T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_2-to’plam_Aprel-2025
271
ISSN:3030-3613
PSIXOLOGIYADA EMOTSIONAL ZO‘RIQISHNING OLDINI OLISHNING
MUHIM MASALALARI
Xusanova Delfuza Karamatillayevna
Namangan viloyati Pop tumani 42-sonli umumiy
o'rta ta'lim maktabi amaliyotchi psixologi
Annotatsiya.
Mazkur maqolada pedagogik faoliyatda emotsional zo‘riqishining
psixodiognostikasi va psixokoreksiyasi mavzusiga alohida to’xtalib o’tilgan. Maqola
davomida mavzu doirasidagi asosli fikr va mulohazalar keltirilgan. Maqola so’nggida
xulosa hamda takliflar berib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
pedagogik faoliyat, emotsional zo‘riqish, psixodiognostika, miya
faoliyati.
KIRISH.
Emotsional holatlar boshqa ruhiy jarayonlar singari miya faoliyatining natijasi
yoki mahsuli bo’lib hisoblanadi. Emotsional holatlarning yuzaga kelishiga tabiatda va
jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, munosabatlar, aloqalar, taassurotlar asosiy
sababchidir. O‘zgarishlar o‘z navbatida, birinchidan, shaxs hayoti va faoliyatining
jadallashishi yoki pasayishiga, ikkinchidan, insondagi ayrim ehtiyojlarning paydo
bo‘lishiga yoki yo‘qolishiga, uchinchidan, odam ichki organlari funksional
holatlarining beqarorlashuviga olib keladi. His-tuyg‘ular uchun eng xususiyatli
fiziologik jarayonlar negizi sifatida shartsiz va shartli reflekslar xizmat qiladi va
ularning muayyan tizimi bosh miya katta yarim sharlari po‘stida yuzaga keladi hamda
shu joyda mustahkamlanadi. Murakkab shartsiz reflekslar esa:
1)
yarim sharlaming po‘stloq osti bo‘shliqlari;
2)
miyadagi ko‘rish do‘ngliklari;
3)
nerv qo‘zg‘alishlarini miyaning yuqori bo‘linmalaridan vegetative
tizimiga o‘tkazib beruvchi markazlari orqali amalga oshiriladi. Shaxsda his-
tuyg‘ularning kechishi hamisha miya po‘sti bilan po‘stloqosti markazlarining
birlikdagi (hamkorlikdagi) faoliyati natijasida ro‘yobga chiqadi.
Hozirgi zamonda “salomatlik” tushunchasi Butunjahon sog‘likni saqlash
tashkilotining tushunchasiga asosan, “organizmning to‘liq jismoniy, ruhiy, jismoniy
salomatligi bo‘lib, nafaqat kasalliklarning bo‘lmasligi, balki jismoniy nuqsonlarning
ham bo‘lmasligidir”. Kasallik- inson hayot faoliyatining buzilishi bilan
xarakterlanadigan holat bo‘lib, organizmning vaqtincha yoki doimiy ish faoliyatining
pasayishiga olib keladi. Albatta kasallikning kelib chiqishida organizm holati, yoshi,
yo‘ldosh
kasalliklarning
bor-yo‘qligi,
organizmga
kasallik
chaqiruvchi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_2-to’plam_Aprel-2025
272
ISSN:3030-3613
mikroorganizmlarning qancha miqdorda tushishi, irsiy moyillikning bo‘lishi,
organizmning reaktivligi muhim ahamiyatga ega. Albatta uzoq-umr ko‘rishning bir
qancha shartlari bor, agarda odamzot shu shartlarga rioya qilsa, o‘z oldiga qo‘ygan oliy
maqsad-uzoq umr ko‘rishga zamin yaratadi. Ular quyidagilardan iborat:
Noto‘g‘ri ovqatlanish. Salomatlikka salbiy ta’sir etuvchi omillardan biri
noto‘g‘ri, muvofiqlashmagan va tartibsiz ovqatlanish hisoblanib, organizm normal
faoliyatining buzilishiga va turli kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi
Gipodinamiya- (yunoncha-gipo-kam, past va dinamic-kuch) mushaklarining yetarli
ishlamasligi, qisqarish kuchining kamayib ketishi bo‘lib, odatda, doimo o‘tirib ishlash,
piyoda yurishni yig‘ishtirib, transportda ketish, kamharakatlik, umuman, mushaklarga
tushadigan og‘irlikning kamayib qolishi tufayli kelib chiqadigan gipokineziya, ya’ni
odam harakat faolligining kamayib ketishi bilan birga davom etadi.
Harakat va salomatlik. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va kasalliklarning
oldini olishning asosiy yo‘li to‘g‘ri tashkil etilgan jismoniy faollikdir. Harakat
natijasida odamning turli a’zo va tizilmalarining faoliyati me’yorlashadi, buzilgan
faoliyatlari esa tiklanadi, aqliy va jismoniy mehnatga bo‘lgan faolligi oshadi. Zararli
odatlar: alkogolizm - ashaddiy ichkilikbozlik, ayrim kishilarning o‘z salomatligi va
mehnat qobiliyatiga shuningdek, jamiyat farovonligiga zarar yetkazadigan darajada,
muntazam ravishda me’yoridan ortiqcha spirtli ichimliklar ichishi hisoblanadi. Tamaki
chekish - kishi sog‘lig‘iga jiddiy putur yetkazadigan eng zararli odatlardan biridir.
Nikotin markaziy va periferik nerv sistemasiga vaqtincha qo‘zg‘atuvchi ta’sir
ko‘rsatadi, arterial qon bosimini oshiradi, mayda tomirlarni toraytiradi; nafasni
tezlashtiradi, ovqat hazm qilish sistemasining shirasini ko‘paytiradi. Nikotin bilan
birga tamaki tutunidagi yonish mahsulotlari ham organizmni zaharlaydi. Shuning
uchun chekmaydigan kishilarning chekilgan xonada bo‘lishi ham zararlidir. Tarkibida
yonish mahsuloti bo‘lgan tutun nafasga olinganda arterial qondagi kislorodni
kamaytirib yuboradi. U bronxlarning shilliq pardasiga ta’sir ko‘rsatib surunkali bronxit
va o‘pka emfizemasiga sabab bo‘ladi. Narkomaniya-(yunoncha-narke - karaxtlik va
mania - telbalik, jahl, shod-xurramlik), bangilik, giyohvandlik-narkotik va narkotik
ta’sirga ega moddalarni suiste’mol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallikdir. Ushbu
xastalik bilan og‘rigan kishining jismoniy va ruhiy holati xumorini bosadigan narkotik
modda iste’mol qilishiga bog‘liq. Quyidagi ikki holatda narkotik moddalarga o‘rganib
qolish mumkin:
Ruhiy-emotsional zo‘riqishlar - hozirgi davrda kishilar salomatligiga salbiy
ta’sir etuvchi asosiy omillar hisoblanadi. Odam organizmining normal faoliyati, uning
ruhiyati qay darajadaligiga bog‘liq. Ruhiyat va kayfiyatdagi har qanday o‘zgarishlar
a’zo va sistemalarning faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Odamning ruhan ezilishi,
ko‘ngliga og‘ir botadigan kechinmalar va hayotdagi turli salbiy voqealar zo‘riqishlarga
olib keladi. Ruhiy-emotsional zo‘riqishlar natijasida odamlarda gipertoniya,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_2-to’plam_Aprel-2025
273
ISSN:3030-3613
stenokardiya va miokard infarkti, qolaversa, ruhiy kasalliklar, zararli odatlarga ruju
qo‘yish kelib chiqadi. Ayollarda esa ruhiy-emotsional zo‘riqishlar ayniqsa,
homiladorlik davrida, uning dastlabki 3-oyida o‘ta xavfli asoratlarga sabab bo‘lishi
mumkin. Aholi turmushining yaxshilanishi, ijtimoiy sharoitning barqarorlashishi
ruhiyemotsional zo‘riqishlarning oldini olishning asosiy shartlaridandir.
Turmush tarzi - bu insonning aniq jamiyatda, muhitda ifodalangan hayot,
mehnat, dam olish va hokazolarini o‘z ichiga olgan tushunchadir. Uning tarkibiy
qismlariga faqat ijtimoiy-siyosiy va ishlab chiqarish faoliyatigina emas, balki ishlab
chiqarishdan tashqari vaqtdagi faolligi, ijtimoiy-madaniy faoliyati ham kiradi. Tibbiy
faollik ham uning bir turidir. Turmushda odam turli xil salbiy taassurotlar, nojo‘ya
holatlar va sharoitlarga tushib qolishi mumkin. Bular esa, o‘z navbatida, salomatlik va
turmish tarzini sog‘lomlashtirish haqida to‘la bilimga ega bo‘lishga majbur qiladi,
aholining o‘z salomatligiga bo‘lgan munosabatlarini tarbiyalash va tibbiy bilimlarni
targ‘ib qilishni taqozo etadi. Xulosa qilib aytganda, yuqorida sanab o‘tilgan
salomatlikka qarshi omillar haqida tushunchaga ega bo‘lish, ularni bartaraf etish, har
bir kishining bevosita o‘ziga bog‘liq. Buning uchun esa sog‘lom turmush, uning
tarkibiy qismlari nimalardan iboratliligi haqida aholi orasida tushuntirish ishlari olib
borish lozim. Albatta pedagogik tarbiyaning asosiy maqsadi-nafaqat yoshlarga tarbiya
berish, balki ta’lim ham berishdan ham iboratdir. Turmush tarzining nosog‘lom
bo‘lishi ishsizlik, kam ta’minlanganlik,etimlilik va boshqalar) yoshlar orasida
kasalliklarning tez va keng tarqalishiga sabab bo‘ladi. Yoshlar orasida surunkali
kasalliklar ko‘rsatkichlarining ko‘payishi ular orasida tibbiy yordam ko‘rsatishning
keng tarmog‘li olib borish kerakligini ko‘rsatib turibdi: har bir talaba o‘z-o‘ziga
yordam, birinchi tibbiy yordamni tashkil etish, ekstremal holatlarda, favqulodda
vaziyatlarda yordam ko‘rsatishni bilishi kerak. Tabiiy, texnogen, ekologik tusdagi
favqulodda vaziyatlar yoshlar, qolaversa aholi orasida turli darajadagi shikastlanish,
jarohatlar, zaharlanish, yuqumli kasalliklarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Bu holatda
har bir kishidan tezlik bilan o‘z-o‘ziga va o‘zaro yordam berish kerakligini talab etadi.
Faqatgina aholining salomat va ma’lumotli bo‘lishigina mamlakatning rivojlanishiga
va mudofaasiga salmog‘li hissa qo‘shadi. “Stress” inglizcha so‘z bo‘lib tanglik,
zo‘riqish, bosim degan ma’nolarni anglatadi. Oddiy tilda tushkunlikka tushish,
deyiladi. Bu ba’zida oz fursat, ba’zida uzoq vaqt kechishi mumkin. Ikkala holatda ham
insonga zarar yetkazadi. Ya’ni, aqliy faoliyatning susayishi, yurak urishi tezlashishi,
qon tomirlari kengayishi, ichki kasalliklar - oshqozonda yallig‘lanishlar kelib
chiqishiga sabab bo‘ladi. Stressning salbiy tomonlaridan yana biri miyani tormozlab,
ma’nosiz fikrlaydigan darajaga tushirib qo‘yishi mumkin. Agar odam tez-tez
tushkunlikni boshidan kechirsa, atrofdagilar bilan gaplasha olmaydigan holatga
tushadi. Stress natijasida inson o‘ziga past baho bera boshlaydi. Oqibatda o‘zini
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_2-to’plam_Aprel-2025
274
ISSN:3030-3613
yolg‘izdek, yaqinlariga keraksizdek his qiladi. Sekin-asta ruhiy tetiklik yo‘qola
boshlaydi.
XULOSA
Stressning ilk belgilari qanday namoyon bo‘ladi? Uning fiziologik va psixologik
turlari mavjud. Bir narsadan qattiq qo‘rqib ketish, kutilmaganda avtohalokat yoki tabiiy
ofatga uchrash, tanasidagi birorta kasallik oqibatini bilib qolish, to‘satdan yaqin
kishisini yo‘qotish fiziologik stressni keltirib chiqaradi. Psixologik stress - insonning
emotsional holati bilan bog‘liq. Bu ko‘proq qaynona-kelin, er-xotin yoki ona va bola
o‘rtasidagi mojarolar tufayli kelib chiqadi. Uzoq vaqt birga bo‘lgan sevgilisidan
ajralish yoki to‘satdan ishdan bo‘shatilish holatlari ham psixologik stressni keltirib
chiqaradi. Har ikki holat insonni ham tashqi qiyofasiga, ham ichki dunyosiga ta’sir
ko‘rsatadi va albatta, asoratlari bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Гайбуллаев, А. А. Психология: происхождение и структура научного факта.
Вестник интегративной психологии, 19(19), 115-119.
2.
G’aybulloyev, A. A. (2021). Sportchilarda hissiy-irodaviy sifatlar shakllanishining
psixologik mexanizmlari. Psixologiya ilmiy jurnali, 92-96.
3.
Abdurozikovna, S. D. (2014). Social intelligence: general defining moment.
Austrian Journal of Humanities and Social Sciences, (3-4), 154-155.
4.
Сабирова, Д. А. (2016). Олий таълим муассасаларида масофавий таълимни
жорий этиштехнологиялари. Современное образование (Узбекистан),
5.
(11), 14-20.
6.
Гайбуллаев, А. А. Психология: происхождение и структура научного факта.
Вестник интегративной психологии, 19(19), 115-119.