Mualliflar

  • Kurbanova Dilasal Inomjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95928

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: ijtimoiy tarmoq internet qaramligi g'oyaviy-mafkuraviy ta'sir odob-axloq.

Annotasiya

 
Annotatsiya. Ushbu  maqolada ijtimoiy tarmoqlar inson ongiga qanday ta`sir 
qilishi, ijtimoiy tarmoqning foydalari va zararlari xaqida yoritilgan. Bugungi kundagi 
turli ko‘rinishdagi axborot vositalarining nozik jihatlarini har bir ongli kishi anglab 
yetishi lozimligi haqida ma’lumotlar berilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

60

ISSN:3030-3613

BUGUNGI KUNDA IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLAR ONGIGA

T`ASIRI

Kurbanova Dilasal Inomjon qizi

“Alfraganus university” Pedagogoka fakul’teti, Psixologiya (soha mutaxassislari)

yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlar inson ongiga qanday ta`sir

qilishi, ijtimoiy tarmoqning foydalari va zararlari xaqida yoritilgan. Bugungi kundagi
turli ko‘rinishdagi axborot vositalarining nozik jihatlarini har bir ongli kishi anglab
yetishi lozimligi haqida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so‘zlar

: ijtimoiy tarmoq, internet qaramligi, g'oyaviy-mafkuraviy ta'sir,

odob-axloq.


Ma’lumki Kepios raqamli konsalting firmasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga

ko‘ra, qariyb besh milliard odam yoki dunyo aholisining 60 foizdan sal ortig‘i ijtimoiy
tarmoqlardan faol foydalanuvchi hisoblanadi. Unda qayd etilishicha, 2022-yildan
buyon ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari soni 3,7 foizga oshgan va butun internet
auditoriyasi soniga (5,19 milliard kishi) yaqinlashgan. Odamlarning ijtimoiy
tarmoqlarda o‘tkazadigan vaqti ham oshib, kuniga o‘rtacha 2 soat 26 daqiqani tashkil
qildi.

Shu sababli ham oxirgi yillarda ijtimoiy tarmoqlar fuqarolik jamiyatining

an’anaviy shakllarini nafaqat o‘zgartiryapti, balki yaqin kelajakdagi yangicha
ko‘rinishini o‘zida namoyon qilmoqda. Aslida ijtimoiy tarmoqlarning asosiy vazifasi
dastlab tashkil etilgan paytlarda odamlarga uzoqdagi tanishi bilan aloqa qilish, ular
o‘rtasida o‘zaro onlayn muloqotni yo‘lga qo‘yish edi. Biroq bugun ularning
funksiyalari tobora kengayib bormoqda.

Eng avvalo, yoshlar ongiga va ma’naviyatiga ta’sir ko‘rsatishning qudratli

axborot-siyosiy vositasiga aylanmoqda. Ushbu maqolada ilgari surilgan mavzuning
dolzarbligi hozirgi kunda qarama-qarshilik mavjudligidan kelib chiqadi. Ya’ni, bir
tomondan, zamonaviy yosh insonni ijtimoiy tarmoqlarsiz tasavvur qilishning iloji yo‘q,
boshqa tomondan, ta’sirni kuzatib borish qiyin ijtimoiy tarmoqlar yoshlarni
shakllantirish, ma’naviy va axloqiy fazilatlarni tarbiyalash bor. Shu jihatdan, bugungi
kunda axborot texnologiyalari inson faoliyatining barcha sohalariga tatbiq etilmoqda.
Yoshlar, ayniqsa, Internetda himoyasizdir. Jahon tarmog‘ida doimiy ishtirok etish, ota-
onalar nazorati yo‘qligi, bolalarning axborot madaniyatini bilmaslik ko‘pincha
o‘spirinlarning Internetga qaram bo‘lishiga olib kelishi mumkin

XXI asrda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan,

internetning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati shiddat bilan oshib bormoqda. Albatta,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

61

ISSN:3030-3613

internet orqali dunyoning istalgan nuqtasi bilan tezkor aloqa o‘rnatish, zudlik bilan
zarur axborot va ma’lumotlarni olish, bilim va ma’rifatni oshirishda uning beqiyos
o‘rni va ahamiyati bor. Shuningdek, Internetning paydo bo‘lishi bilan hayotning juda
ko‘p sohalarida, jumladan, kundalik maishiy xizmatlardan tortib, biznes va menejment,
yuridik vakonsullik xizmatlari va xatto davlat boshqaruvigacha birin-ketin virtual
dunyoga ko‘cha boshladi. Mutaxassislarning fikricha, zamonaviy jamiyatda ijtimoiy
tarmoqlardan foydalanishning asosiy ustunligi muloqot erkinligi hisoblanadi.
Darhaqiqat, bugun ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy va siyosiy barcha-barcha sohalarda
global tarmoqning cheksiz-chegarasiz imkoniyatlarini hisobga olmaslik, undan
ma’lum maqsadlar yo‘lida foydalanmaslik, ta’bir joiz bo‘lsa, zamondan orqada qolish,
deganidir. Bu masala bevosita yoshlar faoliyati va ma’naviyatiga ham daxldor. Xo‘sh,
ijtimoiy tarmoqlar nima? U yoshlar tafakkuri va faoliyatiga hamda yoshlar
ma’naviyatiga qanday ta’sir qiladi? Vikipediya saytida ta’kidlanishicha, ijtimoiy
tarmoq «muloqot qilish, tanishish, qiziqishlari o‘xshash yoki oflayn aloqada bo‘lgan
odamlar o‘rtasida ijtimoiy aloqalarni yaratish, shuningdek ko‘ngil ochish (musiqa,
filmlar) va ish uchun ishlatiladigan onlayn platforma»dir? bugungi kunda ijtimoiy
tarmoqlardan foydalanishning eng asosiy sababi – do‘stlar va oila bilan doimiy aloqada
bo‘lish istagidir. “Bo‘sh vaqt o‘rnini to‘ldirish” tushunchasi esa ikkinchi o‘rinni qayd
etib, ushbu argument ijtimoiy tarmoqlarda “cheksiz lenta” mexanizmining katta
ko‘lamda rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda.

Platformalar vaqti-vaqti bilan buning aksini da’vo qilgan bo‘lsa-da, har kuni

millionlab insonlar har kuni tarmoqlarga yangiliklar o‘qish uchun tashrif buyurishadi.

Yoshlar asosan ijtimoiy tarmoqlardan ko‘proq “trendlarni kuzatish” uchun

foydalanishga moyil bo‘lsa, katta yoshdagi foydalanuvchilar esa yangiliklar
maqolalarini o‘qishga ko‘proq e’tibor qaratadilar.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining yarmi yoki undan ko‘prog‘i

o‘z do‘stlari, oilasi yoki hayotda taniydigan odamlardan ko‘ra mashhurlarni, brendlarni
yoki boshqa sahifalarni kuzatishni afzal ko‘rishmoqda Bugungi kunda mashhur
bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifasiga ega bo‘lmagan insonni topish qiyin.
Ayniqsa, bu holatning yuqori darajasini yoshlar orasida ko‘rish mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda, dunyo yoshlari, jumladan mamlakatimizda o‘sib kelayotgan
yosh avlod asosiy vaqtining taxminan 50% foizi virtual muloqotga sarflanmoqda. Gap
shundaki, ko‘pchilik yoshlar o‘z hayotlarini ijtimoiy tarmoqlarsiz tasavvur qila
olmaydilar. Kishining ta’bini xira qiladigan jihati, ijtimoiy tarmoqlar orqali «ommaviy
madaniyat» niqobi ostida yurtimizga buzuq g‘oyalar, axloqsizlik, g‘ayriinsoniy odatlar
kirib kelmoqda. Millatning tarixi, o‘tmishdagi qadriyatlarini rad etuvchi, «ommaviy
madaniyat»ni targ‘ib etishga undovchi mafkuraviy kurashlarning barchasi aynan
ijtimoiy tarmoqlar orqali olib borilmoqda Ba’zi hamjamiyatlarga istagan kishi a’zo


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

62

ISSN:3030-3613

bo‘lishi mumkin, ba’zilari esa yopiq sanalib, unga faqat a’zolardan birining tavsiyasi
bilan yoki hamjamiyat ma’muri ruxsati bilan qo‘shilsa bo‘ladi.

Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarning soni ko‘paygandan ko‘payib bormoqda,

bu o‘z navbatida jamiyatga katta ta’sirini berib kelmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar shunday
kuchga ega bo‘ldiki uzoqdagi do‘stingni yaqinlashtirib, yaqindagi do‘stingni
uzoqlashtirishga olib keldi. Bu o‘z navbatida jamiyat a’zolari orasida sarosima va
betartiblikni keltirib chiqarmoqda. Lekin ijtimoiy tarmoqlar hozirgi kunda yoshlarga
keng imkoniyatlarni ham yaratib bermoqda. Jumladan, turli davlat yoshlari birbirlari
bilan fikr almashib savollariga javob topishda, katta yutuqlarga erishishda ijtimoiy
tarmoqlarning beqiyos yordamlari foyda berib kelmoqda. Shu sababli yoshlarning
ongini va niyatini to‘g‘ri yo‘naltira olishni o‘rgatsak ijtimoiy tarmoqlardan ham kerakli
natijalarni olsak bo‘ladi.

Darhaqiqat, bugungi kunda hamma YouTube, Facebook, Instagram, Telegram,

Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlarni biladi, hech bo‘lmaganda bittasidan foydalanadi.
Ayniqsa, yoshlar bu masalada faoldir va aynan shuning o‘zi muammodir. Nima uchun?
Sababi bitta: ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlar har doim ham to‘g‘ri va obyektiv
emas. Tabiiyki, uning ma’naviyatiga, ruhiyatiga, axloqiga tahdid solmaydi degan
kafolatlar yo‘q. Shuni tan olish kerakki, ijobiy tomonlari bilan bir qatorda uning salbiy
tomonlari ham mavjud. Chunki ommaviy aloqa vositalari orqali ongni va aqlni egallash
tahdidi mavjud ekan, jiddiy qo‘rquv uchun asoslar mavjud. Muammoni, ayniqsa,
ijtimoiy tarmoqlarda salbiy ma’lumotlar oqimining ko‘payishi kuchaytirmoqda.
Sababi, yoshlar o‘zlarining tajribasizliklari sababli kelgan ma’lumotlarni tahlil qilish
va sintez qilishga qodir emaslar. Ehtimol, yolg‘on va xolis ma’lumotlar uni osonlikcha
yo‘ldan ozdirishi mumkin. Shu o‘rinda savol tug‘iladi, Nega ijtimoiy tarmoqlarda
asossiz yangiliklar va g‘iybat tarqatilmoqda? Nima uchun aholi, asosan yoshlar, ularga
ishonishadi? Bunda davlat organlari, muassasa va tashkilotlarning matbuot xizmatlari
ham aybdor. Agar biror joyda biror narsa yuz bersa, bu jarayon haqidagi ma’lumotlar
guvohlar, kuzatuvchilar tomonidan Internet orqali tarqatiladi. Aslida, bunday
vaziyatlarda aynan matbuot xizmatlari ma’lumot berishlari kerak. Ular tunu kun faol
ishlashlari kerak. Shunday qilib, ijtimoiy tarmoqlarning odamlar hayotiga ta’siri juda
katta, ko‘pchilik bu hodisaning ko‘lamini to‘liq anglamaydilar va axir ijtimoiy
tarmoqlar allaqachon Internetdagi eng ommabop faoliyatdir.

Bugungi kunda dunyodagi eng ko‘p tashrif buyuriladigan 100 ta saytdan 20 tasi

ijtimoiy tarmoqlar, yana 60 tasi u yoki bu darajada ijtimoiylashmoqda. Dunyo bo‘ylab
kompaniyalarning 80% dan ortig‘i o‘z ishlarida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadilar.
Odamlarning 78 foizga yaqini ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarga ishonadi. Ijtimoiy
tarmoqlarning yoshlar ma’naviyati va tafakkuriga ko‘rsatayotgan ham ijobiy ham
salbiy jihatlarini ta’kidlash lozim.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

63

ISSN:3030-3613

Birinchidan, ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar ma’naviyatini rivojlantirishga ta’sir

etadigan ijobiy xususiyatlariga xayriya tadbirlari tashkil etish, yoshlarni uyushtirish,
imkoniyati bor kishilarni shu ishga jalb etish, do‘stlar orttirish, yoshlar o‘zlarining
faoliyatlariga tegishli ma’lumotlarni olish, uzatish kabilarni kiritish mumkin.
Ikkinchidan, ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar ma’naviyatini rivojlantirishga ta’sir
etadigan salbiy xususiyatlariga axloqsizlik, fahsh, buzuqlikni targ‘ib qiluvchi saytlar
va ularning sahifalari keng yoyilgani; mish-mish, yolg‘on, uydirmalar, buzg‘unchi
g‘oyalar, soxtalashtirish, tarafkashlikning yoyilgani; e’lon qilingan ayrim maqolalarda
ishonchli manbalarning yo‘qligi, qaysi kitob yoki saytdan olinganligi, kim yozganligi
haqida ma’lumotning yo‘qligi, birovlarning haqlarini poymol etish, ularning yozgan
maqolalarini o‘zlashtirib olib, ma’naviy, intellektual huquqlarning buzilishi sodir
bo‘lishi; ushbu tarmoqlarda insoniy aloqalar zaiflashadi, yuzma-yuz ko‘rishish
bo‘lmagani uchun o‘zaro mehr kamayadi, voqelikdan uzilib qolish yuz beradi, oilaviy
ahillikka salbiy ta’sir qilishi; yoshlarning ijtimoiy tarmoqlardan noto‘g‘ri foydalanishi
vaqtning isrof bo‘lishiga, keragidan ortiq foydalanish esa, unga o‘rganib qolishi;
maqtanchoqlikning yoyilgani, ya’ni ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari kiygan
kiyimlari, yegan ovqatlarini o‘z sahifalariga joylashtirishlari oqibatida maqtanchoqlik,
barchaning e’tiborida, diqqat markazida bo‘lish xohishi kuchayib, kambag‘al, nochor
ahvolda yashayotganlarning his-tuyg‘ulari e’tiborga olinmaydigan kayfiyat yuzaga
keladi. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlar quyidagi xavfli ta’sirlarga ega: internet
tarmog‘iga bog‘lanib qolish; o‘qish va bilim olishga yengiltaklik bilan munosabatda
bo‘lish (Internetdan tayyor dars ishlanmalari, matematik masalalar yechimlarini
osongina topish hisobiga dars topshiriqlarini mustaqil bajarmaslik); jismoniy
rivojlanishiga salbiy ta’sir xavfi, ya’ni bolaning faol harakatda bo‘lmay, uzoq vaqt
monitor ro‘parasida o‘tirishiga to‘g‘ri kelishi va boshqalar.

Albatta, ijtimoiy tarmoq manbalarida bolalarga haqiqiy hayotdagi kabi virtual

olamda ham tartib-intizom qoidalari mavjudligini tushuntirib borish eng birinchi
navbatdagi vazifadir. Shu bilan birga ijtimoiy tarmoqlar hozirgi kunda yoshlar
tafakkuriga ijobiy ta’sir etishi bilan birga juda ko‘plab yoshlarni ijtimoiy tarmoqlar
vaqtini o‘g‘irlamoqda, internet klublarda, mobil telefonlarda yoshlar ayni o‘qib ilm
hosil qiladigan paytlarida vaqtlarini bekorchi o‘yinlarga, axloqiy buzuq xarakatlar,
estetik jihatdan saviyasi ancha past bo‘lgan foto suratlar va video fayllarni ko‘rish bilan
umrini xazon qilmoqda. Shunday qilib, Internetdagi ijtimoiy tarmoqlar yoshlar
ma’naviyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda, ya’ni shaxsiy manfaatlar yoshlar uchun
ustuvor ahamiyat kasb yetadi va shu bilan birga jamiyat, ijobiy shaxslararo muloqot,
hamkorlik va o‘zaro yordam hamda ijtimoiy me’yorlar va asosiy umuminsoniy
qadriyatlarga befarq munosabat shakllantiradi.

Albatta, yoshlarning ijtimoiy tarmoqlarda mutloqa notanish shaxslar bilan

tanishishga urinayotgani tashvishli xolat. Bu esa jamiyatda ilmsizlik johillikning,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

64

ISSN:3030-3613

axloqsizlikni tomir yoyilishiga hamda yoshlar ongi va madaniyatiga salbiy ta’sir qiladi.
Bularning oldini olish uchun, yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli va qiziqarli tashkil
etish, ta’lim muassasalarida yoshlarni o‘qishdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli
tashkil etish uchun sport to‘garaklari, musiqa to‘garaklari, fan to‘garaklari davomiy
tarzda va eng asosiysi yoshlarni qiziqtira oladigan darajada tashkil etish, shu bilan birga
yoshlarni iqtidorlisini topish va ularni tarbiyalash zarur.Avvalo o‘z farzandlarimiz
uchun vaqt ajratishimiz, ular ko‘proq nima bilan mashgul bo‘layapti, shunga
etiborimizni qaratishimiz kerak. Chunki yoshlarimiz e’tiborsizlikdan ham ijtimoiy
tarmoqlarga qaram bo‘lib qoladi va shu bilan birga muloqot dajasi pasayib boradi.

Shunday ekan, har birimiz ijtimoy tarmoqlardan foydalanish madaniyatiga amal

qilishimiz, o‘z navbatida, uni atrofdagilarga ham o‘rgatish foydadan xoli bo‘lmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

G.G`affarova А.Аbdullaeva- Axbarotlashgan jamiyatga ma`naviy hayotning o'ziga
his hususiyatlari. 2021 yil

2.

Makhmudova, G.Jalalova O‘zbekistonda islohatlar jarayonini tahlil etish va amalga
oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasi. 2020 yil 176-bet

3.

Қуронов М., Қодиров А., Акрамова Ш. Ёшларда мафкуравий иммунитетни
шакллантириш. – Тошкент: «Маънавият», 2018. 112- bet

@www.interfax.ru

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

G.G`affarova А.Аbdullaeva- Axbarotlashgan jamiyatga ma`naviy hayotning o'ziga

his hususiyatlari. 2021 yil

Makhmudova, G.Jalalova O‘zbekistonda islohatlar jarayonini tahlil etish va amalga

oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasi. 2020 yil 176-bet

Қуронов М., Қодиров А., Акрамова Ш. Ёшларда мафкуравий иммунитетни

шакллантириш. – Тошкент: «Маънавият», 2018. 112- bet @www.interfax.ru