T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_3-to’plam_Aprel-2025
94
ISSN:3030-3613
MISR GRAMMATIKA MAKTABINING SHAKLLANISHI VA IBN
HOJIBNING UNDAGI O‘RNI
Oriental Universiteti
1-kurs magistranti
Abdullayev G‘olibjon Tolibjon o‘g‘li
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Misr grammatika maktabining shakllanishi,
rivojlanish bosqichlari va ushbu maktabning arab tilshunosligidagi o‘rni haqida so‘z
yuritiladi. Ayniqsa, mazkur ilmiy maktab vakillaridan biri bo‘lgan yirik nahv olimi Ibn
Hojib (XIII asr)ning ilmiy merosi tahlil qilinadi. Uning mashhur “Kofiya” asari orqali
nahv ilmining nazariy asoslari shakllangani va bu asarning boshqa grammatika
maktablariga ta’siri yoritib beriladi.
Kalit so‘zlar:
Misr grammatika maktabi, Ibn Hojib, Kofiya, arab tili, nahv,
tilshunoslik, ilmiy meros.
Abstract:
This article explores the formation and development of the Egyptian
school of grammar and its role in Arabic linguistics. Special attention is given to Ibn
al-Hajib, a prominent grammarian of the 13th century, whose scholarly contributions
significantly shaped the theoretical foundations of Arabic grammar. His seminal work
"Kafiya"
is analyzed as a cornerstone text that influenced subsequent grammatical
schools and scholars.
Keywords:
Egyptian grammar school, Ibn al-Hajib, Kafiya, Arabic language,
grammar, linguistics, scholarly legacy.
Аннотация:
В данной статье рассматривается становление и развитие
Египетской грамматической школы, а также её роль в арабском языкознании.
Особое внимание уделяется одному из выдающихся представителей школы —
Ибн аль-Хаджибу (XIII век), чьё научное наследие оказало значительное влияние
на развитие теоретических основ арабской грамматики. Анализируется его
знаменитое произведение «Кафия» как важнейший источник для последующих
грамматических школ.
Ключевые слова:
Египетская грамматическая школа, Ибн аль-Хаджиб,
Кафия, арабский язык, грамматика, языкознание, научное наследие.
Til bilimlarining taraqqiyotiga arab tilshunoslik maktabining ham hissasi katta
bo‘lgan. Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, til haqidagi fan ikki til o‘rtasidagi (adabiy
til va sheva) farq yoki bir tilning ikki tarixiy bosqichdagi rivojlanishini o‘rganishda
paydo bo‘ladi. Xuddi shunday anologik sabab o‘rta asrlarda arablarga tilshunoslik
bilan shug‘ullanishga turtki bergan.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_3-to’plam_Aprel-2025
95
ISSN:3030-3613
Arab madaniyati tarixi bilan shug‘ullanish shuni ko‘rsatadiki, arablar o‘z tilining
sofligi va boyligini hayron qolarli darajada yuqori qo‘yadilar. Ularni saqlab qolish, til
faktlarini to‘plash, sistemalashtirish va o‘rganish uchun arab olimlari ozmuncha ish
qilmadilar. Bularning barchasi o‘zining ijtimoiy va tarixiy asosiga, ya’ni ildiziga ega.
Arab tilshunoslari klassik arab tilining fonetik tuzilishi, grammatikasini har
tomonlama ishlab chiqqanlar. Arab tilshunosligida muhim bo‘lim leksikologiya edi.
Arab tilshunoslaridan Iso Saqafiy (vaf. 766 y.) o‘zining ko‘p sonli ishlari va shogirdlari
bilan ajralib turadi. Shuningdek al-Usman Abu Ubayd, al-Mubarrad, Muhammad ibn
Durayd asarlari katta ahamiyat kasb etadi. Arab filologiyasi taraqqiyotiga Ibn Sikkit,
Muhammad Anbariy, Abr
ibn Qutayba, Ibn Jinniy, Ismoil Javhariy, Muhammad
Hiraviy va boshqalar katta hissa qo‘shdilar. Bu mualliflarning asarlarida arab tili
leksikasi har tomonlama yoritib berilgan. O‘sha davrlarda klassik arab tilining ko‘p
jildli lug‘ati tuzilib, yirik leksikografik ishlar qilingan.
XI asrga kelib arab Sharqida tilshunoslik juda taraqqiy etib ketdi. Biroq qadimgi
Hind, Yunon, Rim va Arab Sharqi olimlari asarlarida u yoki bu tilga oid ma’lumotlarni
shu guruh yoki oila tillari bilan taqqoslab o‘rganilmadi. Tillarni qiyosiy o‘rganish ishini
mashhur olim Mahmud Qoshg‘ariy boshlab berdi.
Arab tilshunosligining shakllanishi va nisbatan juda qisqa vaqt ichida
rivojlanishning yuqori cho‘qqqisiga chiqishiga tarixiy shart-sharoit yordam bergan.
632 yili tarix sahnasiga chiqqan arab xalifaligining sarhadlari arablarning yurishlari
natijasida nihoyatda tez kengaya bordi. Yaqin va O‘rta Sharq, Hindistonning kattagina
qismi qo‘shilgan holda, Kavkazorti, Shimoliy Afrika Ispaniya va Yevropaning janubiy
hududlarigacha xalifalik tarkibiga kirdi. Shunday qilib arabiyzabon madaniyatning
rivojlanish jarayoniga turli xalqlar, madaniyatlar aralashib, qo‘shilib ketdi. Bu
o‘lkalarga islom dini bilan birgalikda arab tili ham din, davlat, ilm va ta’lim tili sifatida
kirib keldi.
Bu davrda arab dunyosida tabiiy va gumanitar fanlar gullab-yashnadi. Til,
ayniqsa arab tili masalalari bilan shug‘ullanishga alohida e’tibor qaratildi. Arab tilining
sofligini saqlash umumdavlat miqyosidagi muhim vazifalardan biri hisoblangan.
Fath etilgan davlatlar islom dinini qabul kilishdi, arab tili esa davlat tili deb e’lon
qilindi. Shunday qilib qisqa vaqt ichida klassik arab tili juda katta territoriyali
davlatning, hukmron dinning tiliga aylandi. Qur’oni karimning oyatlari, hadislar juda
to‘g‘ri talaffuzni talab etar edi. Ana shu munosabat bilan Arab sharqida tilshunoslik
paydo bo‘ldi, taraqqiy etdi. Arab tilshunosligining markazi Abbosiylar sulolasi davrida
Basra va Kufa shaharlari hisoblanar edi. Arab tili grammatikasining birinchi muallifi
esa Abu-l-Asvad Dualiydir. Arab tilshunoslari klassik arab tilining fonetik tuzilishini,
grammmatikasini har tomonlama to‘liq va mukammal ishlab chiqdilar. Leksikologiya
esa arab tilshunosligida asosiy bo‘lim hisoblanadi.
Arab tilshunoslari sintaksis, morfologiya va fonetika masalalarida katta
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_3-to’plam_Aprel-2025
96
ISSN:3030-3613
yutuqlarni qo‘lga kiritganlar. Sintaksisning vazifasi gapni struktur — semantik analiz
qilishdan iborat edi. Unda ikki “so‘z” yoki “so‘z” bilan “fe’l” o‘rtasidaga ega-kesim
munosabati asos qilib olingan. Tilshunoslar gaplarni yigiq va yoyiq, sodda va
murakkab jumlalarga; gapning boshida qaysi so‘z turganligiga qarab ularni “ismiy”,
“fe’liy” va “qolip” gaplarga ajratganlar, unga muvofiq ega va kesimning ham turlari
ajratilgan. Gapning 2-darajali bo‘laklari ham ajratilib mufassal, to‘la tasniflangan
(to‘ldiruvchining 5 turi, turli hildagi hollar, izohlovchilar). Kelishiklarning formal va
virtual
holatlari farqlangan. Gapning konstruksiyasi, ya’ni tuzilishini tushuntirish
uchun “nazarda tutilgan (podrazumevaemыy chlsn predlojsniya) gap bo‘lagi”
tushunchasini kiritganlar. Moslashuv, boshqaruv va bitishuv aloqalari ham tahlil
doirasiga kiritilgan.
Morfolognyada esa so‘z turkumlari va ularning sintaktik jihatdan
shart(lanmagan) bo‘lmagan so‘z yasalishi xususiyatlari o‘rganilgan. Bu sohaga so‘z
turkumlari “ism”, “fe’l” va “harf” (yordamchi so‘zlar); o‘zak tarkibi, ism va uning
turlari tasnifi, fe’llar, ularning forma va ma’nolarining mufassal tasnifi; ikki kelishikli,
uch kelishikli ismlar, nisbiy otlarning yasalishi, grammatik jins va grammatik son
shakllarining yasalishi, o‘zak tarkibidagi undosh sababli so‘z shaklining o‘zgarishi,
vaqf (pauzal) formalar va boshqa holatlar o‘rnatilgan. Aynan shu yerda masdar
masalasida bahs yuritilgan.
Arab olimlari fonetikada ayniqsa katta muvaffaqiyatlarga erishganlar. Masalan:
Xalil ibn Ahmad, Ibn Sino, Sibavayhi. Grammatik asarlarning fonetika bobida arab
tovushlarining artiqulyatsiyasi, shuningdek ularning turli o‘zgarishlari bayon qilinar
edi. Ibn Sino tovushlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish uchun porrelyatsiya, ya’ni
o‘zaro aloqadorlik, bir-biriga bog‘liqlik tushunchasini kiritgan. Fonemalarni undosh va
unlilarga ajratishi esa Ibn Sinoning jahon tilshunosligi rivojidagi katta xizmatlaridan
biri bo‘lgan. Geminatsiya hodisasi esa to‘liq progressiv yoki regressiv assimilyatsiya
natijasi deb tasniflangan. Qisman va masofadan turib assimilyatsiyalash hodisasi ham
bayon qilingan. Arab tilshunoslari tomonidan undosh va unlilarning o‘zaro
aloqadorligi, undoshlarning almashtirilishi, hamzaning yo‘qolishi, liteteza, epiziya,
bog‘lovchi (biriktiruvchi) unlining paydo bo‘lishi, tovush simvolizmlari
masalalarigacha o‘rganilgan.
Arab
tilshunoslarining
nisbatan
qisqa
davr
mobaynida
shunday
muvaffaqiyatlarga erishganliklari boshqa xalqlarda, o‘zga madaniyat vakillarida bu
yutuqlarga nisbatan turli faraz, tahmin va gumonlarni keltirib chiqargan.
B i z g a yetib kelgan ma’lumotlarga asoslangan holda arab olimlari bir ovozdan
Abu-l-Asvad Dualiyni “arab grammatikasining asoschisi va nahv ilmining birinchi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_3-to’plam_Aprel-2025
97
ISSN:3030-3613
muallimi” deb tan olishadi. Jumladan, Ibn Qutayba (Kitabu-l-maorif) va Suyutiylar:
“U arab tilining qonunlarni yaratgan birinchi kishidir”,- deyishadi.
1
Arab grammatikasiga oid izlanishlar bilan Abu-l-Asvadning shogirdlari Anbasa
ibn al-Fixrii, Maymun al-Aqran Nasr ibn Osim, Yahьyo Ya’marlar shug‘ullanishgan.
Bu tilshunoslarning ham shogirdlari bo‘lib ular ham nahv ilmi bilan shugullanishgan.
Masalan, Abu Amr Ala Maziny (vaf.
153/770 y.) Nasr ibn Osimning; Abu Is’hok
Xadramiy (vaf 117/ 735 y.) esa Yaьyo ibn Ya’marning shogirdi bo‘lishgan Abu Amr
ibn Umar Saqafiy va Yunus ibn Habib esa Maziniy
va Xadramiyning shogirdi bo‘lgan.
Arab nahvi ilmining poydevorini Abu-l-Asvad Dualiy qo‘yigan bo‘lsa, uning
binosini biz yukorida nomlarini zikr etgan (birinchi) tilshunoslar qurishgan. Eng
achinarlisi shuki, ularning asarlari bizgacha yetib kelmagan.
1-davr. Abu-l-Asvad ad-Duali davri. Arab grammatikasi bilan shug‘ullanishga
sabab bo‘lgan omillar haqida rivoyatlar, hikoyatlar qanchalar turli-tuman va xilma xil
bo‘lmasin, arab grammmatikasining normalarini, qonun-qoidalarini yaratgan, ishlab
chiqkan birinchi kishi Abu-l-Asvad Dualiydir. “Arab nahvi binosining birinchi
g‘ishtini qo‘ygan, arab alifbosidagi undoshlarning nuqtalarini, zer-zabarini (unlilarni
ifodalovchi harakatlarni) ishlab chiqqan Abu-l-Asvad bizgacha daragi (xabari) yetib
kelgan eng birinchi nahv muallimidir.”
2
Arab tilshunosligi rivojlanishining 2-davri Abu-l-Asvad Dualiy shogirdlari davri
hisoblanadi. Bu davrda arab grammatikasiga oid izlanishlar bilan Abu-l-Asvadning
shogirdlari Anbasa ibn Ma’dan al-Fil, Maymun al-Aqran, Nasr ibn Osim, Yahьyo ibn
Ya’mar shug‘ullanganlar. Ular o‘z ustozlarining ilmiy izlanishlarini davom
etgirganlar. Arab olimlari ularning yozma asarlarini zikr etmaganliklari bois, biz
ularning faoliyati ogzaki talqin qilish bilan cheragalangan (cheklangan) bo‘lsa kerak,
deb tahmin qilishimiz mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Ibn al-Hajib.
Kafiya fi an-Nahw
. Qadimiy qo‘lyozma va zamonaviy tahrirlar.
2.
Versteegh, Kees.
Arabic Grammar and Linguistic Thought
. Brill, 1997.
3.
Al-Zubaydi, A.M.
Taj al-‘Arus min Jawahir al-Qamus
. Qom: Dar Ihya al-Turath al-
Arabi.
4.
Brockelmann, Carl.
History of the Arabic Language and Its Grammar
. Otto
Harrassowitz Verlag.
5.
Al-Suyuti, Jalal al-Din.
Al-Mazhar fi Ulum al-Lugha wa Anwa’iha
. Qohira: Dar al-
Kutub.
6.
Abdulaziz al-Dayf.
Tārīkh al-Nahw al-‘Arabī
. Qohira, 1960.
7.
Муҳаммад Абдулҳай.
Ибн Ҳожиб ва унинг Кофия асаридаги наҳвий қарашлари
.
Тошкент Ислом институти нашри, 2010.
1
Носирова М. Тилшунослик билимлари тарихи ( араб тилшунослиги). – Т.: ТошДШУ, 2011. Б.23
2
Носирова М. Тилшунослик билимлари тарихи ( араб тилшунослиги). – Т.: ТошДШУ, 2011. Б.24