Mualliflar

  • Saitxaova Firuza Qudratullaevna Toshkent viloyati Qibray tumani 7-maktab psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95879

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Kasb kasb psixologiyasi kasbiy faoliyat bilish jarayonlari nutq xotira kasblar tasnifi kasblar haqida tushuncha.

Annotasiya

 
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada kasb bu insonning ijtimoiy  iqtisodiy faoliyat 
turi ekanligi , moliyaviy to’qlik yoki yetishmovchilik uning natijasida ekanligi, kasb 
ta’limi psixologiyasining asosiy muammosi va shaxsning kasbga yaroqliligini aniqlash 
,tayyorlash,mehnat faoliyatiga yo’naltirish masalalari haqida tushuncha beriladi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_2-to’plam_Aprel-2025

111

ISSN:3030-3613

KASB-HUNARNI INSON HAYOTIDAGI OʻRNI VA AHAMIYATI,

OʻQUVCHILARNI KASBGA YOʻNALTIRISHNING MUHIM MASALALARI

Saitxaova Firuza Qudratullaevna

Toshkent viloyati Qibray tumani 7-maktab psixologi

ANNOTATSIYA

: Ushbu maqolada kasb bu insonning ijtimoiy iqtisodiy faoliyat

turi ekanligi , moliyaviy to’qlik yoki yetishmovchilik uning natijasida ekanligi, kasb
ta’limi psixologiyasining asosiy muammosi va shaxsning kasbga yaroqliligini aniqlash
,tayyorlash,mehnat faoliyatiga yo’naltirish masalalari haqida tushuncha beriladi.

Kalit so’zlar:

Kasb, kasb psixologiyasi, kasbiy faoliyat, bilish jarayonlari, nutq,

xotira, kasblar tasnifi, kasblar haqida tushuncha.


KIRISH

Kasb-kishining mehnat faoliyati, doimiy mashgʻuloti turi, muayyan ish turini

malakali bajarishga imkon beradigan bilim, mahorat, tajribani talab etadi.

Kasb inson uchun zarur bôlgan,boʻsh vaqtida shug'ullanadigan,Vatani uchun

xizmat qiladigan ishdir.Kasblarni hamma ham egallay olmaydi.Kasb ôrganish uchun
eng avvalo ôqish va bilim olish zarurdir.Bilim olish igna bilan quduq qazishdek
gap.Agar insonda bilim bôlmasa u ôzi istagan biror bir kasbni egallay olmaydi.
Hayotda kasblar shunchalik kôpki,ular orasidan bittasini tanlash shunchalik
qiyin.Shunga qaramasdan inson ôzi yoqtirgan,kasbli kishilarni kôrib shu kasbni
yoqtirib qolib shu kasbni egallashga harakat qiladi.

Kasb qanchalik muvaffaqiyatli

tanlansa,inson ôzini shunchalik baxtli his qiladi.Ammo har qanday muttaxassislikni
egallash uchun yaxshi ôqish va tanlanga kasbga kôproq qiziqish kerak.

Shunday qilib,

insonning kasbiy shakllanish muammolarini o’rganish ham fundamental ham amaliy
tadqiqotlarning

dolzarb

vazifalaridan

sanaladi.

O’z-o’zini

anglashning

chegaralanganligi bu-erkinlikni chegaralanishi hisoblanadi. Agarda mutaxasis o’zini
chuqur bilsa, boshqalarni ham chuqur tushuna oladi. Shaxsiy ma’suliyatlilikni qabul
qilish ham muhim sifatlardan hisoblanadi. Insoniyat paydo bo‘libdiki u har doim o‘zini
boqishga, ehtiyojlarini qondirishga harakat qilgan va hozirda ham shu yo‘ldan
bormoqda. Inson o‘z ehtiyojlarini eng avvalo oziq – ovqat, boshpana, kiyim –
kechaklarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishdan boshlagan. Keyinchalik yangi
sivilizatsiyalar paydo bo‘lgach, ya’ni insoniyat madaniyatlashib borgan sari o‘z
ehtiyojlariga kerak bo‘lgan maxsulotlarni ishlab chiqara boshlagan. Bular eng avvalo
shu sohadagi kasb egalarini paydo bo‘lishiga va jamiyatni shu maxsulotlarga bo‘lgan
ehtiyojini qondirishga intilishlarni paydo qilgan. Jamiyat rivojlana borgan sari yangi
kasblar paydo bo‘lgan va rivojlanib borgan. Insonlar esa yaxshi yashashga intilganlar.
Buning uchun kasb tanlaganlar, tajriba oshirganlar va bilimlarni to‘plaganlar.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_2-to’plam_Aprel-2025

112

ISSN:3030-3613

Kasb – inson ish faoliyatining ma’lum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan

faoliyat turi, sohasi, hunardir. Kasbga umumiy yoki maxsus ma’lumot hamda amaliy
tajriba yo‘li bilan erishiladi. Kasb ichida mehnat faoliyatining eng tor xarakteri bilan
ajralib turuvchi ixtisoslari bor. Ba’zi kasblarda bir qancha ixtisoslar masalan:
chilangar kasbida – remontchi chilangar, asbobsoz chilangar, yig‘uvchi chilangar kabi
yo‘nalishlar mavjud. Dunyoda 60 ming (qiyoslash uchun Rossiyada 20 ming)
O‘zbekistonda 6 mingdan ziyod kasblar mavjud.

[1]

SHuni aytish joyizki jamiyat

rivojlangan sari kasblar ham ko‘payib boradi. SHu bilan birga kasb bu jamiyatdagi
qabul qilingan huquqiy – normativ qonunlarga amal qilishi zarur bo‘ladi.

Kasb – hunarli bo‘lsh inson uchun zarur bir ehtiyoj ekanligini buyuk avlodlarimiz

o‘z asarlarida aytib o‘tganlar. Deylik Kaykovus o‘zining “Qobusnoma” asarida
shunday yozadi “Bas, agar aqling bo‘lsa xunar o‘rgang‘il, nedinkim hunarsiz aql –
boshsiz tan, suratsiz badandekdir… Ey farzand, ogoh bo‘lki, xunarsiz kishi hamisha
foydasiz bo‘lur va hech kishiga naf’ etkurmas.” Hozirda o‘sib kelayotgan yoshlar o‘z
qiziqishlaridan kelib chiqib minglab kasblar ichidan o‘zi uchun qiziqarli bo‘lgan kasbni
tanlab olishlari va o‘z hayotlarini mazmunli, yaxshi o‘tkazishlari uchun intiladilar.
Ularga bu kasblarni tanlashlarida kasb psixologiyasining o‘rni va ahamiyati juda katta.
“ Men kelajakda kim bo‘laman?”, “YAxshi yashashim uchun qaysi kasbni tanlashim
kerak?”, “Mendagi iqtidor shunga etadimi?”, “Kelajagimdan qoniqamanmikan?”
degan ko‘lab savollar yoshlarni o‘ylantiradi. Bu savollarga javob olish uchun ular
ko‘plab kuzatadilar, hayotdan ma’lum bir malakalar olishga intiladilar.

Yoshlarning kasb tanlashlari maktabdan boshlanadi. Bunga ularni tayyorlab

borish zarur bo‘ladi. Buni psixolog olim Anvar Jalolov o‘zining “Kasb qanday
tanlanadi” kitobida shunday ko‘rsatib beradi. Xilma – xil va qiziqarli kasblarni
tanlashning asosiy maqsadi yaxshi yashash va yaxshi kasbni tanlash hisoblanadi.

O‘zi uchun qiziqarli bo‘lgan kasb insonni har doim o‘z ustida ishlashga, uni yaxshiroq
bilishga olib keladi. Insonda kasb tanlash jarayonini yana shu muallif quyidagicha
belgilaydi. Insonda ma’lum kasbga, uni egallashga xavas, mayil, orzu, ishtiyoq, xafsala
bo‘lmasa u hech qanday kasbni egallay olmaydi. Insondagi shu jarayonlar odamning
o‘z kelajagini to‘g‘ri anglashga, tushunishga olib keladi. Unda istak, xohish paydo
bo‘ladi. Bular bolada ma’lum bir maqsadni shakllanishiga va bu yo‘lda iroda kuchini
sarf qilishga olib keladi. Irodali inson o‘z maqsadi sari intiladi va orzu havaslariga
erishadi. Bunda bolaBunda bolada paydo bo‘luvchi xavas atrofdagi insonlarni kuzatish
orqali, ularga aytilgan maqtov so‘zlarini tinglash va uning mahoratiga qoyil qolish,
odamlarni uning mahoratini maqtashlari, bu insonni bilimdonligi, qo‘lidan ko‘plab
ishlar kelishini kuzatishi unda shu insonga o‘xshashga xavasni uyg‘otadi. Unda orzu,
armon, tilak, ishtiyoq va xafsala paydo bo‘ladi. Bu jarayonlar bolada uyg‘onayotgan
ehtiyojlar va manfaatlar bilan bog‘liq bo‘lib uni o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini
amalga oshirishning xissiyotlari, irodalari bilan bog‘liq jarayondir. Katta bo‘lib


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_2-to’plam_Aprel-2025

113

ISSN:3030-3613

borayotgan bolada xavas paydo bo‘ladi. Kasbga nisbatan olganda bolani shu kasbga
qiziqishi, intilishi, mayli, xohish, istak va orzusi bo‘lib ko‘zga tashlanadi. Bu yo‘lda
bola o‘ziga tilak tilab shu kasbni egallashga bo‘lgan intilishi sodir bo‘ladi. Agarda bola
o‘z tilaklarini xafsala bilan amalga oshirmasa, xarakat qilmasa bu armon va orzu bo‘lib
qoladi. SHuning uchun u zo‘r ishtiyoq bilan xarakat qilishi va armonlarini amalga
oshirishi zarur bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki bu jarayonlar insonga xos bo‘lgan psixologik
jarayonlarni tashkil etib. Insonning maqsadini vujudga kelishining asosi hisoblanadi.
Albatta bu jarayonda insondan iroda kuchi ham talab qilinadi. Ishtiyoq bu – zo‘r istak,
xohish hisoblanadi. Yoshlarni kasb tanlashlari yo‘lidagi bunday jarayonlarni o‘rgangan
psixolog olimlar ularni quyidagicha ta’riflaydilar. Insonni anglash darajasiga ko‘ra
kasb tanlashda quyidagi tomonlar ta’riflanadi. Istak – intilishning shunday bir
turidirki, bunda inson faqatgina o‘zining hozirgi holatidan norozi ekanini his qilib tursa
ham, lekin qanday maqsadga intilayotganini, binobarin, bu maqsadga erishishning yo‘l
– yo‘riqlarini aniq bilmaydi. Bunda kishi nima istayotganini o‘zi anglab etmaydi. Bola
o‘zi nimani istayotganini anglamas ekan bu istakni amalga oshirib bo‘lmaydi.
Insondagi istak ma’lum darajada anglangan bo‘lsa, tilak – xavasga aylanib ketishi
mumkin. Tilak – havas intilishning shunday bir turidirki, bunda inson faqatgina
qanday maqsadga intilayotganligini biladi, lekin bu maqsadga erishish yo‘llarini aniq
bilmaydi. Bunday tilak bo‘lgan payitda bolada ko‘pincha yangi intilish paydo bo‘ladi.
Bunda bolada tilakka erishish uchun vosita va yo‘llarqidirish, ba’zi vaqtda esa o‘zida
tug‘ilgan tilakni bosishga intilish hosil bo‘ladi. Agarda amalga oshirish uchun vosita
va yo‘llar topilsa, u vaqtda tilak to‘la anglangan va maqsadga intilishning vosita va
yo‘llarini aniq anglanganini ko‘rsatadi. Tilakni tobora anglanib borishi natijasida
xohishga aylanib boradi. Xohish esa to‘la anglangan intilishdir. Bunda inson maqsadi
sari anglangan xarakatlarni bajarishga tayyorlanadi va o‘z irodasini shu maqsad sari
yo‘naltiradi. Kasb tanlashda inson irodaviy xarakatlarni amalga oshiradi. Irodaviy
xarakatlar – ilgaridan mo‘ljallangan xohish bilan amalga oshiriladigan xarakatlardir.
Insondagi bu irodaviy harakatlar ixtiyorsiz va ixtiyoriy ravishda bo‘lishi mumkin.
Ixtiyoriy xarakatlar insonni anglangan va o‘z xohishi bilan bajariladigan harakatlari
hisoblanadi. Irodaviy xarakatlar motivlar asosida amalga oshiriladi. Motivlar kurashi
natijasida inson o‘zining maqsadlaridan kelib chiqib qarorlar qabul qiladi va shu
qarorlarni amalga oshirish uchun intiladi.

Kasb va kasbiy psixologik jarayonlar kasb tanlovchidan quyidagilarni talab

qiladi:

Umumta’lim maktablarida beriladigan ta’lim darajalaridagi bilimlarga ega

bo‘lishni;

Kasb tushunchasining ta’rifini, uning tabiatini, xususiyatlarini kasblar sonini va

turlarini bilishni;


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_2-to’plam_Aprel-2025

114

ISSN:3030-3613

Kasbni inson hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini tushunish va u haqida

tasavvurga ega bo‘lish;

Kasb tanlashga kerak bo‘lgan idrokni , xohishni mavjud bo‘lishi; · O‘z maqsadi

va manfaatini to‘g‘ri anglab olgan bo‘lishi; · Kelajagi haqida tasavvurlarni bo‘lishi.

Yoshlar o‘z kelajagini anglagandagina, o‘z qiziqishlari va manfaatlarini aniqlab

olgandagina, hayotini tashkil etishdagi ehtiyojlarini tushungandagina kasbni
tanlashlari onson kechadi. Kasb insonni boquvchi asosiy omil va hayotini tashkil
etuvchi asos hisoblanadi.

Kasb haqida

ko‘plab

olimlar

o‘z fikrlarini bildirganlar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

А.Jalalov kasb qanday tanlanadi. 2010 Y. 62 b.

2.

I.A.Karimov Barkamol avlod – O'zbekiston taraqqiyotining poydevori.1998.17b

3.

Kaykaus. “Qobusnoma” T., 1994 y. 26 b.

4.

Gurevich K.M. Дифференциальная психология и психодиагностика. 2008 y.
21b.

5.

Ziyo.net

6.

S.X.Jalilova Kasb Psixologiyasi.2010y

7.

Sobirovna, U. M. (2022). INTERACTIVE LEARNING METHODS USED IN
THE EFFECTIVE ORGANIZATION OF TECHNOLOGY COURSES.

Open

Access Repository

,

9

(11), 106-113


Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

А.Jalalov kasb qanday tanlanadi. 2010 Y. 62 b.

I.A.Karimov Barkamol avlod – O'zbekiston taraqqiyotining poydevori.1998.17b

Kaykaus. “Qobusnoma” T., 1994 y. 26 b.

Gurevich K.M. Дифференциальная психология и психодиагностика. 2008 y.

b.

Ziyo.net

S.X.Jalilova Kasb Psixologiyasi.2010y

Sobirovna, U. M. (2022). INTERACTIVE LEARNING METHODS USED IN

THE EFFECTIVE ORGANIZATION OF TECHNOLOGY COURSES. Open

Access Repository, 9(11), 106-113