T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_3-to’plam_Aprel-2025
65
ISSN:3030-3613
DIQQATNING RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR:
MAKTABGACHA YOSH DAVRIGA OID YONDASHUVLAR
Nigora Yo’ldasheva Sodiqjon qizi
Alfraganus Universiteti, Pedagogika fakulteti, Psixologiya (faoliyat turlari )
yo’nalishi 2-bosqich talabasi
Annotatsiya
. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda diqqat
jarayonini shakllantirish hamda diqqat jarayonining shakllanishi va rivojlanishiga
ta’sir qiluvchi asosiy omillar tahlil qilingan. Shuningdek psixologik, biologik hamda
ijtimoiy omillar nuqtayi nazaridan turli yondashuvlar atroflicha yoritib berilgan.
Kalit soʻzlar:
Diqqat, Maktabgacha yoshdagi bolalarda diqqat shakllanishi,
ijtimoiy omillar, psixologik omillar, biologik omillar, ijobiy emotsiyalar, salbiy
emotsiyalar, oʻyin faoliyati,rus psixologi A.N.Leontev, D.B.Elkonin, Oʻzbekiston
psixologi X.Yoʻldoshev,
Bugungi kunda psixologiya fanida shaxs rivojlanishini har tomonlama oʻrganish
hamda bu jarayonda unga yordam berish yangidan yangi yondashuvlarni talab
qilmoqda. Shaxs rivojlanishida esa muhim psixik jarayonlardan biri bu shaxsning
diqqat jarayonini qay darajada yaxshi rivojlanganligi muhim hisoblanadi. Diqqat inson
psixikasining muhim jihatlaridan biri bo‘lib, atrof-muhitdagi axborotlarni ongli qabul
qilish va qayta ishlash jarayonidir. Ayniqsa, maktabgacha yosh davri — diqqatning
shakllanishi uchun eng muhim bosqich hisoblanadi. Ushbu davrda bolaning diqqatini
shakllantirishda nafaqat biologik omillar, balki ijtimoiy muhit ham bevosita ta’sir
ko‘rsatadi.
Diqqat — bu ong faoliyatining muayyan ob’yektga yo‘naltirilganligi va
barqarorligini ifodalovchi psixik jarayon hisoblanadi.
Maktabgacha yosh
— bu bolaning aqliy, emotsional va ijtimoiy rivojlanishida
muhim bosqich bo‘lib, aynan shu davrda asosiy psixik jarayonlarning dastlabki
shakllanishi sodir bo‘ladi. Shu jarayonlardan biri diqqat bolaning har qanday o‘quv,
o‘yin, muloqot faoliyatida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Maktabgacha yoshda diqqat quyidagi bosqichlarda rivojlanadi:
1. 3–4 yosh: Bu yoshdagi bolalarda diqqat hajmi kichikligi sabab, tez chalg‘iydi,
eʼtibor qaratish sust boʻladi, asosan shuning uchun diqqat qiziqish asosida shakllanadi.
2. 4–5 yosh: Bu yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqat paydo boʻlgan bo‘ladi,
e’tibor qaratish qobiliyati rivojlana boshlaydi.
3. 5–6 yosh: Bu yoshdagi bolalarda diqqat hajmi ortadi, oʻzini shoʻxliklarini
nazorat qila olishga harakat qiladilar, topshiriqlarni ohirigacha davom ettirib yakunlash
qobiliyati shakllana boshlaydi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_3-to’plam_Aprel-2025
66
ISSN:3030-3613
4. 6–7 yosh: Bu yosh maktabga tayyorgarlik bosqichi hisoblanib bolalarda
diqqat barqarorligi kuchayadi, nazorat va o‘zini boshqarish elementlari vujudga keladi.
Diqqatni shakllantirishga ta’sir etuvchi omillarga biologik, psixologik va
ijtimoiy omillar kiradi.
Diqqatni rivojlantiruvchi biologik omillar — bu bolaning jismoniy va asabiy-
fiziologik holati bilan bog‘liq bo‘lgan ichki omillardir. Bunda bolalarning jismoniy
sogʻlomligi, asab tizimi yaxshi rivojlanganligi, ularda diqqat jarayonini shakllanishi,
barqarorligi va rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu yoshdagi bolalar uchun
uyqu yetarliligi muhim hisoblanadi. Uyqu yetishmovchiligi diqqatning barqarorligini
buzadi, va tez charchashga olib keladi. Uyqusi yaxshi boʻlib, toʻliq dam olgan bolalar
faol va eʼtiborliroq boʻladilar.
Ijtimoiy omillar – oilaviy muhit, tarbiya, tarbiyachining yondashuvi.Oila bu–
bolada diqqatning shakllanishi va barqaror boʻlishiga asosiy ta’sir ko‘rsatuvchi birinchi
ijtimoiy muhitdir. Oilada quyidagi jihatlar muhim: Avvalo ota-onaning mehribon,
sabrli va rag‘batlantiruvchi munosabati bu diqqatni rivojlantirishga yordam
beradi.Uyda tartibli, intizomli boʻlishi borasida tarbiya berish va unga shunday tinch,
bolaga qulay muhit yaratib berilishi e’tiborning jamlanishini osonlashtiradi.
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi sharoit: Tarbiyachining individual
yondashuvi, samimiy xushmuomala boʻlishligi, bolaga nisbatan ijobiy munosabati
tufayli bolada hurmat kabi his tuygʻulari orqali diqqat va eʼtibor kuchayadi.
Jamoaviy mashg‘ulotlar bolada ijtimoiy motivatsiyani kuchaytiradi va ixtiyoriy
diqqatni shakllantirishga yordam beradi.
Psixologik omillar – Bu omillar bolaning ichki psixik holati, shaxsiy
xususiyatlari va emotsional rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, diqqat jarayonining
samarali shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Psixologik omillarga emotsional holat,
qiziqishlar, motivatsiya, bolaning shaxsiy xususiyatlari, stress va psixologik bosim
kabilarni kiritish mumkin.
Psixologik - fiziologik jihatdan bolalarning temperamenti ularni diqqatini
boshqarishiga oʻz tasirini koʻrsatadi.
Bola uchun faoliyatning qiziqarli va mazmunli bo‘lishi diqqatning shakllanishi uchun
asosiy omildir.
Qiziqish orqali diqqat ixtiyorsizdan ixtiyoriyga o‘tadi.
Rag‘batlantirilishga boʻlgan munosabati va maqsadga erishish istagi bolaning
faoliyatga diqqatini jamlashini kuchaytiradi.
Ijobiy emotsiyalar (xursandchilik, quvonch) diqqatning barqarorligini oshiradi.
Salbiy emotsiyalar (qo‘rquv, xavotir, charchoq) esa e’tiborni susayishiga olib keladi.
Sokin, qulay va emotsional jihatdan barqaror muhitda bola diqqat e’tiborini
samaraliroq boshqaradi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_3-to’plam_Aprel-2025
67
ISSN:3030-3613
O‘yin faoliyati – bolalarning asosiy faoliyati bo‘lib, diqqatni shakllantirishga va
jamlashda samaraliroq ta’sir ko‘rsatadi.
Diqqatni shakllanishiga taʼsir etuvchi omillarning ahamiyati haqida bir qancha
olimlar oʻz fikrlarini bildirib oʻtishgan.Masalan:
Rus psixologi A.N. Leontyev
bolalarning faoliyatda qatnashishlari diqqatni rivojlantirishda muhim rol o‘ynashini
qayd etgan. Unga ko‘ra, diqqat inson faoliyatining tarkibiy qismi bo‘lib, bolaning o‘z-
o‘zini boshqarish qobiliyatini shakllantirishda asosiy omil hisoblanadi.
Yana bir
rus psixologi D.B. Elkonin
esa
maktabgacha yoshdagi bolalar
faoliyatining markazida rolli o‘yinlar turishini ta’kidlab, aynan shu o‘yinlar orqali
bolalarda diqqatning ixtiyoriy shakllari rivojlanishini ko‘rsatgan. U bolalar o‘zlariga
yuklatilgan roldagi vazifalarni bajarish orqali diqqatini boshqarishga o‘rganadi, deb
hisoblaydi.
Shular qatorida Oʻzbekistonlik olim, psixolog X. Yoʻldoshev ham oʻz fikrini
aytib oʻtgan.
O‘zbek psixologi X. Yo‘ldoshev
maktabgacha ta’lim muassasalarida
bolalarning diqqatini shakllantirishda didaktik o‘yinlar, vizual materiallar va
bolalarning qiziqishlariga mos topshiriqlar muhim rol o‘ynashini aytib o‘tgan. Uning
fikricha, diqqatni shakllantirish bolaning keyingi bilim olish jarayoni uchun
tayyorgarlik bosqichidir.
Xulosa oʻrnida shuni aytishim mumkinki, kelajak poydevori hisoblangan yosh
avloddan kattadan katta natijalar olish uchun ularni rivojlanib kamol topishlariga
kerakli sharoit va imkoniyatlar yaratib berish lozim. Shaxsning komil inson boʻlib
rivojlanishida, samarador va kerakli kadr boʻlib yetishishida, diqqat eʼtiborini jamlay
olib mukammal oʻrgana olishi muhim ahamiyatga ega. Diqqatini shakllantirishni esa
maktabgacha boʻlgan jarayondan boshlash kerak. Diqqatni shakllanishiga taʼsir
etuvchi omillarni barchasini nazorat qilib borilsa albatta masʼuliyatli, jamiyatiga
foydali shaxs yetishib chiqadi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1.
Xolmatova M. “Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi.” – Toshkent, 2020
2.
Zokirova N. “Maktabgacha ta’limda diqqatni rivojlantirish usullari.” – Ilmiy
maqola, 2022
3.
Vygotskiy L.S. “Psixologik rivojlanish nazariyasi.” – Moskva, 1991
4.
Davronova M. “Maktabgacha yoshdagi bolalarda diqqatni rivojlantirish yo‘llari.” –
Ilmiy maqola, 2022.
5.
Bozorova D., Qodirova Z. “Maktabgacha ta’lim metodikasi.” – Toshkent, 2019
6.
G‘aniyev E., Karimova V. Psixologiya. — Toshkent: «Sharq», 2004
7.
Abdullaeva Z.M. Maktabgacha ta’lim psixologiyasi. — Toshkent: Ilm Ziyo, 2020
8.
Леонтьев А.Н. Проблемы развития психики. — М.: Изд-во МГУ, 1981
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_3-to’plam_Aprel-2025
68
ISSN:3030-3613
9.
Эльконин Д.Б. Психология игры. — М.: Педагогика, 1978
10.
Юлдашев Х. Bolaning individual rivojlanishi va uni psixologik o‘rganish. —
Toshkent: O‘qituvchi, 2003