Mualliflar

  • DAVLATOVA NASIBAXON TURSINALIYEVNA

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95859

Annotasiya

   
O'zbekiston  Respublikasining  oldida  turgan  eng  muhim  vazifalardan  bin  — 
aholini  sifatli  hamda  bejirim  tikuvchilik  buyumlari  bilan  ta'minlashdir.  Chunki,  u 
insonlarni  atrof-muhitdan  himoya  qilishga,  ularning  go'zalligini  ta'minlashga 
mo'ljallangan. 
Tikuvchilik buyumlari materialshunosligi fani, to'qimachilik materiallari, ya'ni, 
tola, ip, eshilgan mahsulot, gazlama, trikotaj va noto'qima matolarning olinishi, tuzilish 
xossalari  va  shu  xossalarni  o'rganishda  ishlatiladigan  uslub  va  asbob-uskunalardan 
foydalanishni  o'rgatadi.Tikuvchilik  materiallarining  deyarli  barchasi  to'qimachilik 
tolalaridan  iborat.  Turli  xilmateriallarning  tashqi  ko'rinishi,  xususiyatlari  va 
tikuvchilikda ishlatilishi, ularni tashkil etuvchi tolalarning xossalariga bog'liq. 
To'qimachilik tolasi deb, egiluvchan, ma'lum uzunlik va mustahkamlikka ega, 
ko'ndalang  kesim  yuzasi  kichik,  to'qimachilik  mahsulotlari  olish  uchun  ishlatish 
mumkin bo'lgan jismga aytiladi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_2-to’plam_Aprel-2025

209

ISSN:3030-3613

MAVZU: TO’QIMACHILIK TOLALARNING TASNIFI, ULAR HAQIDA

MA’LUMOT

DAVLATOVA NASIBAXON TURSINALIYEVNA

Oltinko‘l tuman 1-son politexnikumi

Ishlab chiqarish taʼlimi boʼyicha direktor oʼrinbosari

O'zbekiston Respublikasining oldida turgan eng muhim vazifalardan bin —

aholini sifatli hamda bejirim tikuvchilik buyumlari bilan ta'minlashdir. Chunki, u
insonlarni atrof-muhitdan himoya qilishga, ularning go'zalligini ta'minlashga
mo'ljallangan.

Tikuvchilik buyumlari materialshunosligi fani, to'qimachilik materiallari, ya'ni,

tola, ip, eshilgan mahsulot, gazlama, trikotaj va noto'qima matolarning olinishi, tuzilish
xossalari va shu xossalarni o'rganishda ishlatiladigan uslub va asbob-uskunalardan
foydalanishni o'rgatadi.Tikuvchilik materiallarining deyarli barchasi to'qimachilik
tolalaridan iborat. Turli xilmateriallarning tashqi ko'rinishi, xususiyatlari va
tikuvchilikda ishlatilishi, ularni tashkil etuvchi tolalarning xossalariga bog'liq.

To'qimachilik tolasi deb, egiluvchan, ma'lum uzunlik va mustahkamlikka ega,

ko'ndalang kesim yuzasi kichik, to'qimachilik mahsulotlari olish uchun ishlatish
mumkin bo'lgan jismga aytiladi.

Bo'ylamasiga shikastlanmasdan ajralmaydigan to'qimachilik tolasiga tanho tola

deb ataladi.

Bir necha tanho tolalarning bo'ylamasiga qo'shilishidan hosil bo'lgan

to'qimachilik tolasi birikkan (kompleks) tola deb ataladi.

To'qimachilik tolalari

— bu egiluvchan, pishiq, kichik ko'ndalang kesimga ega

bo'lgan, cheklangan uzunlikdagi va to'qimachilik buyumlarini ishlab chiqarishda
qo'llaniladigan cho'zinchoq jismlardir.Qo'llaniladigantolalar tasnifi.

Umumiy tasniflashning birinchi bo'limini tashkil qiluvchi to'qimachilik

materiallari —
tolalar uchun ajratilgan, chunki boshqa deyarli barcha to'qimachilik mahsulotlari
tolalardan tashkil topadi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_2-to’plam_Aprel-2025

210

ISSN:3030-3613

To'qimachilik

sanoatida

qo'llaniladigan

asosiy

mahsu-lottola

hisoblanadi.Ularning turlari ham juda xilma-xildir. Tolalarni o'rganishda qulaylik
yaratish maqsadida olimlar tomonidan ularni tasniflash (klassifikatsiyalash) taklif
qilingan. Dastlabki tasnif rus olimi M.Ya. Kittari tomonidan 1860- yilda taklif etilgan.

U o'z tasni-fida XVII asrda yashagan fransuz kimyogari N. Lemeri tasnifi-dan

foydalangan.

Tasnif asosig a2ta prinsip qo'yilgan, bular:—tabiiy tolalar uchun ularning kelib

chiqishi;









Tabiiy tolalar deyarli barchasi qishloq xo'jaligi mahsulotlaridir.Ular har joyning

o'z muhitiga moslashgan bo'lib,dastlab yovvoyi holda paydo bo'lgan va keyinchalik
madaniylashtirilib,keng miqyosda yetishtirila boshlangan.Kimyoviy tolalar —
sanoatda, inson ishtirokida, turli kimyoviy, fizik-kimyoviy va boshqa jarayonlarni
qo'llash yordamida turli sanoat chiqindilari, organik va noorganik polimerlarni qay-ta
ishlash orqali tayyorlanadigan tola va iplardir. Tabiiy organik tolalar jumlasiga qo'y,
echki, tuya va boshqa hayvonlarning terisi ustidagi tuk qoplamasidan olinuvchi jun
tolalari, tut va eman qurtlarining bezlari ishlab chiqaradigan tabiiy ipak kiradi.
Tabiiy noorganik tolalarga tosh paxta tolasi kirib,utog 'birikmalaridan ishlab
chiqariladi.

Kimyoviy tolalarga tabiiy yoki sintez yo'li orqali olingan yuqori molekulali

birikmalarni kimyoviyusulda ishlov berish asosida olinadigan tolalar kiradi.Xuddi
tabiiy tolalardek kimyoviy tolalar ham organic va noorganik moddalardan iborat
bo'ladi.

Organik kimyoviy tolalar sun'iy va sintetik tolalarga bo'linadi.Agar tola tabiatda

uchrovchi yuqori molekulali birikmalardan olinsa, u sun CHu tola deb ataladi. Agar
tola olish uchun ishlatiluvchi yuqori molekulali birikmalarni sintezlash yo'li orqali
olinsa,bunday tolalar sinletik tola deb ataladi.

Sun'iy kimyoviy tolalarga sellyuloza va uning efirlaridan olinuvchi viskoza, mis-

ammiak va atsetat tolalari, oqsil moddalardan olinuvchi kazein, zein va hakozalar
kiradi. Sintetik kimyoviy tolalarning assortimenti juda keng bo'lib, ularga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_2-to’plam_Aprel-2025

211

ISSN:3030-3613

poliamidlardan olinuvchi kapron, anid, enant; poliefirdan — lavsan; poliakrilnitrildan
— nitron; polivinibdoriddan — xlorin; polivinil spirtidan — vinilon; poliuretandan —
spandeks; poliolefindan — polipropilen, polietilen tolalari vashularga o'xshash bir
qator tolalar kiradi.

Noorganik kimyoviy tolalarga metal va shishadan olinuvchi tolalar kiradi.

Tolalarning asosiy xossalari jumlasiga uzunligi, yo'g'onligi, mustahkamligi,
cho'zilishdagi uzayishi, gigiyenik xossalari kiradi.Tolalar uzunligi — tekislangan
tolaning ikki uchi orasidagi masofani bildiradi. U millimetr (paxta tolasi), santimetr
Gun tolasi) yoki metr (kimyoviy tolalar) birliklarida ifodalaniladi.

Tolalar yo'g'onligi — uni ifodalash uchun bir qancha ko'rsatkichlar ishlatiladi.

Bulardan biri — tolalarning diametrini o'lchash, ikkinchisi esa, ularning ko'ndalang
kesimining yuzasini aniqlash va boshqalar. Lekin, tolalar juda ingichka jism bo'lganligi
sababli bu ko'rsatkichlarni aniqlash uchun ko'p vaqt sarf qilish va maxsus hozirlik
ko'rish kerak. Shu tufayli tolalarning yo'g'onligini ifodalash uchun chiziqiy zichlik kabi
bevosita ko'rsatkichlar qo'llaniladi. Chiziqiyzichlik T (g/km yoki teks) — tolaning


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_2-to’plam_Aprel-2025

212

ISSN:3030-3613

1000 metr uzunlik birligiga to’g’ri keladigan massasi bo'lib, u quyidagi formula orqali
aniqlanadi:
T = m/L,buyerda:m—tolaningmassasi,g; L — tolaning uzunligi, km.
Tola yo'g'onligi bilan teks miqdori orasida to’g’ri bog’liqlik mavjuddir, ya'ni tola
qancha ingichka bo'lsa, teksning kattaligi ham shuncha kichik bo'ladi.
Tolalarning mustahkamligi — tolalarning mustahkamligi uzish kuchi ko'rsatkichi
orqali tavsiflanadi. Uzish kuchi deb tolalarni cho'zganda uzish uchun sarf qilingan
kuchga aytiladi. Bu kuchning o’lchov birligi Nyuton (N) dir. Uzish kuchi P harfi bilan
ifodalaniladi va maxsus uzish mashinalari yordamida aniqlanadi. Turli xil
yo'g'onlikdagi tolalarning mustahkamligini taqqoslash uchun nisbiy uzish kuchi Pn
(sN/teks), ya'ni tolaning yo'g'onlik birligiga to'g'ri keladigan uzish kuchining miqdori
ishlatiladi. U quyidagi formula yordamida hisoblanadi:P

n

=P/T buyerda:P—

tolaninguzish kuchi,sN(santinyuton);

T — tolaning chiziqiy zichligi, teks. Tolalarning cho'zilishdagi uzayishi —

tolalarning uzilish paytidagi uzayishi uzilishdagi uzayishi (cho'zilishi) deb ataladi. Bu
ko'rsatkich uzish kuchini aniqlagan bir paytdauzish mashinalaridaaniqlanadi.
Umillimetryoki foizbirliklaridaifodalaniladi. To'liq uzayish asosan qayishqoq, elastik
va plastik uzayishlardan iborat. Qayishqoq uzayish kuchni olingani bilan
darholyo'qoladi. Elastik uzayish esa kuch olingandan keyin asta-sekinlik bilan ma'lum
vaqt davomida yo'qoladi. Plastik uzayish esa yo'qolmaydi. Tolalarning qayishqoq,
elastik va plastik uzayish xossalariga nisbatan to'qimachilik buyumlarining
g'ijimlanmasligiga, kiyim o'z shaklini saqlay olishiga ta'sir qiladi. Masalan, o'simlik
tolalaridan to'qilgan gazlamalar g'ijimlanuvchandir, chunki bu tolalarda plastik uzayish
yuqori, jun va sintetik tolalarning uzayishida qayishqoq va elastik qismlari yuqoriroq
bo'ladi. Shuning uchun bu tolalardan olingan gazlamalar uncha g'ijimlanmaydi.

Tolalarning gigiyenik xossalari kishilarning sog'ligini saqlashga yordam beradi.

Bularga tolalarning gigroskopligi, havo o'tkazuvchanligi, issiqni saqlash xossalari va
hokazolar kiradi. Gigroskoplik — bu tolalarning o'ziga suv bug'larini shimib olish
xususiyati. Bu xossa haqiqiy, konditsion va maksimal namlik bilan baholanadi.

Haqiqiy namlik — ayni muhit sharoitida quruq toladagi namlik, uning

massasining necha foizini tashkil etishini ko'rsatadi. Konditsion namlik — tolaning
me'yoriy sharoitdagi, ya'ni havo harorati 20°C va nisbiy namligi 65 foiz bo'lgan
sharoitdagi namligi. Har bir tola uchun standart bo'yicha konditsion namlik
tasdiqlanadi. Tolalarning gigiyenik xossalari ularning kimyoviy tarkibiga bog'liq.

Tolalarning tashqi muhit ta'siriga qarshilik ko'rsata olishi, ya'ni yorug'lik,

namlik, ter va shuningdek ishqalanish, yuvish, ho'llab dazmollash va hokazo omillar
ta'siriga chidamliligi buyumlarning to'zishiga chidamliligini belgilaydi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_2-to’plam_Aprel-2025

213

ISSN:3030-3613

Foydalaniladiganadabiyotlar

:


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_2-to’plam_Aprel-2025

214

ISSN:3030-3613

1.

MalsevaE.P.Tikuvchilikmaterialshunosligi,M.:Legprombitizdat,1986.

2.

OchilovT.A.,N.G.Abbosova,F.J.Abdulina,Q.I.Abdulniyozov.“Gazlamashunoslik”
.T.:A.Qodiriy. 2003.

3.

R.Yusupova,M.Sattorov“To’qimachilikmaterialshunosligi.”

4.

T.A.Ochilov.B.B.Ahmedov,S.Sh.Toshpo’latov.“Tikuvchilikmaterialshunosligi”.S
harq.T.:2008








Bibliografik manbalar

MalsevaE.P.Tikuvchilikmaterialshunosligi,M.:Legprombitizdat,1986.

OchilovT.A.,N.G.Abbosova,F.J.Abdulina,Q.I.Abdulniyozov.“Gazlamashunoslik”

.T.:A.Qodiriy. 2003.

R.Yusupova,M.Sattorov“To’qimachilikmaterialshunosligi.”

T.A.Ochilov.B.B.Ahmedov,S.Sh.Toshpo’latov.“Tikuvchilikmaterialshunosligi”.S

harq.T.:2008