Jild 60 № 3 (2025)

Jild 60 № 3 (2025)
Nashr qilingan: 27-05-2025

Maqolalar

3-5 27 10

ZAMONAVIY OILALARDA JONLI MULOQOT: PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK SHAROITLAR TADQIQI

Tursunova Maftunabonu Baxtiyorjon qizi, G'aforova Ziyoda Nasriyeva

 
Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  zamonaviy  oilalarda  jonli  muloqotning 
ahamiyati,  uning  tarbiyaviy  va  psixologik  jihatlari,  shuningdek,  bunday  muloqotni 
shakllantirish va rivojlantirishga ta’sir etuvchi pedagogik-psixologik sharoitlar tadqiq 
qilingan. Tadqiqot natijalari oilaviy muhitda sog‘lom kommunikatsiya madaniyatini 
shakllantirish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. 

146-147 25 7

ROMANTIZM ADABIYOTI: HISSIYOT, TASAVVUR VA ERKINLIK RUHI

Bohodirova Marg’ubaxon Botirjon qizi

 
Anotatsiya: Ushbu maqolada romantizm adabiyotining paydo bo‘lishi, asosiy 
xususiyatlari,  mashhur  vakillari  va  uning  o‘zbek  adabiyotiga  ta’siri  haqida  so‘z 
yuritiladi. Romantizm oqimi inson qalbidagi ichki kechinmalar,  orzular, erkinlik va 
go‘zallikni kuylash orqali o‘ziga xos adabiy muhit yaratgan. Maqolada romantizmning 
jamiyatdagi roli va adabiy taraqqiyotdagi o‘rni ham tahlil qilinadi. 

276-280 38 21

MILLIY AXBOROT RESURSLARI

Xoshimova Shirinabonu Sherxon qizi, Mirzaakbarov Dilshodbek Dovlatboyevich

 
Annotatsiya: Ushbu maqolada milliy axborot resurslari tushunchasi, ularning 
turlari, funksiyalari va zamonaviy jamiyatdagi o‘rni atroflicha tahlil qilinadi. Milliy 
axborot  resurslari  deganda  mamlakat  hududida  yaratilgan,  to‘plangan  va  fuqarolar, 
tashkilotlar  hamda  muassasalar  ehtiyoji  uchun  xizmat  qiluvchi  axborotlar  majmui 
tushuniladi.  Maqolada  kutubxonalar,  arxivlar,  ilmiy-texnik  ma’lumotlar  bazalari, 
elektron resurslar va davlat portallari kabi axborot manbalari misolida ularning amaliy 
ahamiyati  yoritilgan.  Davlat  siyosati,  raqamlashtirish  jarayonlari,  zamonaviy 
texnologiyalarni  joriy  etish,  axborot  xavfsizligi  va  intellektual  mulk  huquqlarini 
himoya qilish masalalari ham tahlil qilinadi. Shuningdek, milliy axborot resurslarining 
ta’lim,  ilm-fan,  madaniyat  va  iqtisodiy  taraqqiyotga  ta’siri, mavjud  muammolar  va 
ularni hal etish yo‘llari haqida ham fikr yuritiladi. Maqola axborot jamiyatini barpo 
etishda milliy resurslarning strategik ahamiyatini ochib beradi. 

281-283 29 8

ZIYONET AXBOROT TAʻLIM TARMOGʻI VA UNING LOYIHALARI

Muhammadjonova Xonzodabegim Otabek qizi, Mirzaakbarov Dilshodbek Dovlatboyevich

 
Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  Oʻzbekiston  Respublikasida  taʻlim  tizimini 
raqamlashtirish va zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish 
yoʻnalishida  muhim  ahamiyat  kasb  etuvchi    ZiyoNet  axborot-taʼlim  tarmogʻining 
taʼlim  sohasini  raqamlashtirishdagi  oʻrni  va  faoliyati  tahlillar  bilan  yoritiladi. 
Tarmoqning asosiy maqsad va vazifalari, uning doirasida amalga oshirilgan loyihalar, 
ularning mazmun-mohiyati va foydaliligi haqida batafsil maʼlumot beriladi. Maqola 
ZiyoNetning pedagoglar, talabalar va oʻquvchilar uchun yaratayotgan imkoniyatlari 
hamda zamonaviy taʼlimdagi ahamiyatini ochib beradi.   

284-288 21 16

O’ZBEKISTONDA RIVOJLANIB BORAYOTGAN MILLIY TARMOQ RESURSLARI AFZALLIKLARI

Muhammadaliyeva Nazifaxon Foziljon qizi, Mirzaakbarov Dilshodbek Dovlatboyevich

 
Annotatsiya: Mazkur  maqolada O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda 
jadal  rivojlanib  borayotgan  milliy  tarmoq  resurslari,  ularning  ahamiyati  hamda 
zamonaviy  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari  (AKT)  sohasidagi  o‘rni  tahlil 
etiladi. Maqolada shuningdek, milliy tarmoq resurslarining ishonchliligi, xavfsizligi, 
iqtisodiy samaradorligi hamda madaniy-ma’naviy merosni saqlab qolishdagi roli ham 
yoritib berilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda raqamli infratuzilmani rivojlantirish 
borasidagi istiqbolli yo‘nalishlarni belgilashga xizmat qiladi. 

289-294 43 14

VEKTORLI VA RASTRLI GRAFIKADA ISHLOVCHI DASTURLAR VA ULARNI QO‘LLANISH SOHALARI

Mirzaakbarov Dilshodbek Dovlatboyevich, Musojonova Zilola Doniyorjon qizi

Annotatsiya.  Maqolada  zamonaviy  grafik  dizayn  texnologiyalarining  asosiy 
yo‘nalishlari bo‘lgan vektorli va rastrli grafikalar, ularda ishlovchi dasturiy vositalar 
hamda  ularning  qo‘llanish  sohalari  tizimli  ravishda  o‘rganiladi.  Vektorli  grafika 
matematik formulalarga asoslangan holda grafik elementlarni aniqlik bilan ifodalash 
imkonini berishi tufayli, u asosan logotiplar, grafik identifikatsiya, texnik chizmalar va 
chizmalar tayyorlashda qo‘llaniladi. Rastrli grafika esa piksel asosidagi tuzilishga ega 
bo‘lib, murakkab rang o‘tishlari, foto tahrirlash va realistik effektlar yaratishda keng 
qo‘llanadi. Maqolada Adobe Illustrator, CorelDRAW, Inkscape kabi vektorli grafik 
muharrirlar, hamda Adobe Photoshop, GIMP, Krita kabi rastrli muharrirlarning texnik 
imkoniyatlari,  afzallik  va  kamchiliklari,  ularning  zamonaviy  dizayn,  nashriyot  ishi, 
multimedia sanoati, arxitektura va muhandislik grafikasi kabi sohalardagi o‘rni ilmiy 
yondashuv asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada grafik axborotning samarali 
uzatilishi va vizual kommunikatsiyaning sifat darajasini belgilovchi omillar ham tahlil 
etilib, ularning  turli sohalarda qanday  rol  o‘ynashi asosli dalillar bilan ko‘rsatiladi. 
Ushbu tadqiqot grafik dizayn, raqamli san’at va axborot texnologiyalari sohasida tahsil 
olayotgan  talabalar,  tadqiqotchilar  va  amaliyotchilar  uchun  nazariy  va  amaliy 
ahamiyatga ega bo‘lgan muhim manba sifatida tavsiya etiladi. 

295-297 27 13

MAKTABDA DARSLARNI PAST O’ZLASHTIRUVCHI O’QUVCHILAR BILAN ISHLASHNING PSIXOLOGIK YECHIMLARI

Nazirova Zulxumorxon Zuhriddin qizi

 
Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  past  darajadagi  o’zlashtiruvchi  o’quvchilar 
kognitiv ehtiyojlarini shakllantirishning psixologik omillari tahlil qilingan.   

298-302 29 10

ILK BOLALIK DAVRIDAGI YETAKCHI FAOLIYAT VA AQLIY RIVOJLANISH

Madaminova Odinaxon Muqimjon qizi.

Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  ilk  bolalik  davrida  bola  shaxsining 
shakllanishida  muhim  o‘rin  tutuvchi  yetakchi  faoliyat  turlari  va  ularning  aqliy 
rivojlanishga  ta’siri  tahlil  qilinadi.  Unda  ayniqsa,  o‘yin,  muloqot  va  mehnat 
faoliyatining  bolaning  tafakkuri,  xotirasi,  diqqat  va  nutqini  rivojlantirishdagi  o‘rni 
yoritib  berilgan.  Shuningdek,  pedagogik  yondashuvlar  asosida  yetakchi  faoliyatni 
to‘g‘ri  tashkil  etish  orqali  bolalarda  mustaqil  fikrlash  va  ijtimoiy  ko‘nikmalarni 
shakllantirishning  imkoniyatlari  ochib  berilgan.  Maqola  maktabgacha  ta’lim 
muassasalari pedagoglari hamda ota-onalar uchun metodik tavsiyalarni ham o‘z ichiga 
oladi. 

303-310 28 10

BOSHLANG'ICH 3-SINF O'QUVCHILARI UCHUN MILLIY VA HARAKATLI O'YINLAR

G'aniyev Suxrob Abduvali o'g'li, Boboraximov Shakarbek Foziljon o'g'li

Annotatsiya 
Ushbu tadqiqot boshlang'ich 3-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan milliy va 
harakatli o'yinlarning ta'limiy-tarbiyaviy ahamiyatini o'rganadi. Tadqiqotda 68 nafar 
o'quvchi (34 nafar qiz, 34 nafar o'g'il bola) ishtirok etdi. Beshta milliy va harakatli o'yin 
("Chavandozlar",  "Oq  terakmi,  ko'k  terak",  "Tortishmachoq",  "Pufakchalar", 
"Chumchuq") eksperimental tadqiq qilindi. Natijalar o'yinlarning jismoniy faollikni 
oshirish (yurak urish tezligi 15-20% oshganligi), milliy qadriyatlarni o'zlashtirish (80% 
o'quvchilar  milliy  qadriyatlar  haqida  tushunchalarining  kengayganligi)  va  ijtimoiy 
ko'nikmalarni  rivojlantirish  (hamkorlik  ko'nikmalarining  30%  yaxshilanganligi) 
jihatlaridan  samaradorligini  ko'rsatdi.  Tadqiqot  natijalariga  ko'ra  boshlang'ich  sinf 
darslariga milliy o'yinlarni integratsiya qilishning amaliy modeli va metodik tavsiyalar 
ishlab chiqildi. 

136-145 46 13

DIPLОMАTIK DАXLSIZLIK HUQUQI VА UNING ZАMОNАVIY XАLQАRО HUQUQDАGI АHАMIYАTI.

Rayimova Munisa Nozim qizi, Eshmanov Sardor

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  diplomatik  daxlsizlik  huquqining  tarixiy 
ildizlari,  uning  xalqaro  huquqdagi  shakllanishi  hamda  zamonaviy  xalqaro 
munosabatlar  tizimidagi  o‘rni  tahlil  qilinadi.  Diplomatik  vakillarning  huquqiy 
maqomi,  ularga  taqdim  etilgan  daxlsizlik  kafolatlari  va  bu  huquqning  xalqaro 
diplomatik  aloqalarni  barqarorlashtirishdagi  roli  yoritilgan.  Shuningdek,  diplomatik 
daxlsizlikning suiiste’mol qilinishi bilan bog‘liq holatlar va ularni tartibga soluvchi 
xalqaro  mexanizmlar  o‘rganiladi.  Mazkur  tadqiqot  orqali  diplomatik  daxlsizlik 
prinsiplari  zamonaviy  xalqaro  huquq  amaliyotida  qanday  qo‘llanilayotgani, 
shuningdek,  xalqaro  xavfsizlik  va  adolat  tamoyillari  bilan  qanday 
muvofiqlashtirilayotgani tahlil qilinadi. 

273-275 30 20

OPERATSION TIZIMLAR VA ULARNING YANGI IMKONIYATLARI

Abdullayeva Ominaxon Orifjon qizi, Dilshodjon Mirzaakbarov Davlatboyevich

Annotatsiya.  Maqola  operatsion  tizimlarning  rivojlanishini  va  zamonaviy 
texnologiyalar bilan integratsiyasini ko‘rib chiqadi. Bugungi kunda operatsion tizimlar 
foydalanuvchilarga  qulaylik  yaratish,  xavfsizlikni  ta’minlash  va  ishlash 
samaradorligini  oshirish  uchun  yangi  imkoniyatlar  taqdim  etadi.  Bulutli 
texnologiyalar,  sun’iy  intellekt  va  virtualizatsiya  kabi  yangiliklar  tizimning 
imkoniyatlarini  kengaytirmoqda.  Maqola  operatsion  tizimlarning  kelajakdagi 
rivojlanish istiqbollarini o‘rganadi.  

148-150 31 21

MULTIMEDIA MA’LUMOTLARINI RAQAMLI UZATISH SIFATINI TAHLIL QILISH, TAKOMILLASHTIRISH ALGORITMLARINI ISHLAB CHIQISH VA TADQIQ QILISH

Tursunova Aziza Axmadjanovna, Ramazonov Umrzoq Otabek o’g’li

Annotatsiya:  ushbu  maqolada  mavjud  va  kelajakdagi  aloqa  tarmoqlarida, 
birinchi  navbatda  mobil  va  radio  tarmoqlarida,  real  vaqt  rejimida  trafikni  yuqori 
tezlikda uzatishni talab qiladigan xizmatlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq holda, 
kanallardan  foydalanishni  oshirish  va  foydalanuvchining  idrok  sifatini  maksimal 
darajada  oshirish  vazifasi  dolzarbdir.  Shu  sababli  multimedia  xizmatlari  sifatini 
oshirish  va  infratuzilmadan  foydalanish  samaradorligini  oshirish  maqsadida 
kanalning  joriy  holatiga  avtomatik  tarzda  sozlangan  tarmoq  protokollaridan 
foydalanish  va  maqsadli  funksiya  sifatida  insonga  yo‘naltirilgan  metrologik 
usullardan foydalanish taklif etiladi. 

151-157 33 17

SENSOR TARMOQLARI ASOSIDAGI INTELEKTUAL TIZIMLARNI TAHLIL QILISH

Suvonov Himmatjon Hakimjon o’g’li, Maripova Aziza Murod qizi

Annotatsiya:  sensor  tarmoqlari  asosan  sensorlar  yordamida  atrof-muhit 
haqidagi ma’lumotlarni yig’ib, ushbu ma’lumotlarni tarmoq orqali markazlashtirilgan 
tizimlarga  yoki  real  vaqt  rejimida  qayta  ishlovchi  tizimlarga  uzatadi.  IoT-internet 
ashyolari  bilan  chambarchas  bog‘liq  bo‘lib,  zamonaviy  intellektual  tizimlar  uchun 
zarur  bo‘lgan  infratuzilma  yaratadi.  Ushbu  maqolada  sensor  tarmoqilar  asosidagi 
intelektual tizimlarning tashkil etilishi, ishlash jarayonlari va ularning turli sohalarda 
qo‘llanilishini ko’rib chiqamiz. 

158-164 32 15

SHAXSIY VA MAHALLIY SIMSIZ TARMOQLARDA SINXRONIZATSIYA MEXANIZMLARINI TAHLIL QILISH

Tursunova Aziza Axmadjonovna, Maxamatqulov Akmaljon Abdulla o’g’li

Annotatsiya:  bu  maqolada  shaxsiy  va  mahalliy  simsiz  tarmoqlarda 
sinxronizatsiya mexanizmlarining ahamiyati, ulardan foydalanish tamoyillari, mavjud 
muammolar  va  rivojlanish  istiqbollari  tahlil  qilingan.  Zamonaviy  texnologiyalar 
doirasida  vaqt  va  chastota  sinxronizatsiyasi  muammolariga  e’tibor  qaratilgan. 
Sinxronizatsiya  tarmoq  ishonchliligi  va  xizmat  sifati  uchun  muhim  komponent 
hisoblanib,  zamonaviy  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarida  muhim  o‘rin 
egallaydi. 

165-170 34 6

DO‘KON SAVDO JARAYONLARINI ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA AVTOMATLASHTIRISH

Hakimov Zoxid Abdullayevich, Axmedov Abror Anvar oʻgʻli, Odamboyev Muhammad Ravshanbek oʻgʻli, Yunusxo‘jayev Lutfullo Zafarxo‘ja o‘g‘li

Annotatsiya:  Hozirgi  globallashuv  va  raqamli  transformatsiya  sharoitida 
chakana  savdo  sohasi  uchun  savdo  jarayonlarini  avtomatlashtirish  nafaqat  ish 
jarayonlarini soddalashtirish, balki mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, savdo hajmini 
oshirish  va  resurslardan  samarali  foydalanishni  ta’minlashda  muhim  omil  bo‘lib 
xizmat  qilmoqda.  Maqolada  zamonaviy  savdo  tizimlari,  elektron  to‘lov  vositalari, 
ombor va mahsulot hisobini yuritish dasturlari, shtrix-kod skanerlari hamda mijozlar 
ma’lumotlar bazasini boshqarish texnologiyalari tahlil qilinadi. 

171-177 30 11

МАҲАЛЛА – ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИНИ ТАШКИЛ ЭТИШДА АСОСИЙ МАСКАН.

Муминов Абдумалик Абдумажидович

Анотация:  Мазкур  мақолада  ҳуқуқбузарликлар  профилактикасининг 
аҳамияти, ҳуқуқбузарликлар профилактикасини амалга оширишда маҳалланинг 
ўрни,  ҳуқуқбузарликлар  профилактикасида  профилактика  инспекторларининг 
фуқароларнинг  ўзини  ўзи  бошқариш  органлари  ва  жамоатчилик  билан 
ҳамкорлиги, ҳамкорликни самарали ташкил этиш чора-тадбирлари ҳамда амалга 
ошириш йўллари, мазкур соҳани тартибга солувчи норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар 
таҳлили  ва  таснифи,  профилактик  чора-тадбирларнинг  аҳамияти,  уларни 
самарали амалга ошириш усуллари, илмий асосланган ҳолда ёзилган.   

178-184 26 13

O‘ZBEKISTONDA AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI VA XAVFSIZLIGI SOHASIDAGI JINOYATLARNING OLDINI OLISHNING MUHIM AHAMIYATI.

Mo‘minov abdumalik abdumajidovich

Annotatsiya. O‘zbekistonda axborot texnologiyalari va xavfsizligi sohasidagi 
jinoyatlarning  oldini olishda    zamonaviy  axborot  texnologiyalarini  joriy  etish  bilan 
bog‘liq  tendensiyalarning  mazmun-mohiyati  ochib  berilgan.  jumladan,  ushbu 
jarayonning  asosiy  yo‘nalishlari,  mavjud  muammolar  ilmiy  jihatdan  tadqiq  etilgan. 
umuman olganda, mamlakatimizda axborot texnologiyalari va xavfsizligi sohasidagi 
jinoyatlarning oldini olishda   amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi va uni yanada 
samarali amalga oshirishning istiqbollari tahlil qilingan. 

185-190 36 25

СИФАТЛИ ТАЪЛИМ – СИФАТЛИ КАДРЛАР КАФОЛАТИ

Мухторов Жўрабек Сайидқулович

Анотация:  Мазкур  мақолада  профессор-ўқитувчиларининг  педагогик 
маҳоратини  ошириш,  ўқув  машғулотларни  инновацион  ва  интерактив 
методлардан  фойдаланиш,  профессор-ўқитувчилар  меҳнатини  меъёрга  солиш,  
ўқув машғулотларни ўтказиш учун ўқув-услубий материалларини тайёрлаш ва 
ўқув  жараёнига  татбиқ  этиш,  узлуксиз  ўқув-карьера  жараёни  тизими  асосида 
кадрларни  тайёрлашда  ходимларнинг  “электрон  портфолио”сини 
шакллантириш,  таълим  жараёнига  «Monitoring»  –  профессор-ўқитувчилар 
педагогик  фаолият  мониторинги  дастурини  жорий  этиш,  “Педагог  электрон 
портфолиоси” дастурий платформасини ишлаб чиқиш ва амалиётга жорий этиш 
каби таклиф ва тавсиялар ишлаб чиқилган.  

237-238 25 8

JAHON ADABIYOTIDA UYG‘ONISH DAVRINING O‘RNI VA AHAMIYATI

Muxtorjonova Muslima Habibullayeva, Vasila Ibrohimjonova Moxichexra

Anotatsiya: Mazkur maqolada Uyg‘onish davri jahon adabiyotida tutgan o‘rni, 
uning asosiy g‘oyalari, taniqli namoyandalari va bu davr adabiyotining insonparvarlik 
ruhidagi yangilanishi haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, Uyg‘onish davrining keyingi 
adabiy jarayonlarga ta’siri tahlil qilinadi. 

199-203 28 0

СЛУЖБА ПРОБАЦИИ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН. ОСУЩЕСТВЛЕНИЕ НАДЗОРА СОТРУДНИКАМИ СЛУЖБЫ ПРОБАЦИИ ЗА ЛИЦАМИ, СОВЕРШИВШИМИ ПРЕСТУПЛЕНИЕ.

Собирова Диёра Рустам қизи

Аннотация:В  данной  статье  рассмотрена  деятелность,  сотрудников 
службы  пробации  Республики  Узбекистан,их  права  и  обязанности  при 
осуществлении  надзора    в  отношении  осужденных  лиц,  проанализированы 
особенности  осуществления  надзора  за  осужденными, отличительные  черты,а 
также в ходе написания данной статьи изучен зарубежный опыт в сравнении с 
национальным. 

204-208 49 13

KIBERXAVFSIZLIK VA RAQAMLI MA’LUMOTLARNI HIMOYA QILISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Abdumannonova Guljahon Iqboljon qizi

 Annotatsiya.    Ushbu  maqolada  kiberxavfsizlikning  asosiy  tushunchalari, 
hozirgi  zamon  raqamli  tahdidlarining  turlari  va  ularga  qarshi  kurashishda 
qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, shaxsiy va 
korporativ  ma’lumotlarni  himoya  qilish  usullari  tahlil  qilinadi.  Kiber  makonda 
xavfsizlikni  ta’minlashda  sun’iy  intellekt,  kriptografiya,  “Zero  Trust”  arxitekturasi 
kabi yangi texnologik yondashuvlar o‘rganiladi. 

209-212 27 20

THE ROLE OF AI IN LANGUAGE LEARNING

Mamatqulova Diyonat Shavkat qizi

Annotation. This article examines the growing role of  Artificial Intelligence 
(AI) in language learning, highlighting its transformative impact on both formal and 
informal educational contexts. It explores how AI-powered tools—such as language 
learning  apps,  chatbots,  personalized  learning  platforms,  and  machine  translation 
services—are reshaping the way learners acquire and interact with new languages. The 
study also discusses the benefits of AI, including adaptive learning, real-time feedback, 
and  immersive  language  environments,  while  addressing  challenges  such  as  over-
reliance on technology, privacy concerns, and the potential loss of human interaction. 
Overall,  the  article  provides  a  comprehensive  overview  of  how  AI  is  enhancing 
language  acquisition  processes  and  contributing  to  more  accessible  and  efficient 
language education worldwide. 

213-216 26 9

KIBERXAVFSIZLIK ZAMONAVIY TAHDIDLAR VA HIMOYA CHORALARI

Ibrohimova Irodaxon Abdullajon qizi

 
Annotatsiya 
          Mazkur  maqolada  kiberxavfsizlik  sohasidagi  zamonaviy  tahdidlar,  ularning 
turlari,  kelib  chiqish  sabablari  hamda  bu  tahdidlarga  qarshi  ko‘rilayotgan  himoya 
choralari  keng  yoritilgan.  Shu  bilan  birga,  global  va  mahalliy  miqyosda  yuzaga 
kelayotgan xavflarga qarshi kurashishdagi dolzarb yondashuvlar, yuridik va texnologik 
choralar haqida ma’lumotlar berilgan. 

217-219 33 5

SUN’IY INTELLEKT ASOSIDAGI AVTOMATIK TARJIMA TIZIMLARI: IMKONIYATLAR, CHEKLOVLAR VA ISTIQBOLLAR

Nabiyeva Rohilaxon Sherzod qizi

Annotatsiya. Mazkur maqolada sun’iy intellekt (SI) asosidagi avtomatik tarjima 
tizimlarining rivojlanishi, hozirgi kundagi imkoniyatlari, mavjud muammolari hamda 
istiqbollari tahlil qilinadi. Tarjima texnologiyalarining turlari, mashhur vositalari va 
ularning amaliy qo‘llanilishi haqida fikr yuritiladi. 

220-224 28 12

SUN’IY INTELLEKT, KIBERXAVFSIZLIK VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI:XX1 ASR CHAQIRIQLARI

Shahzoda Xo‘jayeva Sherzodovna, Mirzaakbarov Dilshod Davlatboyevich

 
Annotatsiya.Ushbu maqolada yangi asrimizning eng dolzarb yo‘nalishlaridan 
biri-sun’iy  intellekt;kiberxavfsizlik  va  axborot  texnologiyalarining  taraqqiyoti  va 
ularning  jamiyatga  ta’siri  yoritilgan.Sun’iy  intellekt  rivojlanish  bosqichlari,uning 
amaliy  sohalaridagi  qo‘llanilishi,ayniqsa,ta’lim,sog‘liqni  saqlash,sanoat  hamda 
transport  sohalaridagi  imkoniyatlari  ko‘rib  chiqilgan.Shuningdek,axborot 
xavfsizligiga  tahdid  solayotgan  dolzarb  muammolar,kiberxujumlarning  xavfi  va 
ularning  oldini  olish  bo‘yicha  samarali  choralar  muhokama  qilinadi.Axborot 
texnologiyalarining  jadal  rivojlanishi  insoniyat  hayot  tarzini  o‘zgartirayotganligi 
ta’kidlanadi.Maqola bugungi kunda raqamli texnologiyalar bilan chambarchas bog‘liq 
bo‘lgan yangi chaqiriqlarga ilmiy yondashuv bilan yondashadi hamda bu yo‘nalishdagi 
rivojlanishlarga chuqur nazar tashlaydi. 

225-229 21 12

RAQAMLI TA’LIM: AN’ANAVIY O‘QITISH USULLARIGA RAQOBATCHI YOKI QO‘SHIMCHA VOSITA?

Mirzaakbarov Dilshodbek Dovlatboyevich, Abdusalomova Charosxon Sadriddin qizi

Annotatsiya 
Mazkur maqolada raqamli ta'limning zamonaviy ta'lim tizimidagi o‘rni, uning 
an’anaviy  o‘qitish  usullari  bilan  aloqasi  o‘rganiladi.  Raqamli  texnologiyalar  ta’lim 
jarayonida  qanday  imkoniyatlar  yaratishi,  shuningdek,  ularning  an’anaviy  usullarni 
to‘ldiruvchi vosita sifatidagi roli yoritiladi. Shuningdek, raqamli ta’limning afzalliklari 
va cheklovlari tahlil qilinib, u an’anaviy o‘qitishga raqobatchi yoki qo‘shimcha vosita 
ekanligi yuzasidan fikr yuritiladi. 

230-236 27 13

TOG‘AY MUROD ASARLARIDA QO‘LLANILGAN LEKSIK BIRLIKLARNING MA’NO TAHLILINI ANTROPOSENTRIK YONDASHUV ASOSIDA O‘RGANISH

Niyozmetov Bunyodbek

Annotatsiya: Ushbu  maqolada Tog'ay Murodning "Otamdan qolgan dalalar" 
romani  leksik  birliklarining  antroposentrik  yondashuv  asosida  ma'no  tahlili  orqali 
o'rganiladi. Tadqiqotda asarda milliy ruh, qadimiy an'analar, tabiat va inson o'rtasidagi 
uzviy  bog'liqlik,  shuningdek,  mustamlakachilikka  qarshi  kurash  va  yurtparvarlik 
g'oyalari tahlil qilinadi. Muallifning o'ziga xos badiiy uslubi, xalqona iboralari va tabiat 
tasvirlari  orqali  xalqning  milliy  mentaliteti,  tarixiy  dardi  va  erkinlik  kurashi  aks 
ettirilishi  ko'rsatib  beriladi.  Maqolada  semantik,  diskursiv,  korpus  lingvistikasi, 
komponent, psixolingvistik, qiyosiy-tarixiy, rang va simbolika tahlili kabi metodlardan 
foydalanilgan. Tadqiqot natijalari Tog'ay Murodning asari o'zbek adabiyotida milliy 
ruh va qadimiy an'analarni ifodalashda muhim o'rin tutishini ko'rsatadi. 

195-198 39 12

EFFECTS OF DIGITAL TECHNOLOGY ON LINGUISTICS

Bozorova Zarina Baxriddin qizi

Annotation. This article explores the multifaceted effects of digital technology 
on linguistics, focusing on both theoretical and practical implications. It examines how 
digital tools have influenced language use, language learning, communication styles, 
and the evolution of new linguistic phenomena such as internet slang and emojis. The 
study also highlights the role of artificial intelligence, machine translation, and social 
media  in  shaping  modern  linguistic  landscapes.  Furthermore,  it  discusses  the 
preservation and digital documentation of endangered languages. Overall, the article 
provides  insights  into  how  digital  transformation  continues  to  reshape  the  field  of 
linguistics, opening new opportunities and challenges for researchers, educators, and 
language users. 

239-242 32 16

“QISSASI RABG’UZIY” ASARINING O’ZIGA XOSLIGI VA JANRLAR TARTIBI

Mahkamova Shohista Lutfullo qizi, Tel’monova Maftuna Islombek qizi

ANNOTATSIYA:  Mazkur  maqolada  o’zbek  adabiyotining  yirik 
namoyondalaridan  biri  bo’lgan  Rag’buziyning  asarining  o’ziga  xosligi  va  janrlar 
tarkibi tahlil qilinadi. QUR’ONI Karimda payg’ambarlar qissasining keltirilishi va bu 
qissalarning  keyinchalik boshqa asarlarga asos bo’lishi,“ Qissasi Rabg’uziy ”asarining 
yozilishi va bu asardagi islomiy qissalar va ahloqiy saboqlar janrlari tarkibi o’rganiladi. 

243-244 27 9

ФОРМИРОВАНИЕ ИНОЯЗЫЧНОЙ КОММУНИКАТИВНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ У СТУДЕНТОВ: ИННОВАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ

Агаронян Анаида Александровна,, Гайратова Ирода Алишер кизи

 
Аннотация:  в  статье  рассматриваются  актуальные  подходы  к 
формированию  иноязычной  коммуникативной  компетентности  студентов 
высших  учебных  заведений  в  контексте  инновационных  образовательных 
практик.  Особое  внимание  уделяется  интеграции  цифровых  технологий, 
развитию межкультурной осведомлённости, а также внедрению интерактивных 
методов обучения в образовательный процесс. 

245-249 25 9

MUQIMIY IJODIDA IQTISODIY TENGSIZLIK MUAMMOSI VA UNING IJTIMOIY AKS-SADOSI

Muhamedov Muzaffarjon Axrorjon o‘g‘li

Annotatsiya: Ushbu maqola Muqimiy ijodida iqtisodiy tengsizlik muammosini 
o‘rganishga  bag‘ishlangan.  Muqimiy  asarlarida  aks  etgan  ijtimoiy-iqtisodiy  farqlar, 
qashshoqlik  va  sinf  qarama-qarshiliklari,  shuningdek,  ijtimoiy  adolat  masalalari 
chuqur tahlil qilinadi. Muqimiy o‘zining badiiy obrazlari va syujetlari orqali iqtisodiy 
tengsizlikning inson hayotiga ta’sirini ochib beradi va bu muammoning jamiyatdagi 
ahamiyatini  ko‘rsatadi.  Maqola  shuningdek,  Muqimiy  asarlarining  jamiyatdagi 
ijtimoiy  aks-sadosiga,  ularning  jamoatchilik  fikrini  shakllantirishdagi  roliga  e’tibor 
qaratadi.  Muqimiy  ijodi  bugungi  kunda  ham  dolzarb  bo‘lib  qolayotgan  iqtisodiy 
tengsizlik  masalalariga  nisbatan  ijtimoiy  ongni  oshirishda  muhim  ahamiyatga  ega. 
Ushbu ish Muqimiy asarlarining zamonaviy realiklar va chaqiriqlarga mos kelishini, 
shuningdek, o‘zbek jamiyatining madaniy identiteti va ijtimoiy dinamikasiga ta’sirini 
yoritadi. 

250-253 26 14

QADIMGI YUNONISTON VA RIM IMPERIYASIDA MUSIQA

Amrullayeva O‘g’iloy Hasanovna, Raxmatullayev Xumoyun Shafoatovich

Annotatsiya:  Ushbu maqolada Yunoniston va Rim imperiyalarining musiqa 
san’ati keng yoritilgan bo‘lib, musiqa asboblari, diniy marosimlar va uning madaniy  
hayotdagi  o‘rni  keng  tahlil  qilinadi.  Shuningdek,  Qadimgi  Yunoniston  va  Rim 
imperiyalarining  musiqasi  orqali  ularning  madaniy  va  ijtimoiy  hayotini  chuqurroq 
o‘rganish, musiqaning zamonaviy musiqaga qanday ta’sir ko‘rsatganligini haqida so‘z 
yuritilgan.  Qadimgi  musiqaning  asosiy  elementlari,  musiqiy  asboblar,  musiqiy 
nazariyalar va ijro uslublarini tahlil qilib, ularning ijtimoiy va diniy marosimlardagi 
o‘rni  va  ahamiyatini  o‘rganish  maqsad  qilingan.  Musiqaning  Rim  va  Yunon 
madaniyati bilan aloqalari haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. 

254-257 26 11

УЛУЧШЕНИЕ МЕХАНИЗМОВ СОЦИАЛЬНОЙ ПОДДЕРЖКИ ЖЕНЩИН

ГУЛЧЕХРА РАХМАТУЛЛАЕВА

АННОТАЦИЯ 
  В статье рассматриваются актуальные проблемы, связанные с социальной 
поддержкой женщин в современном обществе. Анализируются существующие 
механизмы  государственной  и  негосударственной  помощи,  выявляются  их 
сильные  и  слабые  стороны.  Особое  внимание  уделяется  социальным, 
экономическим  и  правовым  аспектам  защиты  прав  женщин,  находящихся  в 
уязвимом  положении:  матерей-одиночек,  безработных,  женщин  с 
ограниченными  возможностями  и  жертв  насилия.  Предлагаются  конкретные 
пути улучшения системы социальной поддержки, включая разработку целевых 
программ,  повышение  доступности  услуг,  внедрение  цифровых  технологий  и 
развитие межсекторного взаимодействия. Материалы статьи могут быть полезны 
для  исследователей,  политиков,  социальных  работников  и  других 
заинтересованных сторон. 

258-263 46 20

ELEKTRON HUKUMAT TIZIMI:ZAMONAVIY BOSHQARUVNING ASOSI

Mirzaakbarov Dilshodbek Dovlatboyevich, Odilova Dilbaroy Husanboy qizi

 
Annotatsiya.  Mazkur  maqolada  elektron  hukumat  tizimining  asosiy 
tushunchalari  va  uning  turli  mamlakatlardagi  qo‘llanilishiga  oid  muhim  jihatlar 
yoritilgan. XXI asrda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi davlat 
boshqaruvi  tizimiga  ham  o‘zgarishlarni  olib  keldi,  natijada  an’anaviy  byurokratik 
tizimlar o‘rniga raqamli boshqaruv modellarini ishlab chiqish boshlangan. Elektron 
hukumat  —  bu davlat  va  fuqarolar  o‘rtasidagi samarali, tezkor  va  shaffof  muloqot 
o‘rnatish, davlat organlari o‘rtasida axborot almashish va elektron xizmatlar ko‘rsatish 
jarayonlarini raqamlashtirishga qaratilgan tizimdir.  
Maqolada  elektron  hukumat  tizimining  G2C  (fuqarolar  bilan  ishlash),  G2B 
(biznes subyektlari bilan muloqot), G2G (davlat organlari o‘rtasidagi aloqalar) va G2E  
(davlat  xizmatchilari  bilan  aloqalar)  kabi  asosiy  tarkibiy  qismlari  keltirilgan. 
Shuningdek, O‘zbekistonda elektron hukumat tizimining rivojlanishi, Yagona davlat 
interaktiv xizmatlari portali va boshqa huquqiy asoslar ham muhokama qilinadi. 

264-268 28 11

ALTURIZM TUSHUNCHASINING INSON RUHIYATIGA TA’SIRI VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Vaxabova O‘g‘ilxon Tolibjonovna, Dexqonova Sevinchbonu Qobiljon qizi

 
Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  alturizm  bo’yicha  olimlarning  mulohazalari 
nazariy tahlil etilgan bo’lib, unda alturizm terminini ilk bor qo’llanilishi, uni qanday 
ma’no  anglatishi,  o’ziga  xos  turlari,  shaxs  faoliyatining  turli  jabhalarida  alturizm 
sifatlarini aks etishi,  o’zbek olimlaring alturizm bo’yicha o’z qarashlari yoritiladi. 

269-272 28 7

AEROB, ANAEROB VA ARALASH ENERGIYA TIZIMLARINING O‘RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURISHDAGI FIZIOLOGIK AHAMIYATI

Bobomuratov Igor Baxtiyorovich.

Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘rta va uzoq masofalarga yugurishda ishtirok 
etuvchi  energiya  tizimlari  –  aerob,  anaerob  va  aralash  mexanizmlarning  fiziologik 
asoslari, ularning yugurish samaradorligiga ta’siri, sportchilarning jismoniy holatiga 
ta’sir qiluvchi asosiy omillar tahlil qilinadi. Tadqiqotda zamonaviy sport fiziologiyasi 
va  energetika  nazariyalari  asosida  yugurish  jarayonida  organizmda  kechadigan 
biokimyoviy  jarayonlar  yoritilgan.  Maqola  musobaqa  davomiyligi,  intensivligi  va 
tiklanish jarayonlariga energiya tizimlarining ta’sirini chuqur ochib beradi. 

94-97 27 6

MISR GRAMMATIKA MAKTABINING SHAKLLANISHI VA IBN HOJIBNING UNDAGI O‘RNI

Abdullayev G‘olibjon Tolibjon o‘g‘li

 
Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  Misr  grammatika  maktabining  shakllanishi, 
rivojlanish bosqichlari va ushbu maktabning arab tilshunosligidagi o‘rni haqida so‘z 
yuritiladi. Ayniqsa, mazkur ilmiy maktab vakillaridan biri bo‘lgan yirik nahv olimi Ibn 
Hojib (XIII asr)ning ilmiy merosi tahlil qilinadi. Uning mashhur “Kofiya” asari orqali 
nahv  ilmining  nazariy  asoslari  shakllangani  va  bu  asarning  boshqa  grammatika 
maktablariga ta’siri yoritib beriladi. 

69-71 25 9

BANK FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHDA PMBOK TIZIMINING AHAMIYATI

Xabibullayev Eldor Azim o'g'li

Annotatsiya.  Maqolada bank sohasida samaradorlik, barqarorlik va innovatsion 
rivojlanishni  ta’minlashda  loyiha  boshqaruvi  bo‘yicha  xalqaro  standart  –  Project 
Management  Body  of  Knowledge  (PMBOK)  tizimining  tutgan  o‘rni  va  ahamiyati 
tahlil qilinadi. Muallif bank faoliyatining zamonaviy tendensiyalari asosida PMBOK 
tamoyillarini amaliy jihatdan qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganib, ushbu yondashuvning 
bank boshqaruvi madaniyatini yangi bosqichga ko‘tarishdagi rolini ochib beradi. 

72-74 28 8

KLASSITSIZM ADABIYOTI :TARIXIY TARAQQIYOTI ,ASOSIY TAMOYILLARI VA NAMOYANDALARI

Mirzamahmudova Rahnamo Anvarjon qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada klassitsizm adabiyoti keng qamrovda o’rganiladi 
.Klassitsizmning paydo bo’lish  sabablari, uning ijtimoiy ,falsafiy va estetik asoslari 
tahlil qilinadi .Asosiy tamoyillar ,janr qonuniyatlari muhim adiblar va ularning  asarlari 
haqida batafsil ma’lumot  beriladi .Maqolada klassitsizmning boshqa  adabiy adabiy 
oqimlar bilan bo’liqligi ham yoritiladi.Ushbu maqola klassitsizmni chuqur tushunishga 
va adabiyot tarixida uning o’rnini anglashga xizmat qiladi  

75-78 26 11

BOSHLANG’ICH TA’LIMDA O’QITISHNING “4K” MODELI TEXNALOGIYALARI VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ismoilova Shahlo Baxromovna

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  boshlang‘ich  sinf  darslarida  4K  modeli  
kompetensiyalarini  rivojlantirishda  pedagogik  o‘yinlarning  didaktik  imkoniyatlari, 
hozirgi kundagi ta’lim jarayonini tashkil etishdagi asosiy yondashuvlari tahlil etilgan. 
4K modelining o‘rni, o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rsatilgan va uni qo‘llash masalalari 
haqida  batafsil  bayon  qilingan.  Zamonaviy  tez  o'zgaruvchan  dunyoga,  raqamli 
texnologiyalar zamonaviy ta'limning ajralmas qismiga aylandi. 

79-82 27 7

UZBEKISTON EKOTURIZM.

Mavjudaxon Xudayberdieva Sunnatovna

Annotatsiya:  Ushbu  maqola  O‘zbekistonda  ekoturizmning  hozirgi  holati, 
rivojlanish  imkoniyatlari  va  mavjud  muammolarni  o‘rganadi.  O‘zbekistonning  boy 
tabiiy  resurslari,  milliy  bog‘lari  va  qo‘riqxonalari  ekoturizmni  rivojlantirish  uchun 
katta  salohiyatga  ega.  Tadqiqotda  ekoturizmning  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  ekologik 
foydalari  tahlil  qilinadi,  shuningdek,  infratuzilma  yetishmasligi,  ekologik 
xabardorlikning  pastligi  kabi  muammolar  ko‘rib  chiqiladi.  Maqola  O‘zbekistonda 
ekoturizmni barqaror rivojlantirish bo‘yicha takliflar bilan yakunlanadi. 

83-84 24 15

AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING ZAMONAVIY TA'LIMDAGI ROLI

Mizaakbarov Dilshod Dovlatboyevich, Soliyeva Nozimaxon Foziljon qizi

Annotatsiya: Mazkur maqolada zamonaviy dunyoda axborot texnologiyalari va 
informatika fanining o‘rni hamda ular hayotning turli sohalarida qanday ahamiyat kasb 
etayotgani  yoritilgan.  Ta’lim,  tibbiyot,  iqtisodiyot,  davlat  boshqaruvi  kabi 
yo‘nalishlarda  informatikaning  amaliy  qo‘llanilishi,  AT  vositalarining  inson 
faoliyatiga  ijobiy  ta’siri  hamda  ularning  xavfsizlik  bilan  bog‘liq  muammolari 
muhokama  qilingan.  Maqolada  informatika  fanining  raqamli  davrdagi  strategik 
ahamiyati haqida fikr yuritiladi. 

85-87 28 17

INGLIZ TILI VA RUS TILLARIDA SO’Z YARATISH JARAYONIDAGI FARQLAR VA O’XSHASHLIKLAR

Xamidova Maxbuba Kaharovna, Muhammedova Dilrabo Farhodjon qizi

 
Annotatsiya: Ushbu maqola ingliz va rus tillaridagi so‘z yaratish jarayonining 
asosiy usullari va ularning o‘zaro o‘xshashliklari hamda farqlarini chuqur tahlil qiladi. 
Tilshunoslikda derivatsiya (so‘z yasash) yangi leksik birliklarni hosil qilish vositasi 
sifatida  e’tiborni  tortadi.  Ingliz  va  rus  tillari  o‘ziga  xos  morfologik  tuzilishga  ega 
bo‘lsa-da,  lekin  ularning  har  ikkisida  affiksatsiya,  kompozitsiya,  konversiya, 
qisqartma, reduplikatsiya kabi so‘z yasalish usullari mavjud. Mazkur maqolada har 
ikkala tilning morfologik va semantik tizimi kontekstida bu jarayonlar tahlil qilinib, 
ularning  umumiy  jihatlari  va  tilga  xos  o‘ziga  xosliklari  ochib  beriladi.  Maqola  til 
o‘rganuvchilar, filologlar va tarjimonlar uchun foydali bo‘lishi mumkin. 

88-91 34 11

IBORALAR VA MAQOLLAR TARJIMASIDA YUZAGA KELADIGAN MUAMMOLAR

Akbarova Faridaxon Botirali qizi

Annotatsiya 
Ushbu maqolada o‘zbekcha–ruscha yoki ruscha-o‘zbekcha iboralar tarjimasida 
uchraydigan  muammolar,  ularning  sabab  va  turlari,  shuningdek,  bu  muammolarga 
yechim  bo‘la  oladigan  tarjima  strategiyalari  ko‘rib  chiqiladi.  Maqola  nazariy 
mulohazalar  bilan  birga,  amaliy  misollar  asosida  olib  boriladi.  Asosiy  maqsad  — 
o‘zbek tilidan rus tiliga tarjima qilinayotgan frazeologik birliklarning tarjimasida yo‘l 
qo‘yiladigan  xatolarni  aniqlash  va  tarjimonlar  uchun  foydali  yondashuvlarni  taklif 
qilishdan iborat. 

92-93 20 11

THE FUTURE OF INFORMATION TECHNOLOGY: TRENDS AND PREDICTIONS

Mirzaakbarov Dilshod Davlatboyevich, Maxmudova Nigoraxon Doniyorjon qizi

Annotation: Information technology (IT) continues to grow rapidly as a factor 
that  impacts  almost  every  aspect  of  human  life.  Its  future  looks  even  brighter  as 
innovations  such  as  artificial  intelligence,  quantum  computing,  blockchain  and  5G 
technology begin to reshape the way we live, work and learn. We will explore emerging 
trends and predictions in the IT sector, focusing on how these advances will impact 
industries,  communications,  data  processing  and  education.  It  also  highlights  the 
opportunities and challenges ahead as society prepares for a technology-driven future. 

65-68 42 21

DIQQATNING RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR: MAKTABGACHA YOSH DAVRIGA OID YONDASHUVLAR

Nigora Yo’ldasheva Sodiqjon qizi

Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  diqqat 
jarayonini  shakllantirish  hamda  diqqat  jarayonining  shakllanishi  va  rivojlanishiga 
ta’sir qiluvchi asosiy omillar tahlil qilingan. Shuningdek psixologik, biologik hamda 
ijtimoiy omillar nuqtayi nazaridan turli yondashuvlar atroflicha yoritib berilgan. 

98-103 26 20

INGLIZ ADABIYOTLARIDA JO‘JI ULUSINING O‘RGANILISHI

Xoliqov Jasurbek Xakimjon o‘g‘li

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  ingliz  adabiyotlarida  Jo‘ji  ulusining  tarixiy 
o‘rganilishi  chuqur  tahlil  qilinadi.  Asosiy  e’tibor  G‘arb  tarixchilari  va 
tadqiqotchilarining Jo‘ji ulusi haqida yozgan asarlariga qaratiladi. Maqolada Jo‘ji 
ulusining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti ingliz tilidagi manbalar asosida keng 
yoritilib, uning tarixdagi o‘rni va Yevropa bilan aloqalari qanday talqin etilganligi 
aniqlanadi.  Tadqiqotda  ingliz  tilidagi  muhim  ilmiy  maqolalar,  monografiyalar  va 
tarixiy asarlar asosida muhokama yuritiladi. Shu bilan birga, Jo‘ji ulusining o‘ziga 
xosligi,  uning  Chingizxon  saltanatidagi  roli,  keyinchalik  mustaqil  siyosiy  tuzilma 
sifatida  shakllanishi,  diniy  omillar  va  xalqaro  diplomatik  munosabatlari  ingliz 
tadqiqotchilari nigohida qanday yoritilganiga e’tibor qaratiladi. 

104-108 37 14

AMIR TEMUR VA “TEMUR TUZUKLARI”

Nuriddinov Murodjon Qahramon o‘g’li

Annotatsiya:  Amir  Temur  shaxsini  idrok  etish–tarixni  idrok  etish  demakdir. 
Amir Temurni anglash–o„zligimizni anglash demakdir. Amir Temurni ulug„lash–tarix 
qa‟riga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, 
buyuk kelajagimizni, ishonchimizni mustahkamlash demakdir.  

109-112 27 13

OʻSMIRLIKDA KUZATILADIGAN EMOTSIONAL VA RUHIY OʻZGARISHLARNING PSIXOLOGIK TALQINI

Joʻrayeva Nafisa Elmurodovna

Annotatsiya: O'smirlik davrida emotsional soha ba'zi o'zgarishlarga uchraydi. 
Yoshi  bilan  bolalar  his-tuyg'ularni  yaxshiroq  farqlashni  o'rganadilar,  "hissiy" 
tushunchalar  chegaralari  aniqroq  bo'ladi.  O'smirliklarda,  ular  o'sib  ulg'ayganida 
hissiyotlar so'z boyligining sezilarli darajada kengayishi va emotsiyalar farq qiladigan 
parametrlar  sonining  ko'payishi.  O'smirliklar  atrofdagi  dunyoning  turli  xil 
ko'rinishlariga kattalar va bolalarga nisbatan ko'proq intensiv munosabatda bo'lishadi. 
O'smirliklarda  bir-biriga  qarama-qarshi  bo'lgan  emotsional  holatlar  tezda  bir-birini 
almashtirishi  mumkin.  Ushbu  maqolada  o`smirlik  davrida  emotsional  holat  turlari 
haqida yozilgan.  

113-117 24 6

SHAXSNING TURLI YOSH DAVRLARIDA KUZATILADIGAN PSIXOLOGIK OʻZGARISHLARI

Qasimova Gulirano Murod qizi, Toʼxtaboyeva Tursunoy Qosimboyevna

 
Annotatsiya:  Ushbu maqolada shaxsning  turli yosh davrlarida o`zgarishi va 
rivojlanish, shaxsning  psixologik  xususiyatlari  kabi  tushunchalarga  ta’rif berilgan. 
Shuningdek, turli yosh davrlarida rivojlanish jarayonining psixologiya va pedagogika 
uchun  zarur  bo‘lgan  xususiyatlari  ajratib  ko‘rsatilgan.  Bolaning  individual 
rivojlanishi va yosh xususiyatlariga bog’liq o’zgarishlari keltirilgan.   

118-121 25 10

IMOM BUXORIY ILMIY MEROSIDA IJTIMOIY HIMOYA MASALALARINI YORITILISHI

A.A.Xodjaliyev

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  Imom  Buxoriyning  ilmiy  merosida  ijtimoiy 
himoya  masalalari  batafsil  bayon  qilib  berildi.    Islomda  ijtimoiy  himoya  birinchi 
navbatda,  jamiyatdagi  har  bir  shaxsning  huquqlarini  va  farovonligini  ta’minlashga 
qaratilgan. Islomning ijtimoiy himoya siyosati asosida insonning iqtisodiy, ijtimoiy va 
madaniy ehtiyojlarini qondirish, ularni himoya qilish va ular uchun muhofaza qilish 
mexanizmlari mavjud. 

122-127 47 23

KONSTITUTSIYALAR, ULARNING TARIXI VA O’ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI.

Abdumurodov Azizbek Yusuf o‘g‘li

Ushbu  maqolada  konstitutsiyaning  tarixiy  rivojlanish  bosqichlari,  jamiyatdagi 
o‘rni  va  uning  davlat  boshqaruvidagi  ahamiyati  tahlil  qilinadi.  Konstitutsiyaning 
huquqiy  tizimdagi  markaziy  o‘rni,  fuqarolarning  huquq  va  erkinliklarini 
kafolatlashdagi roli, hokimiyatlar bo‘linishi prinsipini mustahkamlashdagi ahamiyati 
yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy davlatlarda konstitutsiyaviy qadriyatlarning milliy 
birlik,  fuqarolik  ongini  shakllantirish  va  xalqaro  maydondagi  nufuzni  oshirishdagi 
o‘rni  ochib  beriladi.  Maqolada  tarixiy  misollar  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasining asosiy tamoyillari orqali mavzu chuqur yoritilgan. 

128-131 31 21

GRAMMATICAL CATEGORIES OF TRANSITIVE VERBS IN ENGLISH AND UZBEKISTAN

Umarova Munavvar Nurmuhammedovna, Mukumjon Axunov Muhammadaminovich

ANNOTATION: This article is intended to provide comprehensive information 
on the theoretical views on the use of the term "concept" in linguistics, to provide a 
comprehensive overview of the linguistic specific meanings of general concepts , and 
to present a comprehensive overview of all the means of representation and expression 
in the field of the study  of the term "concept"  in linguistics . This is to reveal the 
phenomena  that  allow  us  to  draw  scientific  conclusions  and  give  a  broader 
understanding of the information about the means of the term "concept" . 

132-133 28 15

CHALLENGES IN LEARNING ENGLISH AS A FOREIGN LANGUAGE

Munavvar Umarova, Jalolova Muqaddas

Learning English as a foreign language has become an essential skill in today’s 
globalized world. Many learners face various difficulties while acquiring the language, 
including  linguistic,  psychological,  and  environmental  challenges.  This  paper 
discusses  the  most  common  challenges  students  encounter  and  suggests  possible 
solutions to improve English language learning. 

29-31 26 10

THE ROLE OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN MODERN TEACHING

Ruziev Bekhruz,

Abstract:  The  emergence  of  artificial  intelligence  (AI)  in  education  is 
transforming  traditional  teaching  methods  by  introducing  intelligent  systems  that 
personalize learning, support teachers, and increase student engagement. This article 
explores how AI contributes to modern teaching through personalized content delivery, 
automated assessment, and intelligent tutoring systems. It also highlights the role of AI 
in  language  learning,  data-driven decision-making,  and  reducing  teacher  workload. 
While the benefits of AI are numerous, challenges such as data privacy, technological 
inequality,  and  the  importance  of  preserving  human  interaction  are  discussed.  The 
article  concludes  that  a  balanced  integration  of  AI  with  human-led  instruction  can 
enhance educational outcomes and create inclusive learning environments. 

134-135 23 17

EFFECTIVE METHODS FOR LEARNING ENGLISH EASILY

Umarova Munavvar Nurmuhammedovna, Anorboyeva M. S

Abstract 
This  article  discusses  effective  and  simple  methods  for  learning  English.  It 
focuses  on  techniques  that  are  suitable  for  beginners  and  intermediate  learners, 
including interactive learning, technology integration, and daily practice routines.

6-7 29 12

АЛКАНЫ И ИХ ПРИМЕНЕНИЕ В НАРОДНОМ ХОЗЯЙСТВЕ

Ахмадалиева М.Б, Бадалбаева Д., Исломова Н.

Аннотация: В статье рассматриваются химические свойства алканов, их 
физические характеристики, а также обширная сфера применения в различных 
отраслях  народного  хозяйства.  Особое  внимание  уделяется  роли  алканов  в 
энергетике, промышленности и сельском хозяйстве. Материал предназначен для 
учителей химии, стремящихся обогатить свои знания примерами практического 
применения органических веществ. 

8-12 23 11

BLENDED LEARNING STRATEGIES IN TEACHING ENGLISH GRAMMAR TO NON-NATIVE SPEAKERS

Allayorova Zebiniso Boymuartovna, Elboyeva Shaxnoza Azim qizi, Yuldoshova Shaxlo Yaqub qizi

Abstract  Blended learning  combines traditional  face-to-face instruction  with 
digital resources, enhancing the learning experience for non-native English speakers. 
This  article  explores  various  blended  learning  strategies  specifically  designed  to 
improve English grammar instruction. It discusses the advantages, challenges, and best 
practices in implementing a blended approach to teaching grammar effectively. 

13-14 32 16

LINGUISTIC POETICS: THEORETICAL FOUNDATIONS AND APPLICATION IN LITERARY TEXTS

G’ayratova Gulzoda San’at qizi

Annotation:  This  article  discusses  the  theoretical  foundations  of  linguistic 
poetics, its connection with linguistics and literary studies, as well as the methods of 
linguistic  analysis  of  poetic  devices  in  literary  texts.  Special  attention  is  given  to 
metaphor, epithets, phraseological units, and syntactic devices, along with their poetic 
functions. 

15-18 25 16

AYNIYNING “ESDALIKLAR” MEMUAR ASARIDA BUXORO ADABIY MUHITI.

Sattorova Nargiza Abduraupovna

Annotatsiya:      Atoqli  adib  Sadriddin  Ayniyning  "Esdaliklar"  asari  xususida, 
jumladan uning tarkibi hamda Buxoro adabiy muhitining yirik namoyondasi Sadr Ziyo 
haqida so'z boradi. 

19-23 38 12

BUXORO ADABIY MUHITI NAMOYONDASI AHMAD DONISH

Sattorova Nargiza Abduraupovna

  Annotatsiya:  Buxoro  adabiy  muhitining  yirik  vakili,  qomusiy  olim  Ahmad 
Donish to'g'risida, jumladan Ayniyning "Esdaliklar" asarida u haqida bildirilgan fikrlar 
hamda uning " Navodir ul-vaqoe" asari xususida batafsil ma'lumot berilgan. 

19-23 19 5

BUXORO ADABIY MUHITI NAMOYONDASI AHMAD DONISH

Sattorova Nargiza Abduraupovna

 
  Annotatsiya:  Buxoro  adabiy  muhitining  yirik  vakili,  qomusiy  olim  Ahmad 
Donish to'g'risida, jumladan Ayniyning "Esdaliklar" asarida u haqida bildirilgan fikrlar 
hamda uning " Navodir ul-vaqoe" asari xususida batafsil ma'lumot berilgan. 

24-28 29 19

KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING ROLI VA XORIJIY TAJRIBA ASOSIDA TAKLIFLAR.

Karimov Shoxruxbek Shavkatboy o`g`li

Annotatsiya.  Mazkur  maqolada  kambag‘allikni  qisqartirishda  raqamli 
texnologiyalarning tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Elektron to‘lov tizimlari, mobil banking, 
raqamli identifikatsiya va onlayn ta’lim kabi texnologiyalarning ijtimoiy va iqtisodiy 
inklyuziyaga ta’siri xorijiy tajribalar asosida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Hindiston, 
Estoniya  va  Afrika  davlatlari  misolida  O‘zbekiston  uchun  mos  taklif  va  tavsiyalar 
ishlab chiqiladi. 

191-194 26 6

THE ROLE OF AI IN EDUCATION

Shodmonova Dilsora Uygʻun qizi

Abstract.  This  article  provides  a  comprehensive  analysis  of  the  role, 
opportunities and threats of artificial intelligence (AI) in education. AI technologies 
are  currently  becoming  an  important  factor  in  automating  educational  processes, 
ensuring an individual approach, analyzing the level of knowledge of students, and 
creating an interactive learning environment. The article examines the possibilities of 
increasing student learning with the help of programs based on artificial intelligence, 
implementing tutoring services in a virtual form, and reducing the bureaucratic burden 
in education. At the same time, attention is also paid to the problems that arise as a 
result of the incorrect use of AI technologies - namely, the security of personal data, 
the possibility of completely replacing the human teacher, and the digital divide. At the 
end of the article, suggestions and recommendations are given for the effective use of 
artificial intelligence in education.  The results of the study show the possibility of 
improving the quality of the learning process by integrating AI technologies into the 
education system. 

32-35 34 22

JAMIYATNI RIVOJLANISHIDA FALSAFANING O'RNI

Talipov Hushnud

Annotatsiya: Ushbu maqolada falsafa va uning jamiyat rivojidagi o'rnini ko'rib 
chiqiladi.  Falsafa  insoniyatning  fikrlash  uslubi,  hayotga  bo'lgan  munosabati  va 
ma'naviy rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi. Maqola falsafaning asosiy vazifalari va uning 
turli sohalarda qanday aks etishini tahlil qiladi. 

36-39 25 11

KULOLCHILIKDA LAGANLARGA NAQSH KOMPOZITSIYASINI TUSHURISH

Jamoldinova Ziynatxon Adihamjon qizi

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  o‘zbek  xalq  amaliy  san’atining  muhim 
tarmoqlaridan biri – kulolchilik, ayniqsa laganlarga naqsh kompozitsiyasi tushurish 
san’ati tahlil qilinadi. Lagan bezaklarining tarixiy ildizlari, estetik mezonlari, naqsh 
kompozitsiyasining  turlari,  ularning  ma’nodagi  ramziyligi  va  hozirgi  zamon 
yondashuvlari  o‘rganiladi.  Shuningdek,  maqolada  naqshlar  orqali  ifodalanuvchi 
ma’naviy qadriyatlar, milliy o‘zlikni anglash va badiiy didning shakllanishidagi roli 
haqida fikr yuritiladi. 

40-43 32 10

DANIEL DEFO ''ROBINZON KRUZO '' ASARIDA ROBINZON OBRAZNING BADIIY - FALSAFIY HUSUSIYATLARI HAQIDA

Turg'unova Farzona Alisher qizi, Abduqayumova Robiya Ilhomjon qizi

Annotatsiya:Ushbu maqolada ingliz adabiyotining eng mashhur asarlarini biri 
bo‘lgan Daniel Defoe ning "Robinzon Kruzo" romani va undagi asosiy obrazlardan biri 
bo‘lgan Robinzon Kruzo obrazining badiiy va falsafiy jihatlari tahlil etiladi. Maqola 
asar matnining tahlili orqali Robinzon obrazining insoniyat, tabiat va jamiyat bilan 
o‘zaro munosabatlarining badiiy ifodasi va falsafiy mazmunini ochib beradi. Asarda 
aks ettirilgan axloqiy, diniy, va psixologik muammolar hamda qahramonning o‘zining 
ruhiy  o‘zgarishlari  ko‘rib  chiqiladi.  Shuningdek,  maqola  Defoe  ning  "Robinzon 
Kruzo" asarining tarixiy va madaniy kontekstda qabul qilinishi hamda uning badiiy 
shaklini tahlil qilishga harakat qiladi. 

44-47 27 21

MEHNATGA JALB ETISH ORQALI BOLALARNI TARBIYALASHNING PSIXOLOGIK VAZIFALARI

Raximova Nargiza Jumanazarovna

Annotatsiya: Ushbu maqolada mehnat tarbiyasi orqali bolalarni tarbiyalashning 
o’ziga xos tomonlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.  

48-52 29 21

MAKTAB BOSHQARUVIDA DIREKTORLARNING ZAMONAVIY KOMPETENSIYALARGA EGALIGI

Sabdenova Kamola Tashpulatovna

Annotatsiya. Maktab faoliyatini rivojlantirish maktab rahbarlarining qanchalik 
zamonaviy  rahbar  kompetensiyalarini  egallaganligi  bilan  izohlanadi.  Ushbu 
maqolada  xozirgi  maktab  rahbarlari  egallashi  lozim  bo‘lgan  zamonaviy 
kompetensiyalar tahlil qilingan.  

53-59 22 9

MAKTAB MUHITINING O‘SMIR PSIXOLOGIYASIGA TA’SIRI. MAKTABDAGI MUHIT, O‘QITUVCHILAR BILAN MUNOSABATLAR VA AKADEMIK MUVAFFAQIYAT

Abduraimova Hulkaroy Muzaffar qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktab muhitidagi o‘smir shaxsining psixologik 
rivojlanishiga  va  ularning  akademik  muvaffaqiyatiga  bo‘lgan  ta’siri  tahlil  qilingan. 
O‘smirlik – bu inson hayotida shaxs sifatida shakllanish, o‘z-o‘zini anglash va ijtimoiy 
rollarni  egallash  davridir.  Maktab  bu  jarayonning  asosiy  ijtimoiy  maydonidir. 
Maqolada  maktab  muhitida  o‘quvchining  ruhiy  holati,  o‘ziga  bo‘lgan  ishonchi, 
motivatsiyasi hamda bilimga intilishi bilan bog‘liq bo‘lgan bevosita va o‘zaro omillari 
ko‘rib  chiqiladi.  Xususan,  o‘qituvchilar  bilan  samimiy,  ishonchli  munosabat, 
tengdoshlar  orasidagi  ijtimoiy  qo‘llab-quvvatlash  va  individual  yondashuv 
o‘quvchilarning muvaffaqiyatli o‘qishi va barqaror psixologik rivojlanishi uchun hal 
qiluvchi omillar ekani ilmiy va amaliy jihatdan asoslab berilgan.  

60-64 30 14

BUGUNGI KUNDA IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLAR ONGIGA T`ASIRI

Kurbanova Dilasal Inomjon qizi

 
Annotatsiya. Ushbu  maqolada ijtimoiy tarmoqlar inson ongiga qanday ta`sir 
qilishi, ijtimoiy tarmoqning foydalari va zararlari xaqida yoritilgan. Bugungi kundagi 
turli ko‘rinishdagi axborot vositalarining nozik jihatlarini har bir ongli kishi anglab 
yetishi lozimligi haqida ma’lumotlar berilgan.