T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_3-to’plam_Aprel-2025
88
ISSN:3030-3613
IBORALAR VA MAQOLLAR TARJIMASIDA YUZAGA KELADIGAN
MUAMMOLAR
Akbarova Faridaxon Botirali qizi
Andijon Davlat chet tillari instituti,
Roman – German va slavyan tillari
fakulteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti
yo‘nalishi 1 – bosqich talabasi
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbekcha–ruscha yoki ruscha-o‘zbekcha iboralar tarjimasida
uchraydigan muammolar, ularning sabab va turlari, shuningdek, bu muammolarga
yechim bo‘la oladigan tarjima strategiyalari ko‘rib chiqiladi. Maqola nazariy
mulohazalar bilan birga, amaliy misollar asosida olib boriladi. Asosiy maqsad —
o‘zbek tilidan rus tiliga tarjima qilinayotgan frazeologik birliklarning tarjimasida yo‘l
qo‘yiladigan xatolarni aniqlash va tarjimonlar uchun foydali yondashuvlarni taklif
qilishdan iborat.
Аннотация
В данной статье рассматриваются проблемы, возникающие при переводе
фразеологических единиц с узбекского языка на русский и наоборот, их причины
и разновидности, а также стратегии перевода, способные послужить решением
данных трудностей. Работа включает не только теоретические рассуждения, но
и опирается на практические примеры. Основная цель статьи заключается в
выявлении ошибок, допускаемых при переводе фразеологических единиц с
узбекского языка на русский, и в предложении эффективных подходов, полезных
для переводчиков.
Annotation
This article examines the issues encountered in the translation of phraseological
units from Uzbek into Russian and vice versa, their causes and types, as well as
translation strategies that may serve as potential solutions to these problems. The
discussion is based not only on theoretical considerations but also supported by
practical examples. The main objective of the paper is to identify common mistakes
made when translating phraseological expressions from Uzbek into Russian and to
propose effective approaches that could be useful for translators.
Kalit so‘zlar:
tarjima, frazeologizm, maqollar, funksional birliklar, semantik
birliklar, ekvivalentlik, kontekst, madaniyat, urf-odatlar
Ключевые слова:
перевод, фразеологизмы, пословицы, функциональные
и семантические единицы, эквивалентность, контекст, культура, обычаи и
традиции
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_3-to’plam_Aprel-2025
89
ISSN:3030-3613
Key words:
translation, phraseologisms, proverbs, functional and semantic
units, equivalence, context, culture, customs, and traditions
KIRISH
Har bir xalqning til boyligi, avvalo, uning frazeologik birliklari — iboralar va
maqollar orqali namoyon bo‘ladi. Bu birliklar xalq tafakkurining, urf-odatlari va
madaniyatining ifodasi hisoblanadi. Shu sababli ibora va maqollar tarjimasi oddiy
so‘zlar tarjimasidan keskin farq qiladi. Frazeologik birliklar va maqollar har bir tilda
o‘ziga xos bo’lib, ularni tarjima qilish jarayonida bir qancha muammolar tug‘dirishi
mumkin. Ularni boshqa tilda aniq va to‘g‘ri ifodalash tarjimon uchun katta mas’uliyat
va bilim talab qiladi. Ruscha-o‘zbekcha til juftligida tarjima jarayonida ko‘plab
iboralar va maqollar o‘zbek tilida aniq ekvivalentga ega bo‘lmasligi mumkin. Ayrim
hollarda ularning ma’nosi boshqa madaniyatda tushunarsiz bo‘lib chiqadi yoki
noto‘g‘ri talqin qilinadi. Bu holat tarjimada semantik buzilishlarga, konnotatsiya
yo‘qolishiga yoki mazmuniy noto‘g‘riliklarga olib keladi.
Mazkur maqolada aynan o‘zbek tilidan rus tiliga iboralar va maqollar tarjimasida
uchraydigan muammolar tahlil qilinadi. Bunda asosiy e’tibor frazeologik birliklarning
o‘ziga xosliklariga, tarjimada yuzaga keladigan qiyinchiliklarga va ularni yengib o‘tish
yo‘llariga qaratiladi. Misollar asosida muhokama qilinib, tarjimonlar uchun foydali
yondashuvlar taklif etiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Tadqiqotda qiyosiy va tipologik usullar asosida o‘zbek va rus tillarida
frazeologik birliklar – ibora, maqol va matallar tarjimasida yuzaga keluvchi turli xil
muammolar tahlil qilindi. O‘zbek va rus tillarining ilmiy manbalari (o‘zbek tilining
iboralar lug’ati, rus tilining frazalar lug’ati, grammatik qo‘llanmalar, ilmiy adabiyotlar
va maqolalar) asosida tahlillar olib boriladi. Har ikki tildan ibora va maqollar
tarjimasidagi farqlar taqqoslandi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Frazeologik birliklarni tarjima qilish jarayonida ularning tuzilishi va mazmunini
solishtirish orqali funksional va semantik mustaqil birliklar tanlab olinadi. Bu
prinsiplar til elementlarini o‘xshashlik va mos kelish orqali ifoda qilinadi. Ushbu
birliklarning tuzilishi va ma‘nosi mos kelishi mumkin yoki moslashishda ayrim
kamchiliklar orqali taqdim etiladi. Frazeologik birliklarning tuzilishi va mazmuni
jihatidan to‘liq mos bo‘lishi kam kuzatiladi. Iboralar va maqollar tilning bevosita
tarjima qilinmaydigan unsurlaridan hisoblanadi. Chunki ularning ma’nosi ko‘pincha
so‘zlarning yuzaki mazmunidan emas, balki butun birlikning obrazli, ko‘chma
ma’nosidan kelib chiqadi. Masalan, o‘zbek tilidagi “Ko‘z tegmasin” iborasi rus tiliga
“не сглазь” tarzida tarjima qilinadi. Agar uni so‘zma-so‘z tarjima qilsak (не попади в
глаз), u kulgili va noto‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Ko‘plab tarjimonlar iboralarni
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_3-to’plam_Aprel-2025
90
ISSN:3030-3613
tushunmasdan so‘zma-so‘z tarjima qilishga urinadilar, bu esa ma’no buzilishiga olib
keladi. Masalan:
"Yelkasiga yuk tushdi" – на его плечо упала ноша (noto‘g‘ri), to‘g‘risi – он
взял на себя ответственность.
"Yuziga tik qaradi" – он смотрел прямо в лицо emas, balki он смело
посмотрел ему в глаза.
Bu misollar so‘zma-so‘z yondashuv frazeologizmlarning haqiqiy ma’nosini bera
olmasligini ko‘rsatadi. O‘zbek tilidagi ba’zi iboralar va maqollar rus tilida ekvivalentga
ega emas, chunki ular muayyan milliy an’analar, urf-odatlar yoki tarixiy tajribalar bilan
bog‘liq. Misol uchun:
"Qo‘shning tinch – sen tinch" – rus tilida bu kabi fikr “Хороший сосед – залог
спокойной жизни” tarzida kontekstual tarzda berilishi mumkin.
"O‘t o‘chmasdan tutun chiqmaydi" – нет дыма без огня – bu yerda ekvivalent
to‘g‘ri topilgan.
Biroq, ba’zi maqollar faqat tavsifli yoki izohli tarjima orqali ifodalanadi. Iboralar va
maqollarni tarjima qilishda to‘g‘ri ekvivalentni topish muhim. Agar to‘g‘ri ekvivalent
topilmasa, ibora ma’nosi rus tilidagi mavjud frazeologizm bilan almashtiriladi.
Masalan:
“Ko‘z ochib yumguncha” – “в мгновение ока”.
Tarjima jarayonida tavsifli tarjima usulidan ham foydalanishimiz mumkin. Bu usulda
agar ekvivalent mavjud bo‘lmasa, ibora ma’nosi bayon qilinadi. Masalan:
“Tili achchiq” – “он говорит резкие слова”.
“Yeyish uchun yashama, Yashsash uchun ye” – “Ешь просто – проживёшь лет
до ста”
Yana bir usullardan biri bu - izohli tarjima hisoblanadi. Bunda ibora asl holicha
qoldiriladi, izoh esa matn chetida yoki izohlar ro‘yxatida beriladi.
Matn ichida uchragan ayni bir maqol yoki matalni, idioma yoki so‘z o‘yinini bit
nechta tarjimon har xil tarjima qiladi. To‘g‘ri, ularning tarjimalari bir-biriga o‘xshashi
ham mumkin. Lekin ko‘pincha ular ma’lum darajada bir-biridan tafovut qiladi. Buning
sababi shuki, bir tarjimon ko‘chma ma’noli birikmani uning obrazli asosini saqlagan
holda tarjima qilishni ma’qul ko‘rsa, boshqasi uning o‘z tilida mavjud muqobil varianti
bilan berishni lozim topadi, yana boshqasi esa uni o‘zicha o‘ng‘ay deb hisoblagan
boshqa bir yo‘l bilan ag‘daradi.
1
Tarjimon nafaqat tilni, balki xalqning mentaliteti va madaniyatini ham yaxshi
bilishi lozim. Iboralarni to‘g‘ri talqin qilish — tarjimonning madaniy sezgirligi,
1
G’aybulla Salomov (1961) “Maqol va idiomalar tarjimasi: Rus tilidan o’zbekchaga maqol, matal va idiomalar tarjima
qilish masalasiga doir”. Toshkent: O’zbekiston SSR Fanlar akademiyasi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_3-to’plam_Aprel-2025
91
ISSN:3030-3613
tajribasi va tafakkuriga bog‘liq. Har bir iborani tarjima qilishda kontekst, matn janri va
maqsadli auditoriya inobatga olinishi zarur.
XULOSA
Iboralar va maqollar tarjimasi tilshunoslik va tarjimashunoslikda eng nozik va
mas'uliyatli sohalardan biridir. Tarjimon faqat lug‘aviy bilim bilan cheklanmasdan,
madaniy tafovutlarni, xalqona tafakkurni va til obrazlarini chuqur anglashga intilishi
kerak. Maqola davomida o‘zbekcha–ruscha til juftligida uchraydigan asosiy
muammolar – so‘zma-so‘z tarjima, madaniy ekvivalent yo‘qligi, va noto‘g‘ri talqinlar
ko‘rib chiqildi.
Yakuniy natija sifatida shuni aytish mumkinki, iboralar va maqollarni
muvaffaqiyatli tarjima qilish uchun tarjimon quyidagi jihatlarga e’tibor qaratishi kerak:
frazeologik birliklarning asl ma’nosini aniqlash; maqsadli til (rus tilidagi) ekvivalentni
aniqlash yoki tavsifli tarzda ifodalash; madaniy moslik va kontekstga asoslangan
yondashuvni tanlash.
Tarjimada iboralarni to‘g‘ri ifodalash nafaqat til soddaligini, balki matnning
estetik, madaniy va mazmuniy aniqligini ham ta'minlaydi. Shu bois tarjimonlarning bu
sohadagi bilim va malakalarini doimiy oshirib borishi dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Asiljonova Sh., Qodirqulova Sh., Bobojonova M., Sa’dullayeva Sh.(2022) –
“Tarjimaning 3 xil tilda:o’zbek, rus va ingliz tillaridagi frazeologik muammolari”.
DOI:10.24412/2181-2454-2022-4-292-295
2.
Baker, Mona. In Other Words: A Coursebook on Translation. Routledge, 2011
3.
I. G’afurov, O.Mo’minov, N.Qambarov – “Tarjima nazariyasi”
4.
5.
Sadikova S.M. (2024). “Frazeologik birliklar va ularning tarjima jarayonidagi
muammolar va ularni hal qilish yo‘llari”,
https://doi.org/10.5281/zenodo.13968532
6.
G’aybulla Salomov (1961) “Maqol va idiomalar tarjimasi: Rus tilidan o’zbekchaga
maqol, matal va idiomalar tarjima qilish masalasiga doir”. Toshkent: O’zbekiston
SSR Fanlar akademiyasi