T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_2-to’plam_Aprel-2025
83
ISSN:3030-3613
BOLA SHAXSI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK BOSQICHLARI
Masharipova Xolisxon Nurullayevna
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumani 53-maktab psixologi
Masharipova Yulduz Nurullayevna
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumani 2-maktab psixologi
Anotatsiya:
Ushbu maqolada bolalarning ijtimoiy rivojlanishi va bu jarayonda
muhim ahamiyat kasb etuvchi omillar va vositalar haqida fikrlar bayon qilingan.
Kalit soʻzlar
:
bola, ijtimoiylashuv, sotsium, oila, ota-ona, shaxs,
rivojlanish,faoliyat, jamiyat, konsepsiya, maktabgacha ta’lim.
KIRISH
Bolaning shaxsiyatining rivojlanishi turli xil faoliyatlarda tengdoshlari va
kattalar bilan muloqot qilishda eng samarali hisoblanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning ijtimoiy rivojlanishini umumiy tushunchasiz
tasavvur etib bo'lmaydi. Ijtimoiylashuv-bu maktabgacha yoshdagi bolalarning
jamiyatda mavjud bo'lgan ijtimoiy-axloqiy me'yorlar va xulq-atvor qoidalarini
o'zlashtirish jarayoni. Ijtimoiylashuv-bu butun hayot davomida davom etadigan
doimiy jarayon. Maktabgacha bolalikda bu birinchi navbatda ijtimoiy hayot
me'yorlarini o'zlashtirishdir.
Ijtimoiy kompetensiya-hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan
muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o’zini tutish mahorati.
Bolaning ijtimoiy rivojlanishida yetakchi o'rinni o'z xalqining axloqiy
qadriyatlarini o'zlashtirish va keyinchalik umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni bilish va
egallash yotadi. Ijtimoiy taraqqiyot bilan chambarchas bog'liq maktabgacha yoshdagi
bolalarning axloqiy tarbiyasi hisoblanadi.Maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy
xatti-harakatlari tajribasi kattalar bilan muloqot jarayonida shakllanadi va tengdoshlari
bilan turli xil qo'shma tadbirlar va munosabatlarda mustahkamlanadi.
Bolalarda ilm olish, ijod, ijtimoiy yo‘nalish kabi tushunchalar rivojlanadi,
sog‘lom hayot tarzi tarbiyalanadi va ular ijtimoiy muhitda o‘zlarini qanday tutish
kerakligini tushuna boshlashadi. “Ilk qadam” davlat o’quv dasturida barcha narsaning
asosi ijtimoiy yondashuvdir, ya'ni diqqat markazida - bola va uning manfaatlari turishi
ko’zda tutilgan. Pedagog,ota-ona, pedagogik tarkib, bolaning o‘zi va albatta, jamiyat
hamda davlat kabi ijtimoiy hamkorlar bilan bir butunlikda ijtimoiy muhitni tashkil
qiladi.
Inson butun umri davomida o’zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik
jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo’lsa,
u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o’ziga
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_2-to’plam_Aprel-2025
84
ISSN:3030-3613
munosib o’rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi.Shaxsning
fazilatlarini to’g’ri ko’rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida
kuzatish lozim. Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal etish uchun uning
xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.
Shaxs psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-
harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi muayyan jamiyat a’zosi bo’lib,uning
shakllanishi ijtimoiy munosabatlar jarayonida kechadi. Mazkur jarayonda qatnashish
asosida u jamiyat tomonidan tan olingan ma’naviy-axloqiy, shuningdek, huquqiy
me’yorlar mohiyatini o’zlashtiradi. Jamiyatning a’zosi sifatida uning ijtimoiy va
iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi mehnat faoliyatini yo’lga qo’yadi.Shuningdek,
shaxsiy ehtiyojlari, manfaatlarini qondirish yo’lida ham atrofdagilar bilan
munosabatga kirishadi.
Bola yoshligidan o’yin, mehnat va o’qish faoliyatlarini tengdoshlari bilan
birgalikda tashkil etish asosida ijtimoiy muhitga moslasha boradi. Ijtimoiy muhit
bolaga borliqni anglash uchungina emas, balki o’zligini anglash uchun ham imkoniyat
yaratadi. Bolaning doimiy ravishda jamoa orasida bo’lishi, uning jamoa ta’sirida
shakllanishi unda ijtimoiy faollikni yuzaga keltiradi.
Mustaqil taraqqiyot yo’liga chiqqan O’zbekistonda ko’plab yangi sohalar qatori
aholiga psixologik maslahatlar berish hamda oilaviy psixoterapiya sohasini
rivojlantirishga xizmat qiladigan tatqiqotlarga bo’lgan muayyan ehtiyoj tobora
sezilmoqda.Zero, bunday xizmatlarga ehtiyoj bir tomondan oilaviy munosabatlarni
muvofiqlashtirishga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, shu maskanda tarbiyalanayotgan
bolalarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishiga ota-onalar tomonidan ko’rsatiladigan
e’tiborning samarasini belgilaydi.
Shu nuqtayi nazardan boladagi jamiyatda, insoniy munosabatlar tizimida
munosib maqomga ega bo’lishni ta’minlaydigan eng dastlabki ijtimoiy tasavvurlar
hamda o’zi va o’zgalar to’g’risidagi tushunchalarning shakllanishiga oiladagi
ma’naviy-ruhiy munosabatlarning rolini aniq empirik ma’lumotlar bilan asoslashga
bo’lgan ehtiyojidan kelib chiqadi. Ko’plab psixologik tadqiqotlarda oila, bola
shaxsining shakllanishi va uning ijtimoiylashuviga ta’sir ko’rsatuvchi omil sifatida
baholanadi. Lekin bolaning o’zi to’g’risidagi barcha tasavvurlari shakllanishida u
tarbiyalanayotgan oiladagi munosabatlarning xususiyatlari, oila tiplari va ota-onalik
maqomlari ular tomonidan qay darajada anglanishining bevosita roli alohida tadqiqot
doirasida O’zbekiston sharoitida o’rganilmagan. Bu masala amaliy ahamiyatga molik
bo’lib “…inson o’z umri davomida oladigan barcha informatsiyaning 70 % ini besh
yoshgacha bo’lgan davrda olar ekan”.
Demak, shu informatsiyalar orasida bola o’z “Meni”ni to’g’ri shakllantiradigan
va shu orqali uni ijtimoiy psixologik munosabatlarga ruhan tayyorlaydigan
ma’lumotlarning manbai va ta’sir kuchini o’rganish yosh ota-onalar va oilashunoslar
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_2-to’plam_Aprel-2025
85
ISSN:3030-3613
uchun o’ta dolzarb ahamiyat kasb etadi. Hozirgi vaqtda jahon psixologik ilmida ham
bola xulq-atvori va ruhiyatining shakllanishida oila va ota-ona muhim rol o’ynaydi
degan yondashuv yetakchilik qiladi. Boshqa tomondan, bolaning rivojlanayotgan
shaxs sifatidagi faolligi ham oiladagi o’zaro munosabatlar xususiyatini belgilab beradi.
Oilada bola shaxsi rivojlanishining asosiy yo’nalishlaridan biri bu undagi “Men”
konsepsiyasining shakllanishi bo’lib, bir qarashda bu sof kognitiv holat bo’lsa-da,
uning manbasi va shakllantiruvchi omillar oila muhiti va undagi o’zaro
munosabatlarining xarakteriga bevosita bog’liqdir. Bizning vazifamiz - o'zini
anglashga qodir, boshqa odamlar bilan, o'zi bilan uyg'un munosabatlarni o'rnatishga
qodir bo'lgan faol ijodiy shaxsni tarbiyalash hisoblanadi.
Hozirgi zamon psixologiyasida ilk bolalik va maktabgacha yoshdagi psixik
taraqqiyot davri bola o’zligini anglash va “Men” konsepsiyasi shakllanishining muhim
bosqichlaridan biri sifatida qaraladi. (B.G.Ananyev, L.S.Vigotskiy, M.I.Lisina,
V.S.Muxina, K.Rojers, Z.Freyd, K.Xorni, E.Erekson va boshqalar). Biroq bola “Men”
konsepsiyasining mazmun- mohiyati, uning ayrim unsurlari, ularning o’zaro nisbati va
antogenizning turli bosqichlarida namoyon bo’lishining mohiyati shuningdek ularning
shakllanishiga ta’sir ko’rsatuvchi oiladagi munosabatlari ota-ona bilan bola o’rtasidagi
munosabatlarga ota va onaning o’zaro munosabatlariga bog’lab o’rganishni hozirgi
zamon psixologiyasining muhim va dolzarb, nazariy va amaliy muammosi, deb
hisoblaymiz.
Ijtimoiylashuv insonning butun hayoti davomida kechadigan ko‘p qirrali
jarayondir. U, ayniqsa, bolalik va yoshlik davrlarida nihoyatda jadallik bilan kechadi.
Chunki, shaxs tomonidan aynan bolalik davrida asosiy ijtimoiy me’yorlar
o‘zlashtiriladi. Bola ijtimoiylashuvida ijtimoiy muhit muhim ahamiyatga ega. Bu
ijtimoiy muhitni bola astasekinlik bilan o‘zlashtiradi. Agar bola tug‘ilgandan keyin,
asosan, oilada rivojlansa, uning keying rivojlanishi turli muhitlar maktabgacha ta’lim
muassaslari, maktab, maktabdan tashqari tarbiya tashkilotlari, turli ko‘ngilochar
maskanlarda kechadi.
XULOSA
Bola o‘sib borgan sari, uning ijtimoiy muhiti “hududi” kengayib boradi. Bola
qanchalik ko‘p muhitlarni o‘zlashtirsa, u shunchalik keng doira hududini egallashga
harakat qiladi.
Muhit bolaning ijtimoiylashuv jarayoni va ijtimoiy tajriba to‘plashida muhim
ahamiyatga ega.
Bolaning ijtimoiy rivojlanishida yetakchi o'rinni o'z xalqining axloqiy
qadriyatlarini o'zlashtirish va keyinchalik umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni bilishi
egallaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy xatti-harakatlari tajribasi
kattalar bilan muloqot jarayonida shakllanadi va tengdoshlari bilan turli xil qo'shma
tadbirlar va munosabatlarda mustahkamlanadi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_2-to’plam_Aprel-2025
86
ISSN:3030-3613
Ijtimoiylashuv jarayoni. Bolaning ijtimoiylashuvi, xususan, insonning ijtimoiy
moslashuvi uning bilishga bo’lgan ob’ektiv ehtiyoji jarayonida paydo bo’ladi. Biroq
bu bilan uzviy ravishda bolada boshqa bir ob’ektiv ehtiyoj - o‘ziga xoslikni namoyon
qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni
qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi ro‘y beradi. Shaxsning
faqat o‘ziga tegishli bo’lgan ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari individual tarzda
namoyon bo’ladi, uning ijtimoiy xulqatvori esa takrorlanmas jihatlarga ega bo’ladi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
STEAM-ТЕХНОЛОГИЯ КАК ИННОВАЦИОННАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ
ДОШКОЛЬНОЙ
ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ
ОРГАНИЗАЦИИ
С
Абдумажитова - Innovations in Technology and Science Education, 2023
2.
MAKTABGACHA
TA’LIM
TASHKILOTLARIDA
STEAM
TEXNOLOGIYASI ASOSIDA O’QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH
JARAYONI AS Abduqosimovna - INNOVATION IN THE MODERN
EDUCATION SYSTEM, 2023
3.
ИГРА
ДЛЯ
ОЗНАКОМЛЕНИЯ
ДОШКОЛЬНИКОВ
С
ХУДОЖЕСТВЕННОЙ
ЛИТЕРАТУРОЙ
ТЕХНОЛОГИЙ
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ М Жовлиева, СА Абдумажитова - INNOVATION IN
THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 2023
4.
PSYCHOLOGICAL AND PEDAGOGICAL CHARACTERISTICS SPECIFIC
TO THEIR AGE IN FORMING THE INTELLECTUAL ABILITY OF THE
STUDENTS ON THE BASE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES AG
Majitovna Новости образования: исследование в XXI веке 1 (5), 414418
5.
PSYCHOLOGICAL AND PEDAGOGICAL CHARACTERISTICS SPECIFIC
TO THEIR AGE IN FORMING THE INTELLECTUAL ABILITY OF THE
STUDENTS ON THE BASE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES AG
Majitovna Новости образования: исследование в XXI веке 1 (5), 414418
6.
INNOVATSION
TEXNOLOGIYALAR
ASOSIDA
TARBIYALANUVCHILARNI
INTELLEKTUAL
QOBILIYATINI
SHAKLLANTIRISHDA
ULARNING
YOSHIGA
XOS
BO’LGAN
PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI AG Majitovna
7.
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA
TAYYORLASHDA IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH AG
Majitovna INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM 3 (29),
42-45
8.
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MEHNAT TARBIYASINI
SHAKLLANTIRISH
MAZMUNI
AG
Majitovna,
EX
Xoltorayevna
INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM 3 (29), 46-52
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_2-to’plam_Aprel-2025
87
ISSN:3030-3613
9.
MAKTABGACHA
YOSHDAGI
BOLALARGA
TALIM-TARBIYA
BERISHDA
INNOVATSION
TEXNOLOGIYALARINI
QOLLASH
ASOSIDA
BOLALARNING
IJODIY
FAOLLIGINI
OSHIRISH
SAMARADORLIGI AK Xamrayevna INNOVATION IN THE MODERN
EDUCATION SYSTEM (29), 62-66
10.
МАКТАБГА
ТАЙЁРЛОВ
ГУРУҲИ
БОЛАЛАРИНИ
МАКТАБ
ТАЪЛИМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИНИНГ МАЗМУНИ ГУ Холбоева -
INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 2023
11.
Формирование трудового воспитания у детей дошкольного возраста ГУ
Холбоева, РЖ Окбоева - Евразийский научный журнал, 2018