Mualliflar

  • Xoliqov Jasurbek Xakimjon o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95917

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar va iboralar: Jo‘ji ulusi Oltin O‘rda G‘arb tarixchilari ingliz tarixshunosligi Chingizxon siyosiy tuzilma diplomatik aloqalar tarixiy metodologiya.

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  ingliz  adabiyotlarida  Jo‘ji  ulusining  tarixiy 
o‘rganilishi  chuqur  tahlil  qilinadi.  Asosiy  e’tibor  G‘arb  tarixchilari  va 
tadqiqotchilarining Jo‘ji ulusi haqida yozgan asarlariga qaratiladi. Maqolada Jo‘ji 
ulusining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti ingliz tilidagi manbalar asosida keng 
yoritilib, uning tarixdagi o‘rni va Yevropa bilan aloqalari qanday talqin etilganligi 
aniqlanadi.  Tadqiqotda  ingliz  tilidagi  muhim  ilmiy  maqolalar,  monografiyalar  va 
tarixiy asarlar asosida muhokama yuritiladi. Shu bilan birga, Jo‘ji ulusining o‘ziga 
xosligi,  uning  Chingizxon  saltanatidagi  roli,  keyinchalik  mustaqil  siyosiy  tuzilma 
sifatida  shakllanishi,  diniy  omillar  va  xalqaro  diplomatik  munosabatlari  ingliz 
tadqiqotchilari nigohida qanday yoritilganiga e’tibor qaratiladi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

98

ISSN:3030-3613

INGLIZ ADABIYOTLARIDA JO‘JI ULUSINING O‘RGANILISHI

Xoliqov Jasurbek Xakimjon o‘g‘li

Farg‘ona davlat universiteti

Tarix mutaxassisligi II-bosqich magistranti

+998936410766

jasurbekxoliqov1999@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ingliz adabiyotlarida Jo‘ji ulusining tarixiy

o‘rganilishi chuqur tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor G‘arb tarixchilari va
tadqiqotchilarining Jo‘ji ulusi haqida yozgan asarlariga qaratiladi. Maqolada Jo‘ji
ulusining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti ingliz tilidagi manbalar asosida keng
yoritilib, uning tarixdagi o‘rni va Yevropa bilan aloqalari qanday talqin etilganligi
aniqlanadi. Tadqiqotda ingliz tilidagi muhim ilmiy maqolalar, monografiyalar va
tarixiy asarlar asosida muhokama yuritiladi. Shu bilan birga, Jo‘ji ulusining o‘ziga
xosligi, uning Chingizxon saltanatidagi roli, keyinchalik mustaqil siyosiy tuzilma
sifatida shakllanishi, diniy omillar va xalqaro diplomatik munosabatlari ingliz
tadqiqotchilari nigohida qanday yoritilganiga e’tibor qaratiladi.

Kalit so‘zlar va iboralar:

Jo‘ji ulusi, Oltin O‘rda, G‘arb tarixchilari, ingliz

tarixshunosligi, Chingizxon, siyosiy tuzilma, diplomatik aloqalar, tarixiy
metodologiya.

Аннотация:

В данной статье будет подробно проанализировано

историческое изучение Джоджи Улуса в английской литературе. Основное
внимание уделяется работам западных историков и исследователей,
написавших о Джоджи Улусе. В статье будет широко освещена политическая,
экономическая и культурная жизнь Джоджи Улуса на основе источников на
английском языке, а также будет определено, как трактуется его роль в
истории и отношения с Европой. Исследование будет основано на важнейших
научных статьях, монографиях и исторических трудах на английском языке. В
статье также рассматриваются особенности Джоджи Улуса, его роль в
Чингизидской

империи,

последующее

становление

как

независимой

политической структуры, религиозные факторы и международные
дипломатические отношения, а также то, как они были освещены глазами
английских исследователей.

Ключевые слова и фразы:

Джоджи Улус, Золотая Орда, западные

историки, английская историография, Чингисхан, политическая структура,
дипломатические отношения, историческая методология.

Annotation:

This article provides an in-depth analysis of the historical study of

the Jöji Ulus in English literature. The primary focus is on the works of Western


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

99

ISSN:3030-3613

historians and scholars who have written about the Jöji Ulus. The article extensively
discusses the political, economic, and cultural life of the Jöji Ulus based on English-
language sources, and it determines how its role in history and relations with Europe
have been interpreted. The research will be based on key scholarly articles,
monographs, and historical works in English. Additionally, the article addresses the
uniqueness of the Jöji Ulus, its role in the Chinggisid Empire, its later development as
an independent political entity, religious factors, and international diplomatic
relations, as well as how these aspects have been portrayed by English researchers.

Keywords and phrases:

Jöji Ulus, Golden Horde, Western historians, English

historiography, Chinggis Khan, political structure, diplomatic relations, historical
methodology.


Jo‘ji ulusi – XIII asr boshlarida Chingizxonning to‘ng‘ich o‘g‘li Jo‘ji uchun

ajratilgan hududlar asosida tashkil topgan siyosiy tuzilma bo‘lib, keyinchalik bu
hududlarda Oltin O‘rda davlati paydo bo‘lgan. Jo‘ji ulusi o‘z davrida Yevrosiyo
hududining yirik siyosiy, iqtisodiy va harbiy kuchiga aylangan. [5: 89] Ingliz
tarixshunosligida Jo‘ji ulusiga nisbatan yondashuvlar turlicha bo‘lib, asosan ikki
bosqichga – XIX–XX asr boshlaridagi orientalistik yondashuvlar va zamonaviy
postkolonial tarixshunoslik nuqtayi nazaridan qaraladi.

Jo‘ji ulusining tarixiy-geosiyosiy negizi: Chingizxon merosi va G‘arbiy

yurishlar Jo‘ji ulusining shakllanishi XIII asr boshlarida, Chingizxonning g‘arbiy
yurishlari bilan bevosita bog‘liq. Jo‘ji, Chingizxonning to‘ng‘ich o‘g‘li sifatida, Dashti
Qipchoq va Volga bo‘ylaridagi ulkan hududlarni meros qilib olgan. Ingliz tarixchilari,
xususan David Morgan va Thomas Allsen, Jo‘ji ulusining bu davrda strategik va
siyosiy ahamiyatini ta’kidlaydilar.

Jo‘ji ulusining hududiy kengayishi va Jo‘jining o‘limidan so‘ng, uning o‘g‘li Batu

tomonidan G‘arbiy yurishlar davom ettirildi. G‘arb tarixchilari bu yurishlarni Yevropa
tarixidagi eng muhim harbiy bosqinchiliklardan biri sifatida talqin qiladilar. Peter
Jackson o‘z asarida Jo‘ji ulusining bu davrdagi harbiy ekspansiyasini va u orqali tashkil
topgan davlat tizimining asoslarini tahlil qiladi.

Peter Golden, David Morgan, Thomas Allsen, Charles Halperin, Peter Jackson

kabi ingliz tilida ijod qilgan tarixchilar asarlarida Jo‘ji ulusi har xil nuqtayi nazardan
tahlil qilingan. Masalan, Golden o‘zining "An Introduction to the History of the Turkic
Peoples" asarida Jo‘ji ulusini turkiy dunyo tarixining muhim qismi sifatida ko‘radi. U
Jo‘ji ulusining siyosiy tuzilmasi, ijtimoiy munosabatlari, etnik tarkibi va iqtisodiy
rivojlanishi haqida batafsil ma’lumot beradi. Peter Goldenning asarlarida Jo‘ji ulusi
turkiy dunyo tarixining muhim qismi sifatida tahlil qilinadi [1: 24]

David Morganning "The Mongols" asari esa Jo‘ji ulusining Chingizxon

imperiyasi doirasidagi roli, uning Yevropa bilan munosabatlari, savdo yo‘llaridagi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

100

ISSN:3030-3613

o‘rni, elchilik missiyalari va madaniy almashinuvlarini keng yoritadi. [2: 67] Morgan
asarida Jo‘ji ulusining Rim papaligi, Venetsiya va Genuya bilan bo‘lgan diplomatik
aloqalarini tahlil qiladi. Shuningdek, Morgan o‘z asarida Jo‘ji ulusining harbiy
salohiyati, yurish strategiyalari va Yevropa davlatlariga nisbatan olib borgan siyosatini
chuqur tahlil qiladi. [2: 122] U Jo‘ji ulusini Chingizxon saltanatining tarkibiy qismi
sifatida emas, balki o‘z manfaatlariga ega mustaqil davlat sifatida ko‘radi. Morgan
o‘zining ushbuasarida Jo‘ji ulusining shakllanishida geografik holat, etnik tarkib va
harbiy yurishlarning hal qiluvchi rolini tahlil qiladi.

Thomas Allsen Jo‘ji ulusining ilm-fan, madaniyat va din sohasidagi faoliyatiga

e’tibor qaratadi. Uning tadqiqotlarida, ayniqsa, islom dinining Jo‘ji ulusi hududida
tarqalishi, diniy mafkuraning siyosatga ta’siri, madrasalar va dini muassasalar
faoliyati, ulamolar bilan aloqalar haqida muhim ma’lumotlar berilgan. [4: 77] Allsen
Jo‘ji ulusining diniy bag‘rikenglik siyosatini alohida tilga oladi. Unga ko‘ra, bu siyosat
musulmonlar, nasroniylar va boshqa diniy guruhlar o‘rtasida tinch-totuv yashashga
zamin yaratgan.

Charles Halperin "Russia and the Golden Horde" nomli asarida Jo‘ji ulusining rus

knyazliklariga ko‘rsatgan siyosiy va iqtisodiy ta’sirini chuqur tahlil qiladi. [5:
55] Uning fikricha, Jo‘ji ulusi nafaqat bosqinchilik kuchi, balki davlat boshqaruvi
tajribasiga ega siyosiy sub’yekt sifatida qaralishi lozim. Halperin, ayniqsa, rus
knyazliklari bilan Jo‘ji ulusi o‘rtasidagi soliq tizimi, vasallik munosabatlari, va
madaniy aloqalarni chuqur yoritadi. Halperin "Russia and the Golden Horde" nomli
asarida Oltin O‘rdaning ichki siyosati, soliqqa tortish tizimi va Rossiya knyazliklariga
bo‘lgan siyosiy nazoratni ingliz tarixiy yondashuvi asosida o‘rganadi. Oltin O‘rdaning
hukmdorlar sulolasi, ayniqsa Jo‘ji avlodlari – Botuxun, O‘zbekxon va Jonibek kabi
xonlarning siyosati G‘arb tarixchilarining e’tibor markazida bo‘lgan.

Peter Jackson "The Mongols and the West, 1221–1410" asarida Jo‘ji ulusining

G‘arbiy Yevropa bilan aloqalari, elchilik missiyalari, diniy va siyosiy muloqotlar,
savdo aloqalari, G‘arb tarixchilari nazaridagi mongollar haqidagi stereotiplar va
ularning evolyutsiyasini ko‘rsatib beradi. U, shuningdek, ingliz tarixchilarining Jo‘ji
ulusini qanday ko‘rganini, ularning qadriyatlari va siyosiy qarashlarining tarixiy
voqealarga qanday ta’sir qilganini tahlil qiladi.

Zamonaviy tadqiqotlarda Jo‘ji ulusi ko‘proq mustaqil siyosiy sub’yekt, kuchli

boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan davlat, madaniy integratsiyaga ochiq tuzilma sifatida
talqin qilinmoqda. Bu esa ilgari keng tarqalgan stereotiplardan voz kechib, tarixiy
haqiqatni chuqurroq anglashga imkon yaratadi. Ingliz adabiyotlarida bu yondashuvlar,
ayniqsa XXI asrda, yanada aniqlik va tafsilotlar bilan boyitilmoqda.

Jo‘ji ulusining G‘arb bilan aloqalari, ayniqsa diplomatik missiyalar, savdo

elchilari, diniy vakillar orqali yuzaga kelgan munosabatlar alohida ahamiyat kasb etadi.
Ba’zi manbalarda Jo‘ji ulusi elchilari Papa saroyiga, shuningdek, Vizantiya va Rim


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

101

ISSN:3030-3613

imperatorlariga elchilar yuborgani haqida ma’lumotlar mavjud. Bu aloqalar orqali ikki
sivilizatsiya o‘rtasida madaniy va ilmiy almashinuv sodir bo‘lgan.

Shuningdek, ingliz tadqiqotchilari Jo‘ji ulusining iqtisodiy siyosatiga ham alohida

e’tibor qaratgan. Ularning asarlarida Jo‘ji ulusining yirik savdo yo‘llari – Ipak yo‘li
orqali olib borilgan tashqi savdo, bojxona siyosati, soliq tizimi va savdogarlarning
huquqiy maqomi haqida batafsil ma’lumotlar keltiriladi. Ayniqsa, Golden va Morgan
kabi mualliflar bu masalalarni iqtisodiy tarix kontekstida chuqur tahlil qilishgan.

Diniy yo‘nalishda esa Jo‘ji ulusining islomni davlat dini sifatida qabul qilgani, bu

qarorning siyosiy va madaniy oqibatlari, diniy muassasalar bilan aloqalari, islomiy ilm-
fan rivojiga qo‘shgan hissasi alohida yoritilgan. Reuven Amitai, Anne Broadbridge
kabi tadqiqotchilar Jo‘ji ulusining islom dunyosi bilan aloqalarini Yaqin Sharqdagi
tarixiy jarayonlar bilan bog‘lab o‘rganishgan. O‘zbekxon (1312–1341) Oltin O‘rda
tarixida muhim burilish yasagan hukmdorlardan biri sifatida G‘arb tarixchilari
tomonidan e’tirof etiladi. Uning siyosiy islohotlari va islomni rasmiy davlat dini
sifatida tan olishi Oltin O‘rdaning ichki va tashqi siyosatiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Ingliz tarixchilari, jumladan Peter Golden, David Morgan va Charles Halperin
O‘zbekxon siyosatini G‘arb bilan aloqador voqealar zamirida tahlil qilganlar.
O‘zbekxon davrida davlatning islom diniga rasmiy maqomda o‘tishi, bir tomondan,
saltanatda markazlashgan boshqaruvni mustahkamlashga xizmat qilgan bo‘lsa,
ikkinchi tomondan, u Markaziy Osiyo va musulmon dunyosi bilan yanada yaqin
aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. G‘arb tarixchilari, ayniqsa Broadbridge va Amitai,
O‘zbekxonning bu qarorini diniy diplomatiya va sivilizatsiyalar o‘rtasidagi aloqalar
nuqtayi nazaridan baholaydilar. Islom Oltin O‘rdada faqat diniy e’tiqod emas, balki
siyosiy mafkura vositasi ham bo‘lgan. Oltin O‘rda–Movarounnahr–Xorazm
munosabatlari G‘arb tarixchilari nigohida G‘arb tarixshunosligida Oltin O‘rda va
Movarounnahr, Xorazm o‘rtasidagi munosabatlar savdo, siyosat va din mezonlari
asosida yoritilgan. Peter Jackson va Reuven Amitai o‘z asarlarida Movarounnahrni
Oltin O‘rda uchun muhim strategik va diniy markaz sifatida tasvirlaydi. Ularning
fikricha, O‘zbekxon islomga o‘tgach, Movarounnahr va Xorazm ulamolari bilan
aloqalar mustahkamlangan, bu esa ilm-fan va dini mafkuraning saroy siyosatiga kirib
kelishiga olib kelgan.

Jo‘ji ulusining harbiy salohiyati va strategik siyosati haqida esa Saunders, May va

Sinor kabi tarixchilar keng ma’lumot bergan. Ular Jo‘ji ulusining harbiy yurishlari,
jangovar taktikasi, qo‘shin tuzilmasi, otliq qo‘shinlar ustunligi va harbiy texnologiyalar
borasida muhim tahlillarni taqdim etgan. Bu yondashuvlar Jo‘ji ulusining nafaqat
siyosiy, balki harbiy tarixidagi o‘rnini ham chuqurroq ochib beradi.

Zamonaviy G‘arb tarixchilari Jo‘ji ulusini faqat harbiy kuch emas, balki muhim

savdo va madaniy bog‘lanishlar markazi sifatida tasvirlaydilar. Ular bu ulusni
Yevroosiyo tarixida madaniy almashinuv, siyosiy integratsiya va dinamik iqtisodiy


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

102

ISSN:3030-3613

taraqqiyot markazi sifatida baholaydilar. G‘arbiy Yevropa bilan diplomatik va savdo
aloqalari (Venetsiya, Genuya, Rim papaligiga elchiliklar) G‘arb adabiyotlarida Oltin
O‘rda va Yevropa davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar chuqur o‘rganilgan. Venetsiya
va Genuya bilan savdo aloqalari, ayniqsa Qora dengiz bo‘yidagi port shaharlar orqali
olib borilgan iqtisodiy faoliyat G‘arbiy tarixchilar tomonidan batafsil yoritilgan.
Jackson va Halperin bu aloqalarni Yevropaning sharq bilan bog‘lovchi asosiy kanali
sifatida baholaydilar.Rim papaligiga yuborilgan elchilar, xususan XIV asr boshidagi
diplomatik harakatlar, Oltin O‘rda tashqi siyosatining keng qamrovli va uzoqni ko‘zlab
olib borilganini ko‘rsatadi. Ingliz tarixchilari, jumladan Broadbridge va Jackson, bu
diplomatik aloqalarni faqat siyosiy emas, balki diniy nuqtayi nazardan ham baholab,
sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqotda Oltin O‘rdaning o‘rnini belgilab beradilar.

Shuningdek, bu davrda Yevropa va Oltin O‘rda o‘rtasida savdo elchiliklari orqali

faollashgan tovar aylanishi, Yevropa manbalarida Oltin O‘rda tillarining va siyosiy
tartiblarining tasvirlanishi, G‘arb tarixchilari tomonidan Jo‘ji ulusining Yevropa
tarixiga qo‘shgan hissasi sifatida ko‘riladi.

Bunday ilmiy yondashuvlar Jo‘ji ulusining O‘rta asrlar Yevrosiyo tarixidagi o‘rni,

u amalga oshirgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, diniy bag‘rikenglik siyosati, xalqaro
aloqalar va savdo tizimi bo‘yicha ko‘plab yangi qarashlarni yuzaga chiqarmoqda. Bu
esa mazkur mavzuni yana-da chuqurroq o‘rganish uchun mustahkam asos yaratadi.

Manbalar va adabiyotlar:

1.

Golden, Peter B.

An Introduction to the History of the Turkic Peoples.

Wiesbaden: Otto Harrassowitz, 1992.

2.

Morgan, David.

The Mongols.

Oxford: Blackwell, 1986.

3.

Lamb, Harold.

Genghis Khan: The Emperor of All Men.

New York: Doubleday,

1927.

4.

Allsen, Thomas T. "Mongolian Princes and their Southern Neighbors: National
Identity in Medieval Eurasia."

Journal of Asian History

, 1989.

5.

Halperin, Charles J.

Russia and the Golden Horde: The Mongol Impact on

Medieval Russian History.

Bloomington: Indiana University Press, 1985.

6.

Amitai, Reuven.

The Mongols and the Islamic World: From Conquest to

Conversion.

Cambridge University Press, 2019.

7.

Jackson, Peter.

The Mongols and the West, 1221–1410.

London: Routledge,

2005.

8.

Broadbridge, Anne F.

Kingship and Ideology in the Islamic and Mongol Worlds.

Cambridge University Press, 2008.

9.

Atwood, Christopher.

Encyclopedia of Mongolia and the Mongol Empire.

Facts

on File, 2004.

10.

Biran, Michal.

Qaidu and the Rise of the Independent Mongol State in Central

Asia.

Curzon Press, 1997.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

103

ISSN:3030-3613

11.

Saunders, J. J.

The History of the Mongol Conquests.

University of Pennsylvania

Press, 2001.

12.

May, Timothy.

The Mongol Art of War.

Westholme Publishing, 2007.

13.

Sinor, Denis.

The Cambridge History of Early Inner Asia.

Cambridge University

Press, 1990.


Bibliografik manbalar

Manbalar va adabiyotlar:

Golden, Peter B. An Introduction to the History of the Turkic Peoples.

Wiesbaden: Otto Harrassowitz, 1992.

Morgan, David. The Mongols. Oxford: Blackwell, 1986.

Lamb, Harold. Genghis Khan: The Emperor of All Men. New York: Doubleday,

Allsen, Thomas T. "Mongolian Princes and their Southern Neighbors: National

Identity in Medieval Eurasia." Journal of Asian History, 1989.

Halperin, Charles J. Russia and the Golden Horde: The Mongol Impact on

Medieval Russian History. Bloomington: Indiana University Press, 1985.

Amitai, Reuven. The Mongols and the Islamic World: From Conquest to

Conversion. Cambridge University Press, 2019.

Jackson, Peter. The Mongols and the West, 1221–1410. London: Routledge,

Broadbridge, Anne F. Kingship and Ideology in the Islamic and Mongol Worlds.

Cambridge University Press, 2008.

Atwood, Christopher. Encyclopedia of Mongolia and the Mongol Empire. Facts

on File, 2004.

Biran, Michal. Qaidu and the Rise of the Independent Mongol State in Central

Asia. Curzon Press, 1997.

Saunders, J. J. The History of the Mongol Conquests. University of Pennsylvania

Press, 2001.

May, Timothy. The Mongol Art of War. Westholme Publishing, 2007.

Sinor, Denis. The Cambridge History of Early Inner Asia. Cambridge University

Press, 1990.