Mualliflar

  • Qasimova Gulirano Murod qizi
  • Toʼxtaboyeva Tursunoy Qosimboyevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95914

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar: Xulq-atvor xarakter biogenik nazariya ijtimoiy status ontogenetik qonuniyatlar shaxslararo munosabatlar shaxs individuallik yetuklik yetilish ontogenez ijtimoiylashuv.

Annotasiya

 
Annotatsiya:  Ushbu maqolada shaxsning  turli yosh davrlarida o`zgarishi va 
rivojlanish, shaxsning  psixologik  xususiyatlari  kabi  tushunchalarga  ta’rif berilgan. 
Shuningdek, turli yosh davrlarida rivojlanish jarayonining psixologiya va pedagogika 
uchun  zarur  bo‘lgan  xususiyatlari  ajratib  ko‘rsatilgan.  Bolaning  individual 
rivojlanishi va yosh xususiyatlariga bog’liq o’zgarishlari keltirilgan.   


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

113

ISSN:3030-3613

SHAXSNING TURLI YOSH DAVRLARIDA KUZATILADIGAN

PSIXOLOGIK OʻZGARISHLARI

Qasimova Gulirano Murod qizi

Xorazm viloyati Bogʻot tumani 39-son umumtaʼlim maktabi psixologi

Toʼxtaboyeva Tursunoy Qosimboyevna

Xorazm viloyati Bogʻot tumani 49-son umumtaʼlim maktabi psixologi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada shaxsning turli yosh davrlarida o`zgarishi va

rivojlanish, shaxsning psixologik xususiyatlari kabi tushunchalarga ta’rif berilgan.
Shuningdek, turli yosh davrlarida rivojlanish jarayonining psixologiya va pedagogika
uchun zarur bo‘lgan xususiyatlari ajratib ko‘rsatilgan. Bolaning individual
rivojlanishi va yosh xususiyatlariga bog’liq o’zgarishlari keltirilgan.

Kalit so'zlar:

Xulq-atvor, xarakter, biogenik nazariya, ijtimoiy status,

ontogenetik qonuniyatlar, shaxslararo munosabatlar,shaxs,individuallik, yetuklik,
yetilish,ontogenez, ijtimoiylashuv.

KIRISH

Shaxs ma`lum ijtimoiy munosabatlar sistemasida shakllangan ijtimoiy

mavjudotdir. Har bir tarixiy davrda shaxsning o`ziga xos xususiyatlari shu davrning
ijtimoiy-iqtisodiy tipi va tarbiya tizimiga bog`liq holda tashkil topadi va shakllanadi.
Bolaning psixik rivojlanishi masalasi yosh va pedagogik psixologiyaning asosiy
muammosi hisoblanadi. Bu muammoni to`g`ri hal etish yosh va pedagogik
psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etishida ham, yosh avlodni zamon ruhida
tarbiyalashda ham ahamiyati kattadir. Xulq-atvor shakllanishida tarbiyaning roli katta.
Ya`ni bunda tarbiya orqali bolada turli harakatlar, xarakter ko`rinishlari, o`ziga xos
munosabatlar va shaxslararo munosabatlarda o`ziga xos yondashishlar shakllanadi. Bu
ularning oilada olgan tarbiyasi bilan jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar ta`sirida o`z
aksini topadi. Bu bir tomondan bolaning o`z ota-onalaridan meros sifatida
o`zlashtirgan sifatlari, ikkinchi tomondan, tashqi muhit ta`siri yaqqol ko`zga
tashlanadi. Bu muammolar ustida izlanishlar olib borgan olimlar L.Vigotskiy, J.Piaje,
S.Rubishteyn, A.Leontiv ikkala omil rolini ham inkor qilmagan holda ijtimoiy
muhitning yetakchi ta`siri haqidagi fikrni baravar yoqlaganlar. Chunki to`g`ri tashkil
etilgan talim shaxsning rivojlanishi, uning o`z-o`zini anglash va o`zgalarga
munosabati, bilish jarayonlarini hamda intellektual taraqqiyotida katta ahamiyatga
ega. Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon boladi. U o`zining xarakteri,
qiziqishi va qobiliyati, aqliy rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji va mehnat faoliyatiga
munosabati bilan farqlanadi. Bular shaxsning o`ziga xos xususiyatlar rivojlanib
malumot bir bosqichga yetsagina mukammal, kamol topgan inson deyiladi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

114

ISSN:3030-3613

Shaxsning ijtimoiy voqelikka, mehnatga, kishilarga, jamiyatga bo`lgan

munosabati turlicha. Uning faollik darajasi va odob-axloq borasidagi yetukligi
turlichadir. Psixologiya fanida yosh davrlarini tabaqalash bo`yicha qator mustaqil
nazariyalar mavjud. Ular inson shaxsini tadqiq qilishga har xil nuqtai nazardan
yondashadi va muammoning mohiyatini turlicha yoritadi. Ularga biogenetik,
sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixoanalitik, bixevioristik nazariyalarni
kiritish mumkin. Biogenetik nazariyada insonning biologik yetilishi bosh omil sifatida
qabul qilingan, qolgan jarayonlarning rivojlanishi ixtiyoriy bo`lib, ana shu omil bilan
o`zaro bog`liqdir. Mazkur nazariyaga binoan, rivojlantirishning bosh maqsadi biologik
determinantlarga qaratiladi va ulardan ijtimoiy-psixologik xususiyatlar kelib chiqadi.
Biogenetik qonunni F.Myuller va E.Gekkel kashf qilganligi tarixdan ma`lum.
Biogenetik

organning

rivojlanishi

nazariyasini

tashviq

qilishda

hamda

antidarvinchilarga qarshi kurashdi muayyan darajada tarixiy rol o`ynagan biroq unda
organning individual va tarixiy rivojlanishi munosabati tushuntirishda qo`pol
xatolarga yo`l qo`yilgan. Jumladan, bioginetik qonunga ko`ra shaxs psixologiyasining
individual rivojlanishi butun insoniyatning tarixiy rivojining asosiy bosqichlarini
qisqacha takrorlaydi. Nemis psixologi V.Shterinning fikricha chaqaloq hali odam
hisoblanmaydi, balki faqat sutemizuvchi hayvondir; 6 oylikdan oshgach u psixik rivoji
jihatidan-faqat maymunlar darajasiga tenglashadi. 2 yoshida oddiy odam holiga keladi.
5 yoshlarida ibtidoiy gala holidagi odamlar darajasiga yetadi, maktabga kirgandan
boshlab, ibtidoiy davrni boshidan kechiradi, kichik maktab yoshida uning ongi o`rta
asr kishilari darajasiga, nihoyat, yetuklik davridagina hozirgi zamon kishilarining
madaniy darajasiga erishadi. S.Xoll rekapitulyatsiya qonunini psixologik o`sishning
bosh qonuni deb hisoblaydi. Uning fikricha, ontogeniz filogenizning muhim
bosqichlarini takrorlaydi. Olimning talqinicha, go`daklik hayvonlarga xos rivojlanish
pallasidan boshqa narsa emas. Bolalik esa asosiy mashg`uloti ovchilik va baliqchilik
bo`lgan qadimgi kishilarning davriga aynan mos keladi. 8-12 yoshlardagi o`sish davri
yovvoyilikning oxiri va sivilizatsiyaning boshlanishdagi kamolotga tengdir.
O`spirinlik va jinsiy yetuklikdan boshlanib, yetuklik davrigacha davom etib
romantizmga barobardir. S. Xollning talqinicha, bu davrlar bo`ron va tazyiqlar, ichki
va tashqi nizolardan iborat bo`lib, odamda individuallik tuyg`usi vujudga keladi. Yosh
davrlarini tabaqalashning bu turi o`z navbatida tanqidiy mulohazalar manbai vazifasini
o`taydi. Chunki inson zotidagi rivojlanish bosqichlari filogenezda aynan
takrorlanmaydi va takrorlanishi mumkin emas.

Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir turini nemis konstitutsion psixologiyasi

namoyondalari tomonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs tipologiyasining
negiziga bir qancha biologik omillarni (masalan, tana tuzilishining tipi va boshqalarni)
kiritib, insonning jismoniy tipi bilan o`sishining xususiyati o`rtasida uzviy bog`liqlik
mavjud deb taxmin qiladi. E. Krechmer odamlarni ikkita katta toifaga: sikloid (tez


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

115

ISSN:3030-3613

qo`zg`aluvchi, his tuyg`usi o`ta beqaror) va shizoid (odamovi, munosabatga qiyin
kirishuvchi, his tuyg`usi cheklangan)larga ajratdi. Bu taxminini yosh davrlari
xususiyatlariga ham tatbiq etib, o`smirlar sikloid xususiyatli, o`spirinlar esa shizoid
xususiyatligini ta`kidlaydi. Lekin insoniyatning kamol topishida biologik shartlangan
sifatlar hamisha yetakchi hal qiluvchi rol o`ynay olmaydi, chunki shaxsning individual
– tipologik xususiyatlari bir-biriga aynan mos tushmaydi. Bioginetik nazariyaning
namoyondalari – amerikalik psixologlar A. Gezell va S.Xoll rivojlanishning biologik
modeliga tayanib ish ko`radilar. Bu jarayonda muvozanat, integratsiya va yangilanish
sikllari o`zaro almashinib turadi degan xulosaga keladilar. Psixologiya tarixida
biologizmning eng yaqqol ko`rinishi Zigmund Freydning shaxs talqinida o`z ifodasini
topgan. Uning ta`limotiga binoan, shaxsning barcha xatti- harakatlari ongsiz biologik
mayllar yoki instinktlardan kelib chiqadi. Birinchi navbatda, jinsiy maylga bog`liqdir.
Bunday biologizatorlik omillari inson xulqini belgilovchi birdan bir mezon yoki
betakror turtki rolini bajara olmaydi. Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko`rinishi
sotsiogenetik nazariyadir. Bu nazariyada shaxsda ro`y beradigan o`zgarishlarni
jamiyatning strukturali ijtimoiylashish usullari, atrofdagi odamlar o`zaro munosabat
vositalari asosida tushuntiriladi. Ijtimoiylashish nazariyasiga ko`ra inson biologik tur
sifatida tug`ulib, hayotdagi ijtimoiy shart-sharoitlarning bevosita ta`sir ostida shaxsga
aylanadi. G`arbning eng muhim nazariyalaridan biri - rollar nazariyasidir. Bu
nazariyaga ko`ra jamiyat o`zining har bir a`zosiga status deb nomlangan xatti-
harakatning barqaror usullari majmuasini yaratadi. Inson ijtimoiy muhitda bajarishi
shart bo`lgan maxsus rollar uning xulq-atvorida, boshqalar bilan munosabatida
sezilarli iz qoldiradi. Hozirda individual tajriba va bilimlarni o`zlashtirish nazariyasi
keng tarqalgan. Mazkur nazariyaga binoan, shaxsning hayoti va voqelikka munosabati,
ko`nikmalarni egallashi va bilimlarni o`zlashtirishi qo`zg`atuvchining barqarorligiga
bog`liq. K.Levin tavsiya qilgan fazoviy zarurat maydoni nazariyasi o`z davrida muhim
ahamiyat kasb etgan. K.Levin nazariyasiga ko`ra, shaxsning xulqi psixologik kuch
vazifasini o`tovchi ishtiyoq, maqsad boshqarilib turadi. Bu kuchlar fazoviy zarurat
maydonining ko`lami va tayanch nuqtasiga yo`nalgan bo`ladi. Yuqorida ifodalangan
har bir nazariya shaxsning ijtimoiy xulqini o`zgalar uchun yopiq yoki maxfiy
muhitning xususiyatlardan kelib chiqqan holda tushuntiradi, bunda u odam xohlashi
yoki xohlamasligidan qat`iy nazar mazkur sharoitga moslashmog`i zarur degan
qoidaga amal qiladi. Menimcha. barcha nazariyalarda inson hayotining ijtimoiy-
tarixiy,

obyektiv

shartsharoitlari

mutlaqo

e`tiborga

olinmagan.

Hozirgi

psixologiyaning yirik vakili A.V.Petrovskiy inson kamolotiga, shaxsning tarkib
topishiga sotsial-psixologik nuqtai nazardan yondashib, yosh davrlarining o`ziga xos
tasnifini yaratdi. A.V.Petrovskiygacha psixologlar shaxsning bir tekis kamol topishini
o`rgangan bo`lsalar, u shaxs shakllanishining prosotsial (ijtimoiy qoidalarga muvofiq)
va asotsial (aksi ijtimoiy) bosqichlari ham bo`lishi mumkinligini isbotlab berishga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

116

ISSN:3030-3613

harakat qiladi. Shaxsning kamol topishi uchta makrofazadan iboratligini qayd etib:
birinchisi – bolalik davriga to`g`ri kelishini, unda ijtimoiy muhitga moslashish
ko`nikish (adaptatsiya) ro`y berishini; ikkinchisi – o`smirlarga xos individuallashish;
uchinchisi – o`spirinlikda ya`ni yetuklikka intilish davrida o`ziga xos holatlarni
muvofiqlashtirish (birlashtirish) xususiyatlaarini paydo bo`lishini namoyon qiladi.
D.I.Feldshtsin bolaning ijtimoiy o`sishdagi jamiyatga munosabatini asosiy va oraliq
munosabatlarga

ajratadi.

Bolada

jamiyatga

munosabatning

shakllanishi,

ijtimoiylashuv, individuallashuvning tarkibiy qismlarini egallash va bir davrdan
ikkinchi davrga o`tish orqali amalga oshadi. Asosiy munosabat – insonning kamol
topishida keskin siljish nuqtalari paydo bo`lishi, ichki sifat o`zgarishlari vujudga
kelishi va yangi xislatlar tarkib topishining mahsulidir. Shuni alohida ta`kidlash
kerakki, D.I.Feldshtsinning yosh davrlariga ajratish nazariyasi ontogenezdagi barcha
psixologik holat va fazilatlarni ifodalash imkoniyatiga ega emas, ammo u ta`lim-
tarbiyaning sifatini oshirishga ijobiy ta`sir ko`rsatishi bilan amaliy ahamiyat kasb
etadi.

Umuman psixologlar tomonidan yosh davrlarini tabaqalashtirishning puxta

metologik negizga ega bo`lgan qator nazariyalari ishlab chiqilgan. Ular ontogenetik
qonuniyatlarni yoritishga katta hissa bo`lib qo`shildi, amaliy va nazariy muammolarni
hal qilishda qo`llanilmoqda. Shaxs xulq – atvoridagi o`zgarishlar va ularning o`ziga
xos jihatlarini shakllantirishda bolaning qiziqishlariga e`tibor berish, mutaxassis va
maslahatchi psixologlar hamkorligi, hamda ota-ona oila a`zolarining o`zaro
munosabatlarini ta`siri bilan belgilanadi. Ayrim ota-onalar turli sabablarga ko`ra
boladagi xulqni o`zgarishini va buzilishi darajasini oshirib yuboradilar, muammolarni
juda og`ir va qiyin qabul qiladilar. Ba`zi bir ota-onalar psixologotibbiy – pedagogik
maslahatga shifokor, pedagog yoki qarindoshlari ta`siri natijasida kelgan bo`lsalarda,
o`z farzandining muammosini tan olishni istamaydilar. Bu esa bolaning shaxs sifatida
namoyon bo`lishida, xulqini boshqarishida ayrim muammolarni yuzaga keltiradi.
Shunda ulardagi qaysarlik, o`jarlik yoki bo`lmasa passiv xulq ko`rinishlari shakllanib
qoladi. Shuning uchun boladagi ijobiy xulq-atvorni shakllantirishda, odatlarning bola
faolligini taminlovchi vosita sifatida tarkib topishi uchun tarbiyani to`g`ri tashkil etish
muhimdir. Pedagogik innovatsiyalar asosida faoliyatni tashkil etish individual va
ijodiy xususiyatga ega. Shu bilan birga ta`lim va tarbiya jarayonini yo`lga qo`yishda
yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish xulq- atvor xususiyatlardagi ijobiy
sifatlarni shakllanishiga, umumiy va emotsional namoyon bo`luvchi odatlarni
rivojlanishiga ijobiy ta`sir ko`rsatuvchi omil bola oladi. Demak, talim-tarbiya
jarayonida xulq-atvor shakllanishining dinamikasini taminlovchi omillar intellektual
faoliyat usullarini yangi sharoitga ko`chirish, ular o`z-o`zini boshqarish, shaxsiy o`quv
motivlarini idora qilish, ichki imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish singari holatlarga
refleksiv yondashish zamiridagina namoyon bo`ladi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

117

ISSN:3030-3613

XULOSA

:Turli yosh davrlarida shaxs rivojlanishida uning psixologik

xususiyatlariga va rivojlanayotgan sharoitiga alohida e`tibor qaratish kerak. Ma`lumki,
muayyan yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini bilmay turib, ularga
maqsadga muvofiq ravishda ta`lim va tarbiya berib bo`lmaydi. Bolaning har bir yoshi
o`z qiyinchiliklariga ega bo`ladi va o`ziga nisbatan maxsus munosabatda bo`lishni
talab qiladi. Ta`lim va tarbiya jarayonida individual munosabatda bo`lishning sharti
o`quvchining psixologik xususiyatlarini har tomonlama va chuqur bilishdan iborat.
Bunda esa yosh davrlariga xos bo`lgan psixik dunyosidan yaxshi xabardor bo`lishni,
psixologik jihatdan kuzatishni to`g`ri tashkil qila olishni va tabiiy eksprement
uyushtirishni bilishni taqozo qiladi.

FOYDANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:

1.

M.G.Davletshin, S.M.To`ychiyeva. Umumiy psixologiya, -T.:2002.

2.

N.V.Bordovskaya, S.I.Rozum. Psixologiya va pedagogika, 2016.

3.

R.Verderber, K.Verderber. Umumiy psixologiya, 2003.

Bibliografik manbalar

FOYDANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:

M.G.Davletshin, S.M.To`ychiyeva. Umumiy psixologiya, -T.:2002.

N.V.Bordovskaya, S.I.Rozum. Psixologiya va pedagogika, 2016.

R.Verderber, K.Verderber. Umumiy psixologiya, 2003.