Mualliflar

  • Dumarov Mashxurbek
  • Erkinboyev Muhammadqodir Nodirbek o’g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95861

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: tanqidiy fikrlash spekulyatsiya ma’lumotlarni filtirlash mantiqiy fikrlash ma’lumotlarni tahlil qilish boshlang’ich ta’lim o’rta ta’lim oliy ta’lim.

Annotasiya

 
Annotatsiya: Mazkur  maqolada “Tanqidiy fikrlash asoslari” ning O’zbekiston 
ta’lim  tiziming  Bir  qancha  jarayonlarda  ya’ni  boshlang’ich,  o’rta  va  oliy  ta’limda 
tutgan o’rni nazarda tutilib yozilgan va muhokama qilingan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_2-to’plam_Aprel-2025

196

ISSN:3030-3613

TANQIDIY FIKRLASH ASOSLARINING O’ZBEKISTON TA’LIM

TIZIMIDAGI AHAMIYATI

Andijon davlat pedagogika instituti

Pedagogika magistranti

erkinboyevmuhammadqodir403@gmail.com

Ilmiy rahbar: PhD

. Dumarov Mashxurbek

Erkinboyev Muhammadqodir Nodirbek o’g’li

Annotatsiya:

Mazkur

maqolada “Tanqidiy fikrlash asoslari” ning O’zbekiston

ta’lim tiziming Bir qancha jarayonlarda ya’ni boshlang’ich, o’rta va oliy ta’limda
tutgan o’rni nazarda tutilib yozilgan va muhokama qilingan.

Kalit so’zlar:

tanqidiy fikrlash, spekulyatsiya, ma’lumotlarni filtirlash,

mantiqiy fikrlash, ma’lumotlarni tahlil qilish, boshlang’ich ta’lim, o’rta ta’lim, oliy
ta’lim.

Аннотация:

В данной статье обсуждается узбекская версия «Основ

критического мышления».

Роль системы образования в различных процессах, а именно в начальном,

среднем и высшем образовании, была описана и обсуждена.

Ключевые слова:

критическое мышление, спекуляция, фильтрация

данных, логическое мышление, анализ данных, начальное образование, среднее
образование, высшее образование.

Abstract:

This article discusses and discusses the role of "Fundamentals of

Critical Thinking" in several processes of the Uzbek education system, namely
primary, secondary, and higher education.

Keywords:

critical thinking, speculation, data filtering, logical thinking, data

analysis, primary education, secondary education, higher education.

KIRISH

Ta'lim – shaxslarning yuqori turuvchi ehtiyoji, bu insonlarning rivojlanishini

kafolatlaydigan jarayondir. Meyer (1976) fikriga asosan ta'limning maqsadi - bu
shaxsni tarbiyalash, yordam berish, uning ichida allaqachon mavjud bo’lgan barcha
imkoniyatlarni ishga solish. Sifatli ta'lim o’quvchilarga yo'l ko'rsatishi va qanday
o'rganish kerakligi haqida xabardor qilishi kerak. O’quvchilar o'rgangan narsalarini va
o'qitish usullarini baholash bilan birga, o'zlarini namoyon qiladilar va tanqidiy fikrlash
qobiliyatlariga ega bo’ladilar. (Emir, 2009)

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ayni rivojlanib borayotgan ayni kunlarda eng birlamchi masala yaxshi

fikrlaydigan insonlarni


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_2-to’plam_Aprel-2025

197

ISSN:3030-3613

Ishlab chiqishdir. XXI asrning tinimsiz o’zgarishlariga duch kelgan paytda

muammolarga javob topish uchun uchun o’quvchilar spekulyatsiya qobiliyatlarini
yanada ko'proq egallab olish, oqilona qaror qabul qilishi va ijtimoiy murakkab
muammolarga yechim o’ylab topa olishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Bularni amalga
oshirish uchun ta’lim sohasiga alohida ahamiyat berish darkor. O'qituvchilar
o’zlarining metod, strategiya va ro’llarini qaytadan ahamiyat berish lozim.
Shuningdek, ma'lumotlar va yozuvlarni yig’ishdan ko’ra, o’quvchilarning intellektual
salohiyatlarini o’stirish lozim.

O’zbekistonda ta’lim tizimini qaytadan ko’zdan kechirib, uni xalqaro

standartlargamuvofiqlashtirish, nafaqat O’zbekiston mehnat bozori, balki xorijiy
mamlakatlar mehnat bozorlari standartlariga mos malakali ishchilarni yetishtirish eng
dolzarb masala bo’lib qolmoqda. Biz O’zbekistonda uchinchi Renessansni barpo
etadigan salohiyatli kdarlarni jamiyatga yetkazib berishimiz maqsadga muvofiq
bo’ladi. Ayni paytda O’zbekiston ta’lim tizimi qarshisida juda ko’plab vazifa va
maqsadlar yotibdi.Aytadigan bo’lsak, maktabgacha va boshlang’ich ta’limni
mukammallashtirish, umumta’lim maktablari siyosatini qayta ko’rib chiqish va ularni
ayni zamonaviy ta’lim tizimiga moslashtirish , oliy ta’lim tizimini dunyo tan olgan
qonun qoidalar asosida qaytadan barpo etish , ularni xalqaro dunyo tan olgan top
universitetlar ro’yxatiga kiritish muhimeng dolzarb masala bo’lishi darkor.

Yurtimiz ta’lim tizimini yana takomillashtirish uni xalqora talablarga mos

darajaga olib chiqish eng oliy maqsadimiz bo’lmog’i lozim. Buni amalga oshirish
uchun bizga yuksak darajaga , kuchli intelektual imkoniyatlari keng o’qituvchilar bilan
pog’onada, dunyoqarashi rivojlangan ,noodatiy fikrlash istedodiga ega bo’lgan ,
ma’lumotlarni tahlil qilib tahlil asosida masalaga to’g’ri yondashuv bera oladigan va
malumotlarni tanqid qila oladigan yoshlarni va kadrlarni yetishtirishimiz eng birinchi
maqsadimiz bo’lishi lozim. Yosh avlodni bunday fikrlash qobilyatiga ega bo’lishlari
uchun ularga ta’limning turli shakillarida “ Tanqidiy fikrlash asoslari” ( Critical
thingking) nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bolalar dunyoga kelgandan boshlab o’zidan yuqori kishilardan o’zlari hali

anglab bo’lmagan va bilmagan barcha ma’lumotlarni so’rashga vas hu orqali
savollariga jaob topishga juda qiziqadilar. O’z navbatida ular ko’plab ma’lumotlarni
o’qiydi qabul qiladi va tahlil qilishadi. Boshlang’ich maktab darajasiga borganda
ularda tanqidiy fikrlash qobiliyati rivojlanayoitgan jarayon va davrda bo’ladi. Bu
fikrlash qobiliyatini o’stirish va mashq qilish ularni yanada tanqid qilish mahoratiga
ega bo’lgan sahxs sifatida yetishishlarda muhim kalit va omil hisoblanadi. Noodatiy
fikrlash va eng to’g’ri qaror qabul qiladigan, tanqid orqali barcha muammolarni
samarali hal qila oladigan shaxs sifatida voyaga yetkazish ta’limni ustuvor vazifasi
bo’lishi kerak, va bu odat yoshlikdan boshlanmog’i lozim. Tanqidiy fikrlashni amalga
oshirish bolalar rivojlanishining ajralmas bo’lagidir, ularga atrofdagi dunyoni


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_2-to’plam_Aprel-2025

198

ISSN:3030-3613

anglashga yordam beradi. Bu ularga savollar berishga va baho berishga yordam beradi.
Hodisa va jarayonlarni mantiqiy tushinishga harakat qilishadi. Tanqidiy fikrlashga
mos dastabki ta’lim bolalarda kashf qila olish , o’xshashliklarni aniqlash,
fantaziyalarni qaytadan qurish,to’g’ri va aniq variantlarni o’rtaga tashlash kabi
qobiliyatlarni rivojlantiradi. Bu esa ularga olgan ma’lumotlarini saralashga va eng
maqbul variantlashga yordam beradi. Shuning uchun ham “Tanqidiy fikrlash asoslari”
ni o’rganish boshlang’ich ta’limdan boshlanishi kerak.

“ Tanqidiy fikrlash asoslari” o’rta ta’limda ham juda muhim omil sifatida

qaraladi. Ta’limning keyingi bosqichida, u o’quvchilarga olingan bilimlarni kengroq
o’ylashga va oqilona qaror qabul qilishga yordam beradi. Bundan tashqari u
o’quvchilarning motivlari va maqsadlarini yaxshiroq tushinishga yordam beradi.

O’rta maktabdan oliy ta’limga o’tishlari bu ularning to’g’ri qaror qabul qilish va

katta hayotga qadam qo’yganda tanqidiy fikrlay olish ko’nikmalari rivojlangan bo’lishi
kerak. Ushbu tayyorgarlik nafaqat o’rta maktabni yuqori darajada o’zlashtirishni talab
etadi balki qo’shimcha ko’nikmalarni ham yuqori darajada talab etadi. Conley(2008)
Oliy ta’limda esa tanqidiy fikrlash salohiyatiga ega kadrlarni tayyorlash muhim
vazifalardan biridir. Har qanday ish beruvchi dunyoqarashi keng va mantiqan
fikrlaydigan, vaziyatlardan oqilona chiqib ketadigan, muammolarni tezda hal qiladigan
kadrlarga muhtoj.

Yaxshi tanqidiy fikrlash qobiliyatlari ko’plab afzalliklarga ega:
1. Diqqat va kuzatuv shakllanadi;
2. O’z fikrini qanday qilib oson tarzda va tushunarli ravishda yetkazish haqidagi

ko’nikma paydo bo’ladi

3. Har qanday vaziyatni boshqarish va tahlil va tanqid qilish qobiliyatlari;
4. Talabalarning o’zlarining fikrlash jarayoni haqida tushunchalari
yaxshilanadi;
5.Shaxslar o’rtasidagi munosabatda xurmat va e’tibor qozonish;
6. Shaxsiy tanlovlarni oqilona tanlash;
7. Uch yo’nalishdagi savollarga javob berish: Bilish, tushunish va
qo’llash.
8. Shaxslararo munosabatlarda tanqidiy fikrlaydigan insonlar ajralib turish

imkoniyati.

9. Ta’lim jarayonida hamma fikr bildira oladi.
10. Hamma o’z fikriga ega bo’ladi.
Tanqidiylik darajasi nafaqat insonning bilim va ko'nikmalari bilan, balki uning

shaxsiy fazilatlari, aqliy munosabatlari va ko'p jihatdan e'tiqodlari, shu jumladan
o'zining "men" ga nisbatan aks ettiruvchi munosabati bilan belgilanadi. , Axloqiy
ijtimoiy mas'uliyat, har bir shaxsning individual xususiyatlarini hurmat qilish.
Ro'yxatga olingan fazilatlar orasida asosiy o'rinlardan biri tegishli shaxsning haqiqatni


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_2-to’plam_Aprel-2025

199

ISSN:3030-3613

izlashga tinimsiz intilishida, haqiqat uchun tanqid qilishda ifodalangan hukmning
xolisligi yotadi

XULOSA

Xulosa o’rnida shuni aytib o’tish maqsadga muvofiqki, zamonaviy O’zbekiston

yoshlari tanqidiy fikrlashi orqali yetuk kadr bo’lmog’I lozim. Xulosa o’rnida shuni
aytish joizki, zamonaviy O’zbekiston yoshlari har bir sohada kuchli, intelektual
salohiyatli, mulohazali, olingan ma’lumotlardan oqilona xulosa chiqara oladigan
yoshlar bo’lib yetishishlari kerak. Buning uchun ularga “Tanqidiy fikrlash asoslari”
fani yangi fan sifatida ta’limning turli bosqichlarida uzviylikni saqlagan holda puxta
o’rgatib borilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.

REFERENCES

1.

The Significance of Critical Thinking Ability in terms of Education. Murat

2.

KARAKOÇ İstanbul Aydın University Institute of Social Sciences Turkey.
International Journal of Humanities and Social Science Vol. 6, No. 7; July 2016

1.

Fostering critical thinking skills in secondary education to prepare students for
university: teacher perceptions and practices. Research in Post-Compulsory
Education. Volume 25, 2020-Issue 4

2.

Benefits of using critical thinking in high education. A. K. Alwali. International
technology education and development conference.

3.

https://ilmiyanjumanlar.uz/



Bibliografik manbalar

REFERENCES

The Significance of Critical Thinking Ability in terms of Education. Murat

KARAKOÇ İstanbul Aydın University Institute of Social Sciences Turkey.

International Journal of Humanities and Social Science Vol. 6, No. 7; July 2016

Fostering critical thinking skills in secondary education to prepare students for

university: teacher perceptions and practices. Research in Post-Compulsory

Education. Volume 25, 2020-Issue 4

Benefits of using critical thinking in high education. A. K. Alwali. International

technology education and development conference.