Mualliflar

  • Palekeyev Timur Muxammatovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95840

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: shaxs an’ana urf-odat munosabat ota-ona xarakter muhit tarbiya nuklear oila.

Annotasiya

ANNOTATSIYA 
Darhaqiqat,  kelajagimiz  poydevori  bo’lgan  yoshlarning  ta’lim-tarbiyasi, 
avvalo,  oilada  shakllanadi.  Shaxsga  xos  bo’lgan  xarakter  xislatlari,  shuningdek, 
millatimizga xos bo’lgan etnik xususiyatlarimizdan, kattalarni e’zozlash, kichiklarni 
izzat qilish, Vatanni sevish va burch kabi hislatlarning barchasi oilada  shakillanadi.  
Aynan  bolalar    o’rtasida  sodir    etilayotgan  deviant  xulq-atvor  ko’rinishlari 
jumladan, jinoyatchilik, giyohvandlik, agressivlik, suitsid kabi turli jamiyatimiz uchun 
yot bo’lgan  illatlar oilada shaxslararo munosabatlarning to’g’ri  tashkil etilmaganligi 
oqibatida kelib chiqmoqda. Yosh oilalarimizda  bolalar, o’smirlar, katta kishilar va 
boshqa shaxslarga nisbatan kommunikativ shaxslar aro muloqat qoniqarli emasligi  
xozirga vaqtda ommaviy  axborot  vositalari  bilan aloqa  o’rnatish orqali amalga 
oshirilishi,  shuningdek,  «biz»  tushunchasi  va  unga  munosabat  yetarlicha 
rivojlanmaganligi bilan ajralib turadi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_2-to’plam_Aprel-2025

61

ISSN:3030-3613

OILAVIY MUNOSABATLARNING BOLALARNING RUHIY

RIVOJLANISHIGA O'ZARO ALOQADORLIGI

Palekeyev Timur Muxammatovich

Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahri 14-sonli maktab amaliyotchi

psixologi

ANNOTATSIYA

Darhaqiqat, kelajagimiz poydevori bo’lgan yoshlarning ta’lim-tarbiyasi,

avvalo, oilada shakllanadi. Shaxsga xos bo’lgan xarakter xislatlari, shuningdek,
millatimizga xos bo’lgan etnik xususiyatlarimizdan, kattalarni e’zozlash, kichiklarni
izzat qilish, Vatanni sevish va burch kabi hislatlarning barchasi oilada shakillanadi.

Aynan bolalar o’rtasida sodir etilayotgan deviant xulq-atvor ko’rinishlari

jumladan, jinoyatchilik, giyohvandlik, agressivlik, suitsid kabi turli jamiyatimiz uchun
yot bo’lgan illatlar oilada shaxslararo munosabatlarning to’g’ri tashkil etilmaganligi
oqibatida kelib chiqmoqda. Yosh oilalarimizda bolalar, o’smirlar, katta kishilar va
boshqa shaxslarga nisbatan kommunikativ shaxslar aro muloqat qoniqarli emasligi
xozirga vaqtda ommaviy axborot vositalari bilan aloqa o’rnatish orqali amalga
oshirilishi, shuningdek, «biz» tushunchasi va unga munosabat yetarlicha
rivojlanmaganligi bilan ajralib turadi.

Kalit so’zlar:

shaxs, an’ana, urf-odat, munosabat, ota-ona, xarakter, muhit,

tarbiya, nuklear oila.

KIRISH

Bolaning oilada shaxs sifatida shakllanishiga kuchli ta’sir etuvchi omillarning

asosiysi bevosita muhit va mikromuhitdir. Avvalo, bu bolaning qobiliyatlarini
rivojlantiruvchi, xarakterini shakllantiruvchi jamoa, uning ota-onasi, qarindoshlari,
tengdoshlari, maktabgacha ta’lim muassasasasi tarbiyachilari, maktab pedagoglar
jamoasi va boshqalardir.

Mikromuhit insonga ikki yoqlama ta’sir ko’rsatadi:

-

jamiyat tomonidan tashkil etilgan stereotiplar ya’ni, an’analar, qoidalar, me’yor

va kundalik hayotdagi odatiy sharoitlar orqali;

-

shuningdek, yaqin muhitning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari natijasida

bolalarda xarakter xususiyatlarining shakllanishiga eng muhim omil sifatida birinchi
navbatda oila muhiti eng kata tasir ko’rsatadi.

Birinchi rezidentimiz ta’kidlaganidek, “Oila hayotining abadiyligi, avlodlarning
davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan
birga, kelajak nasllar qanday inson bo’lib etishishiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan
tarbiya o’chog’i ekanligini tan olishimiz darkor. Bola tug’ilganidan boshlab oila


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_2-to’plam_Aprel-2025

62

ISSN:3030-3613

muhitida yashaydi, ulg’ayadi, oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar o’smir
zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat
talablarini anglaydi, his etadi”.
Darhaqiqat, kelajagimiz poydevori bo’lgan yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, avvalo,
oilada shakllanadi. Shaxsga xos bo’lgan xarakter xislatlari, shuningdek, millatimizga
xos bo’lgan etnik xususiyatlarimizdan, kattalarni e’zozlash, kichiklarni izzat qilish,
Vatanni sevish va burch kabi hislatlarning barchasi oilada shakillanadi.

Yuqorida

ta’kidlaganimizdek,

bolalarda

xarakter

xususiyatlarining

shakllanishiga ta’sir etuvchi bir qator komponentlari oilada shakllanib borishi bilan
birgalikda, nosog’lom bo’lgan oila sharoitida tarbiya topayotgan farzandlar
xulqatvorida o’ziga xos bo’lgan salbiy individual psixologik xususiyatlarning
shakllanishiga sabab bo’lmoqdadir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bir guruh psixologlarning aniqlashicha, xarakterning yangi sifatlarini yuzaga

kelishi va ularning mustahkamlanishi real vaziyatni taqozo etadi. Shuning uchun ham
xatti-harakat odatni, odat esa xarakterni va xarakter taqdirni yaratadi, degan fikr
mavjud. Xarakter qandaydir turg’un va o’zgarmas xususiyat emas. Jumladan, bolalik
yoshida xarakterning xususiyatlari odatda “jiddiylashish”, “boshqacharoq bo’lib
qolish” tarzida ko’rinadiki, bu hol ijtimoiy omillardan ya’ni, atrofdagilarga nisbatan
munosabatning murakkablashuvi, gormonal yetilish natijasida namoyon bo’la
boshlaydi. Shaxs xarakterdagi o’zgarishlarni yetarlicha hisobga olmaslik ziddiyatli va
nizoli munosabatlarni vujudga keltiradi. Ayni shu davrda bola xarakterida
aktsentuatsiya

xususiyatlari,

jumladan,

emansipatsiya

reaktsiyasi

kattalar

qaramog’idan “ozod” bo’lishlik, tengqurlari bilan guruhlashish reaktsiyasi, ishtiyoq
reaktsiya, xobbi reaktsiyasi kabilar ustivorlik qiladi.

Aynan bolalar o’rtasida sodir etilayotgan deviant (xulqi og’ishgan) xulq-atvor

ko’rinishlari jumladan, jinoyatchilik, giyohvandlik, agressivlik, suitsid kabi turli
jamiyatimiz uchun yot bo’lgan illatlar oilada shaxslararo munosabatlarning to’g’ri
tashkil etilmaganligidan kelib chiqmoqda. Bunda, ota-onalar farzandlari tarbiyasiga
befarq, loqayd munosabatda bo’lishi, oilada sog’lom turmush tarzini to’g’ri yo’lga
qo’yilmaganligi, ota-onalarni farzandlarining yoshiga xos bo’lgan psixologiyasini,
ularga xos bo’lgan shaxslararo munosabatlar to’g’risidagi bilimlarini yetishmasligi
tufayli jamiyatimiz uchun zid bo’lgan xatti-harakatlarning yuzaga kelayotganligi,
natijada, ilmiy asoslangan ota-onalar va farzandlar o’rtasidagi munosabatlarning
psixologik jihatlarini ochib berishligini taqozo etadi.

Birinchidan

,

ijtimoiy muhitdagi turli hodisalar insonning ongiga bevosita ta’sir

qilib, unda chuqur iz qoldiradi.

Ikkknchidan

,

tashqi ijtimoiy muhit ta’sirining chuqurroq va mustahkamroq

bo‘lishiga odamning o‘zi yordam beradi. Ma’lumki, bolalar o‘z tabiatlariga ko‘ra,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_2-to’plam_Aprel-2025

63

ISSN:3030-3613

yoshlik chog‘laridan boshlab, nihoyat darajada taqlidchan bo‘ladilar. Bolalar katta
odamlarning barcha hatti-harakatlariga bevosita taqlid qilish orqali bu
hattiharakatlarni, yaxshi-yomon fazilatlarni o‘zlariga singdirib boradilar. Bolalar
oilada, ko‘cha-ko‘yda, katta odamlarning har bir harakatlarini, o‘zaro munosabatlarini
zimdan kuzatib turadilar.

To’g’ri, hozirgi globallashuv va integratsiyalashuv jarayonlarining kuchayishi

munosabati bilan oilaning etnopsixologik xususiyatlaridagi milliy barqarorlik susayib,
zamonaviylashish tendentsiyasi yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Bu fikrga V.V.Boyko
ham qo’shilib, bolalarda xarakter shakllanishiga ta’sir etuvchi zamonaviy oilalarning
o’ziga xos xususiyatlarini quyidagicha ajratib ko’rsatadi:
-Birinchidan, oilaning nuklearlashib borishi oqibatida yani oilada er-xotin va
farzandlardan iboratlliligi zamonaviy kam farzandli nuklear oilalarning ko’p avlodli
oilalardan farqli ravishda bola xarakterining shaklllanishida o’ziga xos
ijtimoiypsixologik muhitni tashkil etadi. Bunday oilalarda ko’pincha shaxslararo
munosabatlarning qisqa zanjiri ustunlik qiladi, oila a’zolarining o’zaro bir-biriga ta’sir
etish vositalari chegaralangan, shuningdek, taqlid qilish uchun namuna va vaziyatlar
ham kam shakllanganligi bilan farqlanadi.

-Ikkinchidan, oiladagi o’ta bog’liq va bir xildagi munosabatlar oqibatida

bolalarning ota-ona xulqi namunalarini mustahkam egallashlari ehtimolligini oshiradi.
Ota-onalar xulq-atvoridan tanlab olish chegaralangan bo’lganligi sabab, bolalar
ijtimoiy-tipik xususiyatlarni egallashi, qaysiki, o’zida ham mikromuhit, ham
individual xususiyatlarining aks etishi ehtimolidan holi emasdir.
Keltirilgan turli ilmiy ma’lumotlardan kelib chiqib ta’kidlash mumkinki, zamonaviy
oilaning o’ziga xos xususiyati o’sib kelayotgan yosh avlod uchun insonparvarlik
tajribasining cheklanganligi bilan ifodalanadi.

Bazi yosh oilalarimizda bolalar, o’smirlar, katta kishilar va boshqa shaxslarga

nisbatan kommunikativ tolerantlik (bag’rikenglik) sifatlari yetarlicha o’z aksini
topmaganligi,oila a’zolari o’rtasida yetarlicha ma’lumot almashinish chegaralangan,
to’g’ri yo’lga qo’yilmagan, bori ham xozirgi vaqtda ommaviy axborot vositalari bilan
aloqa o’rnatish orqali amalga oshirilishi, shuningdek, «biz» tushunchasi va unga
munosabat yetarlicha rivojlanmaganligi bilan ajralib turadi. Ko’pgina holatlar oqibati
sifatida yuqori darajada bolalarning «personifikatsiyasi», ya’ni oila davrasida
bolalarning o’z «men» ini ko’rsatishi hisoblanib, bu o’zining haqligini ta’kidlash,
o’zini ota-onalarga qarama-qarshi qo’yish, ularga qarshi harakatlar qilish, ularning
qadrini, obro’sini ni inkor etish, ular berayotgan maslahatlardan to’liq foydalanmaslik
orqali namoyon bo’lmoqda.
Bu esa bola xarakter xususiyatlariga xos bo’lmagan begonalashishning ayrim
shakllarini yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_2-to’plam_Aprel-2025

64

ISSN:3030-3613

Ayni vaqtda oilada shakllangan oila a’zolarining begonalashishi bolalarning boshqa
doiralarda ya’ni, turli guruhlar va soatlab axborot vositalari bilan band bo’lishiga olib
kelmoqda. Oila a’zolari o’rtasidagi komunikativ a’loqalarning cheklanganligi,
qondirilmagan shaxslararo munosabatlarnatijasida bolalar o’zining ehtiyojini, endi
norasmiy

guruhlarga

qo’shilish,

noan’anaviy

mashg’ulotlar

bilan

shug’ullanayotganini kuzatishimiz mumkin.

Bunday bolalar va ota – onalar o’rtasidagi o’zaro ta’sir munosabati jarayonidagi

ayrim negativ holatlarni yuzaga kelishini V.V.Boyko quyidagicha talqin etadi.
Oiladagi o’ta qat’iy chegaralangan oila a’zolarining munosabatlari, bunda, ota –
onalarning o’ta talabchanligi, bolalarda ning xarakter xususiyatlarida nuqsonli
xislatlarini keltirib chiqaradi. Bu o’z navbatida ota – onalarning bolaga nisbatan
munosabatida yanada qat’iy holatlarning xosil bo’lishiga olib keladi. O’zaro
munosabatlarning agressiv holati natijasida esa bir biriga nisbatan bemehrlilik,
qo’pollik va ota – onalarning qo’rsligi bolalarda agressivlik reaktsiyasini uyg’otadi va
o’zaro munosabatlar jarayonida ziddiyatlarni yuzaga kelishiga sabab bo’lishini
kuchaytiradi.

Munosabatlarning kelishuvchanlik holati. Bu holatda ota-onalar kompleksi

bolalar kompleksini hayotga yo’naltiradi. Masalan, ota-onaning doimiy ravishda
boladan noroziligi, bolasini tanqid qilishi, urishishi, xaqorat qilishi, tahqirlashi
boladada o’z navbatida aybdorlik xissini shakllantirib, uni maktabda, maktabdan
tashqari jamoalarda himoya reaktsiyalarining yetishmasligiga, muloqotda o’zini
chetga tortishiga, o’z-o’zini himoya qila olmaslikga, biror ta’sirga tezda javob qaytara
olmaslik holatiga va o’zini tezda yo’qotib qo’yish holatiga olib keladi. Bolalarrning
bunday xulq atvori ota-onalari va atrofdagilar uni boshqarishiga, boshqalarga tobe
bo’lib qolishga, bog’lanib qolishiga, mustaqil bo’la olmasligiga sabab bo’ladi. Ketma-
ket bo’lmagan munosabatlar. Bunda ota-onalarning bola tarbiyasidagi ehtiyotsizligi,
loqaydligi vabolaga nisbatan talabchan bo’lmasligi bilan ajralib turadi. Bolalarga
nisbatan qo’yilgan noto’g’ri talablar yo o’zini oqlamagan yoki o’ta yumshoq
ko’rinishda bo’lib, muayyan bir harakati uchun bir safar jazolasalar, keyingi safar
e’tiborsiz qoldirishining natijasiadir. Bunday holatlarda bolalar hulq-atvor
normalarida, burch, ma’suliyat hissi kabi tushunchalar haqida o’ylamaydi va muayyan
tasavvurlarga ega bo’lmaydi.

Yuqorida keltirilgan tarbiya usullari,shakllariga bola tarbiyasida quyidagi

xususiyatlarini yuzaga kelishiga sabab bo’ladi:

«Tarbiyasi qiyin»

bolalar pedagogik qarovsizlik natijasidir.L.S.Vigotskiy fikricha,

«qiyin»

bola hayotining noto’g’ri munosabatlar xarakterining natijasidir. Bular avvalo

qaysar, injiq bolalar, ularni qiziqarli faoliyat turiga tortish, ularni tarbiyalashning
asosiy usullaridan biridir. Ularning ma’lum bir qismi intizomsiz, qo‘pol bolalardir.
Ularning faolligini maqsadga muvofiq o‘zgartirish, ularga ba’zi huquqlarni berish


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_2-to’plam_Aprel-2025

65

ISSN:3030-3613

yo‘li bilan ularga ta’sir o‘tkazish mumkin. Psixologiyada “

tarbiyasi qiyin”

bolalarning bir qancha klassifikatsiyalari mavjud.

Birinchi

guruh -

ijtimoiy salbiy, mustahkam qarashlarga ega bolalar;

Ikkinchi guruh -

qonunbuzarlarga taqlid qiluvchi bolalar;

Uchinchi guruh-

ijobiy va salbiy xulq - atvor stereotiplari o‘rtasida ikkilanuvchi, o‘z

xatolarini tushunuvchi bolalar.

To‘rtinchi guruh -

irodali bolalarga bo‘ysunuvchi bolalar.

Beshinchi guruh -

qonunbuzarlik yo‘liga tasodifan kirib qolganlar.

Shuni aytish lozimki, tarbiyasi og‘ir bolalar uchun, ular yashayotgan muhit, oila, ular
o‘qiyotgan jamoa, sinfning roli juda kattadir.

XULOSA

Xulosa qilib aytish mumkinki, oiladagi turli tuman tarbiya usullarini qollash

tarbiyalanuvchining xarakter xususiyatlariga mos kelishi, ya’ni ota-onalar,
tarbiyachilar bolalarning individual psixologik xususiyatlarini e’tiborga olib tarbiya
usullarini va shakillarini qo’llashi maqsadga muvofiqdir. Aks holda, bolaning
xarakter xususiyatlarida tarbiyasi o’g’ishish kabi nomaqbul ko’rinishlarni yuzaga
kelishiga sabab bo’ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: ma’naviyat, 2008.

2.

Бойко В.В. Трудный характер подростков. - СПб.:Издательство «Союз»,
2002.

3.

Shoumarov G’.B. “Oila psixologiyasi” “SHARQ” 2008yil

4.

Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya: Ped. in-t. talabalari uchun o‘quv
qo‘llanma M.G.Davletshin umumiy tahriri ostida. – T.: O‘qituvchi, 1974. – 194 s.

5.

Dostmuhammedova Sh.A., Tillashayxova X.A., Baykunsova G., Ziyavitdinova G.
“Umumiy psixologiya”. Toshken, 2020-yil

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: ma’naviyat, 2008.

Бойко В.В. Трудный характер подростков. - СПб.:Издательство «Союз»,

Shoumarov G’.B. “Oila psixologiyasi” “SHARQ” 2008yil

Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya: Ped. in-t. talabalari uchun o‘quv

qo‘llanma M.G.Davletshin umumiy tahriri ostida. – T.: O‘qituvchi, 1974. – 194 s.

Dostmuhammedova Sh.A., Tillashayxova X.A., Baykunsova G., Ziyavitdinova G.

“Umumiy psixologiya”. Toshken, 2020-yil