T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_2-to’plam_Aprel-2025
298
ISSN:3030-3613
YANGI AVLOD TARIX DARSLIKLARIDA TARIXSHUNOSLIK ASOSLARI
Qobilov Javohir Ma’rufjon o‘g‘li
Nizomiy nomidagi TDPU Tarix fakulteti,
Tarix yo‘nalishi 402-guruh talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekiston mustaqilligi davrida yaratilgan
yangi avlod tarix darsliklarida tarixshunoslik asoslarining aks etishi, ularning mazmun-
mohiyati va metodologik yondashuvlari tahlil qilinadi. Mustaqillik yillarida tarix fani
bo‘yicha ta’lim mazmunining tubdan yangilanishi, sobiq mafkuraviy yondashuvlardan
voz kechilib, milliy ruhdagi, manbashunoslikka asoslangan darsliklar ishlab chiqilishi
ushbu ilmiy ishning asosiy e’tibor markazida turadi.
Kirish.
Istiqlol yillarida O'zbekistonda tarix fani katta o'zgarishlarga yuz tutdi.
Sovet mafkurasi to'laligicha va qat’iyan rad etilib, ko'p omilli metodologik
yondashuvlarga jiddiy e’tibor qaratildi. Milliy istiqlol g'oyasiga asoslangan yangi
metodologik yondashuvlar paydo bo'ldi. Ilm-fanning muammoli sohalariga shu
kungacha o'rganilmagan mavzular kirib keldi, ko'plab tarixiy voqealarga yangicha
izohlar berila boshlandi, yangicha ta’lim standartlari, dasturlar, darslik va o'quv
qo'llanmalar ishlab chiqildi. Mustaqillik O'zbekiston xalqi tarixini xolisona o'rganish
imkonini berdi. Bu omil tarixni mafkuraviy aqidalar, bir tomonlama noxolisona
yondashuvlar ta’siridan xalos etish, tarixiy voqea-hodisalar qanday sodir bo‘lgan
bo‘lsa, shundayligicha tadqiq etish va undan to'g'ri xulosa chiqarish uchun asos bo'ldi.
Inson o‘z tarixini o‘rganish, bilish orqali kishilik jamiyatining rivojlanish
qonuniyatlari, taraqqiyotining bosqichlarim, jamiyatning inqirozli holatga tushish
sabablan va bu holatdan chiqish yo‘lidagi tajribalarini tushunib oladi, o‘tmish
saboqlaridan xulosa chiqaradi va kelajakda to‘g‘ri yoidan borish lozimligini anglab
yetadi Shu jihatdan, tarix fani tarixiy jarayonlarning qonuniyatlari va an’analarini
tushunib yetishga, hozirgi zamonni to‘g‘ri anglab kelajakni asosli ravishda ko‘ra
bilishga ko‘maklashuvchi ilm manbaidir. Har bir mamlakat, har bir xalq o'zining uzoq
va betakror tarixiga ega. O'zbek davlatchilik tajribasi ham boy va qadimiy.
Mamlakatimizning 1991 -yildan keyingi mustaqillik davri xalqimiz qadimiy
tarixining uzviy qismi hisoblanadi. Chunki aynan shu tarixiy sanadan o'zbek xalqining
davlatchilik tarixi yangi bir bosqichga kirdi. Mazkur davr Vatanimiz tarixiga tub
ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-madaniy o'zgarishlar, asriy orzularimizning ro'yobi,
buyuk kelajak va farovonlik jamiyatni qurish davri “O‘zbekistonning eng yangi tarixi”
deb ataladigan bo'lib kirdi. Hayotimiz va tafakkurimizda ro'y berayotgan o'zgarishlami
tahlil qilish, erishilgan yutuqlar va muammolarimizdan to'g'ri xulosa chiqarish tarixiy
zaruratga aylandi. Mustaqillik yillaridan soʻng yurtimiz tarixi “Oʻzbekistonning eng
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_2-to’plam_Aprel-2025
299
ISSN:3030-3613
yangi tarixi” degan nom ostida yuritilmiqda. Bu davr mustabid sovet tuzumining
inqirozi boshlangan XX-asrning 80-yillari oxiridan boshlab to bugungi kunga qadar
mamlakatimizda kechgan tarixiy jarayonlar tashkil etadi. Yurtimizning istiqlolga
erishish arafasidagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy holati, mustaqillikni qo'lga kiritish
jarayonlari, mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti va rivojlanish bosqichlari, istiqlol
yillarida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalardagi o'zgarishlar, xalqaro
maydondagi o'rni va mavqei, tashqi siyosatda, ayniqsa, mintaqada xavfsizlik va
barqarorlikni ta’minlash borasida olib borgan siyosati, O'zbekiston Respublikasining
Birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov hamda bugungi Prezidentimiz
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilgan islohotlar va
ulaming natijalari asosida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, respublikada millatlararo va
umuminsoniy qadriyatlarning rivojlanishiga yaratilayotgan imkoniyatlar mazkur
fanning o'rganish va tahlil qilish masalalari oldimizda turadi.
Milliy istiqlol o'zbek xalqining asriy orzusi, armoni edi. Bu yo'lda minglab Vatan
fidoyilan azizjonlarini qurbon qildilar. Milliy mustaqillikning qo'lga kiritilishi katta
yutuq, uning qadriga yetish, mustahkamlash, asrab avaylash mushkul va mas’uliyatli
vazifa. Har qanday mamlakatning qudrati, uning milliy mustaqilligi davlat
chegaralarining daxlsizligi, o'sha mamlakat fuqarolarining o'z yurtiga mehrmuhabbat
bilan tarbiya topgani, Vatan mustaqilligi va milliy istiqlol uchun kurashda zarur bo‘lsa
jonini fido qilishga ham tayyor bo‘lishdek oliyjanob fazilatlarga ega bo'lishlariga
bog'liq. Bu fazilatlami xalq, yurt kelajagi - yoshlar ongida shakllantirish ushbu fanning
vazifasi hisoblanadi. Yangi davr tarixini o‘ziga xosligi shundan iboratki, bu davr tarixi
darsliklarida xalqimiz uchun ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma’naviy saboqlar
majmuasidir. Bu davr darsliklari barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan bog'liq holda
o‘rganiladi. Insoniyat hayotining ma’no-mazmuni va jamiyat taraqqiyotining umumiy
qonuniyatlari haqida fikr yuritganda, falsafa, davlat qurilishi va jamiyatni boshqarish
masalalarida politologiya, iqtisodiy hayotni yoritishda iqtisodiyot nazariyasi,
xalqimizning turmush tarzi, tili va milliy mentalitetini tasvirlashda etnologiya, o'zbek
tili va adabiyoti, dinshunoslik fanlari yutuqlaridan foydalaniladi. Tarixshunoslik,
manbashunoslik, arxivshunoslik kabi maxsus fanlar eng yangi tarix falsafasini chuqur
anglab yetishga ko'maklashadi. Bugungi globallashuv asrida ta’lim sohasida
yurtimizning eng yangi tarixini o‘rganish, o‘qitish va uqish zamirida
mamlakatimizning intellektual va ma’naviy boyligi bo‘lgan yoshlar salohiyatni
yuksaltirishdan manfaatdor ekanligi omili yotadi. Globallashuv sharoitida bilimlilik
mamlakami iqtisodiy rivojlantirish va uning milliy boyligini ko'paytirishning muhim
tarkibiy qismiga aylanib borayotganligi, yoshlarning yuksak ma’naviy darajasi esa
insonlarda huquqiy madaniyatni, erkin va demokratik huquqiy davlatda yashash hamda
mehnat qilish qobiliyatini shakllantirish, o'zligini anglash, ulardan shaxs, davlat hamda
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_2-to’plam_Aprel-2025
300
ISSN:3030-3613
jamiyat manfaatlari yo'lida foydalanish imkonini beradi Fuqarolik pozitsiyasini
shakllantiradi.
Xulosa
Yurtimizning yangi davr tarixi va uning muammolarini o'rganish, dunyoqarashni
mustahkamlashda milliy mustaqillik g‘oyasini qulay bilish, atrofida sodir bo'layotgan
jarayonlarga o‘z munosabatini bildira olish, jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida
tarix fanining o‘rnini anglash va bugungi kunda sodir bo'layotgan voqealaming
tarixdagi muhim voqealar bilan bog‘liqligini bilish ko'nikmalariga ega bo'lishimizga
ko‘maklashadi. Shuningdek, mamlakatimiz yangi davri tarixini chuqur organish orqali
talabalar ma’naviy-milliy va umuminsoniy masalalar bo‘yicha o‘z qarashlarini ilmiy
asoslay olish hamda milliy mustaqillik g'oyalariga amal qiladigan faol zamonaviy
dunyoqarash malakalarga ega bo‘ladilar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
1.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -Т.: “O'zbekiston”. 2019.
2.
Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda
zapt etamiz. -Т.: “O 'zbekiston”, 2016.
3.
Ergashev Q., Hamidov Н. O 'zbekiston tarixi: o'quv qo'llanm a / -Т.: “G 'afur G
'ulom ”. 2018
4.
Кобилов Ш.Р. Мустакиллик гойибдан келган эмас... -Т.: “Укитувчи”. 2012
5.
S.A.Toshtemirov “Tarixshunoslik” Toshkent-2022. 267-b