Mualliflar

  • A.A.Xodjaliyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95913

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: ilmiy meros ijyimoiy himoya ijtimoiy himoya siyosati madaniy ehtiyojlar muhofaza mexanizm jamiyat.

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  Imom  Buxoriyning  ilmiy  merosida  ijtimoiy 
himoya  masalalari  batafsil  bayon  qilib  berildi.    Islomda  ijtimoiy  himoya  birinchi 
navbatda,  jamiyatdagi  har  bir  shaxsning  huquqlarini  va  farovonligini  ta’minlashga 
qaratilgan. Islomning ijtimoiy himoya siyosati asosida insonning iqtisodiy, ijtimoiy va 
madaniy ehtiyojlarini qondirish, ularni himoya qilish va ular uchun muhofaza qilish 
mexanizmlari mavjud. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

118

ISSN:3030-3613

IMOM BUXORIY ILMIY MEROSIDA IJTIMOIY HIMOYA

MASALALARINI YORITILISHI

A.A.Xodjaliyev

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent

Islom Instituti 4-kurs talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Imom Buxoriyning ilmiy merosida ijtimoiy

himoya masalalari batafsil bayon qilib berildi. Islomda ijtimoiy himoya birinchi
navbatda, jamiyatdagi har bir shaxsning huquqlarini va farovonligini ta’minlashga
qaratilgan. Islomning ijtimoiy himoya siyosati asosida insonning iqtisodiy, ijtimoiy va
madaniy ehtiyojlarini qondirish, ularni himoya qilish va ular uchun muhofaza qilish
mexanizmlari mavjud.

Kalit so‘zlar:

ilmiy meros, ijyimoiy himoya, ijtimoiy himoya siyosati, madaniy

ehtiyojlar, muhofaza, mexanizm, jamiyat.

:يحيضوتلا قيلعتلا

يراخبلا ماملإل يملعلا ثرلإا يف ةيعامتجلاا ةيامحلا اياضق لوانت مت ،ةلاقملا هذه يف

.لصفم لكشب

يف درف لك ةيهافرو قوقح نامض ىلإ ءيش لك لبقو ًلاوأ ةيعامتجلاا ةيامحلا فدهت ،ملاسلإا يف
ةيداصتقلاا تاجايتحلاا يبلتو ةيامحلا رفوت تايلآ ىلإ ملاسلإا يف ةيعامتجلاا ةيامحلا ةسايس دنتست .عمتجملا

.مهل اهظفحتو دارفلأل ةيفاقثلاو ةيعامتجلااو

:ةيحاتفملا تاملكلا

،ةيفاقثلا تاجايتحلاا ،ةيعامتجلاا ةيامحلا ةسايس ،ةيعامتجلاا ةيامحلا ،يملعلا ثرلإا

لا ،ةيامحلا

.عمتجملا،مزيناكيم

Annotation:

In this article, the issues of social protection in the scholarly legacy

of Imam Bukhari are elaborated in detail. In Islam, social protection is primarily aimed
at ensuring the rights and well-being of every individual in society. The social
protection policy of Islam is founded on mechanisms that safeguard, fulfill, and
preserve individuals' economic, social, and cultural needs.

Keywords:

Scholarly heritage, Social protection, Social protection policy,

Cultural needs, Safeguarding, Mechanism, Society.

Аннотация:

В данной статье подробно рассматриваются вопросы

социальной защиты в научном наследии Имама Бухари. В Исламе социальная
защита в первую очередь направлена на обеспечение прав и благополучия
каждого человека в обществе. Политика социальной защиты Ислама основана на
механизмах, которые обеспечивают удовлетворение, защиту и сохранение
экономических, социальных и культурных потребностей людей.

Ключевые слова:

Научное наследие, Социальная защита, Политика

социальной защиты, Культурные потребности, Защита, Механизм, Общество


Mustaqillik yillarida yurtimizda muhaddislar sultoni buyuk vatandoshimiz Abu

Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriyga yuksak ehtirom va e’tibor ko‘rsatilmoqda.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

119

ISSN:3030-3613

Imom Buxoriy tavalludining 1225 yilligi munosabati bilan 1998-yili allomaning
mahobatli yodgorlik majmuasi barpo qilindi. Imom Buxoriy rahmatullohi alayh hijriy
194-yil 13-shavvol, juma kuni tavallud topgan. Imom Buxoriyning to‘liq ismi
Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mug‘ira ibn Bardizbah ibn Bazizbih al-
Jo‘fiy al-Buxoriydir.

Imom Buxoriyni bolalik kezlarida ko‘zlari ko‘rmay qolib, onasi u haqida juda

qattiq qayg‘uga botadi. Imom Buxoriyning volidasi juda ibodatli, Alloh taologa
muqarrab ayollardan edi. Bolasining taqdiridan qayg‘urib, o‘ta xokisorlik bilan Alloh
taologa duolar qildi. Bir kecha tushida Ibrohim alayhissalomni ziyorat etdi va u zot:
“Qilgan duolarining barakoti bois, Alloh taolo farzandingni ko‘zlarini qaytarib berdi”,
deb bashorat berdi. Imom Buxoriyda maktab davridayoq hadis yodlashga qiziqish
paydo bo‘lgan. Hadislarni yodlash va ularni jamlashga bo‘lgan qizish olimning
keyinchalik Islom olamida Qur’oni Karimdan keyinga o‘rinda turadigan “Sahihi
Buxoriy” kitobini tasnif qilishga undadi.

Islom dini insonlarni jamoa bo‘lib yashashga hamda bir-birlariga mehr-oqibatli

bo‘lishga va jamiyatdagi ehtiyojmand tabaqalarni ham moddiy ham ma’naviy qo‘llab-
quvvatlashga targ‘ib qiladi. Buning yorqin dalili o‘laroq Imom Buxoriyning
asarlaridan bir necha hadislarni keltirishimiz mumkin.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Qachon bir kishi birodarini bemorligida ko‘rgani borsa yoki ziyorat qilsa, Alloh

unga: “Sen xushhol bo‘lding, sening yurishing ham xushhol bo‘ldi va jannatdan bir
manzilni egallading” deydi”, - dedilar”.

Shuning uchun, mo‘min-musulmonlar bemor bo‘lgan birodarlarini ko‘rgani

borishlari yoki xolis Alloh roziligi uchun ziyorat qilishlari ulug‘ bir savoblarga, Alloh
subhanahu va taoloning e’tiboriga va jannatdan joy olishdek ulug‘ bir ishni qilishga
sabab bo‘ladi.

Albatta,bemorlarning ko‘nglini ko‘tarish yoki bir birodarini ziyorat qilish ijtimoiy

aloqalarning rivojlanishiga, kishilar o‘rtasida do‘stlik, birodarlik ruhining
kengayishiga, mustahkamlanishiga sabab bo‘ladigan amallardir.

Bu narsa nafaqat o‘sha ziyorat qilgan yoki ziyorat qilingan kishi, balki ularning

oilalari, qavm-qarindoshlari, shogirdlari va boshqalarning, qolaversa, butun
jamiyatning bir-biriga mehribon bo‘lishlari, o‘zaro do‘st, birodar bo‘lishlari, bir-
birining holidan xabar oladigan oladigan holatga yetishlariga olib boradi.

Imom Buxoriy asosan “Al-Jome’ as-Sahih” (Sahih al-Buxoriy) asarida

musulmon jamiyatining ijtimoiy hayotiga oid ko‘plab hadislarni jamlagan. Ushbu
hadislar orqali Islomdagi insonparvarlik, mehr-muruvvat va ijtimoiy adolat
tamoyillarini yoritib bergan.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

120

ISSN:3030-3613

Imom Buxoriy hadislari orasida yetim va beva ayollarni himoya qilishning savobi

va muhimligi borasida ko‘plab rivoyatlar keltirilgan. Masalan, Sahl ibn Sa’d
roziyallohu anhu aytadi:

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Men va yetimning kafili jannatda mana

bundaymiz” deb ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarini ko‘rsatdilar. Bu hadis
musulmonlarni yetimlarga g‘amxo‘rlik qilishga va ularni jamiyatda e’tiborsiz
qoldirmaslikka targ‘ib qiladi.

Ushbu hadis Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning

yetimlarga bo‘lgan e’tibor va mehr-muhabbatlarini ko‘rsatadigan, musulmon
jamiyatida ijtimoiy adolat va g‘amxo‘rlik tamoyillarining nechog‘lik muhimligini
ta’kidlovchi nodir hadislar sirasidandir. Hadisni diqqat bilan o‘rganib chiqadigan
bo‘lsak quyidagilarni bilib olamiz:

1. "

Men va yetimni kafolat qilgan kishi...

"

Bu yerda "kafolat qilgan kishi" degani — yetim bolaga homiylik qilgan, uni

boqib, tarbiyalab, unga mehr-muhabbat bilan muomala qilgan inson nazarda
tutilmoqda. Kafolat faqat moliyaviy yordam emas, balki uni mehr bilan tarbiyalash,
yuragida g‘amxo‘rlik tuyg‘usini uyg‘otish, uni o‘z farzandidek ko‘rishdir.

2. "

Jannatda men bilan shunday bo‘ladi

"

Bu kalomda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlarini jannatdagi eng oliy

maqomga ega zot sifatida namoyon qilgan holda, yetimga g‘amxo‘rlik qiluvchi
kishining ham u zotga yaqin bo‘lishi mujdasi berilgan. Bu — ulug‘ daraja. Chunki hech
bir bandaning maqomi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga teng bo‘la olmaydi. U
zot bilan jannatda yaqin bo‘lish esa, eng yuksak saodatdir.

3

. Ikki barmoqni bir-biriga yaqin qilib ko‘rsatishlari

Bu holat ta’sirchanlikni oshirish, qalblarga chuqurroq yetkazish uchun qilinadi.

Bu amaliy ishora orqali u zot yetim parvarishi qanchalik ulug‘ amal ekanini bevosita
ko‘rsatib, uni ishonchli, muhim va yaqinlik keltiruvchi amal sifatida e’tirof etganlar.

4.

Yetim parvarishining ijtimoiy ahamiyati

Islom dinida yetimlar jamiyatning eng nozik, himoyaga muhtoj qatlamidir.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam doimo yetimlarga mehr bilan munosabatda
bo‘lishni targ‘ib qilganlar. Ularning haq-huquqlarini yemagan, ular ustidan zulm
qilmagan va ularni o‘z farzandidek tarbiyalagan kishilar jannatga haqli bo‘ladilar.

5

. Amaliy jihatdan dalolat

Ushbu hadis musulmonlarni yetimlarga boshpana, mehr, ta’lim-tarbiya va moddiy

yordam ko‘rsatishga chorlaydi. Har bir musulmon oilasi hech bo‘lmaganda bir yetimni
homiylikka olishi, uning ehtiyojlarini qondirishi orqali o‘zining oxiratdagi saodatini
ta’minlashi mumkin.

Bu hadis bizlarga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning rahm-shafqatli,

mehribon inson sifatidagi siymosini yana bir bor eslatadi. Yetimga homiylik qilish —


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

121

ISSN:3030-3613

bu nafaqat bir insoniylik burchi, balki jannatga eltuvchi yo‘l hamdir. Kimki bu yo‘lda
qat’iylik bilan harakat qilsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yaqin qo‘shnisi
bo‘lishdek ulug‘ ne’matga erishadi.


Imom Buxoriy ilmiy merosida ijtimoiy himoya masalalari turli jihatlari bilan

yoritilgan:
Yetimlar va bevalarga g‘amxo‘rlik qilish savobi haqida hadislar.
Kambag‘allar va muhtojlarni qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati.
Mehnat huquqlari va halol tirikchilikning fazilatlari.
Musulmonlar o‘rtasidagi birdamlik va mehr-muhabbatni mustahkamlash.
Yetimlarning moliyaviy huquqlarini himoya qilish.
Jamiyatdagi adolat va tenglik tamoyillarini targ‘ib qilish.
Imom Buxoriyning hadislari musulmon jamiyatini ijtimoiy barqarorlik, adolat va
mehr-muruvvat asosida qurishga chaqiradi. Bu tamoyillar bugungi jamiyat uchun ham
juda dolzarb va muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Олтин силсила. Саҳиҳул Бухорий. Ж. 7. – Т.: Hilol-Nashr, 2021. – 704

2.

Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. Одоблар хазинаси. Имом Бухорий
“Адабул муфрад” китобининг шарҳи. Ж.2. – Т.: Hilol-Nashr, 2020.

3.

Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. Ислом тарихи. Ж. 1. Hilol-Nashr, – Т.:
2017, – 512 б.



Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Олтин силсила. Саҳиҳул Бухорий. Ж. 7. – Т.: Hilol-Nashr, 2021. – 704

Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. Одоблар хазинаси. Имом Бухорий

“Адабул муфрад” китобининг шарҳи. Ж.2. – Т.: Hilol-Nashr, 2020.

Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. Ислом тарихи. Ж. 1. Hilol-Nashr, – Т.:

, – 512 б.