T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_3-to’plam_Aprel-2025
104
ISSN:3030-3613
AMIR TEMUR VA “TEMUR TUZUKLARI”
Termiz iqtisodiyot va serbis unversteti
tarix ta’lim yunalishi 1bosqich talabasi
Nuriddinov Murodjon Qahramon o‘g’li
murodjonnurddinov377@gmail.com
Annotatsiya:
Amir Temur shaxsini idrok etish–tarixni idrok etish demakdir.
Amir Temurni anglash–o„zligimizni anglash demakdir. Amir Temurni ulug„lash–tarix
qa‟riga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib,
buyuk kelajagimizni, ishonchimizni mustahkamlash demakdir.
Kalit so’zlar:
Amir temur, Ko‟ragoniy, Temur tuzuklari , “Tuzukoti Temuriy”,
Kirish:
“Malfuzoti Temuriy”, ”Qissai Temur”, “Temur qissasi”, "Zafar yo„li”,
“Tarjimai hol” Amir Temur Ko’ragon tarix maydonida javlon urgan jahonshumul
siymolardan biridir. Biz uning tarixiga, favqulodda shaxsiga, avlodlari faoliyatiga
qayta-qayta murojaat qilaveramiz. Tarixga yuz burib, qaysi yo’llardan yurmaylik,
qachon bo’lmasin, qayerda bo’lmasin, yo’limiz aylanib baribir ushbu mo’‗tabar zot
huzuriga olib kelaveradi. O’zbekistan Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1996-yil
18- oktabrda Temuriylar tarixi davlat muzeyining ochilishi marosimida so’zlagan
otashin nutqida bunday degan edi: «Kimki o’zbek nomini, o’zbek millatining
kuchqudratini, adolatparvarligini, cheksiz imkoniyatlarini, uning umumbashariyat
rivojiga qo’shgan hissasini, shu asosda kelajakka ishonchini anglamoqchi bo’lsa, Amir
Temur siymosini eslashi kerak!» Bebaho so’zlar! Takror ta‘kidlash joizki, Amir
Temurni bizga qaytarib bergan, bu borada hormay-tolmay hakni qaror toptirgan zot
Prezident Islom Karimov bo’ladi. Ushbu ulug’ xizmatlari uchun xalqimiz undan behad
minnatdordir. Vaqtlar keladiki, avlodlar hali sohibqiron Amir Temur hayotining har
bir kunini, har bir lahzasini bitta ham qoldirmay chuqur o’rganib chiqadilar. Bunga
birov majbur etmaydi, balki bu ko’ngil ehtiyoji, hayot zaruratiga aylanadi.
Sohibqironning suronli davrini anglab yetishda u hakda yozilgan va yozilayotgan
asarlarning ahamiyati benihoya kattadir. Bu borada, ayniqsa, bevosita uning nomi bilan
bog’liq, uning o’zi qog’ozga tushirgan ―Tuzuklar‖- ning bebaho manba ekanligi
kundan ham ravshan. Ushbu yodgorlik Amir Temur shaxsiyati va uning davri hakida,
davlat tuzilishi va saltanat yuritish xususida, o’sha davr obi havosi, umuman odamlar
aro munosabatlar to’g’risida keng tasavvur bera oladigan noyob durdona asardir. Amir
Temur saltanati, ta‘bir joyiz esa, Sohibqironning ijodi edi, ana shu saltanat
bobomizning mashaqqatli mehnati bilan bo’y ko’rgizdi, uning qonunlari hayotiy
zarurat yuzasidan dunyoga keldi, ―Temur tuzuklari‖ esa barchasining yorqin ifodasi
sifatida paydo bo’ldi. Ha, chindan ham ―Temur tuzuklari‖ zamon zarurati va talabi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_3-to’plam_Aprel-2025
105
ISSN:3030-3613
bilan yaratilgandir. Buni albatta saltanat tuzgan, davlat boshqarish zahmatlarini o’z
boshidan kechirib, bu borada ulkan tajribalar orttirgan, mashhur muarrix Nizomiddin
Shomiy so’zi bilan aytganda, ―kamolotu martabalarga o’zining yetuk sa‘y-harakati
va jiddu jahdi bilan erishgan‖ Amir Temur singari odamgina yoza oladi, bu hakda kitob
yozish shunday odamninggina qo’lidan keladi. Bu yerda shubha bo’lishi mumkin
emas. ―Temur tuzuklari‖ni mutolaa qilganda, uning muallifi nechog’lik yuksak
ma‘naviyat sohibi ekanligining shohidi bo’lamiz. Ushbu nodir asar munosabati bilan
tadqiqotlar olib borishgan olimlarimizning bildirgan o’rinli mulohazalarini e‘tiborga
olgan holda, asarning asl turkiy nusxasini izlab topish, keyinchalik ko’chirishda
kotiblar tomonidan kiritilgan ―tahrir‖lardan tozalash, ―Temur tuzuklari‖, ―Tuzuki
Temuriy‖, ―Tuzukoti Temuriy‖, ―Malfuzoti Temuriy, ‖Qissai Temur‖, ―Temur
qissasi‖, "Zafar yo’li‖, ―Tarjimai hol‖ kabi turlicha nomlanib kelayotgan nusxalarni
bir-biriga muqoyasa etib, asarning tanqidiy matnini yaratish temurshunosligimiz
oldidagi dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmokda. Amir Temurning tarixiy asarlar
va ularning yozilishiga munosabati, haqqoniy bo’lishiga talabchanligi tahsinlarga
loyiqdir. Bu katta bilimga ega bo’lgan, donishmand va zukko insonning munosabatidir.
Shu jihatlarga nazar qilganda ko’z oldimizda donishmand, zakiy inson, teran hayotiy
tajriba sohibi bo’lgan, kelajak avlodlarni o’ylagan, ona yurt, mulku millat uchun kuyib-
yongan zahmatkash inson siymosi turadi. Ma‘lumki, Amir Temur milodiy 1401 yilning
11 avgustida Nizomiddin Shomiyni o’z huzuriga chaqirtiradi. Tarixchi bu hakda
shunday yozadi: ―Garchi ul zot qilgan ishlarining bu abadiyatga ulangur davlatning
boshlanishidan tortib, to hozirgi kungacha bo’lgan tarixini onhazrat uchun yozgan
bo’lsalar ham, ammo ular (ular, chamasi, anchagina bor, ular ichida ―Tuzuklar‖ ham
bo’lishi mumkin, lekin, afsuski, tarixchi o’zi foydalangan asarlardan birortasining ham
nomini keltirmaydi — M.A.) hali munosib tarzda jamlanib, takdim etilmagan ekan; bu
banda ularni yig’ib, ortiqcha so’zlardan tozalab, bob-bob qilib tartib berishga mashg’ul
bulg’aymen, lekin shu shart bilanki, takallufu bezak berish, lof urish ziynatidan o’zimni
tiygaymen. Bu yerda Sohibqironning o’zi va saltanati borasida yozilajak asarga
munosabati, asar qanday yozilishi haqida tasavvuri juda ravshan, talabi esa yuksak
ekanligi ayon bo’lmokda. Ya‘ni, Sohibqiron davlati tarixi yozilganda ortiqcha
takalluflarga, lofu maktovlarga o’rin bo’lmasligi kerak... Hamma narsa faqat haqqoniy
yozilsin... Shomiy Sohibqiron so’zlarini qo’llab-quvvatlab: ―Yaxshi va ravon so’z
uldirkim, avom xalq uning ma‘nosini anglagay, xos kishilar unga ayb qo’ymag’ay..‖
deydi. Sohibkiron bilan muarrixning fikrlari bir joydan chiqadi. Amir Temurning:
―Men ana shundoq so’zni xohlaymen!, deya ma‘qullashi bag’oyat ibratlidir.
Muarrixga, nima uchun asar sodda yozilishi kerakligini tushuntirganda Sohibqiron,
uning jimjimadorlikdan holi, sodda bo’lishini, chunki u keng avom, xalk uchun
bitilishini, ko’pchilik tomonidan o’qilishini nazarda tutadi: ―Shu uslubda yozilgan,
tashbih va mubolag’alar bilan oro berilgan kitoblarda ko’zlangan maqsadlar o’rtada
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_3-to’plam_Aprel-2025
106
ISSN:3030-3613
yo’qolib ketadi, — deydi Amir Temur. — Agar so’z qoidaqonunidan nasibador
bo’lganlardan birontasi ma‘nisini fahmlab qolsa qolar, ammo qolgan o’ntasi, balki
yuztasi uning mazmunini bilishdan, maqsadga yetishdan ojiz. Shu sababli, uning
foydasi barchaga barobar bo’lmaydi. Bu so’zlar Amir Temurning umuman kitob
ahamiyatini, ilmni, tarixni qanchalar qadriga yetishini, chuqur anglashini ko’rsatib
turibdi. Nizomiddin Shomiyning ―Zafarnoma‖si Sohibqiron va uning davlati haqida
bevosita Amir Temur topshirig’i bilan yozilgan qutlug’ ikki kitobning biri edi,
birinchisi G’iyosiddin Alining ―Hindiston g’azavoti kundaligi‖ hisoblanadi. Har ikki
kitob ham Amir Temurning nazaridan o’tgan va ma‘qullanganligi ma‘lum. G’iyosiddin
Alining yozishicha, ushbu birinchi kitobning bitilishi hakida Humoyun o’rdudan
maxsus farmon chiqqan bo’lib, unda tarix uchun jahongirning zafarli yurishlaridan
ayrimlari ta‘riflanishi, keyin Hindiston yurishi tasvirlanishi lozimligi aytiladi.
O’shanda ham G’iyosiddin Ali oldiga uslubda balandparvozlikka berilmay, sodda,
hamma tushunadigan tilda yozish shart qilib qo’yiladi ―So’z qoida-qonuni‖ hakida
teran fikr yuritgan Amir Temur bevosita o’zi kitob yozganda bunga kat‘iy amal qiladi
va shunday qat‘iyat bilan ―Tuzuklar‖ inshosiga kirishadi. Shuni aytish lozimki, asar
uzoq yillar davomida qog’ozga tushirilgan, vaqt o’tishi bilan boshlangan matnga
qaytilgan, qisqartirilgan, to’ldirilgan, yana davom etdirilganday taassurot qoldiradi
kishida. Arab olimi Mazhar Shihobning quyidagi: ―Esdaliklar yozishni Amir Temur
hokimiyatga kelishidan ancha muddat oldin boshlagan.. degan so’zlarida jon bor
ko’rinadi. Ehtimol, Sohibqiron o’zi va saltanati tarixini, to’ra- tuzuklarni kog’ozga
tushirishni birovga topshirishni istamagan yoki biron kishini shunga munosib
ko’rmagan... O’xshash vaziyat keyinrok mashhur davlat arbobi va muarrix Abulg’oziy
Bahodirxon bilan ham yuz bergan edi, u millat uchun bag’oyat muhim ―Shajarayi
turk‖ asarini o’zi yozishga majbur bo’lgan edi. Bu hakda Abulg’oziy asar so’zboshisida
shunday so’zlarni keltiradi: ‖Bu tarixni (ya‘ni, ―Shajarayi turk‖ nazarda tutilmoqda —
M.A.) bir kishiga taklif qilali teb fikr qilduk. Hech munosib kishi topmaduk. Zarur
bo’ldi. Ul sababdin o’zimiz aytduk. Turkning masali turur: ―O’ksiz o’z kindigin o’zi
kesar‖, tegan. ―Temur tuzuklari‖ buyuk bobomizning jasoratlaridan biri edi.
Muhtaram zotning ko’pdan ko’p davlat ishlari turgani holda, fursat topib,
madaniyatimizning ko’rki bo’ladigan kitob yozishdek bir zahmatu mashaqqatni ham
o’z zimmasiga olganligi hayratlanarlikdir. ―O’zkindigin o’zi kesgan" Sohibqiron
kitobini avlodlar uchun yozayotganini juda yaxshi anglaydi. Bu bejiz emas. Asrlar
davomida asarning tillardan tillarga tarjima etilayotgani va keng tarqalayotgani, uning
ustida turli tillarda tadqiqotlar olib borilayotgani ―Temur tuzuklari ‖ning hayotiy va
xaqqoniy original asarligini, in- soniyat uchun zarur ekanligini isbot qilib turibdi.
Chunki Amir Temur yashagan davr, uning qizg’in faoliyati, mana salkam yetti yuz yil
o’tayotirki, jahonda hech kimni befark qoldirmaydi, balki ohanraboday o’ziga tortadi,
qiziqish esa tobora kuchayib bormoqda. Hayotiy hikmatlarga to’la ―Temur
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_3-to’plam_Aprel-2025
107
ISSN:3030-3613
tuzuklari‖ning noyob ma‘rifiy obida ekanligidan tashqari, Amir Temur siymosi,
sa‘jiyasi, ruhiyati, tabiati, bir so’z bilan aytsak, boy shaxsiyati va insoniyligi haqida
bergan ta‘riflari juda muhimdir. Amir Temur ―Tuzuklar‖da adolatni himoya
qilguvchi, so’zi bilan ishi bir, oliyjanob, kechirimli, dovyurak, ko’rkmas, zo’r tadbirlar
sohibi, mohir sarkarda, ulug’ rahbar sifatida namoyon bo’ladi. U zolimlardan
mazlumlar haqqini olishda jonbozlik ko’rsatadi, chunki yaxshi biladi: mamlakat kufr
bilan turishi mumkin, ammo zulmga chiday olmaydi. Hokimlaru sipohdan qay birining
xalkka jabr-zulm yetkizganini eshitsa, ularga nisbatan darhol adolatu insof yuzasidan
chora ko’radi. Yaxshilarga yaxshilik qiladi, yomonlarni esa o’z yomonliklariga
topshiradi... Davlat ishlarining to’qqiz ulushini kengashga qo’yadi, faqkat bir
ulushinigina qilichga qoldiradi. ―...G’anim tomonidan bo’lgan navkar bizga qarshi
qilich ko’targan bo’lsa, o’z yurtining tuzini halollagan bo’ladi,‖ — deyiladi
―Tuzuklar‖da. Amir Temur fikricha, o’z yurtining tuzini halollagan navkar, u
dushman navkari bo’lsa ham, hurmatga sazovor! Chunki, u o’z yurtini himoya qildi!
Biron navkar tuz haqi va vafodorlikni unutib, savashish vaqtida o’z sohibidan yuz
o’girib, Amir Temur etagini tutmoqchi bo’lsa, Sohibqiron uni o’ziga eng yomon
dushman deb biladi... Bular Sohibqironning eng tang vaziyatlarda ham adolat va
insofni birinchi o’ringa qo’yishiga yorqin misollardir. Sohibkiron ochiq yuzlilik,
rahmu shafqat bilan xalqni o’ziga rom etishni yaxshi bilardi. Xirojni raiyatdan
kaltaklash va savalash yo’li bilan emas, balki ogohlantirish, qo’rqitish, tushuntirish
yo’li bilan undirishni tayinlardi. Hamisha raiyat ahvolidan ogoh edi, ulug’larini og’a
qatorida, kichiklarini farzand o’rnida ko’rardi. Sofdil kishilar, sayyidlar, olimlar va
fozillarga dargohi doim ochiq edi. Hamisha adolatga talpinib yashar, jabru zulmdan
uzoqroqda bo’lishga intilardi. Biron kimsaning hakki bo’lsa uni aslo unutmasdi. Hech
kimdan o’ch olish payida bo’lmasdi. Ko’ngli buzuq, himmatsiz kimsalarni majlisiga
aslo yo’latmas, balki majlislarida keyinini o’ylab, olisni ko’rib ish yurituvchi, keksa va
tajribali kishilar suhbatidan bahramand bo’lardi... Chinakam do’st haqidagi quyidagi
so’zlar ham xalqimiz aql-idrokining teranligidan xabar beradi: ―Chin do’st uldirki, —
deydi Amir Temur. — Do’stidan hech qachon ranjimaydi, agar ranjisa ham, uzrini
qabul qiladi. ―Temur tuzuklari‖ ana shunday falsafiy umumlashmalar, hayotiy
hulosalarga boy qomusiy asardir. Tariximizning durdonalaridan birini xalq orasida
keng targ’ibu tashviq etishda jonbozlik ko’rsatgan olimlarimizga minnatdorchilik
bildirish o’rinlidir. Mustamlakachilik yillarida akademik I.Mo’minov ―Tuzuklar‖ning
N.Ostroumov nashri (1894) faksimilesini e‘lon qildirdi (1968), Alixontura Sog’uniy
ushbu nodir asarni ona tilimizga tarjima qilib ―Guliston‖ jurnalida (1967) chop etdirdi.
Bu ―Temur tuzuklari‖- ning shurolar davrida amalga oshirilgan birinchi tarjimasi edi.
Ushbu qadamlar Amir Temur nomi qatag’on qilingan davrlardagi chinakam jasorat
namunalari sifatida qadrlanishga loyiqdir. Mustaqillik yillarida ―Temur tuzuklari‖ni
o’rganish, nafaqat asliyatda, balki boshqa tillarda ham chop etishda jiddiy ishlar olib
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_3-to’plam_Aprel-2025
108
ISSN:3030-3613
borgan olimlarimizdan biri akademik Bo’riboy Ahmedov bo’ldi. U asarning 1991,
1996 yillar nashrlariga batafsil so’zboshilar yozdi, atroflicha izohlar ilova qildi...
Asomiddin O’rinboyev, Habibulla Karomatov, Hamidulla Karomatov, Ashraf
Ahmedov, Omonulla Bo’riyev, Haydarbek Bobobekov, Halim Boboyev, Ahmadjon
Quronbekov singari zahmatkash olimlarimiz ham ilmiy tadqiqotlar yaratdilar va
tarjimalarini e‘lon qildilar. O’zbekiston xalq yozuvchisi Pirimkul Qodirovning bu
boradagi sermazmun maqola va esselari o’quvchilarda katta qizikish uyg’otmoqda...
Xulosa:“Temur tuzuklari‖ ikki maqoladan iborat. Birinchi maqola Sohibqiron
hayotining eng e‘tiborli voqealaridan tashkil topdi, ular tarix hujjatlariga
aylanganliklari bilan qadrlidir. Qisqa, sodda, tushunarli tilda insho etilgan voqealar
o’quvchilarning turli tabaqalariga birday anglashilarlidir. Muhimi, bu voqealar
G’iyosiddin Ali, Nizomiddin Shomiy, Sharafiddin Ali Yazdiy asarlari singari ishonchli
manbalardagi voqealarga mos keladi. Ikkinchi maqola esa davlat qonunlaridan, ya‘ni
tuzuklardan tashkil topdi. Bu tuzuklar saltanatning barpo bo’lish yo’lida, hayotning
o’zi keltirib chiqargan hayotbaxsh qonunlar majmuasi ediki, ular bugungi kunda ham
ulkan ahamiyatga egadir. Birinchi maqola quyidagi so’zlar bilan yakunlanadi: ―Yetti
yillik yurishdan so’ng zafar va nusrat bilan Samarqandga qaytdim...‖ Bu sana milodiy
1404 yilning kuz oylariga to’g’ri keladi. Demak, buyuk obidamiz bo’lgan ―Temur
tuzuklari‖ning yozilganiga olti yuz yil to’ldi. Bu madaniyatimiz tarixida katta
hodisadir. Sohibqiron qalami bilan insho etilgan ―Temur tuzuklari‖ yoshlar qalbiga
bemisl g’ypyp joylab, ularni chinakam inson qilib yetishtirishda, qo’rqmas va
dovyurak, aqlli va vatanparvar sifatida tarbiyalashda bebaho bir maktab vazifasini ado
etadi. Bu maktabda hali ne-ne avlodlar saboq olishlariga aslo shubha yo’q.
FOYDANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Temur tuzuklari [forschadan Alixontoʻra Sogʻuniy va Habibulla Karomatov
tarjimasi],T., 1991, 1996; Karomatov H., "Temur tuzuklari"ni Oʻzbekistonda
oʻrganish muammolari (Temuriylar davri madaniy yodgorliklari), T., 2003.
2.
Temur tuzuklari. –T.: ―Hilol mediya‖, 2018.
3.
Temur tuzuklari. –T.: ―O’zbekiston‖, 2018.
4.
M.Sherov, B.Xaitov. Amir Temur tuzuklariga harbiy-siyosiy sharh. (Monografiya),
- Chirchiq, 2021.
5.
Lyusen Keren. Amir Temur saltanati. Fransuz tilidan B.Ermatov tarjimasi. – T.:
―O’zbekiston‖, 2020.
6.
M.Rahimov, A.Zamonov. O’zbekiston tarixi. –T.: ―Fan‖, 2019.
7.
Ubaydulla Uvatov. Sohibqiron arab muarrixlari nigohida. –T.: ―Sharq‖, 1997.