissasi va zamonaviy adabiyotiga ta’siri ko’rib chqiladi.  

153-157 22 12

КУЛЬТУРНОЕ НАСЛЕДИЕ РЕНЕССАНСА ТЕМУРИДОВ: ИСКУССТВО И АРХИТЕКТУРА

Албеков Шокир Адилбекович

Аннотация:  Эпоха  Ренессанса  Темуридов  в  Центральной  Азии, 
охватывающая  конец  XIV  —  начало  XV  века,  стала  периодом  процветания 
искусства и архитектуры. Под правлением Тимура и его наследников, таких как 
Улугбек,  был  заложен  уникальный  культурный  фундамент,  который  оказал 
глубокое  влияние  на  развитие  искусств  и  архитектуры  в  регионе.  В  статье 
рассматривается  ключевое  значение  этой  эпохи  для  развития  культурных 
традиций  Центральной  Азии,  особенно  в  области  архитектуры,  живописи  и 
декоративного искусства. Особое внимание уделено достижениям в архитектуре, 
созданию  величественных  монументов,  таких  как  Регистан  в  Самарканде, 
мавзолей  Гур-Эмир  и  обсерватория  Улугбека,  а  также  искусству,  которое 
процветало  благодаря  поддержке  меценатов,  ученых  и  художников.  В  статье 
анализируется, как архитектурные и художественные проекты, выполненные в 
этот  период,  стали  символами  не  только  политической  мощи,  но  и  высоких 
культурных достижений. 

158-162 23 15

ИГРОВЫЕ ТЕХНОЛОГИИ И ИСКУССТВЕННЫЙ ИНТЕЛЛЕКТ В ОБУЧЕНИИ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЕ

Албеков Шокир Адилбекович

Аннотация:  В  последние  годы  наблюдается  значительный  прогресс  в 
области  применения  игровых  технологий  и  искусственного  интеллекта  в 
образовании.  Особенно  актуальным  становится  использование  этих 
инструментов  в  преподавании  физической  культуры,  что  позволяет  повысить 
мотивацию студентов, улучшить их физическую подготовку и сделать процесс 
обучения более интерактивным. Данная статья рассматривает влияние игровых 
технологий и искусственного интеллекта на обучение физической культуре, а 
также их потенциал в создании адаптивных образовательных платформ. 

163-167 17 6

ФУТБОЛДА ЁШГА МОС ЖИСМОНИЙ ЮКЛАМАЛАРНИ ТАНЛАШНИНГ АҲАМИЯТИ

Джаппаров Флюр Фатхуллаевич

Аннотация:  Мазкур  мақолада  футболда  ёш  футболчиларни  тайёрлаш 
жараёнида жисмоний юкламаларни ёш хусусиятларига мос равишда танлашнинг 
илмий  ва  амалий  асослари  таҳлил  қилинган.  Жисмоний  ривожланишнинг 
босқичлари,  ўсиш  давридаги  физиологик  ўзгаришлар,  юклама  турлари  ва 
уларнинг  таъсири  ўрганилган.  Шунингдек,  нотўғри  юкламаларнинг  салбий 
оқибатлари, уларни олдини олиш ва индивидуал ёндашувнинг зарурлиги ҳақида 
фикр  юритилган.  Мақола  футбол  мураббийлари,  спорт  педагоглари  ҳамда  ёш 
футболчилар  билан  ишловчи  мутахассислар  учун  амалий  қўлланма  сифатида 
хизмат қилиши мумкин. 

168-173 20 7

ЁШ ФУТБОЛЧИЛАРНИНГ ЖИСМОНИЙ РИВОЖЛАНИШ ХУСУСИЯТЛАРИ ВА УЛАРНИНГ ЎЙИН САМАРАДОРЛИГИГА ТАЪСИРИ

Жўрабоев Мирзамурод Тўравой ўғли

Аннотация:  Мазкур  мақолада  ёш  футболчиларнинг  жисмоний 
ривожланиш хусусиятлари  ва  уларнинг  ўйин самарадорлигига  таъсири  илмий 
асосда  таҳлил  қилинган.  Ёшга  оид  физиологик  ўзгаришлар,  жисмоний 
сифатларнинг  шаклланиши  ва  уларнинг  ўйиндаги  техник  ва  тактик  фаоллик 
билан боғлиқлиги ҳақида маълумотлар келтирилган. Мақолада футболчиларни 
жисмоний тайёрлаш жараёнида ёш хусусиятларини ҳисобга олиш, индивидуал 
ёндашувни  қўллаш  ва  жисмоний  ривожланишни  баҳолаш  усуллари  ҳақида 
тавсиялар берилган.  

174-177 31 16

ЖАМОАДА ЎЗАРО МУНОСАБАТЛАР ВА УЛАРНИНГ ЎЙИН НАТИЖАЛАРИГА ТАЪСИРИ

Миржамолов Сирожиддин Хайриддинович

Аннотация:  Мазкур  мақолада  спорт  жамоаларида  ўзаро 
муносабатларнинг аҳамияти ва уларнинг ўйин натижаларига таъсири муҳокама 
қилинган.  Жамоа  аъзолари  ўртасидаги  ижобий  муносабатлар,  ўзаро  ишонч, 
ҳамкорлик  ва  самарали  мулоқот  жамоанинг  умумий  самарадорлигига  қандай 
таъсир қилиши илмий жиҳатдан таҳлил қилинган. Олиб борилган тадқиқотлар 
натижаларига кўра, жамоадаги ижтимоий муҳит спортчиларнинг руҳий ҳолати 
ва  турли  вазиятлардаги  қарор  қабул  қилиш  сифатини  яхшилаши  мумкинлиги 
таъкидланган.  Шунингдек,  мақолада  мутахассислар  фикри  ва  амалиётдаги 
ҳолатлар асосида таҳлил қилинган тавсиялар берилган. 

178-181 23 13

МАКТАБ ТАЪЛИМИ БИЛАН ФУТБОЛ ТАЙЁРГАРЛИГИНИ УЙҒУНЛАШТИРИШ МУАММОЛАРИ

Миржамолов Сирожиддин Хайриддинович

Аннотация:  Мазкур  мақолада  мактаб  таълими  билан  футбол 
тайёргарлигини  уйғунлаштириш  масалалари  ўрганилган.  Ҳозирги  кунда  ёш 
футболчиларнинг  таълим  жараёни  ва  спорт  машғулотлари  ўртасидаги 
мувозанатни сақлаш долзарб муаммолардан бири ҳисобланади. Спорт ва таълим 
ўртасидаги  зиддиятлар  нафақат  ёшларнинг  академик  кўрсаткичларига,  балки 
уларнинг спортдаги ривожланишига ҳам салбий таъсир кўрсатади. Мақолада бу 
муаммоларнинг илмий жиҳатлари, мутахассислар фикри ва амалиётда қўллаш 
мумкин бўлган ечимлар муҳокама қилинган.  

182-186 20 8

ЭФФЕКТИВНОСТЬ ПРОГРАММ ФИЗИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ ДЛЯ СОТРУДНИКОВ, НАХОДЯЩИХСЯ В СТРЕССОВЫХ СИТУАЦИЯХ

Тураев Фаррух Хаким угли

 
Аннотация:  В  данной  статье  рассматривается  понятие  стрессовой 
ситуации её влияние на психоэмоциональное состояние человека. Отмечается, 
что  стресс  может  быть  вызван  различными  обстоятельствами,  включая 
профессиональную  деятельность,  личные  проблемы  и  социальные  факторы. 
Анализируются  механизмы  реакции  человека  на  стрессовые  события  и  их 
долгосрочные  последствия  для  здоровья.  Также  рассматриваются  возможные 
стратегии  управления  стрессом  и  методы  поддержания  психологического 
благополучия.  

79-82 39 20

KLASSITSIZM ADABIYOTI

Sobirjonova Gulsanam Ko‘paysin qizi, Yusupova Gulshanoy Mederbek qizi

Annotatsiya:  Ushbu  maqola  XVII-XVIII  asrlarda  Yevropada,  xususan 
Fransiyada rivojlangan klassitsizm adabiy oqimini yoritadi. Maqolada klassitsizmning 
asosiy  xususiyatlari,  janrlari,  yetakchi  namoyandalari  va  uning  adabiyotdagi  ta’siri 
haqida so‘z yuritiladi. Antik san’atga taqlid, aql-idrok ustuvorligi, uch birlik qoidasi 
kabi muhim jihatlarga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, P’er Kornel, Jan Rasin, Molyer 
va La Fonteyn kabi adiblarning ijodi tahlil qilinadi. Maqola klassitsizmning keyingi 
adabiy  oqimlarga  ta’sirini  va  uning  bugungi  kunda  ham  dolzarbligini  ko‘rsatishga 
qaratilgan. 

191-195 23 9

ЖАНГОВАР ТАЙЁРГАРЛИК ЖАРАЁНИДА МАЪНАВИЙ-АХЛОҚИЙ ТАРБИЯНИНГ АҲАМИЯТИ

Умурзоқов Бахтиёр Боходирович

Аннотация:  Ушбу  мақолада  ички  ишлар  органлари  курсантларини 
жанговар  тайёргарлик  жараёнида  маънавий-ахлоқий  тарбиянинг  аҳамияти 
таҳлил  қилинган.  Жанговар  тайёргарлик  нафақат  жисмоний  ва  техник 
кўникмаларни, балки ички ишлар ходимларининг маънавий-ахлоқий жиҳатдан 
ҳам  мукаммал  бўлишини  талаб  қилади.  Мақолада  жанговар  тайёргарликнинг 
маънавий-ахлоқий асослари, унинг курсантларнинг касбий фаолиятига таъсири, 
шунингдек,  миллий  ва  умуминсоний  қадриятларнинг  аҳамиятига  алоҳида 
эътибор қаратилган. 

196-199 18 14

TANQIDIY FIKRLASH ASOSLARINING O’ZBEKISTON TA’LIM TIZIMIDAGI AHAMIYATI

Dumarov Mashxurbek, Erkinboyev Muhammadqodir Nodirbek o’g’li

 
Annotatsiya: Mazkur  maqolada “Tanqidiy fikrlash asoslari” ning O’zbekiston 
ta’lim  tiziming  Bir  qancha  jarayonlarda  ya’ni  boshlang’ich,  o’rta  va  oliy  ta’limda 
tutgan o’rni nazarda tutilib yozilgan va muhokama qilingan. 

200-208 26 21

TALABALARDA MILLATLARARO MUNOSABATLAR MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING INNOVATSION TEXNOLOGIYASI SIFATIDA

Teshaboyeva Diyora Tolibjon qizi, Jasurbek Qoraboyev

ANNOTATSIYA 
Mazkur  maqolada  psixodrama  tushunchasining  mazmun  mohiyati  ochib 
berilgan.  Shu  bilan  birga  psixodrama  orqali  talabalarda  millatlararo  munosabatlar 
madaniyatini shakllantirish imkoniyatlari haqida so‘z yuritilgan. 

209-214 77 8

MAVZU: TO’QIMACHILIK TOLALARNING TASNIFI, ULAR HAQIDA MA’LUMOT

DAVLATOVA NASIBAXON TURSINALIYEVNA

   
O'zbekiston  Respublikasining  oldida  turgan  eng  muhim  vazifalardan  bin  — 
aholini  sifatli  hamda  bejirim  tikuvchilik  buyumlari  bilan  ta'minlashdir.  Chunki,  u 
insonlarni  atrof-muhitdan  himoya  qilishga,  ularning  go'zalligini  ta'minlashga 
mo'ljallangan. 
Tikuvchilik buyumlari materialshunosligi fani, to'qimachilik materiallari, ya'ni, 
tola, ip, eshilgan mahsulot, gazlama, trikotaj va noto'qima matolarning olinishi, tuzilish 
xossalari  va  shu  xossalarni  o'rganishda  ishlatiladigan  uslub  va  asbob-uskunalardan 
foydalanishni  o'rgatadi.Tikuvchilik  materiallarining  deyarli  barchasi  to'qimachilik 
tolalaridan  iborat.  Turli  xilmateriallarning  tashqi  ko'rinishi,  xususiyatlari  va 
tikuvchilikda ishlatilishi, ularni tashkil etuvchi tolalarning xossalariga bog'liq. 
To'qimachilik tolasi deb, egiluvchan, ma'lum uzunlik va mustahkamlikka ega, 
ko'ndalang  kesim  yuzasi  kichik,  to'qimachilik  mahsulotlari  olish  uchun  ishlatish 
mumkin bo'lgan jismga aytiladi. 

215-217 25 16

AMIR TEMUR- TARIX SAHNASIDA BUYUK DAVLAT ASOSCHISI VA ZABARDAST SARKARDA

Abdumalikova Rohatoy Abdug'offor qizi

 
 Annotasiya:Ushbu maqolada Amir Temurning tarixiy sahnadagi o‘rni, uning 
buyuk  davlat  asoschisi  va  zabardast  sarkarda  sifatidagi  faoliyati  tahlil  qilinadi. 
Maqolada Amir Temur asos solgan Temuriylar davlati, uning yuritgan adolatli siyosati, 
harbiy  strategiyasi  va  ilm-fan,  madaniyat  rivojiga  qo‘shgan  hissasi  yoritiladi. 
Shuningdek, uning merosi bugungi kunda ham dolzarbligini yo‘qotmaganligi haqida 
so‘z yuritiladi. 

218-221 21 13

O'ZBEKISTONDA EKOTURIZMNI RIVOJLANTIRISH VA BARQAROR RIVOJLANISH: QONUNIY ASOSLAR VA AMALIY QO'LLANMA

Bobomurodova Noila Ulug`bek qizi

Annotatsiya:      Ushbu  maqola  O'zbekistonda  ekoturizmni  rivojlantirishning 
qonuniy  asoslari  va  barqaror  rivojlanish  istiqbollarini  o'rganadi.  Maqolada 
ekoturizmning  mamlakatdagi  ahamiyati,  tabiiy  resurslarni  asrab-avaylash,  mahalliy 
aholini  qo'llab-quvvatlash  va  ekologik  barqarorlikni  ta'minlashda  qonuniy 
me'yorlarning  rolini  yoritiladi.  Bunda,  O'zbekiston  Respublikasining  tabiiy  muhitni 
himoya qilish, turizmni tartibga solish va barqaror rivojlanishni qo'llab-quvvatlashga 
doir amaldagi qonunlar va normativ hujjatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, ekoturizmni 
rivojlantirish  uchun  zarur  bo'lgan  ekologik  ta'lim,  qayta  tiklanuvchi  energiya 
manbalaridan foydalanish va suv resurslarini tejash masalalari ham ko'rib chiqiladi. 
Maqolada  ekoturizmni  boshqarish  va  sertifikatlashning  ahamiyati  hamda  mahalliy 
madaniyatni  targ'ib  qilishga  qaratilgan  tavsiyalar  beriladi.  Ushbu  tadqiqotning 
natijalari,  O'zbekistonda  ekoturizmni  barqaror  rivojlantirish  va  global  bozorda 
muvaffaqiyatli  integratsiya  qilishga  yordam  beradigan  amaliy  qo'llanmalar  sifatida 
xizmat qiladi. 

222-224 24 13

POST-PANDEMIYA DAVRIDA TURIZM SOHASINING TIKLANISHI VA YANGI TENDENSIYALAR: COVID-19 DAN KEYINGI O‘ZGARISHLAR VA YANGI YO‘NALISHLAR

Jalilova Sarvinoz G’ayrat qizi

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  turizm  sohasining  COVID-19  pandemiyasi 
davrida  yuzaga  kelgan  inqirozdan  so‘nggi  tiklanish  jarayoni  va  global  miqyosda 
shakllanayotgan yangi tendensiyalar ilmiy tahlil qilingan. Tadqiqotda ichki turizmning 
ommalashuvi, raqamlashtirish jarayonlari, sog‘lom va barqaror sayohatlarga bo‘lgan 
qiziqishning ortishi, shuningdek, texnologik innovatsiyalarning sohaga integratsiyasi 
yoritilgan.  O‘zbekiston  misolida  olib  borilgan  siyosiy  va  amaliy  chora-tadbirlar 
asosida turizm sohasining kelajakdagi rivojlanish istiqbollari asoslab berilgan.