T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_2-to’plam_Aprel-2025
51
ISSN:3030-3613
IQLIM O’ZGARISHINING EKOLOGIYA VA ATMOSFERA HAVOSIGA
TA’SIRI.
D.S. Yarmatova
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti
”Ekologiya va hayot xavfsizligi” kafedrasi dotsenti.
K.Sh. Normamatova
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti
”Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” yoʻnalishi 4-bosqich
talabasi.
U.V. Norqulov
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti
”Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” yoʻnalishi 3-bosqich
talabasi.
Annotatsiya:
Global iqlim nimaligini chuqurroq anglash uchun dastlab
atmosfera haqida tushunchaga ega bo’lish talab etiladi. Atmosfera inson hayoti uchun
zarur bo’lgan tabiiy muhit,geografik qobiq,biosferaning muhim tarkibiy qismidir.
Atmosfera havosi hayot uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.Atmosfera
borligi yerda hayot mavjudligining muhim shartlaridan biridir.
Kalit so’zlar:
Atmosfera, iqlim,ekologiya, ozon,global isish.
ВЛИЯНИЕ ИЗМЕНЕНИЯ КЛИМАТА НА ЭКОЛОГИЮ И
АТМОСФЕРНЫЙ ВОЗДУХ.
Аннотация:
Для более глубокого понимания глобального климата
необходимо сначала иметь представление об атмосфере. Атмосфера — это
естественная среда, необходимая для жизни человека, важная составная часть
географической оболочки — биосферы. Воздух атмосферы имеет чрезвычайно
важное значение для жизни. Наличие атмосферы является одним из
важнейших условий существования жизни на Земле.
Ключевые слова:
атмосфера, климат, экология, озон, глобальное
потепление.
THE IMPACT OF CLIMATE CHANGE ON ECOLOGY AND
ATMOSPHERIC AIR.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_2-to’plam_Aprel-2025
52
ISSN:3030-3613
Annotation:
The atmosphere at first for a deeper understanding of what the
Global climate is it is required to have an understanding of. The atmosphere is an
important component of the natural environment,geographical shell,biosphere,
necessary for human life. Atmospheric air is extremely important for life.The presence
of an atmosphere is one of the important conditions for the existence of life on Earth.
Keywords:
atmosphere, climate, ecology, ozone, global warming.
KIRISH (ВВЕДЕНИЕ / INTRODUCTION).
Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev 2024-yil Boku Sammitida so’zlagan nutqida iqlim
o’zgarishlarining salbiy oqibatlari Markaziy Osiyoga kuchli ta’sirini o’tkazmoqda
deya aytib o’tdi. Bu borada O’zbekistonda uglerod neytralligiga erishish bo’yicha keng
miqyosdagi islohotlar olib borilmoqda. 2030- yilgacha havoga issiqxona gazi
chiqarilishini uchdan bir qismga kamaytirish rejalashtirilgan.Bu majburiyatlar 2050-
yilga qadar yanada kengaytiriladi.Yashil energetika ulushi 40% ga yetadi deya alohida
ta’kidladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA (ЛИТЕРАТУРА И
МЕТОДОЛОГИЯ / METHODS).
Global iqlim o’zgarishi XXI asrning asosiy muommolaridan biri. Insoniyatning
taraqqiyotga erishish yo’lida tabiatga nisbatan ayovsizlarcha munosabatda bo’lishi
atrof-muhitdagi munosabatlarning izdan chiqishiga sabab bo’lmoqda. O‘zbekistonda
1880 yildan to hozirgi vaqtgacha bo‘lgan davrda o‘rtacha yillik harorat 1,6 daraja (13,
2 dan 14,8 °S gacha) oshdi, bu global miqyosda kuzatilayotgan o‘rtacha sur’atlardan
yuqoridir. Mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra 2030-2050 yillarda mintaqada havo
harorati yana 1,5-3°Sga ko‘tarilishi mumkin. Havo haroratining ayniqsa Orolbo‘yida
ko‘tarilishi kutilmoqda, bu esa mahalliy iqlim o‘zgarishlari bilan yanada og‘irlashadi.
BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Doiraviy konvensiyasi (BMT IO‘DK) iqlim
o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro harakatlarning asosi bo‘lib, atmosferadagi
issiqxona gazlari konsentratsiyasini iqlimiy tizimga xavfli antropogen ta’sir
ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymaydigan darajada barqarorlashtirishga qaratilgan. O‘zbekiston
BMT IO‘DKga 1993 yilda qo‘shildi.[5]
Ob-havo ma’lum hududdagi atmosferaning 10-12 km balandlikda bir vaqtdagi,
bir kunlik fizik holatini ifodalaydi. Iqlim quyosh atrofida harakatlanib turadigan yer
sayyorasi yuzasiga yaqin bo’lgan atmosfera qobig’ining troposfera qatlamida ro’y
beradigan tabiiy jarayonlari natijasidir. Iqlim deb ma’lum bir hududda uzoq yillar
takrorlanib turadigan ob-havo rejimiga aytiladi.
Atmosfera havosi hayot uchun nihoyatda ahamiyatlidir. Atmosfera borligi yerda
hayot mavjudligining eng muhim shartlaridan biridir.U quyoshdan keladigan
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_2-to’plam_Aprel-2025
53
ISSN:3030-3613
energiyani o’zgartiradi,yorug’likni tarqatadi, tovushlar vujudga keladigan energiyani
o’zgartirish kabi muhim jarayonlarda xizmat qiladi.Havosiz yerda ovoz
bo’lmaydi,sukunat hukm suradi. Atmosfera yer po’stiga kimyoviy ta’sir ko’rsatdi, yer
yuzasini sovib ketishdan saqlaydi( atmosfera bo’lmaganida yer yuzasi kunduzi 100 °C
gacha isib, kechasi 100 °C gacha sovib ketar edi,ya’ni haroratning sutkalik tebranishi
200 °C ga yetar edi) issiqlik va namlikni tartibga solib turadi, ularning hududiy
tarqalishini belgilaydi.
Yerdagi hayotning energetik asosi bo’lgan quyosh nurlari yer yuziga atmosfera
orqali o’tib keladi va u organizmlarni ultrabinafsha nurlarning halokatli ta’siridan
saqlaydi, meteoritlarga qarshi qalqon bo’lib xizmat qiladi. Sayyoramizda atmosfera
bo’lmaganida, uning qiyofasi hayotsiz bo’m-bo’sh oy qiyofasiga ko’p jihatdan
o’xshash bo’lar edi. Atmosfera nafas olish, kislorod va fotosintez uchun zarur bo’lgan
karbanat angidrid manbaidir.
Insoniyatning hozirgi taraqqiyot bosqichida neft,gaz, toshko’mir va
boshqalardan nihoyatda ko’p yoqishi natijasida atmosferadagi karbanat angidrid gazi
va chang miqdori jadal ortib bormoqda.
NATIJALAR (РЕЗУЛЬТАТЫ / RESULTS).
O‘zbekistonda BMT IO‘DKni amalga oshirish bo‘yicha harakatlarni
muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi
zimmasiga yuklatilgan.
O‘zbekiston 1999 yilda rivojlangan mamlakatlarga issiqxona gazlari
ajratmalarini qisqartirish yoki barqarorlashtirish majburiyatlarini yuklovchi xalqaro
bitim – Kioto protokolini ratifikatsiya qildi.[5]
Hisoblarga ko’ra, keyingi yarim asrda turli yoqilg’ilardan foydalanish natijasida
atmosferaga ajralib chiqqan karbanad angidrid miqdori qariyb 40% ga ortgan.
2017 yil 19 aprelda O‘zbekiston Parij bitimini imzoladi, 2018 yil 2 noyabrda
ratifikatsiya qildi. O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-491-son “Parij bitimini
ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 2018 yil 2 oktabrda qabul qilindi. Bitim
O‘zbekiston uchun 2018 yil 9 dekabrda kuchga kirdi.
Parij bitimining maqsadi - IO‘DK amalga oshirilishini faollashtirish, global
o‘rtacha haroratning industriallashtirishgacha (1750y.) bo‘lgan darajaga nisbatan 2°S
ga saqlab turish hamda haroratning 1,5°S gacha o‘sishini cheklashga harakat qilishdan
iborat, bu 2050 yilga kelib iqlim o‘zgarishi global ajratmalarini 40-70%ga
kamaytirishni va 2100 yilga kelib uning 0 yoki manfiy ko‘rsatkichga yetkazishni talab
etadi.
Parij bitimini imzolashning zaruriy sharti – mamlakatning 2030 yilga qadar
erishmoqchi bo‘lgan issiqxona gazlari tashlamalarini kamaytirishga oid
Mo‘ljallanayotgan milliy miqyosda belgilanadigan hissa (MMBH)ni tayyorlash va
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_2-to’plam_Aprel-2025
54
ISSN:3030-3613
BMT IO‘DK kotibiyatiga taqdim etish. Milliy miqyosda belgilanadigan hissa (MBH)
Parij bitimining global maqsadlariga hissa qo‘shish uchun milliy harakatlarni amalga
oshirishni asosiy mexanizmidir.
Parij bitimi bo‘yicha O‘zbekistonning asosiy majburiyati
- 2030 yilga qadar issiqxona
gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010
yildagi darajadan 10%ga qisqartirish.
MUHOKAMA (ОБСУЖДЕНИЕ / DISCUSSION).
BMT IO‘DK bo‘yicha majburiyatlarni bajarish doirasida O‘zgidromet tomonidan
tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda BMT IO‘DK talablari va ko‘rsatmalariga
muvofiq, Birinchi milliy axborot (1999 y.) va uning 2-bosqichi bo‘yicha hisobot (2001
y.), Ikkinchi milliy axborot (2008 y.), Uchinchi milliy axborot (2016 y.) tayyorlangan
va taqdim etilgan. Bundan tashqari, O‘zgidromet vazirlik va idoralar bilan birgalikda
issiqxona gazlari tashlamalari inventarizatsiyasini tayyorlaydi. 1990-2012 yillar uchun
inventarizatsiya bo‘yicha hisobotlar tayyorlangan.
Hozir To‘rtinchi milliy axborotni tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Yangilangan
ma’lumotlar bo‘yicha Birinchi ikki yillik hisoboti tayyorlandi va BMT IO‘DK
Kotibiyatiga taqdim etildi. Ikki yillik hisobotga ikkita asosiy yo‘nalish kiritilgan: 1990-
2017 yil uchun issiqxona gazlari tashlamalari inventarizatsiyasi va iqlim o‘zgarishini
yumshatish choralari samaradorligini baholash.
O‘zgidromet BMT Taraqqiyot dasturi va manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda
iqtisodiyot tarmoqlari va iqlim o‘zgarishiga eng zaif bo‘lgan mintaqalarga qaratilgan
Iqlim o‘zgarishiga Milliy moslashish rejasini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Bu
ham mamlakatning Parij bitimi bo‘yicha majburiyatidir.
O‘zbekiston Konvensiya va Parij bitimi Tomoni sifatida iqtisodiyotning yetakchi
tarmoqlarida issiqxona gazlari tashlamalarini qisqartirishga yo‘naltirilgan izchil
siyosatni amalga oshirmoqda. Hukumat tomonidan iqlim o‘zgarishi sohasida
harakatlarni tartibga solish va choralarni amalga oshirish yuzasidan qator hujjatlar
qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktabrdagi PQ-4477-sonli
qaroriga muvofiq, O‘zgidromet tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan
hamkorlikda tayorlangan “2019-2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining
«Yashil» iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi” tasdiqlandi va ushbu Strategiyani ilgari
surish va joriy etish bo‘yicha Idoralararo kengash tuzildi. Ushbu Strategiyaning
Harakatlar rejasi (Yo‘l xaritasi)ga muvofiq, har bir vazirlik va idoralarga iqlim
o‘zgarishini yumshatish yoki unga moslashish bo‘yicha vazifalar yuklatilgan.
“Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida” va “Davlat-
xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining qabul qilinishi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_2-to’plam_Aprel-2025
55
ISSN:3030-3613
O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni tezlashtirish
(quyosh va shamol elekr stansiyalarni qurish) uchun huquqiy va me’yoriy asos yaratdi.
BMT IO‘DK va Parij bitimi bo‘yicha majburiyatlarni bajarish doirasida
issiqxona gazlar tashlamalarini kamaytirish va iqlim o‘zgarishiga moslashishning
ustuvor yo‘nalishlari mamlakatning tegishli strategik va tarmoq rejalari va dasturlarida
aks ettirilgan.
O‘zbekiston Repsublikasining BMT IO‘DK va Parij bitimidagi ishtiroki
rivojlanayotgan mamlakat sifatida iqlimni moliyalashtirish jamg‘armalaridan mablag‘
jalb qilishga imkon beradi, shu jumladan, Yashil iqlim fondi (YaIF), Adaptatsiya
jamg‘armasi (AJ), Global ekologik jamg‘armasi (GEJ) va boshqalar.
Global ekologik jamg‘arma (GEJ), BMT Taraqqiyot dasturi (BMT TD), BMT
Atrof-muhit dasturi (YuNEP) va boshqa halqaro tashkilotlarning moliyaviy ko‘magi
yordamida mamlakatning iqlim o‘zgarishini yumshatish va unga moslashish bo‘yicha
majburiyatlarini bajarish uchun ko‘plab loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi va
hozirgi paytda amalga oshirilmoqda.[5]
Iqlim o’zgarishi - keng tarqalayotgan, global va tezlashib borayotgan jarayondir.
G’arbda yashovchilar uchun ham sayyoraning ishish xavfi endi faqat chekka
hududlarga ta’sir qiladigan muommo emas. Dunyoning deyarli barcha qismida
istiqomat qilayotgan insonlar iqlim o’zgarishi natijasida yuzaga kelayotgan
hodisalarrni o’z tanalarida his qilishmoqda.
Hukumatlararo ekspertlar guruhi yer ilgari hisob kitob qilinganidan ko’ra tezroq
isib borayotganini ma’lum qilishmoqda. Dunyo bo’yicha o’rtacha harorat 1,1 darajaga
ko’tarilgan. Bu esa 2040-yilga borib o’rtacha harorat 1,5 darajaga ortishini bildiradi.
Shuni ta’kidlash kerakki, iqlimning global o’zgarishi nafaqat o’rtacha havo
haroratining o’sishida, balki, eng avval,ayrim tabiat hodisalari intensivligi sonining
oshishida ham namoyon bo’lmoqda. Issiq to’lqinlar, qurqoqchilik,suv toshqini, keskin
isib ketish va qora sovuq(ayoz), sellar, kuchli shamollar ta’sir etib kelmoqda. Iqlim
o‘zgarishi birgina atmosfera havosiga ta’sir etib qolmasdan ekotizimlarning
barqarorligi va biologik xilma-xilligiga ham ta’sir qilmoqda.
XULOSA (ЗАКЛЮЧЕНИЕ / CONCLUSION)
Hozirgi vaqtda dunyo bo‘ylab urbanizatsiya jarayoni jadallik bilan
rivojlanmoqda. Shaharlarda yashovchi aholining ko‘payishi natijasida tabiiy
ekotizimlar o‘zgarib, sun’iy landshaftlar paydo bo‘lmoqda. Bunday o‘zgarishlar shahar
ekologiyasiga, ayniqsa, bioxilma-xillikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shahar
ekotizimlari, jumladan, xiyobon va bog‘lar, havoning sifatini yaxshilash, haroratni
tartibga solish, tuproq eroziyasining oldini olish va biologik xilma-xillikni saqlash kabi
muhim ekologik funksiyalarni bajaradi. Jumladan Universitet xiyoboni kabi yashil
hududlar Samarqand shahrining ekologik muhitini muvozanatlashda katta rol
o‘ynaydi. Ushbu hududlar iqlim o‘zgarish jarayonida ham biomuhit barqarorligini
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_2-to’plam_Aprel-2025
56
ISSN:3030-3613
ta’minlash, aholi salomatligi va psixologik holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish bilan birga,
shahar ekotizimining bioxilma-xilligini saqlab qolish uchun muhim hisoblanadi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni “Ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”
farmoni. 21.04.2017 yildagi PF-5024-son
2.
Alibekov L.A. “Inson va tabiat”, Toshkent “Fan va texnologiya” 2016. 272-bet.
3.
Yarmatova D.S. “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar”, Samarqand, SamDU o’quv
qo’llanma 131-bet.
4.
Yarmatova D.S. “Ekologik monitoring”, Toshkent “Fan va texnologiya” 2012.
5.
https://hydromet.uz/uz/node/609