T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_2-to’plam_Aprel-2025
301
ISSN:3030-3613
XALQARO SHARTNOMA HUQUQI
Ibrohimov Dostonbek Rustam o’g’li
Andijon davlat pedagogika instituti MG’MAHT kafedrasi o’qituvchisi.
Muhammadjonova Marjona Xabibullo qizi
Andijon davlat pedagogika instituti “Tarix” yo’nalishi 2-bosqich talabasi.
Annotatsiya
Ushbu maqolada Xalqaro shartnoma huquqi qanday vujudga kelishi,
shartnomalarni tuzish bosqichlari,uni davlatlar va tashkilotlar qanday qabul
qilishi,uning tartib va qoidalari,xalqaro shartnomalarga qanday qo’shilish tarib va
bosqichlari,xalqaro shartnoma kuchga kirishi qanday amalga oshishi,amal qilish
muddati nimaga asoslanganligi,xalqaro sharatnomalarni haqiqiy yoki haqiqiy emasligi
aniqlash shartlari davlatlar va tashkiloylar tomonidan qay tartibda amalga oshishini
ko’rib chiqilgan.
Kalit so’zlar:
Xalqaro shartnoma, denonsatsiya, BMT, shartnoma subyekti,
registratsiya, depozitariy, kovensiya, parafirovaniya, diplomatik munozara, ichki
normativ hujjatlar, xalqaro majburiyatlar, odat normalari, bitim, shartnoma, pakt,
ustav, deklaratsiya, protokol.
Аннотация
В
данной стате рассматривается,как возникает международное
договорное право,этапo‘ заключения договоров,как оно воспринимается
государствами и организациями,его процедурo‘ и положения,порядок и этапo‘
присоединения к международнo‘м договорам,как происходит вступление в силу
международного договора,на чем основo‘вается срок его действия, условия
определения действителнo‘х или недействителнo‘х международнo‘х договоров
государствами и организациями. рассматривается, в каком порядке это будет
происходит.
Ключевo‘е слова
: международнo‘й договор, денонсация, ООН, суб’ект
договора,
Регистрация,
депозитарий,
ковенант,
парафирование,
дипломатическое обсуждение, внутренние нормативнo‘е актo‘, международнo‘е
обязателства, нормo‘ обo‘чаев, соглашение, Договор, пакт, устав, декларация,
протокол.
Annotasia
This article considers how international treaty law arises,stages of conclusion of
treaties, how it is accepted by states and organizations,its procedures and provisions,
how the rules and stages of joining international treaties, how the entry into force of an
international treaty is carried out,what the validity period is based on,the conditions for
determining whether international treaties are valid.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_2-to’plam_Aprel-2025
302
ISSN:3030-3613
Key words
: international treaty, denunciation, UN, subject of treaty, register,
depository, covencia, parafirovania, diplomatic debate, internal regulatory documents,
international obligations, custom norms, Agreement, treaty, pact, charter, declaration,
protocol.
KIRISH
«Xalqaro shartnomalar huquqi» tushunchasi.
Xalqaro shartnomalar huquqi -
xalqaro huquqning alohida mustaqil sohasi bo‘lib, unda xalqaro shartnomalarni tuzish,
qo‘llash va bekor qilish tartiblariga oid munosabatlarni tartibga solinadi.
Xalqaro shartnomalar shuningdek, huquqining manbalari odat normalari va
ular
quyidagi
universal
konvensiyalarda
kodifikatsiyalashtirilgan
hamda
rivojlantirilgan:
1)
1969-yildagi Xalqaro shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi;
2)
1986-yildagi Davlatlar va xalqaro tashkilotlar yoki xalqaro tashkilotlar
o‘rtasidagi shartnomalar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi.
Xalqaro shartnoma turlicha nomlanishi mumkin, lekin bu uning yuridik kuchiga
ta’sir etmaydi. Uning eng keng tarqalgan nomlari quyidagilar hisoblanadi: shartnoma,
bitim, konvensiya, protokol, pakt, ustav, deklaratsiya.
Xalqaro huquq nazariyasida xalqaro shartnomalar huquqi deganda, xalqaro
huquqning xalqaro shartnomalar tuzilishi, amal qilishi, o‘zgartirilishi va to‘xtatilishi
tartibini hamda amaldagi shartnomalar sharoitini belgilaydigan normalaridan iborat
tegishli sohasi tushuniladi. Bu soha obyekti sifatida esa, xalqaro huquqning yetakchi
va asosiy manbaiga aylanib ulgurgan xalqaro shartnomaning o‘zi namoyon bo‘ladi.
Xalqaro shartnomalar huquqi shartnomaning nomlanishi, obyektning turi va
ularni tuzish protsedurasidan qat’i nazar, barcha turdagi xalqaro shartnomalarga
taalluqli hisoblanadi. Xalqaro huquqning ushbu sohasi ahamiyatining izchil ortib
borishiga hozirgi kunda dunyoda xalqaro shartnomalarning o‘rni kuchaygani sabab
bo‘lib bormoqda. Ayni chog‘da uning asosiy manbai hali ham xalqaro huquqiy odat
hisoblanib kelinadi.
Xalqaro shartnomalarda tomonlar.
Xalqaro huquq nazariyasida xalqaro
shartnoma deganda, ikki yoki undan ortiq davlatlar yoxud xalqaro huquqning boshqa
subyektlari o‘rtasida ularning siyosiy, iqtisodiy yoki boshqa munosabatlari borasidagi
o‘zaro huquq va majburiyatlarining o‘rnatilishi, o‘zgartirilishi yoki to‘xtatilishini
ko‘zda tutuvchi bitim
tushuniladi. Xalqaro shartnomalar shartnoma tomonlarining
o‘zaro huquq va majburiyatlarini aniq va puxta belgilab olish uchun tuziladi. Xalqaro
munosabatlarning shartnomalar orqali mustahkamlanishi xalqaro huquqning tartibot
barqarorligini ta’minlab beradi. Xalqaro shartnoma xalqaro huquqning asosiy manbai
hisoblanadi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_2-to’plam_Aprel-2025
303
ISSN:3030-3613
Xalqaro shartnoma
– xilma-xil bitimlarni qamrab oluvchi tushuncha bo‘lib, ular
turlicha: shartnoma, bitim, pakt, traktat, konvensiya, deklaratsiya, kommyunike,
protokol va shu kabi nomlar bilan atalishi mumkin. U yoki bu nomning aniq
belgilangan ma’no-mazmuni mavjud emas. Qanday nomlanishidan qat’i nazar, barcha
xalqaro shartnomalar bir xil yuridik kuchga ega hisoblaniladi. Odatda ular yozma
shaklda tuziladi. Og‘zaki shakldagi xalqaro shartnomalar (boshqacha aytganda,
«jentelmencha bitimlar») kam uchrasa-da, har holda, xalqaro munosabatlarda
shartnomalarning shunday turi ham ma’lum. Xalqaro shartnomalar tomonlari (yoki
subyektlari) bo‘lib faqat xalqaro huquq subyektlari chiqishi mumkin.
Tomonlar
deganda, xalqaro shartnoma ishtirokchilari tushuniladi. Xalqaro shartnomada davlat
yaxlit holda tomon hisoblanadi.
Federatsiya subyekti istisno tariqasida, agar bu
federal Konstitutsiyada ko‘zda tutilgan bo‘lsa, shartnomalarda ishtirok etishi mumkin.
Davlat nomidan ish ko‘ruvchi organlar nomidan kelib chiqqan holda, uch xil xalqaro
shartnomani ko‘rsatishimiz mumkin:
birinchidan, davlatlararo
(oliy darajada va davlatlar nomidan tuziladigan);
ikkinchidan, hukumatlararo
(hukumatlar nomidan tuziladigan) va idoralararo
(idoralar nomidan tuziladigan);
uchinchidan, idoralararo
(idoralar nomidan tuziladigan) shartnomalar.
Davlatlararo tashkilotlar ishtirokidagi shartnomalar soni tobora ortib bormoqda.
Xalqaro tashkilotlar xalqaro huquqning alohida subyekti hisoblangani bois, ularning
shartnomalardagi ishtiroki ustavlarida belgilanadigan vazifalari doirasi bilan
cheklanadi.
Xalqaro shartnomalar faqat o‘z ishtirokchilariga muayyan majburiyatlarni
yuklaydi. Uchinchi, ya’ni ishtirok etmaydigan davlat uchun shartnomalarda na huquq
va na majburiyatlar ko‘zda tutiladi. Uchinchi davlatning roziligi asosidagina xalqaro
shartnoma unga nisbatan huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo’ladi.
Bunday davlat xalqaro shartnomadan kelib chiqadigan huquqlardan foydalanar ekan,
u shu bilan bog‘liq majburiyatlarga ham rioya etishi lozim. Masalan, 1948-yildagi
Dunayda kema qatnovi to‘g‘risidagi konvensiya bo‘yicha tegishli huquqlardan
foydalanuvchi davlatlar boshqalarning roziligisiz, shartnoma mazmunini o‘zgartirish
huquqiga ega.
Universal mazmundagi ko‘p tomonlama shartnomalarni BMTning olti rasmiy
tillari - ingliz, ispan, xitoy, arab, rus va fransuz tillarida yoxud ulardan ayrimlarida
yagona nusxada tuzish odat tusini olgan.
Xuddi shu bosqichda shartnomani
imzolash
amalga oshiriladi. Shartnoma
yakuniy yoki dastlabki tarzda imzolanishi mumkin. Dastlabki tarzda imzolashga misol
sifatida parafirovaniya - rasmiy ravishda tasdiqlangunga qadar xalqaro shartnomaga
o‘z ism va familiyasining bosh harflarini qo‘yib, oldindan o‘z roziligini bildirish va
adreferendum imzolash (davlatning vakolatli organi imzosi bilan haqiqiyligini
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_2-to’plam_Aprel-2025
304
ISSN:3030-3613
tasdiqlash sharti)ni ko‘rsatish mumkin. Tomonlar biron-bir shartning bajarilishini zarur
deb hisoblaganlari taqdirda dastlabki tarzda imzolash usulini qo‘llaydilar.
Shartnomani imzolash tartibi haqida odatda tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar
jarayonida kelishib olinadi. Ayrim xalqaro tashkilotlarda qabul qilingan tartib-
qoidalarda imzolash jarayoni butunlay ko‘zda tutilmaydi. Masalan, Xalqaro mehnat
tashkilotida konvensiyalarni konferensiya qabul qiladi va tasdiqlash uchun davlatlarga
yuboradi.
Ratifikatsiya qilish
- davlatning tomonidan shartnomaning majburiyligiga
rozilik belgisi sifatida uni tasdiqlash akti. Ratifikatsiya qilish tartibi ichki milliy
huquqda belgilab qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq,
ratifikatsiya qilishni Oliy Majlis qonun shaklida amalga oshiradi.
Ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjat asosida davlat rahbari ratifikatsiya
yorlig‘ini imzolaydi. Ratifikatsiya yorliqlari almashinganidan (ikki tomonlama
shartnomalardan) yoki u saqlash uchun topshirilganidan (ko‘p tomonlama
shartnomalardan) so‘ng ratifikatsiya jarayoni yakunlangan hisoblanadi.
Xalqaro shartnomani tasdiqlash, qabul qilish
ratifikatsiya qilinmaydigan, lekin
imzolanganidan so‘ng ma’qullash zarurligi ko‘zda tutilgan shartnomalarning
majburiyligiga rozilik ifodasi bo‘lgan protseduradir. Xalqaro shartnomalarda odatda
ma’qullash har qaysi tomonning o‘z milliy huquqiga muvofiq ravishda amalga
oshirilishi to‘g‘risidagi qoida mavjud bo‘ladi.
Xalqaro shartnomalarga qo‘shilish
boshqa davlatlar o‘rtasida tuzilgan
shartnomaning majburiyligiga rozilik to‘g‘risidagi akt sanaladi. Qo‘shilish imkoniyati
shartnomada ko‘zda tutiladi yoki uning ishtirokchilari o‘rtasida kelishib olinadi.
Qoidaga ko‘ra, qo‘shilish ham ratifikatsiya qilish yoki tasdiqlash bilan
shug‘ullanadigan organlar tomonidan amalga oshiradi.
Vena konvensiyasi og‘zaki shartnomalarning yuridik kuchini inkor etmasa-da,
lekin faqat yozma shartnomalarga taalluqli hisoblanadi.
«O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida»gi qonun ham
xuddi shu maqsadga qaratilgandir.
Xalqaro shartnomaning alohida shakli - ayni mazmundagi
notalar almashish
yo‘li bilan o‘zaro kelishuvdir.
Xulosa
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umum
e’tirof etgan prinsiplari va normalariga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga,
shuningdek ushbu qonunga hamda shartnomaning o‘z qoidalariga muvofiq tuziladi,
bajariladi, to‘xtatiladi, to‘xtatib turiladi va denonsatsiya qilinadi. O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, to‘xtatish, to‘xtatib turish
va denonsatsiya qilishning ushbu qonun bilan belgilangan tartibi ularning turi, shakli
va nomlanishidan qat’i nazar, O‘zbekistonning barcha xalqaro shartnomalariga
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_2-to’plam_Aprel-2025
305
ISSN:3030-3613
nisbatan qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini bajarish
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi qonunini, Oliy Majlis qarorini qabul qilish,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonini yoki O‘zbekiston Respublikasi
Hukumatining qarorini, farmoyishini chiqarish lozim bo‘lgan hollarda, manfaatdor
vazirliklar va idoralar, Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda
shunday hujjat qabul qilish to‘g‘risida belgilangan tartibda taklif kiritadilar.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Mirziyoyev Sh. M.
Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlati- ni birgalikda
barpo etamiz. – T., 2016.
2.
Mirziyoyev Sh. M.
Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’- minlash – yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – T., 2017.
3.
Mirziyoyev Sh.M.
Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har
bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – T., 2017.
4.
Mirziyoyev Sh.M.
Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz. – T., 2017.
5.
Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. — T., 2017.
6.
Ozbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (2017-yil 1-noyabrgacha
o’zgartirish va qo’shimchalar bilan). — T., 2017.